🇷🇸Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlashni xohlaysizmi?
▪️ish haqi 688 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
▪️yosh chegarasi 20-50 yosh;
▪️kafolatlangan oylik ish soati - 200 soat;
▪️bepul yashash joyi;
▪️bepul 3 mahal ovqat;
▪️tibbiy sug‘urta;
▪️shartnoma yakunlangandan so'ng 150 yevro bonus.
Talablar:
▪️Rus yoki ingliz tilini bilish;
▪️Jismonan sog‘lom bo‘lish;
▪️Agentlik to'lovi (5 BHM) va aviachipta.
Shartnoma muddati 2024-yil 10-avgustdan 10-dekabrgacha!
👉Ro‘yxatdan o‘tish (11-iyul soat 18:00 ga qadar)
👉OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
👉Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning Sharqiy Tyuringiya/Gera shahridagi savdo-sanoat palatasi va "DBZentrum" o'quv markazi hamkorligida nemis tili markazi faoliyat ko'rsatmoqda.
Ushbu o'quv markazida ta'lim olib xalqaro sertifikatni qo'lga kiritgan ishtirokchilar kelgusida Ausbildung tizimi orqali Germaniyaga yuboriladi.
📍Manzil: Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz ko'chasi 16-uy, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti binosining 5-qavati
☎️Murojaat uchun: (50) 571 02 29, (88) 178 83 33.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyada IT sohasida ishlaydi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning “CAL” Co. Ltd." tashkiloti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Unda yapon kompaniyasi vakillari tomonidan joriy yilning aprel oyida Toshkentda tashkil etilgan IT hamda yapon tiliga tayyorlash kurslari faoliyati haqida maʼlumotlar almashildi.
Tadbir yakunida esa 200 nafar fuqaroni IT va elektrotexnika sohalari bo‘yicha Yaponiyaga ishga jalb qilish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Namangan viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇸🇰 Slovakiyaga ishga ketish uchun nima qilish kerak?
Bugun, 4-iyul soat 15:00 da Slovakiyaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi.
Muloqotni jonli kuzatish:
👉 Тelegram
👉 Facebook
👉 Instagram
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇱🇻 Payvandchilar Latviyaga ishga taklif etiladi!
Afzalliklari:
− ish haqi 1500 yevro (netto - soliqlar ushlangandan keyin));
− haftada 5 ish kuni;
− bepul yashash joyi;
− tibbiy sug‘urta;
− bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar.
Talablar:
📍18-45 yosh;
📍TIG, MIG/MAG payvandlash sertifikati;
📍kamida 4 yillik ish tajribasi;
📍chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
📍rus yoki ingliz tilini bilish;
📍jismonan sog‘lom bo‘lish;
📍viza va Latviyaga borish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
Ish tajribasi rasmiy bo‘lishi lozim!
Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolardan quyidagi havola orqali 5-iyul soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
❗️Suhbat vaqti va joyi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#tig_mig_mag; #payvandlash; #сварка;
O'zbekistonda TIG, MIG, MAG payvandlash turlari bo'yicha sertifikatlarni qayerdan olish mumkin?
Batafsil ma'lumot uchun: +998900181908, +998950447250
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Farg'ona viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇸🇪O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot almashildi.
Tadbir yakunida esa kelgusidagi ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Jizzax viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Kutilayotgan_loyihalar
Germaniyaga ketish uchun yangi loyihalarga start berilmoqda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya federal bandlik agentligi hamkorligida O‘zbekistonda quyida ko'rsatilgan soha mutaxassislari uchun nemis tilini o'qitish loyihalariga start berilishi rejalashtirilmoqda.
✔️Malakali mutaxassislar uchun (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1 yillik tajriba va 2 yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar);
✔️ Diplomga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi).
Loyihalar joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Germaniyaning 10 yillik tajribaga ega va dunyoning 18 ta davlati bilan hamkorlik shartnomasi mavjud "JD East" tashkiloti Xorazmning Urganch shahrida hamda Qoraqalpog'istonning Ellikqalʼa tumanida nemis tili kurslarini yo'lga qo'ydi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida ishlash maqsadida 2024-yil 8-13-fevral kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 15-aprel kunidan 13-iyun kuniga qadar EPS-Topik imtihoni bo'lib o'tgan edi.
Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) taqdim etgan natijalarga ko‘ra, ishlab chiqarish sohasi bo'yicha 7162 nafar nomzod imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan.
👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar
❗️Nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.
Malaka imtihoni aniq vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog'liq, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, xonadoningizga tinchlik va xotirjamlik tilaymiz.
Hurmat bilan,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "Bildung und Beruf GmbH" tashkiloti o'rtasida mehmonxona, gastronomiya, bank, qurilish, qishloq xo'jaligi hamda tibbiyot sohalariga fuqarolarni ishga va Ausbildung tizimi orqali kasb-hunar o'rganishga jalb qilish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Tez kunlarda ushbu sohalar bo'yicha "Xorijda ish" platformasi orqali e'lonlar beriladi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar anketasi bazaga tanlovga qadar kiritilmasa nima bo'ladi yoki anketadagi maʼlumotlar noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, uni to‘g‘irlasa bo‘ladimi?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇧🇬Fuqarolar Bolgariyaga ishga taklif etiladi!
Sohalar:
− g'isht teruvchi (каменщик) - 1300$;
− tashqi qoplama montajchisi (монтажник навесных фасадов) - 1300$;
− alyuminiy romlarni o'rnatish (установщик алюминиевых оконных рам) - 1300$.
❗️Nomzodlar uchun talablar:
G'isht teruvchi:
🔹Metal konstruksiyalar uchun g'isht terish tajribasi;
🔹Poydevor, yuk ko'taruvchi devor va bo'laklar, ustun, kamar, tonozlarni qurish malakasi;
🔹konstruksiyalar uchun prefabrik temir-beton elementlarini birlashtirish;
🔹rus tilini bilish.
Tashqi qoplama montajchisi:
🔹fasad keramikasi - lamenam, alyuminiy-plastmassa kompozit materiallar bilan ishlash tajribasi;
🔹rus tilini bilish.
Alyuminiy romlar o'rnatish mutaxassisi
🔹Duradgorlik sohasida tajriba;
🔹Deraza va oyna o'rnatish tajribasi;
🔹rus tilini bilish.
Umumiy talablar:
🔹 oilali, 25-35 yoshdagi erkaklar;
🔹 sudlanmagan;
🔹 sohada kamida 5 yillik tajriba.
Ish beruvchi hisobidan:
✅ Yashash joyi;
✅ Aviachipta;
✅ Ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
✅ Oziq-ovqat.
Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmati, o'qitish va ko'niktirish uchun;
📍viza to'lovi.
👉Ro'yxatdan o'tish (g'isht teruvchi);
👉Ro'yxatdan o'tish (tashqi qoplama montajchisi);
👉Ro'yxatdan o'tish (alyuminiy romlarni o'rnatish mutaxassisi)
❗️7-iyul soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Samarqandda 2 nafar fuqaroni 24 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini vaʼda qilib, har biridan 12 000 AQSH dollaridan jami 24 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 4 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇷🇺Tatariston ish beruvchilari bilan uchrashuv
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va Tatariston Respublikasi ish beruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik, xususan, Tataristonda mavjud ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish imkoniyatlari, nomzodlar malakasini oshirish, ularning ijtimoiy himoyasi kabi masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida nomzodlarni tayyorlash va baholash jarayonini boshlash, ish beruvchilar bilan yangi formatda shartnomalar imzolash, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti orqali rus tili bo‘yicha sertifikat berishni soddalashtirish yuzasidan kelishib olindi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:
Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram
Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram
Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram
Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram
Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram
Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram
Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram
Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram
Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram
Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram
Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram
📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Xorazm va Andijon viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Tanlovlarda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari!
2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar yurtimizda "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
🔹 🔹 🔹
Уважаемые соотечественники, и гости нашей страны!
С 1 июля по 1 августа 2024 года по республике проводится мероприятие ""Чрезвычайные 30 дней" обеспечения пожарной безопасности".
Просим принять активное участие.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun viza berish rad etilishi mumkinmi?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniyaga o'qish va ishga ketish uchun nima qilish kerak?
👉“MY5” telekanalining "Efirda Turaxonov" ko‘rsatuvida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolarni Angliya, Kanada, Serbiya va Bolgariyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi fuqaro A.Sh. fuqaro Sh.B. va boshqalarni Angliyaga ishga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 18 000 AQSH dollarni qo‘lga kiritganini aniqlagan.
Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari esa fuqaro X.T. fuqaro S.K. ni Kanadaga ishga yuborishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlagan.
Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro I.J. fuqaro E.X. ni 1 500 AQSH dollari evaziga Serbiya yoki Bolgariyaga ishlash uchun viza olib berishini aytib, 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga!
Kemasozlik, qurilish, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlash maqsadida 2024-yil bo’lib o’tgan EPS-Topik va Malaka imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarning anketa ma’lumotlarini Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining SPAS elektron bazasiga kiritish ishlari yakunlanganini ma’lum qilamiz.
Bugungi kunga qadar anketa ma’lumotlarini topshirmagan nomzodlardan anketa ma’lumotlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi markaziy apparati yoki hududiy filiallariga topshirishini so’raymiz.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Sirdaryo viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xorazm viloyatida va Qoraqalpog'istonda nemis tilini o'qitish kurslariga start berildi
Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida "JD East" tashkilotining Xorazm viloyatida va Qoraqalpog‘istonda nemis tili kurslari tashkil etildi.
Taʼkidlash joiz, Germaniyaning "JD East" tashkiloti va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamkorligida bugungi kunga qadar qishloq xo‘jaligi, mehmonxona, gastronomiya sohalarida ishlash uchun fuqarolar Germaniyaga jo‘natilmoqda.
Ushbu hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida "JD East" tashkilotining Xorazm viloyati Urganch shahrida vakolatxonasi va nemis tili o’qitish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida Germaniyada ishlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etilib, tumanda nemis tili kurslariga start berildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.
Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.
Batafsil yuqoridagi infografikada.
* * *
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇷🇸Serbiyada qishloq xo'jaligi sohasida ishlash maqsadida Namangan, Sirdaryo va Farg'ona viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Tanlovlarda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish