127350
Bu bazamizda 2-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
1. Doim yaxshi oʻqish kerak.
2. Qiziqqan sohangizni yanada yaxshi oʻrganish kerak.
3. “Men bu ishni uddalayman!”, “Men ham zoʻrman!” deb, qoʻrqmasdan, tirishib intiling.
• Oʻzingizga ishoning!
• Yaxshi xulq va bilimlarni egallang.
• Bir-biringizni hurmat qiling.
• Doʻstingiz koʻp boʻlsin.
Ana shunda siz albatta, Yangi Oʻzbekistonning dunyo tanigan yoshlari boʻlasiz!
Jahonda Oʻzbekistonning obroʻsini yanada oshirasiz!
Gulruxbegim Tohirjonova ham jahon shaxmat musobaqalarida gʻolib chiqdi.
– Dzyudo boʻyicha chempion qizimiz Diyora Keldiyorova butun dunyoga tanilgan.
– Bokschi Hasanboy Doʻsmatov va uning doʻstlari xalqaro musobaqalarda medallar yutib, Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarishgan.
– Futbol boʻyicha oʻsmirlar jamoamiz Parij Olimpiadasiga chiqdi! Kattalar jamoamiz esa 2026-yildagi Jahon chempionatida qatnashadi!
Shu bilan birga, matematika, ingliz tili, kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa fanlarboʻyicha oʻquvchilarimiz xalqaro olimpiadalarda gʻolib chiqishmoqda. Ular ilm bilan yurtimiz nomini dunyoga taratyapti.
Oʻqituvchi: Bolajonlar. Kecha menga bir oʻquvchi qiziq savol berdi. U mendan “Ustoz, bolalar ham Oʻzbekistonni dunyoga tanitishda yordam bera oladimi? Biz ham Vatanimizning obroʻsini oshirishga hissa qoʻshishimiz mumkinmi?”, deb soʻradi. Men shu savolni sizlarga bermoqchiman. Keling, bu qiziq savolga javobni birgalikda topamiz.
Читать полностью…
O‘qituvchi:
Bolajonlar! Dunyoda har bir kuchli davlatning qiyofasini ko‘rsatuvchi kasblardan biri uning ishonchli elchilari – diplomatlaridir. Ertaga sizlarning orangizdan ham yaxshi diplomatlar chiqar. Sizlar ham O‘zbekistonimizni dunyoga tanitasizlar. Buning uchun yaxshi o‘qishingiz, chet tillarini o‘rganishingiz va vatanimizni sevishingiz kerak.
O‘qituvchi:
Endi esa sizlar bilan bir o‘yin o‘ynaymiz.
Rolli o‘yin – “Men diplomatman”:
3–4 nafar o‘quvchi sahnaga chiqib o‘zini diplomat sifatida tanishtiradi:
“Men – O‘zbekistondan kelgan yosh diplomatman. Men dunyoga Vatanim haqida shunday xabar bermoqchiman…”
Sinf ularni qarsak chalib quvvatlaydi.
O‘qituvchi
Marhamat, O‘zbekiston qanday mamlakat? U haqida gapirib bering.
Diplomat rolidagi bolalar bugun darsda eshitganlari va shu paytgacha “Kelajak soati” darslarida olgan saboqlari asosida bu savolga javob berishadi. Yaxshi gapirgan o‘quvchiga “eng yosh diplomat” ko‘krak nishoni beriladi (qog‘ozdan yasash mumkin).
Diplomatlar kimlar?
Ular xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston elchixonasida ishlaydigan elchilar, konsullar, Tashqi ishlar vazirligi xodimlaridir. Ular xorijda, butun jahonda O‘zbekistonning va o‘zbekistonliklarning manfaati uchun ishlashadi. Shu bilan birga mamlakatlar o‘rtasida turli nizolar, urushlar bo‘lmasligi aynan diplomatlarga bog‘liq. Ular davlatlarni va yurtlarni bir-biriga yaxshi ko‘rsatib, do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishadi. Diplomatiya yaxshi ishlasa, urushlar bo‘lmaydi.
Diplomat - bu o'z davlatining chet davlatlar bilan rasmiy aloqalarini yuritadigan, uning manfaatlarini himoya qiladigan va fuqarolariga yordam beradigan maxsus tayyorgarlikdan o'tgan shaxsdir. Ular mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatishda, ma'lumot to'plashda va xalqaro masalalarni hal qilishda ishtirok etishadi. Diplomatlar o'z faoliyatlari davomida diplomatik daxlsizlik huquqiga ega bo'lishadi.
Читать полностью…
Hozir sizlar bilan mamlakatimizning katta darvozasi bo‘lmish aeroport haqida, u yerga kirish qoidalari va qulayliklar haqida video tomosha qilamiz.
Vizual kontent:
Toshkent xalqaro aeroportining aerovokzal kompleksi haqida reportaj
Prezidentimiz nima ishlar qilmoqda?
1. Prezidentimiz dunyodagi boshqa mamlakatlar prezidentlari bilan doʻst boʻlib, juda koʻp davlatlar rahbarlari bilan uchrashyapti. Ular bilan yaxshi munosabat oʻrnatmoqda.
2. U kishi dunyo mamlakatlariga Oʻzbekiston qanday tinch, mehmondoʻst, yaxshi yurt ekanini koʻrsatmoqda. Shuning uchun hozirda koʻp mamlakatlar Oʻzbekistonni hurmat qiladi, hamkorlik qiladi.
3. Oʻzbekistonda juda koʻp xalqaro tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazilyapti: boshqa mamlakatlardan koʻp olimlar kelishyapti. Sportchilar, sanʼatkorlar kelyapti. Bu yurtimizning mehmondoʻst, dunyoga ochiqligini koʻrsatadi.
4. Yurtimizda mehmonlarni munosib kutib olish, kuzatish uchun yangi aeroportlar qurilyapti. Siz bu aeroportlardan dunyoning turli mamlakatlariga uchasiz.
Demak, bolajonlar, biz dunyoga nafaqat tabiiy boyliklarimiz bilan, balki yutuqlarimiz orqali ham tanilamiz. Keling, hozir shu haqida dzyudo bo‘yicha olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ishtirokida tayyorlangan videoni ko‘ramiz.
Vizual kontent:
“Fransuzlar biz bilan suratga tushgan” – Diyora Keldiyorova
Uchinchidan, O‘zbekiston uran, azot kabi muhim yerosti boyliklari bilan ham jahonning e’tiborida turadi.
Читать полностью…
Birinchidan, bizning yurtimizda juda ko‘p oltin bor. O‘zbekiston – dunyoda eng ko‘p oltin eksport qiladigan davlatlardan biri! Oltin qimmatbaho metall bo‘lib, undan zeb-ziynatlar va muhim buyumlar yasaladi.
Oltin faqatgina taqinchoq degani emas. Oltin bu iqtisodiyotimiz kuchi. U bizning milliy valyutamiz – so‘mimizni kuchli qiladi, bundan tashqari, dunyoda boshqa mamlakatlarning biz bilan muzokaralar qilishiga sababchi bo‘ladi. Ya’ni oltin iqtisodiy va siyosiy quvvatimizni oshiradi.
Hozirgi kunda dunyo katta, uning eshiklari ochiq, masofalar esa yaqin. Bundan 150-200 yillar avval Toshkentdan Farg‘ona shahriga yetib borish uchun otda 2 hafta yo‘l yurish kerak edi. Hozir esa dunyoning narigi chekkasi, masalan, Amerikaga ham samolyotda 12-13 soatda yetib olish mumkin. Ya’ni dunyo mamlakatlari va odamlari bir-biriga yaqinlashdi. Inson umri davomida ko‘plab sayohatlarga chiqib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Hozir kimdir chet elda o‘qiydi, kimdir sport orqali, kimdir diplomatiya yoki turizm orqali dunyoga chiqadi. Ammo shu yo‘lda hamma bir narsani unutmasligi kerak: qayerga bormang, qaysi tilda gapirmang, O‘zbekistonni sizning yuzingiz, xatti-harakatlaringiz va yutuqlaringiz orqali tanishadi. Shuning uchun siz nafaqat bilimli, balki Vataningizni himoya qiluvchi, uni iftixor bilan tanishtira oladigan yoshlar bo‘lishingiz zarur.
O‘qituvchi:
Ilgari Oʻzbekiston boshqa davlatlar bilan oʻzi, teng gaplasha olmas edi. Chunki uning ixtiyori oʻzida emas edi. U mustamlaka edi. Bolajonlar, bir eslaylik-chi. Mustamlakalik nima?
1991-yilda biz mustaqil boʻldik. Shundan soʻng jahon bizni taniy boshladi. Biz hamma davlatlarga teng boʻldik. Bugun yurtimiz koʻplab davlatlar bilan doʻstlik qiladi. Jahon mamlakatlari Oʻzbekistonni taniyapti, jahon mamlakatlaridan bizga mehmonlar kelyapti. Bu bizning yurtimiz obroʻsining oshib borayotganidan, bolajonlar!
Bundan tashqari biz ham jahon mamlakatlariga erkin chiqamiz, turli musobaqalarda, olimpiadalarda, anjumanlarda ishtirok etamiz. Muhtaram Prezidentimiz esa butun O‘zbekiston xalqi nomidan jahondagi siyosiy jarayonlarda, tadbirlarda ishtirok etadilar, biz u kishini Prezident qilib saylab shunday vakolatni berganmiz.
Mana yaqinda Prezidentimiz Birlashgan millatlar Tashkiloti minbaridan turib o‘zbek tilida nutq so‘zladilar va butun dunyodagi muammolarga yechimlar taklif qildilar. Bundan tashqari Amerika, Italiya, Fransiya, Turkiya kabi mamlakatlar prezidentlari bilan teng muzokaralar qildilar. Butun dunyo Prezidentimiz timsolida O‘zbekiston xalqini hurmat qiladi, tinglaydi, biz bilan hisoblashadi.
Bularning bari O‘zbekistonning jahonda tashabbuskor, ilg‘or, faol ishtirokchi davlat ekanini ko‘rsatadi.
Bu – bizning yurtimizning timsollari, ya’ni bizni dunyoga tanitadigan milliy belgilar. Shu timsollar orqali dunyoda O‘zbekistonni taniydilar. Ular mamlakatimizning sharafi. Biz ular bilan faxrlanamiz.
Читать полностью…
– Men nima demoqchiman, aziz bolalarim? Shuni bilib qoʻying. Har biringizda bir qobiliyat bor. Kimdir yaxshi rasm chizadi, kimdir tez hisoblaydi, kimdir sheʼr yodlaydi, kimdir sportni yaxshi koʻradi. Bu qobiliyatlarni asta-sekin, toʻxtamasdan rivojlantirish kerak. Ana shunda, menga ishoninglar, sizlar ham yurtimizning qahramonlariga aylanasiz!
Читать полностью…
Yurtimizni dunyoga tanitgan Oʻzbekiston bolalari, oʻsmirlari, oʻgʻil va qizlari, yaʼni sizlarning aka, opalaringiz koʻp.
Masalan: Shaxmatchilarimiz: Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir va Islombek Sindorovlar – dunyo chempionlariga aylanishgan!
3. YAKUNIY QISM
Xulosa qilib aytsak:
Bizning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yurtimizni dunyoga tanitmoqda. Jahon davlatlari bilan doʻstlikni mustahkamlayapti. Yurtimiz nufuzini oshiryapti. Biz Prezidentimizning bu ishlaridan gʻururlanamiz va shu goʻzal Vatanimiz uchun faxrlanib, mehnat qilishga tayyormiz!
Diqqat, bolajonlar! Shuni unutmang:
Sizlar yurtimizning umidi va iftixorisizlar.
Sizlar ilm bilan, yaxshi odob bilan, mehnat bilan Yangi Oʻzbekistonni yanada chiroyli qilasizlar.
Siz Vatanimiz bilan faxrlansangiz, Vatan ham siz bilan faxrlanadi!
O‘qituvchi:
Endi esa sizlar bilan bir o‘yin o‘ynaymiz.
Rolli o‘yin – “Men diplomatman”:
3–4 nafar o‘quvchi sahnaga chiqib o‘zini diplomat sifatida tanishtiradi:
“Men – O‘zbekistondan kelgan yosh diplomatman. Men dunyoga Vatanim haqida shunday xabar bermoqchiman…”
Sinf ularni qarsak chalib quvvatlaydi.
O‘qituvchi
Marhamat, O‘zbekiston qanday mamlakat? U haqida gapirib bering.
Diplomat rolidagi bolalar bugun darsda eshitganlari va shu paytgacha “Kelajak soati” darslarida olgan saboqlari asosida bu savolga javob berishadi. Yaxshi gapirgan o‘quvchiga “eng yosh diplomat” ko‘krak nishoni beriladi (qog‘ozdan yasash mumkin).
Hozir diplomat bo‘lish uchun nima qilish kerakligi, qayerda o‘qish va qanday fanlarni yaxshi o‘zlashtirish haqida video ko‘ramiz
Vizual kontent
Men katta bo‘lsam, diplomat bo‘laman
Diplomat - bu o'z davlatining chet davlatlar bilan rasmiy aloqalarini yuritadigan, uning manfaatlarini himoya qiladigan va fuqarolariga yordam beradigan maxsus tayyorgarlikdan o'tgan shaxsdir. Ular mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatishda, ma'lumot to'plashda va xalqaro masalalarni hal qilishda ishtirok etishadi. Diplomatlar o'z faoliyatlari davomida diplomatik daxlsizlik huquqiga ega bo'lishadi.
Читать полностью…
O‘qituvchi:
Bolajonlar, bilasizki, dunyodagi har bir turist mamlakatimizni birinchi marta aynan aeroportda ko‘radi. Bu bizning mehmonlarga ochiq yuzimiz, “Xush kelibsiz” deb kutib oladigan oltin ostonamizdir. Endi bir o‘ylab ko‘raylik:
⮚ Turistlar O‘zbekiston haqida yaxshi taassurot qolishi uchun biz nimalar qilishimiz mumkin?
⮚ Agar siz gid bo‘lganingizda, ularga birinchi bo‘lib O‘zbekiston haqida nimalarni aytar edingiz?
⮚ Aeroportda mehmonlarni kutib olishda va kuzatishda o‘zingizni qanday tutishingiz kerak?
O‘qituvchi savol-javoblarda faol bo‘lgan bolalarni kichkina bayroqcha, smaylikli qog‘ozcha yoki yurakcha bilan taqdirlashi mumkin.
O‘qituvchi:
Dunyo bilan suhbat qilish, o‘z yurtingizni xalqaro maydonda tanitish istagingiz kuchli bo‘lsa, diplomat kasbini tanlang.
O‘qituvchi: Sizlar ham katta bo‘lgach, Vatanimizni dunyoga qanday tanitmoqchisizlar?
Diyora Vatanni qaysi yo‘l orqali dunyoga tanitdi?
Nima uchun uning g‘alabasi butun mamlakat uchun iftixor hisoblanadi?
Siz ham shunday bo‘lishni orzu qilasizmi?
Ko‘rdingizmi, bitta inson butun yurtni ifodalay oladi. Har biringizda shunday imkoniyat bor.
To‘rtinchidan, sportchilarimiz, san’atkorlarimiz, olimlarimiz dunyoda Vatanimizni tanitmoqda. Masalan, Diyora Keldiyorova Olimpiadada g‘olib bo‘lganida butun dunyo O‘zbekiston haqida eshitdi. Yoki bu yili futbol bo‘yicha terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqdi. Bizga qo‘shni mamlakatlarning rosa havasi keldi. Endi 2026-yilda futbolchilarimiz Amerika qit’asidagi futbol maydonlarida O‘zbekiston nomini jahonga yanada mashhur qilishadi.
Читать полностью…
Ikkinchidan, O‘zbekiston dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha ilg‘or o‘rinda. Biz paxtadan ip, kiyim-kechak tikamiz. Bizning paxtamiz chet ellarga ham jo‘natiladi. Paxtadan futbolka, kofta, sumka, dasturxon va boshqa narsalar yasaladi. Siz kiygan futbolka qayerda yetishtirilgan paxtadan tikilgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz?
Читать полностью…
O‘qituvchi:
Bolalar, O‘zbekiston dunyoda nima bo‘yicha birinchi o‘rinlarda turadi, bilasizlarmi?
Bolalar javob berishadi. O‘qituvchi davom etadi:
O‘qituvchi:
Aziz bolalar. Darsimiz boshida sizlarga sayohatga chiqishimizni aytgan edim. Bilib qo‘yinglar, bu sayohatga sizlar shunchaki tomoshabin yoki maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqmaysizlar. Bu sayohatda har biringiz “yosh elchi”, “yosh diplomat”, “yosh uchuvchi” “styuardessa”, “sportchi – jahon chempioni” “xalqaro konferensiyaga ketayotgan olim”, “jurnalist”, xullas, Vatanimiz nomidan ilg‘or, yetakchi inson bo‘lib chiqasiz.
Qani, hamma o‘ziga biror rol tanlasin-chi!
O‘quvchilardan “sen kim sifatida dunyoga chiqyapsan?” deb so‘raydi, javoblarni “barakalla” deb ma’qullab turadi.
Bu 10 daqiqalik qism bolalarda milliy iftixorni uyg‘otish, daxldorlik tuyg‘usini va mavzuga qiziqishni kuchaytirish hamda dars muhitini ruhiy jihatdan tayyorlash uchun xizmat qiladi. Vizual materiallar, savol-javob, shodona musiqa va video dars boshida faol muhit yaratadi.
Vizual kontent
“Milliy timsollar O‘zbekiston haqida hikoya qiladi”.
Yurtimizda togʻlar, yashil bogʻlar, daryolar va choʻllar bor. Vatanimizning har bir viloyati chiroyli.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent – bizning tarixiy va zamonaviy shaharlarimiz. Ularda buyuk bobokalonlarimiz yashab oʻtgan, ilm-fan, madaniyat rivojlangan.