-Toshkent Turin Politexnika Universiteti rektori - Ректор Ташкентского Туринского политехнического университет -Rector of Tashkent Turin Polytechnic University https://www.facebook.com/alim.tuychiev https://instagram.com/olimjon.tuychiyev
🔹 17-aprel kuni “Kelajak Muhandislari” festivalining yopilish marosimida ishtirok etdim!
🚀 Juda ham ko’plab ixtirochi yoshlar o’z loyihalarini, innavatsion ishlanmalarini taqdimot qilmoqda! Bulardan biri meni e’tiborimni torti!
📱 Ushbu loyiha haqida esa keyingi postda batafsil ma’lumot berib o’taman!
⚡️ Bunday festivallarning bo’lishi muhandis yoshlarga katta imkoniyatlar yaratadi!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🎓 Talabalarimiz tomonidan tashkil etilgan musoboqada ko’plab ishtirokchilar birinchi marotaba bunday raketlarni uchurishdi!
🤩 Ushbu musoboqaning maqsadi aniqlik, kreativlikni oshirish. Ishtirokchilar raketlarini havoda ko’proq ushlab turishlari talab etiladi!
🚀 Bunda esa ular qutqaruv bo’limi yani parashutlarga e’tibor berishlari kerak!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🎓 Turin Politexnika Universitetimiz talabalari “Kelajak Muhandislari” festivali doirasida Raketa modellashtirish musoboqasini tashkillashtirishdi!
🚀 Ushbu musoboqada 100dan ortiq maktab o’quvchilari hamda universitet talabalari ishtirok etishdi!
🏆 G’oliblar bugun 17-aprel kuni “Kelajak Muhandislari” festivalining yopilish marosimida e’lon qilinadi! Ushbu marosim Olmazor tumani Zakovat arenasida bo’lib o’tadi!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Milliy sertifikatga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun yangi imkoniyat!
⬜️Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan matematika fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyent yoshlar hamda o'qituvchilar uchun sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan Mock Test taqdim etildi.
Mazkur raqamli yechim bir nechta muhim afzalliklarni o'z ichiga oladi:
✔️ Milliy sertifikat formati asosidagi test topshiriqlari – rasmiy imtihon strukturasiga to‘liq mos keladi;
✔️ Har bir savolga batafsil yozma izoh – test yechimlari bo'yicha tushunarli va didaktik tahlil;
✔️ Sun’iy intellekt yordamida individual tahlil – foydalanuvchi javoblari asosida bilimlardagi zaif mavzular aniqlanadi;
✔️ Shaxsiy tavsiyalar va mashqlar to‘plami – abituriyentga aynan o‘z bilim darajasiga mos yo‘naltirilgan mustahkamlovchi materiallar taklif etiladi.
📌 Ushbu texnologik platforma abituriyentlarning o‘z-o‘zini baholashi, kamchiliklarini aniqlashi va imtihonga nisbatan ishonchini oshirishi uchun samarali vosita hisoblanadi.
🚀 Aprel oyi muhandislik, texnologiyalar oyligi!
“Kelajak muhandislari” festivalida aviatsiya musobaqalariga start berildi!
💡 “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan aviatsiya musobaqalarida 15 dan ziyod oliy taʼlim muassasalari talabalari, harbiy qism kursantlari hamda turli yoshdagi yoshlardan iborat 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.
Bellashuvlar 3 yoʻnalishda oʻtkazilmoqda:
• Drone Racing – qatnashchilar oʻz dronlari belgilangan yoʻnalish boʻylab toʻsiqlarni yengib oʻtib, marraga eng qisqa vaqtda yetib borishlari kerak.
• Havo jangi – qatnashchilar raqib droni tasmasini kesish va havodagi muvozanatni saqlagan holda maksimal ball toʻplash uchun kurash olib borishadi.
• Raketa modellashtirish – ishtirokchilar oʻzlari loyihalagan va yigʻgan raketalarni uchirishadi. Raketalarning uchish balandligi, barqarorligi va texnik yechimlari maxsus hakamlar tomonidan baholanadi.
Bu musobaqalar yoshlarimizning qanot yozib, orzulari sari parvoz qilishlariga ilhom baxsh etadi!
🎓 Ushbu bellashuvlarning Raketa modellashtirish yo'nalishi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan tashkillashtirilmoqda!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🎥 "Tafakkur yo‘li" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mehmon bo‘ldim!
Suhbat davomida texnologiya sohasidagi yangiliklar Turin Politexnika Universiteti hamda ustozlarimiz haqida gaplashdik!
🤖 Sun'iy intellekt orqali oson kantent yaratish mumkin!
Bugungi kunda AI ko‘plab sohalarda insoniyatga yordam bermoqda. Ayniqsa, kontent yaratishda bu texnologiyalar beqiyos imkoniyatlar beradi.
Sizlar bilan eng foydali AI vositalari ro‘yxatini bo‘lishmoqchiman – musiqa, rasm, video bilan ishlash uchun aynan kerakli dasturlar! 👇
🎧 AUDIO (musiqa, nutq):
ElevenLabs – eng realistik AI ovozlar
Cartesia – real vaqtli ovoz generatsiyasi
PlayHT – 30s da ovoz klonlash
Suno – 10s da to‘liq track
Udio – aniqligi yuqori musiqalar
🖼 RASM:
ChatGPT-4o – oddiy so‘zlar bilan rasm tahriri
Gemini – murakkab sahnalar yaratadi
Midjourney – o‘ziga xos rasm uslubi
Reve – reklamaga matn yozadi
Krea – sketchlardan tasvir
Recraft – eng yaxshi vektorli tasvirlar
Flux – hiperreal rasm generatori
🎥 VIDEO:
Tavus – AI egizaklar bilan suhbat
Sync Labs – lab sinxronizatsiyasi
Heygen – AI prezenterlar
Hedra – ishonchli animatsiyalar
Synthesia – biznes avatarlar
Runway – kino darajasida montaj
Descript – video = matn asosida tahrir
Wan 2.1 – fizik dvigatel asosida video
Kling – TikTok/shorts uchun eng tezkor vosita
Hunyuan – syujetli o‘tishlar
Hailuo – emotsional kontent ustasi
Sora – hiperreal video generatsiyasi
#Amir_Temur
⚔️Dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda tavallud topgan kun
Bugun, 9-aprel kuni buyuk tarixiy shaxs, o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi bo'lgan Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul tavalludiga 689 yil to'ldi. U 1336-yilning 9-aprel kuni Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani) da tavallud topgan.
🇺🇿Amir Temur bobomizning «Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar» degan hikmati insonni doimo aql-idrok, ilmu ma’rifat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🎓 Universitetimizda turli yo‘nalishlarda yuksak iqtidor egalari tahsil olishmoqda.
♟️Nodirbek Abdusattorov – shaxmat bo‘yicha jahon grossmeyster.
🏆Javohir Sindarov – atigi 12 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan shaxmatchi.
🔬Asadbek Urunov – birinchi o‘zbek "robodoctor" loyihasining muallifi.
🛰Ziyodulla Bo’taxonov – aerostat yordamida stratosferani zabt etgan ilk o‘zbek ixtirochi.
🚁Dilmurod Rustamov – dron texnologiyalari bo‘yicha yetuk mutaxassis.
🚀 Sizda ham ular bilan birga o‘qish, orzular sari birgalikda intilish imkoniyati bor!
🎓 Sizning kelajagingiz TTPU bilan boshlanadi – hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
✈️ TTPU x Centrum Air: Yangi Hamkorlik Memorandumi!
🔥 Katta yangilik! 12-mart kuni Centrum Air aviakompaniyasi vakillari bilan birinchi uchrashuvimiz samarali o‘tgan edi. Bugun hamkorlik memorandumi imzoladik!
Bu nima degani?
Endi univeristetimiz talabalari:
🔹 Aviatsiya va logistika sohasida amaliy tajriba orttirishadi,
🔹 Havo yuk tashish, samolyotlarga texnik xizmat va boshqa yo‘nalishlarda ishlash imkoniga ega bo‘lishadi,
🔹 Sanoat mutaxassislari bilan yaqindan tanishib, real loyihalarda qatnashishadi!
Bu bizning talabalarga haqiqiy aviatsiya muhitida ishlash imkoniyatini ochadigan katta qadam!
🇺🇿 O’zbekiston aviatsiyasida innovatsiyalar yaratishda Centrum Air aviakompaniyasi bilan birga ishlashlikdan mamnunmiz!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
#grant #magistratura
Yaponiyada magistratura uchun GRANT!
🌏 KYUSHU universitetida kosmik texnologiyalar bo‘yicha o‘qish imkoniyati!
🛰“Oʻzbekkosmos” agentligi va Kyushu texnologiya instituti (Yaponiya) hamkorlikda yosh mutaxassislar uchun toʻliq grant asosida magistratura dasturini e’lon qiladi! Ushbu dastur doirasida sun’iy yo‘ldosh yaratish va orbitaga chiqarish bo‘yicha chuqur bilim olasiz hamda aerokosmik sohada istiqbolli ish bilan ta’minlanasiz.
🔹 Grant nimani qamrab oladi?
✔️ To‘liq o‘qish xarajatlari
☑️ Amaliyot va tadqiqot ishlari
☑️ Aerokosmik sohaga yo‘naltirilgan maxsus tayyorgarlik
✔️ Istiqbolli ish imkoniyati
*️⃣ Talablar:
◀️ 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari
◀️ Aniq fanlar yoki texnika yo‘nalishida bakalavr diplomi
▶️ IELTS 6.5+
▶️ 800 so‘zdan oshmagan motivatsion xat
◀️ Maxsus anketani to‘ldirish
📢 Ariza topshirish bosqichlari:
1️⃣ training.cmspace.uz sahifasiga kiring va anketani to‘ldiring
2️⃣ “Ariza qoldirish” tugmasi orqali ma’lumotlaringizni to‘ldiring
3️⃣ “Kategoriya tanlang” bo‘limidan “Kyushu Institute of Technology”ni tanlang
4️⃣ Hujjatlaringizni RAR (ZIP) formatida yuklang
🚀 Kelajagingizni aerokosmik sohada qurish imkoniyatini boy bermang!
🛫 Yaponiyada grant asosida o‘qib, kelajak texnologiyalarini yarating!
📅 Arizalar qabul qilish muddati cheklangan! Hoziroq hujjat topshiring!
❗️Qo‘shimcha ma'lumot uchun: training.cmspace.uz
🌐Aloqa uchun: +998916934394
Bizni kuzating
IBRO – 2025 Olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi!
Respublikamiz bo’ylab umumiy 220 672 nafar o‘quvchi ushbu olimpiadaga ro’yxatdan o’tdi! Bu shunchaki raqam emas, bu mehnat, harakat, orzu va ishonchning belgisi.
1–7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan onlayn olimpiadada barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!
Omad siz bilan bo‘lsin, aziz o‘quvchilar!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ezgulik, saxovat, sabr-toqat va hamjihatlik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon oyi nihoyasiga yetib, yurtimizda Ramazon Hayiti bayrami keng nishonlanmoqda.
Ushbu ayyom o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, tinchlik va barqarorlik, ma’naviy yangilanish kabi azaliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlash, farovon va taraqqiy etgan jamiyat sari intilayotgan xalqimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va ilhom baxsh etadi.
Iyd al-Fitr ayyomida sizga sihat-salomatlik, qalbingizga nur, hayotingizga quvonch hamda xonadoningizga tinchlik va qut-baraka tilayman.
Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev.
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
😎 Olimpiadada ishtirok eting – 100% grantga ega bo'ling!
Agar siz 10-11-sinf o‘quvchisi bo‘lsangiz, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yoki AKITA universitetiga bepul o‘qishga kirish imkoningiz bor!
🏆 1-, 2- va 3-o'rin egalari 100% ta'lim grantini qo'lga kiritadi, bu o'qish xarajatlarini qoplaydi, shuningdek, imtihonsiz qabul imkoniyatini beradi.
Qanday qilib ishtirok etish mumkin?
✔️ Ishtirok etish bepul — 👉 testbor.uz/ru/ibro-2025 saytida ro'yxatdan o'tish kifoya.
✔️ Bilimingizni sinab ko'ring va eng yaxshi natijani ko'rsating.
✔️ Olimpiadada g'olib bo'ling va nufuzli universitet talabasiga aylaning!
👉🏽 Kelajagingizni o'zingiz yarating!
📞 + 998 71 203-07- 77
🌐 https://qabul.turin.uz
———
🤩 Участвуйте на олимпиаде — получите 100% грант!
Если ты ученик 10-11 класса, у тебя есть возможность поступить в Туринский политехнический университет в Ташкенте или университет AKITA бесплатно!
🏆 1, 2 и 3 места получают 100% грант, который покроет стоимость обучения, а также поступление без экзаменов.
Как принять участие?
✔️ Зарегистрируйся на сайте
👉 testbor.uz/ru/ibro-2025.
✔️ Проверь свои знания и покажи лучший результат.
✔️ Стань победителем и поступи в престижный университет!
👉🏽 Стройте своё будущее сами!
📞 +998 71 203-07-77
🌐 https://qabul.turin.uz
🇺🇿⚽️ Stadiondan jonli: O'zbekiston - Qirg'iziston O'yinidan Lavhalar!
Bugun milliy jamoamiz yana maydonda! Bunyodkor stadionda hozir ajoyib muhit, muxlislarning ovozi osmonga yetmoqda. 1:0 hisobida O'zbekiston jamoamiz oldinda! Har bir hujumda yuraklarimiz birga urmoqda, har bir gol imkoniyatida butun stadion hayqiryapti!
Aziz vatandoshlar, yurtimiz futbolchilari uchun duo va qo'llab-quvvatlovlaringizni ayamaysiz degan umiddaman. G'alaba sari doim birgamiz 💪🇺🇿
#O‘zbekiston #Futbol #Qirg‘iziston #MilliyJamoa #YashasinO‘zbekiston
🎓 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, xalqaro toifadagi grossmeyster, shaxmatning rapid yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov “EURONEWS” telekanalining navbatdagi reportaj qahramoniga aylandi.
https://www.euronews.com/culture/2025/04/15/meet-nodirbek-abdusattorov-uzbekistans-chess-prodigy
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
📣 NextUp Hub – startaplar uchun global imkoniyatlar maydoni!
Tadbirkorlik g‘oyangiz bormi? Uni global miqyosda ro‘yobga chiqarishni xohlaysizmi?
💡NextUp Hub Startup Challenge dasturiga ariza topshiring va xalqaro sahnaga chiqing!
Dastur sizga quyidagilarni taklif etadi:
🔹 Venchur investorlar va grantlarga chiqish;
🔹 Yetakchi mutaxassislar bilan mentorlik;
🔹 Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada bozorga kirish imkoniyati;
🔹 Google, Microsoft, Meta kabi kompaniyalar bilan hamkorlik;
🔹 Startap tanlovlari, hackathonlar va xalqaro forumlar.
🎯 Talabalar, jamoalar, startaplar – barchangiz uchun ochiq! Agar sizda texnologik, ijtimoiy yoki barqarorlikka oid innovatsion g‘oya bo‘lsa — aynan siz uchun!
Batafsil
📌 Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.
Hoziroq ariza topshiring
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🇺🇿 Dunyo tanigan yulduzlar o'zbekona ko'rinishda!
💻 Sun'iy intellektni qanday ishlarni amalga oshirayotganini ko'rgan bo'lsangiz kerak! Bu video ham yuqorida sizlar bilan bo'lishgan sun'iy intellekt platformalarida tayyorlangan!
⚡️ Dunyo yulduzlarini albatta o'zbekona ko'rinishda ko'rish yoqimli, sun'iy intellekt bu vazifani a'lo darajada bajarmoqda!
🚀 Do'stlaringiz bilan ham ulashing!
💡 Credits: Ikbol Ismoilov
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🎓 Turin Politexnika Universiteti asosan muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan bo'lsada, Biznes menejment kabi yo‘nalishning mavjudligi universitetimizning keng qamrovli va zamonaviy talablarga moslashgan oliy ta’lim muassasasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
🗓 14-aprel kuni universitetimizda "Eng yaxshi biznes strategiyasi" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda nafaqat TTPU talabalari, balki yurtimizning turli universitetlaridan tashrif buyurgan talabalar ham o‘z biznes g‘oyalari va startap loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.
🚀 Tanlov nihoyatda ko‘tarinki ruhda, raqobatga boy, va ijodiy yondashuvlarga to‘la tarzda o‘tdi. Bunday tadbirlar yoshlarimizning tadbirkorlik salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🚁 Bugungi kunda dronlar sohasi butun dunyo bo‘ylab katta e’tibor va qiziqish uyg‘otmoqda. Ular qishloq xo‘jaligidan tortib harbiy texnika, monitoring, xaritalash, logistika va hatto kino sanoatigacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda.
🎓 Turin Politexnika Universitetimizda ham ushbu sohani chuqur o‘rganish, dronlarni boshqarish, dasturlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, milliy dronlarni loyihalash va ishlab chiqarish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda.
👨💻 Ushbu yo‘nalishda alohida faollik ko‘rsatayotgan, o‘z tashabbuslari va texnik bilimlari bilan ajralib turgan talabalarimizdan biri bu — Dilmurod Rustamovdir. U universitetdagi yetakchi yosh muhandislardan biri sifatida dron texnologiyalari yo‘nalishida bir nechta innovatsion loyihalar ustida jamoasi bilan birga izchil va samarali ish olib bormoqda.
🚀 Hozirda Dilmurod va uning jamoasi bilan o‘z dron modellarini yaratish, parvoz testlarini amalga oshirish kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.
🏆 Kelajakda Dilmurod kabi bilimli, tashabbuskor va mas’uliyatli yoshlarimiz yurtimizda dron sanoatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynashiga ishonchimiz komil!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🏆Universitetimiz IT yo'nalishi talabari Kiberxavfsizlik musoboqasida 2-o'rinni egallashdi!
🎉 Quvonch bilan ma’lum qilamiz: TTPU talabalar jamoasi — "TurinSec" 6-aprel kuni "New Uzbekistan University"da BitWalls Cybersecurity Club tomonidan tashkil etilgan CTF (Capture The Flag) kibermusobaqasida 2-o‘rinni egalladi!
🔐 Jamoamiz 30 ta raqib jamoaga qarshi bellashib, quyidagi yo‘nalishlardagi murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli bajardi: Web va Mobil xavfsizlik, OSINT, Kriptografiya, Teskari muhandislik (Reverse Engineering), Raqamli kriminalistika hamda O‘yin xavfsizligi (Game Hacking).
Universitetimiz jamoasi tarkibida Kompyuter muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqich talabasi Denis Balenkov, 4-bosqich talabasi Abdulaziz Tulaganov, va TUIT talabasi Dmitriy Tillyayev ushbu musoboqada ishtirok etishdi!
BYD kompaniyasining Chjenjou shahri yaqinida qurilayotgan yangi Megafabrikasi haqida ma'lumotlarga ko'ra, fabrikani maydoni 130 kvadrat kilometrni tashkil etadi, bu San-Frantsisko shahridan katta va Tesla gigafabrikasidan 10 baravar kengroq. Boshqa manbalar esa 60,000 ishchi xodimlari soni ekanini qayd etadi.
BYDning klaster shaklidagi sanoat rivojlanishi doirasida yig'ish bo'limlari, komponentlar ishlab chiqarish zavodlari, ilmiy markazlar, sinov maydonchalari va ijtimoiy infratuzilma ham qurilishi kutilmoqda.
Kompaniya 2024-yilda elektr avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha Tesla'dan o'zib, dunyo yetakchisi bo'lgan.
DIQQAT, MUHANDISLAR!
Tanlov muddati 10-aprelgacha uzaytirildi – ulguring!
Agar sizda zo‘r g‘oya, loyiha yoki ixtiro bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Qatnashing, g‘olib bo‘ling, va uyga BYD elektromobilini minib keting!
Tanlov yo‘nalishlari:
🔹 Eng yaxshi g‘oya
🔹 Eng yaxshi loyiha
🔹 Eng yaxshi ixtiro
Kimlar qatnasha oladi?
• Talabalar
• Amaliyotchi muhandislar
• 40 yoshgacha bo‘lgan ustozlar
Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin – BYD elektromobili
(jami 9 ta!)
🥈 2-o‘rin – Chet elda stajirovka
🥉 3-o‘rin – Pul mukofotlari
Faqat bitta yo‘nalishda qatnashish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish:
🌐 https://muhandis.edu.uz/
Savollar bo‘lsa:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09
Qani, muhandislar – endi navbat sizda! Orzudagi mashina sizni kutyapti!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
✈️ O‘yin yaratib, Baku shahriga bepul sayohat imkoniyatini qo‘lga kiriting!
📅 2025-yil 11–13-aprel kunlari Turkic Game Jam 2025 xalqaro GameJam birinchi bosqichi 5ta Turkiy mamlakatda bo’lib o’tadi. O‘zbekistonda – East Games va Goethe Instituti ko’magi bilan bo’lib o’tadi
💻 Xakaton ikki bosqichdan iborat:
🔹 Birinchi bosqich – mahalliy:
Jamoalar ochilish marosimida e’lon qilinadigan maxsus mavzu asosida o‘yin prototipini yaratish uchun 48 soat vaqtga ega bo‘ladi. Mahalliy ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan saralangan eng yaxshi jamoalar Grand-finalga yo‘l oladi.
🔹 Ikkinchi bosqich – Grand-final:
Barcha ishtirokchi mamlakatlarning eng kuchli jamoalari Baku shahrida to‘planib, o‘z o‘yinlarini xalqaro darajada namoyish qiladilar. 2025-yilgi Grand-final Baku shahrida bo‘lib o‘tadi.
📌 Ishtirok etish shartlari:
Jamoa 2–4 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Har bir ishtiishtirokchi 48 to'xtamasdan offlayn formatda o’yin yaratishga tayyor bolishi kerak
⚠️ Ishtirokchilar soni cheklangan!
🔗Ro’yxatdan o’tish uchun havola!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
#live
▶️ Ayni damda Toshkent shahridagi Turin Politexnika univeristeti hamda Centrum Air aviakompaniyasi o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolanmoqda!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Yosh ixtirochilar uchun Robbit maxsus tanlovga start berdi
📢 Robbit akademiyasi bolalardagi texnologiyaga bo'lgan qiziqishni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus chellenj e'lon qiladi. Agar siz 8-15 yosh orasida bo‘lsangiz yoki shu yoshdagi farzandingiz, qarindoshingiz bo'lsa tanlovda qatnashishni taklif qilamiz!
🔔 Chellenjda ishtirok etish shartlari:
🔹 O‘zingiz yasagan robotni instagramga reels formatida videoga oling.
🔹 Videongizni instagramda "#robbitmusobaqa" heshtegi bilan yuklang.
🔹 Robbit akademiyasining rasmiy Instagram sahifasiga kolaboratsiya yuboring.
🔸 Arduino to‘plami – Ixtirochi bolalar uchun kerakli sovg‘a!
🔸 3 MILLION SO‘MLIK vaucher – Robbit akademiyasida o‘qishingiz uchun imkoniyat!
Mudofaa vazirligi tomonidan 2025-yilning 29-, 30- va 31-may kunlari “Gʻalaba bog‘i” majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazilmoqda.
Festivalda zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, festival doirasida ishtirokchilar o‘rtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi.
Central Asian start-ups attracting growing interest from venture capitalists | Eurasianet
https://eurasianet.org/central-asian-start-ups-attracting-growing-interest-from-venture-capitalists
✨Yasharish, yangilanish bayrami - Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
Yurtimiz bag‘rini gullar bilan bezatgan, dillarga umid va quvonch urug‘larini sochgan ushbu qutlug‘ bayram barchangizni hayotingizga yangicha mazmun, ezgu maqsadlaringizga esa qanot bo‘lishini tilayman.
Qalbingizdan iliqlik, yuzingizdan tabassum, xonadoningizdan esa qut-baraka hech qachon tark etmasin.
Har kuningiz Navro‘z kabi porloq, umr yo‘lingiz esa doimo bahor kabi yashnab tursin!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
🎓 Politecnico di Torino diplomi — xalqaro miqyosda kelajak sari mustahkam qadam!
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabasi bo'lib, dunyoning eng kuchli texnik universitetlaridan biri — Politecnico di Torino diplomini olish imkoniyatiga ega bo'lasiz!
🏆 Ushbu universitet QS World University Rankings reytingida 241-o‘rinda turadi va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha eng kuchli 100 talik ro‘yxatida.
Bizning bitiruvchilarimiz General Electric, BMW, Siemens, Huawei, Bosch kabi yirik kompaniyalarda ishlamoqda va o‘z karyeralarini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.
👨🏻🎓👩🏻🎓 Politecnico di Torino diplomini olib, katta imkoniyatlar eshigini oching!
🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin