263905
Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali ☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282 📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy Website: www.migration.uz
🇯🇵 YAPONIYADA ISHLASH ISTAGIDAGI YOSHLAR UCHUN BEPUL DASTUR
Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi Yaponiyaga "Parvarishlash" va "Oziq ovqat" sohalarida ishga taklif qiladi.
Talablar qanday?
📕Toshkent shahrida tashkil qilinadigan o’quv kurslarida 6 oy davomida mutlaqo bepul grant asosida ta’lim olishingiz kerak!
👩🏻⚕️/👨🏻🍳Yosh chegarasi: 18 - 35 (hamshiralik sohasida yoki oziq-ovqat sohasida oldin ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi)
Nega aynan ushbu dasturni tanlash kerak?
🟣Yapon tilini noldan o‘rganish;
🟣 O‘qish davrida barcha sharoitlarga ega Migratsiya agentligi tomonidan bepul turar joy;
🟣 Viza xizmatlari va Yaponiyada ishga joylashish BARCHASI BEPUL!
📋 IJTIMOIY YORDAM: Yaponiyaga borgach, xizmat uyi bilan ta’minlanasiz,ijara haqi 108$ qolganini kompaniya qoplab beradi.
🇩🇪 Maktabdan — Germaniya klinikalarigacha: 1 500 ta grant o‘rni
Tibbiyot sohasini tanlagan yoshlarni texnikumda o‘qish davridan boshlab Germaniyada ishlashga maqsadli tayyorlash imkoniyati haqida bilasizmi?
📚 Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab tanlab olingan 20 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishiga 2026-2027-o'quv yili uchun 1 500 ta grant o‘rni ajratildi.
Dastur ishtirokchilari 3 yil davomida:
🔹 hamshiralik yo‘nalishida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi;
🔹 nemis tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganib, B2 darajadagi xalqaro sertifikat olishga tayyorlanadi;
🔹 Germaniya tibbiyot sohasi talablariga mos maxsus kasbiy fanlarni o‘zlashtiradi;
🔹 o‘qishni tamomlagach, Germaniya klinikalarida ishlash uchun ish beruvchilar tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🇸🇰 SLOVAKIYADA KARA HAYDOVCHILARI UCHUN BO’SH ISH O’RINLARI
🤝 Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchisi bo‘lib ishlashni istagan fuqarolar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
🔹 Ish o‘rinlari soni: 80 ta
🔹Oylik maosh: 1 000 yevro (qo’liga tegishi)
🔹Haftada 5 kun ish (8 soatdan)
📋 Qanday nomzodlar kerak?
20–45 yosh oralig'idagi, "B" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, kara haydash bo'yicha 6 oylik tajribasi bor, rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar.
🇫🇷 Fransiya mehnat bozoriga ilk qadam: pilot loyiha amaliy bosqichda
Migratsiya agentligi tomonidan tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish geografiyasi yana bir yangi davlat — Fransiya hisobiga kengaymoqda.
Joriy yil 12 iyun kuni Fransiyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlash uchun e'lon berilgan, 1 iyul kuni esa nomzodlar fransuz ish beruvchilari ishtirokida onlayn suhbatdan o'tgan edi.
📌 Pilot loyiha doirasida 10 nafar nomzod ish beruvchi tomonidan tanlab olindi.
🍇🍎 Ularning dastlabki 6 nafari mehnat vizalarini oldi va shu oyda Fransiyaga yo‘l olib, mevalarni yig‘ish va saralash ishlarida ish faoliyatini boshlaydi.
🥦🥕Loyihaning keyingi bosqichida qolgan 4 nafar nomzod shu yil kuz oylarida sabzavot yetishtirish va yig‘ish mavsumidagi ishlar uchun Fransiyaga yo‘l olishi rejalashtirilgan.
Bu — O‘zbekiston fuqarolarini Fransiyaga tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish bo‘yicha ilk yo‘nalish va dastlabki pilot loyiha.
Natijalar kelgusida Fransiyadagi ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish va ushbu yo‘nalishda yangi imkoniyatlarini yaratish uchun muhim qadam bo‘ladi.
📢 Xabarni tarqating!
👉 @uzmigration
Интерпол қидирувида бўлган, собиқ Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги мулозими А.Тоштемиров интернетда тарқатаётган норасмий ва ҳақиқатга мутлақо тўғри келмайдиган маълумотлар юзасидан айрим
ФИКР-МУЛОҲАЗАЛАР
Ҳозирда халқаро қидирувда бўлган Азиз Тоштемировнинг “Кореяга ишга юбориш билан боғлиқ коррупцион схема юзасидан 90 млн. АҚШ доллари қаерда?” – деган саволига жавоб излаб кўрамиз. Чиндан ҳам пул қаерда?
➡ БАТАФСИЛ ЎҚИШ + ВИДЕО
📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration
🚌 YAPONIYADA HAYDOVCHILIK SOHASI GRANT DASTURIGA NAVBATDAGI QABUL BOSHLANDI 🇯🇵
Migratsiya agentligi, Yaponiyaning "Onodera User Run" va "Willer Express" kompaniyalari hamkorligida tajribali haydovchilar Yaponiyaga tezyurar avtobus va yuk mashinalari haydovchisi sifatida ishga taklif qilinadi!
📚 Talablar qanday?
Yosh: 21-35
Guvohnoma: D, CE, BC toifalaridan kamida bittasi (nomzod haydovchilik guvohnomasini olganiga kamida 2,5 yil bo‘lgan va guvohnoma olganidan so‘ng O‘zbekistonda kamida 3 oy yashagan bo‘lishi shart.)
O'qish: 7,5 oylik bepul intensiv yapon tili va kasbiy tayyorgarlik kursi
Manzil: Toshkent shahri Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi 331 uy. Xalqaro til va ko'nikmalar maktabi
🏘 Migratsiya agentligi bepul yotoqxona bilan ta’minlaydi.
📌📌📌📌📌
📣 Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
❗️Qurolli mojarolarda ishtirok etish – jinoiy javobgarlikka olib keladi
⚠️ Qator davlatlarda xorijiy ishchilarni qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘paymoqda. Bu sizning hayotingizga, erkinligingizga va kelajagingizga xavf soladi.
🚫 Qat’iy ravishda taqiqlanadi:
▪️qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
▪️harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
▪️xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qo‘shilish;
▪️shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.
📢 Belarus Respublikasining yetakchi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaruvchi "Minskiy avtomobil zavodi" (MAZ) – o'zbekistonliklarini quyidagi kasblar bo‘yicha ishga taklif etadi.
📌 Bo‘sh ish o‘rinlari: 300 ta
🔹 Mexanik yig‘uv ishlari slesari
🔹 Shtampovchi
🔹 Tokar
🔹 Sverlovchi
🔹 Frezerovchi
🔹 Bo'yoqchi
🔹 Avtomatik va yarim avtomatik uskunalarda elektr-gaz payvandchisi
🔹 Quyish ishlab chiqarish ishchisi
Oylik ish haqi:
2 060 BYN (soliqlar ushlangandan keyin)
720 AQSH dollari (netto)
📌 Ish haqi bajarilgan ish hajmi va ishlangan vaqtga qarab oshib boradi.
✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
▪️ Yoshi 45 yoshgacha;
▪️ Rus tilini bilishi majburiy;
▪️ Jismonan sog‘lom va mehnatga layoqatli bo‘lishi;
▪️ Mas'uliyatli, intizomli va e'tiborli bo‘lishi.
🧳 Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
✈️ O‘zbekistondan Belarus Respublikasiga aviachipta;
🚖 Aeroportdan yashash joyigacha transfer;
🏠 Turar joy;
🪪 Migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish;
📄 Maxsus mehnat ruxsatnomasini rasmiylashtirish;
🎓 Zarur o‘quv va kasbiy tayyorgarlik xarajatlari.
#eslatma
⚡️ Skill Test ishtirokchilari diqqatiga!
🇰🇷 Koreyada E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirib, EPS-TOPIK imtihonining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun 28–31-iyul kunlari Skill Test (Malaka imtihoni) o‘tkaziladi.
⏰ Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishingiz hamda ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy.
41.297677,69.352845,1723m/data=!3m1!1e3!4m4!3m3!8m2!3d41.297677!4d69.352845?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI2MDcyMi4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D"> 41.297677,69.352845,1723m/data=!3m1!1e3!4m4!3m3!8m2!3d41.297677!4d69.352845?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI2MDcyMi4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">LOKATSIYA
🪪 Imtihon uchun belgilangan hujjatlaringizni oldindan tayyorlab qo‘ying va o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang!
💪 Har bir sinov — maqsad sari tashlangan navbatdagi qadam. O‘z bilim va mahoratingizni ishonch bilan namoyon eting. Barchangizga omad tilaymiz!
📲 Yaqinlaringizga ham ulashing!
📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
🇺🇿🇧🇾 Oilangiz bilan Belarusda yashab, rasmiy ishlash imkoniyati!
📢 O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda.
🤝 Belarusning yirik korxona va tashkilotlari tomonidan yurtdoshlarimiz uchun yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
👨👩👧 Ushbu loyiha doirasida nafaqat ishlash, balki oila a'zolaringiz bilan Belarusda yashash imkoniyati ham mavjud.
💵 Ish haqi kasbiy malaka va tajribaga qarab 700 AQSH dollaridan boshlanadi hamda yuqori malakaga ega mutaxassislar uchun yanada yuqori daromad taklif etiladi.
Yo‘nalishlar:
🔹 Qurilish
🔹 Qishloq xo‘jaligi
🔹 Traktor haydovchisi
🔹 Yuk avtomobili haydovchisi
🔹 O‘rmon xo‘jaligi
🔹 Chorvachilik
🔹 Ekskavator boshqaruvchisi
🔹 Veterinariya
🔹 Payvandlash
🔹 Metallni qayta ishlash
#LeaderOfUzbekistan
🇺🇿 Bugun Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga xizmat qilayotgan gʻoya va tashabbuslar muallifi, xalq manfaatini davlat siyosati darajasiga koʻtargan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tavallud ayyomi.
Muhtaram Prezidentimizga yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatlarida yangi zafarlar, mustahkam sogʻliq va kuch-gʻayrat tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
@uzmigration
⚡️ EPS-TOPIKdan o‘tganlar diqqatiga! Skill Test qachon o‘tishini bilib oling!
🇰🇷 2026-yil 6–23-aprel kunlari o‘tkazilgan EPS-TOPIK imtihonidan (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish-1 yo‘nalishlari) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun 28–31-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill Test) o‘tkaziladi.
📌Har bir nomzod o‘zining imtihon sanasi va aniq vaqtini quyidagi havolalar orqali bilib olishi mumkin.
👥 Imtihonda ishtirok etadigan nomzodlar:
🔹 Ishlab chiqarish — 1 653 nafar
🔹 Xizmat ko‘rsatish-1 — 225 nafar
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy.
❗️Imtihonga kelayotganda quyidagi hujjatlarni albatta olib keling:
• Xorijga chiqish pasporti(original)
❗️10–12-iyul kunlari kasbiy malakani baholash uchun talab etilgan hujjatlarni to‘g‘ri yuborgan nomzodlar imtihon kuni barcha hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishlari shart. Aks holda, imtihon natijalari avtomatik ravishda bekor qilinadi.
⚠️ Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma’lumotlar:
1️⃣ Belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish shart.
2️⃣ HRD Korea talablariga muvofiq, Skill Test bo‘yicha qayta imtihon yoki apellyatsiya o‘tkazilmaydi.
3️⃣ Imtihon vaqtida mobil telefon, elektron soat, shpargalka va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
4️⃣ Imtihon qoidalarini buzgan nomzodlarning natijalari bekor qilinadi hamda ular keyingi testlarda ishtirok etish huquqidan 4-yil muddatga mahrum qilinadi.
🇶🇦 Qatar Airways kompaniyasi hamyurtlarimiz uchun yangi ish imkoniyatlarini taklif qilmoqda!
Xalqaro aviakompaniyada ishlash, yangi tajriba orttirish va barqaror daromadga ega bo‘lishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
✈️ Qatar Airways hamyurtlarimizni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif qilmoqda:
✈️ F&B Food Service Assistant
☕️ Junior Barista
☕️ Barista
🍹 Bartender
🤝 Hostess
👨💼 F&B Team Leader
👨💼 F&B Supervisor
💳 Till Assistant
🛍 Sales Assistant
🛍 Senior Sales Assistant
🏬 Shop Supervisor
📋 Duty Manager
👨🍳 Demi Chef De Partie
👨🍳 Chef De Partie
👨🍳 Junior Sous Chef
👨🍳 Sous Chef
📞 Customer Service Agent (German)
📞 Customer Service Agent (Spanish)
📞 Customer Service Agent (Italian)
📌 Talablar:
✔️ 18 yoshdan katta bo‘lish;
✔️ kamida o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish;
✔️ ingliz tilida erkin muloqot qila olish.
✅ Kompaniya tomonidan quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
✈️ O‘zbekiston–Qatar aviachiptasi;
📄 ishchi vizasi;
🏠 turar joy;
🚌 xizmat transporti;
🩺 tibbiy sug‘urta;
✈️ har yili O‘zbekistonga borib kelish uchun aviachipta;
🎫 Qatar Airways reyslari uchun imtiyozli aviachiptalar.
📝 Ariza topshirishning ikki usuli mavjud:
🔹 CV'ingizni to‘ldiring va Xorijda Ish platformasiga yuklang. Saralangan nomzodlar ish beruvchilarga tavsiya etiladi.
🔹 O'zingizga to'gri kelgan kasb bo‘yicha berilgan havolada batafsil talablar bilan tanishib, Qatar Airways rasmiy sayti orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri ariza qoldiring.
Vatan sadosi tanloviga qiziqish tobora ortib bormoqda!
🎵 E’tiborlisi, bugungi kunga qadar 30 ga yaqin ishtirokchi o‘zining ijod namunalarini taqdim etdi.
🔥 Bu esa xorijdagi yurtdoshlarimiz orasida tanlovga qiziqish va faollik kun sayin ortib borayotganidan dalolat beradi.
📌 Siz ham o‘z iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📝 Tanlov shartlari va ishtirok etish tartibi haqidagi to‘liq ma’lumot quyidagi havolda👇
🔗 /channel/uzmigration/1209
🗓 Arizalar joriy yilning 31-iyuligacha qabul qilinadi.
🎙🏆 Munosiblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 100 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 80 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 50 million so‘m
Balki yutuq egasi aynan siz bo‘larsiz!
📢 “ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJning faoliyati tugatildi!
“ORZU BRIDGE XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI”ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2026-yil 8-yanvarda berilgan 1302693-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026-yil 8-iyuldagi 2951395-sonli arizasi asosida tugatildi.
❗️“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, MChJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
🚛💶 YUK AVTOMOBILI HAYDOVCHILARI RUMINIYAGA ISHGA TAKLIF QILINADI!
👥 Ish o'rni: 50 ta
🌍 Ish joyi: Oradea, Ruminiya (Yevropa bo'ylab reyslar)
📄 Ish turi: doimiy (permanent)
⏱️ Ish vaqti: EU Mobility Package talablariga muvofiq, tахograf orqali hisobga olinadi
━━━━━━━━━━━━
💰 ISH HAQI:
💶 Qo'lga tegadigan (soliqdan keyin): 3150 EUR
🎁 Bonus: ~200 EUR/oy
📆 Sinov muddati: 3 oy — shu davrda ham to'liq maosh to'lanadi
━━━━━━━━━━━━
📚 TALABLAR:
🪪 CE toifali haydovchilik guvohnomasi
🚻 21–45 yosh (erkak/ayol)
🛣 Yevropada kamida 6 oy haydovchilik tajribasini tasdiqlovchi hujjat ustunlik beradi (ish beruvchi bilan suhbatga olib kelish kerak)
🗣 Rus va ingliz tilini muloqot darajasida bilish
🩺 Professional haydovchilik uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan bo'lish
━━━━━━━━━━━━
🏠 TA'MINOT (kompaniya hisobidan):
✅ Ish vizasi xarajatlari (~300$)
✅ Viza rasmiylashtirish (~100$)
✅ Aviachipta(~500$)
✅ Aeroportdan turar joyga transfer
✅ Ish ruxsatnomasi xarajatlari (~200$)
✅ Turar joy (yotoqxona)
✅ Ishga qatnov xarajatlari
✅ Tibbiy sug'urta (qonunchilikka muvofiq)
🧮 Ovqatlanish va o'qish xarajatlari xodim hisobidan
MUDDATLAR:
Ro’yxatdan o’tish - 15-20 avgust;
📝 Ish beruvchi ishtirokida tanlov - 24-30 avgust oralig’ida;
🗣 Yuzma-yuz va nazariy savollar;
🚛 Yuk mashinasida avtomaydonda amaliy imtihon.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (545)
📌ARIZA QOLDIRISH
📲 Yaqinlaringizga ulashing!
📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
🇷🇸 QURILISH SOHASI VAKILLARI UCHUN SERBIYADA BO'SH ISH O'RINLARI
Vakansiyalar va yo'nalishlar:
1️⃣ Armaturachilar — 50 ta o'rin
💰 Maosh: 1 000 YEVRO (qo'lga tegishi)
2️⃣ Duradgorlar — 50 ta o'rin
💰 Maosh: 1 000 YEVRO (qo'lga tegishi)
3️⃣ Qurilish muhandislari — 5 ta o'rin
💰 Maosh: 1 500 YEVRO (qo'lga tegishi)
🎓 Talab: qurilish (fuqaro muhandisligi) fakultetini tamomlagan bo'lish
4️⃣ Kran operatorlari — 5 ta o'rin
💰 Maosh: 1 200 YEVRO (qo'lga tegishi)
⚠️ Balandlikda ishlash imkoniyati bo'lishi shart
5️⃣ Stanok operatorlari — 10 ta o'rin
Vazifa: qurilish texnikasini boshqarish
💰 Maosh: 1 200 YEVRO (qo'lga tegishi)
⏰ Ish vaqti: 5 ish kunida 7:00 dan 17:00 gacha
📄 Mehnat shartnomasi: kamida 1 yil, uzaytirish imkoniyati bilan
📋 Qanday nomzodlar kerak?
▪️ Tegishli yo'nalish bo'yicha kasb-hunar ta'limi (O'zbekistondagi akkreditatsiyadan o'tgan muassasa sertifikati)
▪️ Kamida 5 yillik yo'nalish bo'yicha ish tajribasi
▪️ Ingliz tilini boshlang'ich darajada bilish (rus tili bo'lsa, afzallik)
▪️ Sudlanmagan
▪️ Jismonan sog'lom, mas'uliyatli, jamoada ishlay oladigan
🧮 Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
📇 Ish vizasini rasmiylashtirish
✈️ O'zbekiston – Serbiya yo'l xarajatlari
🚐 Aeroportdan yashash joyigacha transfer
🪪 Ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish
🏠 Yashash joyi (turar joy)
🍽 Ovqatlanish — kuniga 2 mahal
🩺 Tibbiy sug'urta rasmiylashtirilishi
🇩🇪 SIZ SO'RAGAN VAKANSIYALAR: GERMANIYADA 2027-YILGI MAVSUMIY ISHLAR
Germaniyada 6–8 oy davomida rasmiy ishlash, daromad topish, nemis tilini rivojlantirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyati
💼 ISH SHAROITLARI:
▪️ Mehnat shartnomasi muddati: 6 oydan 8 oygacha;
▪️ Kunlik ish vaqti: 7,5–8 soat (smena asosida);
▪️ Haftalik ish vaqti: 39–40 soat;
▪️ Ish grafigi: haftasiga 5 kun;
▪️ Tanaffus: 30 daqiqa.
⏰ ISH SMENALARI:
• 05:00–13:00
• 07:00–16:30
• 12:30–21:00
💶 MAOSH VA QO‘SHIMCHA TO‘LOVLAR:
▪️ Soatlik maosh: 10,20 € netto;
▪️O'rtacha oylik maosh: €1 768 Netto;
▪️ Yakshanba kuni ishlaganlik uchun: +20%;
▪️ Bayram kunlari ishlaganlik uchun: +125%.
👥 NOMZODLARGA TALABLAR:
✅ Yosh: 20–40 yosh;
✅ Nemis tilida kamida B1 darajada gaplasha olish;
✅ Saranjom-sarishta va ozoda ko‘rinish;
✅ Sudlanmaganlik ;
✅ Gastronomiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba ustunlik beradi.
📆 MUDDATLAR:
Arizalar joriy yil avgust oyining 30 sanasiga qadar qabul qilinadi;
Ish beruvchi bilan suhbat 2026-yil oktyabr oyida onlayn tarzda bo'lib otadi;
Tanlovdan o'tganlar 2027- yil aprel va may oylarida Germaniyada ish boshlaydi.
📢 DIQQAT, SHIFOKORLAR, OLIY MA’LUMOTLI HAMSHIRALAR VA TIBBIYOT OG‘ALARI!
🇨🇿🇸🇰 Chexiya va Slovakiyaning yirik tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyati!
Migratsiya agentligi Slovakiyaning “Penta Hospitals International” kompaniyasi bilan hamkorlikda Chexiya va Slovakiyada mehnat faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini ro‘yxatga olishni boshlaydi.
✅ Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin?
— rus tilida erkin muloqot qila oladigan, tibbiyot oliy ta’lim muassasasini hamshiralik yo‘nalishida so‘nggi ikki yil ichida tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alarilar;
— shifokorlar;
🎓 Saralangan nomzodlar uchun:
— Migratsiya agentligining “Intil” xalqaro markazida 3 oylik tezlashtirilgan chex yoki slovak tili kurslari;
— Chexiya va Slovakiyadan jalb etiladigan malakali o‘qituvchilar;
— viza hujjatlarini rasmiylashtirishda Migratsiya agentligining to‘liq amaliy ko‘magi taqdim etiladi.
🇺🇿🇺🇸 АҚШ билан қишлоқ хўжалиги соҳасида меҳнат миграцияси бўйича ҳамкорлик кенгаймоқда
🤝 Миграция агентлиги АҚШнинг мазкур йўналишдаги яна бир йирик рекрутинг компанияси билан ҳамкорлик тўғрисидаги Келишувни имзолади.
🌾 Томонлар Ўзбекистон фуқароларини H-2A дастури орқали АҚШнинг мавсумий ишларига тайёрлаш ва ишга жойлаштириш бўйича келишиб олди.
📚 Лойиҳа доирасида:
🔹 иш берувчилар эҳтиёжига мос ўқув дастурлари ишлаб чиқилади;
🔹 инглиз тили ва касбий тайёргарлик ташкил этилади;
🔹 номзодларнинг амалий кўникмалари баҳоланиб, қўшма сертификатлаш тизими жорий қилинади;
🔹 саралаш ва ишга юборишнинг шаффоф механизмлари йўлга қўйилади.
✅ Миграция агентлиги номзодларни саралаш, АҚШ меҳнат қонунчилиги ва меҳнат шароитлари бўйича тайёрлаш ҳамда мавсумий ишлар якунлангач ҳамюртларимизнинг Ватанга ўз вақтида қайтишини таъминлайди.
🇺🇸 АҚШда мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари бўйича иш берувчиларнинг дастлабки талаблари ва рўйхатдан ўтиш тартиби "XORIJDA ISH" Telegram каналида эълон қилинади.
📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration
🚨 Diqqat!
Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev nomi va suratidan foydalanilgan holda Telegram messenjerida soxta akkauntlar orqali turli xabarlar yuborilmoqda.
❗️Ma’lum qilamizki, Migratsiya agentligi rahbari xodimlar, fuqarolar yoki boshqa shaxslar bilan xizmat masalalari yuzasidan Telegram messenjeri orqali muloqot qilmaydi hamda bunday tarzda topshiriq yoki ko‘rsatmalar bermaydi.
📢 Hushyor bo‘ling! Soxta akkauntlar orqali tarqatilayotgan xabarlarga aldanmang.
📢 Xabarni tarqating!
👉 @uzmigration
🇸🇰 SLOVAKIYADA IZOLYATSIYA MONTAJCHILARI UCHUN BO‘SH ISH O‘RINLARI
📌 Migratsiya Agentligi ingliz yoki rus tilini muloqat darajasida biladigan 18-50 yosh oralig’idagi erkaklarni Slovakiya davlatida qurilish sohasida ishlashga taklif etadi.
📌 Bo‘sh ish o‘rinlari - 20 ta
🔖 Yo’nalish: binolarga termo - izolyatsiyasi va plitka (kafel) qoʻyish
⏰ Ish vaqti: haftada 5 kun 8 soatdan.
📄 Mehnat shartnomasi: 2 yil
💰Maosh: bajarilgan ish hajmiga qarab belgilanadi, 1 000 yevrodan 2 125 yevrogacha (qo'liga tegadigishi). Material turi, ishni bajarish texnologiyasi va uning murakkablik darajasidan kelib chiqib, kvadrat metr (m²) bo'yicha hisoblanadi. Ish haqini hisoblash tartibi bo'yicha batafsil ma'lumot suhbat (intervyu) jarayonida taqdim etiladi.
📋 Qanday nomzodlar kerak?
▪️Ingliz yoki rus tillarini muloqat darajasida biladigan;
▪️bino izolyatsiyasi va plitka (kafel) qoʻyish bo'yicha tajribaga ega bo'lgan;
▪️18-50 yoshdagi jismonan sog'lom erkaklar;
🧮 Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
📇 Ishchi vizani rasmiylashtirish;
✈️ O‘zbekiston – Slovakiya aviachiptasi;
🪪 Ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish;
📑 Tibbiy sug‘urta;
💳 Nomzod tomonidan to'lanadigan harajatlar:
🥗Ovqatlanish;
🏠Turar joy uchun oylik maoshdan 150 yevro ushlab qolinadi.
ARIZA QOLDIRISH
📎 Shoshiling!
🗓 Arizalar joriy yilning 5-avgust 18-00 ga qadar qabul qilinadi.
1 bosqich: Taqdim etilgan hujjatlar ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi va joriy yil 12-19- avgust kunlari oralig'ida onlayn suhbat jarayoniga 30 nafar nomzod tanlab olinadi.
2 bosqich: Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tganlarga 20-28-avgust kunlari ish beruvchular tomonidan amaliy imtihon o'tkaziladi.
3 bosqich: joriy yil 10-sentyabrga qadar tanlab olingan nomzodlar e'lon qilinadi va viza rasmiylashtirish jarayonlari boshlanadi.
DUBAY SHAHRIDA YUQORI MAOSHLI ISH IMKONIYATI!
📢 Ingliz tilini B2 darajada biladigan 20-30 yosh oralig’idagi erkak va ayollar Dubay xalqaro aeroportidagi biznes va birinchi toifa yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan maxsus kutish zallarida ishlashga taklif etiladi.
📌 Bo‘sh ish o‘rinlari - 80 ta
Yo’nalish: xizmat ko’rsatish
⏰ Ish vaqti: kuniga 8 soat
📄 Mehnat shartnomasi: 2 yil
💰Maosh: 8 226 AED (2250 USD)
✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
▪️ Mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
▪️ Ovqat va ichimliklar xizmati sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
▪️ Spirtli, spirtsiz, issiq va sovuq ichimliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
▪️ Ingliz tilini B2 darajada bilishi (IELTS, TOEFL yoki boshqa xalqaro til sertifikatlariga ega nomzodlarga ustunlik beriladi);
🧮 Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
📇 Ishchi vizani rasmiylashtirish;
✈️ O‘zbekiston – BAA aviachiptasi;
🚖 Aeroportdan ish joyigacha transfer;
🪪 Ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish;
📑 Tibbiy sug‘urta;
🏠Turar joy;
🥗Ovqatlanish;
🚘Ish joyiga transport.
📌 Daromad solig‘i ushlab qolinmaydi.
ARIZA QOLDIRISH
📎 Shoshiling!
🗓️ Arizalar joriy yilning 13-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
🗂 Taqdim etilgan hujjatlar 3-7 kun davomida ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Talablarga mos kelgan nomzodlar keyingi bosqich — onlayn suhbatda ishtirok etish (20-25 avgust) uchun taklif etiladi.
📲 Yaqinlaringizga ulashing!
📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
📋 Xorijda ishlayotgan va ishlagan fuqarolar uchun onlayn soʻrovnoma
🌍 Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkiloti (IOM) "Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi" doirasida Oʻzbekiston fuqarolari oʻrtasida onlayn soʻrovnoma oʻtkazmoqda.
📊 Sizning fikringiz muhim! Javoblaringiz xorijda ishlashga tayyorlanayotganlar ehtiyojlarini chuqurroq oʻrganish, ularga taqdim etilayotgan axborot va imkoniyatlarni yanada takomillashtirish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
📝 Soʻrovnoma quyidagi mavzularni qamrab oladi:
• safaroldi tayyorgarlik;
• ish qidirish jarayoni;
• axborot manbalaridan foydalanish;
• mehnat shartnomalari;
• moliyaviy savodxonlik.
📢 “VISIO PRIMUS BANDLIK AGENTLIGI" МЧЖнинг фаолияти тугатилди!
📢 "VISIO PRIMUS BANDLIK AGENTLIGI" MChJning faoliyati tugatildi!
“VISIO PRIMUS BANDLIK AGENTLIGI”ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2026-yil 6-fevralda berilgan 1361054-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026-yil 23-iyuldagi 3036143-sonli arizasiga asosan tugatildi.
❗️ "Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, MChJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
🇸🇰 SLOVAKIYADA KARA HAYDOVCHILARI UCHUN BO’SH ISH O’RINLARI
🤝 Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchisi bo‘lib ishlashni istagan fuqarolar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
🔹 Ish o‘rinlari soni: 80 ta
🔹Oylik maosh: 1 000 yevro (qo’liga tegishi)
🔹Haftada 5 kun ish (8 soatdan)
📋 Qanday nomzodlar kerak?
20–45 yosh oralig'idagi, "B" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, kara haydash bo'yicha 6 oylik tajribasi bor, rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar.
⚠️ FUQAROLAR DIQQATIGA!
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram messenjerida «XORIJDA ISH (rasmiy)», «MIGRANT-UZ», «Chet-Elda Ishlar Rasmiy kanal» va shunga o‘xshash nomlar bilan faoliyat yuritayotgan norasmiy kanallar vakolatli axborot manbasi hisoblanmaydi va hech qanday kuchga ega emas.
Mazkur kanallarda e’lon qilinayotgan xorijdagi ish o‘rinlari Migratsiya agentligi tomonidan tasdiqlanmagan. Ular bo‘yicha ariza qoldirishdan oldin ma’lumotning ishonchliligini albatta tekshiring hamda xabarlarga tanqidiy yondashing.
📌 Migratsiya agentligining Telegram kanallari faqat:
🔹 Migratsiya agentligi
🔹 Xorijda ish
🔹 Hududiy filiallar kanallari
🇩🇪 A2/B1 Kombiprüfung imtihonlari ilk bor Samarqand shahrida!
📚 Profi Deutsch nemis tilini o‘qitish va imtihon markazida A2/B1 Kombiprüfung imtihoni o‘tkaziladi.
✅ Imtihon yakunlariga ko‘ra ishtirokchilarga bilim darajasiga mos ravishda A2 yoki B1 darajadagi xalqaro telc sertifikati beriladi.
🗓 17-avgust — A2/B1 Kombiprüfung
🗓 18–19-avgust — B1 darajasidagi telc imtihonlari
🇰🇷 MALAKA IMTIHONLARIGA TAYYORMISIZ?
💪 Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini boshlash yo‘lidagi eng muhim bosqichlardan biri — Skill Test (malakani baholash imtihoni).
📆 Imtihonlar 28–31-iyul kunlari Koreya ish beruvchilari tomonidan o‘tkaziladi.
📍 Manzil haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🇰🇷EPS-TOPIK: MALAKALI NOMZODLARGA QO‘SHIMCHA BALL IMKONIYATI YARATILMOQDA
🤝 Joriy yil aprel oyida o‘tkazilgan EPS-TOPIK 1-bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 1878 nafar nomzod (ishlab chiqarish — 1653 nafar, xizmat ko‘rsatish-1 — 225 nafar) uchun EPS-TOPIK 2-bosqich Malaka imtihoni 2026-yil 28–31-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
💬 Mazkur bosqichda nomzodlarning koreys tilini bilish darajasidan tashqari, ularning kasbiy mahorati, ish tajribasi va tayyorgarlik darajasi ham baholanadi.
🎁 HRDKning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilgi Skill Testda kasbiy mahorat va ta’limga ega nomzodlarga qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ballar berilishi rejalashtirilgan.
Talab qilinadigan hujjatlar:
1. Kasbiy malakani baholash uchun ariza.
(Ariza shaklini yuklab oling)
2. Xorijga chiqish pasport nusxasi.
3. https://mygov.uz orqali olingan mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma uchun — 2 ball;
4. EPS-TOPIKda tanlangan soha bo‘yicha (ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish-1) 120 soatdan kam bo‘lmagan kasbiy o‘quv kursini tamomlaganlik sertifikati yoki diplom uchun — 1 ball;
5. o‘rta maxsus (kasb-hunar kolleji/akademik litsey) yoki oliy ta’lim diplomi uchun — 1 ball;
6. Milliy malaka tizimi (kasbiy sertifikat) bo‘yicha olingan hujjatlar uchun — 1 ball.
📌 Qo‘shimcha ball olish uchun nomzodlar 10–12-iyul kunlari 👉 eps@migration.uz 👈 elektron pochta manzili orqali taqdim etishi zarur.
Eslatma: Ish tajribasi va malaka bo'yicha hujjatlaringiz tanlagan soha bilan mos bo'lsagina yuqoridagi tartib amal qiladi!