migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - XORIJDA ISH

263905

Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali ☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282 📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy Website: www.migration.uz

Subscribe to a channel

XORIJDA ISH

🇬🇧Angliyadagi mavsumiy ishlarga 12 331 nafar nomzod roʻyxatdan oʻtdi

❗️Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak.

Agar siz onlayn test uchun havolani olmagan bo‘lsangiz, demak tanlanmagan hisoblanasiz!

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish keyingi tanlov bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Tanlov qarorlari HOPS tomonidan qabul qilinadi.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧 Diqqat!!!

Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijda ish veb sahifasida 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi.

Tanlov qanday bosqichlardan iborat?

1. xorijda ish sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz;

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun:

▪️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti;
▪️Gmail elektron pochta (ism-famiiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidek bo‘lishi kerak);

❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish keyingi tanlov bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Tanlov qarorlari HOPS tomonidan qabul qilinadi.

2. Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak. Agar siz onlayn test uchun havolani olmagan bo‘lsangiz, demak tanlanmagansiz!

3. “HOPS” operatori vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va kelajakda amalga oshriladigan rejalar bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.

Ariza beruvchilar uchun mezonlar:

▪️18 yoshdan kichik bo‘lmaslik;
▪️ rus tilini yaxshi bilish;
▪️qoniqarli darajadagi jismoniy va psixologik holat.

Mehnat sharoitlari:

▪️ish haqi soatiga 11,44£;
▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ish berishni kafolatlaydi;
▪️viza to‘lovi 298 funt sterlingni tashkil qiladi;
▪️aviachipta narxi joriy tarif va xarid vaqtiga bog‘liq.


👉Ro‘yxatdan o‘tish linki (15:00 - 19:00) (21:00)

⚠️ Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan bepul amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bu jarayonda ishtirok etmaydi.

Migratsiya agentligi tanlangan fuqarolarning Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketishini keyinchalik tashkil etish bilan shug‘illanadi.


🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi!

Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Magistral yo‘llarga kuchli qor bo‘ronlari hamda muzlash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.

Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlarini, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷 Koreya Respublikasidan CCVI vizasi berilgan, ammo hujjatlarini Migratsiya agentligiga topshirmagan fuqarolar diqqatiga!

08.01.2025 holatiga

Ro‘yxatda nomi keltirilgan fuqarolar zudlik bilan Migratsiya agentligiga uchrashishlaringizni so‘raymiz.

Koreya Respublikasiga birinchi marta hamda qayta shartnoma bilan borayotgan fuqarolar:
👉 Ro'yxat (VIP viza)

Talab etilgan hujjatlar:
👉Ro'yxat


CCVI (Confirmation of Certificate for Visa Issuance) — bu Koreya immigratsiya xizmati tomonidan tasdiqlangan ruxsatnoma asosida beriladigan viza turi


⚠️CCVI vizasi chiqqan, ammo o'z vaqtida hujjatlarini taqdim etmagan fuqarolarning ishchi shartnomalari ish beruvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Shu sababdan hujjatlarni o'z vaqtida topshiring!

📱Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarinso ko'chasi 1-uy
Googleda
Yandexda

Migratsiya agentligi telefon raqamlari - 1282 qisqa raqam yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪Talabamisiz? Oliygohlarning sirtqi bo‘lim talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Migratsiya agentligi va Germaniyaning "Novo Agency" tashkiloti hamkorligida 2025-yilning mart-iyun oylarida "Feriyenjob – work and travel" dasturi bo‘yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish ochilganini ma’lum qilamiz.

ish o'rinlari 250 ta

Sohalar:
▪️ishlab chiqarish;
▪️sanoat;
▪️omborxona logistikasi;
▪️qadoqlash;
▪️gastronomiya.

Dasturda kimlar qatnasha oladi?

▪️sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar;
▪️18-35 yosh;
▪️2025-yilning mart-iyun oylari oralig‘ida 3 oy ketma-ket (kamida 90 kun) ta’til davriga ega talabalar;
▪️bitiruvchi kurs talabalari qatnasha olmaydi;
▪️sertfikat shart emas rus, ingliz yoki nemis tillarini muloqot darajasida bilishi lozim.

Maosh: 1450€ dan - 1700€ gacha (qo‘liga oladigani)
haftasiga 35-40 soat ish.

Xarajatlar:
▪️hujjatlar tayyorlanishi uchun 500 (Novo Agency);
▪️viza 100
▪️aviachipta 400-450 atrofida;
▪️turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari o‘z hisobidan.


👉Ro‘yxatdan o‘tish

Murojaat uchun: +998 (88)
239-32-23 (Novo Agency)
@NoVoAgency_Zuhra

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧 Diqqat!!! Angliyaga mavsumiy ishlar

Joriy yilning 28-dekabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish kunlari haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu e’lonimizni o‘zbek va rus tillarida e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.

Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijda ish veb sahifasida 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochilishini ma’lum qilamiz.

Tanlov qanday bosqichlardan iborat?

1. xorijda ish sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz;

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun:

▪️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti;
▪️Gmail elektron pochta (ism-famiiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidek bo‘lishi kerak);

❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish keyingi tanlov bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Tanlov qarorlari HOPS tomonidan qabul qilinadi.

2. Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak. Agar siz onlayn test uchun havolani olmagan bo‘lsangiz, demak tanlanmagansiz!

3. “HOPS” operatori vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va kelajakda amalga oshriladigan rejalar bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.

Ariza beruvchilar uchun mezonlar:

▪️18 yoshdan kichik bo‘lmaslik;
▪️ rus tilini yaxshi bilish;
▪️qoniqarli darajadagi jismoniy va psixologik holat.

Mehnat sharoitlari:

▪️ish haqi soatiga 11,44£;
▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ish berishni kafolatlaydi;
▪️viza to‘lovi 298 funt sterlingni tashkil qiladi;
▪️aviachipta narxi joriy tarif va xarid vaqtiga bog‘liq.


⚠️ Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan bepul amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bu jarayonda ishtirok etmaydi.

Migratsiya agentligi tanlangan fuqarolarning Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketishini keyinchalik tashkil etish bilan shug‘illanadi.

Angliyaga pul evaziga mavsumiy ishga yuborishni taklif qilayotgan tijorat kompaniyalari yoki uchinchi shaxslarning qurboni bo‘lmang!

Ro‘yxatdan o‘tishda uchinchi shaxslarga pul to‘lamang. Siz pulingizni yo‘qotasiz!

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

📌📌📌📌
🇯🇵Migratsiya agentligi Yaponiyaga ishga yuboradi!

Yaponiyaning "Shimizu Corporation" qurilish kompaniyasiga tegishli obyektlarda ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz diqqatiga!

Taklif etilayotgan ish turi:
▪️opolubshik;
▪️suvoqchi;
▪️gidroizolator.

ish o‘rinlari, boshlanishiga: 11 ta
maoshi: 150.000 JPY
(1000 $ atrofida qo‘liga tegadi, ovqatlanish o‘z hisobidan, oylik oshib boradi va qo‘shimcha ish uchun ustama haq to‘lanadi)



Talablar:
▪️18-35 yoshdagi erkaklar;
▪️Yaponiyaga kirishga ta’qiqi bo‘lmagan;
▪️sudlanmagan, jismonan sog‘lom;
▪️yapon tilini boshlang‘ich N5 darajada bilish;
▪️O‘zbekistondan chiqishga ta’qiqi yo‘q;
▪️o‘rta maktab yoki o‘rta maxsus ta’limni yakunlagan;
▪️3 yil ishlashga tayyor bo‘lish.

Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplab beradi:

▪️aviachipta ish beruchi tomonidan (ish haqqidan ushlab qolinmaydi);
▪️aeroportdan kutib olish va yashash joyigacha olib borib qo‘yish;
▪️sug‘urta (oylikdan ushlab qolish sharti bilan);
▪️viza xarajatlari mavjud emas.


Nomzodlar ishga suhbat asosida saralab olinadi. Suhbat 2025-yil 14-15-yanvar kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha Toshkent shahridagi "Inno" texnoparki binosida tashkil qilinadi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish (29.12.2024-yil 13-00 dan 03.01.2025-yil 13-00gacha amal qiladi)

Yana bir qulaylik! Ro‘yxatdan o‘tib saralangan va Toshkentga suhbatga chaqirtirilgan nomzodlarning yo‘l haqqi asoslantiruvchi (chek) hujjatlari bo‘lganida ish beruvchi tomonidan to‘lab beriladi.

Migratsiya agentligi: 71 202-33-55 (10) Mirzaev Akbarali
(душанба-жума, 9:00-18:00)


🌐 Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

E’LON
Qonunchilikka ko‘ra tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan WORKMALL xususiy bandlik agentligining quyidagi davlatlardagi ish o‘rinlarini sizlarga taklif qilamiz

XUSUSIY BANDLIK AGЕNTLIGI E’LONI

▪️Janubiy Koreya🇰🇷
▪️Slovakiya🇸🇰
▪️Xorvatiya🇭🇷
▪️Bolgariya🇧🇬
▪️Turkiya🇹🇷
▪️Rossiya🇷🇺


🔵Ushbu yo‘nalishalarda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

▪️qurilish
▪️ishlab chiqarish
▪️xaydovchilik
▪️mehmonxona
▪️kuryerlik
▪️hamshiralik


Anketani to'ldiring va WORKMALL mutaxassislari tez orada siz bilan bog’lanadi.

👉Anketa to'ldirish

Qo'shimcha savollar uchun:
71-200-86-00
@murojaat_qilinglar

Xorijda ish|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪Germaniya sari yo‘l til va kasb o‘rganishdan boshlanadi!

Germaniyaga borib ishlashni, “Ausbildung” orqali kasbiy ta’lim olishni istovchilar ko‘p. Ammo, istakning o‘zi kamlik qiladi, harakat va intilish bo‘lishi lozim!

Bizdan ham ko‘pchilik so‘rashadi, qayerda nemis tilini o‘rgansam bo‘ladi, qay biri samarador? Shunday o‘quv markazlaridan birini Sizlarga taklif qilamiz, "PROFi Deutsch".


"PROFi Deutsch" o‘quv markazi o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshirib qaytgan bo‘lib, zamonaviy darsliklar asosida darslarni tashkil qiladi.

Darvoqe, yanvardan barcha hududlarda yangi guruhlar ochilayotgan ekan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘quv markazining “сall center”idan bilib olishingiz mumkin.

Тел: +99877 178 0666, +99877 178 1666
🌐telegram kanali

Xorijda ish|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Rossiyada imtihonlarni qayerlarda topshirish mumkin?

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Farmoyishi bilan (10 декабря 2024 г. N 3641-р) ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari rus tili, Rossiya tarixi va migratsiya qonunchiligi bo‘yicha imtihonlar topshiradigan davlat muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

🔖 Ro‘yxatga jami 92 ta muassasa kiritilgan. Ularning nomi, joylashuv manzillarini ushbu havola orqali ko'rish mumkin.

Bunga qadar imtihonlarni Rossiya Oliy ta’lim vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari amalga oshirgan.

Xorijda ish|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Кафилни “кафансиз" қолдирманг!

Охирги вақтларда Корея Республикасига вақтинча ишлаш учун борган фуқароларимиз орасида ўз иш жойини сабабсиз ташлаб кетиш ҳолатлари учраётгани, бу Ўзбекистонга ажратиладиган ишчи квоталар сонига жиддий таъсир кўрсатиши, мамлакатимиздан борган ишчиларнинг имиджи тушиб кетишига сабаб бўлаётгани ҳақида хабарлар бериб бораяпмиз.

Шу боис, Кореяга ишлаш учун бораётган ҳар бир юртдошимиз кетиш олдидан уч томонлама шартномага имзо чекмоқда. Шартномада:

"Агарда ўз иш жойимни сабабсиз ташлаб кетиб, нолегал фаолият юритадиган бўлсам, мени кафилликка олаётган шахс, яъни яқин қариндошимдан Кореяда нолегал юрган ҳар бир ойим учун 2000 АҚШ долларидан (ҳозирги вақтда) жарима ундирилишига розиман",

-деган жумлалар бор.

Ушбу расмда Кореяга ишлаш мақсадида кетган ва шартнома шартларини бузган қашқадарёлик фуқаро М.Анинг кафилидан суд қарорига асосан МИБ 70 392 000 сўм ундирганини кўриш мумкин.

Рақамларга қарайдиган бўлсак, жорий йилнинг ўтган даврида ўз иш жойини сабабсиз ташлаб кетган қарийб 80 нафар ҳамюртимизнинг кафиллари томонидан давлатга 2 млрд 35 миллион сўм жарима ундирилган.

Қочиб кетишдан олдин ўйлаб кўринг!


@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar diqqatiga!

“GLOBOGATE”
loyihasi doirasida Germaniya klinikalari oʻrta boʻgʻin tibbiyot xodimlarini ishga taklif qilmoqda.

Maoshi dastlab 1900 yevro (2010$) va 4-oydan boshlab 2500 yevro (2650$).

❗️Qanday talab va imkoniyatlar mavjud?

Talablar:
▪️sohada tajriba;
▪️sudlanmagan va sogʻlom boʻlishi;🔽
▪️ tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik) diplomi boʻlishi;
▪️ nemis tili kurslarida 10 oy (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
▪️Dasturdan asossiz voz kechmasligi lozim.

Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:


▪️ bepul turar joy;
▪️ oʻquv xonasi;
▪️ oylik stipendiya (6 oy);

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi:

▪️ nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
▪️ til darajasi uchun imtihon topshirish;
▪️ hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
▪️ oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
▪️ Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer.


❗️Xorijda ish platformasidan ro‘yxatdan o‘ting

📞
Murojaat uchun:* +998 95 701 66 44 - Akmal Abdujabborov
+998 95 701 66 22 - Munisa Saidova
(“Globogate”)
Агентлик: 71 202 33 55 (ichki raqam 17)
*ish kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha


Telegram|Facebook|Instagram |xorijdaish.uz|Telegram

Читать полностью…

XORIJDA ISH

⚡️Кореяга ишлаш учун борган икки нафар юртдошимиз иш жойидан қочиб кетди

Миграция агентлиги ҳар доим хорижда вақтинча ишлаб юрган ҳамюртларимизни ўша давлатнинг қонунчилиги, урф-одатларини ҳурмат қилишга чақириб келади.


Жорий йилнинг 11 ноябрь куни Е-9 ишчи визаси орқали Кореяга 100 нафар юртдошимиз жўнаб кетганди. Уларнинг орасидан икки нафари (Самарқанд ва Жиззах вилоятларидан) орадан 3-4 кун ўтганидан сўнг ўз иш жойини сабабсиз ташлаб кетгани ойдинлашди.

Ўзларига билдирилган ишончни оқламасдан, шартнома шартларини қўпол тарзда бузган икки ҳуқуқбузарнинг маҳаллаларига масъуллар борди ва уларнинг ота-оналари, маҳалла аҳли иштирокида ҳолат муҳокама қилинди. Ҳозирда уларга жарима қўллаш ва керак бўлса Ўзбекистонга қайтариш чоралари кўрилмоқда.

❗️Ўзбекистон фуқаролари Кореяда иш жойини сабабсиз ташлаб кетса, орадан ўтадиган ҳар бир ой учун кафилликка олган қариндошига 2000$ жарима қўлланилишига асос бўлади.


@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷 Koreyaga borib shartnoma shartlarini bajarmasdan qochib ketaman, desangiz yana bir bor o‘ylab ko‘ring!

Yana 100 nafar yurtdoshimiz Migratsiya agentligi orqali Koreya Respublikasida E-9-vizasi asosida ishlash uchun jo‘nab ketdi.

❗️Ularga qo‘yilayotgan birlamchi talab, o‘zi mehnat qilayotgan davlatning qonunlari va urf-odatlarini hurmat qilish, ish joyini hech qanday sababsiz tashlab ketmaslik, ish beruvchi bilan konstruktiv faoliyat olib borishdan iborat.


Qoidalar qattiqlashmoqda!

Koreyaga ketish oldidan uch tomonlama shartnoma qilingan holda ishlovchilardan tilxat va ularning yaqinlaridan birining kafilligi olinmoqda.

Agarda fuqarolarimiz ish joylarini asossiz va ushbu davlatdagi vakolatxonamiz bilan kelishmagan holda tashlab ketib, norasmiy faoliyat olib borishni boshlasa, shartnoma bandlari buzilgan bo‘ladi va o‘sha kundan boshlab har bir oy uchun 2 000 (ikki ming) AQSH dollari miqdorida jarima qo‘llanadi.

Chunki, bunday harakat xorijlik ish beruvchilarda o‘zbekistonlik ishchilarga nisbatan salbiy fikr uyg‘otish barobarida qonun buzilish holati hisoblanadi.

Mana shunday holat joriy yilning 11-noyabr kuni jo‘nab ketgan yurtdoshlarimiz bilan sodir bo‘ldi. Ikki nafar yurtdoshimiz Koreyada ish boshlaganining birinchi haftasida o‘z ish joyini tashlab ketgan.

❗️Nomzodlar shartnoma bandlari bilan O‘zbekistonning o‘zida tanish bo‘ladi. Nima ish qilishi, qaysi korxona yoki fermada ishlashi, qancha maosh olishini aniq bilgan holda shartnomaga imzo chekadi.


O‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlamasdan, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki yurtdoshimizning mahallalariga masʼullar bordi va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilindi. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

uzmigration|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Qozog'iston Respublikasi hududida bo'lib turgan xotin-qizlar diqqatiga!

2024-yil 18-nobyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Qozog'iston Respublikasi hududida bo'lib turgan ayollar – o'zbekistonlik xotin-qizlar uchun videokonferensaloqa shaklida sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sayyor qabulda ayollar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini Migratsiya agentligi va tegishli tashkilotlar vakillariga aytishlari mumkin.

👉Mazkur onlayn sayyor qabulda ishtirok etish uchun soat 15:00 da quyidagi havolaga o‘ting:
/channel/Qozogiston_2024_xotin_qizlar

Telegram|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti uzaydi

Bugun, ya’ni 10-yanvar soat 21:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish ochiq bo‘ladi.

Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida texnik uzilishlar bo‘lmoqda. Boisi, bir vaqtning o‘zida platformadan foydalanuvchilar soni 2 milliondan ortib ketdi. Shu bois uzilishlar kuzatilmoqda.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Angliyaga mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish ochiladi.

Videoda ushbu jarayonda nimalarga e’tibor qilish kerakligi ko‘rsatilgan.

🌐@uzmigration
🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️📌📌📌📌📌

⚡️Migratsiya
agentligi Rossiyaga hech qanday to‘lovlarsiz, tez fursatda ishga yuboradi!

kutish yo‘q!
xarajat yo‘q!
ovoragarchilik yo‘q!
hech qanday hujjat kerak emas!
barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan!
bepul tibbiy sug‘urta!

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi "Ozon Komyuniti" korxonasi omborxona ishchisi yo‘nalishida ishlash istagida bo‘lgan BUXOROLIK yurtdoshlarimizni taklif etmoqda!

Taklif etilayotgan ish turi:

▪️sklad (ombor) operatori.

Ish o‘rinlari: 450 ta

Maoshi: 70 mingdan 100 ming rublgacha (rag‘batlantirish mavjud)

Talablar:
▪️18-55 yoshdagi shaxslar;
▪️Rossiya Federatsiyasiga kirishga ta’qiqi bo‘lmagan;
▪️sudlanmagan;
▪️rus tilini muloqot darajasida bilish.

Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplab beradi:

▪️aviachipta va patent (6 oy ishlab bersa korxona hisobidan qoplab beriladi);
▪️yotoqxona;
▪️yashash joyiga ro‘yhatga qo‘yish;
▪️ish joyida issiq ovqat.


Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi. Suhbat 2025-yil 9, 14-yanvar hamda 17, 20-yanvar kunlari soat 10:30 dan 17:00 gacha Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi va shahar, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida tashkil qilinadi.

❗️Suhbatga fuqarolar xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi.

📍Manzil va tanlov o‘tkazuvchi mutasaddilar haqidagi ma’lumot ushbu linkda joylashgan.

Migratsiya agentligi Buxoro viloyat hududiy filiali: (65)226 56 99, (93) 966- 99-59, (93) 456-15-03 Odil Murtazoyev.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Англиядаги мавсумий ишларга рўйхатдан ўтишда фирибгарлар тузоғига тушиб қолманг!

⚠️ Улар сиз учун ҳеч нарса қилиб бермайди!

⚠️ Кимгадир паспорт маълумотингиз ва пул бераётган бўлсангиз алданаяпсиз!

One ID
ҳамда xorijdaish.uz платформасидан рўйхатдан ўтиш ушбу видеода кўрсатиб берилган.

Олдин айтганимиздек, Англиянинг рекрутинг компаниялари мавсумий ишларга жалб қилишда Ўзбекистон ҳудудида фақатгина Миграция агентлиги билан икки томонлама тузилган Битим асосида фаолият олиб боради. Бу ҳуқуқ ҳеч қандай Хусусий бандлик агентлиги (ХБА) ёки консалтинг фирмаларга берилмаган!


@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧Внимание – сезонные рабочие места в Великобритании!

28 декабря текущего года мы сообщили через наши социальные сети о датах регистрации на сезонные работы в Англии. Сегодня мы представляем данное объявление на узбекском и русском языках вашему вниманию.

Уважаемые наблюдатели, через портал Агентства по миграции xorijdaish.uz сообщаем, что 10 января 2025 года с 15:00 до 19:00 (Ташкентское время) будет открыта онлайн-регистрация на сезонную сельскохозяйственную работу, предлагаемую через рекрутинговую компанию HOPS Labour Solutions.
 
Из каких этапов состоит отбор?

1. Онлайн-регистрация на странице xorijdaish.uz. Для успешной регистрации вам понадобятся:

▪️паспорт гражданина Республики Узбекистан для выезда за границу,
▪️электронная почта Gmail (адрес должен содержать имя и фамилию по заграничному паспорту).

❗️Внимание: онлайн-регистрация не гарантирует участие в следующих этапах отбора. Все решения по отбору принимаются исключительно HOPS.
 
2. Онлайн-тестирование будет проведено с 14 по 15 января 2025 года. HOPS отправит детали тестирования по электронной почте только отобранным гражданам. Необходимо тщательно проверять вашу электронную почту. Если вы не получите ссылку для онлайн-тестирования, это значит, что вы не были отобраны.

3. Очные собеседования проведут представители оператора HOPS. Компания пригласит на собеседование только тех кандидатов, которые были отобраны по результатам онлайн-тестирования, и предоставит дальнейшие инструкции.
 
Критерии для заявителей:

▪️возраст от 18 лет
▪️хорошее знание русского языка
▪️хорошее физическое и психологическое состояние
 
Условия труда:
▪️заработная плата составит 11.44 фунтов стерлингов в час.
▪️работодатель гарантирует минимум 32 часа работы в неделю.
▪️затраты на визу составят 298 фунтов стерлингов.
▪️стоимость авиабилета зависит от текущего курса и времени приобретения.


⚠️Помните! Отбор полностью ведет оператор HOPS, бесплатно. Агентство по миграции при Кабинете Министров Республики Узбекистан в данном процессе не участвует.

Агентство по миграции при Кабинете Министров Республики Узбекистан занимается последующей организацией выезда отобранных граждан в Великобританию.
Не станьте жертвой коммерческих компаний или третьих лиц, которые предлагают трудоустроить в Великобританию платно!

Не платите третьим лицам за помощь в подаче заявления. Вы потеряете свои деньги.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

⚡️Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun muhim xabar

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining bugun imzolagan "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1126-son Farmoniga ko‘ra Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak.

Talab qonuniy ravishda qolishni istagan xorijliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi 2025-yilning yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu masala bo‘yicha alohida guruh faoliyat olib boradi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida qo‘shimcha xabar beramiz.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

📌📌📌📌📌

⚡️Diqqat!!!
🇬🇧Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun ro‘yxatdan o‘tish kunlari ma’lum bo‘ldi


Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijdaish.uz portali orqali 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq хo‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochilishini ma’lum qilamiz.

Tanlov qanday bosqichlardan iborat?

1. xorijdaish.uz sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz.

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti,
Gmail elektron pochtangiz, (ism-familiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidak bo‘lishi shart), yorqin fonda pasport o‘lchamidagi elektron fotosurat kerak bo‘ladi.

❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Bu “HOPS”ning avtomatik tanlov tizimiga bog‘liq.

2. Onlayn suhbat “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi.
Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va ish beruvchi tomonidan tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak.

3. “HOPS” vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.

Ariza beruvchilar uchun mezonlar:
▪️18-50 yosh;
▪️ rus tilini bilishi;
▪️ yaxshi jismoniy va psixologik holat.

Mehnat sharoitlari:
▪️ish haqi soatiga 11,44£ (15$ atrofida);
▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ishlashni kafolatlaydi;
▪️viza va aviachipta xarajatlari ketuvchi hisobidan.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish linkini 2025-yil 10-yanvar kuni joylashtiramiz.

⚠️Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan amalga oshiriladi.

🌐 Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧“Tumanli Albiyon”ga borishda yo‘ldan adashmang!

Oldingi xabarlarimizda aytib o‘tgan edik, Angliyaning rekruting kompaniyalari O‘zbekiston hududida faqatgina Migratsiya agentligi bilan ikki tomonlama tuzilgan Bitim asosida faoliyat olib boradi. Bu huquq hech qanday Xususiy bandlik agentligi (XBA) yoki konsalting firmalarga berilmagan!

Agar kimdir Angliyaga ishga yuboraman deb pasport ma’lumotingiz va yana qanchadir miqdorda pul so‘rayotgan bo‘lsa, Siz aldanayapsiz!

Jamshidxon Ziyoxonov tomonidan tayyorlangan ushbu videoda Angliyada ishlab yurgan hamyurtlarimiz bu sxemani oddiy qilib ochib bergan. Ko‘ring.

Xorijda ish|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|

Читать полностью…

XORIJDA ISH

📣Ro‘yxatda keltirilgan davlatlarda vaqtincha ish faoliyatini olib borayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz ko‘rsatilgan raqamlarga 24/7 rejimida bepul qo‘ng‘iroq qilib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiyasi agentligi mutaxassislari bilan bog‘lanishlari mumkin.

Xorijda ish|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi!

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Yaqin haftalar davomida magistral yo‘llarga tuman tushib, kuchli qor yog‘ishi hamda muzlash holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlaringizni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz.

Xorijda ish|Facebook|migratsiyaagentligi/videos">Youtube|Instagram|

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️#Ишга_таклиф

Бизнинг “ҳаво кемамизда” Сиз учун жой бор!

Аммо, жойлар чекланган. Ўзингизни кўрсатиш учун яхши имконият.

Миграция агентлиги ўзига ишонган, ватанпарвар, дунёқараши кенг, инглиз, рус тилларида бемалол суҳбатлаша оладиган, шижоатли юртдошларимизни ишга таклиф қилади.

Видеони кўринг ва ҳавола орқали рўйхатдан ўтинг!

@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

⚠️ Корея Республикаси ҳудудида нолегал бўлиб турган фуқаролар диққатига!

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг Сеулдаги ваколатхонаси ва Корея Адлия вазирлиги ўртасида ўтказилган музокаралар натижасида имзоланган ҳужжатга кўра, 30 ноябрь куни тугаши лозим бўлган “яшил йўлак” лойиҳаси 2025 йилнинг 31 январь кунигача узайтирилди.

Демак, Корея Республикасида ноқонуний юрган бўлсангиз 2025 йилнинг 31 январь санасига қадар “яшил йўлак”дан фойдаланиб эркин чиқиб кетишингиз мумкин.

Кореяда ноқонуний ишлаб, яшаб юрган шахслар:

1 ойдан кам бўлса 1,000,000 вон (716$)
1 ойдан 3 ойгача 1,500,000 (1074$)
3 ойдан 6 ойгача 2,000,000 (1432$)
6 ойдан 1 йилгача 4,000,000 (2864$)
1 йилдан 2 йилгача 7,000,000 (5012$)
2 йилдан 3 йилгача 10,000,000 (7160$)
3 йилдан 5 йилгача 20,000,000 (14321$)
5 йилдан 7 йилгача 25,000,000 (17902$)
7 йилдан кўп бўлса 30,000,000 (21482$) миқдорида жарима тўлайди.

Кўрсатилган муддат ичида Кореяни ихтиёрий тарк этсангиз:

▪️юқоридаги жарималардан озод этиласиз;
▪️кейинчалик Кореяга қайта киришингиз енгиллашади.

🔵 Ушбу муддат тугаганидан сўнг фуқаро Кореяда яна қоладиган бўлса, Миграция агентлиги томонидан шартнома бандларига кўра фуқаро ёки унинг кафилига нисбатан:

▪️катта миқдорда жарима; (ҳар бир ойи учун 2000$)
▪️Корея томонидан қайта киришга тақиқ қўлланилади.

Қўшимча маълумот учун:

- Корея Адлия вазирлиги сайти: www.hikorea.go.kr
- Миграция агентлигининг Сеулдаги ваколатхонаси 02-2285-1341 Асилбек Абдумуталов, Саида Адҳамова.

❗️Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги Корея Республикасида фаолият юритаётган фуқароларимиздан ушбу давлатнинг қонунчилигини бузмасликни, уларнинг урф-одатларини ҳурмат қилишларини ва ноқонуний юрган юртдошларимизни юқорида кўрсатилган муддат ичида Ўзбекистонга қайтишларини сўраб қолади.


@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧Кўплаб кузатувчиларимиз Миграция агентлиги томонидан Англияга мавсумий иш ўринлари учун эълон қачон берилишини сўрашмоқда.

Яқин кунларда Буюк Британиянинг “HOPS” рекрутинг компанияси томонидан таклиф этилаётган бўш иш ўринлари, ойлик маошлари, яшаш шароитлари ҳақидаги эълон Агентликнинг ижтимоий тармоқларидаги саҳифалари, хусусан, “XORIJDA ISH” телеграм канали ва платформаси, бошқа ОАВ орқали тарқатилишини маълум қиламиз.

⚠️ Эслатиб ўтамиз, “HOPS” рекрутинг компанияси Ўзбекистон ҳудудида фақатгина Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги билан икки томонлама тузилган Битим асосида фаолият олиб боради.

⚠️ Миграция агентлиги мамлакатимиздаги бирорта хусусий компанияга “HOPS” орқали Англияга ишчи ёллаш ҳуқуқини бермаган!

Кўча-куйдаги турли фирмалар ушбу компания орқали Англияга мавсумий ишларга юбораман, деса ишонманг! Алданиб уларга пул тўламанг!

Ижтимоий тармоқларимизни кузатиб боринг!

📱@uzmigration 📱 xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

⚡️Ватанпарвар, ўз ишининг моҳир эгаси сифатида – хорижда ишлаш ниятида бўлган ва ишлаётган юртдошларимиз тақдирига бефарқ бўлмасангиз, танловда Сизнинг имкониятингиз юқори!

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг мавжуд вакант лавозимларига Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги (АРГОС) порталида очиқ танлов эълон қилинди.

Имкониятларингизни синаб кўринг!

◾️ Инсон ресурсларини ривожлантириш ва бошқариш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8047

◾️Хорижда ишлаш истагида бўлган фуқароларни ҳисобини юритиш бошқармаси бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8063

◾️Кетишдан олдин тайёрлаш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8062

◾️Халқаро алоқалар бошқармаси бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8050

◾️Халқаро ҳамкорлик ва протокол бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8051

◾️ Хорижда ишловчиларни мониторинг қилиш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8052

◾️Фуқароларни чет тилларига ўқитиш ва хорижий давлатларда ишлашга мақсадли тайёрлаш маркази бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8053

◾️ Хорижий иш берувчилар билан ишлаш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8054

❗️Номзодга қўйиладиган талаблар билан Аргос платформаси орқали танишишингиз мумкин.

@uzmigration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Обуначиларимизга қулай бўлиши учун Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг телеграмда расмий ҳамда эълонлар каналлари юритилишини маълум қиламиз!

Расмий каналда:

▪️Миграция агентлиги фаолиятидаги янгилик ва воқеалар, иш берувчилар билан ўтадиган халқаро учрашувлар, танловлар, чет элга кузатиш жараёнлари ҳамда хорижда ишлаб юрган юртдошларимиз ҳаёти акс этади.

Эълонлар каналида:

▪️Хорижлик салоҳиятли иш берувчиларнинг бўш иш ўринлари ҳақидаги эълонлари, танлов ва имтиҳон санаси, жойи, иш шароитлари каби маълумотлар жойлаштириб борилади.

@uzmigration

Читать полностью…
Subscribe to a channel