Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali ☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282 📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy Website: www.migration.uz
Bu rost! Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlarda ishlaganlarga to‘lagan soliqlari qaytarib beriladi
👉Soliq summasini qaytarish uchun ushbu havolaga kirib ma'lumotlaringizni yuboring!
(havolaga Gmail elektron pochtasi orqali kiriladi)
Soliqlar 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan vaqt ichida qaytariladi.
📞Murojaat uchun telefon: 71 202-33-55 (ichki raqam 17).
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
🇺🇿🇵🇱O‘zbekiston fuqarolarini Polshaga ishga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Polsha-Osiyo Savdo palatasi rahbari Y.Pexochinskiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Polsha Respublikasi hududida turli sohalarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Natijada, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Polsha-Osiyo Savdo palatasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida anglashuv memorandumi imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqaroni Kanadaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro B.O.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kanada davlatiga isha yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi barcha aeroportlarning mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib holatga aniqlik kiritilganda, Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetevo aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga qo‘yilmayotgani yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotgani aniqlandi.
Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiyaga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotgani, O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotgani ma'lum bo‘ldi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Fuqarolarni Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha navbatdagi hamkorlik
Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “Mangold Consulting” tashkiloti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarni tayyorlash tizimi haqida so‘z yuritilib, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida nemis tili o‘qitish dasturlarini O‘zbekistonning turli hududlarida tashkil qilish va tilni ish beruvchi talabi darajasida o‘zlashtirigan malakali mutaxassislarni Germaniyaga tibbiyot, gastronomiya, texnika, qurilish kabi sohalarda bandligini taʼminlash bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham xorijda ishlab qaytgan hamda chet elda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ishchi guruhi Ruzan, Vladimir, Ivanovo va Kostroma shaharlarida bo'lib, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz holidan xabar oldi va salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o’tkazdi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda
👉 Tafsilotlar "Sevimli" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida bo‘lib, xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamda chet elda ishlab qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Unda Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Qashqadaryo viloyatidagi ishchi guruh Farmon ijrosi doirasida Qarshi shahridagi "INTERNATIONAL Bridge" va "DaF Sprachzentrum" o'quv markazlari faoliyati bilan tanishdi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇷🇺#Vatandoshlar_bilan_muloqot
📍Nijegoroddagi “Shatovka”, “Lyon”, Lipetskdagi “Lipetsk KXM”, “Yunikom Delta” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
📍Nijniy Novgorod, Ivanovo hamda Voronej shaharlarida murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
📍Samarada ishlayotgan hamyurtimizning oylik maoshi va hujjatlari ish beruvchidan olib berildi.
📍Novosibirsk va Xabarovskda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizga aviachipta olib berilib, Vatanga qaytarildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Ular hozir osmonda...
Ayni daqiqalarda 125 nafar yurtdoshimiz vaqtincha ishlash uchun Koreya davlatiga uchib ketmoqda.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ketish oldidan ular bilan uchrashdi.
Unda vazir Koreyada vaqtincha ishlab keladigan har bir yurtdoshimiz mahallasiga, o‘z qishlog‘iga foydasi tegib, u yerda o‘rgangan innovatsiyalar, yangi texnologiyalarni "Yangi O‘zbekiston" ravnaqi uchun qo‘llashiga ishonch bildirdi.
Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlar natijasida bugun yoshlarimiz til va zamonaviy kasblarni o‘rganib, rivojlangan davlatlarda yuqori daromadli ish topish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
#Prezident_Farmoni_ijroda
Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda
👉 Tafsilotlar "Namangan" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolar Rossiyaning "SPAR Midl Volga" korxonasida non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida ishga taklif etiladi!
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
1-may soat 11:00 da
Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram
soat 14:00 da
Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram
soat 15:00 da
Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram
Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
❗️Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti bo‘yicha rasmiy bayonot
Ma’lumki, joriy yilning 1-mart sanasida Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti tomonidan yurtdoshlarimizni vaqtincha ishga yuborish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tanlovlarda 2,5 mingdan ortiq fuqaro qatnashgan va ularning orasidan 1 822 nafari ish beruvchining talablari asosida tanlab olingan.
Shundan 1 687 nafar yurtdoshimiz tanlovlar o‘tkazish, ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, tarqatma materiallar tayyorlash, moslashtiruv kurslarini tashkil qilish kabi xizmatlar uchun shartnomaga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisob-raqamiga 1 700 000 so‘mdan to‘lagan.
👉BATAFSIL
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
#Prezident_Farmoni_ijroda
Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda
👉 Tafsilotlar "Navoiy" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasi nomzodlari uchun Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosida malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, xizmat ko‘rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun bugun malaka imtihoni yakunlanadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xorijda ishlayotgan vatandoshlarimiz O‘zbekistonga ishga taklif etiladi!
Chet elda payvandchilik, qurilish, IT, elektrik, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi hamda quyosh panellarini ta'mirlash yo‘nalishida ishlayotgan hamyurtlarimiz yurtimizdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlariga maslahatchi-murabbiylikka ishga taklif etiladi.
▪️Oylik ish haqi – 7-8 mln so'm.
▪️Yosh chegarasi – 25-45 yosh.
Talab etiladi:
▪️Sohada 5 yillik ish staji;
▪️Oliy yoki o‘rta ma'lumot.
Murojaat va ma'lumotlarni jo'natish: oquvmaslahatofisi83@gmail.com
Murojaat uchun: +998 90 069-10-22
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇬🇧#Live
Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun 20 nafar yurtdoshimiz jo‘nab ketmoqda.
Maʼlumot uchun: joriy yil boshidan buyon 554 nafar fuqaro ushbu davlatda ishga joylashtirilgan bo'lsa, may oyi davomida yana 700 nafar yurtdoshimizning ishga jo‘natilishi rejalashtirilgan. Ularning oylik maoshi o'rtacha 2000 AQSH dollarini tashkil etadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda.
❗️Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
👉 Lokatsiya
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇬🇧
− Buyuk Britaniyada ishlash uchun qanday talablar bor?
− Buyuk Britaniyada ishlayotgan yutdoshlarimiz ish va yashash sharoitlari qanday?
− Qassoblik bilan shug'ullanib qancha oylik maosh topish mumkin?
Ushbu va Buyuk Britaniyada ishlash bilan bog‘liq boshqa masalalar haqida Angliyadagi o‘zbek qassobi hikoyasi
👉 Batafsil "Kun.uz" nashrida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Xabar berilganidek, Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmonining joylardagi ijrosini taʼminlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Xususan, Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Toshkent shahrining Mirobod tumanlari, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “xorijga ish – mahalladan” tamoyili asosida individual ishlash bo‘yicha o‘quv-seminarlari va fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Live
🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda.
Eslatma: Imtihon Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi)da o‘tkazilmoqda.
👉 Lokatsiya
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Eslatma
🇰🇷Qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni kunlari ma'lum bo'ldi
Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun 1-2-may kunlari, xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun 3-4-may kunlari malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
👉 Nomzodlar ro’yxati (qishloq xo’jaligi)
👉 Nomzodlar ro’yxati (xizmat ko’rsatish-2)
Shu munosabat bilan, nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.
Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy. (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi)
👉 Lokatsiya
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda "ConsultingUz" tashkiloti
Germaniyada ishlamoqchi boʻlgan hamyurtlarimizni "DaF-Sprachzentrum" nemis tili markaziga taklif etadi!
Mazkur markazda oʻqib, B1 yoki B2 darajadagi til sertifikatlarini qoʻlga kiritganingizdan soʻng Germaniyaga toʻgʻridan-toʻgʻri ish yoki Ausbildung (dual taʼlim) orqali ishga borish imkoniyatini qoʻlga kiritasiz.
Hozirda "DaF-Sprachzentrum" nemis tili markazi Toshkent shahri, Buxoro, Farg'ona, Namangan, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlarida faoliyat olib bormoqda.
Toshkent shahri
Tel.: +998900027766, +998959891609;
Buxoro
Tel.: +998904129795;
Farg'ona
Tel.: +998905351099;
Namangan
Tel.: +998972581226;
Navoiy
Tel.: +998906652525;
Samarqand
Tel.: +998901599888;
Xorazm
Tel.: +998918623693.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolar Rossiyaning “АвтоВАЗ" korxonasidagi yengil avtomobil sanoati yo‘nalishida ishga taklif etiladi!
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
2-may soat 11:00 da
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram
soat 14:00 da
Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram
3-may soat 11:00 da
Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram
soat 14:00 da
Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Jizzax viloyatining Forish, Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanlaridagi hokim yordamchilari, mas'ullar va xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamda chet elda ishlab qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Saudiya Arabistonining “K-DOT” kompaniyasi bosh direktori Faysal ol-Dovud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, 2023-yilning 14-dekabr sanasida vazirlik va tizim tashkilotlari rahbarlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistonidagi ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olgandi. Shundan keyin bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamyurtlarimiz ushbu davlatga vaqtincha ishlash uchun jo‘nab keta boshladi.
Bugungi uchrashuvda Ar-Riyodda erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish mexanizmlari xususida so‘z bordi.
Muloqot jarayonida Saudiya Arabistonida tibbiyot, mehmonxona va texnik xizmat ko‘rsatish kabi qator sohalarda ishchi kuchiga talab ortib borayotgani, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham birgalikda dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish mumkinligi alohida qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida 2022-yilning 17-avgust kuni Jidda shahrida “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida"gi bitim imzolangan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
🇺🇿🇰🇷Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi mas'ullari hamkorlikda mazkur davlatda ishlayotgan yurtdoshlarimizning yashash va ish sharoitlarini doimiy monitoring qilmoqda.
Xususan, Yangsan shahridagi "Kyunghyun Co., Ltd." korxonasi mas'ullari va bu yerda ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv o'tkazilib, Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ma'lumki, bugungi kunda Koreya davlati 16 davlatdan E-9 ishchi vizasi asosida xorijlik ishchilarni ishga jalb qilmoqda. Shu o'rinda ish beruvchi korxona mutasaddilariga yurtdoshlarimiz mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, ishchi kuchi yetkazib berish uchun doimiy hamkorlikka tayyorligi bildirildi.
Uchrashuvda endilikda mazkur korxonadagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga aynan o'zbekistonlik ishchilarni ishga jalb qilinishiga kelishib olindi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolar Rossiyaning "Enkorp" korxonasida metallni qayta ishlash yo‘nalishida ishga taklif etiladi!
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
29-aprel soat 11:00 da
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram
30-aprel soat 11:00 da
Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram
1-may soat 11:00 da
Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Prezident_Farmoni_ijroda
Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham xorijda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish