Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45
❗️Buxoroning tarixiy maskanlarida 24/7 tartibidagi elektromobil tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
🚑 Buxoro shahrining tarixiy qismlarida joylashgan ziyoratgohlar, madaniy meros ob’yektlari va sayyohlar ko‘p to‘planadigan hududlarda zamonaviy hamda ekologik toza — elektromobil tez tibbiy yordam mashinalarining 24/7 tartibida ish faoliyati tashkil etildi.Читать полностью…
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/elektromobil-tez-yordam-mashinalari-faoliyati-yolga-qoyildi-622
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
ChatGPT ilk bor dunyodagi eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi
Mart oyida OpenAI dasturi 46 million marta yuklangan, bu fevral oyiga nisbatan 28 foizga ko‘p.
Umumjahon reytingida Instagram ikkinchi o‘ringa pastladi, uchinchi pog‘onani TikTok ijtimoiy tarmog‘i egalladi.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ustozlar hayot maktabini yanada chuqurroq bilish va o‘rganish maqsadida “General va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/general-va-yoshlar-uchrashuvi-618
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Prezident qarori bilan eksportchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlab sotayotgan tadbirkorlarga soliq yengilliklari taqdim etiladi.
2028-yil 1-yanvargacha ayrim tadbirkorlar uchun soliq stavkalari pasaytiriladi: foyda solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Bu imtiyoz faqat quyidagi shartlarga javob bergan tadbirkorlarga tatbiq etiladi:
Tadbirkorlar xodimlariga kamida 2 baravar eng kam ish haqi miqdorida oylik to‘lashi lozim.
Soliq davrida qadoqlangan mahsulotlardan olingan daromad umumiy tushumning kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengashlari” tuzilgan.
Endilikda umumta’lim maktablari direktori lavozimiga tanlovdan o‘tkazish jarayonlarining shaffofligini oshirish, tanlov jarayonlarini raqamlashtirish hamda foydalaniladigan savollar ochiq bazasini shakllantirish, shuningdek, hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi Direktorlar kengashi a’zolarining malakasini oshirish maqsadida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan “Zamonaviy maktab boshqaruvida yetakchi liderlarni tayyorlash – Direktorlar kengashining ustuvor vasifasi" mavzusida maqsadli o‘quv kurslar tashkil etilmoqda.
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
AQSh prezidentiga qarashli kompaniyalar aksiyalari qiymati Amerika birjalarida sotiladigan boshqa qimmatli qog‘ozlar kabi qulashni davom etmoqda.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Parijda 200 ming AQSH dollariga da’vogarlik qilmoqda
8 aprel kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha aylana tizimda davom etayotgan “Freestyle Chess Grand Slam Paris” turnirining ikkinchi kungi musobaqalarida keyingi bosqichga yo‘l oladigan 8 nafar ishtirokchi va turnir bilan xayrlashadigan 4 nafar shaxmatchi nomi aniqlanadi.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#Xushxabar
“MY DREAM SCHOOL” maktabining 16 nafar o‘quvchisi Birlashgan Arab Amrliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro olimpiadaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/ilm-ozlikni-bilmakdir-609
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
❗️Firibgarlar yangi usulda faollashdi — ehtiyot bo‘ling!
Hozirda firibgarlar moliyaviy emas, ijtimoiy yo‘llar orqali shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Ular noma’lum ilovalarni yuklatib, sizning telefon orqali barcha ma’lumotlaringizga yetishishadi.
Bu orqali bank kartangizdagi mablag‘larni ham o‘marishlari mumkin.
❗️Ayrim toifadagi oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi
✅Qarorga ko‘ra, 2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/bir-martalik-moddiy-yordam-ajratiladi-608
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🎉Ilm ortidan quvgan millat
📙2023-yil aprelida Sloveniyaning Portoroj shahrida XII xalqaro qizlar matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada birinchi o‘rinni Xitoy terma jamoasi egallagan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlar AQSH va Avstraliya terma jamoalariga nasib qildi.
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/ilm-ortidan-quvgan-millat-605
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#Oʻzgaraylik_oʻzgartiraylik!
Monopollashtirilgan tarix fani darsliklarimiz mazmuni va uni oʻqitish metodikasini oʻzgartiraylik, darslikdagi Sovet davridan qolib ketgan siyosiy, gʻoyaviy yondashuvlardan voz kechaylik avvalo!
TARIXIMIZ yoshlarimizga repetitorlik asosida oʻqitiladigan fan emas! “Tarix eng buyuk tarbiyachi” boʻlishi uchun avvalo tarixiy tafakkurni shakllantiraylik, TAHLIL qilaylik!
Xalqimizni, Yosh avlodni uygʻotish, birlashtirish va vatanparvar qilib tarbiyalash uchun ham “Qoʻrqma”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Madaminbek”,... singari yangicha yondashuv va gʻoyalar asosida yozilgan tarixiy-badiiy kitoblar yozilishini koʻpaytirishimiz, bu kabi asarlarni kengroq targʻib qilishimiz shart!
🍮SUMALAK ASLIDA “SE MALAK”MI?
💫Sumalakning o‘tmishi asrlar osha uzoq tarixga borib taqaladi. Kim tomonidan, qachon, birinchi marta qanday tayyorlanganligi xususida turli rivoyatlar yuradi. Biroq sumalak tarixi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Bu degani ba’zi cho‘pchaklarga ishonish kerak ekanligini anglatmaydi.
🌟Batafsil: https://marifat.uz/show-post/sumalak-aslida-se-malakmi-603
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
😱Johillikka qachon barham beramiz?
😡Nahot mening kelajagim yo‘q? Nahot iste’dodi, bilimi, qiziqishlari-yu qobiliyatlarini turmushning ikir-chikirlariga bo‘shatib bergan, ro‘zg‘orning odatiy yumushlari, mol-hol kabi mayda tashvishlarga o‘ralashib qolgan opalarim va ularga o‘xshagan minglab bilimli, qobiliyatli elatdoshlarim, xo‘jazoda qizlar singari men ham bir yil o‘tmay o‘z orzu-umidlarim, yorug‘ niyatlarim, ezgu maqsadlarim bilan manguga xayrlashsam? Axir bu adolatdanmi?
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/johillikka-qachon-barham-beramiz-601
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
"Олдимизда минтақамизни нафақат барқарор, балки фаровон маконга айлантириш учун тарихий имконият турибди". Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанддаги "Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" биринчи саммити олдидан "Euronews"га берган эксклюзив интервьюси.
—
"Перед нами стоит исторический шанс сделать наш регион не только устойчивым, но и процветающим". Эксклюзивное интервью Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Euronews" в преддверии первого саммита "Центральная Азия - Европейский Союз" в Самарканде.
—
"We are facing a historic chance to make our region not only sustainable but also prosperous". Exclusive interview of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to Euronews on the eve of the first “Central Asia - European Union” summit in Samarkand.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️ Dunyoda o‘qituvchi bo‘lishning qiymati
Italiyada:
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak: tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.
Fransiyada:
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.
Shvetsiyada:
— Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.
Germaniyada:
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
— Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.
Angliyada:
— Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...
Yaponiyada:
— Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
O‘zbekistonda piyodalar yo‘laklaridan harakatlangan haydovchilar javobgarlikka tortiladi
Shuningdek, avtobuslar uchun ajratilgan yo‘ldan yurganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida jarima belgilandi.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🚗Tezlikni pasaytiring!
🏎Shofyorning “eeyy, shu yerda burilishim kerak edi-ku” degan gapi qulog‘imga chalinishi bilanoq mashina ichidagi yo‘lovchilar bir tomonga surilib ketdik. Shu orada velosipedda kelayotgan odam to‘g‘ri kelib mashinaning oldingi oynasiga urildi. Oyna singan, odam yon tomonga otilib ketgandi.
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/tezlikni-pasaytiring-616
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 170-maktabda “Kitobxonlik oyligi” o‘tkazildi.
Maktabimizda “Kitob yarmarkasi”, “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” va “Bir farzandga uch kitob” nomli tadbirlar tashkil etilib, ko‘tarinki ruh bilan o‘tkazildi.
Yarmarkada o‘quvchilar va ularning ota-onalari, ustozlar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan badiiy asar, lug‘at, ertak kitob, she’riy kitoblar xarid qilib, maktab kutubxonasi uchun ham sovg‘a qilishdi.
Munisa SHOKIROVA,
170-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Bundan tashqari, AQSHning DigitalOcean bulutli xizmatlar provayderi ham elektron xizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida Soliq qo‘mitasida hisobga olindi.
Amerikaning OpenAI sun’iy intellekt kompaniyasi O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
8-aprel kuni ChatGPT chat-boti ishlab chiquvchisi Soliq qo‘mitasining elektron xizmat yetkazib beruvchilarning maxsus platformasida hisobga olindi.
Natijada, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 67 taga yetdi. Joriy yil boshidan jami 7 ta bigtex soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Yanvar oyida Shveysariyaning eBaymarketpleysi, Singapurning Alibaba Cloud Private Limited bulutli hisoblash sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyasi QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olindi.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
Buni London universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatdi.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT
Mamlakatimiz bo‘ylab buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida buyuk davlat arbobi, sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan“Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/amir-temur-va-temuriylar-davrida-ilm-fan-va-madaniyat-614
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2025-yil 9-aprel kungi talabalar ijodiga bag‘ishlangan sonida:
👉 Arzimni aytdim bodi sabog‘a yoxud o‘quvchilar qo‘llarini yuvishi uchun sharoit yetarlimi?
👉 Musofir “Robot”
👉 Kibermakonda hayot va mas’uliyat
👉 Sun’iy intellekt va mualliflik huquqi: qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlari
👉 Ozod kulgular
👉 Sindi qish to‘qigan muz hisli qafas...
👉 Kichik insonlarning katta huquqlari: O‘zbekistondagi islohotlar
👉 “Gippokratning narxi yuz ming”
👉 Keksa maston
👉 Aybim nima, bolam?
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✏️E’TIQOD OSTONASIDAGI “TROYA OTI”
Yoshlar uchun muqarrar ofat, yurt uchun ulkan xatar
📍Diniy radikalizm - ijtimoiy fenomenga bepisandlik qilish yoki uni ijtimoiy tajriba sifatida sinab ko‘rishdir. Bu esa o‘ta xatarli.
👉Hozirga qadar bunday urinishlarning deyarli barchasi halokatli zilziladan ko‘ra, kattaroq fojialarga sabab bo‘lgan. Ammo bir necha yillardan beri, biror-bir yurtni istilo etish, itoatda tutish, hududiy yaxlitligiga raxna solish, mustaqilligidan qisman yo to‘la judo etish uchun diniy radikalizm omilidan foydalanishga urinishlar kuzatiladi. Shu sabab, fransuz sharqshunosi, siyosatshunos va dinshunos ekspert – Olivye Rua istehzo bilan: “Islom radikallashayaptimi yoki radikallashuv islomlashayaptimi?..” degan edi...
🖥 Batafsil: Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin)
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🌟Joriy yildan chet tili 1-blok bo‘lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo‘ladi
Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/joriy-yildan-chet-tili-1-blok-bolgan-abituriyentlar-uchun-sertifikat-majburiy-boladi-606
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
✍️Geologiya muzeyning yangi binosi ish faoliyatini boshladi
💫Harbiy orkestr sadolari ostida, mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/geologiya-muzeyning-yangi-binosi-oz-ish-faoliyatini-boshladi-607
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
👏Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida
“Korrupsiya-taraqqiyotga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/korrupsiya-taraqqiyotga-tahdid-604
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
✏️“Ekologiyaning global muammolari” mavzusida Respublika forumi o‘tkazildi
📙Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi mas’ul vakillari va bir qator tegishli vazirliklar va universitetlardan professor-olimlar, O‘zbekiston siyosiy partiyalarining deputatlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/ekologiyaning-global-muammolari-602
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Nima uchun Garvard O‘zbekistonlik talabalarga 100% lik grant bermoqda.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Maktabgacha va
maktab taʻlimi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan barcha darajadagi xodimlar, aholi hamda ota-onalar o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan
ishlarga munosabatini o'rganish yuzasidan anonim soʻrovnoma
Soʻrovnomani toʻldirish uchun ushbu havolaga kiring:
https://forms.gle/F7CszgiAD5SzxGkB7