Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha
✨ Elektron pochta odoblari
Elektron pochta juda katta qulaylik, bu haqda fikr yuritgan kishi uchun Alloh taoloning ulkan neʼmatidir. Ammo, ming afsuslar boʻlsinki, ushbu neʼmatning qadrini bilmagan baʼzi noshukurlar mazkur elektron pochtadan foydalanishda suiisteʼmolga yoʻl qoʻyishyapti. Unda nosharʼiy, odob-axloqqa zid faoliyatlar olib borishmoqda. Baʼzilar kishilarni aldab, katta miqdordagi mablagʻni aytib, «Sizga katta yutuq chiqdi, uni shaxsan oʻzingiz kelib, qabul qilib olishingiz kerak. Siz faqat chipta sotib olishingiz uchun pulni bizga yuborsangiz boʻldi, sizga chiptani oʻzimiz joʻnatamiz», degan mazmunda maktub yozishadi. Oqibatda aldov yoʻli bilan chiptaga ketadigan pulga ega boʻlib olishadi. Yana bir toifa aldoqchilar qayerdandir ayol-qizlarning manzillarini olib, ularga shilqimlik bilan har xil maktublar yozishadi. Bunday nobakorlik tufayli tinch oilalar buzilmoqda, iffatli ayollar tuhmatga qolishmoqda. Uchinchilari esa birovni haqorat qilib, turli boʻhtonlar uyushtirishni yoʻlga qoʻyishadi. Haqiqiy ismlarini yashirib, suvdan quruq chiqishga urinishadi va hokazo.
✨ Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilish odobi
Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda bahs-munozara har qancha qizisa ham, birovga ozor berishga bormaslik kerak.
Baʼzi odamlar haddidan oshsa ham, musulmon odam oʻzini bosishi va oʻzidan ketganlarga eʼtibor bermasligi va ularga nasihat qilishi lozim. Mingta baqir-chaqirdan koʻra bitta hikmatli soʻz ustun turishini biror daqiqa ham unutmaslik zarur.
✨ Dam olish joylari va sayrgohlar odoblari
Musulmon inson o‘zining dam olishi va sayr qilishi uchun, avvalo, munosib joy tanlashga harakat qiladi. Joy tanlanayotganida, albatta, uning harom-harish va gunoh ishlardan xoli bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi.
Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan biri – ibodat va odoblarni unutmaslikdir.
Dam olish charchoq, asabiylik va boshqa ko‘ngilsizliklarni ketkazish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo dam olishda Alloh taolo farz qilgan ibodatlar va rioya qilinishi lozim bo‘lgan odoblarni unutib qo‘ymaslik zarur. «Dam olaman» deb hamma narsani, hatto farz ibodatlarni ham unutib qo‘yish aslo mumkin emas.
Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan yana biri barcha bilan, xususan, o‘zlariga xizmat qiladigan shaxslar bilan xushmuomalada bo‘lishdir.
Qoʻngʻiroqda suhbatlashish odobi
Telefonda ovozini soxtalashtirib gapirish yoki yolgʻon xatlar yozib, oʻzgalarni masxara qilish mumkin emas.
Bu kabi xatti-harakatlar, kishilarni masxara qilish musulmon insonga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.
Oʻzaro soʻzlashuvni tamomlagach, goʻzal soʻzlar va ezgu tilaklar bilan xayrlashish kerak.
Zotan, har bir muloqotdan keyin goʻzal tarzda xayrlashish musulmon millatining odatidir.
Birovning telefon raqamini oʻzining ruxsatisiz boshqalarga bermaslik talab etiladi.
Chunki bu ham omonatga xiyonatdir. Buning ustiga, bilmay raqamni egasiga dushman boʻlgan yoki yoqmaydigan odamga berib qoʻyish mumkin.
✨ Qoʻngʻiroq qilish odobi
Bir marta qoʻngʻiroq qilganda javob berilmasa, oradan bir oz muddat oʻtkazmay turib, qoʻngʻiroqni qaytarish beodoblikdir.
Bu xuddi birovning darvozasini tinimsiz qoqib, hadeb chaqiraverishga oʻxshaydi. Ulamolarimiz: «Musulmon kishi birovni uyidan chaqirganda, oʻsha odam eshitadigan tarzda bir marta chaqirsin, javob qilmasa, bir oz kutib, keyin qayta chaqirsin, chunki uy egasi tahorat qilayotgan yoki namoz oʻqiyotgan yoki boshqa bir zaruriy holatlarda band boʻlishi mumkin», deyishadi. Unga hadeb qoʻngʻiroq qilaverish darvozasini tinimsiz taqillatish bilan barobar.
Uch marta qoʻngʻiroq qilingandan keyin ham javob boʻlmasa, qoʻngʻiroq qilishni toʻxtatish lozim.
Birovni chaqirish odobi shuni taqozo qiladi. Birinchi chaqirish ila hojati borligi bildiriladi. Ikkinchi chaqirish bilan istagini yana bir bor taʼkidlaydi. Uchinchisi esa oxirgi chaqirish boʻladi. Shundan keyin ham javob boʻlmasa, chaqirilayotgan kishi oʻta band ekani yoki chaqiruvchiga javob berish istagi yoʻqligi alomati boʻladi.
✨ Uyali telefon odoblari
Uyali aloqa vositasi oynasiga Alloh lafzini va Qurʼoni karim oyatlarini qoʻymaslik odobdandir.
Bu ishni qilish esa mazkur narsalarga nisbatan behurmatlikka olib borishi mumkin. Chunki ushbu muqaddas lafzlar oynada ochiq turgan holda telefonni betahorat ushlash, u bilan noloyiq joylarga kirish joiz sanalmaydi. Uning oynasi qopqogʻi yopilgachgina, jihozni betahorat ushlash mumkin. Oʻsha muqaddas narsalar telefon oynasida koʻrinib turgan holatda qogʻozda turganidek hukmda boʻladi. Demak, u bilan tahoratxona yoki hammom kabi joylarga kirish mumkin emas.
Uyali aloqa jihozining qoʻngʻiroq tovushlariga Qurʼon oyati, azon yoki Allohning zikrlarini qoʻyish mumkin emas.
Zero, Qurʼon uni oʻqish, butun vujud bilan tinglash, maʼnolarini tafakkur qilib, koʻrsatmalariga amal qilish uchun Alloh taolo tarafidan nozil qilingan muqaddas Kalomdir. Shunday ekan, unga shu maqsadlarga muvofiq tarzda munosabatda boʻlish vojibdir. Qurʼon musiqa yoki qoʻngʻiroq oʻrnida ishlatilishi uchun nozil qilingan emas. Azon esa Islomning shior-nishonlaridandir. U musulmonlarni ibodatga chorlash uchun joriy qilingan ibodatdir. Azon kabi, boshqa zikrlarni ham qoʻngʻiroq oʻrnida ishlatish mumkin emas.
✨ Yoʻlovchining odoblari
Yoʻlovchining jamoatchilik naqliyot vositasiga chiqishda tartibga rioya qilishi yuksak odobdir. bunda bekatga yetib kelish asosidagi tartibga binoan chiqiladi. Yaʼni bekatga avval yetib kelgan odam oldin chiqadi.
Yoʻlovchi naqliyot vositasiga chiqishdan oldin oyoq kiyimining tozaligini yoʻlga qoʻyishi ham odobdandir.
Oyoq kiyimidagi nopok narsa, loy va boshqalar bilan naqliyot vositasiga chiqsa, xuddi birovning uyiga yoki jamoatchilik joyiga tozalanmagan oyoq kiyimi bilan kirganga barobar boʻladi. Bu esa musulmon insonga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.
✨ Musulmon odamning yo‘lda yurish odobi
Musulmon odam hamma joyda, jumladan, yoʻlda ham hech kimga ozor bermasligi matlub. Albatta, bundan faqat birovni ushlab olib urish yoki soʻkishgina anglashilmaydi. Balki yoʻlovchilarga ozor beradigan barcha narsalar iroda qilinadi.
Misol uchun, quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Yoʻlga uni iflos qiluvchi chiqindilar, poʻchoqlar, papiros qoldiqlari, turli qogʻozlar va shularga oʻxshash narsalarni tashlamaslik. Bir soʻz bilan aytganda, yoʻlni iflos qilmaslik.
Albatta, Alloh xushholdir, xushhollikni sevadi
✨ Kelajakka umid bilan qarash va yetuk inson bo‘lish uchun harakat qilish
➤ Oldingizga maqsad qoʻyib oling
Har bir yosh yigit-qiz o‘z kelajagi haqida to‘la va mukammal tushunchaga ega bo‘lishi hamda hayotdan ko‘zlagan maqsadini aniq belgilab olishi kerak. Albatta, aniq va ravshan maqsadga ega bo‘lish himmatni oshiradi hamda o‘z egasini oliy maqomlarga erishishga chorlaydi. Shu omillar tufayli yoshlar Alloh taoloning yordami ila o‘zlari, oilalari, xalqlari va butun insoniyat uchun yaxshilik keltiradigan inson bo‘lib yetishadilar.
Atrofdagilar bilan go‘zal tarzda yashashga intilgan odobli musulmon do‘stga ham, dushmanga ham o‘zini xor tutmasdan, ularning haybatidan cho‘chimay, kibrdan yiroq o‘laroq, ehtirom va tavozu ila muomala qiladi. Barcha ishlarida mo‘tadil bo‘lishga harakat qilib, bir tarafga og‘ib ketmaydi.
✨ Yoshlik – inson umrining bahori
Inson hayotining har bir bosqichi muhimdir. Mazkur muhim bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik – inson umridagi eng nozik davr hisoblanadi. Yoshlik – insonning quvvatga to‘lgan va harakatchanligi ziyoda bo‘lgan vaqtidir. Shu bilan birga, yoshlik davri – insonning hayot yo‘llarining chorrahasida turgan payti hamdir.
Agar o‘sha chorrahada inson yaxshi yo‘lga kirib qolsa, o‘zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilik sari yuz burgan bo‘ladi. Bu uni dunyo va oxirat baxtiga, saodatiga erishtiradi. Agar Alloh taolo ko‘rsatmasin, mazkur chorrahada yomon yo‘lga burilib ketsa, o‘zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi va vatani uchun o‘ta ko‘ngilsiz hodisa sari qadam qo‘ygan bo‘ladi. Bu bilan uning dunyo va oxiratda yaxshilikka erishishi qiyinlashib qoladi.
✨ Atrof-muhit pokligi iymonning yarmidir
Islomda insonning vujudi, kiyimi va unga xos narsalar pokligi bilan birga, uning atrofidagi barcha narsalar ham pok bo‘lishiga katta ahamiyat berilgan. Turar joy, ko‘cha-ko‘y, maydonlar, ishxonalar, ta’lim muassasalari, masjidlar, transport vositalari, dam olish joylari hamma-hammasi pok bo‘lishi talab qilingan.
Abu Molik Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Poklik iymonning yarmidir», dedilar».
Muslim, Nasoiy va Termiziy rivoyat qilganlar.
Poklik iymonning yarmi, deyilishi bejizga emas. Bu hadis iymonsiz ibodat aslo qabul qilinmasligi va barcha savobi behuda ketishi e’tiboridan kelib chiqib aytilgan va poklik iymonning yarmiga tenglashtirilgan.
Islomda iymonning ahamiyati va qadr-qimmati qanchalik yuqori ekanini yaxshi bilamiz. Poklik iymonning yarmiga tenglashtirilganidan ham Islom dini ozodalikka, poklik va tozalikka qanchalar e’tibor berganini bilib olsa bo‘laveradi.
✨ Dam olish joylari va sayrgohlar odoblari
Musulmon inson o‘zining dam olishi va sayr qilishi uchun, avvalo, munosib joy tanlashga harakat qiladi. Joy tanlanayotganida, albatta, uning harom-harish va gunoh ishlardan xoli bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi.
Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan biri – ibodat va odoblarni unutmaslikdir.
Dam olish charchoq, asabiylik va boshqa ko‘ngilsizliklarni ketkazish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo dam olishda Alloh taolo farz qilgan ibodatlar va rioya qilinishi lozim bo‘lgan odoblarni unutib qo‘ymaslik zarur. «Dam olaman» deb hamma narsani, hatto farz ibodatlarni ham unutib qo‘yish aslo mumkin emas.
Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan yana biri barcha bilan, xususan, o‘zlariga xizmat qiladigan shaxslar bilan xushmuomalada bo‘lishdir.
✨ Suv ichish odoblari
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon birortangiz ichsa, idish ichiga nafas olmasin», dedilar».
Ichimlik ichayotgan odam nafas olmoqchi boʻlsa, ichishdan toʻxtab, idishni ogʻzidan uzoqlashtirib turib, keyin nafas oladi. Soʻngra yana ichishni davom ettiradi.
Ichimlik oʻtirgan holda ichiladi.
Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib ichimlik ichishdan qaytarganlar. Faqat zamzam suvini qiblaga yuzlangan holda tik turib ichsa boʻladi.
Ichimlik simirib ichiladi.
Bir nafas bilan sipqorish, xoʻrillatib, turli ovozlar chiqarib ichish beodoblikdir.
✨ Uylarimizni ozoda va pokiza tutishimiz lozim
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh xushholdir, xushhollikni suyadi, ozodadir, ozodalikni suyadi, karamlidir, karamni suyadi, saxiydir, saxiylikni suyadi. Bas, hovlilaringizni ozoda tuting! Yahudiylarga oʻxshamang!» – dedilar».
Termiziy hasan sanad ila rivoyat qilgan.
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu chaqiriqlari har bir musulmonning doimo yodida turmogʻi lozim. Hovli joylarimiz, koʻcha-koʻylarimiz, turar joy va maydonlarimiz – hamma joyimizni ozoda va pokiza tutishimiz lozim. Toki koʻrgan odam havas qilsin. Boshqalar ozoda joyni koʻrganda, «Bu joyda musulmonlar yashaydi shekilli», deydigan boʻlsin.
📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan
Telegram | Instagram
✨ Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Muhammad Zarif Muhammad Olim kitoblari 50% chegirmada
☢️ Chegirmadagi kitoblar bilan tanishing:
Hasanxon Yahyo Abdulmajid ustoz kitoblari:
🟢 «Bir juft tuhfa» – 3000 - 1500 soʻm
🟢 «Xatmi Qurʼonga marhabo» – 5 000 - 2 500 soʻm
🟢 «Mavlid» – 6 000 - 3 000 soʻm
🟢 «Yoʻl harakati fiqhi» – 8 000 - 4 000 soʻm
Muhammad Zarif Muhammad Olim ustoz kitoblari:
🟢 «Jannatim onam» – 5 000 - 2 500 soʻm
🟢 «Qiblagoh» (Otangizga yaxshilik qilishning 50 yoʻli) – 5 000 - 2 500 soʻm
🟢 «Islomda salomatlik» – 8 000 - 4 000 soʻm
Chegirma faqat bugungi kun uchun amal qiladi.
Soat 23:59 dan so‘ng bu kitoblarni aynan shu narxda olish imkoniyati qolmasligi mumkin.
Foydalanib qolishni istasangiz, hoziroq ko‘z tashlab qo‘ying. 😊
🟢 Faqat o'qish bilan kifoyalanmang – bir doʻstingizga ulashing, ehtimol, u aynan shu kunni kutgandir.
Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube
Internetdan foydalanish odobi
Internetga kirishdan oldin vaqtni zoye qilmaslik uchun umrning qadrini esga olish, uning har lahzasi hisobli ekanini, qiyomat kunida hisob-kitob boʻlishini esga olish zarur.
Aynan ushbu his-tuygʻu boʻlmagani uchun koʻpchilik internetda soatlab vaqtini, aziz umrining gʻanimat kunlarini zoye qilishni oʻziga ep koʻrmoqda. Uzoq vaqt davomida, sakkiz-oʻn soatlab internetda oʻtirganlar oʻziga xos xastaliklarga chalinganlari haqidagi xabarlar behuda tarqalmagan boʻlsa kerak. Musulmon inson esa doimo, jumladan, internetdan foydalanishda ham umrining har lahzasi borasida oxiratda soʻralishini zinhor unutmaydi.
✨ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
✨ Juma muborak!
🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊
Telegram | Instagram
Qoʻngʻiroqda suhbatlashish odobi
Qoʻngʻiroq kelganda, goʻshakni olgach, «Labbay» yoki shu kabi goʻzal ibora bilan soʻz boshlash odobdandir.
Agar suhbatdosh oldin salom bersa, unga alik qaytarish zarur. Zero, salom berish sunnat, javob qaytarish esa vojibdir. Alikni hech boʻlmaganda salomga yarasha qaytarish vojib.
Uyali aloqa vositasida uzoqroq gaplashmoqchi boʻlgan odam suhbatdoshidan izn soʻrashi lozim.
Chunki uning bunga imkoniyati boʻlmasligi, mashaqqatga tushib qolishi yoki hisobida puli kam qolgan boʻlishi mumkin.
Uyali aloqa vositasida soʻzlashish davomida kavshanib turish oʻtaketgan beodoblikdir.
Bu beodoblik boʻlishi bilan birga, suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik hamdir. Qolaversa, bu ish suhbatdoshning koʻngliga ogʻir botishi, asabiga tegib, ozor berishi aniq.
Shukr neʼmat beruvchi Zotga til bilan maqtov soʻzlarni aytish, dil bilan oʻsha maqtovni tasdiqlash va bu neʼmatni Alloh roziligi yoʻlida sarflashdan iborat...
📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan
Telegram | Instagram
✨ Uyali telefon odoblari
«Uyali telefon» deb nomlanayotgan, boshqa xalqlarda «choʻntak telefoni», «qoʻl telefoni», «harakatlanuvchi telefon» kabi turli nomlar bilan atalayotgan telefon turi keng tarqaldi. Hozirga kelib moslama nafaqat ovozni uzoq masofaga uzatish vositasi, balki surat va videotasvirga tushirish, ularni boshqalarga yuborish, ovoz yozish, qisqa maktublar (SMS) yuborish, internetga kirish kabi bir qancha ishlarni amalga oshirish vositasiga aylanib qolgan.
Albatta, bu narsalarni tartibga solish, telefon orqali boʻladigan aloqalarning meʼyori va odoblarini bayon qilish zarurati tugʻildi. Ammo, bu ish bilan deyarli hech bir odam yoki guruh jiddiy shugʻullanmayapti. Muammolar esa borgan sari koʻpayib bormoqda.
Foydali narsalarning oʻziga yarasha ziyon tarafi ham boʻlganidek, uyali aloqa vositasining ham manfaatli va zararli taraflari bor. Agar uni manfaat yoʻlida ishlatib, zararli taraflaridan saqlanilmasa, neʼmatga nisbatan noshukurlik boʻladi, kishi oʻzining dunyosi uchun ham, oxirati uchun ham ziyonga ishlaydi.
✨ Bitta tikanli shoxni yoʻldan olib tashlashning mukofoti
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odam yoʻlda yurib ketayotib, tikanli shoxni koʻrib qolibdi va uni yoʻldan olib tashlabdi. Bas, Alloh unga shukr aytibdi va uni magʻfirat qilibdi», dedilar».
Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Bitta tikanli shoxni yoʻldan olib tashlashning mukofoti qanchalar ulugʻ ekanini koʻrdingizmi? Agar yoʻlning ozodaligi uchun, yoʻlovchilarga ozor beradigan narsalarni yoʻldan olib tashlash uchun shox olib tashlashdan ham kattaroq ishlar qilinsa, mukofotlar ham kattalashib boraveradi.
📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Yo‘lda yurish odoblari
Yo‘lga yaxshi niyat bilan, kerakli duolarni o‘qib chiqish
Yaxshi niyat – yarim mol. Musulmon kishi doimo yaxshi niyatli bo‘ladi. Binobarin, yo‘lga chiqqanda ham yaxshi niyat bilan chiqadi. Rivoyatlarda kelgan yo‘lga chiqish oldidan o‘qiladigan duolarda ham aynan yaxshi niyat ifoda qilingan.
Yo‘lning o‘ng tarafida yurib, o‘ng tarafida to‘xtash
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning barcha narsani o‘ng tarafdan boshlaganlari ko‘p rivoyatlarda kelgan. Ulamolarimiz: «Yo‘lning o‘ng tarafidan yurish mustahabdir», deganlar.
✨ Kiyim insonning doimiy hamrohi
Insonning kiyinishi uning ichki-maʼnaviy dunyosining sirtda aks etishidir, deyishimiz mumkin. Qaysi insonda uyat, hayo, or-nomus kabi tushunchalar boʻlsa, oʻsha inson oʻz obro‘sini saqlaydigan, boshqalarning nafratini qoʻzitmaydigan holatda kiyinadi.
Buning ustiga, kiyim-bosh insonning doimiy hamrohi boʻlgani uchun, unga taʼsir qilishi turgan gap. Misol keltiradigan boʻlsak, askarlarga oʻziga xos kiyim kiydirish hamma xalqlarda qadimdan odat boʻlib kelgan. Bu avvalo, askarlarga oʻz vazifasini ado etishda qulaylik tugʻdirsa, ikkinchidan, maxsus kiyim ularga taʼsir qilib, askarlik ruhini tutib turishda, kuchaytirishda ish beradi. Hatto oddiy odam askar kiyimini kiyib olsa, askarlarga oʻxshab shaxdam yurishga intilib qolishi ham shundan.
✨ Ota-onaning hurmatini yuqori qoʻying
Ota-ona har bir inson uchun juda moʻtabar, eʼzozli, alohida ehtiromga loyiq kishilardir. Islom dini ota-ona kim boʻlishidan qatʼi nazar, ularni hurmat-ehtirom qilishga buyuradi. Dunyoda Islomchalik ota-onaning hurmatini yuqori qoʻygan boshqa biror taʼlimot, tuzum yoʻqdir.
Ota-ona moʻmin boʻlsa ham, kofir boʻlsa ham, kim boʻlishlaridan qatʼi nazar, ularga yaxshilik qilish musulmon farzandning burchidir. Ularning amrini bajarish ham farzandlikning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
✨ Oddiy amal, beqiyos mukofot
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odam yo‘lda yurib ketayotib, tikanli shoxni ko‘rib qolibdi va uni yo‘ldan olib tashlabdi. Bas, Alloh unga shukr aytibdi va uni mag‘firat qilibdi», dedilar».
Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nosaiy rivoyat qilganlar.
Bitta tikanli shoxni yo‘ldan olib tashlashning mukofoti qanchalar ulug‘ ekanini ko‘rdingizmi? Agar yo‘lning ozodaligi uchun, yo‘lovchilarga ozor beradigan narsalarni yo‘ldan olib tashlash uchun shox olib tashlashdan ham kattaroq ishlar qilinsa, mukofotlar ham kattalashib boraveradi. Hozirgi kunda mayda-chuyda narsalarni yo‘ldan olib, maxsus axlat idishlariga solib qo‘yish bilan birga, yo‘ldagi noqulayliklar haqida yo‘l xizmati ishchilari yoki muassasalariga xabar berib qo‘yish ham shunday savobli ishlardan hisoblanadi.
✨ Dam olish joylari va sayrgohlar ham jamoatchilik joylar odoblari
✨ Oramizda shunday kishilar borki, oʻz uylarida, ish joylarida bu taʼlimotlarga ixlos bilan amal qilishadi-yu, jamoatchilik joylarida, jumladan, dam olish va sayrgohlarda bu narsaga beeʼtibor boʻlishadi. Qo‘llaridagi chiqindilarni duch kelgan tarafga tashlab, chiroyli joylarni bulgʻatishadi, oʻtirgan joylarini birpasda iflos qilishadi. Bunday maskanlardagi baʼzi dam oluvchilar qaytib ketishganidan soʻng, ortlaridan turli axlat-chiqindilar, ovqat qoldiqlari sochilib yotganini kuzatish mumkin.
😊 Aslida esa mazkur dam olish joylari va sayrgohlar ham jamoatchilik joyi, ularning pokligiga esa barcha barobar masʼuldir. Har kim oʻzi dam olgan joyni va sayr qilgan yerini pokiza tutishi lozim. Baʼzi holatlarda tozalashga ehtiyoj tugʻilib qolganda, yaxshilab tozalash ham kerak.
✨ Imom Aʼzamning Abu Yusufga vasiyatlari
Imom Aʼzam rahmatullohi alayhi shogirdlari Abu Yusuf rahmatullohi alayhiga qilgan nasihatlarida bunday deydilar: «Koʻpchilik ichida faqat soʻralgan narsaga javob ber. Omma huzurida turganingda koʻp gapirishdan saqlan. Bunday majlislarda faqat ilm va maʼrifat bilan, ilmiy tilda, ommabop qilib soʻzla. Biron jamoat ichida boʻlsang, ovoz chiqarib kulishdan, hattoki ortiqcha tabassum qilishdan ham tiyil. Chunki seni mutakabbir, mansabi yoki ilmi bilan magʻrurlangan deb oʻylashlari mumkin. Turli majlis va ilmiy munozaralarda talashib-tortishishdan, bahslashishdan saqlan. Shuningdek, ikkilanib yoki qoʻrquv bilan soʻzlashdan ham tiyil. Soʻzlaganingda dadil boʻl, oʻzing ishonib, pishiq-puxta gapir. Maʼno va hikmat ila tinglovchilar qalbini zabt et!»
✨ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
✨ Juma muborak!
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Salomlashish odobi
Haqiqatan, har bir ota-ona farzandiga tarbiya-odob berar ekan, eng avvalo salomlashishni oʻrgatadi. Jahonda odobning bu jihatiga eʼtibor bermaydigan biror millat yoki xalq yoʻq. Bejizga dono xalqimiz «Gapning boshi – kalom, odob boshi – salom», demagan.
Biror notanish kishi bilan koʻrishib-tanishmoqchi boʻlsangiz, salom berishingiz bilan gap-gapga qovushadi, oʻrtadagi begonasirash, noqulaylik barham topadi. Hatto muxolifingizning huzuriga «Assalomu alaykum», (Sizga tinchlik-omonlik boʻlsin) deb kirsangiz, u jahlidan tushadi, keki yoʻqoladi, koʻngli sizga moyillashadi. Salomlashishning savobi, bunga beriladigan ajr-mukofotlar-ku, hammasini bosib ketadi.
Abdulloh ibn Abbos: «Har bir narsaning nihoyasi bor, salomning nihoyasi barakotdir», deganlar. Xabarlarda kelishicha, eng yaxshi amal ochlarni toʻydirish va tanigan-tanimagan kishiga salom berishdir.
📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan
Telegram | Instagram