Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha
#foydali
✨ Namozning foydalari (2-qism yakuni)
Namozning qon aylanish tizimiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirlaridan yana biri tashahhud o‘qilayotgan holatda kuzatiladi. Hozirgi zamon tibbiyotining aniqlashicha, tashahhud holatida o‘tirgan holda son arteriyalarining biroz siqilib, keyin bo‘shatilishi natijasida ichki organlar, birinchi navbatda, yurak va miya qon bilan qo‘shimcha ta’minlanar ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, oddiy holatda organizmdagi qon tashuvchi kapillyarlarning (mayda qon tomirlari) 30 foizigina ochiq turar, son arteriyasi bir siqib, qo‘yib yuborilganda esa bu ko‘rsatkich ikki barobar ortar ekan. Demak, shu holatdan so‘ng ichki a’zolarga ikki marta ko‘proq qon yetkazib berilar ekan.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (2-qism, davomi bor)
Bosh miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlar ikkinchi marta to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Shundan keyingina namozxon o‘rnidan turib, qad rostlaydi. Mana shu harakatlar natijasida paydar-pay katta miqdordagi qonni uzatib turgan tomirlar egiluvchan, tarang bo‘ladi. Bunday mashqlarni yillar davomida har kuni, muayyan vaqtlarda bajarib turgan tomirlar chiniqib, elastik holatda bo‘ladi, ichida tiqinlar hosil bo‘lmaydi.
Shu yerda «Namoz o‘qiydigan odamlarda ham qon bosimi, ayniqsa, bosh chanog‘ining ichki bosimi uchrab turadi-ku», degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Albatta, har qanday dardni Alloh taoloning O‘zi beradi. Biroq bunday dardlar yoshligidan namoz o‘qib kelayotgan, sajdada uzoqroq turadigan namozxonlarda kamroq uchrashi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Buning ustiga, tahorat paytida bo‘yinga mas’h tortilganda ham bo‘yin mushaklarida qon yurishi tezlashadi, namoz so‘nggidagi ikki tomonga salom berish paytida esa bo‘yin tomirlari umurtqa pog‘onasining bo‘rtiqlari tomonidan biroz uqalab turiladi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
Ko‘p o‘qishdan ko‘ra diqqat bilan o‘qish muhimroq. Nimani qanday o‘qishni bilgan odam uchun aslida kichik kutubxona ham kifoya qiladi.
Ilmiy kitoblarni tajribali kishilar bilan maslahatlashgandan so‘ng o‘qigan afzal. Duch kelgan kitobni o‘qishdan ko‘ra tavsiya etilgan kitoblarni o‘qish ko‘proq samara beradi.
Kishi o‘qilgan bilimlarni boshqalarga o‘rgatishga kirishishdan oldin, ular bilan avvalo o‘z hayot yo‘lini yoritmog‘i kerak.
📖 «Hammasi kitob haqida» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
#foydali
Agar namozda qancha foyda borligini bilganingizda
Islom dini salomatlikka eng yuksak ahamiyat bergan dindir. Shu bois boʻlsa kerak, dinimiz ibodatlarning eng ustuni boʻlmish namozni umrimizning soʻngiga qadar oʻqishimizni buyurgan.
Namoz oʻqigan odam bu goʻzal ibodat uchun oxiratda oladigan ajr-mukofotlariga qoʻshimcha ravishda dunyo hayotining oʻzida uning salomatlikka oid manfaatlariga ham, albatta, erishadi.
Sahifamizda namozning inson salomatligiga keltiradigan foydalari haqida maʼlumot berib boramiz, inshaalloh. Bizni kuzatishda davom eting. 😊
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
❓ Misvokning foydalarini bilasizmi?
Olimlar misvok uchun ishlatiladigan daraxt shoxlarini kimyoviy tahlildan oʻtkazib, aql bovar qilmaydigan xossalari va afzalliklarini aniqladilar hamda hadisi sharifning ilmiy moʻjizalariga yana bir karra tan berishga majbur boʻldilar. Kuzatish va tadqiqotlar natijasiga koʻra, misvok inson organizmida qon quyulishining oldini oluvchi va turli bakteriyalarni yoʻqotuvchi toza va xushboʻy moddalarga boy ekan. Ilmiy izlanishlarning xulosasi shu boʻldiki, arok daraxtida mavjud moddalar hozirgi tish tozalash maʼjun (pasta)larining hammasidan koʻra tish va sogʻliq uchun foydaliroq ekan. Aniqrogʻi, uning tarkibidagi foydali moddalar hech qaysi tish pastasida uchramaydi.
Zamonaviy tibbiyot ilmi xulosasiga koʻra, misvokning quyidagi foydalari bugunga kelib aniqlandi:
1. Tarkibida ftor moddasi boʻlgan misvok tishlarning yemirilishi (kariyes) oldini oladi.
2. Misvok xlor moddasiga ega boʻlgani uchun tishlardagi turli rang, kir, dogʻlarni ketkazadi.
3. Uning tarkibidagi silikat moddasi tishlarni yaxshigina oqartiradi.
4. Misvokdagi fosfor moddasi tishni chirituvchi bakteriyalardan himoyalaydi.
5. Trimetilamin va darmondorilar milklarni yorilishdan asraydi, jarohatlarni tuzatadi va tishlarning sogʻlomligini taʼminlaydi.
6. Eng asosiysi sigareta va nos chekishni tashlovchilarga yaxshi yordam beradi.
Misvok ishlatishning afzal vaqtlari:
- Tahorat vaqtida;
- Namozdan oldin;
- Qurʼon qiroatidan avval;
- Ovqatdan keyin yoki taom qoldigʻi sababli ogʻiz hidi oʻzgarganda;
- Uzoq sukut yoki koʻp gapirgandan soʻng;
- Uyquga yotishdan oldin;
- Uyqudan uygʻongan mahal;
- Biror manzilga kirish yoki ahliga yoʻliqishdan avval;
- Oʻlim talvasasi va Alloh huzuriga rihlat qilayotgan mahalda.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
Jamoat bilan oʻqilgan namozning savobi yolgʻiz oʻqilgan namozdan 27 barobar ortiqdir
#maʼlumot
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobi haqida
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning me'roji» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 4-kitob – «Moʻminning me'roji» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢«Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 kitoblardunyosi.uz saytidan;
🟢«Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Amallar niyatga bogʻliqdir» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 3-kitob – «Amallar niyatga bogʻliqdir» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
💩 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
💩 kitoblardunyosi.uz saytidan;
💩 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
📜📜📜📜📜
«Hilol dasturlari» loyihasining taqdimoti boshlandi
👉 https://www.youtube.com/live/WqkdI84u2TY
@hiloldasturlari
🟢🟢🟢🟢🟢
🔥 Bugun chegirmaning oxirgi kuni
Ilm va ulamolar haqidagi 19 ta elektron kitobga eʼlon qilingan 50% chegirma bugun 23:59 gacha amal qiladi.
📖 Chegirmadagi kitoblar roʻyxati bilan bu yerda yoki «Hilol eBook» dasturidagi «Chegirmalar» boʻlimida tanishishingiz mumkin.
Kitoblarni chegirmali narxda sotib olishga ulgurib qoling. 😊
📖 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish
👉 Sotib olish boʻyicha qoʻllanma
👉 Murojaat uchun: @hilol_support_bot
❓ Siz chegirmadan foydalandingizmi? Soʻrovnomada ishtirok eting.
🟢 @hiloldasturlari
🌙 Ramazon hayiti muborak boʻlsin!
🟢 @hiloldasturlari
🟢🟢🟢🟢🟢
🔥 Bugun Ramazon chegirmasining oxirgi kuni
📣 Odamlar-u, odamlar,
Eshitmadim demanglar.
Bugun chegirma tugar,
Foydalanib qolinglar. ☺️
Soʻng chegirma tugagach,
Attang qilib yurmanglar.
«Yaxshi kitobni uchratsangiz, hozir mutolaa qilmasangiz ham sotib olavering»,
#maʼlumot
✨ Bugun 14:00 da yutuqli viktorina boʻlib oʻtadi
✅ Testlar «Hadis va Hayot»ning 9-juzi – Roʻza kitobi boʻyicha oʻtkaziladi.
❗️ Viktorinada ishtirok etish uchun @hiloltanlovbot orqali roʻyxatdan oʻtib, 🏆 Yutuqli viktorina boʻlimiga kirib, 🏆 Yutuqli viktorinalarga obuna boʻlish tugmasini bosish kerak boʻladi. Obuna holati ✅ belgisiga oʻzgarsa, obuna boʻlgan boʻlasiz.
🎁 Eng kam vaqt sarflab, eng koʻp toʻgʻri javob topgan 5 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda yutuqli viktorinaga 431 kishi obuna boʻlgan.
👉 Qoidalar bilan tanishib chiqing: https://telegra.ph/Qoidalar-12-21
🟢 Viktorina vaqtini oʻtkazib yubormaslik uchun eslatma belgilab qoʻyishni unutmang. 😊
🟢 @hiloldasturlari
🌙 Ramazon oyi muborak boʻlsin!
🟢 @hilolnashr & @hiloldasturlari
#hikmat
📖 Shunga oʻxshash 12 000 ta hikmatni «Hikmatlar» ilovasida oʻqing
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (2-qism, davomi bor)
Bir kunda boshini sakson marta yerga qo‘ygan insonning miyasiga muntazam ravishda ko‘p miqdorda qon oqib keladi. Miya hujayralarining qon bilan yaxshi to‘yinishi tufayli namoz o‘qiydigan odamlarda xotira sustligi va skleroz kamroq uchraydi. Bunday kishilarning turmush tarzi sog‘lom bo‘ladi.
Dastavval ruku’da tananing teng yarmigacha egilgan bosh miyaga qon kelishi jonlanadi. Shu holatda biroz turgan kishi sajdadan avval rostlanib oladi. Bu bosh miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlarni endigi bo‘ladigan kuchli qon oqimiga tayyorlaydi.
Endi namozxon egilib, tizzalariga cho‘kkalab, so‘ng boshini sajdaga qo‘yadi. Natijada qon bosimi baland bo‘lgan kishilar uchun ortiqcha zo‘riqish hosil bo‘lmaydi.
Sajda holatida bosh miyaga katta miqdorda qon oqib kela boshlaydi. Shu holatda biroz turgach, inson darrov turib ketmay, avval biroz o‘tirib oladi. Bunday holatda birdan turib ketish qon bosimi past bo‘lgan odam uchun noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Endi namozxon ikkinchi marta sajdaga bosh qo‘yadi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
Boshladik! 😊
1. Namozda bajariladigan harakatlar yengil, oson boʻlgani uchun yurakka zo'r kelmaydi(toliqtirmaydi) va kunning ma'lum bir vaqtlarida bajarilgani uchun insonni doimo tetik tutadi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#iqtibos
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#hikmat
📖 Shunga oʻxshash 12 000 ta hikmatni «Hikmatlar» ilovasida oʻqing
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#hikmat
📖 Shunga oʻxshash 12 000 ta hikmatni «Hikmatlar» ilovasida oʻqing
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#muallif
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
👋 Assalomu alaykum, aziz kitobxonlar!
🤩 «Hilol Test» kanali faoliyatini yana davom ettiradi.
Sizlarni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining bebaho merosi asosida tayyorlangan testlar orqali bilimlar dengiziga yana bir bor shoʻngʻishga taklif qilamiz.
Bu yerdagi har bir test – savodxonlikni sinashning qiziqarli usuli. Har bir savol – yangi eshikning kaliti. Har bir javob ilm yoʻlidagi qadamlaringizning bir natijasidir.
Bizdan uzoqlashmaganingizdan mamnunmiz! 😊
❓ Bilim olamida oʻzingizni yana bir bor sinab koʻrishga tayyormisiz?
@hiloltest
Sadaqayi joriya nima?
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Inson vafot etganda uning amali to‘xtaydi, faqat uch narsa tufayli uning nomayi a’moliga savob yozib turiladi: sadaqayi joriya, foydali ilm, duoyi xayr qiluvchi solih farzand”.
Xo‘sh, sadaqayi joriya nima?
Sadaqayi joriya — bu savobi hatto vafot etgandan so‘ng ham doimiy kelib turadigan xayrli amal. Manfaat keltiradigan, xalqning og‘irini yengil qiladigan, doimiy foydasi tegib turadigan foydali ish.
Sadaqayi joriya sizga kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblaridan tuzilgan «Hilol Test» savol-javob ilovasini takomillashtirish uchun yordamchilar kerak!
❓ Nima qilish kerak?
✅ Hazratning kitoblaridan savol tuzib berish kerak.
Siz tuzib bergan savollar ustozlar tasdig‘idan o‘tsa, ilovaga joylab boriladi. Niyat va maqsadimiz hazratning ilmiy meroslarini insonlarga yetkazish, ilm targ‘ibidir.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda ilovani 200 000 dan ziyod inson yuklab olgan. Tasavvur qiling, siz tuzib bergan savollardan 200 000 ta odam ilm olyapti. Qiziqmi? Unda ushbu havola orqali safimizga qo‘shiling: /channel/+rmtyxcke2y02OTA6
* Ilovani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
@hiloltest
🎉🎉🎉🎉🎉 📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Sof tabiat dini» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 2-kitob – «Sof tabiat dini» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
💩 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
💩 kitoblardunyosi.uz saytidan;
💩 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
📈📈📈📈📈
🌙 Navbatdagi testlar «Iymon» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda Ramazon oyida roʻzaga oid testlar berib borildi. Endi esa shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boramiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi birinchi kitob – «Iymon» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli, elektron va audio (CD disk) holatlarda quyidagi manzillardan topish mumkin:
💩 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
💩 kitoblardunyosi.uz saytidan;
💩 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, olgan bilimlaringizni sinab koʻring. 😊
📲 Dasturni yuklab olish
📖 «Hilol Test» sahifasini kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
#maʼlumot
✨ Bugun 14:00 da yutuqli viktorina boʻlib oʻtadi
✅ Testlar «Hadis va Hayot»ning 9-juzi – «Roʻza kitobi» boʻyicha oʻtkaziladi.
❗️ Viktorinada ishtirok etish uchun @hiloltanlovbot orqali roʻyxatdan oʻtib, 🏆 Yutuqli viktorina boʻlimiga kirib, 🏆 Yutuqli viktorinalarga obuna boʻlish tugmasini bosish kerak boʻladi. Obuna holati ✅ belgisiga oʻzgarsa, obuna boʻlgan boʻlasiz.
🎁 Eng kam vaqt sarflab, eng koʻp toʻgʻri javob topgan 10 ta ishtirokchi taqdirlanadi.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda yutuqli viktorinaga 575 kishi obuna boʻlgan.
👉 Qoidalar bilan tanishib chiqing: telegra.ph/Qoidalar-12-21
🟢 Viktorina vaqtini oʻtkazib yubormaslik uchun eslatma belgilab qoʻyishni unutmang. 😊
🟢 @hiloldasturlari
🌙 Navbatdagi testlar «Moʻminning qalqoni» kitobi boʻyicha boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda Ramazon oyiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida «Hadis va Hayot»ning 9-juzi – Roʻza kitobi boʻyicha testlar berib borildi.
Bu oyda roʻzaga oid bilimlarimizni yana bir bor sinab olish uchun navbatdagi testlar shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Moʻminning qalqoni» – mufassal roʻza kitobi asosida boʻladi, inshaalloh.
Mazkur kitobda Ramazon oyi, roʻza ibodati va uning ahkomlari, tarovih namozi, eʼtikof, Qadr kechasi kabi mavzular bayon qilingan.
❓ Kitobni qayerlardan topish mumkin
✅ Kitobning chop qilingan va elektron shaklini quyidagi manzillardan topish mumkin:
💩 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
💩 kitoblardunyosi.uz saytidan;
💩 «Hilol eBook» ilovasidan.
Shuningdek, ushbu testlarni «Hilol Test» dasturida ham ishlashingiz mumkin. 😊
📲 Dasturni yuklab olish
📖 «Hilol Test» sahifasini kuzatib boring.
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
#chegirma
🌙 Ramazon chegirmasi: «Hilol eBook» dasturida barchasi 2 000 soʻm
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan «Hilol eBook» dasturidagi kitoblarga chegirma eʼlon qilamiz: dasturimizdagi elektron va audiokitoblarning barchasini 2 000 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin. 😊
📝 Maʼlumot uchun, «Hilol eBook» dasturiga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Ahmad Muhammad Tursun, Tohir Malik, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, Abdul Azim Ziyouddin, Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Ziyovuddin Rahim, Odinaxon Muhammad Yusuf kabi mualliflar qalamiga mansub 400 dan ortiq elektron va audiokitob joylangan.
📖 Ilm oyi boʻlgan Ramazonda kitoblarni chegirmali narxda xarid qiling va mutolaa qiling.
Chegirma 25-mart 23:59 gacha amal qiladi.
📱 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish
👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
🟢 @hiloldasturlari
🌙 Navbatdagi testlar «Hadis va Hayot»ning 9-juzi – Roʻza kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda Ramazon oyiga tayyorgarlik koʻrish uchun navbatdagi savollar shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Hadis va Hayot»ning 9-juzi – Roʻza kitobi asosida boʻladi, inshaalloh.
Mazkur kitobda muborak Ramazon oyining fazlidan toʻla bahramand boʻlish uchun roʻza ibodati va uning ahkomlari haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan.
❓ Kitobni qayerlardan topish mumkin
✅ Kitobni qogʻozli, elektron va audio (CD disk) holatlarda quyidagi manzillardan topish mumkin:
💩 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
💩 kitoblardunyosi.uz saytidan;
💩 «Hilol eBook» ilovasidan.
📖 «Hilol Test» sahifasini kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz