migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - XORIJDA ISH

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Subscribe to a channel

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪Germaniyada Ausbildung tizimi asosida o'qish va ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlov o‘tkazilmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniyaning “Systemgastronomie” tashkiloti vakillari tomonidan xizmat ko'rsatish sohasida Ausbildung tizimi asosida o'qish va ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun onlayn tanlov bo'lib o‘tmoqda.

Tanlovda nomzodlarga ish sharoitlari, oylik stipendiyalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar xizmat ko'rsatish sohasida Ausbildung tizimi bo'yicha 3 yil muddatga tashkiliy tarzda jo'natiladi va ularning stipendiyasi o'rtacha 1100 yevroni tashkil etadi. Ausbildung 2025-yil fevral oyidan boshlanadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Sōragan_edingiz

Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolar qaysi turdagi mahsulotlarni o‘zlari bilan aeroport hududidan olib o‘tishlari mumkin?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Hududlarda_tanlov

Hududlarda tanlovlar davom etmoqda


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining “AvtoVaz”, "Yunikom Delta" va "Sopa Grupp" korxonalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Ish beruvchi nomzodlarni rus tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab oldi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bog‘ishamol dahasi, Xalqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy. Aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi (sobiq Bog‘ishamol pedagogika kolleji).
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112v-v uy. KOICA o'quv markazi.
Mo‘ljal: Sobiq Melkombinat.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Udmurtiya Respublikasidagi “Eskagrupp”, “AlfaStroy”, Sverdlovskdagi “Keyterinburg” korxonalari rahbariyati va u yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

📍Sankt-Peterburg va Voronejda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasining Qirol Sejong markazi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kurslarida koreys tilini o‘rganishga taklif etiladi.

Ma'lumot o'rnida, o'quv kursiga qabul davom etmoqda.


👉 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Murojaat uchun

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪 Toshkentda “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil etiladi

Shu vaqtgacha Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz ushbu davlatga borgach, 6-8 oy vaqtini moslashish uchun sarflagan. Yangi loyihaga ko‘ra bunday bo‘lmaydi. O‘zbekistonning o‘zida kasb va tilga maqsadli o‘qitiladi.

Bu haqda Samarqandda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaining "Globogate Concept AG" konserni o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasida belgilab qo‘yildi.

“Davolash bo‘yicha Yevropadagi ikkinchi yirik Universitet klinikasi Aaxen bilan birgalikda Toshkentdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi 1-Respublika tibbiyot texnikumi bazasida nemis tibbiy-taʼlim dasturlari asosida “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil qilinadi. Bir yil davomida kasb va til o‘rgatiladi. Muhimi, ular diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qo‘lga kiritadi”, - dedi "Globogate Concept AG" konserni bosh direktori Sang Vu Pay.

Shartnomada fuqarolarimizning huquqlari ikki davlat qonunlari bilan himoya qilinishi belgilab qo‘yilgan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪Oliygohning sirtqi bo'limi talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "NoVo Agency" tashkiloti 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida "Ferienjob – work and travel" dasturi bo’yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga jalb qilinadi.

Sohalar:
🔹Ishlab chiqarish;
🔹Sanoat;
🔹Omborxona logistikasi;
🔹Qadoqlash;
🔹Gastronomiya.

Talablar:
- Oliygohlarning faqat sirtqi bo'limi talabalari;
- 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida ta‘til davri;
- 18 yoshdan 35 yoshgacha;
- Rus, ingliz yoki nemis tilini bilganlar uchun afzalliklar mavjud;
- Soatiga 14 yevro (brutto);

Afzalliklar:
- Viza hujjatlarni tayyorlash va butun jarayon davomida ko'mak;
- Turar-joy topishda ko'mak (shahar va ish joyiga qarab 450 yevrodan 600 yevrogacha).

☎️Murojaat uchun: (93) 454-64-27, (99) 025-95-95

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Udmurtiya Respublikasidagi “Stroygrupp”, Tyumendagi “SK Struktura”, «Yalutorovskiy myasokombinat», “Texnoservis” va “Tyumenskoy domostroitelnoy kompaniya” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

📍Permda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘ldingizmi?

❗️Unda zudlik bilan bizga xabar bering!

📞 Ishonch telefoni: 71 202 44 11

Pochta manzili:
anticorruption@migration.uz

Telegram bot: /channel/anticor_migrationbot

☑️ Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61, 1282 (qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️ Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyadagi ish beruvchilar 20 dan 46 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimizni quyidagi sohalarga ishga taklif etmoqda

🇸🇰SLOVAKIYA
5000 nafar avtomobil zavodida ishlovchi mutaxassisni
1000 nafar ishlab chiqarish zavodlarida ishlovchi mutaxassisni
500 nafar elektrik va payvandchini (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi)
350 nafar fura haydovchisini
200 nafar kara haydovchisini
▪️oylik maosh – 1000 yevrodan 2400 yevrogacha

🇭🇷 XORVATIYA
Qurilish sohasi uchun betonshik, armaturshik, manalitchilarni
▪️oylik maosh - 1000$ dan 2500$ gacha

🇭🇺 VENGRIYA
Avto ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodi uchun mutaxassislarni
Samsung zavodi omborlarida ishlovchi ishchilarni
Atom elektrostansiyasi qurilishi uchun mutaxasislarni
▪️oylik maosh - 1000 dollardan 1500 dollargacha

🇷🇺 ROSSIYA
2000 nafar qurilish sohasi xodimlarini 
1000 nafar ishlab chiqarish xodimlarini
▪️oylik maosh - 900 dollardan 2000 dollargacha

Yuqoridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉ro‘yxatdan o‘tish

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha mamlakatimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan “Naimix” xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlandi

☎️ Murojaat uchun telefon: 71-205-05-00
📍 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36
📍Lokatsiya

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Eslatma

🇧🇾Fuqarolar Belarusning "Belavtomaz" avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: avtomobilsozlik

📍Ish haqi: 2370 Belarus rubli (o'rtacha 720 AQSH dollari);
📍Ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.

✔️aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan;
✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.

Talablar:
🔹18 - 45 yosh;
🔹1 yillik tajriba;
🔹rus tilini suhbat darajasida bilish;
🔹sudlanmagan;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.

👉 Ro'yxatdan o'tish (17-sentabr 23:59 gacha)

☎️
Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Sarhisob_2024_yilning_sakkiz_oyi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2024-yil sakkiz oyidagi faoliyati tahlili

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇸 Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Ish turi: qishloq xo'jaligi ishlari
Ish haqi: 688 yevrodan boshlanadi

Yotoqxona, tibbiy sug‘urta va 3 mahal ovqat ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Turkiya Respublikasida bo'lib turgan xotin-qizlar diqqatiga!

2024-yil 16-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da (Turkiya vaqti bilan soat 13:00 da) Turkiya hududida bo'lib turgan ayollar – o'zbekistonlik xotin-qizlar videokonferensaloqa shaklida sayyor qabul bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Sayyor qabulda ayollar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillariga taqdim etishi mumkin.

👉Mazkur onlayn sayyor qabulda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting: /channel/Turkiya_migratsiya_2024

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪Ausbildung endi O'zbekistonda!

Germaniyaning Leipzig shahri Hunarmandchilik palatasi va “Avestos” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida nemis kasbiy dual ta’lim tizimi joriy qilinmoqda.

Shahrisabz shahar 1-son kasb-hunar maktabida “Bino va inshootlar qurilishi”, G‘uzor tuman 1-son kasb-hunar maktabida “Metallar texnologiyasi” yo'nalishlari bo‘yicha umumta’lim maktabining 11-sinfini bitirgan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Germaniyaning davlat namunasidagi diplomlar berilib, ular Germaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉Ro'yxatdan 'o'tish (2024-yil 25-sentabrgacha)

☎️Murojaat uchun: +998906713217

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Checheniston Respublikasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Chechenistondagi "Allaxyarova" korxonasi o‘rtasida 2023-yilda hamkorlik kelishuvi imzolangan.

Mazkur kelishuvga muvofiq, bugungi kunga qadar ushbu korxonaning qurilish obyektlarida ishlash uchun respublika hududlarida tanlovlar tashkil etilib, 146 nafar yurtdoshimiz tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilingan. Fuqarolar uchun aviachipta, patent rasmiylashtirish xarajatlari hamda ovqat va yashash joyi ish beruvchi tomonidan taʼminlangan.

Xabarlarda tarqalgan murojaat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan joriy yilning iyul oyida o‘rganilib, nazoratga olingan. Ish beruvchi tashkilot vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 6 nafar fuqaroning 402 000 rubl oylik maoshi undirib berilgan. Hozirgi vaqtda ular O‘zbekistonga qaytib kelgan. Shuningdek, ushbu murojaat sabab "Allaxyarova" korxonasiga tanlovlar o‘tkazish va fuqarolarni jo‘natish jarayonlari to‘xtatib qo‘yilgan.

Bugungi kunda ushbu korxonada 70 nafar yurtdoshlarimiz vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda, ishlash uchun borgan, ammo malaka talablariga javob bermagan fuqarolar esa boshqa ish beruvchilarga jalb qilingan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Sverdlovskdagi “PTJB”, “Proton”, Voronejdagi “Rossoshanskiy pitomnik”, “Davidovskiy ovoshesushilniy zavod” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

📍Voronejda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇸🇰 Словакия 320 нафар кара ҳайдовчиларини 1500 долларлик ишга таклиф этмоқда

Талаб қилинади
:
▪️рус тилини билиш;
▪️"Б" тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномаси;
▪️кара ҳайдаш имтиҳонидан ўтиш.

▪️ойлик маош – 1200-1500 доллар (2 ойлик синов даврида 900 доллар).
▪️ёш чегараси – 45.

Турар жой, тушлик ва транспорт харажатлари иш берувчи томонидан қоплаб берилади.

Мазкур бўш иш ўринлари учун қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтинг.
👉рўйхатдан ўтиш

Ушбу эълон бўйича лицензия асосида фаолият олиб бораётган “Workmall" хусусий бандлик агентлигига мурожаат қилишингиз мумкин.

☎️ Мурожаат учун телефон: 71-200-86-00
📍Манзил

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪 Germaniyada ishlash imkoniyati yanada kengaymoqda!

Batafsil videorolikda 👆

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪 Germaniya temir yo‘llari ("Deutsche Bahn”) uchun mutaxassislar tayyorlanadi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi o‘rtasida ayni maqsadga qaratilgan bayon imzolandi.

"Deutsche Bahn” - Germaniyaning asosiy temir yo‘l operatori sanaladi. 100% davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 milliard 303 million yevroni tashkil qiladi.

Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz ushbu davlat standartlari asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy taʼlim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.

“Germaniya temir yo‘l transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz baland va ularni nemis standartlari asosida O‘zbekistonda o‘qitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni esa “Deutsche Bahn” tarmog‘iga ishga joylashtirishga tayyormiz”,– dedi Niko Varbanoff.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪Германияга ишчи виза шартлари енгиллашади

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Беҳзод Мусаев Самарқандда Германия Федератив Республикаси Ички ишлар ва Ватан вазири Нэнси Фезер билан мулоқот ўтказди.

"Миграция масаласида бир қатор енгилликлар ишлаб чиқилмоқда. Битим доирасида немис иш берувчилари учун ўзбекистонликларни соддалаштирилган тартибда ишга қабул қилишга тайёрмиз", — деди Нэнси Фезер хоним.


@mehnatvazirligi

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Rossiyaning "AVTOVAZ" korxonasiga ishga taklif etiladi!

👉🏻 Ish turi: avtomobilsozlik

Nomzodlar uchun talablar:

💢18-55 yosh;
💢rus tilini bilish;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan: yotoqxona va transport.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇸 Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yana bir guruh yurtdoshimiz ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Ish turi: qishloq xo'jaligi ishlari
Ish haqi: 688 yevrodan boshlanadi

Yotoqxona, tibbiy sug‘urta va 3 mahal ovqat ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Turkiya Respublikasida bo'lib turgan xotin-qizlar diqqatiga!

2024-yil 16-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da (Turkiya vaqti bilan soat 13:00 da) Turkiya hududida bo'lib turgan ayollar – o'zbekistonlik xotin-qizlar videokonferensaloqa shaklida sayyor qabul bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Sayyor qabulda ayollar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillariga taqdim etishi mumkin.

👉Mazkur onlayn sayyor qabulda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting: /channel/Turkiya_migratsiya_2024

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Tyumendagi “CZ GK SBK”, “Shveynaya fabrika Zapadno-Sibirskaya Manufaktura”, “Stalmost” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

📍Joriy yil Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun borgan yurtdoshimiz baxtsiz hodisaga uchrab, tibbiy tez yordam mashinasida “Gorodskaya Mariinskaya bolnitsa” shifoxonasiga yotqiziladi. Natijada fuqaro moliyaviy qiyin ahvolda qolib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga murojaat qiladi. Fuqaro tibbiy guruh nazorati ostida, yotiq holatda Sankt-Peterburg – Toshkent aviareysi orqali Vatanga qaytarildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷Koreys kompaniyalariga ishga kirish uchun ilk qadamni Qirol Sejong markazi bilan boshlang!

Ma'lumot o'rnida, o'quv kursiga qabul davom etmoqda.

👉 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Murojaat uchun

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Permdagi “Meros”, Tyumendagi “Opora”, “Tyumen Agro”, “Noy”, “Astek Interstroy”, “Texno Servis” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

📍Sankt-Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Chet davlatga ishga yuborish bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan tashqari ayni vaqtda 16 ta Xususiy bandlik agentligi ham litsenziya asosida faoliyat yuritadi.

1. "Reiwa"
Tel: 952040980 909450711
Manzil: Andijon shahri Boburshoh ko‘chasi 11-uy

2. "Mirai recruitment agency"
Tel: 977442010
Manzil: Farg‘ona shahri P.Mahmud ko‘chasi 23-uy

3. "Migo overseas consulting"
Tel: 993270098 692270098
Manzil:
Namangan shahri U.Nosir ko‘chasi 5-A-uy

4. "Turon World Cooperation"
Tel: 977000030 781470030
Manzil:
Shayxontohur tumani Abay ko‘chasi 13a uy

5. “Specialist Group"
Tel: 887000448, 911664100
Manzil:
Mirobod tumani Tollimarjon ko‘chasi 1/1-uy

6. "Naimix"
Tel: 712050500
Manzil:
Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi 36

7. "Etos"
Tel: 974608938
Manzil:
Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi 23a-uy

8. "Common Sense"
Tel:
903255900
Manzil:
Mirzo Ulug‘bek tumani "Bahor" MFY 56-uy

9. "Dhaef Global"

Tel: 772750550 772700550
Manzil:
Mirzo Ulug‘bek tumani Mo‘minova 4a

10. "NUR MIGRATION SERVICES"
Tel: 909880071
Manzil:
Olmazor tumani Usta Shirin koʼchasi 125-uy

11. "THE BEST-STAFF"
Tel: 955057400
Manzil:
Samarqand shahri, "Toshkent" MFY 108-uy

12. "NPS Personal"
Tel: 555128787
Manzil:
Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 6-uy

13. "Workmall"
Tel:
712008600 @murojaat_qilinglar
Manzil:
Yakkasaroy tumani Glinka ko'chasi 41a-uy

14. "Mirshodjon power"
Tel: 909488151
Manzil:
Samarqand shahri Istiqlol ko'chasi 1a-uy

15. "Horizon work"
Tel: 773102133
Manzil:
Yakkasaroy tumani Muqimiy 1-tor ko‘chasi 8a-uy

16. "World wide immigration"
Tel: 952308800 902273222
Manzil:
Samarqand shahri Ko'ksaroy maydoni 1-uy

@mehnatvazirligi

Читать полностью…
Subscribe to a channel