oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

#sorovnoma

📊Bugun siz bilan kunni so‘rovnoma bilan boshlaymiz!

Siz qaysi yo`nalishni tanladingiz? mavzusidagi so`rovnomani davom ettiramiz

Boshladikmi — ⚡️


Yaqin orada imtihondan namunaviy savollar ham e`lon qilinadi

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

#ilmiyamaliyanjuman

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida tibbiyot yo‘nalishiga oid ilmiy-amaliy anjuman boshlandi!

Anjuman mavzusi: “Zamonaviy farmatsiyada dolzarb masalalarga innovatsion yondashuvlar”

Bugungi anjumanda farmatsiya, biologiya, biotexnologiya, kimyo va ta’lim sohalaridagi zamonaviy izlanishlar muhokama qilinmoqda. Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

🔘Farmatsiya tadqiqotlari
🔘Biologiya va biotexnologiya
🔘Kimyo va kimyoviy sintez
🔘Farmatsevtik ta’lim

💡 Ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida o‘tayotgan ushbu anjuman talaba va mutaxassislar uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida “Zamonaviy farmatsiyaning dolzarb muammolarga yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy amaliy anjuman boshlanmoqda🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥤Osiyo Xalqaro Universitet va Coca-Cola hamkorligida talabalarimizga bepul Coca-Cola tarqatilmoqda!

🤝OXU — Colaning ishonchli hamkori!

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

OAV biz haqimizda!

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida “Zamonaviy va sifatli ta’lim – taraqqiyot negizidir” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

🌍Tadbirda O‘zbekiston, Polsha, Turkiya, Angliya, Tojikiston, Qozog‘istondan tashrif buyurgan 10 dan ortiq xalqaro olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglandi:
Ta’limdagi global tendensiyalar
Innovatsion yondashuvlar
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
Mehnat bozoriga mos ta’lim tizimi

Tadbir davomida zamonaviy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash va xalqaro tajribalarni almashish masalalari muhokama qilindi.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉“Zakovat” Rektor Kubogi – Final bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi!

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida Buxoro “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etilgan “Zakovat” Rektor Kubogi final bosqichi yuqori saviyada va hayajonli muhitda o‘tkazildi.

Intellektual bellashuvning hal qiluvchi bosqichida universitetimizning eng bilimdon, topqir va faol jamoalari ishtirok etib, murosasiz va g‘oyat qiziqarli bahs olib borishdi.

🏆G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi:

🥇1-o‘rin — 18-DAV-24 jamoasi
🥈2-o‘rin — 2-MMT-24 jamoasi
🥉3-o‘rin — 1-FT(o’)-24 jamoasi

👏Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirgan holda, ularga kelgusi intellektual loyihalarda ham ulkan zafarlar va ijodiy yutuqlar tilaymiz!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣Abituriyentlar, tayyormisiz?

🎓Kirish imtihonlari mavsumi boshlanmoqda! Orzular sari yo‘l aynan shu yerdan boshlanadi!

📅 Imtihon sanasini esa yaqin kunlarda e’lon qilamiz.
Shu bois, sahifamizni kuzatishda davom eting!


Bu yerda siz izlayotgan hamma narsa bor:

💥 35 ta eng dolzarb bakalavr va trenddagi 14 ta magistr yo‘nalishlar

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

OAV biz haqimizda!

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida yirik mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi! Mehnat yarmarkasida 100 dan ortiq tashkilot va 1000 dan ziyod talabani bir joyga jamladi.

📌Bu nafaqat ish topish uchun yaratilgan maydon, balki har bir talabaga o‘z kelajagiga ishonch bilan qadam tashlash imkonini bergan muhim tashabbus bo‘ldi.

💼 Ish beruvchilar yuzma-yuz yosh mutaxassislar bilan bevosita muloqot qildilar, ularning bilim va ko‘nikmalarini baholashdi. Talabalar esa o‘z sohalariga mos ish o‘rinlari va amaliyot dasturlarini topish orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirdilar.

🔗 O‘quv jarayoni va real ish bozori o‘rtasidagi ko‘prik endi ancha yaqin — OXU bunga isbot bo‘ldi.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤔Abituriyent, OXUga qanday ro‘yxatdan o‘tasiz?
Ko‘pchilikda aynan shu savol!

🎬Shu bois, siz uchun maxsus video-yo‘riqnoma tayyorladik, endi barcha bosqichlar aniq va tushunarli!

Qadam-baqadam👇:

— Ro‘yxatdan o‘ting, o‘z yo‘nalishingizni tanlang
— Imtihonda ishtirok eting va bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing
— OXU talabasi bo‘lish sari ilk qadamingizni tashlang


Barcha ma`lumotlar — tushunarli va sodda!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 12-may — Xalqaro Hamshiralar kuni!
Osiyo Xalqaro Universiteti barcha fidoyi, mehribon va o‘z kasbiga sodiq hamshiralarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi!

Sizning fidoyiligingiz, mehribonligingiz va insonparvarligingiz jamiyatimiz uchun bebaho.

🩺 Charchoqni bilmay, har doim mehr bilan yordamingizga shoshayotganingiz, o‘z dardingizni unutib, boshqalarning sog‘lig‘i uchun kurashayotganingiz uchun tashakkur.

📢Eslatib o‘tamiz: shu yildan boshlab Osiyo Xalqaro Universitetida “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi ochildi.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti O‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi talabalari o‘rtasidagi an’anaviy “Til bilimdonlari” loyihasi o‘tkazildi.

📌Final bosqichda saralangan eng bilimdon guruhlar o‘zaro bellashuv olib bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

🥇1-o‘rin — 2-FT(o’)
🥈2-o‘rin — 4-FT(o’)
🥉3-o‘rin — 5-FT(o’)


🥳 G‘oliblarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. Barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Hurmatli yurtdoshlar, aziz talabalar va ularning ota-onalari!

Barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!


🕊Bugun bizlarning tinchlik va farovonlik uchun kurashgan ajdodlarimizni yod etib, ularning jasorati va fidoyiligini abadiy yodga olamiz. Ularning mehnati va orzulari bizga tinch kelajakni qurish uchun ilhom beradi.

Ularning nomini abadiy yodda saqlaymiz va ularga bo‘lgan hurmatimizni har doim qalbimizda saqlaymiz.

🤗Osiyo Xalqaro Universitet nomidan, Xotira va qadrlash kuningiz muborak bo‘lsin!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙OXUda PODCAST|Yangi soni efirda

🤗Osiyo Xalqaro Universiteti tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar xalqaro tajriba orttirish uchun Malayziyaga amaliyotga ketishmoqda.

🩺Ular safar oldidan sog‘liqni saqlash sohasidagi global imkoniyatlar, shaxsiy rivojlanish va kelajakdagi karyera yo‘llari haqida suhbat olib borishdi.

🔗 To'liq videosini YouTube sahifamizda tomosha qiling:
https://youtu.be/6EydA_RAMCY?si=290V3YAJt7U741Wc

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Osiyo Xalqaro Universiteti xodimlari uchun yangi tashabbus — “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar Buxoro viloyatidagi O‘zbekiston Milliy banki filiali tomonidan o‘tkazildi.

📄Prezident qaroriga asosan, “Kelajakka qadam” dasturi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

— Biznes g‘oyalari uchun yordam maqsadida talabalar o‘z loyihalarini amalga oshirishda maslahat va moliyaviy yordam olishadi.
— Sohaviy tanlovlar g‘oliblar ish beruvchilar buyurtmasiga binoan ishga joylashtiriladi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar:
🟡Ish beruvchilar talabiga mos ta’lim dasturlari
🟡Ishlab chiqarish amaliyoti va xorijiy qisqa o‘quv kurslari
🟡Dastlabki tayyorlov bosqichlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun: @Iqtidorlitalabaoxu

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetining faol va tashabbuskor talabalari urush faxriysining xonadoniga tashrif buyurishdi.

🎖Osiyo Xalqaro Universitetining faol va tashabbuskor talabalari Buxoro shahrining Chashmayi Ayyub ko‘chasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchisi, 102 yoshni qarshilagan hurmatli Muxsinov Ahmad boboning holidan xabar olishdi.

Osiyo Xalqaro Universiteti rektori S.S.Dexkanov nomidan, Ahmad boboga tashakkurnoma va bayram guldastasi yuborildi.

🎗Bugungi tinch hayotimiz uchun jonini fido qilgan faxriylarimizni tirik afsonalar, xalqimizning haqiqiy qahramonlari deb atash mumkin.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida tibbiyot yo‘nalishiga oid Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tdi!

Anjuman mavzusi: “Zamonaviy farmatsiyada dolzarb masalalarga innovatsion yondashuvlar”

Bugungi anjumanda farmatsiya, biologiya, biotexnologiya, kimyo va ta’lim sohalaridagi zamonaviy izlanishlar muhokama qilindi. Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

🔘Farmatsiya tadqiqotlari
🔘Biologiya va biotexnologiya
🔘Kimyo va kimyoviy sintez
🔘Farmatsevtik ta’lim

Tadbirda yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar o‘z ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

#ilmiyamaliyanjumanjarayoni

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida tibbiyot yo‘nalishiga oid ilmiy-amaliy anjuman boshlandi!

⚡️Bugungi anjuman mavzusi: “Zamonaviy farmatsiyada dolzarb masalalarga innovatsion yondashuvlar”.

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida Peshku tumani Hokimi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Peshku tumani hokimi Davlatov Hayot Hasanovich, tuman prokurori Esanov Anvar Shuxratovich hamda universitetning Yoshlar siyosati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Davronova Shaxlo Farmonovna universitetda tahsil olayotgan Peshkulik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini erkin ifoda etishdi, ularni qiynayotgan muammo va savollar yuzasidan ochiq suhbat olib borildi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni faol va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗 Osiyo Xalqaro Universitetiga qabul ochildi!
📅 1-kirish imtihon sanasi ham ma’lum!

Siz qaysi yo‘nalishni tanladingiz?

🎤Keling, birgalikda savol-javob o‘tkazamiz!

Tayyormisiz?


Ha - 🔥
Tezroq boshlang - ⚡️

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida kirish imtihonlari boshlanmoqda!

🗓20-may kuni, yangi o‘quv yili uchun bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

📌Bakalavr bosqichi uchun imtihonlar test shaklida,
📌Magistratura bosqichi uchun esa suhbat asosida o‘tkaziladi.

🎯Kelajakdagi akademik yutuqlaringiz sari ilk qadamni bugun qo‘ying!


🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️Peshku tumani hokimi Hayot Hasanovich Davlatov Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Peshku tumanidan tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — talabalarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni qiynayotgan savollar va muammolarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎭 QVZ — Final bosqichi yodda qolarli tarzda yakunlandi!

Osiyo Xalqaro Universitetida hazil, topqirlik va tezkor fikrlash bilan boyitilgan “QVZ” finali bo‘lib o‘tdi!
Eng iqtidorli talabalar jamoalari o‘zaro bellashib, sahnada chinakam kulgi va raqobat muhitini yaratishdi.

Bu final faqat o‘yin emas, bu — intellekt, jamoaviylik va talabalik ruhining bayrami bo‘ldi!


👏 Barcha ishtirokchilarga tashakkur! Yangi mavsumlarda yana ko‘rishamiz!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗Osiyo Xalqaro Universitetiga O‘zbekiston Kamondan Otish Federatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi va Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i polkovnik Shernazarov Jo`raqul Ravshanovich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

📍Tashrif davomida Osiyo Xalqaro Universiteti rektori S.S. Dexkanov bilan kamondan otish sport turini universitetda rivojlantirish masalasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝Uchrashuv jarayonida universitet talabalaridan kamondan otish sport turi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabalar tanlab olinib, ular uchun alohida Kamondan Otish Federatsiyasida sport to‘garagi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Osiyo Xalqaro Universiteti talabalarining ishtirokida trenerlar tomonidan master-klass o‘tkazildi.


🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗Osiyo Xalqaro Universiteti Kengashining 2024/2025-o‘quv yili uchun 9-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📅Unda 2024/2025-o‘quv yiliga oid muhim vazifalar va dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.Yig‘ilish avvalida Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvonga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

🌟Xususan, Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti dekani Qoryog‘diyev Zufar Oxunjonovichga ilmiy unvon diplomi tantanali tarzda topshirildi. Unga diplom bilan birga pul mukofoti ham taqdim etildi.

Osiyo Xalqaro Universitetida professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati muntazam rag‘batlantiriladi.


🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇺🇿 🇺🇸 OXU — AQSHGA Yo‘lingiz!

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Osiyo Xalqaro Universitetida yangi imkoniyat —
Washington University of Science and Technology (WUST, AQSH) bilan qo‘shma ta’lim dasturlari!

Bakalavriat:
2+2 — 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil AQSHda
1+3 — 1 yil O‘zbekistonda, 3 yil AQSHda

Magistratura:
1+1 — 1 yil O‘zbekistonda, 1 yil AQSHda

Dastur yakunida:
🎓 Ikkita diplom — OXU va WUST
🌍 Xalqaro e’tirof, yuqori nufuzli ta’lim, global mehnat bozorida raqobatbardoshlik

Kelajagingizni xalqaro darajada qurishni xohlaysizmi?
Demak, OXU — siz izlagan start nuqtasi!


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.oxu.uz
📞 Bog‘lanish: +998 55 305 00 09

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

#retro

🔥Retro qaytdi....

📽 Menam kelinman, ham talaba!

Nigora aytganidek, siz ham o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun talaba bo‘ling!

Hoziroq ro`yhatdan o`ting 👉🏻 qabul.oxu.uz

P/s: Talaba bo`lmoqchi bo`lgan do`stingizga yuborib qo`ying😉

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎖 Buxoro viloyati hokimi va universitetimiz talabalari hamrohligida jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligi va Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qabul qilingan topshiriqlar ijrosi doirasida, Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi navbatdagi ezgu tashabbusni amalga oshirdi.

📍 Buxoro shahrining Shofirkon ko‘chasi 72-uyida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshni qarshi olgan hurmatli Qarshiyev Norboy bobo holidan xabar olindi.

💬 Ushbu tashrifda Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar bilan birgalikda OXU talabalari ham ishtirok etib, faxriyimizga Prezident sovg‘asini tantanali ravishda topshirdilar.

🎓Shuningdek, Universitetimiz rektori S.S.Dexkanovning samimiy tabrigi yetkazilib, Norboy boboga tashakkurnoma, bayram guldastasi va chuqur hurmat bajo keltirildi.

🕊Osiyo Xalqaro Universiteti yoshlar qalbiga vatanparvarlik, tarixga hurmat va insoniy qadriyatlarni singdirish borasida bunday ezgu tashabbuslarni davom ettirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🤗 Osiyo Xalqaro Universitetimizda ijtimoiy fanlar va texnika fakultetining sirtqi ta’lim guruhlari darslarni boshladi!

📚Osiyo Xalqaro Universitetining Ijtiyoiy Fanlar va Texnika fakulteti sirtqi ta’limning navbatdagi guruhlari o‘z darslarini boshlashdi. Talabalarimizni yangi bilimlar va amaliy tajribalar sari yo‘naltiradigan bu jarayonni boshlash — bu birinchi qadamdir.

Sirtqi ta’lim — bu sizga o‘zingizga qulay vaqtda bilim olish imkoniyatini beradi, shuningdek, ish bilan shug‘ullanish bilan birga ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

"Bir so‘z bilan aytganda, oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600–800 dollar ekvivalentida oylik oladigan tizim qilamiz. Bu orqali biz shunchaki oylikni emas – inson qadrini oshirgan bo‘lamiz. Lekin, natija ham shunga yarasha bo‘lishi kerak",
– dedi Prezident.

Umuman, tumandagi mahalla va oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar faoliyati maqbullashtirilib, 12 mingdan ko‘p odamga xizmat qiladigan 7 ta yirik poliklinika, qolgan 27 tasi kichik poliklinika sifatida qaytadan tashkil qilinadi.

Tumandagi markaziy poliklinika esa tuman shifoxonasining maslahat-diagnostika bo‘limiga aylantiriladi. Barcha tor soha mutaxassislari shu yerda ishlaydi. Bu poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar ekvivalentida bo‘ladi. Oilaviy shifokor va hamshira malaka sertifikati olsa, yana shuncha ustama to‘lanadi.


Endi mahallada bitta bo‘lsa ham infarkt, insult, onalar va bolalar erta o‘limi, surunkali kasallik tufayli orttirilgan nogironlik favqulodda holat deb qabul qilinishi lozimligi qayd etildi.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥼Tibbiyot fakultetimiz ichidagi yo’nalishlar bilan tanishing!

📍Bizda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim beriladi:

Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya
Pediatriya ishi
Oliy hamshiralik ishi


Har bir yo‘nalishda:
Zamonaviy laboratoriyalar
Amaliy mashg‘ulotlar
Malakali professor-o‘qituvchilar
Shifoxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyati

📌 O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang va ilk qadamingizni biz bilan boshlang!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel