Fuqarolar Rossiyaning "SK-InjGeokom" korxonasidagi qurilish ishlariga taklif etiladi!
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
29-aprel soat 11:00 da
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram
30-aprel soat 11:00 da
Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
soat 14:00 da
Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Galstuksiz ochiq muloqot
Xususiy bandlik agentliklari (XBA) tashabbusiga ko‘ra, bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tizim tashkilotlari hamda XBA rahbarlari ishtirokida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv shanba kuni tashkil etilganiga ayrim ijtimoiy tarmoqlar tomonidan e'tibor qaratildi. Yuqorida qayd etilganidek, davra suhbati xususiy bandlik agentliklari tashabbusiga ko‘ra, ularning ko‘pincha xorij davlatlarida xizmat safarida bo‘lishi inobatga olinib tashkil etildi.
👉 BATAFSIL
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
#Germaniya
2400 yevro...
Germaniya payvandchi, mexanik-muhandis, omborxona ishchisi, elektrik hamda sanoat mexaniklarini ishga taklif etadi.
O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Yosh chegarasi – 18-40.
Oylik maosh 2400 yevrodan boshlanadi.
Talab etiladi:
▪️nemis tilidan B1 sertifikat;
▪️soha boʻyicha kollej, texnikum yoki oliy oʻquv yurti diplomi;
▪️sohada kamida 1 yillik tajriba.
Quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘ting
👉payvandchi
👉mexanik-muhandis
👉omborxona ishchisi
👉elektrik
👉sanoat mexanigi
Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma bu yerda
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
#Prezident_Farmoni_ijroda
Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Toshkent shahrining Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi hokim yordamchilari va xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamda chet elda ishlab qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Targ'ibot tadbirlari hududlar kesimida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham xorijda ishlash isdagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇷🇺#Vatandoshlar_bilan_muloqot
📍Sankt-Peterburgdagi “Viborjes”, “Personal partner”, “GK Trud”, “Barakat”, Krasnodardagi “Yug-Master”, “Stroy i Tochka”, “Leviy Bereg”, Voronejdagi “Izumrudniy”, “Ekostroy”, Kalugadagi “Meros” va Ryazandagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
📍Novosibirsk va Kalugada ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari ish beruvchidan olib berildi. Voronej hamda Volgogradda ishlayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
📍Sankt-Peterburg hamda Krasnoyarskda qiyin ahvolda qolgan vatandoshimiz Sankt-Peterburg – Farg‘ona, Krasnoyarsk-Namangan aviareyslari orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
👉 Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sarhisob_2024_yilning_uch_oyi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2024-yil uch oyidagi faoliyati tahlili
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Yurtdoshlarimizning noto'g'ri hisoblangan ish haqi undirib berildi
O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi mas'ullari hamkorligida Koreyada ishlayotgan yurtdoshlarimizning mehnat faoliyati doimiy monitoring qilinib, mehnat shartnomasi talablarini buzgan va oylik ish haqi noto'g'ri hisoblagan ish beruvchilar bilan muzokaralar o'tkazilib, fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda.
Xususan, Kyongsannamdo provinsiyasidagi "Dongnam Elevator & Parking System" korxonasida ishlayotgan bir nechta fuqarolarimizning bir necha oylar davomida noto'g'ri hisoblab kelingan ish haqlari yuzasidan ish beruvchi korxona mutasaddilari bilan muzokara olib borildi va ish haqlarining bir qismi undirib berildi. Qolgan qismi ham qayta hisoblanib, fuqarolarimiz hisob raqamlariga o'tkazib berishga kelishildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasining Qirol Sejong markazi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kurslarida koreys tilini o‘rganishga taklif etiladi.
👉Murojaat uchun
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
🇬🇧 Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida 17-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tib, 23-fevral kuni rus tili bo‘yicha testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar diqqatiga!
Nomzodlardan quyidagi harakatlarni amalga oshirish so'raladi:
1. Gateway platformasiga kirish, "I forgot my password"ni bosib, ro‘yxatdan o‘tgandagi elektron pochtani jo'natish va elektron pochta orqali parolni yangilash bo‘yicha yo‘riqnoma olish.
2. Yo‘riqnomaga asoslanib parolni o‘zgartirish. Gateway platformasiga kirish uchun login va parol paydo bo‘ladi. Login bu – elektron pochta nomi, parol – maxfiy kod.
3. O'zgartirgan login va parol bilan platformadagi shaxsiy kabinetga kirib ID raqamni bilib olish.
4. Ish beruvchi tashkilot vakillari bilan bo'lib o'tadigan suhbatga qadar profilga surat, xorijga chiqish pasporti, yashash manzili, telefon raqamini kiritish shart.
Suhbat vaqti va manzili haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
Germaniyada ishlash istagidagi transport-logistika sohasi mutaxassislari uchun “Vatanparvar” tashkiloti huzuridagi Toshkent shahrida joylashgan avtomaktabda mahorat darsi o‘tkazildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
🇺🇿🇩🇪Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniyaning “Ahbid Amin Servise UG” rekruting tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, kelgusida o‘zbekistonlik mutaxassislarni Germaniyaning Bavariya federal yerida mehmonxona va haydovchilik sohalarida ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
#Eslatma
🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida ishlash maqsadida joriy yil 8-13 fevral kunlari XIZMAT KO'RSATISH-2 yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 26-martdan 8-aprelga qadar (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.
👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">
👉 Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati
Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:
1. xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).
❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:
1. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.
☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vitse prezidenti Kim Sung Je bilan hamkorlikni kengaytirish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari O'zbekistondan E-9 vizasi asosida kirib borayotgan ishchilar kvotasini oshirish yuzasidan taklif bildirdi.
Koreya tomoni so'nggi vaqtda E-9 vizasi asosida O'zbekistondan kelayotgan fuqarolarning kirib kelganidan ko'p vaqt o'tmay mehnat shartnomasini bekor qilish va ish o'zgartirish holatlari ortib borayotgani ish beruvchilarning fuqarolarimizga bo'lgan talab va ishonchi kamayayotganini ta'kidladi.
Tomonlar bugungi kunda koreys ish beruvchilari hamda E-9 vizasi asosida ishlayotgan fuqarolarimizning mehnat jarayoniga doir o'z yechimini kutayotgan masalalarni atroflicha muhokama qildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
#Prezident_Farmoni_ijroda
Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda
👉 Tafsilotlar "Vodiy TV" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Ham daromad ham bilim. Germaniyada hamshiralik va parvarish sohalari uchun 1 hamda 3 yillik Ausbildung!
Yurtdoshlarimiz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning "Amudarja GmbH|Fluss in Sprachen und Karrieren" tashkiloti tomonidan mazkur davlatning yirik shifoxonalarida Ausbildung tizimi orqali ishga taklif etiladi.
Nomzodlar uchun talablar:
✅ Nemis tilini kamida B1 darajada bilish va tasdiqlovchi sertifikat;
✅ 18-35 yosh;
Imkoniyatlar:
✅ Oylik stipendiya:
1-o'qish yilida 1.340,69 yevro;
2-o'qish yilida 1.402,07 yevro;
3-o'qish yilida 1.503,38 yevro.
✅ Germaniya aeroportidan ish joyigacha transfer;
✅ arzonlashtirilgan turar-joy bilan taʼminlash;
✅ Ausbildung jarayonidan so'ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati.
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
"Xorijga ish – mahalladan" tamoyili asosida aholi bandligi taʼminlanadi
Farg‘ona viloyatining Rishton va Buvayda tumanlarida Prezidentimizning PF-59-sonli Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika ishchi guruhining o‘quv seminarlarida Oltiariq, Rishton, Buvayda, Bag‘dod va Uchko‘prik tumanlaridagi 329 ta MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.
O‘quv seminarlarida xorijda ishlash istagidagi fuqarolarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, xorijiy ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari va ularga bo‘lgan talablar haqida tushuntirish berildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Jizzax filiali tomonidan ish beruvchi vakillari bilan Prezidentimizning PF-59-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tanlovlar tashkil etilmoqda, Baxmal tumanida xorijda ishlash isdagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Eslatma
🇰🇷Qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni kunlari ma'lum bo'ldi
Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun 1-2-may kunlari, xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun 3-4-may kunlari malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
👉 Nomzodlar ro’yxati (qishloq xo’jaligi)
👉 Nomzodlar ro’yxati (xizmat ko’rsatish-2)
Shu munosabat bilan, nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.
Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy. (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi)
👉 Lokatsiya
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
❗️Alooo, Slovakiya…
Dunyoga mashhur VOLKSWAGEN va VOLVO ishga taklif etadi
▪️VOLKSWAGEN har oyda 240 nafar ishchini premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va interyerni yig'ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o'tkazish yo‘nalishida ishga taklif etadi!
Yosh chegarasi – 18-45
Ish – 3 smenada
Oylik maoshi – 1200-1600 yevro
Talablar – rus tilini kommunikativ darajada bilish.
▪️VOLVO kompaniyasi har oyda 150 nafar yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif etadi!
Yosh chegarasi – 18-45
Oylik maoshi – 1700-2400 yevro
Talablar – "C” va “E” toifali haydovchilik guvohnomasi, rus tilini kommunikativ darajada bilish.
❗️Ro‘yxatdan o‘tish haqida ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali tez kunda xabar beramiz.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
#Prezident_Farmoni_ijroda
Xorazm viloyatining Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Gurlan, Xonqa, Surxondaryo viloyatining Boysun, Qiziriq, Andijon viloyatining Ulug‘nor, Samarqand viloyatining Qo‘shrabot, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Sayxunobod tumanlari, Guliston shahri, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri, Toshkent viloyatining Qibray tumani va Nurafshon shahrida “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Prezidentimizning joriy yil 4-apreldagi 59-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlarda mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish, xorijda ishlab qaytgan shaxslarni reintegratsiya qilish, bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan tushunchalar berildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Andijon viloyatining Ulug'nor tumanida ham xorijda ishlash isdagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
Davlat: Yaponiya
Soha: qurilish
Oylik maosh: 235 ming yen (1500 AQSH dollari)
Shartnoma muddati: 3 yil
Yurtdoshlarimizning navbatdagi guruhi Yaponiyaning "Shimizu corporation" kompaniyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish maqsadida jo'nab ketmoqda.
Ma'lumot o'rnida, ayni vaqtda tashkilotimiz tomonidan tashkiliy tarzda yuborilgan 70 nafardan ziyod vatandoshimiz Yaponiyada mehnat qilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Yaponiyada_vatandosh_yutuği
Xorijda ishlayotgan o’zbekistonlik yoshlar har sohada faol!
Quruvchi Samandar Rabbimov endi yapon tili bo‘yicha notiqlik tanlovi g‘olibi
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
“Mahallabay ishlash” tizimi asosida xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolariga qanday imtiyozlar bor?
Mahallalardagi hokim yordamchilari:
✅ xonadonbay soʻrovnoma asosida xorijda boʻlib turgan va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari hamda ularning oila aʼzolarining ehtiyojlarini aniqlaydi - ularga hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishda hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda amaliy yordam koʻrsatadi;
✅ oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida ishsiz va yordamga muhtoj mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari toʻgʻrisida maʼlumotlarni “onlayn mahalla” platformasiga kiritadi;
✅ kredit olmoqchi boʻlgan fuqaroning mehnat migratsiyasidan qaytganligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “labor-migration” dasturiy majmuasida qayd etilgan maʼlumotlar asosida taqdim etiladigan tasdiqnoma bilan tasdiqlanadi;
✅ dastur doirasida 33 million soʻmgacha ajratilayotgan kredit mablagʻlari mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan garov taʼminotisiz ajratiladi;
✅ mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorida subsidiya ajratiladi.
❗️Subsidiya turidan foydalanmoqchi boʻlganlar tavsiya berishni soʻrab oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yozma yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
🇨🇦 Kanadaga ishga ketish uchun nimalar talab etiladi?
Kanadaga ishga ketish uchun ro'yxatdan o'tish tartibi, ish beruvchi talabi va boshqa imkoniyatlar haqida mutaxassis ishtirokida tashkil etilgan onlayn muloqotda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
👉 Muloqotni to'liq tomosha qilish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
🇨🇦Kanadada ishlash istagidagi fuqarolar uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!
Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalardagi 5 000 bo‘sh ish o‘rniga fuqarolar taklif etilmoqda.
🏗Qurilish sohasi uchun ro‘yxatdan o‘tish (👉yo‘nalishlar)
🛠Texnik soha uchun ro‘yxatdan o‘tish (👉yo‘nalishlar)
🪠Xizmat ko‘rsatish sohasi uchun ro‘yxatdan o‘tish (👉yo‘nalishlar)
Talablar va zarur hujjatlar:
1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi.
2. Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilish.
3. Soha bo'yicha kasb-taʼlimini tamomlagani to'g'risidagi guvohnoma, sertifikat, diplom.
4. Xorijga chiqish pasporti.
💵 Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.
❗️Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.
Har bir nomzodning maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.
☎️ 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
Fuqarolar Belarusning "Belavtomaz" avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi!
Ish turi: avtomobilsozlik
Imkoniyatlar:
📍ish haqi 2370 Belarus rubli (720 dollar) (soliqlar to'langandan keyin);
📍ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.
✔️aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan;
✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.
Talablar:
🔹18 yoshdan 50 yoshgacha;
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹rus tilini suhbat darajasida bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
One ID orqali ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar tanlovlarda ishtirok etishlari so‘raladi.
Tanlov o'tkaziladigan hududlar:
1-aprel soat 14:00 da
Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram
2-aprel soat 14:00 da
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
3-aprel soat 14:00 da
Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram
4-aprel soat 14:00 da
Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
2022-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari "Buyuk Britaniyada mavsumiy ishchilar sxemasi" (SWS) dasturida ishtirok etib kelishmoqda. Ushbu sxema 6 oy davomida Buyuk Britaniyadagi fermalarda terimchi sifatida ishlash imkoniyatini beradi.
Quyidagi rolikdagi QR-kod orqali SWS ishtirokchilar uchun tanishuv video-qo‘llanmasini tomosha qilishingiz mumkin. Ushbu qo‘llanmalar sxema ishtirokchilariga ishga joylashish jarayoni, ish vaqti, yashash sharoitlari, ish haqi va soliqlar, shuningdek, ishchilarning huquq va majburiyatlari haqida ma'lumotga ega bo‘lishda yordam beradi.
Qo’llanmalr quyidagi havolada: https://bit.ly/3TVT0Gs
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration