Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha
#foydali
✨ Zakot haqida
«Zakot» soʻzi «poklik» va «oʻsish» degan maʼnolarni anglatadi. Zakot bergan kishining moli poklanadi. Zakot bermagan kishining moli esa ichida zakotga haqdorlarning moli ham aralashgani uchun nopok boʻlib turadi.
Qachon zakotini bersa, poklanadi, boʻlmasa yoʻq. Zakoti berilgan molga baraka kiradi, koʻpayib, oʻsadi.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning najoti» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 5-kitob – «Moʻminning najoti» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 hilol.uz saytidan;
🟢 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
#foydali
✨ Roʻzaning mustahablari (3-qism)
7⃣ Roʻzani buzmaydigan, ammo huzurbaxsh narsalarni tark qilish.
8⃣ Oila aʼzolari va qarindoshlarga kengchilik qilish. Beva-bechora va kambagʻallarga xayr-ehsonni koʻpaytirish.
9⃣ Qurʼon qiroati, ilm suhbatlari, zikr va salavotlarni koʻpaytirish.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning mustahablari (2-qism)
4⃣ Roʻzadorlarga iftor qilib berish.
5⃣ Junublik, hayz va nifosdan qilinadigan gʻuslni kechga qoʻymay, tong otishidan oldin qilib olish.
6⃣ Til hamda aʼzolarni ortiqcha gap-soʻz va amallardan tiyish.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning shartlari (3-qism)
Uchinchi shart − roʻzaning toʻgʻri boʻlishi shartlari.
Bu shartlar uchtadir:
1⃣ Niyat. Niyatsiz roʻza durust boʻlmaydi.
2⃣ Nifos va hayzdan xoli boʻlish. Nifos va hayzli boʻla turib tutilgan roʻza durust boʻlmaydi.
3⃣ Ramazon roʻzasining adosi va qazosi sharʼiy kunduzning yarmidan avval niyat qilish bilan toʻgʻri boʻladi. Maʼlumki, qilinishi lozim boʻlgan amalni shariatda belgilangan vaqtda qilish «ado» deyiladi. Qilinishi lozim boʻlgan amalni belgilangan vaqtidan keyin bajarish «qazo» deyiladi. Ramazon roʻzasini vaqtida tutish farz. Agar u vaqtida ado qilinmagan boʻlsa, qazosini tutish farz.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning shartlari (1-qism)
Roʻza durust boʻlishi uchun uch xil shart topilishi lozim.
Birinchi shart – zimmaga lozim boʻlish shartlari.
Bu shartlar quyidagilar:
1️⃣ Islom. Musulmon boʻlmagan odamga roʻza farz boʻlmaydi. Unday odam roʻza tutsa ham, roʻzasi ibodat oʻrniga oʻtmaydi. Kofir odam Ramazonda Islomga kirsa, oʻsha kundan boshlab roʻza tutadi.
2️⃣ Aql. Aqli yoʻq odamga roʻza farz boʻlmaydi, chunki u mukallaf emas.
3️⃣ Balogʻat. Balogʻatga yetmagan yosh bolalarga roʻza farz boʻlmaydi. Ramazon oyida balogʻatga yetganlar oʻsha kundan boshlab roʻza tutishni boshlaydilar.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (5-qism. Davomi bor)
Roʻzaning eng mashhur hikmatlaridan biri roʻzadorga
ato etiladigan sogʻlikdir. Hozirda roʻza tutish aynan sogʻlik uchun nihoyatda foydali ekani haqida hamma bir ovozdan gapirmoqda.
Mutaxassislar ixtiyoriy och qolishni koʻp va xoʻb targʻib qilmoqdalar. Roʻza oʻsha ixtiyoriy och qolishning eng yaxshi va eng samarali namunasidir. Roʻza nafaqat sogʻlikni saqlash uchun, balki kasalliklarni davolash uchun ham nihoyatda zarurligi taʼkidlanmoqda.
Hozirgi kunda keng tarqalgan bemorliklarning koʻplarini musulmon boʻlmagan yurtlardagi tabiblar ochlik, yaʼni roʻza tutish yoʻli bilan davolamoqdalar.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (4-qism. Davomi bor)
Roʻza tutgan kishining taqvodorligi oshadi. Qadimdan barcha ulamolar va hukamolar ham ushbu haqiqatni doimiy ravishda takrorlab kelishgan.
Oʻzini bilgan har bir roʻza tutuvchi inson ham bu haqiqatni juda yaxshi biladi. Shu bilan birga, bu hikmatni targʻib qiluvchilar sirasiga keyingi paytlarda kishilarni ochlik yoʻli bilan davolovchi tabiblar ham qoʻshildilar.
Ularning taʼkidlashicha, ixtiyoriy och qolish, yaʼni roʻza tutgan insonda Alloh taolodan qoʻrqish, U Zotni doimo his etib turish, yaʼni taqvo hissi paydo boʻladi va ortadi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (2-qism)
Roʻza ulkan axloq maktabidir. Roʻza tufayli moʻmin kishi koʻpgina xislatlarga ega boʻladi.
Roʻza tufayli inson man qilingan narsalarga sabr qilishga oʻrganadi. U roʻza orqali hayotida duch keladigan mashaqqatlarga chidashga ham malaka hosil qiladi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
📖 Yakunlangan «Moʻminning meʼroji» kitobidan namozning foydalari haqida tanishib chiqqan edik.
🔥 Endi esa «Moʻminning qalqoni» kitobidan roʻzaga doir foydali maʼlumotlarni ulashib boramiz, inshaalloh!
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning qalqoni» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 5-kitob – «Moʻminning qalqoni» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 hilolnashr.uz saytidan;
🟢 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
#foydali
✨ Namozning foydalari (8-qism yakuni)
Musulmon kishining iymonni oziqlantirib, kuch berib, yangilab turadigan narsa namozdir, ibodatdir. Ularsiz iymon qalbning bir chetida qarovsiz qolib soʻnadi, maʼnosiz, soxta, taqlidiy bir narsaga aylanadi. Ana shunday «iymoni»ga ishonib, «qalbim pok» deya namozini tark etganlar qurib qolgan choʻpni gul deb koʻtarib yurgan kimsaga oʻxshab qoladilar.
Iymonimizni ibodat bilan bezab, foniy dunyodagi umrimizni Allohga qullikda, itoatda, ibodatda oʻtkazish fursati allaqachon yetgan. Shunday boʻlgach, Allohdan tavfiq soʻrab, barchalaringizni eng ulugʻ ibodat boʻlmish namoz oʻqishni oʻrganishga, uni mukammal ado etish uchun intilishga chorlaymiz.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (8-qism, davomi bor)
Namoz uyquni tartibga solishning eng mukammal nizomidir. Mutaxassislar oʻtkazgan tadqiqotlarning natijasiga koʻra, namoz yordamida tanada toʻplanib qoladigan statik elektr zaryaddan ham xalos boʻlish mumkin ekan.
Tanamizdagi bunday zaryad sajda paytida yerga yoki tahorat paytida suvga yoxud tayammum paytida tuproqqa tekkanimizda yerga uzatilar ekan. Namozdan soʻng tetiklashib, oʻzimizni bardam sezishimizning sababi qisman mana shu hikmatga ham bogʻliq ekan.
Namozning bunday manfaatlaridan toʻliq foydalanish uchun uni vaqtida ado etish bilan birga poklikka, toʻgʻri va meʼyorda ovqatlanishga, parhezga, yeydigan ozuqamizning pokiza va halol boʻlishiga ham gʻoyatda eʼtiborli boʻlishimiz lozim.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (6-qism)
Vujudning salomatligi tananing tozaligiga bogʻliqdir. Namoz uchun shart boʻlgan tahorat va gʻusl poklikning ayni oʻzidir. Binobarin, namoz ham moddiy, ham maʼnaviy poklikdir.
Badanni ham, ruhni ham poklamay turib, namoz oʻqib boʻlmaydi. Natijada namozning barcha shartlarini ado etgan kishi ruhan pok, jisman tetik boʻladi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (4-qism)
Namozdagi izometrik harakatlar oshqozondagi ozuqaning yaxshilab aralashishiga va uning yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi, safroning (oʻt suyuqligining) oʻt pufagida toʻplanib qolmay, bir meʼyorda ajralib chiqishiga, oshqozon osti bezining ravon ishlashiga imkon berib, qabziyatning (ich qotishining) oldini oladi.
Namozdagi kundalik muntazam harakatlar natijasida buyrak, peshob yoʻllari, qovuq va toʻgʻri ichakning doimiy chayqalishi, holatining oʻzgarib turishi natijasida boʻshanishning bir meʼyorda boʻlishi taʼminlanadi va bu aʼzolarda tosh hosil boʻlishining oldi olinadi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
📖 «Moʻminning najoti» kitobi haqida
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
✨ Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz aʼzolari
📚 «Mo‘minning qalqoni» – mufassal ro‘za kitobi bilan safarimizni yakunladik!
😌 Ramazon oyiga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishingizga yordam bera oldik degan umiddamiz.
Ammo bu faqat boshlanishi!
🔥 Tez orada sizni navbatdagi qimmatli kitob asosida tuzilgan testlar kutmoqda! Ilm olish yoʻlida biz bilan birga boʻlganingizdan mamnunmiz.
🟢 Sahifani yaqinlaringizga ham ulashing va bu ilm karvoniga qoʻshilishlariga hissa qoʻshing.
@hiloltest
#maʼlumot
📖 «Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning mustahablari (1-qism)
Quyidagi amallar roʻzaning mustahablaridir:
1️⃣ Biror narsa bilan, bir qultum suv bilan boʻlsa ham saharlik qilish, saharlikni kechaning oxirigacha surish.
2️⃣ Quyosh botishi bilan shom namozini oʻqishdan oldin darhol ogʻizni ochish. Shirin va hoʻl narsa bilan ogʻiz ochish afzal.
3️⃣ Ogʻizni ochishda rivoyat qilingan lafzlar bilan duo qilish.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning shartlari (2-qism)
Ikkinchi shart − roʻzani ado etish uchun lozim shartlar
Bu shartlar ikkitadir:
1️⃣ Sogʻlom boʻlish. Bemor kishiga roʻza tutish vojib emas.
2️⃣ Muqim boʻlish. Musofirga roʻza tutish farz emas. U safardan qaytganda qazosini tutib beradi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (5-qism yakuni)
Yaqinda rus olimlari roʻza tutish yoʻli bilan davolangan bemorlar roʻyxatini eʼlon qildilar. Natijalar kishini hayratda qoldiradigan darajada muvaffaqiyatli.
Hatto saraton kasaliga mubtalo boʻlganlar ham shifo topganlar. Roʻza turli kasalliklarga shifo boʻlishi bilan birga, kishi badanidagi toʻplanib qolgan turli keraksiz moddalar, yogʻlar, tuzlar va boshqa narsalarni ham ketkazadi. Natijada insonning jismi ham, ruhi ham yengillashadi. Zehni oʻtkirlashib, xotirasi kuchli, irodasi mustahkam boʻladi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (4-qism yakuni)
Hozirgi kunda och qoldirish yoʻli bilan davolayotgan tabiblarning eng mashhurlari ichida birorta musulmon shifokor yoʻq.
Lekin ular dunyodan oʻtgan mashhur kishilar, Muso va lyso alayhissalom kabilar ham ixtiyoriy och qolish yoʻli bilan oliy ruhiy maqomlarga erishganlarini, hozirda ham kim taqvodorlikka erishish niyatida boʻlsa, albatta roʻza tutishi zarurligini taʼkidlamoqdalar.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (3-qism)
Roʻza tutish orqali moʻmin kishi omonatga xiyonat qilmaslik hamda maxfiy va oshkora holatlarda ham Alloh taolo uni kuzatib turganini his qilishni oʻrganadi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
Boshladik! 😊
✨ Roʻzaning foydalari (1-qism)
Roʻza Alloh taologa qilinadigan toat-ibodatdir. Roʻza tutgan banda had-hisobsiz ajr-u savoblarga ega boʻladi.
Bu ibodatni ado etgan banda jannatga «Rayyon» deb ataladigan alohida eshikdan kirish huquqini qoʻlga kiritadi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
✨ «Moʻminning qalqoni» — mufassal roʻza kitobi
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hilolnashr
🟢 Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
Tasavvur qiling, biror mashhur tabib sizga sogʻliq va ruhiy tinchlik uchun bebaho maslahatlar bersa, ularni eʼtiborsiz qoldirarmidingiz?
Alloh taolo buyurgan har kunlik namozni bizga qanchalik foydalari borligini sizlar bilan «Moʻminning meʼroji» kitobidan namozning foydalari deb atalgan sakkizta muhim maʼlumotlar orqali bilib oldik. Quyida mana shu maʼlumotlarni hammasini bir joyga jamladik.
Namozning foydalari:
1-qism
2-qism, davomi, yakuni
3-qism
4-qism
5-qism
6-qism
7-qism
8-qism, yakuni
Bu bilimlar sizga foydali boʻldimi? Siz namozning yana qanday foydalarini bilasiz?
🟢 Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring va yaqinlaringizga ulashing! Ular ham bundan manfaat olishsin.
@hiloltest
✨ Ramazonga tayyorgarlik
🟢 Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
Yaqinda «Mo‘minning meʼroji» kitobi asosida tayyorlangan testlarimiz o‘z nihoyasiga yetadi. Ushbu kitob orqali siz namozning mo‘min hayotidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglab yetdingiz, degan umiddamiz.
🔥 Endi esa, biz Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Mo‘minning qalqoni» kitobi asosida testlarni sizlaga taqdim qilishni boshlaymiz. Ushbu kitob ro‘za ibodatining fazilati, ahkomlari va mo‘min hayotiga olib keladigan ulkan savob va baraka haqida chuqur bilim beradi.
Ramazonni to‘laqonli tushunib kutib olishni xohlaysizmi? Siz uchun qiziqarli va foydali testlar tayyorlashda davom etamiz!
«Mo‘minning qalqoni» kitobi boʻyicha yana bir ajoyib yangiligimiz ham bor, bu haqda esa keyinroq maʼlumot beramiz, inshaalloh!Yangiliklarni o‘tkazib yubormang va biz bilan birga o‘rganishda davom eting.
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (7-qism)
Profilaktik tibbiyotda jismoniy harakatlarni kunning muayyan paytida bajarish, ovqatlanish, uyqu va dam olishni ham aniq rejim asosida yoʻlga qoʻyish oʻta muhimdir.
Namoz vaqtlari organizmda qon aylanishi va ishni jonlantirish uchun eng qulay va maqbul paytlardir.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (5-qism)
Bir kecha-kunduzda kamida besh mahal bajariladigan bir meʼyordagi tana harakatlari boʻgʻimlar, mushaklar va tomirlarni jonlantirib, artroz (artrit), osteoxondroz kabi kasalliklarning, xususan, boʻgʻimlarda tuz toʻplanishining oldini oladi.
Jismoniy mehnat bilan shugʻullanmaydigan odamlarda tomirlarda tiqin paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (3-qism)
Namoz oʻqiydigan kishining boshi muntazam egilib, koʻtarilib turishi sababli uning koʻzlarida qon aylanishi yaxshilanadi.
Shuning uchun ko'zning ichki bosimi oshmaydi, shohparda (koʻz muguzi) doim moʻtadil namlanib turadi. Bu esa katarakta kasalligining oldini oluvchi muhim omildir.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest