mininnovation | Unsorted

Telegram-канал mininnovation - MinInnovation

3870

Инновацион ривожланиш хабарлари Новости инновационного развития News of innovative development @mininnovation links: www.mininnovation.uz fb.com/mininnovation.uz https://bit.ly/Minnovationuzb ☎️(71)2033231

Subscribe to a channel

MinInnovation

#Hayriya_aksiyasi #BorMehrimizSengaBolajon

Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va uning tizim tashkilotlari hodimlari respublika bo'ylab o'tkazilayotgan beg'araz donorlik aksiyasi doirasida ixtiyoriy ravishda qon topshirdi.

Aksiya Respublika ixtisoslashtirilgan gemotologiya ilmiy-amaliy markazida davolanayotgan bolalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

_ _ _ _ _

Сотрудники Министерства высшего образования, науки и инноваций и его подведомственных организаций сдали кровь в рамках донорской акции, которая проводится по всей республике.

Акция проводится в целях поддержки детей, находящихся на лечении в Республиканском специализированном научно-практическом центре гематологии.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

🔺Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining 77-turi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha qayta e’lon qilinadi:

-Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
-Filologiya va ijtimoiy fanlar
-Huquq fanlari
-Pedagogika va psixologiya fanlari
-Texnika fanlari
-Tibbiyot fanlari

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2023-yilning 4-iyulga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Innovatsion rivojlanish agentligi texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: 📞+998-71-203-32-32 (242).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

▶️E'tiboringizga 5-iyun kuni Web of Science xalqaro tashkilot mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan " Web of Science xalqaro bazasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining mavjud parallel profillarini birlashtirish" mavzusidagi seminar video-yozuvini taqdim etamiz.

🚀Telegram kanal: /channel/cntiuz
🔵Facebook: https://www.facebook.com/cstiuzb

Читать полностью…

MinInnovation

#innovatsionloyihalar

Innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish natijasida yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlari shakllanmoqda.

Videolavhada Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan ilmiy va innovatsion loyihalar haqida so‘z yuritiladi.

Navoiy viloyati korxonalarining chiqindi gazlarini changdan va zararli gaz moddalaridan tozalash, hamda sovitish uchun yuqori samarali apparatini ishlab chiqish va joriy etish, biofaol, arzon nanokompozit olish texnologiyasini ishlab chiqish, Pomidor gullarini changlatuvchi stimulyatorlarni ishlab chiqarish loyihalari shular jumlasidan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

📣O‘quv-seminar!

⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Web of Science” kompaniyasi hamkorligida 2023-yil 5-6-iyun kunlari Web of Science xalqaro tashkilot xodimlari tomonidan o‘quv-seminar o‘tkaziladi. Seminar jurnallar muharrirlari, tashkilot administratorlari va ilmiy xodimlar uchun tashkil etiladi.

➡️Ma'ruzachi: Irina Tixonkova– Clarivate kompaniyasining maslahatchisi

1️⃣O'tkazilish vaqti: 5-iyun 2023-yil
Mavzu: Web of Science xalqaro bazasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining mavjud parallel profillarini birlashtirish
Soat: 15:00 (mas'ul adminlar uchun) 16:45 (barcha istovchilar uchun)
Format: offline va online

2️⃣O'tkazilish vaqti: 6-iyun
Mavzu: Web of Science jurnallarini tanlash mezonlari va tartibi hamda nashrlar sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar
⏰Soat: 15:00 (ilmiy jurnallar muharrirlari uchun)
📺Format: offline va online

Manzil: Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi, 516-xona

💻 Ulanish uchun ZOOM havola: https://us02web.zoom.us/j/8926456630?pwd=QVZLZHVmTFVtWGNuc3c4bmdrdmNPZz09

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#e’lon

1 million dollarlik President Tech Award tanlovida qatnashing!

President Tech Award” 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi startap loyihalar tanlovi hisoblanadi.

Asosiy toifa gʻoliblarining mukofot jamgʻarmasi:
💲 1-o‘rin uchun — $100 000
💲 2-o‘rin uchun — $50 000
💲 3-o‘rin — $30 000 ni tashkil etadi.

Shuningdek, maxsus yoʻnalishda (hackathon) gʻolib jamoa $100 000 oladi.

Startap tanloviga quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin: awards.gov.uz
Barcha savollar boʻyicha: @PresidentTechAward

➖➖➖

Участвуйте в конкурсе President Tech Award с призовым фондом в $1.000.000! 🏆🤩

President
Tech Award — это конкурс на лучшие стартап-проекты по 5 основным и 1 специальному направлениям.

Призовой фонд победителей основной категории составляет неплохую сумму:
💲 за 1 место — 100 000$
💲 за 2 место — 50 000$
💲 За 3 место — 30 000$

Команда-победитель в специальной категории (хакатон) получит $100 000.

Подать заявку на конкурс стартапов можно по ссылке: awards.gov.uz
По всем вопросам:
@PresidentTechAward

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#Maxsus_reportaj #innovatsion_hudud

Navoiy viloyat Qiziltepa innovatsion hududidagi 1-son kasb-hunar maktabida Navoiy viloyati yoshlarini kasb-hunarga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

Aziz bolajonlar!

Sizlarni bugungi bayramingiz - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. O‘z qiziqish va maqsadlaringiz ortidan borishdan aslo cho‘chimang. Bugundan o‘z ustingizda yana ham qattiqroq ishlashni boshlang.

Albatta, bu jarayonda sizga ota-onangiz hamda maktabdagi ustozlaringizning o‘gitlari asqatadi. Aytishim joizki, bolajonlar bilan muloqotda bo‘lish menga har doim o‘zgacha zavq bag‘ishlagan. Ularga ko‘rik-tanlovlar, turli musobaqalarda faol bo‘lishlari kerakligini doim ta’kidlaganman.

Sizdan ham shuni kutib qolaman. “ Yoshim hali kichik-ku!” deya qo‘rqmang. Vazirligimiz aynan siz kabi bolajonlar uchun bellashuvlar tashkil etib kelmoqda. Sizni ham bo‘lajak tanlovlarda qatnashuvchilar orasida ko‘rishdan mamnun bo‘laman. O‘rganish, izlanishdan aslo to‘xtamang. Zero, yoshlikda olingan bilim va egallagan kasb-hunar butun umrga tatigulik boylik.

Ayni shu boylik egalari Yangi O‘zbekistonimizning faxri va tayanchidir.

Bayramingiz muborak!

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

MinInnovation

#global_startap_index

📣📣📣Toshkent shahri startap ekotizimi eng tez rivojlanayotgan shaharlar qatoriga kirdi

Joriy yilning 30-may kuni StartupBlink tashkilotining "Global Startup Ecosystems Index - 2023 (GSEI-2023)" xalqaro anjumani o'tkazildi. Unda Innovatsion rivojlanish agentligi vakili O'zbekiston startap ekotizimidagi qilinayotgan ishlar, natijalar va istiqboldagi rejalar to'g'risida taqdimot o'tkazdi.

GSEI-2023'ning joriy yilgi natijalariga ko'ra, Toshkent shahri startap ekotizimi 165 pog'ona ko'tarilib (kuchli shaharlar mingtaligida 580-o'rin), startap ekotizimi eng tez rivojlanayotgan dunyoning 8 ta shaharlari qatoridan o'rin oldi. Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish agentligi StartupBlink'ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hamkor tashkilotlari qatoridan joy olgani ham e'tirof etildi.

Batafsil GSEI-2023ning hisobotida tanishishingiz mumkin: https://www.startupblink.com/startupecosystemreport

@mininnovation

Читать полностью…

MinInnovation

#Paxtachilik_kengashi

Paxtachilik kengashi mas’ullari bilan Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida g‘o‘zaning bugungi kundagi rivojlanish holatini o‘rganish uchun Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida bo‘lib turibmiz.

Hududda ekilgan paxta maydonlarining bugungi holati, g‘o‘za parvarishida uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar berdik.

Jumladan, Beshariq tumanida bugungi kunda g‘o‘za ekinlari shira bilan zararlanib borayotgani, g‘o‘zaga xos agrotexnik tadbirlar olib borilmayotgani qattiq tanqid qilindi va uni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligi, klaster va fermer xo‘jaliklariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda Paxtachilik kengashining alohida tanlab olingan 13 ta tumanida ekilgan paxta maydonlarining vegetatsiya davridagi holati dronlar yordamida o‘rganish olib borilmoqda.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

MinInnovation

3️⃣3️⃣3️⃣

Sirdaryo Yoshlar Texnoparki GRANT kurslariga start berdi🤩

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida "Sirdaryo Yoshlar Texnoparki" zamonaviy kasbga qiziquvchi o‘quvchi va talaba yoshlarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha grant kurslariga taklif etadi!

Web dasturlash;

Robototexnika;

☝️Grant kurslarga qabul jarayoni quyidagi shartlar asosida uch bosqichda o'tkaziladi

📇 Ro’yxatdan o‘tish uchun quyidagi manzilga bosing 👇👇👇

Ro'yxatdan o'tish

1-bosqich
online ro'yxatdan o'tish 5-Iyunga qadar.

2-bosqich TEST (kompyuter savodxonligi va IQ);

3-bosqich Amaliy suhbat


💻O'quv kurslariga qabul soni cheklangan. Shoshiling!

📄 Shartlar bilan tanishish👇
https://telegra.ph/Tanlov-shartlari-05-25

☎️ Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqam: +998908631404

9️⃣Rasmiy sahifalarimiz:
🕊telegram | 📱instagram | 📱facebook | 🌎web-sayt

Читать полностью…

MinInnovation

Milliy startap ekotizimi xalqaro maydonda

Joriy yilning 30-may sanasida Global startap ekotizimlari reytingi tashkiloti StartupBlink tomonidan "Global Startup Ecosystem Index 2023" xalqaro anjumani o'tkaziladi.

Anjuman maqsadi dunyoning Top-100 mamlakatlari startap ekotizimlari vakillari tajribasini bo'lishishdan iborat. Quvonarlisi, bu yilgi tadbirda O'zbekiston milliy startap ekotizimi ham namoyish etiladi.

Tadbir davomida Startup Portugal, Tech.mt, Business Finland, Sunshine Coast Council, DICT, Namibiya Investitsiyalar kengashi, Startup Wroclaw, Malayziya Innovatsiyalar agentligi kabi 20 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlari taklif etilgan.

Anjuman haqida batafsil ma'lumot olish va onlayn ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o'tishingiz mumkin:
https://lp.startupblink.com/reportlaunch2023/?utm_source=socialmedia&utm_medium=socialmedia

Читать полностью…

MinInnovation

3️⃣3️⃣3️⃣

Sirdaryo Yoshlar Texnoparki GRANT kurslariga start berdi🤩

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida "Sirdaryo Yoshlar Texnoparki" zamonaviy kasbga qiziquvchi o‘quvchi va talaba yoshlarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha grant kurslariga taklif etadi!

Web dasturlash;

Robototexnika;

☝️Grant kurslarga qabul jarayoni quyidagi shartlar asosida uch bosqichda o'tkaziladi

📇 Ro’yxatdan o‘tish uchun quyidagi manzilga bosing 👇👇👇

Ro'yxatdan o'tish

1-bosqich
online ro'yxatdan o'tish 5-Iyunga qadar.

2-bosqich TEST (kompyuter savodxonligi va IQ);

3-bosqich Amaliy suhbat


💻O'quv kurslariga qabul soni cheklangan. Shoshiling!

📄 Shartlar bilan tanishish👇
https://telegra.ph/Tanlov-shartlari-05-25

☎️ Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqam: +998908631404

9️⃣Rasmiy sahifalarimiz:
🕊telegram | 📱instagram | 📱facebook | 🌎web-sayt

Читать полностью…

MinInnovation

#LIVE

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “COVID-19” koronavirus infeksiyasiga oid yangi ilmiy ishlanmalar va ularning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.

Unda “COVID-19” koronavirus infeksiyasiga oid ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarining asosiy natijalari va ularning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi bo‘yicha loyiha rahbarlarining taqdimotlari o‘tkaziladi.

Tadbirda sohaga oid olimlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Onlayn tomosha qiling: https://youtube.com/live/iRk4QxuxtUI?feature=share

@mininnovation

Читать полностью…

MinInnovation

Bugun, 24-may kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan «Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maxsus komissiya tomonidan qo‘yilgan ballar natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar orasida 100 nafar g‘olib saralab olindi. Ularga BHMning 20 baravari miqdorida pul mukofotlari topshirildi. Bundan tashqari, g‘oliblar “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi” tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.
Batafsil ma'lumotlar yaqin soatlarda.

G'OLIBLAR ro'yxati

Читать полностью…

MinInnovation

#kengash_natijalari #ilmiy_loyihalar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023-2025 yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy va innovatsion loyihalar, shuningdek, Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligi doirasida 2023-2025-yillarda bajariladigan xalqaro qoʻshma fundamental loyihalar, Oʻzbekiston-Vengriya hamkorligi doirasida 2023-2026-yillarda amalga oshiriladigan xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar va Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligi doirasida 2023-2026-yillarda amalga oshiriladigan xalqaro qoʻshma amaliy loyihani moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5400

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷Bugun, Innovatsiyalar Milliy ofisi vakillari “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki hamda Turkiyaning “Ostim Oraganize Sanayi Bölgesi Müdürlügʻü” kompaniyasi tashabbusi bilan Toshkentda tashkil etilgan “Oʻzbek-turk ishbilarmon doira vakillarining biznes uchrashuvlari”da qatnashib, bir qator turk kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

📌Ushbu tadbirning asosiy maqsadi ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, sanoat kooperatsiyasi va investitsiya aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Delegatsiya tarkibida elektrotexnika, togʻ-kon sanoati, mashinasozlik, yashil energetika, dasturiy taʼminot, muhandislik kabi sohalarda ishlab chiqaruvchi, savdo va xizmat koʻrsatuvchi kompaniya vakillari mavjud.

⚡️Tadbir davomida Innovatsiyalar Milliy ofisi vakillari Turkiyaning sog'liqni saqlash sohasida xizmat ko'rsatuvchi yirik kompaniyasi Medster bosh direktori Aysu O'zturk bilan uchrashib, O'zbekistonning tibbiyot sohasiga yangi ilg'or va innovatsion yechimlarni joriy qilish, xususan tibbiy implantlarni hamkorlikda ishlab chiqarish masalasi muhokama qilishdi.

🤝Shuningdek, KARTAL METAL GALVANIZ SAN. TIC.A.S kompaniyasi vakillari bilan ham uchrashib, metallurgiya va mis sanoatidagi innovatsion ishlanmalar bilan tanishildi va O'zbekistondagi sanoat korxonalari bilan hamkorlik o'rnatish masalasi ko'rib chiqildi.

Читать полностью…

MinInnovation

#Innovator

⚡️"INNOVATOR" jurnali qahramonlaridan biri Xudoberdiyev Shavkatjon bilan tanishing!

📌Qahramonimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 1-bosqich magistranti. Yong‘in xavfsizligini taʼminlash maqsadida qo‘llaniladigan “elektr transformatorlar”, yaʼni yong‘in va portlashdan himoyalash qurilmasi loyiha muallifi.

👉Video lavha: https://youtu.be/4Z6SOJnSTRc

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Читать полностью…

MinInnovation

Bugun Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson taraqqiyoti masalalari boʻyicha mintaqaviy direktori Fadiya Saadaxni qabul qildim.

Uchrashuv davomida inson taraqqiyoti, jumladan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, ijtimoiy himoya sohalarida yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni Jahon banki tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha fikr almashdik. Shu bilan birga, oliy taʼlim sohasini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda Jahon banki bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.

➖➖➖

Сегодня принял регионального директора Всемирного банка по человеческому развитию в Европе и Центральной Азии Фадию Саада.

Обменялись мнениями по вопросам поддержки Всемирным банком реформ, проводимых в нашей стране в сферах человеческого развития, включая здравоохранение, образование, социальную защиту. При этом обсуждены вопросы развития сферы высшего образования в нашей стране, перспективы сотрудничества со Всемирным банком в данном направлении.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

MinInnovation

"Правда Востока" gazetasining 107-sonida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Jamoliddin Babaxanovning “Antibiotiklarga muqobil preparatdan universal bog‘lamgacha” nomli maqolasi chop etildi.

👉Rus tirildagi matnning to'liq varianti saytimizda: https://edu.uz/ru/news/view/5389

➖➖➖

В очередном номере газеты "Правда Востока" опубликована статья начальника управления Агентства инновационного развития при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Джамолиддина Бабаханова "От альтернативного антибиотику препарата до универсальной повязки".

👉Полный текст статьи на нашем сайте: https://edu.uz/ru/news/view/5389

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#tayinlov

To‘rayev Feruz Ziyodullayevich Qiziltepa tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

F.To‘rayev 1986-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — хalqaro munosabatlar.

Lavozimga tayinlangunga qadar tuman Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
—————————————————
#тайинлов

Тўраев Феруз Зиёдуллаевич Қизилтепа тумани ҳокимининг инновацион ривожланиш масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди.

Ф.Тўраев 1986 йилда Қизилтепа туманида туғилган. 2009 йилда Тошкент жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетини тамомлаган. Маълумоти бўйича мутахассислиги — халқаро муносабатлар.

Лавозимга тайинлангунга қадар туман Инвестициялар ва ташқи савдо бўлими бошлиғи ўринбосари лавозимида ишлаб келган.

Читать полностью…

MinInnovation

#E’LON

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.

Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

➡️/channel/otfiv_rasmiy/1291

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

O‘ZBEKISTONLIK QIZLAR "TECHNOVATION GIRLS UZBEKISTAN 2023” XALQARO TANLOVI DOIRASIDA REKORD MIQDORDA MOBIL ILOVA ISHLAB CHIQISHDI

Qizlar uchun O‘zbekistondagi eng yirik STEM-dastur – “Technovation Girls Uzbekistan” tanlovning navbatdagi mavsumni yakunlamoqda. Dastur Tech4Impact NNT tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va “Yandex Go” onlayn-servisi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

30-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar va jamoalar mentorlarining dasturdagi 4 oylik faoliyatiga yakun yasaldi. Technovation Girls — qizlar uchun xalqaro texnologik tanlov bo‘lib, har yili dunyoning 160 ta mamlakatida o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi ishtirokchilarga “moslashuvchan” ko‘nikmalarni singdirish, qizlarni IT-texnologiyalarga, IT sohasidagi biznes va tadbirkorlikka qiziqtirishdan iborat.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5383

➖➖➖

ДЕВУШКИ УЗБЕКИСТАНА РАЗРАБОТАЛИ РЕКОРДНОЕ КОЛИЧЕСТВО МОБИЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ В РАМКАХ МЕЖДУНАРОДНОГО КОНКУРСА TECHNOVATION GIRLS UZBEKISTAN 2023

Technovation Girls Uzbekistan, крупнейшая в Узбекистане STEM-программа для девушек, завершает очередной сезон конкурса. Программа организована ННО Tech4Impact в партнерстве с Агентством инновационного развития при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан и онлайн-сервисом Yandex Go.

30 мая, в Министерстве высшего образования, науки и инноваций, подвели итоги активной работы участниц и менторов команд за 4 месяца программы. Technovation Girls — международный технологический конкурс для девушек, который ежегодно проходит в 160 странах мира. Цель конкурса — привить участницам «гибкие» навыки, заинтересовать девушек IT-технологиями, бизнесом и предпринимательством в IT-сфере.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

“UNISAT 2.0” DASTURI ISHTIROKCHILARI NANOSUN’IY YO‘LDOSHLARNI UCHIRISH NATIJALARINI TAQDIM ETDI

Joriy yilning 30-may kuni “UniSat 2.0 Uzbekistan” nanosun’iy yo‘ldoshlar bo‘yicha STEM dasturi ishtirokchilari va tashkilotchilari “Girls in STEM & SPACE Day” (“STEM va kosmos sohalarida qizlar kuni”) tadbirida olti oylik faoliyatga yakun yasashdi. Dastur Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tech4Impact NNT va UNICEF tomonidan amalga oshirilmoqda.

- Vazirligimiz qizlarning fan va texnologiyalar sohasida rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini doim qo‘llab-quvvatlaydi. UniSat dasturi ilmiy missiyaga ega bo‘lgan loyihaviy va jamoaviy faoliyatning ajoyib namunasidir. Biz bu yil ishtirokchi qizlar olimlar bilan birga ishlashni boshlaganidan, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazayotganidan mamnunmiz. Qizlarning ilm-fan sohasida salohiyati katta ekaniga ishonamiz, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Fazilat Kadirova.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5380

➖➖➖

УЧАСТНИЦЫ ПРОГРАММЫ UNISAT 2.0 ПРЕДСТАВИЛИ РЕЗУЛЬТАТЫ ЗАПУСКА НАНОСПУТНИКОВ

На мероприятии Girls in STEM & SPACE Day (“День девушек в STEM и космосе”), которое состоялось в Министерстве высшего образования, науки и инноваций, участницы и организаторы STEM-программы по наноспутникам UniSat 2.0 Uzbekistan подвели итоги активной шестимесячной работы. Программа реализуется Министерством высшего образования, науки и инноваций, ННО Tech4Impact и ЮНИСЕФ.

- Министерство всегда поддерживает девушек в стремлении развиваться в сфере науки и технологий. Программа UniSat – отличный пример проектной и командной работы с научной миссией. Мы рады, что в этом году участницы начали работать с учеными, вместе проводят исследования и верим, что у девушек большой потенциал в науке, - сказала Фазилат Кадирова, представительница Министерства высшего образования, науки и инноваций.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5380

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

✅ Ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari uchun navbatdagi o'quv seminari bo'lib o'tdi!

❇️ Olmazor tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilariga "Inno" o'quv-ishlab chiqarish texnoparki mutaxassislari tomonidan o'quv seminari tashkil etildi.

▶️ O'quv seminarida texnoparkda mavjud bo'lgan elektronika va robototexnika yo'nalishlari bo'yicha darslar, shuningdek ishlab chiqarish zonasida joylashgan dastgohlar bo'yicha hamda amalga oshirilayotgan loyiha to'g'risida ma'lumotlar berildi.

#seminar

Telegram | Instagram | Facebook | Web | LinkedIn

Читать полностью…

MinInnovation

#JARAYON

#Navoiy_Yoshlar_Texnoparki

"Navoiy viloyat Yoshlar Texnoparki" da Navoiy shahrining Muruvvat, Umid, Ziyokor, Bahor hamda Taraqqiyot mahalla fuqorolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilariga infotur o’tqazildi.

Yoshlar Texnoparkidagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

Joriy yilning 25-may kuni YUNESKO tomonidan “Ta’limdagi generativ sun’iy intellekt” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro vazirliklararo onlayn davra suhbati tashkil etildi.

Unda ekspertlar generativ sun’iy intellekt bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. Tadbir, shuningdek, ta’lim vazirliklariga generativ sun’iy intellektni boshqarishda siyosiy yondashuvlar borasidagi nuqtayi nazarlarni taqdim etish uchun maydon bo‘ldi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5369

➖➖➖

25 мая текущего года Юнеско организовала министерский круглый стол на тему «Генеративный искусственный интеллект в образовании» в формате онлайн.

В ходе круглого стола экспертам в области ИИ была представлена возможность поделиться своими взглядами на генеративный искусственный интеллект. Круглый стол также предоставил министрам образования возможность поделиться идеями об управлении и политических подходах к генеративному ИИ, а также подумать о его будущих последствиях для сферы образования.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5369

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#LIVE

⚡️⚡️⚡️Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining o‘n birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

https://youtube.com/live/5hQ7gQytoIU?feature=share

_ _ _

⚡️⚡️⚡️Начало свою работу одиннадцатое заседание Совета по науке и инновациям.

https://youtube.com/live/5hQ7gQytoIU?feature=share

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

Aziz bitiruvchilar!

Sizlarni hayot ostonasidagi muhim qadamingiz – mustaqil bosqichga o‘tayotganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ayni damda Sizni katta marralar, chegarasiz imkoniyatlar va ertasi bor sinovlar kutmoqda. Ularga yuzlanarkansiz, ichki istaklaringiz va qobiliyatingizga quloq tuting, marrani keng oling. O‘qishdan, ilmdan kuch olib, rivojlanishdan to‘xtamang. Bu yo‘lda Vatanga sadoqat, millatga hurmat,  qat’iyat, ilmga tashnalik – Sizning qadriyatingiz bo‘lsin.

Kecha, bugun va ertaning jonli nigohi bu – siz. Shu bois kuzatuvchanlik, tahliliy va tanqidiy mushohada, izlanuvchanlik, jasorat tabiatingizga xos bo‘lishi zarur.

Zero, Yangi O‘zbekistonning ilm-fani, madaniyati, qadriyati negizida siz turibsiz, aynan siz  shu katta mamlakatimizning ori va g‘ururidirsiz.

Har bir yangi kun – yangi orzular, yangi rejalar va yangi g‘oyalar uchun yaxshi imkoniyat. Doimo yurakda ezgu orzularingiz bo‘lsinki, kun kelib, qat’iyatingiz va mehnatingiz ularni, albatta, ro‘yobga chiqaradi.

Unutmang, Siz buyuk daholar va allomalar avlodisiz, qoningizda mavj urayotgan kuch va g‘ayrat, zakovat va salohiyatni ro‘yobga chiqarish o‘z qo‘lingizda.

Mustaqil hayot yo‘lingizda barchangizga cheksiz omadlar tilayman!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim ABDURAHMONOV

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

MinInnovation

❓ B2B uchrashuvlar kuniga ro’yxatdan o’tishga ulgurdingizmi?

Energetika sohasida faoliyat olib boradigan kichik va o’rta biznes egalari uchun qulay imkoniyat.
Xalqaro darajada kengayishni va hamkorlik uchun yangi vakillarni izlayotgan bo’lsangiz bu tadbir aynan siz uchun.

🗓 26-may kuni, 4ta Eronning energetika sohasi liderlari jumladan, ESFA Group, Sanjesh Afzar Asia CO, Electronic Afzar Azma, Atlas Turbine kabi kompaniya vakillari O'zbekistonning mahalliy tadbirkorlar bilan ilk hamkorlik uchrashuvlarini o’tkazishadi.

📍 Tadbir Toshkentdagi Eron Innovatsiyalar va Texnologiyalar uyida olib boriladi.

🔗 Quyida berilgan havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://forms.gle/XfpASP3mgNtqnxod8

Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

📞 Batafsil ma’lumot uchun: 93 450 23 24

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel