olimjon_tuychiev | Unsorted

Telegram-канал olimjon_tuychiev - Olimjon To'ychiyev

28298

-Toshkent Turin Politexnika Universiteti rektori - Ректор Ташкентского Туринского политехнического университет -Rector of Tashkent Turin Polytechnic University https://www.facebook.com/alim.tuychiev https://instagram.com/olimjon.tuychiyev

Subscribe to a channel

Olimjon To'ychiyev

🎓 Univeristetimizda iqtidorli yoshlarni aniqlamoqdamiz!

🏆 "Manufacturing 4.0" kursiga tanlov jarayoni bo‘lib o‘tdi

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion va zamonaviy loyihalarini taqdim etdilar.
Har bir talabamiz tomonidan taqdim etilgan g'oya va loyihalar o'ziga hosligi bilan bir-biridan ajralib turadi.

"Manufacturing 4.0" dasturi orqali sanoat va innovatsiyalar sohasida yangi bosqichga qadam qo‘yilmoqda.


🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🌍 O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida sanoat kooperatsiyasining faol rivojlanayotgan sharoitida texnik tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi talablarni uyg‘unlashtirish va o‘zaro tan olish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

📊 Mazkur yo‘nalishda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash, akkreditatsiya va sinovlar sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishdir.

🤝 Shuningdek, ikki davlatning tegishli idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlarni belgilash muhim vazifalardan biridir.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

⚡️ Bugun Materialshunoslik institutida "Yangi materiallar va quyosh texnologiyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🌍 Zamonaviy global muammolar — iqlim o‘zgarishi, energiya tanqisligi va ekologik muammolarni hal etishda ilm-fan, xususan yangi materiallar va quyosh texnologiyalarining o‘rni beqiyos!

🌟 Konferensiya nafaqat ilmiy tajriba va innovatsion g‘oyalar almashinuvi uchun, balki yangi hamkorliklarni rivojlantirish va istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni belgilash uchun ham muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

🤓 Universitetimiz xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va texnologik taraqqiyotga hissa qo‘shish yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.

🏆 Barcha ishtirokchilarga samarali muloqot, yangi ilhom va muvaffaqiyatli ilmiy loyihalar tilab qolaman!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🤝 Bugun INNO — Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida dronlar ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik.

⚡️ Uchrashuv davomida dronlarni turli yo‘nalishlarda o‘rganish, universitetimiz bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda ularni keng ko‘lamda amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

🌍 Shuningdek, xorijiy tajribalarni yurtimizda joriy etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishdik.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Turin politexnika universitetimizning tashkil etilganining 16 yilligini ko'tarinki ruhda o'tkazib oldik.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

2025-yil 24-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tashkil etilganligiga 16 yil to‘lganligi munosabati bilan “Mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

💠Mazkur tadbirda jami 50 ga yaqin ish beruvchilar, xususan, "O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalar, shuningdek, vazirlik va idoralar, sanoat ishlab chiqarish subyektlari, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlardagi yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.

Yarmarka doirasida universitet talabalari va bitiruvchilariga ishga joylashish, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, shuningdek, o‘z sohasidagi yetakchi kompaniyalar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratildi.

Tadbir davomida 20 ta korxona bilan kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, amaliyot tashkil etish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.


🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🤓 Bugun Turin Politexnika Universitetimizning 16 yilligi munosabati bilan talabalarimiz o‘rtasida o‘zbek milliy taomi — osh pishirish bo‘yicha qiziqarli bellashuv tashkil etildi!

Har bir jamoa o‘ziga xos uslubda osh tayyorlab, mas’uliyatni bo‘lib olish, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va jamoaviy hamkorlik kabi ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamladi.

Bellashuv davomida talabalarimiz nafaqat osh pishirishda o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi, balki milliy taomlarimizni pishirishni bilish va uni boshqalarga o‘rgatish muhim bir qadriyat ekanini anglab yetishdi. Bu esa ularning madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshiradi va uni saqlashga undaydi.

🌟 Yakunda tayyorlangan oshlar birga dasturxon atrofida tatib ko‘rdik. Eng mazali osh tayyorlagan guruhlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🎓 Bugun universitetimizga Toshkent viloyati Bekobod shahrining PIIMA tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

🌟 Bu yigit-qizlarni ko‘rib, yoshligim ko‘z oldimga keldi — men ham xuddi shu yigit-qizlar kabi Bekobodda maktabda o‘qiganman. Ularning ko‘zlaridagi ishonch, ilmga bo‘lgan qiziqish va kelajakka bo‘lgan umid menga o‘sha davrlarimni eslatdi.

📝 Ushbu tashrif doirasida maktab rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladik. Ushbu hamkorlik orqali biz iqtidorli o‘quvchilarni erta aniqlash, ularni ilm-fanga yo‘naltirish va kelajakda universitetga tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiramiz.

🏆 Ishonamanki, bu kabi tashriflar yosh avlod qalbida katta orzular va yuksak maqsadlar uyg‘otadi. Kelajakda ular orasidan yetuk olimlar, muhandislar, va jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi yetakchilar yetishib chiqishiga ishonaman.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

📋 🇺🇿 O‘zbekiston chempion!

O‘smirlar jamoamiz U-17 Osiyo kubogi-2025 turniri g‘olibi 🌟#U17

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

⚡️ Bugungi taqdimotda nafaqat o’quvchilar test yechib o’z bilimini sinashdi balki, universitetimiz talabalari tomonidan tayyorlangan loyihalar bilan tanishishdi!

🎯 Ushbu loyihalarni ham aynan matematika va qolgan aniq fanlarni yaxshi bilgan talabalarimiz yasashgan!

🏆 Bunday loyihalar albatta o’quvchilarni ko’plab yangi sohalarni o’rganishlariga sabab bo’ladi degan umiddamiz!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

ChatGPT suratlar orqali joylashuvni aniqlashni o‘rgandi — shunchaki “geoguess this” deb yozish kifoya.

Ma’lum bo‘lishicha, o3 modeli birgina rasm asosida joyni aniqlay oladi. Faqatgina suratni yuklab, “Bu qayer?” degan oddiy savolni berish kifoya — sun’iy intellekt nafaqat joy nomini, balki aniq koordinatalarni ham beradi.

Manba: @nanouzbek 🇺🇿

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

⚡️ Bugun Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida @testbor platformasining navbatdagi loyihasi “Iqtidorli Bolalar Klubi” taqdimoti bo’ladi!

Ushbu taqdimotda universitet rektori Olimjon To’ychiyev nutq so’zlaydilar!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Mudofaa sohasidagi ilmiy g‘oyalar” tanlovi bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

- Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
- Tanlov ishtirokchilari yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- 1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;


🗣Tanlov doirasida arizalar 2025-yilning 18-aprel kunidan 2025-yilning 18-may kuni soat 23:59 ga qadar “startup.ilmiy.uz” platformasi orqali qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺Hurmatli talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasi!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetimiz tashkil topganligiga 16 yil to‘lmoqda. Ushbu sana munosabati bilan 2025-yil 22–24-aprel kunlari davomida universitetda qator ilmiy, madaniy, innovatsion va sport tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan:
▪️ Ilmiy konferensiyalar
▪️ Milliy ko‘rgazmalar va madaniy bayramlar
▪️ “Dron-shou” va “Ochiq eshiklar kuni”
▪️ “Navruz CUP” futbol musobaqasi finali bosqichi
▪️ “Mehnat yarmarkasi”
▪️ Shaxmat musobaqasi (“Rector's CUP”)

🎉 Barchangizni universitetimizning 16 yillik faoliyati bilan chin dildan tabriklab, ushbu bayramona haftalikda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

📚 Zamonaviy ta’lim qanday bo‘lishi kerak?
Javob oddiy: sun’iy intellekt + shaxsiy yondashuv!

🗓 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan
ta’limda raqamli texnologiyalar mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

👨‍🏫 Ushbu konferensiyada Testbor.uz platformasi ham ishtirok etdi va 8 oy ichidagi natijalar bilan bo‘lishdi:

🔹 300 000+ o‘quvchi platformadan foydalanmoqda
🔹 22,539,685 ta savolga javob berildi!


📌 Farzand muvaffaqiyati — ota-onaning e’tibori bilan boshlanadi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺 Bugun, 30-aprel, “Ulugʼbek” jamgʼarmasida “Ilgʼor muhandislik maktablari malakali kadrlar tayyorlashda muhim boʼgʼinga aylanadi” mavzusidagi maʼruzasi oʼtkazildi.

🏆 Muhandislik oliygohlarida Ilgʻor muhandislik maktablari tashkil etilib, ular kadrlar tayyorlashda muhim boʻgʻinga aylanishi kerakligi bildirildi.

🌟 Ilgʻor muhandislik maktablari orqali zamonaviy texnologiyalarga ega korxonalar bilan birgalikda yangi turdagi muhandis kadrlar tayyorlanadi.

🔹Bu tashabbus orqali mamlakat iqtisodiyoti uchun raqobatbardosh, malakali muhandis mutaxassislar yetishtirilishi muhokama qilindi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

▶️ Ayni damda “Central Asian Expocenter”da “Texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik” sessiyasi bo’lib o’tmoqda!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

💡Barcha muhandislar muntazam ishatib keladigan 3D printerda Adidas kompaniyasi oyoq kiyim o‘ylab topdi.

🌟 Brend Climacool nomli noyob krossovkalarini global tarzda taqdim etdi — ularda bog‘ichlar yo‘q, lekin 360 daraja shamollatish mavjud.

😁 Tez orada bizning bozorlarda ham 3D printerlarda chop etilgan oyoq kiyimlar bo'lsa ajablanmaymiz!

Mnaba: @nanouzbek 🇺🇿

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🎉 TTPU – 16 yil sifatli ta'lim yo‘lida!

Bugun, 27-aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tashkil topganiga roppa-rosa 16 yil to‘ldi.

Universitetimiz 2009-yil 27-aprel sanasida tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq avtomobilsozlik, mashinasozlik, biznes, arxitektura va aviatsiya sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda.

Bugungi kunga kelib, Universitetimizning bitiruvchilari soni 1700 ga yetdi. Ular BMW, Arduino, Huawei, Pirelli kabi yirik xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan 16 yil davomida TTPU ta’lim sifatini oshirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion muhitni shakllantirish yo‘lida salmoqli yutuqlarga erishdi. Shuni ta'kidlash joizki, Universitet ushbu qisqa vaqt ichida 20 dan ziyod davlatlar, 80 dan ortiq yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yishga erishib, hozirda DebseUz, I2-PLEDGE va boshqa nufuzli xalqaro loyihalarda faol ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti — O‘zbekistonda uchuvchilarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan birinchi xorijiy universitet hisoblanadi.

Universitetimizda ilmiy salohiyat yuqori bo‘lib, akademik va professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bir qatorda talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni yetkazish orqali ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Talabalarimiz turli xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqa va olimpiadalarda yuksak natijalarga erishib, universitet nufuzini munosib himoya qilmoqda. Ayniqsa, talabalarimizning yutuqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ham alohida e’tirof etilayotgani biz uchun g‘urur va sharafdir.


Barcha talabalar, bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va hamkorlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etamiz!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🇺🇿🤝🇮🇹

Bugun Samarqandda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📚 Tadbir davomida ikki davlat o‘rtasidagi akademik aloqalarni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv O‘zbekistonning global ta’lim makoniga integratsiyalashuvi yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Turin Politexnika Universiteti ushbu yo‘lda o‘zining hissasini qo‘shishda davom etadi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Sun'iy intellekt mavzusini davom ettiramiz!

Microsoft birinchi sun’iy intellekt shifokorini chiqardi — DxGPT
DxGPT bu — simptomlar va anamnez asosida tashxis qo‘yadigan neyron tarmoq.

U Yevropa shifokorlari bilan hamkorlikda yaratilgan, shuning uchun DxGPT hatto kam uchraydigan kasalliklarni ham aniqlay oladi.

Hammasi oddiy: jins, yosh va shikoyatlaringizni kiritasiz — va ehtimoliy tashxislar ro‘yxatini olasiz.

Manba: @nanouzbek

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🔺2025-yil 22-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida universitet tashkil topganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan “Tadbirlar haftaligi” doirasida “Ilg‘or fan va texnologiyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

💠 Tadbir doirasida mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematik fanlar, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura hamda ishlab chiqarishni boshqarish sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari vakillari, olimlar, amaliyotchilar va talabalar ishtirok etib, o‘z ilmiy ishlanmalari va ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuningdek, tadbir yakunida Matematika, Fizika va Matematik analiz fanlaridan o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblari taqdirlanib, ularga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.


🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

TTPUda «Ilg‘or fan va texnologiyalar» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 22-23-aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida universitet tashkil topganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan “Tadbirlar haftaligi” doirasida «Ilg‘or fan va texnologiyalar» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔹Tadbir davomida mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematika fanlari, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilinadi.

Tadbirda oliy ta'lim tashkilotlari vakillari, olimlar, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etib, o‘zlarining tadqiqot natijalari va ilg‘or tajribalari bilan bo‘lishadilar.

🗓O‘tkaziladigan sana: 2025-yil 22-23-aprel kunlari
⏱️Boshlanish vaqti: 14:30
📍Joy: TTPU, B bino, Grey Hall/Yellow Hall

Tadbir dasturi

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

ROBOTOTEXNIKA BO’YICHA O’ZEBKISTON TERMA JAMOASIDAN NAVBATDAGI GʻALABA!

Turkiya Redpublikasida o’tkazilgan Robototexnika xalqaro olimpiadasida 20 ga yaqin mamlakatlarning iqtidorli oʻquvchilari bilan birga Terma jamoamiz a’zolari 2 yosh toifasi boʻyicha munosib ishtirok etib, 4 yoʻnalishda jami 11 ta medalni qoʻlga kiritdi:

🥇1-o‘rin:
MBot Line Following: Zomin IMI, Farg‘ona PM
Lego Sumo & FootBot: Namangan PM
FootBot: Zomin IMI

🥈2-o‘rin:
FootBot: Zomin IMI, Farg‘ona PM
Lego Line Following & MBot Line: Namangan PM
Lego Sumo: Farg‘ona PM

🥉3-o‘rin:
Lego Sumo: Zomin IMI

Batafsil 👈

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🎓 Bugun universitetimizga 1000ga yaqin maktab o’quvchilari tashrif buyurib matematikadan o’z bilimlarini tekshirib ko’rishidi!

Bundan tashqari @testbor jamoasi bilan “Iqtidorli bolalar klubi” loyihasini taqdimotini ham o’tkazdik!

💯 Testbor.uz platformasi tomonidan taqdim etilayotgan “Iqtidorli bolalar klubi” loyihasi sun’iy intellekt ko’magida o’quvchini bilim olishiga yordam beradigan loyiha!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🟦🟦🟦

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2025-yil 17-yanvardagi 14-son bayonida belgilangan vazifalar ilmiy yechimiga qaratilgan Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi.

Tanlov 2 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 10-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🎯 Bundan 1 hafta oldin Yoshlar telekanalini “Tafakkur yo’li” ko’rsatuvida mehmon bo’lgan edim!

📣 Ushbu suhbatni you tube orqali to’liq formatda tomosha qilishingiz mumkin!

📺 Tomosha qilish: https://youtu.be/dU5jJVeQdzA?si=erLO9HnbiXcitvgc

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

📣 Farzandingiz iqtidorli bolalar safida bo'lishini xohlaysizmi?

🎉 20-aprel, Yakshanba kuniBilim musobaqasi va qiziqarli o'yinlar!

🧠 1–11-sinf o‘quvchilari uchun bilim darajasi bepul aniqlanadi,
va Iqtidorli Bolalar Klubi (IBK)ning 3+1 dasturida ishtirok etish imkoniyati beriladi!

📩 Ro'yxatdan o'tish:
Farzandingiz ismi va nechinchi sinfda o'qishini @testbor_manager ga yozing

📍 Joy: Turin politexnika universiteti
🕒 Vaqt: Ro'yxatdan so'ng shaxsiy xabarda yuboriladi
🔒 Joylar soni cheklangan!
🌐 Testlar o‘zbek va rus tilida topshiriladi

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

🟦🟦🟦

“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Transport sohasidagi va sohani rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

Tanlovda ishtirok eting va startap loyihangizni amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 barobarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ni qo‘lga kiriting!

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etishlari mumkin.


Arizalar 2025-yilning 10-may sanasiga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…

Olimjon To'ychiyev

Hunarmandchilik yo’nalishidagi robot!

🎨 Ushbu robot ko’p turdagi buyumlarga naqshlar turli xildagi ishlanma sur’atlarni tushuradi!

⚙️ Bu esa hunarmandlarga ancha yordam beradi! Shunday robotlar bizni yurtimizda ham ko’plab sohalarda avtamatluvsh tizimlarini rivojlanishiga turtki bo’ladi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel