hiloltest | Unsorted

Telegram-канал hiloltest - Hilol Test

12276

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha

Subscribe to a channel

Hilol Test

#foydali

Haj ibodatining farzlari (7-qism)

Yo‘lda omonlik bo‘lishi shart. Yaʼni yoʻlda hojining oʻziga ham, moliga ham hech qanday xavf-xatar boʻlmasligi kerak.

Alloh taolo bandalarini xavf-xatar ostiga qoʻyib ibodatga chorlamaydi.

📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hilolt

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Haj ibodatining farzlari (5-qism)

5⃣ Sog‘-salomat boʻlishi shart. Baʼzi ibodatlar xuddi namoz kabi faqat badan ibodati yoki zakot kabi mol ibodati bo‘lsa, haj ham badan, ham mol ibodati hisoblanadi.

Hajni ado etish uchun haloldan topilgan mablagʻ zarur boʻlishi bilan birga, uning mashaqqatli amallarini bajarish uchun mustahkam sogʻlik ham kerak. Shu boisdan bemor yoki oʻta ojiz odamlarga haj farz bo‘lmaydi.

📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

🟢🟢🟢🟢🟢

🎉 Hilol dasturlaridan Ramazon chegirmasini kutib oling!

🤩 «Tafsiri Hilol» va «Oltin silsila» ilovalarida barchasi 7000 soʻmdan;
«Odoblar xazinasi», «Qurʼon oʻqitish usullari» va «Hilol eBook» ilovalaridagi barcha elektron va audiokitoblarni atigi 3000 soʻmdan xarid qilishga ulgurib qoling!

📆 Chegirma bor-yoʻgʻi 15 kun, ya’ni 15-martdan 31-martgacha davom etadi! Barcha yaqinlaringizni chegirmadan boxabar qilib qoʻying.

⌛️ Shoshiling, Ramazon oyida ilm ulashishga ulgurib qoling!

👇 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

📱 @hiloldasturlari

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Haj ibodatining farzlari (1-qism)

1⃣ Hajga otlangan kishi musulmon boʻlishi shart. Musulmon boʻlmagan odamning haj qilishi u yoqda tursin, hatto Haramning chegarasidan kirishi mumkin emas.

Haj, Baytullohning tavofi va boshqa ibodatlar banda uchun ulkan sharaf. Bu sharaf faqat musulmonga ravo koʻriladi.

📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Haj ibodati (Davomi bor)

«Haj»
arabcha soʻz boʻlib, lugʻatda «Qasd qilish» ma’nosini anglatadi. Ulamolar ta’rifida esa, ma’lum vaqtda, ma’lum makonda, ma’lum ibodatlarni niyat bilan ado etish hajdir.

1⃣ Ma’lum vaqt. Hajning haj boʻlishi uchun albatta zulhijja oyining toʻqqizinchi kuni, ya’ni Arafa kuni boʻlishi kerak. Arafa kunidan boshqa hech qaysi kun bu kunning oʻrnini bosolmaydi.

Shuningdek, Muzdalifada turish, Minoda turish, shaytonga tosh otish, ifoza tavofi qilish, qurbonlik soʻyish kabi ibodatlar ham belgilangan vaqtlardagina bajariladi.

📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#maʼlumot

«Moʻminning umr safari» – mufassal haj kitobi

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

📚 «Mo‘minning najoti» – mufassal zakot kitobi bilan qilgan safarimiz ham oʻz nihoyasiga yetdi.

😌 Zakot nima ekanligi, uni kimlar berishi mumkinligi, zakot bergan insonning hayotida qanday barakalar borligi haqida ushbu kitob orqali biroz boʻlsa ham maʼlumot oldingiz degan umiddamiz.

Lekin taqdim etayotgan testlarimiz kitoblarning asl mazmunini to‘liq yoritishga yetarli emas. Shuning uchun kitobni qoʻlingizga olgan holda bu ilmni yanada chuqurroq o‘zlashtirishingiz mumkin. Kitobni qayerdan topish mumkinligi haqida ushbu xabarda maʼlumot berganmiz.

🔥 Tez orada sizlar bilan navbatdagi qimmatli kitob asosida tuzilgan testlarni birgalikda boshlaymiz, inshaalloh! Ilm olish yoʻlida biz bilan birga boʻlganingizdan mamnunmiz.

🟢 Sahifani yaqinlaringizga ham ulashing va bu ilm karvoniga qoʻshilishlariga hissa qoʻshing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Zakot beruvchining vazifalari (6-qism. Davomi bor)

Sadaqasini berishga loyiq odam topish. Ularda quyidagi sifatlar boʻlishi kerak:

1⃣ Taqvo. Sadaqasini eng avvalo taqvodorlarga bergan afzal. Zakot beruvchi bu bilan ularning Alloh taologa boʻlgan himmatlarini ziyoda qiladi.

Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr obidlarning sajda qilib turgan paytlarini tanlar edi. Xaltaga solingan dinor va dirhamlarni olib kelib, ularga koʻrinmay xaltani qoʻyar, ularning kavushlari oldiga hamyonini qoʻyganini sezdirar edi, xolos. Unga: «Ularga sadaqani shunday berib yuboraversang boʻlmaydimi?» deyishgan edi, «Meni yoki vakilimni koʻrganda yuzlari oʻzgarishini xohlamayman», degan ekan.

2⃣ Ilmli boʻlish. Olimga mol-mulk berish ilm-irfonga, dinni targʻib qilishga yordamdir. Bu esa shariatni quvvatlashdir.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Zakot beruvchining vazifalari (3-qism)

Zakotini minnat va ozor bilan buzmaydi. Inson faqirga ehson qilayotganida minnat hosil boʻlishi mumkin.

Aslida esa uning zakotini olgan faqir kishi Alloh taoloning unga buyurgan haqini qabul qilib, unga yaxshilik qilayotgan, uning molini birovning haqqidan poklayotgan boʻladi.

Zakot beruvchi yaxshiroq oʻylab koʻrsa, uning zakot chiqarishi u bilan faqir oʻrtasidagi muomala emas, balki mol neʼmatiga shukrdir.

Shuning uchun faqir odam faqirligi uchun haqoratlanmasligi kerak, chunki fazl mol-mulkning borligi yoki yoʻqligida emas.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Zakot beruvchining vazifalari (2-qism)

Riyokorlikdan xoli boʻlish uchun zakotni sir tutish. Uni izhor qilishda faqirni xorlash bor.

Agar «zakotni bermadi» degan tuhmatdan qoʻrqsa, faqirlarga jamoat ichida ochiqchasiga beradi. Boshqalarga pinhona ravishda beradi.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakot ilmlari

Ayolning taqinchoqlari nisobga yetadigan boʻlsa-yu, zakotini toʻlashga mablagʻi boʻlmasa

Mulk kimniki boʻlsa, zakot ham uning zimmasiga vojib boʻladi. Ayol kishi taqinchoqlaridan zakot miqdorichasini sotib, zakotini beradi.

Agar ayol eridan «Zakotlarimni toʻlab bering», deb iltimos qilsa va er ado etsa, xotinning zimmasidan zakot soqit boʻladi.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakot ilmlari

Zakot molga farz boʻladimi yoki mol egasining zimmasigami?

Hanafiy mazhabida «Molga farz boʻladi», deyilgan. Molikiy, shofeʼiy va hanbaliy mazhablarida «Molning egasiga farz boʻladi», deyilgan. Shunga binoan, zakoti farz boʻlganidan keyin mol halokatga uchrasa, uchala imom nazdida egasi boshqa tomondan zakot topib berishi shart.

Hanafiy mazhabi boʻyicha esa bu shart emas. Alloh taolo: «Ularning mol-mulklarida maʼlum haq bor», degan (Maorij surasi, 24-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qirqta qoʻydan bir qoʻy», deganlar.

Shuning uchun agar nisobning hammasi halok boʻlsa, zakotning hammasi soqit boʻladi.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#чегирма

🎉 Рамазон чегирмасини кутиб олинг!

📍 Манзилларимиз

☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakotning shartlari

Zakot beruvchida boʻlishi lozim boʻlgan shartlar:

1⃣ Musulmon boʻlishi.
2⃣ Balogʻatga yetgan boʻlishi.
3⃣ Oqil boʻlishi.
4⃣ Xur boʻlishi.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakot haqida

Sharʼiy istilohda «Zakot maxsus moldan maxsus juzni maxsus shaxsga Allohning roziligi uchun shariatda tayin qilingandek mulk qilib berishdir».

Maxsus mol nisobga yetgan mol demakdir. Maxsus juz zakot beruvchining mulkidan ajratiladigan miqdordir.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Haj ibodatining farzlari (6-qism)

Hajni hukumat man qilmagan bo‘lishi shart. Yaʼni, hukumat dinga qarshiligi sababidan yoki boshqa biror sababdan hajni man qilgan boʻlsa, oʻsha mamlakat fuqarolariga ham haj farz emas.

Shuningdek, hukumat qamab koʻygan kishilar ham uzrli hisoblanadilar, ularga ham haj farz bo‘lmaydi.

📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Haj ibodatining farzlari (4-qism)

4⃣ Qodir boʻlishi shart. Bu shartda asosan moddiy taraf mablagʻ koʻzda tutilgan. Haj farz boʻlishi uchun oʻzining va oilasining ehtiyojidan oshiqcha hajga borib kelishiga yetadigan mablagʻi boʻlishi kerak.

Qarz olib, hojati asliyasida boʻlgan uyini yoki mashinasini sotib hajga borishining hojati yoʻq. Alloh taolo hajni imkoni borlarga farz qilgan, imkoni yoʻqlar haj qilishmasa, gunoh bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, eng muhim shartlardan biri hajga sarf qilinadigan mablagʻ halol yoʻl bilan topilgan boʻlishi shart, harom puldan haj qilganlarning haji qabul qilinmaydi.

Paygʻambarimiz alayhissalom: «Albatta, Alloh taolo pokdir, pokdan boshqani qabul qilmaydi», deganlar.

📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Haj ibodatining farzlari (2 va 3-qismlar)

2⃣ Balogʻatga yetgan bo‘lishi shart. Hamma ibodatlar qatori haj ibodati ham balogʻatga yetmagan yosh bolalarga farz bo‘lmaydi. Yosh bolalarga gunoh yozilmaydi.

3⃣ Oqil boʻlishi shart. Shariatimiz aqlga asoslangan. Aqli yoʻq kishilarga taklif ham yoʻq.

📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Haj ibodati

2⃣ Ma’lum makon. Makkayi mukarrama, Mino, Arafot, Muzdalifa kabi joylarda maxsus ibodatlarni ado etish lozim, ular boshqa joylarda qilinmaydi, qilingan taqdirda ham haj ibodati oʻrniga oʻtmaydi.

3⃣ Ma’lum ibodatlar. Bu ibodatlarga Ka’bai muazzamaning tavofi, Safo va Marva tepaliklari orasidagi sa’y, Arafotdagi vuquf, Muzdalifada turish, Minoda ma’lum kunlar turish va shaytonga tosh otish kabi bir qancha ibodatlar kiradi.

«Moʻminning umr safari» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

📈📈📈📈📈

Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz a'zolari!

📚 Bu kitob orqali Islomning besh ustunidan biri va har bir musulmonning hayotidagi eng ulkan ibodatlardan biri hisoblangan «Haj ibodati» haqida oʻrganamiz.

«Moʻminning umr safari» kitobida hajning barcha jihatlari, uning farzlari, sunnatlari, odoblari, hajga tayyorgarlik va amaliy tavsiyalar, ayollar uchun hajga alohida ko‘rsatmalar va yana koʻplab qimmatli bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.

Yangi bilimlarni birgalikda oʻrganishga tayyormisiz? 😊

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

📈📈📈📈📈

Navbatdagi testlar «Moʻminning umr safari» kitobidan boʻladi

«Hilol Test»
sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.

Ertadan ushbu roʻyxatdagi 6-kitob – «Moʻminning umr safari» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.

Kitobni qayerdan topish mumkin?

Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:

🟢 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 hilol.uz saytidan;
🟢 «Hilol eBook» ilovasidan.

Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊

📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish

📖 Sahifamizni kuzatib boring!

👉 @hiloltest | @hiloltestuz

Читать полностью…

Hilol Test

Zakot beruvchining vazifalari (6-qism. Yakuni)

3⃣ «Neʼmat berish yolgʻiz Alloh taoloning Oʻzidan boʻladi», degan eʼtiqoddagi odam boʻlishi. Bunday odam rizqqa sabab boʻlgan narsalarga iltifot qilmaydigan boʻlishi lozim, chunki bir narsani olganda madh qilishga odatlangan shaxs ololmay qolganda uni yomonlashi turgan gap.

4⃣ Faqirligini yashiradigan, hojatmandligini bekitadigan va oshkora shikoyat qilmaydigan boʻlish. Alloh taolo: «...iffatlari tufayli bilmagan kishi boy deb oʻylaydiganlar», deb vasf qilganiga oʻxshash boʻlsinlar (Baqara surasi, 273-oyat).

5⃣ Ayolmand, qarzga duchor boʻlgan, ogʻir kasallikka chalingan kishilar boʻlsin.

6⃣ Qarindosh-urugʻlardan boʻlsin, chunki ularga qilingan sadaqa ham sadaqa, ham silayi rahmdir. Kimda ushbu sifatlardan ikkitasi yoki koʻprogʻi jam boʻlsa, zakotni ana shunday odamga berish afzaldir.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Zakot beruvchining vazifalari (4 va 5- qismlar)

4⃣ Berayotgan narsasini kichik sanashi lozim chunki ishni katta sanagan odam u bilan faxrlanadi. Yaxshi ish uch narsa bilan: uni kichik sanash, tezlatish va sir tutish ila tugal boʻladi.


5⃣ Zakot beruvchi molidan eng halolini, eng yaxshisini va oʻziga eng mahbubini chiqarsin. Haloliga kelsak, Alloh taolo pokdir, pokdan boshqani qabul qilmas. Yaxshisiga kelsak, Alloh taolo: «Infoq qilganingizda nopokni koʻzlamang», degan (Baqara surasi, 267-oyat).

Zakotga oʻzi uchun eng mahbub molni chiqarishga kelsak, Alloh taolo: «Oʻzingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz», degan (Oli Imron surasi, 92-oyat).

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Ramazonning birinchi jumasi muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing!

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Zakot beruvchining vazifalari (1-qism)

Zakotni ado qiluvchi bandaning zimmasida bajarishi lozim boʻlgan vazifalar:

Zakotdan murod nimaligini fahmlashi kerak. U uch narsadan iborat:
1⃣ Alloh taoloning muhabbatini daʼvo qiluvchini oʻzi muhabbat qoʻygan narsasini chiqarishi bilan sinash;
2⃣ Halokatga olib boruvchi baxillik sifatidan poklanish;
3⃣ Mol-mulk neʼmatiga shukr qilish.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakot ilmlari

Qiz bolalarga olib berilgan tilla taqinchoqlarning zakoti

Agar qiz bolalarga taqinchoq olib berayotgan kishi «Taqinchoqlarni vaqtincha taqib turasan» demasdan, ularga mulk qilib bersa, balogʻatga yetib, nisob sohibi boʻlgunicha ularga zakot vojib boʻlmaydi.

Agar mulk qilib bermagan boʻlsa, zakoti uni beruvchining zimmasiga vojib boʻladi, agar u nisob egasi boʻlsa.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakotning shartlari

Zakotning toʻgʻri boʻlishi shartlari:

1⃣ Niyat.
2⃣ Haqdorga mulk qilib berish.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakotning shartlari

Zakot farz boʻlishi uchun molda boʻlishi lozim boʻlgan shartlar:

1⃣ Nisobga yetgan boʻlishi.
2⃣ Toʻliq mulk boʻlishi.
3⃣ Feʼlan yoki taqdiran oʻsuvchi mol boʻlishi.
4⃣ Hojati asliyadan ortiqcha boʻlishi.
5⃣ Qarzdan xoli boʻlishi.
6⃣ Bir yil toʻlgan boʻlishi.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakot haqida

Zakot mulkdorning qalbi poklanib, uning ma’naviy va ruhiy tomondan o‘sib borishiga sabab bo‘ladi.

Bunday kishi avvalo birovning haqqiga ko‘z olaytirmaydigan, o‘zining moliyaviy burchlarini o‘rnida ado etadigan, jamiyat uchun kerakli sarf-xarajatni chin qalbdan, og‘rinmay ko‘taradigan shaxsga aylanadi.

Boy kishi zakotini vaqtida berib borar ekan, uning jamiyatga va butun insoniyatga mehr-shafqati, hurmat-ehtiromi, muhabbati ham ziyoda bo‘lib boraveradi.

Zakot nafaqat zakot beruvchining shaxsini, balki uning mol mulkini ham poklab, sayqallab, uning ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

#foydali

Zakot haqida

Zakot Islomning besh ruknidan biri boʻlib, shariat farz qilgan amaldir. Zakot Madinayi Munavvarada hijriy ikkinchi sanada Ramazondan oldin farz qilingan.

Zakot Qurʼoni Karimda yigirma yetti joyda namoz bilan birga zikr etilgan. Bu esa oʻz navbatida namoz bilan zakotning bir-biriga chambarchas bogʻliq ekanini koʻrsatadi.

📖 «Moʻminning najoti» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…
Subscribe to a channel