migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - XORIJDA ISH

277999

Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali ☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282 📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy Website: www.migration.uz

Subscribe to a channel

XORIJDA ISH

Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Germaniyada

Qashqadaryo viloyati hokimi oʼrinbosari A.Qobilov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Germaniyada bo'lib, Shtaynbax-Hallen shahri hokimi Markus Bottcher bilan hamkorlik yoʼnalishlarini muhokama qildi.

Viloyatda ijtimoiy sohalar xususan, taʼlim, tashqi mehnat migratsiyasi, kasb-hunar, tibbiyot kabi yoʼnalishlarda Oʼzbekiston-Germaniya qoʼshma loyihalarini amalga oshirish, Germaniyaning ilm-fan, kasbiy taʼlim, xorijiy tillar va boshqaruv sohalarida ilgʼor tajribalarini oʼzlashtirish va Qashqadaryoda joriy etish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ikki tomonlama muzokaralar oʼtkazildi.

Shuningdek, "Hehnke" kompaniyasi bilan o'tkazilgan uchrashuvda o'zbekistonlik yoshlarni ham Ausbildung dasturi bo'yicha o'qishi, mehnat qilishi va tajribaga ega bo'lishi mumkinligi alohida ta'kidlanib, xalqaro hamkorlik doirasida muzokaralar o'tkazildi.

Uchrashuvda 2024/2025-yillar davomida "Hehnke" kompaniyasi 100 nafar qashqadaryolik yoshlarni Ausbildung dasturi bo'yicha o'qish va ishga qabul qilishi borasida dastlabgi kelishuvlarga erishildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Live 🇰🇷

Koreya Respublikasida ishlash uchun bo‘lib o‘tgan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ushbu davlatga jo‘nab ketish oldidan ko‘niktirish va hujjatlarni rasmiylashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇺#Vatadoshlar_bilan_muloqot

📍Sankt-Peterburgdagi “Балтийский Берег”, “Северный поток”, Nijniy Novgoroddagi “Агрокомплекс Ветлуга”, Ufadagi “БиоТехТугузлы” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Yekaterinburg shahrida ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosining hujjati qaytarildi. Permda ishlayotgan fuqarolarimizga huquqiy yordam ko‘rsatildi.

📍Nijnevartovskda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Nijnevartovsk – Namangan aviareysi orqali Vatanga qaytarildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Yurtdoshlarimiz ishlash uchun Rossiyaga jo'nab ketdi

Rossiya Federatsiyasining “АвтоВАЗ" va "Энкорп" korxonalari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent va Namangan xalqaro aeroportlarida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧Buyuk Britaniyaga ishga ketish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

Buyuk Britaniyaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar haqida mutaxassis ishtirokida tashkil etilgan onlayn muloqotda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

👉 Muloqotni to'liq tomosha qilish

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

#Live

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi xayriya hasharida ishtirok etmoqda


Yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Hashar doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi binosi atrofi obodonlashtirilib, ariqlar tartibga keltirildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ko‘kalamzorlashtirilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Moskvada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari murojaati yuzasidan

Moskvada ishlayotgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolariga ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lanmayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, “ФЛАН-М” qurilish kompaniyasi tomonidan 50 nafarga yaqin ishchilarning ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmayotgani, ularning 20 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani maʼlum bo‘lgan.

Ushbu fuqarolar pudratchi tashkilotlar orqali jalb qilingani sababli “ФЛАН-М” qurilish kompaniyasi va ishchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari mavjud emas.

Qurilish kompaniyasi vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 18-martiga qadar barcha fuqarolarning ish haqlari to‘liq to‘lab berilishi maʼlum qilingan.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniyaning “Mangold Consulting Gmbh” kompaniyasi prezidenti Klaus Mangold hamda boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold bilan uchrashdi.

Unda xorijda ishlovchilar uchun sharoitlar, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan ishlarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda Germaniyadagi katta demografik jarayonlar bois boshqa davlatlardan mehnat kuchiga talab ortib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistondan tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassislar Germaniyada ish faoliyatini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalishda hali hamon ishchi kuchiga talab kattaligi bildirib o‘tildi. Jumladan, Germaniyadagi 1000 dan ortiq shifoxonalarga tibbiyot xodimlari yetishmayotganligi va bu borada O'zbekiston tomoni ushbu bo'shliqni to'ldirishga tayyorligi ta'kidlandi. Biroq, ushbu jarayonni til bilishdagi muammolar sekinlashtirib yuborayotganligi va bu borada til bo‘yicha qo‘yilgan talablarni yumshatish taklif etildi. Jumladan, nemis tili o‘quv kurslari muddatini qisqartirish zarurligi bildirildi.

Uchrashuvda nafaqat tibbiyot yo‘nalishidagi balki metallni qayta ishlash korxonalaridagi mexatronika, logistika, yuk avtomobili haydovchiligi yo‘nalishlariga katta talab borligi aytib o‘tildi. O'z navbatida barcha kelishuvlarni tezroq hayotga tatbiq etish uchun huquqiy asoslarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston – Germaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Ayni kunlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda markazning Andijon va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari mutasaddilari, Shveytsariyaning "Globogate Concept AG." tashkiloti rahbariyati Germaniyada bo'lib, "Axen" universiteti klinikasi rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazmoqda.

Uchrashuvlarda "Axen" universiteti klinikasining ta‘lim, ilmiy tadqiqotlar va davolash bo‘yicha dunyo miqyosidagi salohiyatini körsatuvchi taqdimotlar bo'lib o'tmoqda. Unda mazkur klinika uchun O‘zbekiston „GLOBOGATE“ loyihasi doirasida jarrohlik, kardiologiya, ichki va yurak-qon tomir kasalliklari kabi yo'nalishlar uchun hamshiralarni doimiy ishga jalb qilishda strategik hamkor davlatga aylanayotganligi ta‘kidlanmoqda.

Tadbirlar doirasida klinikada ishlayotgan o‘zbekistonlik hamshiralarning integratsiya jarayoni va ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Rossiyaning “ОКН Сервис" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: omborxona ishchisi.

Ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.

✔️aviachipta, yotoqxona, ovqatlanish (kuniga bir marta) ish beruvchi hisobidan;
✔️tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma (patent) rasmiylashtirishda ish beruvchi tomonidan ko'mak beriladi.

Talablar:
🔹18 yoshdan 40 yoshgacha;
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹rus tilini muloqat darajasida bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹Rossiya Federatsiyasiga chiqishga taqiq yo‘qligi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (nomzodlar 100 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Rossiyaning "СПАР Мидл Волга" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

4-mart soat 11:00 da


Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

7-mart soat 11:00 da

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇧🇾Fuqarolar Belarusning "KAMVOL" tekistil korxonasiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: paxta va sintetik matolarga ishlov berish va bo'yash

Imkoniyatlar:
📍ish haqi: 1600-1900 Belarus rubli (500-600 $) (soliqlar to'langandan keyin);
📍ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.

✔️yotoqxona, aviachipta, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan

✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan

Talablar:
🔹18-45 yoshgacha (erkak va ayollar);
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹suhbat darajasida rus tilini bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇩🇪 Bugun, 1-mart kuni soat 14:00 da Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qashqadaryo viloyati filiali, Germaniyaning "Simson Private Akademie GmbH" tashkiloti va Qarshi shahridagi "International Bridge" o‘quv markazi hamkorligida o‘tkaziladigan seminarga Germaniyada ishlash istagidagi fuqarolar taklif etiladi.

Seminarda Germaniyaga Ausbildung, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga borish va tibbiyot xodimlari uchun ishlash imkoniyatlari haqida ma‘lumot beriladi.

❗️Seminar manzili: Qarshi shahar hokimligi katta majlislar zali

☎️Murojaat uchun: 91 953-20-20

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇺🇿🇩🇪 Germaniyaning "Simson Private Akademie GmbH" tashkiloti bilan hamkorlik doirasida yurtdoshlarimizni 2024-yil avgust va sentyabr oylarida Ausbildung tizimining mexatronika sohasiga yuborish uchun tanlov jarayonlari boshlanmoqda.

👉 Batafsil ma'lumot

👉 Ro'yxatdan o'tish


☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar “Koreys-o‘zbek” koreys tili markaziga o‘qishga taklif etiladi!

📌 Maxsus kuchaytirilgan guruhlarga start berildi!

1-guruh uchun qabul ochiq: ushbu guruh qisqa muddatda testga tayyorlanmoqchi bo‘lganlar uchun;

2-guruh 1-martdan ochiladi;

Kuchaytirilgan guruh afzalliklari:

➖kuchaytirilgan guruhda dars va test o‘tkaziladi;
➖haftada bir marta tezkor test tashkil etiladi;
➖har hafta o‘zgarishlar tekshirib boriladi.

❗️Koreys tili o‘qituvchisi ishga taklif etiladi. Koreys tilini kamida topik 2 darajada bilishi, EPS-Topikdan dars bera olishi kerak.

☎️ Murojaat uchun: +99899 5023204, +998915395444

📍 Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasi 47-uy.

👉 Lokatsiya

☎️ 71 278-82-65, 71 273-17-48.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

O‘zbekiston fuqarolari uchun qaysi mamlakatda qanday ish bor?

Xorijda ishlab yaxshi daromad topish ko‘pchilikni qiziqtiradi. Ammo ishchi vizasiz, tanish orqali chet elga borib ishlash, u yerda qiyin vaziyatga tushish holatlari ko‘p uchraydi.

Qanday qilib qonuniy yo‘l bilan, xavfsiz, huquqlari himoyalangan tarzda chet elda ishlash mumkin? Imkoniyat, imtiyozlar bormi? Xorijda ishlayotgan fuqarolarning qanday huquqlari bor va ular xorijda muammoli vaziyatga uchraganda qayerga murojaat qilishi kerak?

Shu kabi dolzarb masalalar “Obyektiv”ning tahliliy-huquqiy nigohida bo‘ldi.

👉To‘liq video

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Rossiyaning "СДС-Строй" korxonasida ishlash uchun taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

18-mart soat 11:00 da


Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

19-mart soat 11:00 da

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

20-mart soat 11:00 da

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Rossiyaning "СК-Профиль" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

18-mart soat 11:00 da


Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

19-mart soat 11:00 da

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar Belarusning "Belavtomaz" avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: avtomobilsozlik

Imkoniyatlar:
📍ish haqi 2370 Belarus rubli (720 dollar) (soliqlar to'langandan keyin);
📍ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.

✔️aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan;
✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.

Talablar:
🔹18 yoshdan 50 yoshgacha;
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹rus tilini suhbat darajasida bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov o'tkaziladigan hududlar:

18-mart soat 16:00 da

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

soat 17:00 da

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

19-mart soat 16:00 da

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

soat 17:00 da

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

20-mart soat 16:00 da

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

soat 17:00 da

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

− Xorijda ish, nomzodlar uchun talablar va noqonuniy yurish oqibatlari;

− Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya hamda Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardan ish takliflari;

− xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun imtihon va suhbat jarayonlari.


Ushbu va xorijda ishlash bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan intervyu

👉 Batafsil “Spot.uz” nashrida

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧Buyuk Britaniyaga ishga ketish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

Bugun, 15-mart soat 16:00 da Buyuk Britaniyaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Muloqotni jonli kuzatish:

👉 Тelegram
👉 Facebook
👉 Youtube

Mavzu yuzasidan savol yuborish: @migratsiyaga_savol

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇬🇧 Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida 17-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan, 23-fevral kuni rus tili bo‘yicha testda ishtirok etgan fuqarolar diqqatiga!

📝Ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan rus tili bo‘yicha testdan 3159 nafar nomzod tanlab olinganligi ma’lum qilindi.

👉 Testdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar ro'yxati

❗️Testdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan suhbat tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Suhbat vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

☎️ Murojaat uchun

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida kemasozlik sohasida ishlash maqsadida 2023-yil 27-noyabr kuni ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 2024-yil 21-fevraldan 1-martgacha, qurilish sohasida ishlash maqsadida 8-13 fevral kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 2024-yil 4-9 mart kunlari EPS-Topik imtihoni bo'lib o'tgan edi.

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) taqdim etgan natijalarga ko‘ra, kemasozlik sohasi bo'yicha 1905 nafar, qurilish sohasi bo'yicha 749 nafar fuqaro imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan.

👉Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (kemasozlik)

👉Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (qurilish)

❗️Malaka imtihoni (skill test) joriy yil mart oyi oxiridan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Fuqarolar "КАМАЗ" korxonasida ishlaydi

Rossiya Federatsiyasining "КАМАЗ" korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Xorazmdagi Kasbiy ko'nikmalar markazida fuqarolarni ishga yo'naltirish bo'yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.

👉 Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Germaniyaning “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” korxonasida ishlashni istaysizmi?

➡️ Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

🇷🇺#Vatadoshlar_bilan_muloqot

📍Rostov-Dondagi “АзовСтрой” va Voronejdagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Krasnoyarskda yurtdoshimizning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasporti undirib berildi. Tulada qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz Moskva-Namangan yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.

📍Blagoveshenskda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga huquqiy hamda moddiy yordam ko‘rsatildi. Tulada ishsiz qolgan fuqarolar bandligi taʼminlandi.

📍Ufa davlat neft-texnika universitida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

Yurtdoshlarimiz Rossiyada ishlash uchun jo'nab ketdi

Rossiya Federatsiyasining "РУСАЛ Комплектация" korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

XORIJDA ISH

"NUR migration services" XBA litsenziyasi vaqtincha to'xtatildi!

“NUR migration services xususiy bandlik agentligi" MCHJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2023-yil 24-mayda berilgan №083594-sonli litsenziya Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 28-fevraldagi №01/00-01/16-1836-sonli qaroriga asosan 10 kunga to'xtatildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel