mininnovation | Unsorted

Telegram-канал mininnovation - MinInnovation

4465

Инновацион ривожланиш хабарлари Новости инновационного развития News of innovative development @mininnovation links: www.mininnovation.uz fb.com/mininnovation.uz https://bit.ly/Minnovationuzb ☎️(71)2033231

Subscribe to a channel

MinInnovation

#e’lon

2216C – TÜBA-TÜBİTAK Uzbekistan Aziz Sancar tadqiqot stipendiyasi dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi

Hujjatlar TYBS orqali 2023-yil 14-iyul soat 17:30 gacha qabul qilinadi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5416
➖➖➖

2216C – Открыт прием заявок на исследовательскую стипендию TÜBA-TÜBİTAK в Узбекистане имени Азиза Санкара

Заявки принимаются через TYBS до 14 июля 2023 года, 17:30.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5416
➖➖➖

2216C – TÜBA-TÜBİTAK Uzbekistan Aziz Sancar Research Fellowship Programme is now open for applications

Applications will be received through the TYBS until 14 July 2023 at 17:30.

TÜBİTAK BİDEB:
E-mail: 2216azizsancar@tubitak.gov.tr
Phone: +90 312 444 66 90

Red more: https://edu.uz/en/news/view/5416

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

💬Tajribali tadbirkor, “MFaktor” loyihasi asoschisi Husan Mamasaidov bilan Toshkent viloyat Yoshlar Texnoparkida biznes-trening bo’lib o’tadi.

🔥Ochiq va samimiy intervyuga tayyormisiz? Unda sizni 20.06.2023 kuni soat 13:00 da Yoshlar Texnoparkida kutamiz ! Ishtirok mutlaqo bepul ! Roʻyxatdan oʻtish uchun izohlarda “😇”belgisini qoldiring !

📞+998990081006
📞+998559001006

Читать полностью…

MinInnovation

#technoways_harbiy_marafon
#yoshlar_akademiyasi

Mudofaa tizimini rivojlantirishga va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan harbiy ilmiy-innovatsion loyihalar individual ko'rib chiqilmoqda.

Telegram | Facebook | Youtube | Yoshlar akademiyasi

Читать полностью…

MinInnovation

Jahon banki Oʻzbekistonning innovatsion siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish” oʻquv dasturining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda yirik va innovatsion korxonalar vakillariga tijoratlashtirish mexanizmi va grant tanlovlarining sharti va qoidalari, talablari va cheklovlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.

➡️https://mininnovation.uz/news/post-1251

➖➖➖

Всемирный банк поддерживает повестку инновационной политики Республики Узбекистан

Сегодня в Министерстве высшего образования, науки и инноваций состоялась первая сессия в рамках учебной программы «Коммерциализация технологий и реализация инновационных проектов», реализуемой в рамках проекта Министерства высшего образования, науки и инноваций РУз и Всемирного банка.

➡️https://mininnovation.uz/ru/news/post-1251

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#OAV_biz_haqimizda
#O’zbekiston24

Innovatsion rivojlanish agentligi vakillarining Italiyaga tashrifi doirasida “Avtomobillarni gibrid tizimga o’tkazish uchun elektr motorlar hub loyihasi” ni Italiyaning Sun Motive kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizda joriy etilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan.

🎥Ushbu loyiha haqida O’zbekiston24 telekanalining “Yangiliklar24” dasturida batafsil tomosha qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

MinInnovation

#ilm_fan

Ilg‘or texnologiyalar markazida Illumina kompaniyasidan “Amaliy genetikada biochiplar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar mikrochiplarda genotiplash texnologiyasining ishlash tamoyillari haqida maʼlumotga ega bo‘ldi va ushbu texnologiyadan aholi genetikasini o‘rganish, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Seminarda ITM, Genomika va bioinformatika markazi, Genetika instituti, Paxta seleksiyasi va urug‘chiligi instituti mutaxassislari va xodimlari, shuningdek, Gen-era (Turkiya), GenScreen (O‘zbekiston) va Albatros (O‘zbekiston) kompaniyalari mutaxassislari qatnashdi.

Seminarda taʼkidlanganidek, Ilg‘or texnologiyalar markazi negizida mikrochiplar yordamida genomik tadqiqotlar olib boriladi, bu bir vaqtning o‘zida bir necha o‘nlab namunalarda mingdan milliongacha inson mutatsiyalari, hayvonlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarida yuz minglab genetik variantlarni aniqlash imkonini beradi.

➖➖➖

В Центре передовых технологий состоялся семинар от компании Illumina на тему «Биочипы в прикладной генетике». Участники получили информацию о принципах работы технологии генотипирования на микрочипах и обсудили варианты применения этой технологии в популяционно-генетических исследованиях, медицине и сельском хозяйстве.

На семинаре приняли участие специалисты и сотрудники ЦПТ, Центра геномики и биоинформатики, Института генетики, Института селекции и семеноводства хлопчатника, а также специалисты компаний Gen-era (Турция), GenScreen (Узбекистан) и Альбатрос (Узбекистан).

На семинаре отмечалось, что в Узбекистане на базе Центра передовых технологий будут проводиться геномные исследования на чипах, которые позволяют одномоментно определять у нескольких десятков образцов от тысячи до миллиона известных мутаций человека, сотен тысяч генетических вариантов у животных и сельско-хозяйственных культур.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

“TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafoni start oldi

Bugun 14-iyun kuni Chirchiq Oliy tank qo’mondonlik-muhandislik bilim yurtida “TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafoni start oldi.

Ushbu harbiy ilmiy-innovatsion festival doirasida innovatsion loyihalar tanlovi, harbiy ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etildi va unda harbiy kursantlar 113 ta loyiha bilan ishtirok etishmoqda. Shunigndek, tadbir doirasida doktorantlar uchun seminar-trening o'tkazilmoqda.

Bundan tashqari, yutuqlarga erishgan innovatsion loyiha egalariga tantanali ravishda Yoshlar akadamiyasi a’zoligi topshirildi.

Читать полностью…

MinInnovation

#xalqaro_hamkorlik

12-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” ommaviy aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kamaz kunlari” oʻz ishini boshladi.

Tadbirni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi.

Bugungi kunda “KAMAZ” kompaniyasida sinovchi-haydovchi, avtomobillarni taʼmirlash chilangari, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish kabi mashinasozlik sohasidagi kasblar boʻyicha 1500-2000 nafar oʻrta boʻgʻin kadrlarga ehtiyoj mavjud.

“Kamaz kunlari” 4 kun davom etadi (12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida hamda 15-16-iyun kunlari Samarqand viloyatida).

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5411

————

12 июня дан старт дням "Камаза", которые проводятся при содействии Министерства высшего образования, науки и инноваций совместно с ОАО «КАМАЗ» Российской Федерации.

Мероприятие открыл заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Сарвархон Бузрукхонов.

Первый день мероприятия прошел в технопарке ИННО при Министерстве с участием выпускников высших образовательных учреждений и профессиональных училищ, колледжей и техникумов Узбекистана в сфере автомобильного производства и технического обслуживания, руководителей и преподавателей профильных учебных заведений.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5411

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#СМИ_О_Нас #OAV_Biz_Haqimizda

Делегация Узбекистана во главе с заместителем генерального директора Национального офиса инноваций и трансфера технологий Узбекистана Бунёдом Рахматуллаевым приняла участие в 16-м заседании Комитета по инновациям, конкурентоспособности и государственно-частному партнерству Европейской экономической комиссии (ЕЭК) ООН.

На мероприятии посредством онлайн-подключения также приняла участие заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Узбекистана Шахло Турдикулова. Она рассказала о государственной политике развития «зеленых» технологий и инноваций в республике, реализуемых масштабных реформах и результатах международного сотрудничества в данной области.

➡️https://dunyo.info/ru/site/inner/v_zheneve_obsuzhden_obzor_po_uzbekistanu_innovatsionnoy_deyatelynosti_v_interesah_ustoychivogo_razvitiya-FwZ

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

Muvaffaqiyatli startap loyihalari qanday yaratiladi?

"Startup Pitstop"
dasturining bu galgi sonida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovlar hamda ularda muvaffaqiyatli ishtirok etish yuzasidan taqdimot orqali tanlov jarayonlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

🎞VIDEOTAQDIMOTNI QUYIDAGI HAVOLA ORQALI TOMOSHA QILING: https://youtu.be/1mIitMvbegU

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda Innovatsion rivojlanish agentligi quyidagi startap loyihalari tanlovlariga start bergan:

1️⃣ Sirdaryo viloyati miqyosidagi tanlov
https://mininnovation.uz/contest/post-1200

2️⃣ “Innovatsion va yuqori texnologiyalar bozorini kengaytirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
https://mininnovation.uz/contest/post-1240

3️⃣ “Professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
https://mininnovation.uz/contest/post-1241

4️⃣ Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi
https://mininnovation.uz/contest/post-1244

➡️Batafsil: 71-203-32-23 (ichki 218)

Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

Yoshlar bilan ochiq osmon ostida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun otaligʻimga olgan yoshlar hamda vazirlik mutasaddilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik binosining tom qismida — ochiq osmon ostida tashkil etilgan muloqotda vazirlik rahbar-xodimlari bilan tanishuv tashkil etilib, unda yoshlar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari, orzu-niyatlari, turmush tarzi hamda qiziqishlari haqida so‘zlab berishdi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan interaktiv jamoaviy o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar barchaga yanada xush kayfiyat bag‘ishladi.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Читать полностью…

MinInnovation

Открыт сбор заявок на конкурс стартапов в сфере инноваций и хай-тек. Реализация проекта должна занимать не более одного года. Крайний срок регистрации — 5 июля:

https://www.spot.uz/ru/2023/06/09/contest/

➖ @spotuz

Читать полностью…

MinInnovation

🔺Qoraqalpoq yoshlari uchun maxsus tanlov - Start4Region!

Qoraqalpog’istondagi iqtidorli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida “Start4Region” tanloviga start beriladi!

Ushbu tanlov doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo’nalishlardagi ilmiy g’oyalari bo’yicha arizalar 15-iyulga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok et va o’z ilmiy g’oyangni amalga oshirish uchun BHMning 200 barobarigacha bo’lgan GRANT mablag’larini jalb qilish imkoniyatini qo’lga kirit!

📌Tanlovga topshiriladigan ilmiy g’oyalar Qoraqalpog’iston hududida amalga oshirilishi zarur.

Batafsil

Читать полностью…

MinInnovation

HAR BIR STARTAP LOYIHA UCHUN 💲100 000 GACHA GRANTNI QO`LGA KIRITING!


Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan va 1 mlrd so'mgacha grant jalb etish mumkin bo'lgan startap loyihalar tanlovlari ro’yxati:

1) Sirdaryo viloyati miqyosidagi startap loyihalar tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1200

2) “Innovatsion va yuqori texnologiyalar bozorini kengaytirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1240

3) “Professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1241

4) Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1244

O’z innovatsion g’oyalaringizni biz bilan birgalikda rivojlantiring! Tanlovlarda ishtirok eting va loyihalaringizga grant mablag’larini “birgalikda moliyalashtirish” sharti asosida jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ling.

Kanalga obuna bo'ling va barcha tanlovlardan xabardor bo'ling⤵️
@innovatsion_rivojlanish

Читать полностью…

MinInnovation

#innovatsion_loyihalar

📍Innovatsiyalar Milliy ofisi ko'magida Namangan viloyatida "Chust quyosh tomchilari" MChJ tomonidan Markaziy Osiyo hududi uchun innovatsion va unikal loyiha joriy etildi.

📌Loyiha doirasida xurmo mevasini yaponcha uslubda quritib, xurmo mag'zi yetishtirish va eksport qilish yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha o'zining yuqori rentabelligi va kamxarjligi bilan ajralib turadi.

📎Bugungi kunda loyiha muvaffaqiyatli ravishda yo'lga qo'yilib, shu kunga qadar 15 tonnadan ziyoda mahsulot tayyorlangan, joriy yilning kuz oyida esa 50 tonna atrofida mahsulot tayyorlanib, eksport qilish rejalashtirilgan. Kelajakda loyiha doirasida yana xurmo sirkasini tayyorlash, xurmo po'stlog'idan farmasevtika sohasida keng qo'llaniladigan "tannin" biriktiruvchi moddasini olishni yo'lga qo'yish ham kutilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#startap
#Parvoz

Startap loyihalarni qo'llab quvvatlash maqsadida yaratilgan "PARVOZ" loyihasidan navbatdagi suhbat.

Navbatdagi ekspert
- Ilmiy-Texnik kengash raisi Usmonjon Raximjanov.

🔺Mavzu: Startap loyihalarining taqdimotida eng ko’p uchraydigan xatolar

Shanba | 11:00

Loyihada ishtirok etish uchun ushbu telegram guruhga qo'shiling⤵️

/channel/parvoz_loyihasiii

Читать полностью…

MinInnovation

#LIVE

⚡️⚡️⚡️Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining o‘n uchinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

👉Kengash muhokamasiga “Biologiya fanlari”, “Pedagogika va psixologiya fanlari”, “Texnika fanlari”, “Tibbiyot fanlari”, “Yer to‘g‘risidagi fanlar” va “Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yo‘nalishlari bo‘yicha ITKlar tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan 1 ta fundamental, 13 ta amaliy va 2 ta innovatsion loyiha kiritildi.

Youtube:
https://youtube.com/live/YW12Zgk2_aE?feature=share

➖➖➖

⚡️⚡️⚡️Начало свою работу тренадцатое заседание Совета по науке и инновациям.

👉На обсуждение Совета внесены 13 прикладных, 2 инновационных и 1 фундаментальный проект, рекомендованный к финансированию Научно-техническими советами по направлениям «Биологические науки», «Технические науки", "Науки о земле", «Науки о сельском хозяйстве и охране окружающей среды».

Youtube:
https://youtube.com/live/YW12Zgk2_aE?feature=share

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#Live

Joriy yilning 16-17-iyun kunlari Farg‘ona viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yarmarkada viloyatning jami sanoat korxonalari, ishlab chiqarish sohasidagi tashkilot, korxona, muassasalar o‘z takliflari, mahsulotlari bilan tashrif buyurgan mehmonlarga havola etmoqdalar.

➖➖➖

16-17 июня текущего года в Ферганской области проводится региональная межотраслевая промышленная ярмарка.

В ней принимают участие промышленные предприятия области, организации, предприятия, учреждения в сфере производства представляют гостям свои идеи и продукцию.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining 3-soni “Mirzo Ulug'bek vorislari“ tanloviga bag‘ishlanadi!

📖 “Mirzo Ulug'bek vorislari“ tanlovi: BOBOLARGA MUNOSIB VORISLARNI
KASHF ETISH VAQTI KELDI!

💦Polimerdan olingan SORBENT oqova suvlarini tozalashda asqotadi.

🔸Аkupressurali brasletlar — U QANDAY ISHLANMA?

🚀UNICORN
, VENCHUR, VESTING YOKI CLIFF NIMA? Vatandoshdan eksklyuziv maqola!

🦾“O‘zim yoqtirgan multfilm qahramonini yasadim” – 11 yoshli Afzalbek bilan suhbat.

🎥 Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda “Sorbent” loyihasi asoschisi Shonazarova Nargiza !

Telegram | Facebook | Web | Instagram

Читать полностью…

MinInnovation

🔺Parvoz loyihasi orqali sizni muvaffaqiyatli startapchilar bilan tanishtirishni boshlaymiz.

Endi siz Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan qanday loyihalar moliyalashtirilganligi haqida yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Parvoz loyihasi bu safargi qahramoni - Akbar Turdiboyev. Ushbu videolavhada siz Akbar Turdiboyevning StudyGram - onlayn ta’lim berish platformasi bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Video uchun havola⤵️
https://www.youtube.com/watch?v=SUnrDD5JtGw

Читать полностью…

MinInnovation

Joriy yilning 6-8-iyun kunlari Budapesht shahrida “Springer Nature's Advisory Board Round table” mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi. Unda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.A.Abduvaliyev ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida A.Abduvaliyev va “Springer Nature”ning Ilmiy kitoblar bilan ishlash yo‘nalishi rahbari James Finlay bilan “2022 yilgi O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi milliy ma’ruza”ni (ingliz tilidagi nashr) “Springer Nature”ning Open Access bazasida joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va mavzu yuzasidan hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar muhokama qilindi.

Mazkur kelishuv “O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi "Milliy ma’ruza-2022”ning ingliz tilidagi nashrini “Springer Nature”ning Open Access bazasida joylashtirish va dunyo ilmiy hamjamiyatining O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsion rivojlanish islohotlari, hamda uning natijalari bilan tanishish imkoniyatini beradi.

➖➖➖

6-8 июня в Будапеште состоялось международное мероприятие “Springer Nature's Advisory Board Round table”. В нем принял участие директор Центра научно-технической информации при Агентстве инновационного развития А.Абдувалиев.

В ходе круглого стола А.Абдувалиев и руководитель отдела научных изданий Springer Nature James Finlay обсудили вопрос размещения «Национального доклада Республики Узбекистан в области науки и инноваций 2022 года» (английская версия) в базе Open Access платформы “Springer Nature” и планы сотрудничества в этом направлении.

Размещении англоязычного издания «Национального доклада-2022 в области науки и инноваций Республики Узбекистан» в базе данных Open Access «Springer Nature» даст возможность ознакомления мировым научным сообществом вопросов развития науки и инноваций в Узбекистане.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#Qonun_hujjatlari

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–838-son, 06.05.2023 y) Prezident tomonidan imzolandi.

(Qonun hujjati mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan infografika)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#technoways #harbiy_marafon

📍 Joriy yilning 14-16-iyun kunlari Yoshlar oyligi doirasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Chirchiq oliy tank qo’mondonlik-muhandislik bilim yurtida bo'lib o'tadigan “TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafonini tashkil etish ishlari boshlandi.

📌 Eslatib o'tamiz, marafon doirasida harbiy doktorantlar forumi, innovatsion harbiy loyihalar ko'rgazmasi va Ilmiy g'oyalar tanlovi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

📣Mudofaa vazirligi tizimida tahsil oluvchi barcha kursantlarni ushbu marafonda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

Читать полностью…

MinInnovation

#kengash_natijalari #ilmiy_loyihalar

MAISHIY CHIQINDILAR ASOSIDA SUYUQ YOQILGʻI FRAKSIYALARINI OLISH QURILMASI YARATILADI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023-2026 yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar, shuningdek, 2023-2025 yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyiha va 2023-2028 yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan fundamental loyihani moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

➡️https://edu.uz/uz/news/view/5408

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#qonunchilik_yangiliklari

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2023-y. 228-sonli Qarori bilan Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:
qo‘shimcha haq ilmiy yoki ilmiy-pedagog xodimning asosiy lavozimi bo‘yicha egallab turgan stavkasiga mutanosib ravishda har oyda hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi;
davlat ilmiy dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqadigan ilmiy-texnik kengashlarda har bir a'zolik uchun qo‘shimcha haq miqdorini lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha etib belgilanadi;
akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta'lim muassasalarida kuzatuv kengashlarining qarorlariga muvofiq ilmiy darajaga ega xodimlarga byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq to‘lash imkoniyati beriladi.

➖➖➖
Постановлением Кабинета Министров от 03.06.2023 г. № 228 внесены изменения и дополнения в Положение о порядке доплаты сотрудникам, имеющим ученую степень, занимающимся научной, научно-педагогической и трудовой деятельностью в государственных организациях в области науки и образования.

Документом вносятся изменения и дополнения, касающиеся:
установления надбавки к окладу по основной должности, исчисляемой ежемесячно пропорционально ставке, занимаемой научным или научно-педагогическим работником по основной должности;
определения размера дополнительного вознаграждения за каждое членство (участие) в научно-технических советах, разрабатывающих проекты государственных научных программ, до 15% от должностного оклада;
возможности получения дополнительного вознаграждения работникам с учеными степенями за счет внебюджетных фондов в высших учебных заведениях, обладающих академической, организационно-управленческой и финансовой самостоятельностью, в соответствии с рекомендациями наблюдательных советов.

Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#xalqaro_hamkorlik #innovatsiyalar

🇺🇿🇨🇳Paxtakor innovatsion tumanida joylashgan “Semrug’ cluster” MCHJ innovatsion urug’chilik klasteri rahbari Shohhasan Suvonqulov joriy yilning 6-8-iyun kunlari Xitoyning Beijing, Guangzhou, Qingdao shaharlarida Xitoyning yirik kompaniyalari bilan innovatsion to'qimachilik dastgohlari, ip yigiruv, mato to'quv, bo'yoq hamda tayyor kiyim kechak ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Xitoyning innovatsion texnologiyalari asosida “SEMRUG’ CLUSTER” MChJ tarkibida paxta tolasidan ip kalava, mato va trikotaj mahsulotlari hamda tayyor kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi innovatsion to‘qimachilik korxonasi tashkil etiladi. Natijada korxonada yiliga 2,5 mln. dona tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 1,2 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi hamda qo‘shimcha 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

Buyumlar interneti asoslari bo‘yicha malaka oshirgan o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

9-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Toshkent shahar umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun “Sun’iy intellekt va buyumlar interneti (IoT) asoslari” bo‘yicha bepul kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘qituvchilarga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Toshkent shahridagi Amiti universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Batafsil: 👉https://edu.uz/uz/news/view/5405

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

📣 "TechnoWays" harbiy ilmiy-innovatsion marafoni start olmoqda

14-16-iyun
kunlari Yoshlar oyligi doirasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi hamda Mudofaa vazirligi hamkorlikda Chirchiq Oliy tank qo’mondonlik-muhandislik bilim yurtidaTechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafoni bo’lib o’tadi.

Marafon doirasida:
Harbiy doktorantlar forumi
Innovatsion harbiy loyihalar ko'rgazmasi
Ilmiy g'oyalar tanlovi
bo'lib o'tadi.

Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha kursantlarimizni ushbu marafonda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Ro'yxatdan o'tish bo'yicha ma'lumotlar bilan Yoshlar akademiyasi saytida tanishing.

Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalar bo‘yicha arizalar 2023-yilning 15-iyun kuni soat 18:00ga qadar qabul qilinadi.

➖➖➖

📣 Стартует военный научно-инновационный марафон "TechnoWays"

14-16 июня
текущего года в рамках Месяца молодежи при содействии Академии молодежи при Министерстве высшего образования, науки и инноваций и Министерства обороны в Чирчикском высшем танковом командно-инженерном училище пройдет военный научно-инновационный марафон «TechnoWays».

В рамках марафона состоится:
форум военных докторантов
Выставка инновационных военных разработок
Конкурс научных идей

Приглашаем курсантов системы Министерства обороны принять активное участие в этом марафоне!

С информацией о регистрации можно ознакомиться на сайте Академии молодежи.

Заявки по научным идеям к конкурсу принимаются до 18.00 15 июня 2023 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#LIVE

⚡️⚡️⚡️Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining o‘n ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

👉Kengash muhokamasiga “Iqtisodiyot fanlari”, “O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari”, “Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” bo‘yicha ITKlar tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan 9 ta amaliy va 4 ta innovatsion loyiha kiritildi.

Kun tartibiga innovatsion hududlar hamda “Student idea challenge 22” startap loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya qilingan loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash masalasi ham kiritildi.

Youtube:
https://youtube.com/live/VoF4oSwecC8?feature=share

Facebook:
https://www.facebook.com/events/595082452723181/

➖➖➖

⚡️⚡️⚡️Начало свою работу двенадцатое заседание Совета по науке и инновациям.

👉На обсуждение Совета внесены 9 прикладных и 4 инновационных проекта, рекомендованных к финансированию Научно-техническими советами по направлениям «Экономические науки», «Науки о лесоведении, почвоведении и защите растений», «Науки о сельском хозяйстве и охране окружающей среды».

В повестку дня также включен вопрос об утверждении перечня проектов, рекомендованных к финансированию по результатам конкурса стартап-проектов “Student idea challenge 22”.

Youtube:
https://youtube.com/live/VoF4oSwecC8?feature=share

Facebook:
https://www.facebook.com/events/595082452723181/

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

MinInnovation

#startap

🚀STARTUP PITSTOP bilan o'z g'oyangizni reallikka aylantiring!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan Startup Pitstop loyihasi orqali mamlakatimiz va jahonda mavjud startap dasturlari hamda tanlovlar bo'yicha treninglar va onlayn suhbatlar tashkillashtirilmoqda.

Ishtirokchilar uchun mashhur startap loyihalari asoschilari bilan jonli suhbatlar, xorijlik ekspertlar bilan bevosita hamkorlik imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, Sizning g'oyangiz taqdimoti ko'rib chiqiladi hamda loyihangiz bo'yicha “FEEDBACK” beriladi.

Dastur har haftada bir marotaba quyidagi Telegram guruhida o'tkaziladi:

🛑 /channel/StartupsCommunityUz

✅Bu galgi mavzu "Startap loyihalarida uchraydigan TOP XATOLAR hamda ularni bartaraf etish."

+BONUS: Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o'tkazilgan startap loyihalari tanlovi g'olibi bilan onlayn muloqot.

Uchrashuv vaqti: 10-iyun soat 18:00 da (Shanba).

("PRESIDENT TECH AWARD" Tanlovi haqida ma'lumot ham beriladi)

Ma'lumot uchun: 71-203-32-23 (ichki 218)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel