🇩🇪 Hamshiramisiz? Germaniyada oyligi salkam 30 mln soʻmdan boshlanadigan ish bor
Hamshiralik, davolash ishi, doyalik yoʻnalishlarida kollej yoki texnikum diplomiga ega, 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar Germaniyaga ham borib ishlashi mumkin.
O‘qish, viza, aviachipta va boshqa xarajatlar to‘lab beriladi. Batafsil videorolikda.
👉 Roʻyxatdan oʻtish
▪️OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
▪️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
"ConsultingUz" tashkiloti orqali Germaniyadagi qaysi sohalarda ishlash mumkin?
👉 Batafsil "Navoiy" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Rasmiy_bayonot
Rossiyadagi bir guruh fuqaro murojaati yuzasidan
Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun borgan bir guruh yurtdoshimizning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Murojaatni o‘rganish natijasida maʼlum bo‘lishicha, joriy yil 21-may kuni 47 nafar (42 nafari O‘zbekiston fuqarosi, 6 nafari boshqa davlat fuqarosi) Rossiyaning Tver viloyatidagi “Karal” korxonasiga ish beruvchi bilan o‘zaro kelishuv asosida mustaqil ravishda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan.
Sharoitlardan norozi bo‘lib, ishlashni istamagan fuqarolarning 11 nafari o‘z xohishiga ko‘ra, ishdan bo‘shagan va 4 nafari esa ushbu korxonaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan baliqni qayta ishlash zavodiga ishga yuborilgan. Fuqarolarning 32 nafari bugungi vaqtda ushbu korxonada mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
Vakolatxona xodimlari tomonidan “Karal” korxonasi vakillari bilan aloqa o‘rnatilgan va hozirgi vaqtda vaziyatga yana-da oydinlik kiritish maqsadida holatni o‘rganish davom etmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniyaning bir qator tashkilotlari bilan hamkorlikka ko'ra, xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish, tibbiyot va qurilish sohalariga ish beruvchilarning talab darajasidagi nomzodlar yig'ilmayotgani sababli qayta e'lon berilmoqda
👉Quyidagi havolalar orqali batafsil ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish mumkin:
✅ "Duvenbeck" – yuk avtomobili haydovchisi, oylik maosh 2200 yevrodan boshlanadi;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
✅ "NoVo Agency" – hamshiralik va parvarish sohasi, oylik maosh 2000 yevro va kasbiy tasdiqlangandan keyin 2200 yevrodan boshlanadi. Buxoroda nemis tilini o'qitish bo'yicha dastur yo'lga qo'yilgan;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
✅ "ConsultingUz" – hamshiralik, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
– mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlab;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
✅ "The International Placement People" – mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
☎️ +998 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantiriladi!
So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.
Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪 Saksoniya Anhalt Federal o‘lkasining Bosh vaziri Rayner Xazeloff bilan muzokara olib borildi.
Mazkur hududning iqtisodiyot, bandlik va ta’lim vazirliklari vakillari ishtirokidagi uchrashuvda shu yilning o‘zida mamlakatimizdan dastlabki 28 nafar nemis tili o‘qituvchisini Germaniyaga yuborib 2 oy davomida malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassisalar tajriba to‘plab qaytganidan so‘ng ularni vazirlik huzuridagi "Ishga marhamat" monomarkazlariga jalb etish orqali nemis tili kurslari sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu uzluksiz davom etadi.
Yurtimizdagi nemis tili mutaxassislarining Germaniyada ta'lim olishi hamda hamyurtlarimizning ushbu davlatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borishida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan yordam berayotganligi alohida qayd etildi.
Muzokaralar davomida fuqarolarimizni korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilish va yoshlarni dual ta’lim tizimi asosida o‘qitish masalalari o‘rtaga tashlandi va mazkur loyihalarni tez fursatlarda hayotga tatbiq etishga kelishib olindi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
#Berlin
“Deutsche Bahn” – Germaniya temir yo‘llari
Darvoqe, bugungi kunda Germaniya temir yo‘llarining o‘zida kamida 800 nafar mаshinistga talab bor ekan. Muloqotlar yo‘l-yo‘lakay davom etmoqda...
🇩🇪Germaniyaning bir qator tashkilotlari bilan hamkorlikka ko'ra, xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish, tibbiyot va qurilish sohalariga ish beruvchilarning talab darajasidagi nomzodlar yig'ilmayotgani sababli qayta e'lon berilmoqda
👉Quyidagi havolalar orqali batafsil ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish mumkin:
✅ "Duvenbeck" – yuk avtomobili haydovchisi, oylik maosh 2200 yevrodan boshlanadi;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
✅ "NoVo Agency" – hamshiralik va parvarish sohasi, oylik maosh 2000 yevro va kasbiy tasdiqlangandan keyin 2200 yevrodan boshlanadi. Buxoroda nemis tilini o'qitish bo'yicha dastur yo'lga qo'yilgan;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
✅ "ConsultingUz" – hamshiralik, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
– mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlab;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
✅ "The International Placement People" – mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi;
📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish
☎️ +998 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
Ukam 19 yoshda koreys, nemis va ingliz tillaridan birini o'rganmoqchi, mazkur tillarni o'qitish bo'yicha Agentlik bilan hamkor o'quv markazlari mavjudmi?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
🇭🇺 Vengriyada ishlamoqchi bo'lgan yuk avtomobili haydovchilari uchun tanlov o'tkazildi
Nomzodlar nazariy va amaliy imtihon asosida ish beruvchi vakili tomonidan tanlab olindi.
Ish haqi: 1800 yevro
Shartnoma muddati: 2 yil
Viza, yashash va ovqatlanish bilan bog'liq barcha xarajatlar nomzod hisobidan. Aviachipta, ish joyidagi tibbiy sug'urta ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Firibgar 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro B.K.ning ishonchiga kirib, uni 7 000 AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇭🇺
Bugungi hamkorlik uchrashuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati hamda Vengriyaning "BI-KA Ltd. Logistics" kompaniyasi vakillari o'rtasida bo'lib o'tdi.
Unda o'zbekistonlik yuk avtomobili haydovchilarini mazkur davlatga ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Eslatma
Qozogʻiston Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqib ketayotgan yurtdoshlarimiz uchun eslatma!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari tomonidan Tuladagi “Kapitan”, Sankt-Peterburgdagi «KMZ», Voronejdagi «Zavod JBK» korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari bilan tanishilib, ularning muammolariga yechim topishda ko‘maklashildi. Migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
O'tgan yili 10 ming dollardan ko'proq pul ishlab keldim. Bu yil...
🇬🇧 Buyuk Britaniya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning navbatdagi guruhi, ya'ni 112 nafari mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.
Shartnoma muddati: 6 oy
Ish haqi: 1500-2000 AQSH dollari atrofida
Ma'lumot o'rnida, joriy yilning bugungi kuniga qadar 1600 dan ziyod yurtdoshlarimiz Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash uchun ketgan.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪#Vatandoshlar_Germaniyada
Navro'zbek Jumayev: "Globogate" loyihasi orqali Germaniyaga keldim, oylik maosh 2000 dan 3000 yevrogacha
Videorolikda Germaniya klinikalarida ish faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz hayotini ko'rishingiz mumkin.
👉Loyihada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Leningraddagi “Mikelandjelo”, Kalugadagi “Sobol”, Voronejdagi "Art Fasad", Krasnodardagi “Avrora”, “Novostroy” korxonalarida bo‘lib, yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda korxonalar salohiyati bilan tanishilib, bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumot olindi. Ishchilar uchun yaratilgan yashash va ish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Korxonalar rahbariyatiga xorijda ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi to‘g‘risida maʼlumot berilib, buyurtma berish uchun zarur hujjatlar to‘plami taqdim etildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇰🇷 Bir guruh yurtdoshimiz E-9 vizasi asosida ishlash maqsadida Koreya Respublikasiga jo'nab ketdi
Ish turi: ishlab chiqarish
Ish haqi: 1800-2000 AQSH dollari
Shartnoma muddati: 4 yil 10 oy
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xorijdaish.uz saytiga kiring hamda Germaniya, Belarus, Litva va boshqa davlatlardagi ish o'rinlari bilan tanishing!
📞Batafsil ma’lumot uchun: 71 202 33 55 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
🇩🇪Shuningdek, delegatsiya a’zolari Halle shahrida bo‘lib, “Günter Papenburg AG” kompaniyasi rahbariyati va u yerda ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.
Bugungi kunda ushbu kompaniyada Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi koʻmagi bilan 100 nafar hamyurtimiz metallga ishlov berish, haydovchilik, qurilish materiallarini tayyorlash kabi qator yo‘nalishlarda ishga joylashtirilgan.
Yurtdoshlarimiz bir vaqtning o‘zida bu yerda yuqori daromadli maosh olayapti, eng asosiysi bilim va ko‘nikmalarini oshirayapti. O‘zbekistonga qaytganlarida esa o‘zlarining tajribalarini amalda qo‘llash imkoni paydo bo‘ladi.
Vazir yurtdoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari hamda ish jarayonlari bilan qiziqdi, ularning fikrlarini tingladi. Hamyurtlarimizning oʻziga boʻlgan ishonchi juda yuqori. Qishlogʻi, mahallasi, mamlakat taqdiriga befarq emas. Ularning har biri Germaniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganib, O‘zbekistonga yuqori malakali mutaxassis sifatida qaytish va yangi loyihalar ustida ishlash istagini bildirmoqda.
“Günter Papenburg AG” kompaniyasi 1963-yildan beri ekspeditorlik, qurilish, beton mahsulotlarini ishlab chiqarish, metallga ishlov berish va chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi sohalarda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
🇺🇿🇩🇪 Qashqadaryoda 1500 dan ortiq yoshlar nemis tilini o'rganmoqda
Germaniyaning “ConsultingUZ” kompaniyasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali va viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari viloyat hududidagi oliy ta'lim muassalari bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Germaniyada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchi tashkilotlar talablari, ushbu davlatda mehnat faoliyatini olib borish uchun nemis tilini bilishning ahamiyati haqida maʼlumot berilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Taʼkidlash joiz, bugungi kunda viloyat tumanlarida tashkil etilgan nemis tili kurslariga 1500 dan ortiq yoshlar jalb qilingan.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniyada hunarmandlarga ham talab katta
Vazirlik vakillari tashrifning ikkinchi kunida Germaniya Federal bandlik agentligi rahbari hamda Hunarmandchilik palatasi kengashi rahbari bilan uchrashdi.
Unda bir qator kasblar bo‘yicha Germaniyada xorijiy ishchi kuchiga talab yuqoriligi, nemis tilini biladigan, tajribali mutaxassislar uchun barcha eshiklar ochiq ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Xususan, uchrashuvda elektrik, mexatronika, metallga ishlov berish, hunarmandchilik sohalarida diplom va kamida 5 yillik kasbiy tajribaga ega fuqarolarimizni O‘zbekistonda nemis tilining B1 darajasigacha bepul o‘qitish loyihasi taklif etildi. O‘quv kurslarini yakunlab imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Germaniyaga ishlash uchun jo‘nab ketishadi.
Shuningdek, viza, avia chipta va Germaniyadagi integratsiya jarayonlari xarajatlari ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplanishi aytib o‘tildi. Ushbu pilot loyiha Germaniya Hunarmandchilik palatasi orqali amalga oshirilib 100 nafar talabgor bilan boshlanadi va uzoq muddatli bandligi taminlanadi.
O‘z navbatida nemis tilini o‘rganish istagida bo‘lgan yosh hunarmandlarga ham bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi va Germaniya tomonidan ularga stipendiya to‘lanadi.
Ushbu loyihani tez orada ishga tushirish uchun Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandchilik palatasi markaziy kengashidan iborat delegatsiya joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
🇩🇪Berlinda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi migratsiya toʻgʻrisidagi bitim muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ushbu kelishuvni muhokama qilish uchun federal hukumatning migratsiya shartnomalari boʻyicha maxsus vakili Janob Shtamp bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va federal bandlik agentligi vakillari ishtirok etdi. Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi bitim konsepsiyasi ikki mamlakat tomonidan taqdim etildi.
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga davlat tashrifi va kansler Shols va federal prezident Shtaynmayer bilan uchrashuvidan soʻng ishlab chiqilgan.
Kelgusida ushbu shartnoma oʻzbekistonlik mutaxassislarning Germaniyaga migratsiya jarayonini osonlashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi, kasb-hunar taʼlimi va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Suhbat konstruktiv va doʻstona ruhda bo‘lib o‘tdi va loyihalarni amalga oshirish uchun koʻplab imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Koreya Respublikasida xorijlik ishchilarga viza berish tizimi bo‘yicha brifing o‘tkazildi
👉 Batafsil "Dunyo" axborot agentligida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan, Leningrad viloyatidagi “Velesstroy-SMU” hamda Tulada ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda O‘zbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida maʼlumot berilib, Prezidentimizning 59-sonli Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan Rossiya Federatsiyasi qonun-qoidalariga rioya qilish, turli shaxslar vaʼdalariga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
🇩🇪 Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash talabi va imkoniyatlari qanday?
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Bugun, 20-may kuni soat 12.20 da “Yoshlar” radiokanalining "Yoshlar bilan" eshittirishida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida suhbat tashkil etiladi.
Mazkur suhbatni FM 104.0 to‘lqinida tinglashingiz mumkin.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Bugun, 20-may kuni soat 11.35 da “O‘zbekiston 24” radiokanalining "Radio muloqot" eshittirishida fuqarolarimizni chet tili va kasblarga o'qitish, xorijga ishga jalb qilish, haq-huquqlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida suhbat tashkil etiladi.
Mazkur suhbatni FM 87,9 to‘lqinida tinglashingiz mumkin.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning oila aʼzolari yashash hamda ish sharoitlari o‘rganilmoqda
Bu borada Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlar haqida "Zo‘r tv" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Qozog‘istonga borayotgan fuqarolar diqqatiga
Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining maʼmuriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.
Natijada so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.
Shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan yurtdoshlarimizga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilinadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish