marifatziyo | Unsorted

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Subscribe to a channel

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ustoz, sizni quchoqlasam maylimi?

O‘smir yoshida bolalarga ota-ona mehri har qachongidan-da kerak. Onaning quchog‘i taftini hech narsa bilan almashib bo‘lmaydi. Dardini menga aytolmagan bo‘lsa-da, ona o‘rnida ko‘rib yupanch topganidan, ishonch bilan kelib quchoqlab mehr so‘raganidan shunchalar xursand edimki, yana qolgan umrimni unga va barcha o‘quvchilarimga bag‘ishlashga rozi edim.

Batafsil: https://marifat.uz/show-post/ustoz-sizni-quchoqlasam-maylimi-636

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Til va adabiyot ta’limi”jurnalining taqdimot marosimi va O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan “Til – siz gurunglashamiz” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘N YETTI YOSHLILAR –QOYIL, TASANNO!!!

Respublikamizdagi barcha futbol ishqibozlarini katta g‘alaba bilan asakalik pedagoglar nomidan samimiy muborakbod etaman!


Finalda bilindi mardlarning asli,
Shijoat, matonat aytdi chin so‘zni.
O‘n yetti – umrning betakror fasli,
O‘zbek yigitlari ko‘rsatdi o‘zni.

O‘N YETTI YOSHLILAR– QOYIL, TASANNO!
OSIYODA –GʻOLIB, YAGONA, TANHO!

Birinchi bo‘limda bo‘ldi “tomosha”,
Nohaq qarorlarni chiqardi hakam.
Trener ikki bor eslatdi unga,
"Sen yerda, lek ko‘kda eng Oliy Hakam."

O‘N YETTI YOSHLILAR –QOYIL, TASANNO!
OSIYODA GʻOLIB, YAGONA, TANHO!

Bu so‘zlar, albatta, topdi isbotin,
Haq-Barhaq chiqardi kerakli qaror.
O‘zi bek yigitlar, kutdi imkonin,
Dadil harakatlar berdilar baror.

Oltita o‘yinda olti g‘alaba,
O‘yinlarda terdi zafar gultojin.
O‘zbek o‘g‘lonlari final o‘yinda,
Boshiga ko‘tardi Osiyo tojin.

O‘N YETTI YOSHLILAR –QOYIL, TASANNO!
OSIYODA GʻOLIB, YAGONA, TANHO!

Abdurashid ERGASHEV

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘ZBEKISTON – KITOBXONLAR YURTI!

Yunusobod tumanidagi axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti! ” shiori ostida mavzusida ma’naviy-ma'rifiy  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda "Islomobod", “Sobirobod”  mahalla faollari, tumandagi 72-, 271-maktabning kitobsevar o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Kitob bilim manbayi–tafakkurning gulshani!" kitoblar  ko'rgazmasi taqdim etildi.
Turon fanlar akademiyasi akademigi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bolalar shoiri Po‘lat Xudoyberganov bilan ijodiy uchrashuv va "Оrzularim bir olam" kitobining  taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

"Kitobxonlik haftaligi" doirasida  yangi adabiyotlar taqdimotlari, “Siz kutgan uchrashuv" shoir va yozuvchilar tashrifi,  viktorina o‘yinlari  o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Zamira ZAYNUTDINOVA,
Yunusobod tumani Axborot-kutubxona markazi abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari


Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Adolat, sadoqat va siyosat saboqlari

Saljuqiylar davlati − Oʻrta Osiyo tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan davlatlardan. U XI-XII asrlarda Markaziy va Gʻarbiy Osiyo hukmronligini qoʻlga kiritgan edi.

Batafsil:
https://marifat.uz/show-post/adolat-sadoqat-va-siyosat-saboqlari-634

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#talabalar_festivali

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida "Yoshlar – kelajak bunyodkorlari" shiori ostida "Talabalar bahori festivali" boʻlib oʻtdi.


Dastlab Akademiya hovlisidagi “Besh tashabbus” boʻyicha taqsimlangan hudud kirish qismida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tomonidan lenta kesilib, ramziy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Akademiya rektori Muzaffar Komilov so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarning milliy qadriyat va an’analarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ulardagi vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etdi.


Batafsil 👉https://marifat.uz/show-post/akademiyada-talabalar-bahori-633

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🗓 “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

✔️ O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bandligini ta’minlash hamda joriy yilgi bitiruvchilarni ishga taqsimlash maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan 100 dan ortiq tashkilot, muassasa va korxonalar tomonidan 10 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

Tadbir doirasida “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazining universitetdagi filiali ham foydalanishga topshirildi. Bu yerda doimiy asosda bank xodimlari faoliyat olib boradi hamda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.

📌 Ma’lumot uchun, hozirda universitetda 56 ta bakalavriat, 59 ta magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha 34 mingdan ortiq talaba, 1000 dan ortiq doktorant ilmiy faoliyat olib bormoqda. Shundan yarmarkada 7500 nafardan ortiq bitiruvchi, shuningdek, 15 mingga yaqin ishga joylashish istagidagi talaba ishtirok etdi.


Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda eng zich aholi yashaydigan hudud qayer?

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholining eng yuqori zichligi Toshkent shahrida qayd etilgan — bu yerda har 1 km² maydonga o‘rtacha 6 983,2 nafar aholi to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda Andijon viloyati bo‘lib, 807,9 kishi, uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona viloyati — 615,7 kishi bilan qayd etilgan.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Oliy ta’limga qamrov 40,9 foizga oshgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasining 18-23 yoshdagi aholisini oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 47,7 foizni tashkil qilgan.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Yoshlar – Uchinchi Renessans drayveri” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Renessans taʼlim universiteti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada respublikamizdagi turli OTM va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Respublika konferensiyasini
Renessans ta'lim universiteti rektori, professor Nusratilla Barakayev ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiyadan ko'zlangan asosiy maqsad — Davlatimiz rahbarining “Yoshlar – uchinchi renessans bunyodkorlari” g‘oyasi asosida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga faol jalb qilish, taʼlim, fan va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga yana-da keng yo‘l ochishdan iborat.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Mashinasozlik-konstruktorlik ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish Andijondan boshlanishi belgilandi

Jumladan, tarmoqlar rahbarlari to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel, avtomobilsozlik kabi “drayver” sohalarda talab yuqori bo‘lgan kamida 5 turdagi import uskunasining texnik ko‘rsatkichini o‘rganadi. Ularning konstruktorlik yechimlarini mahalliy korxonalarga taklif qiladi. Bunday uskunalarni mahalliylashtirish istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2025-yil 16-aprel kungi sonida:

👉 E, qoyil, qoyil!
👉 Ustoz, sizni quchoqlasam maylimi?
👉 Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oliy ma’lumotli, yetuk kadrlar zarur!
👉 Vazifamiz – innovatsion taraqqiyotning drayverlarini tarbiyalash
👉 O‘zbek moturidiyshunosligidagi ulkan tarixiy voqelik
👉 Shifokorlarga ishonch qolmayapti...
👉 Vazir ustamasi: barcha o‘qituvchilar uchun
👉 Maktab eshiklarini qattiq yopmang
👉 Shahrizodaga maktub

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱
Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIR

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi “Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Uchtepa tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi harbiy xizmatchilari hamkorlikda bugun “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Тoshkent shahar Uchtepa tuman hududida joylashgan Toshkent davlat jahon tillari universitetida navbatdagi keng ko‘lamli prifilaktik tadbir o‘tkazildi.


Batafsil: https://marifat.uz/show-post/favqulodda-vaziyatlardan-muhofaza-qilish-va-fuqaro-muhofazasi-oyligi-doirasidagi-tadbir-625

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#olimpiada

🏆TDIU International Finance akademik litseyida matematika fanidan “AL-Xorazmiy izdoshlari” nomli olimpiada o‘tkazildi.

Olimpiadada (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan) 500 nafar o‘quvchi qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra,
1-o‘rin 38.1 ball bilan Yangihayot tumanidagi 285-maktab o‘quvchisi Sarvar Esanmuratov;

2- va 3-o‘rin 33.1 ball bilan Qibray tumanidagi 9-maktab o‘quvchilari Madina Boymatova hamda Gavhar Toshboltayevalarga nasib etdi.


📈Olimpiada g‘oliblari (🥇-, 🥈-, 🥉-o‘rin sohiblari)ga esdalik sovg‘alar hamda (tayyorlov kursida o‘qish uchun) vaucherlar taqdim etildi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumida “To‘g‘ri tanlangan kasb – yarim baxt” shiori ostida “Ochiq eshiklar” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tashrif buyurgan o‘quvchi va o‘qituvchilar kasblar bo‘yicha o‘quv amaliyot xonalari, maxsus xonalar, umumta’lim fanlar bo‘yicha o‘quv xonalari, axborot kutubxona hamda o‘quv mashq maydonlari bilan tanishdilar.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining metodist-psixologi, tumandagi barcha maktab psixologlari hamda 9-11-sinf bitiruvchilari faol qatnashib, qiziqqan kasblari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🔥Vazir ustamasi: barcha o‘qituvchilar uchun

🥇🥈🥉Shu vaqtga qadar pedagoglarni 6 million so‘mlik vazir ustamasiga tavsiya qilishda nomzodlar ro‘yxati hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilgan. Kengash tavsiya qilgan o‘qituvchigina tanlovda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lgan. Shunchaki omadini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarning tanlovda ishtirok etishi qiyin masala edi.

👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/vazir-ustamasi-barcha-oqituvchilar-uchun-635

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Jadidlar javhari”

📚Ma’lumki, 21–27-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Haftalik doirasida “Turon” kutubxonasida taniqli shoir va yozuvchi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori To‘lqin Eshbekning “Jadidlar javhari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotga yig‘ilganlar kitobdan joy olgan doston va she’riy misralar, ularning mazmuni hamda ahamiyati haqida fikr bildirishdi. Adib va tarjimon Xurshid Do‘stmuhammad, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Dadaxon Yoqubov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori Sharofiddin To‘laganov kabi ustozlar jadid ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros hamda bugun kun oydinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Kitob “Dunyo nashr” tomonidan chop etildi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2025-yil 23-aprel kungi Ona tilimizga bag‘ishlangan sonida:

👉 O‘zbek tili: global maydondagi yuksalish va ehtiyojlar
👉 Alisher Navoiy asarlari lug‘atchiligida yangi sahifa
👉 Yozuv amaliyotidagi yana bir muammo: ayrim ruscha ism-familiyalar imlosi
👉 Ko‘chib kelgan so‘zlar
👉 “Q” va “G‘”
👉O‘zbek tili tarixi qanchalik yoritilgan?
👉 Tarjimada yuklamalarning qo‘llanilishi
👉 Rusiyzabon o‘quvchilarga o‘zbek tilini qanday o‘qitamiz?
👉 Zamonaviy va kreativ darslik

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱
Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Tashabbus

PROFESSOR PIRNAZAR DAVRONOV IZDOSHLARI KO‘PAYMOQDA

🔶Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi proffesori Pirnazar Davronov tashabbusi bilan har yili bo‘lib o‘tadigan “Professor Pirnazar Davronov izdoshlari” nomli navbatdagi olimpiada o‘tkazildi.

✅Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli, Jom qishlog‘ining Omondara mahallasidagi 21-maktabda olimpiadaning 17 yillik shodiyonasi bo‘lib o‘tdi.

🎗Tanlovda boshlang‘ich sinf va yuqori 5-,11-sinf o‘quvchilari qatnashib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir so‘ngida g‘oliblarga faxriy yorliq va pul mukofotlari berildi.

Nurobod tumani hududida joylashgan 20 dan ortiq maktablardan 370 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan ushbu olimpiada, har yili adolatli baholanishi bilan o‘quvchi-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda deydi, ustozning qizi Fotima Davronova.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Kitobxonlik haftaligiga start berildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida" 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 6-bandiga asosan joriy yilning 21-26-aprel kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
"O'zbekiston - kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Haftalikning ochilish marosimi ayni paytda "Ma'rifat
markazi"da boʻlib oʻtmoqda.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📚“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

🎯O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bandligini ta’minlash hamda
2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Batafsil:
https://marifat.uz/show-post/karyera-kuni-mehnat-yarmarkasi-bolib-otdi-632

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Garvard universiteti tahliliga ko‘ra, o‘tgan besh yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida O‘zbekistonning o‘rni 25 pog‘ona yaxshilanib, 105-o‘rindan 80-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz “dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega” deb e’tirof etilayapti.

Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.

“Bu – iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatadigan juda katta raqam”,
– dedi Prezident.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Endi qurilish obyektlari uchun ham pasport olinadi


O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab har bir qurilish obyekti uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. U orqali quruvchi, loyiha va qurilish sanalari haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. Tajriba tariqasida Qashqadaryodagi qurilish ob’yektlarida davlat byudjeti hisobidan videokameralar o‘rnatiladi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Tahririyatda hisobot yig‘ilishi

2025-yil 17-aprel kuni “Ma’rifat” – “Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyatida Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Unda tahririyat hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2024-2026-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi IX-3-sonli “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomi asosida hisobot saylov masalalari ko‘rib chiqildi.
Umumiy yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha bajarilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Tahririyat rahbari ham qo‘mitaning faoliyati haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.


Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari saylandi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar to‘g‘ridan to‘g‘ri sotilishiga ruxsat beriladi

Qarzdorlik evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni realizatsiya qilish jarayoni jadallashtiriladi.

1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklar hamda ularning investitsiya kompaniyalariga auksion o‘tkazmasdan, qarzdorlikni so‘ndirish asosida qabul qilingan mol-mulklarni bozor narxida to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish huquqi beriladi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

AQSHdan ixtiyoriy ketadigan noqonuniy migrantlarga pul va aviachipta beriladi

Tramp noqonuniy muhojirlar uchun AQSHga qaytish imkonini beruvchi “o‘zini o‘zi deportatsiya qilish” dasturi ishga tushishini aytdi.


Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun – 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi. Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

‼️‼️‼️
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

📣 Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Batafsil: https://marifat.uz/show-post/bitiruvchi-sinf-oquvchilari-uchun-623

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🎉358-maktab tajribasini o‘rganamiz!

👏Davlatimiz rahbari joriy yilning 20-mart kuni Bektemir tumanidagi 358-sonli maktabga tashrifi chog‘ida unda yaratilgan sharoitlar ta’limga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasi ekanligini ta’kidladi va ushbu tajribani barcha ta’lim muassasalariga tatbiq etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Batafsil: https://marifat.uz/show-post/358-maktab-tajribasini-organamiz-624

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻm bir martalik yordam puli beriladi

Oʻzbekistonda 2025/2026-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu prezidentning 2-apreldagi qarorida nazarda tutilgan.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…
Subscribe to a channel