Olimpiada
O'zbekiston bugun kechasi qo'lga kiritilgan ikkita oltin hisobiga medallar bo'yicha reytingda birdaniga 18-o'ringa ko'tarildi.
Yana bir oltin va biz nasib qilsa, 14-o'rinda bo'lamiz.😊
Sportchilarimizga omad.💪💪💪
@Muhammadali_Eshonqulov
⚡️Olmazor tuman yoshlari, tayyormisiz?!
🤝 Bu galgi “Biznes Marafon” SIZNING TUMANINGIZDA BO‘LIB O‘TADI..
Bunday fursatni qo‘ldan boy bermang!
https://youtu.be/Wi2AGX8euL8?si=BZIdkFUNHr8N8Btg
Telegram link: /channel/uygonish_uzb
Manzara
Vodiydan kelishda shu manzarani Sizlar bilan baham ko'rish uchun atayin to'xtab o'tdik.
Qurilishda kecha-yu kunduz ishlayotgan aziz ustalarimiz haqlariga duo qilib qo'ysangizlar.
@Muhammadali_Eshonqulov
Namangandan Salomlar bo'lsin.
Kecha Andijonda bo'lib, bugun Namanganga kelib, endi Toshkentga safar qiladiganmiz.
Roppa-rosa 1 oydan so'ng maktablarimizning ochilish marosimlarida barchangizni kutib qolamiz
@Muhammadali_Eshonqulov
Ota-onalarimiz tomonidan: “Farzandlarimizga Ustoz Muhammadali Eshonqulov ham dars o’tadilarmi?” deb ko’plab savollar kelib tushgan.
Yuksalish Liderlar Akademiyasi o’quvchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda, Ustozimiz o’quvchilar uchun telegram sahifa ochamiz deb va’da qilgan edilar…
✅ Shu va’daga muvofiq biz telegram sahifa ochdik.
Sahifamizda Ustozimiz Muhammadali Eshonqulov tomonidan foydali ma’lumotlar, insaydlar va hayotiy tajribalar ulashib boriladi hamda muntazam darslar olib boriladi.
📌 Bu darslarga faqatgina Yuksalish Liderlar Akademiyasi va Yuksalish maktablari o’quvchilarigina qatnashish imkoniyatiga ega!
👇 🗓️ Darsga qo’shilish uchun quyidagi bot orqali ro’yxatdan o’ting👇
@yuksalish_klubi_bot
ASSALOMU ALAYKUM saxovatpesha hamyurtlar!
Rasmlarda ko’rib turganingiz hamyurtimiz Nomozov Bektosh Zokir oʻgʻli 1997-yil tugʻilgan. Hozirgi paytda sizning yordamingizga muhtoj. Bemor 10 yildan beri surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan qattiq kurashib kelmoqda.
Bugungi kunda buyrak almashtirish bo’yicha murakkab operatsiyasi oldinda turibdi, biroq buning uchun oilaning moddiy imkoniyati yetarli emas.
Shu sababdan, ukamiz va uning oilasi hozirgi kunda sizdek savobtalab insonlarning yordamiga, duolariga juda ham muhtoj!
Unutmang, ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Viza karta raqami:
4278 3200 2344 4986
MUHAMMADXON MAJIDOV
Humo karta raqami:
9860 1001 2537 3330
MAJIDOV MUHAMMADXON
Manzil: Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Yangiobod MFY Bolgʻali qishlogʻi.
Murojaat uchun:
☎️+998(90)286-24-89
(Bemorning onasi)
Xushxabar
Bugungi kun judayam yaxshi xabarlar bilan boshlandi.
Hozirgina vodiyda ochishni niyat qilgan navbatdagi maktabimiz Namangan Yuksalish maktabiga ta'lim faoliyatini boshlashi uchun Litsenziya berildi.
Litsenziya olishdagi avvalgi ovoragarchiliklarga barham berib, juda ham yaxshi tizim o'rnatib, ta'lim sohasida xizmat qilayotgan tadbirkorlarga qulaylik yaratishganligi uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Vazirlik tizimida xizmat qilayotgan xodimlar nafaqat faoliyatimizni boshlab olishda, balki ishimizni to'g'ri yo'lga qo'yib, muntazam yuksalishimizda ham amaliy yordam ko'rsatib kelishmoqda.
Butun jamoamizga ushbu xushxabar muborak bo'lsin.
Hurmat bilan,
Muhammadali Eshonqulov
@Muhammadali_Eshonqulov
Albatta, dilbandining rohatini ko‘rishni istagan har bir ota-ona, avvalo, farzandini go‘zal axloq ila ziynatlaydi.
Dunyoni ijobiy tomonga o‘zgartirmoqchi bo‘lgan avlodlarni tarbiyalashni istasangiz, safimizga qo‘shiling!
Qardosh xalqimiz
Qozog'istondan juda iliq taassurotlar bilan qaytdik.
Aytishga arziydigan yangiliklar bor.
Nasib qilsa, ertaga umumlashtirib yozaman.
Har bir davlatning milliy, tarixiy kiyimlar insonga o'zgacha savlat beradi.
An'anamizga sodiq qolib, Qozoq bovurlarimizning bir-biridan chiroyli kiyimlarini kiyib, esdalikka rasmga tushdik.
@Muhammadali_Eshonqulov
Yaqinlarimiz sun'iy ong bilan bir savol-javob qilishibdi.
Boshlagan ishlarimizga jonsiz temir ham xayrixoh ekan.😊
@Muhammadali_Eshonqulov
Millat Umidlari
Yil davomida kamina qatnashgan eng hayajonli tadbirlardan biri bu shubhasiz "Millat Umidi" oliygohining bitiruv marosimi bo'ldi.
Dunyoning eng nufuzli ta'lim muassasalarida o'qishni davom ettirish, eng katta kompaniyalarida karyerani boshlash arafasida turgan shijoatli bitiruvchilarni ko'rib ko'zlarimiz quvnadi.
Ularning yuzlarida buyuk bobolarimizning munosib avlodlari siymosini ko'rdik.
Ular nasib qilsa butun dunyoga O'zbekistonimizning dovrug'ini yoyib, yurtimiz obro'siga o'bro' qo'shib, haqiqiy milat umidlariga aylanishadi...
Ushbu lavhada universitetning ilk qaldirg'ochlari uchun qilgan nutqimizni tinglashingiz mumkin.
@Muhammadali_Eshonqulov
Uyg'onish
Asadbek ukamiz kamina uchun yil kashfiyoti bo'ldi.
Undagi shijoat, himmatni ko'rib, ruhiy quvvat oladi odam.
Juda manfaatli suhbat bo'ldi deb o'ylayman.
Kamina o'zi mehmon edi, nostandard formatga o'tib ketdik.
Vaqt bo'lganda, hotirjam eshitadigan suhbat.😊
@Muhammadali_Eshonqulov
Telefoningni qo'yib tur bolam...
Qadrdon akamiz Alisher Fayz ijrosida juda ta'sirli she'r.
@Muhammadali_Eshonqulov
Yangilik
Farg'onadan salomlar bo'lsin.
Barcha maktablarimizda bo'layotgan qurilish ishlari, qilinayotgan yangiliklarni esdalik uchun video olib chiqyapmiz.
Endi navbat Andijon va Namanganga.
Aytgancha, Farg'ona Yuksalish maktabimizda 5-6-7-8-avgust kunlari 1-sinfdan 9-sinfgacha qabul uchun imtihonlar bo'lib o'tadi.
Murojaat uchun:
+998889414141
@Muhammadali_Eshonqulov
Ey farzand, o‘qi-ta’lim ol, chunki johillik, ilmsizlik ordir.
Bunga esa faqat eshak rozi bo‘ladi!
Namangan xalqi kutgan kun keldi!
Yuksalish maktabi Namangan filiali 2024–2025-o‘quv yili uchun 1-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga qabul boshlanganini eʼlon qiladi!
⚡️ Yuksalish maktabi sizga nimalar bera oladi:
– qadriyatlarga asoslangan tarbiya muhiti;
– kitob mutolaasini odat tarziga aylantirish;
– ingliz tili, matematika kabi chuqurlashtirilgan fanlar;
– shaxsiy rivojlanishga qaratilgan “Yuksalish darslari”;
– shaxmat, futbol, taekvando kabi sport to‘garaklari va pazandachilik mashg‘ulotlari;
– 3D, SMM, dasturlash, robototexnika bo‘yicha qo‘shimcha darslar va musobaqalar;
– 3 mahal ovqat va boshqalar.
Aziz ota-ona! Farzandingizni qabuldan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, so‘rovnomani to‘ldiring.
👉 https://forms.amocrm.ru/rtcvrdc
Manzil: Namangan shahar G'irvonsoy ko‘chasi, Dashtbog' sanoat zonasi 56-uy
Mo'ljal: Eski turk litseyi yonida
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 78-555-12-12
✉️ @Namangan_Yuksalish_maktabi
📱 Telegram 📱 Instagram
🔥 Harakat - hissiyotdan keladi…
To’liq suhbatni YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin👇
Murojaat uchun: +998781220222
🤩TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM | 📹YuksalishLeadersAcademy">YOUTUBE
Ustozim - Dadam
Bugun men uchun eng qadrli inson - Qiblagohimning tavallud ayyomlari.
Dadajonim yillar davomida saxovatlari, kengfe'lliklari, fidoyiliklari bilan ko'pchilikka o'rnak bo'lib keldilar.
Ilmga harislikni, tartibni, go'zal xulqni ulardan o'rgandik.
Dadamning siymolarida mustahkam tog'larni ko'raman. Yosh boshlariga ro'zg'or tashvishi tushib, uka-singillariga ham akalik, ham otalik mehrini berib tarbiya qildilar. Hayotimizning sinovli kunlarida bizlar uchun himoyachi-qo'rg'onimiz bo'ldilar.
Minglab insonlarning hayotini yaxshi tomonga o'zgarishiga sababchi bo'lib, umrlarini yaxshilik yo'lida xizmat qilishga sarf etib kelmoqdalar, ALLOHim bu umrni uzun va yanada barakali qilsin.
ALLOH Ta'olo dadajonimizni dunyoi oxiratda aziz va mukarram aylasin.
Dadajon Sizni yaxshi ko'ramiz, yaxshiyam Siz borsiz.😊
@Muhammadali_Eshonqulov
Yuksalish Liderlar Akademiyasi o'quvchilari bilan davra suhbati to'liq:
https://youtu.be/0KqsnQqp7Dk?si=5Yd3_cyT84eYjQyr
@Muhammadali_Eshonqulov
Andijon Yuksalish maktabimiz futbol maydoni
Barcha maktablarimizda bo'layotgan o'zgarishlarni Siz azilar bilan baham ko'rib tursak nima deysizlar?
Ehtirom
Qardosh xalqlardagi o'zaro hurmatni ko'rib ko'zlar juda quvonadi.
Tariximizning umumiy jabhalari ko'p bo'lganidek, kelajagimizda ham ko'p umumiylik bo'ladi nasib qilsa.
@Muhammadali_Eshonqulov
Birinchi o'tirgan taxtingizni eslaysizmi?
Prokatdagi plastmassa stullardan taxlangan bo'lardi.😊
To'ylar uylarda bo'lardi.😊
Uzun temir stollar kim eslaydi?
Qizil (oq chiziqli) yog' bo'lib ketgan dasturxon ustiga to'kilgan parvardalar, o'zi qizil quyoshda oqarib, qiyshayib ketgan salat idishlar, prokatga kelgan chinni idishlar (hammasini tagiga qarab, sanab chiqardik)😁
Oilaviy yig'inlar bo'lsa biz bolalarga bayram bo'lardi:
Yashinmachoq
O'rtaga tushar
Pobeda
Tosh qulatar
Chillak
Lanka o'ynab, vaqt qanday o'tganini bilmay ham qolardik.
ALLOHga shukr qilaman, yaxshiyam bolaligimizda telefon va internet bo'lmagan.