migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - XORIJDA ISH

277999

Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali ☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282 📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy Website: www.migration.uz

Subscribe to a channel

XORIJDA ISH

🇨🇦 Kanadaga ishga ketish uchun nimalar talab etiladi?

Bugun, 28-mart soat 16:00 da Kanadaga ishga ketish uchun ro'yxatdan o'tish tartibi, ish beruvchi talabi va boshqa imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Muloqotni jonli kuzatish:

👉 Тelegram
👉 Facebook
👉 Youtube

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪O'zbekiston – Germaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va Germaniyaning “Duvenbeck Kraftverkehr GMBH & CO. KG”
korxonasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Vatanparvar” tashkilotida “СE” toifadagi haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qiyotgan fuqarolarga kelgusida nemis tilini o‘rgatish va ularni Germaniya moduli asosida kasbiy qayta tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

− Tashqi mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

− Xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimiz huquq va manfaatlari qanday himoya qilinadi?

− Chet elda ishlash uchun o‘tkaziladigan tanlov mezonlari qanday?

Ushbu va xorijda ishlash bilan bog‘liq boshqa masalalar “O‘zbekiston” telekanalining “Yuzma-yuz” ko‘rsatuvida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇺#Vatadoshlar_bilan_muloqot

📍Tuladagi “ТКТ Тульский” korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

📍Xabarovsk o‘lkasida qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz Xabarovsk-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

📍Volgogradda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizga huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki chiqib ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22-mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘raymiz.

Xususan, shaxsni tasdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylariga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi.

Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Eslatma

🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida joriy yil 8-13 fevral kunlari XIZMAT KO'RSATISH-2 yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 26-martdan 8-aprelga qadar (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">

👉 Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.

☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇨🇦 Qo‘lingizda hunaringiz bormi, til bilasizmi? Unda kech qolmang!

Kanada texnik va xizmat ko'rsatish sohasida 30 dan ortiq yo'nalish bo'yicha ishga taklif etmoqda.

🟢Kanadaga 5 000 ta bo‘sh ish o‘rniga taklif haqida xabar berilgan edi. Kecha qurilish yo‘nalishida (1000), bugun texnik va xizmat ko‘rsatish sohalariga 4000 ta ish o‘rni uchun e’lon berilmoqda.

1. Texnik soha (yo'nalishlari)
2. Xizmat ko'rsatish (yo'nalishlari)

1. Ro'yxatdan o'tish (texnik soha )
2. Ro'yxatdan o'tish (xizmat ko'rsatish)

❗️Talablar va zarur hujjatlar:

1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi.
2. Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilish.
3. Soha bo'yicha kasb-taʼlimini tamomlagani to'g'risidagi guvohnoma, sertifikat, diplom.
4. Xorijga chiqish pasporti nusxasi.

💵 Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.

❗️Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.

Har bir nomzodning maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

⏳Ro'yxatga olish jarayoni 2024-yil 31-mart soat 18:00 gacha davom etadi.

☎️ 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Hech kim taqdir hukmiga tashlab qo‘yilmagan

O'zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo'yicha qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?


Batafsil “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2024-yil 26-mart sonida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🛫Yurtdoshlarimiz ishlash uchun Rossiyaning Lipetsk viloyatiga jo‘nab ketdi

Hududlarda tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yurtdoshlarimizning bir guruhi Rossiya Federatsiyasining "Юником Дельта" korxonasiga ishlash maqsadida tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida joriy yil 8-13 fevral kunlari XIZMAT KO'RSATISH-2 yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 26-martdan 8-aprelga qadar (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">

👉 Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.

☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇨🇦 Kanada 5000 bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda!

Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

Dastlab qurilish sohasida:
− duradgor;
− payvandchi;
− elektrik;
− santexnik;
− betonchi;
− oynachi;
− tom yopuvchi;
− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

Talablar va zarur hujjatlar:
1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi
2. ingliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini bilish
3. Qurilish kasb-taʼlimi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom
4. Xorijga chiqish pasporti nusxasi

💵 Ish haqi: soatiga 12,5 AQSH dollaridan 30 AQSH dollarigacha.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.

Har bir nomzod maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

☎️71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar "Мегастрой" korxonasida ishlaydi

Rossiya Federatsiyasining "Мегастрой" korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Namangan xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Belarusning "Belavtomaz" avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: avtomobilsozlik

Imkoniyatlar:
📍ish haqi 2370 Belarus rubli (720 dollar) (soliqlar to'langandan keyin);
📍ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.

✔️aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan;
✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.

Talablar:
🔹18 yoshdan 50 yoshgacha;
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹rus tilini suhbat darajasida bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov o'tkaziladigan hududlar:

20-mart soat 16:00 da

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

soat 17:00 da

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan qurilish sohasi nomzodlari uchun 29-mart kuni, kemasozlik sohasi nomzodlari uchun 30-31-mart kunlari Malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

📍 Lokatsiya

👉 Nomzodlar ro'yxati (qurilish)

👉 Nomzodlar ro'yxati (kemasozlik)

☎️ 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasining Qirol Sejong markazi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kurslarida koreys tilini o‘rganishga taklif etiladi.

👉Murojaat uchun

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Yurtdoshlarimiz temir va alyumin ishlab chiqarish korxonalarida ishlash uchun jo'nab ketdi

Rossiya Federatsiyasining "РУСАЛ Комплектация", "Балакова Центролит" korxonalari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent va Nukus xalqaro aeroportlarida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan qurilish sohasi nomzodlari uchun 29-mart kuni, kemasozlik sohasi nomzodlari uchun 30-31-mart kunlari Malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Qurilish sohasi nomzodlari uchun malaka imtihonida figurali rangli tayoqchalarni joylashtirish hamda taxta kesish yoki armatura to'qish kabi mashqlar bajarilishi ko'zda tutilgan.

❗️Videoqo'llanma (figurali rangli tayoqchalarni joylashtirish, taxta kesish, armatura to'qish)

👉 Nomzodlar ro'yxati (taxta kesish)

👉 Nomzodlar ro'yxati (armatura to'qish)

❗️Figurali rangli tayoqchalarni joylashtirish (barcha nomzodlar uchun)

Kemasozlik sohasi nomzodlari uchun malaka imtihonida asosan suhbat bo'lishi ko'zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Turkiyaga borayotgan fuqarolar diqqatiga!

Bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qatʼiy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu amaliyot doirasida Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi kuzatilmoqda.

O‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda.

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 54 nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qo‘yilganlarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, ayrim vatandoshlarimizdan Istanbul aeroportida politsiya xodimlarining qo‘pol muomalasi haqida shikoyatlar kelib tushgan.

Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va eʼtirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va hozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

O‘z o‘rnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib, ularga to‘liq rioya etishlarini so‘rab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deportatsiya qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari:

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

Moskva:
📍Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (Metro Polyanka).
☎️ +7 (925) 045-47-44.

Sankt-Peterburg:
📍Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy. O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi.
☎️ +7 (951) 680-95-97.

Yekaterinburg:
📍Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi 22-uy.
☎️ +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.

Novosibirsk:
📍Manzil: Novosibirsk shahri, Semi Shamshinix ko‘chasi, 30-uy.
☎️ +7 (953) 862-00-07.

Samara:
📍Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya ko‘chasi, 3-uy.
☎️ +7 (925) 750-87-57, +7 (927) 011-89-59

Ufa:
📍Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni ko‘chasi, 4-uy, 516-ofis.
☎️ +7 (925) 373-97-65, +7 (347) 216-33-43.

Voronej:
📍Manzil: Voronej shahri, Krasnoznamyonnaya ko‘chasi, 15-uy.
☎️ +7 (906) 030-16-89.

Tula:
📍Manzil: Tula shahri, Mixeeva ko‘chasi 17-uy, 14-xona.
☎️ +7 (936) 251-76-21.

Krasnodar:
📍Manzil: Krasnodar shahri, Sezar Kunikov ko‘chasi, 18-6-4
☎️ +7 (999) 553-88-19.

Volgograd:
📍Manzil: Volgograd shahri, Kalinin ko‘chasi, 2a-uy.
☎️ +7 (999) 553-44-03.

Nijniy Novgorod:
📍Manzil: Nijniy Novgorod shahri, Maksim Gorkiy ko‘chasi, 260-uy, 16-xona.
☎️ +7 (996) 567-56-98

Xanti-Mansiysk:
📍Manzil: Nijnevartovsk shahri, Mira ko‘chasi 14P-uy.
☎️ +7 (964) 631-03-00, +7 (346) 631-00-15

Irkutsk:
📍Manzil: Irkutsk shahri, Sovetskaya ko‘chasi, 124 V-uy
☎️ +7 (964) 755-02-02, +7 (915) 332-33-05.

Amur:
📍Manzil: Blagoveshensk shahri, Gorkiy ko‘chasi 87-uy
☎️ +7 (925) 657-67-18

Krasnoyarsk:
📍Manzil: Krasnoyarsk shahri, Baturina ko‘chasi, 7-uy.
☎️ +7 (926) 379-44-22

Perm:
📍Manzil: Perm shahri, Revolyutsiya ko‘chasi, 5/1-uy, 106-ofis.
☎️ +7 (925) 884-01-01, +7 (982) 231-69-49

🇰🇷 Koreya Respublikasi

Kvangju:
📍Manzil: 광주광역시 광산구 사암로 359 (월곡동) (3 층)
359, Saam-roo, Kvansan-gu, Kvangju (Volgok-dong) (3-qavat)
☎️ 070-4252-2772, 062-962-0201, 062-962-0205 (faks).
E-mail: migrationuzkr@gmail.com

🇹🇷 Turkiya Respublikasi

Istanbul:
📍Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sk. No8 Beşiktaş, İstanbul, Türkiye.
☎️ (+90212) 229-00-75, 323-20-37, (+90507) 477-53-17, (+90212) 323-20-40 (faks), +998 90 019-00-77 (telegram).
E-mail: abd68_68@mail.ru

🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi

📍Manzil: Chimkent shahri, Beybitshilik ko‘chasi 64-uy.
Mo‘ljal: "Aydana plaza" mehmonxonasi.
☎️ +77053123670, +77172954587.

📞 Agentlik ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Turkiya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshlarimiz mehmonxona sohasida ishlash uchun mazkur davlatga jo‘nab ketdi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹

Группа наших соотечественников, успешно прошедших конкурсы, организованные турецкими работодателями на вакантные должности, отправилась в эту страну для работы в гостиничной сфере.

🔻 Следите за нашими новостными каналами

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Hududlarda_tanlov

Hududlarda tanlovlar davom etmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining "ПК Северский завод Стройизоляции", "КАМАЗ", "Озон Комьюнити" korxonalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Ish beruvchi nomzodlarni rus tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab oldi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪 Bugun, 26-mart kuni xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun bir guruh yurtdoshimiz Germaniyaga jo‘nab ketdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida joriy yil 8-13 fevral kunlari XIZMAT KO'RSATISH-2 yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 26-martdan 8-aprelga qadar (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">

👉 Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.

☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇸🇦“Til bilganga 1 000 dollar”

Siz chet tilini biladigan hamshiramisiz? Saudiya Arabistoni klinikalari sizni
kutmoqda!

Nomzodlar uchun talablar:
− hamshiralik bo'yicha diplom;
− tibbiyot yo'nalishida kamida 2 yillik tajriba;
− ingliz tilini bilish;
− jismonan va ruhan sog‘lom;
− 22 yoshdan 35 yoshgacha;
− sudlanmagan bo'lish.

❗️Nomzodlar malaka testidan o'tishi kerak bo'ladi.

💵Ish haqi 1 000 $ dan boshlanadi.
🟢Ovqatlanish va yotoqxona ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

Ro'yxatga olish jarayoni 2024-yil 30-mart soat 18:00 gacha davom etadi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇺#Vatadoshlar_bilan_muloqot

📍Tatarston Respublikasidagi “Таграс холдинг”, Boshqirdiston Respublikasidagi “Хотьковский автомост”, “БиоТехТугузлы”, Sankt-Peterburgdagi “Шадаксстрой” va Tuladagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Perm va Blagoveshyensk shahrida qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga moddiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatildi.

📍Boshqirdiston davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan Navro‘z bayrami tadbiri tashkil etildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Xorijiy davlatlarda ishlayotgan fuqarolarning moliyaviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi

Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Markaziy bank mutaxassislari ishtirokida “O‘zbekiston fuqarolari uchun Buyuk Britaniyaga xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida xorijiy davlatlarda ishlayotgan fuqarolarning moliyaviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi.

Unda ketishdan oldin ko‘niktirish jarayonida moliyaviy savodxonlik, Buyuk Britaniyada bank xizmatlari, moliyaviy instrument orqali daromadini oshirish, onlayn bankingdan foydalanish va to‘langan soliqlarni qaytarish bo‘yicha maʼruzalar qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz uchun o‘tkazilyotgan xayriyalarga ishonsa bo‘ladimi?

👉Batafsil "MY5" telekanalida

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar «Koreys-o‘zbek» koreys tili markaziga o‘qishga taklif etiladi!

🔺Markazda SKILL TEST guruhlari tashkil etilgan bo'lib, darslar Oʻzbekistonda eng yuqori natijani koʻrsatgan va aksariyat oʼquvchilari Janubiy Koreya ishlash uchun ketgan professional ustoz tomonidan oʻtiladi.

Telegram kanalga o‘tib oʼzingiz guvohi boʼlishingiz mumkin. Kanalda hammasi video yozuvlarda qoʼyilgan.

📍Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan markazda haqiqiy test muhiti yaratilgan!

☎️ Murojaat uchun: 71 278-82-65, 71 273-17-48, 99 502-32-04, 99 329-51-81

Тelegram
Koreya ifori
korea_ifori">Youtube 

📍Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasi 47-uy

👉 Lokatsiya

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇺#Vatadoshlar_bilan_muloqot

📍Permdagi “РегионСтрой”, Sankt-Peterburgdagi “СтройКрафт” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

📍2023-yil fevral oyida Permda ishlash uchun borib, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Perm – Namangan aviareysi orqali Vatanga qaytarildi. Volgogradda mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga huquqiy yordam ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Rossiyaning "Озон Комьюнити" korxonasidagi omborxona operatori ishlariga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

19-mart soat 15:00 da

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…
Subscribe to a channel