migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - XORIJDA ISH

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Subscribe to a channel

XORIJDA ISH

Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz diqqatiga!

Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi yurtdoshlarimizga qulay bo'lishi uchun Kvangju shahridan Seul shahriga ko'chirildi.

📍Yangi manzil: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213 10-qavat, 1003.

☎️ 02-2285-1341, 02-2285-1342

(Donghun binosi) "Dongdemun" tarix va madaniyat bog'i metro bekati 5-chiqish

New address: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213

(Donghun building) "Dongdaemun" History & Culture Park 5th exit

🇰🇷주소: 서울, 중구, 장충단로 213
(동훈 빌딩) : 동대문역사문화공원역 5 번 출구

👉Google mapsdan manzilni ko'rish
👉Kakao mapdan manzilni ko'rish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Tez va oson ishga joylashishni istaysizmi?

Moskva shahridagi "Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sizga munosib ishlarni taklif qiladi.

👉 41.29782,69.352579,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.29782!4d69.352579?entry=ttu">LOKATSIYA

☎️ Batafsil maʼlumot olish uchun +998935465282, +998908080252, +998712076900 (109) telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇯🇵 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Yaponiya davlatida ishlab chiqarish sohasida ishlash uchun onlayn suhbat-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan fuqarolar kasb tajribalari va til bilish darajasiga muvofiq suhbatdan o'tkazildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Eslatma

🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida ishlayotgan fuqaro uch tomonlama shartnoma talablarini buzgan taqdirda O'zbekistonga deportatsiya qilinadi hamda ushbu fuqaro yoki uning kafili har oy uchun 1500 AQSH dollari miqdorida jarima to'laydi!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

‼️ 1 373 000 dollar. Koreya Respublikasida muvaffaqiyatli ishlab qaytgan fuqarolarga shuncha miqdoridagi pullar qaytarib beriladi.

🇰🇷 2004-2021-yillar oralig'ida Koreya Respublikasida E-9 hamda H-2 viza turlari asosida muvaffaqiyatli ishlab vatanga qaytgan 2482 nafar fuqaroning Samsung sug'urta to'lovlari hamda 13-oylik pullarini qaytarib berish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

(Qaysi hujjatlarni qayerga topshirishni batafsil videoda ko'rishingiz mumkin)

👉Fuqarolar ro'yxatini ko'rish.
👉Agentlik filiallari manzilini ko'rish.
👉Ariza anketasini yuklab olish.
👉Anketa to'ldirilgan na'munasini ko'rish.

‼️Eslatma: Bu pullar hozirgi kunda EPS markazi hisobida ham, Agentlik hisobida ham emas, balki HRD Koreani hisob raqamida turgan mablag‘lar hisoblanadi. Ro'yxatda mavjud fuqarolar hujjatlarni kamchiliklarsiz yig'ib topshirganlaridan so'ng, Agentlik va EPS markazi hujjatlarni Koreya tomonga yuboradi. Koreya tomon hujjatlarini ko'rib chiqib, fuqaroning o'zining nomiga ochilgan Milliy bank hisob raqamiga pulni o'tkazib beradi.


@mehnatvazirligi

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪O‘zbekiston – Germaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va Germaniya Bandlik federal agentligining xalqaro munosabatlar bo‘yicha direktori Aleksandr Vilgelm boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, fuqarolarni kasb-hunar va nemis tiliga tayyorlash, qurilish hamda yangi sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki loyiha – “Fit for Climate” hamda “APAL” pilot loyihalarini O‘zbekistonda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Sankt-Peterburgdagi "Stroy Neva", Sverdlovskdagi "Gruppa SVEL", Voronejdagi "Razvitiye", Yekaterinburgdagi "Soyuz" korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📍Sankt-Peterburg, Voronej va Yekaterinburgda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪Nemis tilini B1 darajada biladigan fuqarolar Germaniyada 2025-yil uchun Ausbildung va ishga taklif etiladi!

Soha: qishloq xo'jaligi texnikalari mexanigi

➡️ Ausbildung uchun talablar:

📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish

➡️ Ishlash uchun talablar:

📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakili aralashuvi bilan Chelyabinskda joylashgan qurilish korxonasida ishlab kelayotgan yurtdoshlarimizning ish beruvchi tomonidan berilmayotgan 340 ming rubl oylik maoshi undirib berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇯🇵 Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida ish bor!

Oylik ish haqi: 200.000 ~ 235.000 iyena (1350 ~ 1600$, brutto).

Nomzodlarga talablar:

💢Yapon tilini kamida N5 darajada bilish;
💢18-30 yoshdagi erkaklar;
💢Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
💢Sudlanmagan va sog‘lom;
💢Kamida 3 yil ishlashga tayyor bo'lish.

Ish vaqti: haftasiga 40-48 soat (qo'shimcha ish soatlari uchun ustama haq to'lanadi).

Ish beruvchi hisobidan:
Aviachipta, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha transfer.

❗️Tanlov ish beruvchi vakillari bilan suhbat asosida o'tkaziladi.

👉Ro'yxatdan o'tish (2024-yil 6-sentabr soat 17:00 gacha)

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 46) yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪 Germaniyada 2025-yil mart va avgust oylaridan Ausbildung!

Sizda nemis tilidan B1 sertifikati bo'lsa, unda hoziroq Germaniyada mehmonxona, gastranomiya, mexatronika va parvarish sohalarida kasbiy ta'limni o'rganish va ishlash uchun ro'yxatdan o'ting.

Nomzodlar uchun talablar:


💢Maktab shahodatnomasi;
💢Nemis tilidan kamida B1 (Geothe, ÖSD, TELC, ECL) darajadagi sertifikat;
💢Yosh chegarasi 18-35 yosh.

Afzalliklari:

🔹Stipendiya 1000-1300 yevro;
🔹Yashash joyi topishga ko'mak;
🔹Tibbiy sug‘urta;
🔹Kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi;
🔹Aeroportdan ish joyigacha bepul transfer.

Sohalar kesimida ro'yxatdan o'tish:

👉 Mexatronika
👉 Gastronomik sohalar
👉 Parvarish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇵🇱Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va Polsha-Osiyo savdo palatasi rahbari Y.Pexochinskiy boshchiligidagi delegatsiya o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Dastlab delegatsiya a'zolariga O'zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Agentlik faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O'zbekiston fuqarolarini Polsha davlatidagi bo'sh ish o'rinlariga vaqtincha mehnat faoliyatiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va uni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olinadi. Bunda:

🔹31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

🔹1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

🔹2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

🔹3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakili, Tyumen Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti va hududdagi yirik korxonalar rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

📍Permdagi “SPK”, Tyumendagi “ENKO GRUPP”, “Dorstroy” va “PK NOY” korxonalari rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish, hamkorlik qilish imkoniyatlari hamda istiqbollari muhokama qilindi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

“Fit for Climate” hamda “APAL” pilot loyihalari O‘zbekistonda amalga oshiriladi

👉 Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪 Germaniyada 2025-yil mart va avgust oylaridan Ausbildung!

Sizda nemis tilidan B1 sertifikati bo'lsa, unda hoziroq Germaniyada mehmonxona, gastranomiya, mexatronika va parvarish sohalarida kasbiy ta'limni o'rganish va ishlash uchun ro'yxatdan o'ting.

Nomzodlar uchun talablar:


💢Maktab shahodatnomasi;
💢Nemis tilidan kamida B1 (Geothe, ÖSD, TELC, ECL) darajadagi sertifikat;
💢Yosh chegarasi 18-35 yosh.

Afzalliklari:

🔹Stipendiya 1000-1300 yevro;
🔹Yashash joyi topishga ko'mak;
🔹Tibbiy sug‘urta;
🔹Kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi;
🔹Aeroportdan ish joyigacha bepul transfer.

Sohalar kesimida ro'yxatdan o'tish:

👉 Mexatronika
👉 Gastronomik sohalar
👉 Parvarish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Qozog‘iston Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib, vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik so‘raladi.

Aniqlanishicha, avtohalokatlarning asosiy qismi, nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanishingiz tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz uyda sizni oilangiz kutmoqda!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

❗️Chet davlatga ishga yuborish bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan tashqari ayni vaqtda 16 ta Xususiy bandlik agentligi ham litsenziya asosida faoliyat yuritadi.

1. "Reiwa"
Tel: 952040980 909450711
Manzil: Andijon shahri Boburshoh ko‘chasi 11-uy

2. "Mirai recruitment agency"
Tel: 977442010
Manzil: Farg‘ona shahri P.Mahmud ko‘chasi 23-uy

3. "Migo overseas consulting"
Tel: 993270098 692270098
Manzil:
Namangan shahri U.Nosir ko‘chasi 5-A-uy

4. "Turon World Cooperation"
Tel: 977000030 781470030
Manzil:
Shayxontohur tumani Abay ko‘chasi 13a uy

5. “Specialist Group"
Tel: 712001021 998501221
Manzil:
Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi
118-uy

6. "Naimix"
Tel: 712050500
Manzil:
Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi 36

7. "Etos"
Tel: 974608938
Manzil:
Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi 23a-uy

8. "Common Sense"
Tel:
903255900
Manzil:
Mirzo Ulug‘bek tumani "Bahor" MFY 56-uy

9. "Dhaef Global"

Tel: 772750550
Manzil:
Mirzo Ulug‘bek tumani Chust ko‘chasi 1-uy

10. "NUR MIGRATION SERVICES"
Tel: 909880071
Manzil:
Olmazor tumani Usta Shirin koʼchasi 125-uy

11. "THE BEST-STAFF"
Tel: 955057400
Manzil:
Samarqand shahri, "Toshkent" MFY 108-uy

12. "NPS Personal"
Tel: 555128787
Manzil:
Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 6-uy

13. "Workmall"
Tel:
712008600
Manzil:
Yakkasaroy tumani Glinka ko'chasi 41a-uy

14. "Mirshodjon power"
Tel: 909488151
Manzil:
Samarqand shahri Istiqlol ko'chasi 1a-uy

15. "Horizon work"
Tel: 998481202 883339172
Manzil:
Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko'chasi 53-uy

16. "World wide immigration"
Tel: 952308800 902273222
Manzil:
Samarqand shahri Ko'ksaroy maydoni 1-uy

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Chelyabinskda qurilish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshimiz D.P. so‘nggi ikki oyda ish beruvchi tomonidan 118 ming rubl ish haqi berilmayotgani haqida Agentlikning Yekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilgan.

Ish beruvchi bilan uchrashuv o‘tkazilib, yurtdoshimizning ish haqi undirib berildi va turar joy bilan taʼminlandi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Germaniya delegatsiyasi Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘ldi

Germaniya Hukumati ва biznes vakillaridan iborat delegatsiya dastlab mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, fuqarolarni kasb-hunar va nemis tiliga tayyorlash ва ishga jalb qilish maqsadida Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov delegatsiya aʼzolarini qabul qilib, “Fit for Climate” – Nemis biznes iqlimi uchun xalqaro iqtidorlarni jalb qilish pilot loyihasi yuzasidan fikr almashdi.

Unda loyihada ishtirok etish istagidagi fuqarolarni saralab olish, nemis tili kurslarini tashkil etish uchun o‘quv xonalari ajratish va ishtirokchilarni malakasini aniqlash uchun o‘quv amaliy ustaxona ajratilishiga kelishib olindi.

Delegatsiya shuningdek, Qarshi kommunal xo‘jaligi kollejidagi ustaxona faoliyati bilan tanishdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Hududlarda_tanlov

Hududlarda tanlovlar davom etmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining "Rusal Komplektatsiya" va “SPAR Midl Volga” korxonalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Ish beruvchi nomzodlarni rus tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab oldi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1600 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18-50 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.
🔹 yashash joyi.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;

👉 Ro'yxatdan o'tish (5-sentyabr soat 18:00 ga qadar)

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 66), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami muborak bo‘lsin!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

⚡️Koreyaning "iqtisodiy poytaxti”ga borib ishlash osonlashdi

🇰🇷Koreyaga ishchi vizalarini olish bo‘yicha mavjud stereotiplar olib tashlanayapti. Ulsan shahri hokimligi hamyurtlarimizga viza berish tizimini yo‘lga qo‘yib, mutaxassislarni ushbu shahardagi yirik sanoat obyektlariga ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Shu vaqtgacha viza berish Koreya Adliya vazirligi tomonidan hal etilgan va qiyinchiliklar mavjud edi.

Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Ulsan shahar hokimi Kim Du Gyum bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilindi.

👉BATAFSIL

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Mustaqillikning_shonli_33_yili

🇬🇧🇯🇵 Buyuk Britaniya va Yaponiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz tabrigi

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪Germaniya

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning "ConsultingUz" tashkiloti orqali "EUROPA-PARK GmbH" kompaniyasida mehmonxona, restoran, oshxona sohalarida ishlash uchun 16 nafar yurtdoshimiz ushbu davlatga joʻnab ketdi.

Ish haqi: 2 300 yevro
Shartnoma muddati: 1 yil

Ma'lumot o'rnida, lohiya bo'yicha o'quv kursiga qabul davom etmoqda.

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bog‘ishamol dahasi, Xalqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy. Aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi (sobiq Bog‘ishamol pedagogika kolleji).
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112v-v uy. KOICA o'quv markazi.
Mo‘ljal: Sobiq Melkombinat.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…
Subscribe to a channel