26-iyun — Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni
🔹 🔹 🔹
26 июня — Международный день борьбы с наркозависимостью
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyaga ishga jalb etiladi
Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning “Haneda Turtle Service” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish, bu borada Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng, texnik stajyorlik va maxsus malakali ishchi dasturlari doirasida O‘zbekiston fuqarolari logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Agentlik va “Haneda Turtle Service” kompaniyasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇸🇰 Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor
Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.
▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
👉Ro'yxatdan o'tish
❗️MUHIM:
👉Ro'yxatdan o'tish uchun rus tilidan test topshiriladi!
👉Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi qanday ishlamoqda?
Batafsil "Mahalla" telekanalining "Minbar" tok-shousida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Rossiyada mehnat migrantlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida yuz bergan holat yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Voronej shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan reyd o‘tkazilib, unda O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, xabarlarda aks etgan holat joriy yilning 7-iyun kuni Voronej shahridagi “Razvitiye” qurilish hududida yuz bergan.
Reyd tadbiri o‘tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.
Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli jarima shaklida maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.
Shu o‘rinda, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migratsiya qonunchiligini buzmaslik so‘raladi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇩🇪
Xabar berilganidek, Germaniyaning 10 dan ortiq salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Bugun ushbu ish beruvchi tashkilotlar vakillari va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarni tayyorlash tizimi haqida so‘z yuritilib, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪 Germaniya 10 dan ortiq ish beruvchi tashkilotining elektrik, payvandchi, duradgorlik, avtochilangar, mehmonxona, restoran, IT, qishloq xo‘jaligi, hamshiralik, parvarishlash kabi sohalardagi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
📹Batafsil videoda
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇩🇪 Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Germaniyaning 10 dan ortiq salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida "Mehnat yarmarkasi" davom etmoqda.
👉 lokatsiya
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Bugungi kunda O‘zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari kengayib, mehnat munosabatlari sohasida ham yangi bosqichda davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil Germaniyaga amalga oshirgan tashrifi davomida mazkur mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari bilan oʻtkazgan muzokaralar jarayonida yurtdoshlarimizni Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish, ularni malakali mutaxassis sifatida yuqori maoshli ish o‘rinlariga joylashtirishga qaratilgan "Migratsiya va mobillik" hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqish taklifi ilgari surilgan edi.
Shundan keyin ikki mamlakat vazirlik va idoralari vakillaridan tashkil topgan ishchi guruhi faoliyat olib bordi.
Bugun Samarqand shahrida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Federal hukumatning migratsiya shartnomalari boʻyicha maxsus vakili Janob Shtamp boshchiligidagi ishchi guruh bitimning yakuniy – 4-bosqich muhokamalarini oʻtkazdi.
Ushbu bitim imzolansa yurtdoshlarimizni Germaniya standartlari asosida kasb-hunarga o‘qitish, nemis tilini o‘rgatish hamda ushbu davlatda yuqori daromadli ishlarga joylashtirish imkoniyati yanada kengayadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
💵Siz xorijda yuqori maosh olishni istaysizmi?
🎞Unda videoni oxiragacha ko'ring!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Eʼlon!
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkaziladi.
Qachon va qayerda?
📍2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha;
📍Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida.
👉 lokatsiya
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
📍Tuladagi “Vneshstroy”, Ufadagi “Alizade”, Lipeskdagi “Biznes Protsess”, “ZMK Texno”, “Ilpea-Sar”, “ODSK-Stroy LIPESK”, Krasnoyarskdagi “Eskalyera”, “SpesStroy”, “Yujniy”, “M-Avto”, “Lipesksantexmontaj-1” va Kalugadagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ish beruvchilar bilan O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish, mehnat migrantlariga munosib yashash va ish sharoitlarini yaratib berish masalalari muhokama qilindi.
📍Mehnat migrantlari bilan uchrashuvlarda ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi, aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
📍Sankt-Peterburg, Voronej va Permda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇷🇸Yurtdoshlarimiz Serbiyada ishlash uchun tanlovlarda ishtirok etmoqda
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Jizzax, Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlari filiallarida Serbiya ish beruvchi tashkiloti vakillari tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun onlayn tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Tanlovda ish beruvchi tomonidan fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar berilmoqda.
Kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olingan nomzodlar tashkiliy tarzda ishlash uchun yuborilishi belgilanadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Janubiy Koreyadagi zavodda yuz bergan yong‘in yuzasidan
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi "Aricell" litiy batareyalar zavodida 24-iyun kuni yong‘in sodir bo‘lgan.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan va ularning 20 nafari chet davlatlar fuqarolari hisoblanadi.
Ushbu yong‘in oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar orasida hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Slovakiya, Polsha hamda Serbiyada ish
Ushbu davlatlar 20-46 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini biladigan yurtdoshlarimizni quyidagi sohalarda ishga taklif etmoqda.
🇸🇰SLOVAKIYA 4000 nafar avtomobil zavodida ishlovchi mutaxassis hamda 2000 nafar elektrik va payvandchini (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi).
▪️oylik maosh – 1000 yevrodan 1900 yevrogacha.
🇵🇱POLSHA 650 nafar avtobus haydovchisini (sohada 5 yillik tajriba talab etiladi) hamda 9000 nafar qurilish va ishlab chiqarish sohasida ishlash istagidagi yurtdoshimizni.
▪️oylik maosh – 1200 dollardan 2600 dollargacha.
🇷🇸SERBIYA 350 nafar mavsumiy qishloq xo‘jaligi hamda 500 nafar qurilish sohasida ishlash istagidagi hamyurtimizni.
▪️oylik maosh – 1000 yevrodan 1400 yevrogacha.
Yuqoridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉ro‘yxatdan o‘tish
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha mamlakatimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan Xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
☎️ Murojaat uchun telefon: 71-205-05-00
📍 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36-uy.
📍Lokatsiya
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Fuqarolarni AQSH va Germaniyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro A.E. fuqaro L.Q. ni 17 500 AQSH dollari evaziga Yevropa orqali AQSHga ishga yuborishini aytib, oldindan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda esa fuqaro I.A. fuqaro Z.L. ni tanishlari orqali Germaniyaga ishga yuborish evaziga 5 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
Xorijda ishlab qaytgan fuqarolarga ham pensiya tayinlanadimi?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇸🇰 Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor
Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.
▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
👉Ro'yxatdan o'tish
❗️MUHIM:
👉Ro'yxatdan o'tish uchun rus tilidan test topshiriladi!
👉Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪 Germaniyaning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
📹Batafsil "UzReport tv"da
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
🇰🇷Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolar qaysi turdagi mahsulotlarni o‘zlari bilan aeroport hududidan olib o‘tishlari mumkin?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizning huquqlari qay darajada ta’minlanmoqda?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasida xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
👉Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolarni AQSH va Polshaga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro I.A. fuqaro Sh.Sh. ni tanishlari yordamida Turkiya orqali aylanma yo‘llar bilan AQSHga jo'natishi evaziga 334 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro V.G. fuqaro A.Y. ni tanishlari yordamida Polshaga ishga jo'natishi evaziga 550 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇩🇪Germaniyaning bir qator salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" boshlandi.
Yarmarkada elektrik, payvandchi, duradgorlik, avtochilangar, mehmonxona, restoran, IT, qishloq xo‘jaligi, hamshiralik, parvarishlash kabi sohalarda bo'sh ish o'rinlari taklif etilmoqda.
📍Manzil: Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi.
👉 lokatsiya
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Eʼlon!
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkaziladi.
Qachon va qayerda?
📍2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha;
📍Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida.
👉 lokatsiya
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Islom olamining eng ulug' ayyomi "Iyd-al Adha" - Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Ushbu muborak kunda ezgu niyatlar ijobat bo‘lsin. Barcha vatandoshlarimizga tan-sihatlik, xotirjamlik, osuda hayot va ikki dunyo saodatini tilab qolamiz!
Hurmat ila Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?
🔹Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam oladi.
🔹15-iyun, shanba – 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;
🔹16-iyun, yakshanba – Qurbon hayiti;
🔹17-iyun, dushanba – barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
🔹18-iyun, seshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya toʻlanadi
Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi. (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Bunda:
− subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan toʻlanadi;
− mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya toʻlash uchun asos boʻlib hisoblanadi;
− mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar, deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan koʻp vaqt boʻlmagan shaxslar tushuniladi.
✅Ayni paytda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Onlayn mahalla” elektron platformasida “Reintegratsiya” moduli yaratilgan boʻlib, har bir mahallada “mahalla yettiligi” tomonidan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni xatlovdan oʻtkazish va natijalarini “Reintegratsiya” moduliga kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
✅Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga reintegratsiya yordami koʻrsatilishi va ularning rasmiy bandligi taʼminlanishi hokim yordamchilari faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) biri etib belgilangan.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇬🇧O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyada ishlayotgan yurtdoshlarimizning yashash va ish sharoitlarini o‘rgandi
Tashqi ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyaning Linkolnshir shahridagi "Staples Vegetables" fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, bu yerda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashdi.
👉 Batafsil "Dunyo" axborot agentligida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish