judouz | Unsorted

Telegram-канал judouz - Judo Uz

15154

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! ➖➖➖➖➖ Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Subscribe to a channel

Judo Uz

📺📹“SPORT” telekanali informatsion dasturi ijodkorlari 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko`rayotgan terma jamoalarimiz haqida lavha tayyorlashdi...

«В программе «SPORT янгиликлари» телеканала SPORT подготовлен сюжет о подготовке сборных команд страны к сезону 2026 года.»

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🛬🇯🇵Terma jamoamiz dzyudo vatani Yaponiyaga yetib bordi

Oʼzbekiston erkaklar terma jamoasi 11-30 yanvar kunlari oraligʼida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etiladigan xalqaro oʼquv-mashgʼulot yigʼinida ishtirok etadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Аleksey Budolin boshchiligida dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtga yetib borishdi. Reja boʼyicha 11-18 yanvar kunlari Kokushikan, 18-24 yanvarda Tokayi, 24-30 yanvar kunlari oraligʼida esa Nihon Universiteti qoshidagi dzyudo markazida mashgʼulotlar oʼtkaziladi.

Yaponiyadagi oʼquv-mashgʼulot yigʼini 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini oʼtab beradi.

Родина дзюдо встречает: сборная Узбекистана начала сбор в Японии

Мужская команда с 11 по 30 января проводит международный учебно-тренировочный сбор в Токио. Под руководством главного тренера Алексея Будолина наши дзюдоисты начали работу в Стране восходящего солнца.

Согласно плану подготовки, с 11 по 18 января тренировки пройдут на базе университета Кокушикан, с 18 по 24 января — в университете Токай, а заключительный этап, с 24 по 30 января, состоится в дзюдо-центре при университете Нихон.

Сбор в Японии является важным этапом подготовки к турниру OTP Group Tashkent Grand Slam 2026, который пройдет 28 февраля — 1 марта в столице Узбекистана.

🇺🇿🥋Yaponiya yigʼinida ishtirok etadigan tarkib:

-60 kg: Bahrom Boturov, Samariddin Qoʼchqorov
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov, Аbdurahim Nutfulloyev
-73 kg: Shahram Аhadov
-81 kg: Аrslon Tojiyev
-90 kg: Davlat Bobonov, Shahzodxoʼja Sharipov, Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Аlisher Yusupov

Bosh murabbiy - Аleksey Budolin

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🎁🎂💐Muhayyo Axmatovani tabriklaymiz!

Bugun terma jamoamiz a’zosi Muhayyo Axmatova tavallud kunini nishonlamoqda.

Bir necha karra O‘zbekiston chempioni, Dushanbe Grand Slam 2025 kumush medali sohibasi, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati sovrindori o‘z tug‘ilgan kunini Vatandan olisda - Avstriyada nishonladi. Shu kunlarda Muhayyo terma jamoamiz tarkibida Mitterzill shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Muhayyo Axmatovani bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etadi. Unga yangi mavsumda o‘zi qatnashadigan musobaqalarda zafar yor bo‘lishini tilaymiz.

Поздравляем Мухайё Ахматову!

Сегодня день рождения отмечает член национальной сборной Узбекистана по дзюдо Мухайё Ахматова.

Многократная чемпионка Узбекистана, серебряный призёр Dushanbe Grand Slam 2025, призёр чемпионата Азии среди молодёжи встречает этот день в Австрии, где в составе сборной участвует в международном учебно-тренировочном сборе в Миттерзилле.

Федерация дзюдо Узбекистана поздравляет Мухайё Ахматову и желает ей ярких побед и успешного сезона.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Dzyudochilarimiz Yaponiya safari oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtishdi

Tеrma jamoamiz dzyudochilari Oʻzbеkiston Milliy olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Rеspublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy tеkshiruvdan oʻtishdi. Markazining malakali mutaxassislari sportchilarimizning salomatligini toʻliq koʻzdan kеchirib, zaruriy maslahatlarini bеrishdi.

Toshkеntda bir haftalik mashgʻulotlarni yakunlagan erkaklar tеrma jamoamiz bugun kеchqurun 2026 yildan oʻrin olgan ilk xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazish uchun dzyudo vatani Yaponiya davlatiga joʻnab kеtadi.

Дзюдоисты сборной Узбекистана готовы к поездке в Японию

Национальная сборная Узбекистана по дзюдо прошла медицинский осмотр в Республиканском научно-практическом центре спортивной медицины при Национальном олимпийском комитете Узбекистана. Специалисты центра оценили функциональное состояние спортсменов и дали необходимые рекомендации перед зарубежным сбором.

Завершив недельный этап подготовки в Ташкенте, мужская сборная сегодня вечером вылетает в Японию, где на родине дзюдо проведёт первый в 2026 году международный учебно-тренировочный сбор.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🇦🇹🥋Oʼzbekiston ayollar terma jamoasining 50 dan ortiq davlat ishtirokida oʼtkazilayotgan Mitterzill (Аvstriya)dagi xalqaro oʼquv-mashgʼulot yigʼini davom etmoqda...

Международный учебно-тренировочный сбор женской сборной Узбекистана продолжается в Миттерзилле (Австрия). В спаррингах и тренировках принимают участие спортсменки из более чем 50 стран, что делает сбор одним из самых представительных в сезоне.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Dzyudochilarimizning Mitterzilldagi mashg‘uloti boshlandi

🇦🇹Avstriya davlatiga yo‘l olgan Andrey Shturbabin boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026 yil hisobidan o‘rin olgan ilk xorij o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.

Xabar berganimizdek, Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev ushbu yig‘inda murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan alohida dastur asosida shug‘ullanmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur xalqaro xorij yig‘inida dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan 1000 nafarga yaqin dzyudochi 2026 yilgi IJF taqvimidan o‘rin olgan musobaqalarga hozirlik ko‘rmoqda.

К сезону-2026 без раскачки: сборная Узбекистана по дзюдо начала зарубежный сбор

Женская национальная команда под руководством Андрея Штурбабина начала первый зарубежный учебно-тренировочный сбор в сезоне-2026. Австрийский этап стал важной частью подготовки к предстоящим международным стартам.

Как сообщалось ранее, призёр Олимпийских игр Париж-2024 и чемпион мира Музаффарбек Турабоев работает на сборе по индивидуальной программе, составленной тренерским штабом.

Масштаб сбора впечатляет: около 1000 дзюдоистов из более чем 50 стран мира ведут интенсивную подготовку к турнирам, включённым в календарь IJF-2026.

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🛫🇦🇹Ta’til tugadi, oldinda mas’uliyatli mavsum. Ayollar terma jamoamiz ilk xorij yig‘iniga yo‘l oldi

Bayram munosabati bilan e’lon qilingan qishki ta’til o‘z yakuniga yetib, dzyudochilarimiz yana "ish"ga qaytishdi.

Bosh murabbiyi Andrey Shturbabin boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk xorij yig‘inini o‘tkazish maqsadida Avstriyaga jo‘nab ketdi. Dzyudochilarimiz 5-12 yanvar kunlari Mitterzill shahrida o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.

Har yili an’anaviy tarzda mavsum starti oldidan Mitterzill shahrida tashkil etiladigan ushbu xalqaro mashg‘ulotlarda Parij Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboyev alohida dastur bo‘yicha shug‘ullanadi.

Yilning ilk IJF musobaqasi Paris Grand Slam 2026 bo‘lib, 7-8 fevral kunlari Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 2026 yilgi mavsumni OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 (28 fevral - 1 mart) turniridan boshlaydi. Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini poytaxtimizda o‘tadigan musobaqaga tayyorgarlikning ilk bosqichi bo‘ladi.

С прицелом на Grand Slam: сборная Узбекистана по дзюдо начинает подготовку к сезону

Зимние каникулы позади — впереди сезон больших стартов. Дзюдоисты сборной Узбекистана приступили к тренировкам и отправились на первый зарубежный сбор.

Национальная женская сборная под руководством главного тренера Андрея Штурбабина вылетела в Австрию для участия в международном тренировочном сборе в Миттерзилле (5-12 января). Вместе с командой на сбор отправился призёр Олимпийских игр Музаффарбек Турабоев, который будет готовиться по индивидуальной программе.

Первым стартом сезона в календаре IJF станет Paris Grand Slam 2026 (7-8 февраля). Сезон для сборной Узбекистана откроется дома на OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 (28 февраля – 1 марта). Австрийский сбор — первый этап подготовки к ташкентскому «Большому шлему».

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

Hammasi uchun rahmat, aziz kuzatuvchilar!

Tarix sahifalariga muhrlangan 2025 yilgi dzyudo mavsumi musobaqalarga boy bo‘ldi.

Yil davomida dzyudochilarimiz ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalar, turli darajadagi tadbir va marosimlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini imkon qadar yoritib borishga harakat qildik.

Albatta, bu borada siz aziz o‘quvchilarimiz va kuzatuvchilarimizning e’tiboridan kuch, energiya oldik. Matbuot xizmati tomonidan joylanayotgan har bir xabar va lavhaga bo‘lgan munosabatingiz, ya’ni zamonaviy tilda aytganda layk, yurak va olovcha reaksiyalari bizga ilhom bag‘ishladi.

Barchasi uchun tashakkur! Bizni kuzatishda davom eting. 2026 yilda dzyudochilarimiz jahon va Osiyo chempionatlari, "Katta Dubulg‘a", Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlar va eng asosiy musobaqalardan biri - dzyudo vatanida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati barcha musobaqa va tadbirlarni keng yoritib borishni maqsad qilgan. Yana bir bor e’tiboringiz uchun rahmat!

Спасибо вам, дорогие подписчики и верные болельщики!

Сезон дзюдо 2025 года, навсегда вписанный в страницы истории, выдался насыщенным соревнованиями и событиями.

На протяжении всего года мы старались максимально полно освещать международные и республиканские турниры с участием наших дзюдоистов, а также мероприятия различного уровня, торжественные церемонии и учебно-тренировочные сборы.

Безусловно, в этой работе мы черпали силы и энергию из вашего внимания, уважаемые читатели и зрители. Ваша реакция на каждую новость и видеоматериал, опубликованные пресс-службой, — говоря современным языком, лайки, сердечки и огоньки — вдохновляли нас и придавали мотивации.

Искренне благодарим каждого из вас! Продолжайте быть с нами. В 2026 году дзюдоистам Узбекистана предстоят ключевые старты — чемпионаты мира и Азии, турниры серий «Большой шлем» и Гран-при, а также одно из главных событий олимпийского цикла — Азиатские игры, которые пройдут на родине дзюдо.

Пресс-служба Федерации дзюдо Узбекистана и далее будет всесторонне освещать путь национальной сборной, её победы, испытания и новые достижения.
Спасибо за ваше доверие и поддержку!

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Ostonada eshik qoqayitgan 2026 yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Yana sanoqli soatlardan so‘ng o`zbek sporti, xususan dzyudosi uchun omadli kelgan 2025 yilni kuzatib, yangi 2026 yilni qarshi olamiz.

Tarix sahifalariga muhrlanib borayotgan yilda nafaqat O‘zbekiston sporti, balki dzyudosi tarixida ham aytishga arzigulik natijalar kuzatildi. O'smirlar terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionatida 80 ga yaqin davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. O'smir va yoshlarimiz Indoneziyada o'tgan Osiyo chempionatida tengsiz bo'lishdi. Yoshlar Osiyo o'yinlarida birinchi o'rindan joy oldik. Yana bir kompleks musobaqa - VI Islom birdamligi o'yinlarida esa ikkinchi o'rinni band etdik.

Umid qilamizki, 2026 yil ham o‘zbek dzyudosi uchun omadli keladi. Odatdagidek, Toshkentda "Katta Dubulg‘a" turniri tashkil etiladi. Yilning eng asosiy kompleks musobaqasi esa dzyudo vatani Yaponiyada o`tkaziladigan Osiyo o`yinlarida sportchilarimiz, xususan dzyudochilarimizdan ham tarixiy natijalar kutib qolamiz.

2026 год уже стучится в двери! Пусть он принесёт радость, вдохновение и новые победы каждому из нас!

Сейчас мы провожаем 2025 год — удивительный и успешный для узбекского спорта, а особенно для национального дзюдо. Этот год войдёт в историю: впервые юношеская сборная Узбекистана на чемпионате мира заняла первое место в общекомандном зачёте среди почти 80 стран. Наши юноши и молодёжь блистали на чемпионате Азии в Индонезии. Молодёжная сборная стала победителем Азиатских молодёжных игр, а взрослая сборная на VI Играх исламской солидарности завоевала второе место.

С надеждой и амбициями встречаем 2026 год. Ташкент вновь примет турнир серии «Большой шлем», а главным событием станет участие наших спортсменов в Азиатских играх в Японии — на родине дзюдо. Там мы ждём новых исторических побед и ярких страниц в летописи узбекского спорта.

Пусть наступающий год станет годом силы, решимости и новых рекордов для каждого спортсмена и для всей страны!

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

Yorqin gʻalabalar, unutilmas xotiralar uchun rahmat, 2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣!

Спасибо 2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣ за яркие победы и незабываемые воспоминания!

#YilYakunlari

👉 @OlympicUz

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋🎁Diplomat Judo Club'da yil yakunlari sarhisob qilindi

В Diplomat Judo Club — итоги года и новые ориентиры

Obuna bo'ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Kichik o`smirlar o`rtasidagi O‘zbekiston chempionatining barcha vazn toifalari natijalari bilan tanishing!

Представляем результаты во всех весовых категориях чемпионата Узбекистана по дзюдо среди младших юношей!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Murabbiylar shtabi tomonidan 2026 yilgi mavsum rejalari taqdim etildi

Тренерский штаб представил планы на сезон 2026 года

Obuna bo`ling👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋O`smirlar o'rtasidagi O‘zbekiston chempionatining saralash bellashuvlari murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda...

Отборочные схватки юношеского чемпионата Узбекистана по дзюдо проходят в жёсткой и напряжённой борьбе.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🇯🇵🥋Dzyudochilarimizning Yaponiyadagi mashg‘uloti boshlandi

Xabar berganimizdek, Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish maqsadida Yaponiya davlatiga yetib borgandi.

Dzyudochilarimizning Kunchiqar yurtdagi ilk mashg‘uloti ochiq osmon ostida, toza havoda bo‘lib o‘tdi. Reja bo‘yicha terma jamoamiz Tokiodagi uchta universitet qoshidagi dzyudo markazlarida mashg‘ulot o‘tkazishadi. Ushbu yig‘in 30 yanvarga qadar davom etadi.

Сбор национальной сборной Узбекистана по дзюдо в Японии стартовал

Национальная сборная Узбекистана по дзюдо под руководством главного тренера Алексея Будолина начала международный учебно-тренировочный сбор в Японии.

Первую тренировку в Стране восходящего солнца наши дзюдоисты провели на открытом воздухе — в условиях, максимально приближённых к соревновательным. В соответствии с планом подготовки команда будет тренироваться на базах дзюдо-центров при трёх университетах Токио. Сбор продлится до 30 января.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🎁🎂Jahon chempionati sovrindori Azizbek Ortiqovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi Azizbek Ortiqov uchun quvonchli kun.

Navoiylik dzyudochimiz bugun 24 yoshga to‘ldi. Ortiqov yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida kumush, Tbilisi Grand Slam 2025 turnirida esa bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Azizbek Ortiqovni tavallud kun bilan muborak etadi. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Поздравляем призёра чемпионата мира Азизбека Ортикова!

Сегодня особенный день для одного из представителей сборной Узбекистана по дзюдо — Азизбека Ортикова.

Спортсмен из Навои отмечает своё 24-летие. В его активе — серебряная медаль чемпионата мира среди молодёжи, титул чемпиона Азии в этой же возрастной категории, а также бронза престижного турнира Tbilisi Grand Slam 2025.

Федерация дзюдо Узбекистана поздравляет Азизбека Ортикова с днём рождения и желает крепкого здоровья, стабильных побед и новых ярких достижений на международной арене.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🇦🇹🥋Oʼzbekiston ayollar terma jamoasining 50 dan ortiq davlat ishtirokida oʼtkazilayotgan Mitterzill (Аvstriya)dagi xalqaro oʼquv-mashgʼulot yigʼini davom etmoqda...

Международный учебно-тренировочный сбор женской сборной Узбекистана продолжается в Миттерзилле (Австрия). В спаррингах и тренировках принимают участие спортсменки из более чем 50 стран, что делает сбор одним из самых представительных в сезоне.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Ijroqo‘mi qarori bilan tashkil etilgan Tartib-intizom komissiyasining barcha qoidalari...

Решением Исполнительного комитета Федерации дзюдо Узбекистана была создана Дисциплинарная комиссия, деятельность которой осуществляется на основании утверждённых положений...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Yangi mavsum rejalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida 2026 yilgi mavsum rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda oldinda turgan musobaqalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga mezbonlik qiladi. Bugungi yig‘ilishda ushbu nufuzli musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish, mehmonlar va ishtirokchilarni kutib olish, ularni mehmonxonalarga joylashtirish, mashg‘ulot zallarini hozirlash, transport komunikatsiya kabi muhim masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Обсуждены планы на новый сезон

Сегодня в Федерации дзюдо Узбекистана состоялось рабочее совещание, посвящённое планам на сезон 2026 года. В ходе встречи были рассмотрены вопросы подготовки к предстоящим соревнованиям, а также ряд организационных аспектов.

Как известно, 28 февраля – 1 марта столица примет престижный турнир OTP Group Tashkent Grand Slam 2026. На сегодняшнем совещании особое внимание было уделено проведению данного соревнования на высоком организационном уровне. Обсуждены вопросы приёма гостей и участников, их размещения в гостиницах, подготовки тренировочных залов, транспортного обеспечения и других важных направлений. По итогам встречи ответственным лицам даны соответствующие поручения и указания.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

📺📹“SPORT” telekanalining "Sport Nigohi" tahliliy dasturi ijodkorlari 2025 yilgi mavsum yakunlari haqida tahliliy ko'rsatuv tayyorlashdi...

Творческий коллектив аналитической программы «Спортивный взгляд» телеканала «SPORT» подготовил аналитический выпуск об итогах сезона 2025 года...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🎁🎂💐Halimajon Qurbonovani tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Halimajon Qurbonova o‘z tavallud kunini nishonlamoqda.

Halimajon Xorazm dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi. U Osiyo chempioni, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindori, Harbiylar o`rtasida 42-Jahon chempionati kumush medali sohibasi, Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi oilasi nomidan Halimajon Qurbonovani muborakbod etamiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz. 2026 yilgi mavsum barcha dzyudochilarimiz qatori Halimajon uchun ham g`alabalarga boy bo'lsin!

Поздравляем Халимажон Курбонову!

Сегодня день рождения отмечает член сборной команды Узбекистана Халимажон Курбонова — воспитанница хорезмской школы дзюдо, чемпионка Азии, победительница и призёр международных турниров, серебряный призёр 42-го чемпионата мира среди военнослужащих и участница Олимпийских игр Париж-2024.

Федерация дзюдо Узбекистана поздравляет Халимажон Курбонову с днём рождения и желает крепкого здоровья, стабильных выступлений и новых побед в сезоне-2026.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🎄Yangi yilingiz muborak boʻlsin!

С Новым годом!

Obuna bo'ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyati tadbirlarga nihoyatda boy bo‘ldi.

Tarixiy tashriflar, muhim uchrashuvlar, qabul qilingan qarorlar, erishilgan kelishuvlar, ishga tushirilgan va boshlangan yirik loyihalar ortida, har bir raqam zamirida – davlatimiz rahbarining xalq manfaati va yurt taraqqiyotiga qaratilgan tinimsiz va mashaqqatli mehnati.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan 2025 yilda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida hududlarga e’tibor qaratildi

Yakuniga yetib borayotgan 2025 yilda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan hududlar dzyudosini yanada rivojlantirishi, uni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida amaliy ishlarga qo‘l urildi.

Xususan, Federatsiya raisi Azizjon Kamilov xizmat safari bilan Surxondaryo, Namangan, Andijon, Navoiy, Samarqand, Buxoro, umuman barcha viloyatlarda bo‘ldi. Tashrif davomida hududlarda dzyudoni rivojlantirish bilan bog‘liq masala va muammolar o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, viloyatlarga jami 14 ta to‘plam tatami va boshqa jihozlar topshirildi.

Sir emas, mamlakat dzyudosining yuzi, terma jamoalarining qanchalik kuchli bo‘lishi bevosita hududlardagi dzyudo rivojiga bog‘liq. Ostonada eshik qoqib turgan 2026 yilda ham O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan viloyatlar infratuzilmasini yaxshilashga katta e’tibor qaratiladi.

В 2025 году Федерация дзюдо Узбекистана определила развитие дзюдо в регионах в числе ключевых приоритетных направлений своей деятельности.

В течение года проведена системная работа, направленная на укрепление материально-технической базы и повышение эффективности организации дзюдо на местах. Мероприятия были ориентированы на создание устойчивых условий для подготовки спортивного резерва и долгосрочное развитие отрасли.

В рамках рабочих визитов председатель Федерации дзюдо Узбекистана Азизжон Камилов посетил ряд областей республики, в том числе Сурхандарьинскую, Наманганскую, Андижанскую, Навоийскую, Самаркандскую и Бухарскую области. В ходе поездок изучены актуальные вопросы развития регионального дзюдо, проведен анализ существующих проблем и оказана практическая поддержка. В частности, в регионы передано 14 комплектов татами и иное специализированное спортивное оборудование.

Федерация последовательно исходит из того, что уровень национальных сборных команд и международные позиции узбекского дзюдо напрямую зависят от качества работы в регионах. В 2026 году развитие региональной инфраструктуры и совершенствование системы подготовки спортсменов останутся в числе приоритетных задач.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining hududiy bo‘limlari faoliyati tahlili

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hududiy bo‘limlarining yakuniga yetib borayotgan 2025 yilgi mavsumdagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 307 nafar sportchi turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizga tayyorlab berilgan. Ular kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblaridan o‘rin olgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Xorazm viloyatiga tegishli bo‘lib, 62 nafar dzyudochi terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Buxoro (39), Qashqadaryo (38) va Toshkent shahri (32) yuqori natijalarni qayd etgan hududlar qatorida e’tirof etildi. Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatida ham bu borada ishlar ijobiy ko‘rinishda. Bu yil Sirdaryo viloyatida ham o‘sish ko‘zga tashlandi.

Hududlarda xorijdan taklif etilgan murabbiylar faoliyat yurita boshladi. Bu ham albatta, o‘z samarasini beradi. Prezident Qarori bilan tashkil etilgan Urganch va Denov dzyudo mahorat maktablari tarbiyalanuvchilari qisqa fursatda xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘ldi. Joriy yilda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining yillik taqvimiga "Uzbekistan Judo Tour" va "Judo Kids" musobaqalari qo‘shildi. Bu ham hududlarda dzyudo ommaviyiligi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

2026 yilda Buxoro va Xorazm viloyatlarining tizimli ravishda olib borayotgan rivojlanish tajribasi qolgan hududlarga ham tadbiq etiladi. Bu orqali nisbatan oqsayotgan viloyatlardagi dzyudo rivoji yo‘lidagi islohotlarda ham o‘zgarish va buning ortidan o‘sishga erishish maqsad qilingan.

Анализ деятельности территориальных подразделений Федерации дзюдо Узбекистана

В Федерации дзюдо Узбекистана рассмотрена деятельность территориальных подразделений по итогам сезона 2025 года, который подходит к завершению.

По результатам анализа, по всей республике подготовлены 307 спортсменов, вошедших в составы национальных сборных команд различных возрастных категорий. Они представлены в основных и резервных составах сборных команд среди младших юношей, юношей, молодёжи и взрослых.

В региональном разрезе наивысший показатель зафиксирован у Хорезмской области — 62 дзюдоиста вошли в составы сборных команд. Высокие результаты также показали Бухарская область (39), Кашкадарьинская область (38) и город Ташкент (32). Положительная динамика отмечается в Самаркандской, Сурхандарьинской, Джизакской, Навоийской и Ташкентской областях. В текущем году заметный рост продемонстрировала и Сырдарьинская область.

В регионах начали работу тренеры, приглашённые из-за рубежа, что, безусловно, уже даёт положительный эффект. Воспитанники школ дзюдо мастерства в Ургенче и Денау, созданных в соответствии с постановлением Президента, в короткие сроки стали победителями и призёрами международных соревнований. В текущем году в годовой календарь Федерации дзюдо Узбекистана были включены турниры «Uzbekistan Judo Tour» и «Judo Kids», что также способствует популяризации и развитию дзюдо в регионах. Это также способствует популяризации и развитию дзюдо в регионах.

В 2026 году планируется внедрение системного опыта развития дзюдо, реализуемого в Бухарской и Хорезмской областях, и в других регионах страны. Это нацелено на проведение качественных реформ и достижение устойчивого роста в развитии дзюдо в тех областях, где данный процесс ранее отставал.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋🎁Diplomat Judo Club'da yil yakunlari sarhisob qilindi

Iste’dodli dzyudochilarni tarbiyalayotgan, yurtimizda o‘tkaziladigan musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotgan Diplomat Judo Club'da 2025 yil yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramona ruhda o‘tgan marosimda yil davomida yaxshi natijalarga erishgan yosh dzyudochilarning mehnati murabbiylar tomonidan e’tirof etilib, munosib taqdirlandilar. Klubning faol dzyudochilariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

В Diplomat Judo Club — итоги года и новые ориентиры

В Diplomat Judo Club подвели итоги насыщенного и результативного 2025 года. Клуб, уверенно готовящий талантливых дзюдоистов и регулярно заявляющий о себе на соревнованиях, завершил сезон торжественным мероприятием.

В праздничной, по-настоящему спортивной атмосфере были отмечены воспитанники, проявившие характер, стабильность и волю к победе на протяжении всего года. Тренерский штаб дал высокую оценку их работе, а самые активные и успешные дзюдоисты были награждены ценными подарками.

Obuna bo'ling👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Kichik o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida barcha 14 hudud dzyudochilari sovrindor bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida o‘tkazilgan kichik o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.

E’tiborga molik jihati shundaki, barcha 14 ta hududdan kelgan dzyudochilar shohsupaga ko‘tarilishdi. Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon viloyati dzyudochilarining O‘zbekiston chempionatida medal qo‘lga kiritgani quvonarli holat, albatta.

Yakunda umumjamoa hisobida Xorazm viloyati terma jamoasi 4 ta oltin, 7 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Buxoro jamoasi hisobida ham 4 nafar chempion bo‘ldi, faqat kumush medallar kamligi hisobiga ular ikkinchi o‘rinni band etishdi. Kuchli uchlikka 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan Jizzax viloyati dzyudochilari yakun yasab berdi.

В Карши завершился чемпионат Узбекистана по дзюдо среди младших юношей

Медали турнира завоевали представители всех 14 регионов страны, что наглядно свидетельствует о росте конкуренции и общем прогрессе отечественного дзюдо на юношеском уровне. В число призёров также вошли дзюдоисты Ферганской, Сырдарьинской и Андижанской областей.

В общекомандном зачёте первое место заняла сборная Хорезмской области — 4 золотые, 7 серебряных и 2 бронзовые медали. Бухарская команда с четырьмя чемпионами стала второй. Третье место у дзюдоистов Джизакской области — 3 золота и 1 бронза.

O‘smirlar

-46 kg vazn toifasi
1. Saidakbar Hayitov (Toshkent shahri)
2. Amirbek Boturov (Buxoro)
3. Ahmad Abdullayev (Surxondaryo)
3. Zafar Murodullayev (Qashqadaryo)

-50 kg vazn toifasi
1. Sayan Alibekov (Toshkent viloyati)
2. Kamron Sobirov (Buxoro)
3. Temurmalik Eshpo‘latov (Samarqand)
3. Shamshod Rayimqulov (Buxoro)

-55 kg vazn toifasi
1. Sherzod Shomurodov (Buxoro)
2. Samir Toxirov (Toshkent shahri)
3. Ibrohim Jovliyev (Surxondaryo)
3. Firdavs To‘ychiyev (Toshkent viloyati)

-60 kg vazn toifasi
1. Ozodbek Olimov (Buxoro)
2. Sunnatillo Samadov (Andijon)
3. Ma’murjon Arziqulov (Navoiy)
3. Navro‘z Rahmatov (Buxoro)

-66 kg vazn toifasi
1. Shohjahon Homidov (Buxoro)
2. Bilolxo‘ja Ibragimov (Farg‘ona)
3. Ilhom Obidov (Buxoro)
3. Chingiz Salimov (Samarqand)

-73 kg vazn toifasi
1. Vohidjon Shermamatov (Toshkent shahri)
2. Erkinbay Azirbayev (Qoraqalpog‘iston)
3. Shohrux Omaxonov (Surxondaryo)
3. Mavlon Usmonov (Buxoro)

+73 kg vazn toifasi
1. Nurdavlat Rustamov (Xorazm)
2. Adhamjon Teshaboyev (Xorazm)
3. Baxtbek O‘ktamov (Samarqand)
3. Temur Sobirov (Samarqand)

Qizlar

-44 kg vazn toifasi
1. Nozima Normurodova (Navoiy)
2. Mohinur Ollaberganova (Xorazm)
3. Bahora Ismoilova (Navoiy)
3. Rayhona Dixanova (Jizzax)

-48 kg vazn toifasi
1. Guljanoy Qurbonboyeva (Xorazm)
2. Malika Muhiddinova (Buxoro)
3. Alina Kolyucheva (Toshkent viloyati)
3. Husniya Umrzoqova (Qashqadaryo)

-52 kg vazn toifasi
1. Ziyoda Javlonova (Jizzax)
2. Shaxina Avezova (Xorazm)
3. Nilufar Shuhratova (Navoiy)
3. Dinara Yusupova (Xorazm)

-57 kg vazn toifasi
1. Kumush Ko‘chkinova (Qashqadaryo)
2. Dilnura Qurbonbonva (Xorazm)
3. Shabbona Mardonova (Buxoro)
3. Sevinch Norboyeva (Navoiy)

-63 kg vazn toifasi
1. Sabrina Hayitova (Buxoro)
2. Quvanchoy Saporboyeva (Xorazm)
3. Ismigul Ilhomova (Toshkent shahri)
3. Mastura Murodova (Qashqadaryo)

+63 kg vazn toifasi

1. Hulkar Baxtiyorova (Xorazm)
2. Mehriniso Sharifboyeva (Xorazm)
3. Rayhon Bozorova (Toshkent shahri)
3. Nilufar Sa’dullayeva (Qashqadaryo)

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Murabbiylar shtabi tomonidan 2026 yilgi mavsum rejalari taqdim etildi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida kattalar terma jamoasi murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Aleksey Budolin Federatsiya raisi Azizjon Kamilovni 2026 yilgi mavsum rejalari bilan tanishtirdi. Reja bo‘yicha yangi yil o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bilan boshlanadi.

An’anaga ko‘ra, dzyudo vatani Yaponiyada xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yini tashkil etiladi. Kunchiqar yurtdan qaytgach, mashg‘ulotlar poytaxtda davom ettiriladi. Terma jamoamiz uchun asosiy start bu - fevral oyining so‘nggi kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "Katta Dubulg‘a" turniri hisoblanadi.

Barcha tayyorgarliklar o‘z vatanimizda o‘tadigan va dzyudochilarimizga imkoniyat bo‘lgan ushbu turnirga yuqori sport formasida borish uchun qaratiladi.

Тренерский штаб представил планы на сезон 2026 года

В Федерации дзюдо Узбекистана состоялось рабочее совещание с участием тренеров национальной сборной команды среди взрослых.

Главный тренер сборной Узбекистана Алексей Будолин представил председателю Федерации Азизжону Камилову комплексный план подготовки национальной команды к сезону 2026 года. В соответствии с утверждённым графиком, новый сезон стартует с учебно-тренировочных сборов, которым будет предшествовать обязательное углублённое медицинское обследование спортсменов.

В рамках традиционной подготовки запланирован международный учебно-тренировочный сбор на родине дзюдо — в Японии. После возвращения команда продолжит работу в Ташкенте.

Ключевым стартом сезона для национальной сборной станет турнир серии «Большой шлем», который пройдёт в конце февраля в столице Узбекистана.

Вся программа подготовки выстроена с прицелом на этот домашний старт — команда намерена подойти к турниру в оптимальной форме и полностью реализовать свой потенциал.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋O`smirlar o'rtasidagi O‘zbekiston chempionatining saralash bellashuvlari murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda...

Отборочные схватки юношеского чемпионата Узбекистана по дзюдо проходят в жёсткой и напряжённой борьбе.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel