📣 Jizzax Yuksalish maktabida vakansiya!
Jamoamiz safiga qabul qilamiz:
– O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
– Matematika,
– Boshlang'ich sinf,
– Jismoniy tarbiya,
– Texnologiya,
– robototexnika,
– Koreys tili fan o‘qituvchilari;
– Koordinator;
– Taekvondo, kurash murabbiysi;
– Gimnastika murabbiyasi;
– Logoped;
– Oshxona xodimlari;
– Tozalik xodimlari;
– Xo‘jalik bo‘limi xodimi.
Agar siz pedagog sifatida o‘zingizni:
– qadriyatlarga ega;
– pedagogik mahorat egasi;
– tez o‘zlashtiruvchi;
– jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlangan;
– yetarli bilim va tajribaga ega mutaxassis hisoblasangiz, Sizni Jizzax Yuksalish maktabida kutib qolamiz.
🤗 Siz bizdan olishingiz mumkin bo‘lgan foydalar bizga beradiganlaringizdan aslo kam emas!
❗️ Agar siz ham Jizzax Yuksalish maktabi jamoasi safiga qo‘shilishni istasangiz, havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola 👈
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998953260600
✉️ @yuksalish_maktabi_jizzax
📱 Telegram | 📱 Instagram
📢 Yuksalish Gimnaziyasi — farzandingizning kelajakka dadil qadam tashlashi uchun ideal imkon!
Farzandingizning har tomonlama rivojlanishi, sifatli ta'lim olishi va yorqin kelajak sari ishonchli qadam qo‘yishini istaysizmi? Yuksalish Gimnaziyasi sizga shu imkoniyatni taqdim etadi! Hozirda 5–9-sinf o‘quvchilari uchun qabul jarayoni davom etmoqda!
🌟 Yuksalish Gimnaziyasi nimalarni taqdim etadi?
– Qadriyatlarga asoslangan tarbiya muhiti — farzandingiz nafaqat bilim oladi, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan yetuk shaxs sifatida shakllanadi.
– Kitob mutolaasini farzandingiz hayotining ajralmas qismiga aylantiramiz.
– 400 o‘ringa mo‘ljallangan qulay yotoqxona — xavfsiz va shinam yashash sharoiti.
– Chuqurlashtirilgan fanlar — aniq va tabiiy fanlarga chuqur yondashuv.
– Xorijiy tillar: ingliz tili, koreys tili, rus tili — farzandingiz dunyo bilan muloqotda bo‘ladi!
– Shaxsiy rivojlanish uchun maxsus “Yuksalish darslari” — har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyatlarini kashf qilamiz.
– “Men harbiy bo‘laman” dasturi — intizom va jasoratni shakllantiradigan o‘quv dasturimiz.
– Shaxmat, futbol, taekvando, kamonbozlik kabi sport mashg‘ulotlari va pazandachilik kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish.
– IT, 3D texnologiyalar, SMM, dasturlash, aerodinamika, robototexnika bo‘yicha chuqurlashtirilgan darslar va musobaqalar.
– 4 mahal ovqat va to‘liq yashash sharoitlari.
❗️ Joylar soni cheklangan! Shoshiling va farzandingiz uchun bu noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va ilmga chanqoq o‘quvchilarning safiga qo‘shiling.
📍Manzil: Toshkent-Ohangaron avtomagistrali (Lokatsiya)
📞 +998952250600
🔔 @Yuksalish_gymnasium
📱 |Telegram| 📱 |Instagram|
🎉 Gimnaziyamizda ilk o‘qish kuni!
Yuksalish Gimnaziyasida erta tongni badantarbiya bilan boshlagan o‘quvchilar o‘qishning ilk kunini Muhammadali Eshonqulov ustoz bilan bo‘lgan suhbat bilan davom ettirdilar.
Bilimga chanqoq o‘quvchilarning dars jarayonlaridagi faol ishtiroki ularning ulkan maqsadlari borligini va buyuk marralarni zabt etishga tayyor ekanligini anglatadi.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998952250600
🔔 @Yuksalish_gymnasium
📱 |Telegram| 📱 |Instagram|
Haqiqiy boylik
Ba'zan bizga nimadir yetishmayotgandek tuyulaveradi.
O'zimizni boshqalar bilan qiyoslab, Xudo bergan taqsimotga ko'pincha norozi bo'lamiz.
Bizga berilgan ne'matlarning qadri haqida chuqur o'ylab ko'rsak, anglaymizki, dunyodagi eng rizqi ulug' va boy inson o'zimiz bo'lib chiqamiz.
Sizga yoqmay turgan ish qaysidir ishsizning orzusi.
Sizga yoqmay turgan ovqat qaysidir och kishining orzusi.
Sizga malol kelayotgan yaqin insoningiz - suyanchig'ini yo'qotgan qaysidir insonning orzusi.
Sizni bezovta qilayotgan kasallik, qancha vafot etgan insonlarni orzusi...
Ne'matning qadri odatda zavolga yetganda bilinadi.
Oqil inson esa ne'mat ichida bo'lib qadriga yetgan insondir.
Ishoning Siz boysiz...
@Muhammadali_Eshonqulov
Xushxabar
Nihoyat Yuksalish Gimnaziyasida darslarimiz rasman boshlanmoqda.
@Muhammadali_Eshonqulov
Mohiyat
Siz hammadan kuchli yoki yaxshi bo'lishingiz shart emas.
Xudo bergan qobiliyatdan to'g'ri foydalanib, bir kun oldingi o'zingizdan kuchliroq va yaxshiroq bo'lishingiz kerak...
Bugungi harakatlaringizda ikkita asosiy maqsad bo'lishi kerak:
O'tmish xatolarni tuzatib, kelajakdagi o'zingizga yordam berish.
@Muhammadali_Eshonqulov
Shaxmat +
Alijon aka Isoqov Maktabimiz mehmoni.
Juda qiziq o’yin bo’lyapti.
Kechqurun premyera.
@Muhammadali_Eshonqulov
Xotira
Umrimizning eng go’zal onlari shu dargohda o’tdi:
Qadrdon Universitetimiz - Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti.😊
@Muhammadali_Eshonqulov
O‘quvchilar qidirilmoqda!
🗓 Shoshiling! G‘ijduvon Yuksalish maktabida yakshanba, 20-oktyabr sanasida o‘quvchilar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi!
❗️ Test jarayonlari 09:00 da 1–9-sinf o‘quvchilaridan olinadi.
✅ Imtihonimiz 1 va 2-sinf o‘quvchilaridan suhbat asosida, 3–9-sinf o‘quvchilaridan esa test shaklida olinadi. Test matematika, ingliz tili va mantiqiy savollardan iborat.
🔴 Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, imkoniyatni boy bermang va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
🔖 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.gle/cFfF8Zua9G2kdjjb9
📌 Manzil: G‘ijduvon tumani “Xavzak” MFY “Darsozlar” ko‘chasi 125-uy (Lokatsiya)
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998914145995
🔔 @yuksalish_maktabi_gijduvon
📱 Telegram | 📱 Instagram
Ikrom
ALLOH Ta'olo biz loyiq bo'lmasakda, biror ne'matni lutf aylab berishi ikrom deyiladi.
O'ylab qolaman, agar faqat munosibligim uchun biror narsa berilganda, bu qiymatki nafas olishga ham yetmasa kerak...
@Muhammadali_Eshonqulov
Munosabat
Atrofimizda bo’layotgan ishlar emas, bizni unga munosabatimiz muhim.
Nimaiki ixtiyorimizdan tashqari ro’y berarkan, u Yaratganning eng mukammal rejasi asosida bo’ladi. Bu azaliy taqdir.
Biz esa munosabatimiz va harakatlarimiz bilan ixtiyoriy taqdirimizni barpo etamiz.
Kuningiz xayrli o’tsin.
@Muhammadali_Eshonqulov
Buxoroi Sharifdan Salomlar bo’lsin.
G’ijduvon Yuksalish Maktabi Ochilish marosimida barchangizni kutib qolamiz.😊
26-oktyabr 10:00 da.
@Muhammadali_Eshonqulov
✅ Befarq bo‘lmang! O‘z kelajagingizni o‘zingiz tanlang! Ovoz bering!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt
Sabr
Dunyoda mevasi eng shirin narsa sabr bo'lsa kerak.
Ko'pincha yaqinlarimiz bizga ozor beradi, odamlar nohaqlik qilayotgandek bo'ladi.
Atrofimizdagi voqealarning hikmatini anglab yetsak, insonlar, munosabatlar, ne'matlar, yutuqlar-u, mag'lubiyatlar hammasi bizga sinov tarzida berilayotgan bo'lib chiqadi.
Ixtiyorimizdan tashqari narsalarni doim ham o'zgartira olmaymiz.
Lekin ularga bo'lgan munosabatlarimizni o'zgartira olar ekanmiz.
Shu fursatdan foydalanib, kimlarningdir qalbiga ozor yetkazgan, haqiga rioya qilmagan bo'lsak, uzr so'rab qolamiz...
@Muhammadali_Eshonqulov
#JANNAT #SARI 🤲
🕊️60-KABUTAR🕊️NOYOB VIDEO PREMYERA ❤️
HOZIROQ YOUTUBE dagi RASMIY KANALDA🕊️JUDA KATTA MEHNAT va UMIDLAR ILA DUNYOGA KELGAN❤️MILLIONLAB XOLIS INSONLARNING MEHR-MUHABBATI BILAN BUNYOD ETILGAN🤲🏻 UNIKAL BAYRAM VIDEO PREMYERASINI KO’RING 💣🔥
FAQAT SIZLARDAN ILTIMOS, BU 4 OYLIK MEHNAT va MASHAQQAT AZIZLAR, YARIM SOAT VAQTINGIZNI AYAMANG, BIZ SIZ UCHUN QILDIK BU VIDEONI, BUNI QADRLANG☝🏻❤️
INTERNETDA OILAVIY KO’RISH MUMKIN BO’LGAN KONTENT, IBRATLI VIDEOLAR DEYARLI QOLMAGAN BIR ZAMONDA…. BOLALARINGIZ BILAN KATTA EKRANDA TOMOSHA QILING, BU VIDEODA KO’P YAXSHILIK va TARBIYA BOR HAMMAMIZGA 🤲🏻
YAQINLARGA YUBORISHGA ARZIGULIK VIDEO📣💣
⬇️. ⬇️. ⬇️. ⬇️. ⬇️
https://youtu.be/lxapBDnAEQ8?si=epzLC8lyn9NZ3v88
Tashrifingizdan xursand bo‘lamiz!
Kelgusi haftada Navoiy va G‘ijduvon Yuksalish maktablarining ochilish marosimi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni tadbirimizga taklif qilamiz.
25-oktyabr, juma kuni soat 14:00 da Navoiyda va 26-oktyabr, shanba kuni soat 10:00 da G‘ijduvonda aziz mehmonlarimizni kutib qolamiz.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalishmaktabi?si=cj4-1DeLXDfs_KsQ">YouTube
Гўзал кунлар келишини кутма,
Унга томон бормоқни ҳеч унутма.
Мавлоно Жалолиддин Румий
O‘yin qoidalari ham o‘zgacha: hayotimizdagi “teskari” narsalar bilan hamohang
⚡️ Xalqimiz ardog‘idagi sanʼatkor Alijon Isoqov maktabimizda mehmon bo‘ldilar va biz o‘zimiz uchun ularning yangi qirralarini kashf etdik.
Yuksalish maktabi o‘quvchilari va Muhammadali Eshonqulov bilan kechgan bahs barchada yorqin taassurot qoldirdi.
“Shaxmat +” o‘yini haqida ko‘pchiligimiz eshitmaganimiz aniq. Bu o‘yin Alijon Isoqov tomonidan yaratilgani ham hammamiz uchun yangilik bo‘lsa, ajab emas.
O‘yin haqida batafsil maʼlumotni muallifning o‘zidan tinglagan boshqacha, albatta. Lavha orqali sevimli sanʼat arbobimiz kashf etgan o‘yin haqida bilib olishingiz mumkin.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalishmaktabi?si=cj4-1DeLXDfs_KsQ">YouTube
💻 O‘quvchilarimizning kelajak suratlari!
💡 Bugun 3- “Al-Farg‘oniy” sinf o‘quvchilari bilan juda ta'sirli tajriba o‘tkazdik. “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida insho yozishdan tashqari, ularga o‘z kelajak kasbi kompyuter grafikasi yordamida tayyorlanib, namoyish etildi.
🙂 O‘quvchilarimizning yuzlaridagi quvonchiga video orqali sherik bo‘ling.
Xalqaro hamkorlarimiz safi kengaymoqda!
⚡️ Yuksalish maktabida Janubiy Koreyaning Cheongam Universitetidan tashrif buyurgan vakillar – Xalqaro aloqalar va ta‘lim departamenti direktori hamda Axborot texnologiyalari fakulteti dekani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔸️ Axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, 3D, robototexnika, aerodinamika kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan SMART CLASS tashkil etish borasidagi rejalari haqida o‘z takliflarini bildirishdi.
🔹️ Bizning o‘qituvchi hamda o‘quvchilarimiz Cheongam universitetiga borib tahsil olish imkoniyatlari yoki ularning professorlari maktabimizga kelib taʼlim berishlari haqida masalalar ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘zaro manfaatli kelishuvdan so‘ng yaqin istiqbolda memorandum imzolashga kelishildi.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalishmaktabi?si=cj4-1DeLXDfs_KsQ">YouTube
Iliqlik
Ikki qo’limimizni bir-biriga ishqalasak, qaysi biri isiydi?
Ikkalasi ham.😊
Insonki kimgadir mehr berarkan, aslida o’ziga yaxshilik qilayotgan, mehr berayotgan, o’z qalbini isitayotgan bo’ladi…
@Muhammadali_Eshonqulov
Mehr
Ustozlarga shunday mehr beraylikki, shu sharafli kasbni tanlashgani uchun ming shukr desinlar.😊
@Muhammadali_Eshonqulov
Ixtirochilar, g‘alaba muborak!
⚡️ Respublika miqyosida 60 dan ziyod jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Robo Fest –2024” tanlovidan g‘alaba bilan qaytgan Yuksalish maktabi jamoasini tabriklaymiz!
🏆 Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tashkil etilgan tanlovning “Foydali ixtirolar” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni egallagan o‘quvchilarimiz, ularning ustozi va ota-onalarini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.
Yoshlarga ko‘rsatilayotgan keng imkoniyatlar va ragʻbatlar uchun yurtboshimizga tashakkur izhor etamiz.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalishmaktabi?si=cj4-1DeLXDfs_KsQ">YouTube