Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45
👉Menejerlik sertifikati o‘zi qanday ahamiyatga ega?
📙Menejerlik sertifikati – davlat maktabi direktori lavozimida ishlash huquqini beruvchi hujjat.
✍️Batafsil: https://marifat.uz/show-post/menejerlik-sertifikati-ozi-qanday-ahamiyatga-ega-600
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2025-yil 2-aprel kungi sonida:
👉 Johillikka qachon barham beramiz?
👉 Mutaxassislar nima sababdan milliy sertifikat egasi bo‘lolmayapti?
👉 Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlardan xabaringiz bormi?
👉 O‘qitishdan oldin qiziqtirish kerak
👉 Kitobni sanamay o‘qiydigan yoshlar
👉 O‘zbek detektivi dunyo kezmoqda
👉 Ustoz haqida Ustoz
👉 Yangi dunyo manzaralari – ajoyib suhbat
👉 Sumalak aslida “se malak”mi?
👉 Varaxsha yodi
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
O‘ZBEK “DETEKTIVI” DUNYO KEZMOQDA!
Detektiv yozuvchi Komil Sindorovning yana bir ijod mahsuli ‒ “Qimmatga tushgan xato” asari ingliz tiliga (“Lust for revenge” nomi bilan) tarjima qilinib, “Amazon.com” elektron savdo platformasida sotuvga chiqarildi.
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/ozbek-detektivi-dunyo-kezmoqda-597
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Maktab bitiruvchilari uchun imkoniyat
Ta’lim uchun qilinayotgan har bir loyiha e’tiborga loyiq va oxirgi vaqtlar OTMlar ham bu masalada juda faol! Xususan, aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
E’tiborlisi, ushbu olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi va o‘quvchilarimiz fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘rishi mumkin ekan. Bu esa bitiruvchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat.
1-o‘rin — “Damas” avtomobili (3 dona)
2-o‘rin — 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
3-o‘rin — 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga) bilan taqdirlanadi.
Aytish mumkinki, bu kabi loyihalar ham o‘quvchilarimizning o‘z ustida yanada ishlashi va bilimga qiziqishini oshiradi.
@hilola_umarova
HUMOYUNGA HAVASIM KELDI
Jondor tumanidagi “Qaldirg‘och” maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchisi olti yoshli Humoyun Ilyosov Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida tashkil qilingan Xalqaro “Fuzuliy olimpiadasi”da ishtirok etib 1-o‘rinni egalladi.
– Humoyun shogirdlarim orasida eng tirishqoq va qobiliyatlisi, – deydi Kumushoy Ibodullayeva mehnatlari besamar ketmayotganidan xursand bo‘lib. – Yaqinda u qatnashib Agar shu maromda shug‘ullansak, keyingi – Turkiya, Rossiya federatsiyasi kabi davlatlarda o‘tkaziladigan tanlovlarda ham faxrli o‘rinlarni olishiga ishonaman. Shogirdimning kelajagidan umidim katta.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kasaba uyushmasi hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/islom-karimov-nomidagi-toshkent-davlat-texnika-universiteti-kasaba-uyushmasi-hisobot-saylov-konferensiyasi-bolib-otdi-590
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdlarning sanitariya-gigiyena holati ustidan nazoratni kuchaytirdi
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda poyezdlarda choyshablarning yomon holati, shuningdek, suvaraklar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ muntazam ravishda sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirmoqda, so‘nggi kunlarda mavjud vaziyat munosabati bilan sanitariya-epidemiologiya normalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.
🥇👏“Yosh kitobxon” — g‘oliblarni tabriklaymiz!
“Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi 15-19 yosh toifasidagi 3-o‘rin sohibasi Mohinur Muxtorova!
🏅Ustozi – Guloro Safarova badiiy adabiyotlarni saralab o‘qishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda. Mohinur 5-sinfdan buyon ushbu tanlovga qatnashib keladi.
Dunyodagi top tibbiyot universitetlari
Times Higher Education nashri 2025-yil uchun dunyoning eng nufuzli tibbiyot universitetlari reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda klinik sog‘liqni saqlash, tibbiyot, hamshiralik va stomatologiya sohalaridagi eng ilg‘or oliygohlar joy oldi:
👉 Sun’iy intellekt davri kelmoqda jurnalistlar endi nima qiladi?
👉 Ta’limga zarbaning katta-kichigi bo‘lmaydi
👉 Mashg‘ulot ishlanmasi qanday tayyorlanadi?
👉 Jahon adabiyoti: xorijiy tilni o‘rganishda uning ahamiyati qanday?
👉 O‘zbekiston – Fransiya: ilm-fan va ta’lim sohasida yangi ko‘prik
👉 Yashil makon – barqaror hayot
👉 “Ikkinchi Renessans” davrining buyuk mutafakkirlari: temuriylar davrida huquq va davlat boshqaruvi
👉 Oila-maktab-mahalla hamkorligida “ota-onalar universiteti”
👉 Muhabbat xiyoboni
👉 Shaxmat – hissiyotlar poligoni
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🥉👏“Yosh kitobxon” — g‘oliblarni tabriklaymiz!
🎉“Yosh kitobxon” tanlovi(10–14 yosh toifasida) respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra, Navoiy viloyati Zarafshon shahridan ishtirok etgan 9-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Nastarin Ibrohimova 321 ball bilan 3-o‘rin sohibasiga aylandi.
🎊G‘olibamizning otasi Jondulla Narziyevning aytishicha, “Nastarin yosh bo‘lishiga qaramay, ustozi Nilufar Zoirova bilan ro‘yxatdagi 40 ta kitob to‘plamini o‘qib, ushbu tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdi”. Yosh qizimizga kelgusi tanlovlarda ham zafarlar tilab qolamiz!
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🥇👏“Yosh kitobxon” — g‘oliblarni tabriklaymiz!
👍 “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi (10‒14 yoshlilar toifasida) nihoyasiga yetdi. Tanlov nafaqat ishtirokchilar, balki yig‘ilgan barcha uchun hayajonli kechdi.
📙Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilbarxon Haydarova 356,7 ball bilan 1-o‘rinni egalladi.
🗣Noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinadi — Kadastr agentligi
Agentlik direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov nazorat tadbirlari Markaziy bank bilan hamkorlikda muntazam ravishda amalga oshirilishini qayd etdi. 📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2 499,1 mlrd so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,9 %ini tashkil etdi.
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/talim-sohasidagi-xizmatlar-hajmi-588
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Qadrli kuzatuvchilar!
✅ Xabar qilinganidek, ayni vaqtda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda.
➖ Bugungi kunga qadar jami 2 225 nafar fuqaro ushbu jarayonlarda qatnashish uchun ariza topshirgan.
📣 Eslatib oʻtamiz: turli sabablarga koʻra umumiy oʻrta taʻlimni tugatmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirishlari uchun arizalar 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🥇🥈🥉Kitobni sanamay o‘qiydigan yoshlar
📙Mamlakatimiz bo‘ylab yuz minglab kitobxonlarni kashf etayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichiga bu yil Andijon viloyati mezbonlik qildi.
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/kitobni-sanamay-oqiydigan-yoshlar-599
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida PASPORT (ID KARTA) olishlarini so‘raydi
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/diqqat-muhim-598
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
FAVQULODDA VAZIYATLARDA BALAND QAVATLI BINOLARDAN INSONLARNI QUTQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga asosan, 2025-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Favqulodda vaziyatlarda baland qavatli binolardan insonlarni qutqarishdagi mavjud muammolar va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassalarida hisobot-saylov Konferensiyalari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi Abduxalil Raxmonov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi Ravshanxon Maxamadaliyevlar ishtirok etishdi.
Mirobod tumanidagi 214-maktabda “Kasaba uyushmalari – kecha, bugun va ertaga” mavzusida esselar tanlovi boʻlib oʻtdi.
Joriy yil mamlakatimizda ilk kasaba uyushmasi tuzilganiga 120 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan “Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi” doirasida poytaxtimizning barcha tumanlarida maktab tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar ishtirokida esselar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Esse yozishda ishtirokchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining shakllanishi, rivojlanish tendensiyalari, bugungi kunda olib borilayotgan faoliyati, kasaba uyushmasi tashkilotining mehnat jamoalaridagi o‘rni, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini ifoda etish kabi jihatlarga alohida ahamiyat berdilar.
1-o‘rinni egallagan o‘qituvchi tanlovning shahar bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/ozbekistonda-2025-yil-1-sentabrdan-boshlab-xalqaro-maktab-faoliyati-yolga-qoyiladi-591
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🥇👏“Yosh kitobxon” — g‘oliblarni tabriklaymiz!
“Yosh kitobxon” tanlovining(15–19 yosh toifasida) respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan ishtirok etgan Shahnozabonu Murodova 301,7 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥇👏“Yosh kitobxon” — g‘oliblarni tabriklaymiz!
👍 “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi (15‒19 yoshlilar toifasida) nihoyasiga yetdi. Tanlov nafaqat ishtirokchilar, balki yig‘ilgan barcha uchun hayajonli kechdi.
📙Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘DJTU 2-bosqich talabasi O‘g‘iljeren Xaldurdiyeva 340,3 ball bilan 1-o‘rinni egalladi.
Jahon baxt reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 53-o‘rinda
Jahon baxt hisoboti (World Happiness Report) natijalariga ko‘ra, Finlyandiya ketma-ket sakkizinchi yil dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi. O‘ntalikka, shuningdek, Daniya, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Kosta-Rika va Meksika kirdi.
O‘zbekiston bu yil reytingda 6 pog‘ona pastlab, 140 mamlakat orasida 53-o‘rinni egalladi. Mamlakat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, saxiylik va hayotdan qoniqish kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori baholangan. Rossiya 66-o‘rinda, AQSH esa 24-o‘rinda qayd etilgan.
Eng baxtsiz davlat sifatida yana Afg‘oniston tan olindi. Hisobotda mamlakatlarning YaIM darajasi, umr davomiyligi, korrupsiya darajasi va ijtimoiy erkinlik kabi omillar hisobga olingan. 📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️Ilk kitobxon g‘oliblar aniqlandi
📚“Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi 10-14 yosh toifasidagi g‘oliblar bilan tanishing!
1-o‘rin: Dilbarxon Haydarova (Toshkent sh.) 356.7- ball — Prezident sovg‘asi “Chazor” elektromobili;
2-o‘rin: Gulmira Norpo’latova (Samarqand) -334.7 ball — 75 mln so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin: Nastarin Ibrohimova (Navoiy) - 321 ball — 50 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi.
#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#Yosh_kitobxon
🥈👏“Yosh kitobxon” — g‘oliblarni tabriklaymiz!
👍“Yosh kitobxon” tanlovining (10-14 yosh toifasida) respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra, Nurobod tumanidagi 4-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Gulmira Norpo‘latova -334,7 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
📘 Ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Gulmiraning birinchi ustozi — onasi Gulruh Xolboyevaning aytishicha "Gulmira kitoblarni shunchaki o‘qimaydi, shunchaki o‘qishni qabul ham qilolmaydi". Gulruh Xolboyeva maktabda ham a’lo baholarga o‘qishi bilan boshqalardan ajralib turadigan qizining yutuqlarida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Barno Pardayevaning mehnatlari alohida o‘rin tutishini aytib, ustoziga minnatdorlik bildirdi.
Telegram foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi
Pavel Durov Telegram messenjeri oylik faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshgani va dunyoda WhatsApp’dan keyingi ikkinchi eng mashhur messenjerga aylangani haqida ma’lum qildi.
Messenjerda foydalanuvchilar faolligi oshib bormoqda. Qayd etilishicha, har bir foydalanuvchi Telegram’ni kuniga o‘rtacha 21 marta ochadi hamda o‘rtacha hisobda 41 daqiqa davomida foydalanadi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi(ADHD) nima?
❓Farzandimda ADHD borligini qanday bilsam bo‘ladi?
👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/diqqat-yetishmovchiligi-va-giperfaollik-sindromi-adhd-nima-589
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
⚡️ Ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 24-30-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
💴 To‘lovlar esa 31-martgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 19-20- aprel kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
📸
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan oqqo‘rg‘onlik o‘qituvchi To‘lqin Mansurov orden bilan mukofotlandi
Batafsil: https://marifat.uz/show-post/oqituvchi-tolqin-mansurov-orden-bilan-mukofotlandi-587
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova