Khwarizmi International School of olympiads (KHISO) - Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali! Admin: @khiso_admin Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
🏆Yangi gʻoliblarni oʻqitish uchun gʻoliblar safiga qoʻshiling!
🎓Finalga kela olmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat: "Norasmiy final" olimpiadasi!
TIFT universiteti tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida mantiqiy matematika boʻyicha respublika olimpiadasi o‘tkazilgan edi.
#oav_biz_haqimizda
Bir hafta davomida iqtidorli oʻquvchilarni jamlagan loyiha - "YOZGI MAKTAB-2024" haqida Mening yurtim telekanalida koʻrsatuv namoyish etildi.
Unda gʻoliblar va loyiha asoschisining fikrlari ham berilgan.
Yozgi maktabda taqdirlash marosimi yuqori saviyada oʻtkazildi.
Gʻolib oʻquvchilarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Avezimbetovich Sharipov hamda Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti direktori, “Oʻzbekiston qahramoni”, Senator, akademik Shavkat Abdullayevich qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi.
Yozgi maktabdagi barcha ishtirokchilarga Turin Politexnika universiteti homiyligida maxsus nashr etilgan kitoblar, sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, loyiha homiylaridan Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining rektori Azizxon Asrorovich Nodirov oʻz yosh toifasida eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarni taqdirladi.
Barcha rasmlar sifatli formatda facebook sahifamizga yuklandi!
🖼 Yozgi maktab tadbirlari doirasida suratgan olingan rasmlar facebookdagi rasmiy sahifamizga qo‘yildi. Rasmlarni yuklab olish: ➡️ FOTOGALERIYAЧитать полностью…
Bugun “YOZGI MAKTAB” da taqdirlash!
Har bir ishtirokchi kitob, sertifikat va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlanadi!
“YOZGI MAKTAB-2024”: Final oldi darslar oʻtkazildi
3-kunning ikkinchi yarmida #movie_time va sport musobaqalari oʻtkazildi!
Shaxmat, basketbol va futbol musobaqalari oʻtkazildi!
Bugun "Yozgi maktab" da ochilish marosimi va ilk darslar boʻlib oʻtdi!
🚂 Dastlab soat 9:00 da Xorazm viloyatidan kelgan ko‘p sonli o‘quvchilar kutib olindi va yotoqxonaga joylashtirildi.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida loyiha rahbari Sardor Bozorboyev qoidalar va #yozgi_maktab_ustozlari ni tanishtirdi.
👨🏫 Shundan soʻng xalqaro olimpiada g‘oliblari ishtirokida maharot darslari boshlanadi. Darslarda faol bo‘lgan o‘quvchilar maxsus valyutalar bilan to‘plashdi.
🍛 Tushlik, erkin grafik va kechki ovqat tashkil qilinadi.
➡️ Ertaga sizni yanada qiziqarli darslar va tadbirlar kutmoqda
📍 LOKATSIYA
✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
ℹ️ Koordinatorlar +998932825657 (Zafarbek), +998939290006 (Dilnoza), +998942030108 (Nilufar)
Yozgi maktab ochilishiga kelganlar Turin Politexnika universitetining “YELLOW HALL” zaliga borishadi.
P.S: Viloyatdan kelgan poyezd 1 soatga kechikkani sababli ochilish marosimi vaqti surildi.Читать полностью…
🟢 Ertadan yozgi maktab boshlanadi!
⚡️ ULUG‘BEK IZDOSHLARI olimpiadasining 4-mavsumining final bosqichi - yozgi maktabning dasturi.
Final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga maxsus nashr qilingan kitob taqdim etiladi. Shuningdek, mahorat darslari, turli tadbirlar, texnoturlar va final olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
❗️ DIQQAT: Ertaga final olimpiadasi!
#TIFT_MATH_OLYMPIAD_2024 finalida 874 nafar saralangan o‘quvchilar ishtirok etadi!
✅ Olimpiadaning yakuniy bosqichida finalga chiqib, 11-sinfga ko‘chgan yoki hozirda abituriyent bo‘lganlargina qatnasha oladi.Читать полностью…
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣📣📣📣📣
🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-9-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI
📆 Joriy yilning 8-9-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.
❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.
⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
🚀 @khiso
#TIFT_MATH_OLYMPIAD to‘liq finalchilarni e'lon qilamiz🎉
🎁 Unutmang, siz bu olimpiada orqali 4 yillik grant, har oy 1 million soʻm stipendiya, noutbuk, zamonaviy fitness zalga bir yillik yoʻllanma qo‘lga kiritishingiz mumkin. Gʻolib va ishtirokchilarni boshqa koʻplab sovgʻalar kutmoqda. Batafsil: ➡️ t.me/khiso/4583Читать полностью…
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot
❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.
TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR HAFTALIGI: 3-KUN
🎓 Prezident maktabining asosiy imtihoniga 4 kun vaqt qoldi.
🗓 21-25 iyul soat 9:00 dan soat 23:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.
📈 Tanqidiy fikrlash: 16 ta savol;
📊 Muammoni hal qilish: 24 ta savol;
🇺🇿 Imtihon tili: Faqat o‘zbek tilida.
🧪 Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.
🥇 Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
📹 Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.
📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.
✍️ Qo‘shimcha savollar uchun: ➡️@khiso_admin
TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR HAFTALIGI: 2-KUN
🎓 Prezident maktabining asosiy imtihoniga juda kam vaqt qolmoqdi. Talablarga binoan 5 kun davomida maxsus test o‘tkaziladi!
TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR HAFTALIGI
🎓 Prezident maktabining asosiy imtihoniga juda kam vaqt qolmoqdi. Talablarga binoan 5 kun davomida maxsus test o‘tkaziladi!
❗️ Bugungi test 17:00 dan boshlanadi!Читать полностью…
Yozgi maktabda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Yozgi maktab haqida batafsil video rolikni keyinroq e’lon qilamiz.Читать полностью…
📊 "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 4-mavsum finali - "YOZGI MAKTAB-2024" natijalarini e'lon qilamiz.
🏆 G‘oliblar mos ravishda planshetlar, smartfon, simsiz quloqchin va SmartWatch soatlari bilan taqdirlanishadi.
📔 Shuningdek, har bir ishtirokchiga sertifikat, maxsus kitob va esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.
🎁 Taqdirlash marosimi ertaga soat 9:00 da Turin Politexnika universitetining Konferensiyalar zalida o‘tkaziladi.
📍 LOKATSIYA
Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!
✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
Izoh: Har bir kategoriyadan 3 nafardan o‘quvchi g‘olib deb topildi. Shuningdek, A (1-2 sinf) va B (3-4 sinf) kategoriyalarida kichik sinf o‘quvchilaridan eng yaxshi natijaga erishgan bir nafardan o‘quvchilar ham taqdirlanadi.Читать полностью…
“YOZGI MAKTAB-2024”: 4-kun tadbirlarga boy bo‘ldi
🤝 Ekskursiyamizni sifatli tashkil etishda yordamini ayamagani uchun Al Xorazmiy IT maktabi va AKITA rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
“YOZGI MAKTAB-2024”: 3-kun qanday oʻtmoqda?
“YOZGI MAKTAB-2024”: 2-kun qanday oʻtmoqda?
Darslar 13:30 da quyidagi auditoriyalarda boshlanadi:
1-2 sinf 201-xona;
3-4 sinf 204-xona;
5-6 sinf 205-xona;
7-8 sinf 203-xona.
🆘 Bugun Yozgi maktab ochilishi va ilk darslar boshlanadi!
🏢 Bugun soat 10:00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida yozgi maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
👨🏫 So‘ngra o‘quvchilar mentorlarga biriktirilib, xalqaro olimpiada g‘oliblari ishtirokida maharot darslari boshlanadi.
📍 LOKATSIYA
#TIFT_MATH_OLYMPIAD_2024 natijalarini e'lon qilamiz!
🎓Finalga 5 kun qoldi!
TIFT universiteti tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida mantiqiy matematika boʻyicha respublika olimpiadasini e’lon qilgan edi.
❓ Final bosqichida tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish va mantiqiy matematika savollari beriladi.
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.
⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet
🚀 @khiso
⚡️ Yozgi maktab-2024 ga saytimizdagi reytingli olimpiadalar orqali yo‘llanma olgan o‘quvchilar ro‘yxatini e'lon qilamiz!
Final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga maxsus nashr qilingan kitob taqdim etiladi. Shuningdek mahorat darslari va olimpiadada bepul qatnashish huquqiga egadirlar. Texnotur, ovqatlanish yoki turar-joy uchun xarajatlar ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyihaga 4 xil usulda qatnashish mumkin. Avvalo Xorazm va Toshkent shahrida o‘tkazilgan oflayn olimpiadalar orqali. Keyin khiso.uz platformamizda o‘tkazilgan reytingli olimpiadalar va "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining 9 ta onlayn saralashi orqali.Читать полностью…