Kelgusida o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga Е-8 vizasi bo‘yicha ham ishga yuboriladi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Respublikasi Adliya vazirligining immigratsiya departamenti rahbari Kim Jong Do boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Muloqotda Koreyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni ushbu davlatga nafaqat Е-9 (noprofessional), balki Е-8 (mavsumiy) hamda Е-7 (professional) vizalari asosida yuborish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, o‘zbekistonliklarning Koreyada noqonuniy mehnat faoliyatini olib borish holatlariga butkul barham berish yuzasidan kelishib olindi.
@mehnatvazirligi
#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Voronejdagi “EkoNiva”, Xabarovskdagi “Gorodskiye kvartali”, “RatsioPolis”, Chelyabinskdagi “Ravis”, “Yujuralzoloto”, “AlfaDorStroy” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📍Sankt-Peterburg va Permda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatildi.
👉 Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Won Do Yon bilan uchrashdi.
Behzod Musayev dastlab janob Won Do Yonni mamlakatimizda yangi elchi sifatida faoliyat boshlagani bilan tabrikladi. Uchrashuvda aholini kasb-hunarga o‘qitish, Koreya mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib ushbu davlatga tashkillashtirilgan tartibda ishchi kuchini yuborish, kasbiy malakalarni baholash kabi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda barpo etilgan Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlaridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida ishsiz fuqarolarga zamonaviy kasblar o‘rgatilib, bandligi ta'minlanmoqda.
Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan beshinchi markaz barpo etilayapti.
Qolaversa, Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va o'qituvchilar malakasini oshirish markazi qurilishi boshlandi.
Umumiy hisobda bugungi kunda 20 million dollarlik loyihalar amalga oshirilayotgan bo'lb, kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish kerakligi ta'kidlandi.
Shuningdek, yaqinda yurtimizga tashrifi rejalashtirilgan Koreya Respublikasi Adliya vazirligi va Ulsan provinsiyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar kun tartibi, kutilayotgan kelishuvlar yuzasidan fikr almashildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇯🇵 Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida ish bor!
Oylik ish haqi: 200.000 ~ 235.000 iyena (1350 ~ 1600$, brutto).
Nomzodlarga talablar:
💢Yapon tilini kamida N5 darajada bilish;
💢18-30 yoshdagi erkaklar;
💢Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
💢Sudlanmagan va sog‘lom;
💢Kamida 3 yil ishlashga tayyor bo'lish.
Ish vaqti: haftasiga 40-48 soat (qo'shimcha ish soatlari uchun ustama haq to'lanadi).
Ish beruvchi hisobidan:
Aviachipta, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha transfer.
❗️Tanlov ish beruvchi vakillari bilan suhbat asosida o'tkaziladi.
👉Ro'yxatdan o'tish (2024-yil 31-avgust soat 17:00 gacha)
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 46) yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Krasnodardagi “AVA”, “Insiti”, Sverdlovskdagi “Sevuralboksitruda” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
👉 Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Germaniya ish beruvchi tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Yevropa davlatlarida yuk avtomobillarini haydash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni tayyorlash jarayonlarini O‘zbekiston hududida tashkil etish maqsadida Germaniyadan 2 ta yuk avtomobili olib kelindi.
👉 Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xorijda ishlamoqchimisiz? Chet tili va kasb o‘rganing, aldanmaysiz!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
O‘zbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qo'yilganmi?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!
Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro
Nomzodlar uchun talablar:
💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.
Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.
Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.
👉 Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Rossiyaga borayotgan fuqarolar ogohlantiriladi
So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.
Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan, ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi so‘raladi.
Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etiladi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇬🇧O'zbekiston – Buyuk Britaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi T. Smart bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston fuqarolarini Buyuk Britaniyaga jo‘natish bo‘yicha mavjud muammolarni hal qilish masalalari va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Germaniyaning “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” korxonasida ishlashni istaysizmi?
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
O‘zbekistonning migratsiya strategiyasini xalqaro norma va standartlar asosida ishlab chiqish borasida faol ish olib borilmoqda
👉 Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
O‘zbekiston Parij Olimpiadasida tarixiy natija qayd etdi
Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatli o‘yin bo‘ldi. 13 ta medal bilan 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyoda va MDHda 1-o‘rinni hamda Osiyoda 4-o‘rinni egalladi.
🥇8 ta oltin:
Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg)
Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg)
Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg)
Hasanboy Do‘smatov (boks, -51 kg)
Abdumalik Xalakov (boks, -57 kg)
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, -71 kg)
Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg)
Bahodir Jalolov (boks, +92 kg)
🥈2 ta kumush:
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, -102 kg)
Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg)
🥉3 ta bronza:
Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo, -100 kg)
Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg)
G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg)
Sportchilarimizni va xalqimizni ushbu tarixiy g‘alabalar bilan tabriklaymiz!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇬🇧O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmlari qanday ishlaydi?
Buyuk Britaniyaning ommabop "The London Post" yangiliklar portalida "O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmlari qanday ishlaydi?" sarlavhali maqola chop etildi.
👉 Maqolani to'liq o'qish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🔹Qonuniy mehnat migratsiyasining qanday afzalliklari bor?
🔹Xorijda qiyin ahvolga tushib qolmaslik uchun nimaqilish kerak?
🔹Mehnat migrantlari uchun qanday imkoniyatlar bor?
Shu va boshqa savollarga quyidagi telekanallar orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarda javob olasiz:
1. "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Agar" ko'rsatuvi
2. "Milliy" telekanalining "Gapirmasak bo'lmaydi" tok-shousi
3. "Sevimli" telekanalining "Yangi hayot" tok-shousi
4. "Mahalla" telekanalining "Minbar" ko'rsatuvi
5. "O'zbekiston 24" telekanalining "Studiya 24" tok-shousi
6. "Toshkent" telekanalining "Yangi taraqqiyot davri" ko'rsatuvi
7. "Zo'r tv" telekanalining "O'zimizda" tok-shousi
8. "Yoshlar" telekanalining "Rostini ayting" tok-shousi
9. "Mening yurtim" telekanalining "Gapiring" tok-shousi
10. "Renessans tv" telekanalining "Renessans minbari" tok-shousi
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Mustaqillikning_shonli_33_yili
🇩🇪 Germaniyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshimiz tabrigi
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Mustaqillikning_shonli_33_yili
🇰🇷Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshimiz tabrigi
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Nemis tilini o‘rganib, Germaniyaga ishga ketmoqchimisiz?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇧🇪 Belgiyaga avtoslesar va avtotexniklar ishga taklif etiladi!
Sohalar:
– Yuk avtomobili va boshqa texnikalarga xizmat ko'rsatuvchi mutaxassis (avtoslesar);
– Qurilish, qishloq xo'jaligi va yuk ko'tarish texnikalari bo'yicha texnik.
Oylik ish haqi: 2100 yevro
Nomzodlar uchun talablar:
🔹ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
🔹yuk avtomobili mexanigi va elektrigi sohasida texnik maʼlumot;
🔹yuk avtomobili pnevmatikasi, gidravlikasi, elektronikasi va elektrigi sohalarini bilish;
🔹yuk avtomobili tormoz tizimi va dvigatel boshqaruvini bilish;
🔹yuk avtomobili diagnostikasi va nazorat uskunalari bilan ishlash tajribasi;
🔹yuk avtomobilini boshqarish guvohnomasiga ustunlik beriladi;
🔹25-40 yoshdagi erkaklar;
🔹sudlanmagan.
Ish beruvchi hisobidan:
✅ ishlash uchun ruxsatnoma;
✅ ishchi vizasi;
✅ ishga joylashish uchun ro'yxatga olish xarajatlari.
Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmati, o'qitish va ko'niktirish, aviachipta xarajatlari.
👉 Ro'yxatdan o'tish (29-avgust soat 14:00 ga qadar)
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniya
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan navbatdagi tinglovchilar Germaniyaga joʻnab ketdi.
Ish turi: tibbiyot
Ish haqi: 2500 yevro
Shartnoma muddati: kamida 3 yil
Ma'lumot o'rnida, lohiya bo'yicha o'quv kursiga qabul davom etmoqda.
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!
Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro
Nomzodlar uchun talablar:
💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.
Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.
Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.
👉 Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda “31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan bugun “Shahidlar xotirasi” majmuasida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bir guruh xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda o‘tgan asr boshida yurtimizda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz oydinlari hayoti va faoliyati xususida so‘z yuritildi.
Ziyolilarning qatag‘on qilinishi sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga erishishda ularning hissasi hamda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz nomini oqlash, xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar e’tirof qilindi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Kutilayotgan_loyihalar
Germaniyaga ketish uchun yangi loyihalarga start berilmoqda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya federal bandlik agentligi hamkorligida O‘zbekistonda quyida ko'rsatilgan soha mutaxassislari uchun nemis tilini o'qitish loyihalariga start berilishi rejalashtirilmoqda.
✔️Malakali mutaxassislar uchun (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1 yillik tajriba va 2 yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar);
✔️ Diplomga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi).
Loyihalar joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Eslatma
Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!
So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.
Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Germaniya ish beruvchi tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Yevropa davlatlarida yuk avtomobillarini haydash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni tayyorlash jarayonlarini O‘zbekiston hududida tashkil etish maqsadida Germaniyadan 2 ta yuk avtomobili olib kelindi.
👉Batafsil videoda
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Sankt-Peterburgdagi “Armagan”, Chelyabinskdagi “TSK Noviy vek”, “YevroDom”, “Energoinjiniring” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📍Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
👉 Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇧🇾 Belarusning “Belavtomaz” korxonasida ishlash uchun 31 nafar yurtdoshimiz jo‘nab ketdi
Fuqarolarimiz 5 kun 8 soatdan mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Oylik maosh o'rtacha 720 AQSH dollarini tashkil etadi.
Ish turi: avtomobilsozlik
Shartnoma muddati: 1 yil
Aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyaning “Novo Agency” tashkiloti bilan hamkorlikda tibbiyot sohasi vakillarini Germaniyaga ishga taklif etadi.
Videoda aytilgan talablarga mos bo'lsangiz ushbu raqamga👇🏻
+998 88 239 32 23 qo'ng'iroq qiling.
➡️ Va ro'yxatdan o'ting!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolar uchun joriy yil 18-25-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) bo'lib o'tgan edi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ishlab chiqarish sohasi bo’yicha malaka imtihonidan jami 6774 nafar nomzod muvaffaqiyatli o'tgan.
👉Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar
Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining filiallariga 13-avgustdan boshlab taqdim etish so‘raladi.
👉 Anketani yuklab olish
👉 Hududiy filiallar manzillari
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish