Сўз - буюк қудрат...
Бир қўшнимиз бор . Ҳар доим аёлини камситгани камситган. Бир куни қўшни аёл ҳасратини тўкиб солди.
- Шу десангиз, эрим ёмон одаммаску-я, аммо гапирган гапларига илон пўст ташаворади. Мана уч кундан бери мени "бефаросат" деб чақиришга ўрганибдилар. Қанча ялинсам ҳам, барибир шу одатларини ташамаяптилар . Бу юрагимни ёмонам тилкалаяпти-да.
Унга қараб раҳмим келди. Бир оз ўйланиб, унга нима қилиш кераклигини ўргатдим.
Эртасига келинчак гул - гул яшнаб чиқди. Унга савол назари билан қараганимни кўриб, жавобга шошилди:
- Худди ўргатганингиздек жавоб қилдим. Менга гапира туриб бефаросат девдилар, мен уларга,
- Фаросатсизлигимни ўзим хам биламан, таъкидламасангиз ҳам бўлаверади дедим.
Улар:
-Ия , неожиданна-ку! Қаердан биласан? - деб сўраган саволларига:
- Фаросатим йўқлигини бирдан бир исботи сиздай одамни танлаб турмушга чиққанлигим, фаросатим бўлганда шу ишни қилармидим? - дедим.
Улар бир зум ҳайрон қолдилар-да , кейин:
- Кечир, фаросатхон ! - дедилар.
Хуллас, хамма ишлар жойида...
Сўнгги сўз :
Аёллар ! Сўз - буюк қудрат! Хамма гап уни ишлата билишда.
Илтимос, сўзларни ақл билан қўллаб уйингиз ва ҳаётингизни нурга тўлдиринг...
Хазонрезги
Sabrina - Kamolxon va Ra'noning qizalogʻi, bugun 2 yoshga kirdi. Ancha tili chiqdi, hovlida chopqillab yuradi, yuguradi. Qiyqirib oʻynaydi. Bir kuni Ra'no qizi bilan aylanishga koʻchaga chiqishdi. Koʻchada Kamolxonning sinfdoshlari boʻlgan bir nechta qizlar gaplashib turar edi. Ra'no ular bilan salomlashish uchun toʻxtadi.
- Bormisiz Ra'noxon? Sogʻliklariz yaxshimi?
- Alhamdulillah yaxshi.
- Kamolxonga hayronmanda! Yoshligidan Qurʼon oʻqirdi. Namoz oʻqirdi. Xotinim oʻrangan soliha boʻladi deb yurardi. Sizga qanday ilakishib qoldiykin?! Qiziq...
Ra'no indamadi.
- Bilasizmi? Kamolxon ayolim oʻrangan boʻlsa deb orzu qilardi.
Ra'no ularni oldidan oʻtarkan ichida oʻyladi "Nega menga buni aytmaganlar. Bir ogʻiz oʻraning deganlarida men oʻranardim-ku?! Oʻzlari indamaganlariga oʻranmadim, men ham kichkinaligimdan shunday yurishga oʻrganib qolganman axir, menimcha ularga shundayligimcha yoqaman deb oʻylardim..."
Ra'no uyga keldi. Uy yumushlarini bajarib boʻlgach kechki payt erini ishdan kelishini kutdi. Kamolxon keldi.
- Dadasi sizga bir gapim bor edi...
- Ayting gulim.
- Hijobga kirmoqchiman.
- Yoʻq. Oʻranmaysiz. Sizga mumkin emas.
Ra'no erining javobidan hayron qoldi. Bunaqa gapni ochigʻi kutmagan edi. "Oʻranaman, desam erim quvonadi" deb oʻylagandi.
- Mumkin emas deysizmi, nimaga?
Ayolining hayron qolganini koʻrib Kamolxon kuldi.
- Nimaga kulyapsiz?
- Necha mahal namoz oʻqiyapsiz?
- Faqat bomdodni...
- Qur'on oʻqiyapsizmi?
- Haa... Kichik suralarnigina.
Kamolxon oʻrnidan turdi. Ayolining qulogʻi yaqiniga keldi.
- Avval qalbingizni hijoblantiring, soliha gulim...
Ra'no erining nima xohlayotganini tushindi. Oʻsha kundanoq oʻzini isloh qilishga tushdi. Uzogʻi 2-3 oy ichida namozlarini ham joy-joyiga qoʻyib oldi. Bir kuni Kamolxon uydaligida oldiga kirdi. Yuzida, koʻzlarida quvonch porlar edi.
- Tinchlikmi Gulim? Juda xursandsiz...- Dadasi... Bir maʼruzada eshitgan edim agar uydagi ayol "Voqea" surasini toʻliq yod olsa va har payshanba kuni shu surani oʻqib tursa, uyga halol rizq kelarkan, erining ishlari yurishib, oilasi boylik, ilm nuri bilan toʻlarkan. Shuni eshitganimdan keyin yodlashga tushdim. 1 oy deganda yod oldim. Aytib beraymi?
Kamolxon ayolining qilgan ishidan nihoyatda suyundi. Mamnun qiyofada "Mayli albatta eshitaman"dedi.
- Izaaa vaqoatil vaqi'a, laysa levaq aaatihaa kaziba, hofizatur Rofi'a. Izaaa rujjatul arzu Rojjaaa, va bussatil jibalu bassa, va kung tum azvajaaa salasa...
Ayoli Qurʼon tilovat qilar edi. Kamolxonning esa koʻzlaridan quvonch yoshlari oqdi. Alloh duolarini qabul qilganini tushunib ich-ichidan xursand boʻldi. Ra'no surani tugatib eriga qaradi. Kamolxonning baxtliligi yuzidan, koʻzlaridan barq urib turar edi. Kamolxon Ra'noga asta shivirladi.
- MaashaAllah... Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Mana endi oʻrinishingizga ruxsat beraman. Bugundan hijoblaning!
Ra'no oʻranishni judayam xohlagan edi. Qalbi iymon nuri bilan toʻldi. Erining buyrugʻini bir zumda bajardi. Oʻsha zahotini xonasiga kirib boshiga roʻmol oʻrab, uzun koʻylak kiyib chiqdi...
Qiz bolani tarbiyasiga turmushga chiqqunicha ota-onasi mas'ul boʻladi, turmushga chiqqanidan keyin esa eri mas'uldir. Bazi bir erkaklar ayolini kaltak bilan, yoki qattiq soʻkish bilan tarbiyalayman deb oʻylashadi. Lekin bu xato. Ayolni yaxshi gap bilan aqlli tadbir bilan tarbiya qilish menimcha yaxshiroq va foydaliroq boʻladi. Eridan qoʻrqib oʻransa, uzun koʻylak kiysa-yu qalbida zarracha iymoni eʼtiqodi boʻlmaganidan koʻra, iymonli qalb bilan oʻzi xohlab oʻrangani yaxshiroq nazarimda. Alloh barchamizni qalbimizni Oʻz yoʻliga hidoyat qilsin!
TAMOM.
✍ Usmonaliyeva Munira.
10.11.2024. 14:35
Nargizaning javobi Kamolxonga yoqmadi. Lekin iloji boricha buni sezdirmaslikka urindi.
- Xoʻp... Mayli. Keyingi savolim... Oila muqaddas narsa deyishadi. Oilani saqlash uchun ayolda qanday hislatlar boʻlishi kerak, nima deb oʻylaysiz?
- Eriga yaxshi muomalasi boʻlishi kerak, uy ishlarini yaxshi qilishi kerak... Yana...
Kamolxon bu qiz u orzu qilgandaqa emasligini tushundi. Uchrashuvdan boʻshashib uyga qaytdi.
- Nima boʻldi oʻgʻlim qiz bilan uchrashdingmi?
Onasi Margʻuba xola eshik oldida oʻgʻlini kutib oldi.
- Chiroyli qiz ekan... Lekin fikrlash doirasi oʻta past! Balki taqvoli namozxon qizdir, ona lekin menga dunyo qarashi keng, ilmli qiz kerak.
Kamolxon shunday deganicha xonasiga kirib ketdi. U hamisha Allohdan namozlarida pokiza ayol soʻrardi. Bugun ham asr namozini oʻqigach qoʻllarini duoga ochdi. Doʻsti Akmal yodiga tushdi. Akmal zinokor bir yigit edi. Kollejda oʻqib yurgan vaqtlarida bir qiz bilan sevishib qolishadi va Akmal u bilan zino qilib qoʻyadi. Qiz homiladorligini bilgach, Akmalga sovchi joʻnatishini soʻrab rossa yalinadi. Qizni ota-onasi Akmalni uyigacha kelishganida Akmalning dadasi "Oʻgʻlim sizlarni buzuqi qizinglarga ikki dunyoda ham uylanmaydi! Agar oʻgʻlimni ustidan shikoyat qiladigan boʻlsalaring oʻzinglarga yomon boʻladi! Qizinglarni oʻzi aybdor! Qiz ixtiyorini bermasa, hech qanday yigit unga yaqinlasha olmaydi. Qizingni yaxshilab tarbiyalaganingda shu koʻyga tushib oʻtirmas edi!" Deb uyidan haydab soladi.Akmalning dadasi katta amaldor odam edi. Qoʻli uzun hammajoyga yetadi. Qizning ota-onasi hech qayerga murojaat qilisholmadi. Oxiri sharmandalikka chidolmay uylarini sotib, boshqa viloyatga koʻchib ketishdi. Akmal 2 yildan keyin bir qizga uylandi. Xotini kechroq, toʻyda 1 yarim yil oʻtib, homilador boʻldi. Nima boʻldi-yu homilasi 3 haftalik boʻlganida nobud boʻldi. Shunda doktor Akmalga gʻalati gap aytibdi. "Xotiningizni bu homilasi 2-homila ekan. Oldingisini oldirganga oʻxshaydi. Shunga homilador boʻlishi ham, uni rivojlanishi ham qiyin boʻlgan." Akmal oʻzini butkul yoʻqotib qoʻydi. Baqir-chaqir qilganicha uyini pardalarini yirtdi, hammayoqni toʻzgʻitib tashladi. Maʼlum boʻlishicha Akmalning xotini avval bir yigit bilan zino qilib homilador boʻlgach, homilani oldirib tashlaydi va qizligini tibbiy yoʻl bilan tiklab Akmalga turmushga chiqadi. Yaxshilab davolanmay shoshilib turmush qurgani uchun kech homilador boʻladi va homilasi ham tabiiyki yaxshi rivojlanmay ichida nobud boʻladi. Umid bilan qilingan toʻy, oʻqilgan nikoh... Akmal xotini bilan rasman ajrashdi.
Kamolxon joynamoz ustida oʻtirganicha shularni hayolidan oʻtqazdi. Alloh "Nur" surasida "Poklar Poklar uchundir!" Deydi. Darhaqiqat shunday. Allohni qudratini qarangki Akmal nopok edi, Alloh ham unga oʻziga oʻxshagan nopok ayolni yoʻliqtirdi. Kamolxon qoʻllarini duoga ochdi. Asta shivirladi
- Poklar Poklar uchundir! Allohim Oʻzing guvohsan, Oʻzing bilguvchisan, Oʻzing koʻrguvchisan! Shu paytgacha bironta qizni bilagidan tutmadim... Sening Muqaddas Kitobingdagi mana shu oyatingga qattiq iymon keltirdim. Men oʻzimni pok saqlasam, Alloh ham menga mendek oʻzini pok saqlagan birini beradi, dedim. Allohim menga qalbi iymonga toʻla bir soliha umr yoʻldosh nasib et...
* * *
Ra'no bugun boshqa viloyatga borishi kerak. Albatta ish yuzasidan. Bugun ochilish marosimi. Shuning uchun vaqtli turdi. Bomdod namozini oʻqidi. Nonushtasini qilib boʻlgach, akasini chaqirdi.
- Aka! Oʻzim olib boraman degandiz...
- Ha albatta oʻzim olib boraman. Sen narsalaringni tayyorlab, kiyinib chiqaver, men mashinamni koʻchaga olib chiqib turaman.
- Xoʻp boʻladi.
Ra'no rassomchilik institutida oʻqiydi. Koʻproq tabiatni, manzarali joylarni rasmlarini chizishni yoqtiradi. Bugun qoʻshni viloyatda bir kotta rassomlik maktabining ochilishi boʻlyapti. Ra'no ham u yerga rasman taklif qilingan. Begona joy boʻlgani uchunmi akasi uni yolgʻiz joʻnatishni istamadi.
- Voyyyy! Kim bor? Belim...
Hojiakbar Gulnozaning ovozi chiqayotgan uy tomon yugurdi.
- Gulim, nima boʻldi? Tuzukmisiz?
- Qornimda ogʻriq kuchayyapti, Hojiakbar aka... Belimni koʻtarolmayapman.
Hojiakbar qoʻrqib ketdi, Gulnozaning ahvoli haqiqatda yomon edi. Xotinini dast koʻtarib koʻchaga chiqdi. Mashinasiga oʻtqizdi. Mashinani boshqarib ketarkan boshida turli hil oʻy-fikrlar shamolda toʻzgʻigan kuzgi barglar kabi aylandi. "Kecha oshirib yubordim. Bekor urdim. Kayfiyatim umuman yoʻq edi-da. Bitta iplos bilan kelisholmay qolib ancha siqilib qolgandim. Uyga kelsam, ayam Gulnozadan shikoyat qildi. Oʻzi alamimni kimdan olishni bilmay turgandim. Ayamay uribman... Bugun kechirim soʻramoqchi boʻlib kelgandim. Kelsam bu ahvol! Ey Xudoyim Gulimni oʻzing saqla! Uni yaxshi koʻraman!" Hojiakbar to shifoxonaga yetib kelgunicha qilgan ishidan afsuslanib hayolida oʻzini oʻzi koyib keldi. Gulnozani zudlik bilan olib kirib ketishdi. Hojiakbar tashqarida qancha kutdi, bilmaydi... 1 soat. 2 soat... Va nihoyat doktor chiqib keldi.
- Nima boʻldi, doktor? Ayolim yaxshimi?
Shoshilganicha soʻradi Hojiakbar.
Doktor ayol boshini afsusdan chayqadi. Hojiakbarga qattiq qaradi.
- Shunchalik ham urasizmi yigit? Kuchiz shunchalik koʻpayib ketgan boʻlsa, koʻchada oʻzizga oʻxshagan togʻdek yigitlar bilan bellashing. Essiz!
- Nima boʻldi gapirsangizchi qonimni qaynatmay!
- Ayolingizni ahvoli har holda yaxshi, lekin...
- Nima lekin?!
Hojiakbar asabiy baqirdi.
- Oʻzizni bosing uka, bu yer shifoxona. Qornidagi homilasi nobud boʻldi. 3 yarim haftalik ekan... Nobud boʻldi.
- Nobud boʻldi?
- Ha... Xotiningizni oʻzidan soʻrasak, ogʻir narsa koʻtargandim, keyin ogʻriq turdi deyapti.
Hojiakbar homilani nobud boʻlganini eshitib koʻp siqildi, lekin endi kech boʻlib boʻlgandi.
Gulnozaning ota-onasi uni koʻrgani kelishdi. Nargiza xola qizining ahvolini koʻrib chidolmay yigʻlab yubordi. Yer-u osmonga ishonmay asragan farzandi bir ahvolda yotsa! Nargiza xola qizining oldiga oʻtirdi. Mehr bilan sochlarini, yuzlarini siladi. Gulnoza onasining yigʻlaganini darrov bildi. "Onamni siqib nima qildim. Meni deb sogʻliklarini yoʻqotmasinlar" oʻyladi ichida.
- Nima boʻldi qizim? Nega bunday boʻldi?
- Ogʻir koʻtarib qoʻyibman. Unchalik ham ogʻir emas edi, bilmasam... Birdan ogʻriq turdi.
- Mayli qizim... Hali koʻp farzandlaring boʻladi.
- Oʻziz yaxshimisiz, ayajon? Meni deb siqilib qoldingizmi?
- Nega unaqa deysan, meni eng yaxshi koʻrgan bolamsanku...
Gulnozaning koʻzlaridan yosh quyilib keldi. Nargiza xola qizining peshonasidan oʻpib qoʻydi.
* * *
Va nihoyat oʻqish boshlandi. Hojiakbar va Gulnoza Andijonga ijaraga kvartira olib koʻchib ketishdi. Ularning oz boʻlsada shirin, baxtli hayoti boshlandi. Lekin Hojiakbarning ishlari sira yurishmas, ertalabdan kechgacha uyda oʻtirardi. Gulnoza oʻqishiga borib kelib yurar, stipendiyasini erini qoʻliga tutqazardi. Qaynonasi oyligidan oʻgʻliga pul joʻnatib turar, Hojiakbar shu pullar hisobiga yashar, ishlamas edi. Lekin shunday boʻlsa ham Gulnoza bu yerda qaynonasi bilan yashagandan koʻra ancha tinchroq edi.
4-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰08.11.2024. 01:00
@Hikoyalar
Sohta tuygʻular (Hikoya)
4-QISM
Gulnoza bilan Hojiakbarning toʻyi ham oʻtdi. Toʻy (Nikoh) bu - ikki qalbning birlashishi, bir-birini mutlaqo tanimaydigan ikki insonning umrbodga birga yashash uchun qilgan qaroridir. Umr yoʻldoshi tanlash avvalambor, tugʻilajak farzandga ota yoyinki ona tanlash demakdir. Ona ilmli, taqvoli, farosatli va albatta salohiyatli boʻlsa, farzand ham shunga monand ulgʻayadi. Axir tarbiyani asosan bolasiga ona beradi! Ota mehrli, iymonli, koʻchadan halol rizq topib keladigan ishbilarmon kishi boʻlsa, farzand oilada koʻzi toʻq bo'lib ulgʻayadi, oʻksinmaydi, xafa boʻlmaydi. Ota-onaning birligi farzand uchun, uning kelajagi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi...
"Yuz ochdi" (Ba'zi joylarda "Uch kunlik" ham deyiladi) marosimi oʻtgach Gulnozaning kelinlik hayoti boshlandi. Uni yaxshi koʻrib kelin qilgan qaynonasi bitta-yu bitta oʻgʻlini rashk qilibmi yoki oʻzining azaliy fe'li shundaymi, hech ham Gulnozaga kun bermas, tong sahardan to yarim tungacha ish buyurar, bir daqiqa boʻlsin holi joniga qoʻymas edi. Hozir ta'til payti. Oʻqish boshlanishiga hali 1 yarim oy bor. Gulnozani kechasi qattiq mazasi qochdi, tuni bilan uxlolmay alahladi. Aksiga olib Hojiakbar uyda emas edi. Ogʻriqdan sira uxlolmay oxiri bomdodga yaqin koʻzi ilindi. Yarim soat uxladimi yoʻqmi, derazaning qattiq-qattiq ovozda taqqillaganidan choʻchib uygʻonib ketdi. Koʻzlari qizarib ranggi boʻzdek oqarib ketibdi. Yangi kelinchak emasmi, shosha-pisha yuz qoʻlini yuvib oynaga qaradi. Deraza yanada qattiqroq taqqilladi. Bu safar taraq-turuq ovozga qoʻshimcha qaynonasi ham bobillab ketdi.
- Bu kelin abedgacha uxlaydi! Hammani kelini allaqachon turib koʻcha-hovlilarini yogʻ tushsa yalagudek qilib boʻldi!
Gulnoza hasta ovozda bazoʻr ovozini balandlatdi.
- Hozir ayajon, chiqyapman!
- Tong yorishib ketdi-ku Gulnoza! Shunchayam uxlaysizmi, uyat!
Gulnoza shoshilganicha kiyinib sochlarini turmakladi-da tashqariga yugurdi. Shoshilganidan salom roʻmoli qolib ketgan edi. Vodiyda shunday urf-odat borki, kelin boʻlmish 1 oy davomida har kuni ertalab qaynotasiga, qaynonasiga ( ba'zi joylarda qaynisingil, qayniopaga-yu qaynilariga ham) uch marta egilib salom beradi. Buni kelinning oʻsha xonadondagilarga koʻrsatgan ehtiromi, hurmati sifatida qaraladi. Gulnoza chiqdi.
- Kechiring ayajon... Kechasi bilan mazam boʻlmay chiqdi, shunga...
- Voy tavba! Yangi kelinchak, nega mazayiz boʻlmaydi?! Bahonalarizni borib ota-onayizga aytasiz.
Gulnozaning qaynonasi bir narsa yodiga tushgandek yalt etib keliniga qaradi.
- Salom qilmaysizmi? Roʻmolizni tashlab chiqibsiz... 15 kun boʻlmay, hurmatimiz bitdimi?!
Gulnoza darrov ortiga qaytdi. Xonasidan salom roʻmolini olib chiqib qaynonasing roʻparasiga keldi. 3 marta egilib salom qildi.
- Koʻp yashang, baxtli boʻling.
Til uchida aytilgan bu gaplar Gulnozaga sezildi. Roʻmolini bir chetga qoʻyib uy yumushlarini qilishga kirishib ketdi. Avval qaynonasi, qaynotasi va qaynisinglisi uchun nonushta tayyorladi. Ular koʻchaga chiqib ketishgach bir boshidan hammayoqni tozaladi, changlarni, pollarni artdi, kir yuvdi...
Hojiakbar Gulnozani koʻngliga yoʻl topish uchun ancha harakat qildi. Haftasiga gullar joʻnatdi, kitoblar, shirinliklar yana turli xil sovgʻalar... Sovchisini ham joʻnatishdan sira toʻxtamadi... 3 marta, 5 marta, 10 marta... Son-sanoqsiz, ketma-ket sovchisini joʻnataverdi. Kechalari Gulnozalarning uyi yoniga kelib baqir-chaqir qilib oʻtib ketar, kunduzlari esa qizni koʻnglini olish uchun turli xil narsalar oʻylab topar edi. Haqiqiy romantik, jentelmen yigit edi. Gulnozaga ham mana shunaqa yigitlar yoqar, baxtni shunday narsalarda deb bilar edi...
Axiyri Hojiakbar Gulnozaning roziligini oldi. Bu albatta oson boʻlmadi. Lekin... Qiyinchilik bilan erishilgan narsa totli boʻladi.
- Gulnoza, qizim bu bolaning oilasi bizga toʻgʻri kelmaydi.
Gulnozaning buvisi joni kuyib gapirar edi.
- Seni unga bermaymiz! Otasi xotinboz, amakilari ham shunaqa odamlar... Baribir nasl tortadi, bolam. "Qazisan, qartasan asl zotingga tortasan!" Deyishgan burungilar.
- Yoʻq buvijon, bu bola unaqamas. Yaxshi bola. U unaqa ishlar qilmaydi, men ishonaman.
Gulnozaning koʻzlari koʻr, quloqlari kar boʻlib qolgan edi. Buvisining yonib-kuyib gapirishi unga taʼsir qilmas, Hojiakbar bilan birga boʻlishni xohlar edi. Oʻylardiki, hayoti faqat shunday davom etadi, gullar, sovgʻalar, turli xil syurprizlar...
- Menga quloq sol qizim. Keyin afsuslanib qolma, erkak kishini betida harom tuki boʻladi, shirin soʻzlariga uchib aldanib qolma, bolam. Men u oilani juda yaxshi bilaman, axir. Seni baxtingni xohlayapman men ham.
Gulnozani qaysarligi tutdi. Baribir oʻz fikrida qatʼiy turib oldi.
- Yoʻq, u yaxshi bola! Undan boshqasi kerakmas menga!
Gulnoza shunday deganicha shart oʻrnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Buvisi boshini chayqaganicha ortidan "Guldek umring xazon boʻlmasinda bolam"deb qoʻydi.
Gulnoza bilan Hojiakbar unashtirilishdi. Bir-birlari bilan telefonda uzoq-uzoq suhbatlashishar kunduzlar vaqtni birga oʻtkazishar edi. Unashtiruvga ham bir hafta boʻldi. Hojiakbarning ishlari birdan orqaga ketdi. Shokolad firmasi ehtiyotsizlik bilan qilingan xato sabab inqirozga uchrab, davlatdan ancha qarz boʻlishdi. Uy-joylarini va mashinalarini hammasi shunga kirib ketdi. Qisqa qilib aytganda bankrot boʻldi. Endi Hojiakbar oldingi Hojiakbar emasdi. U oʻzining asl yuzini asta ocha boshladi. Baʼzan alamini Gulnozadan olar, hali nikohida boʻlmagan qizni urar, unga ochiqdan ochiq hoʻjayinchilik qilar edi. U Gulnozaga ilk bor qoʻl koʻtarganidayoq Gulnoza xato qaror qabul qilganini tushundi. Qalbida bu yigitga nisbadan zarracha muhabbat qolmadi. Lekin... Lekin uning fikricha endi kech boʻlgan edi.
* * *
- Voy Gulnoz... Nima qildi senga, nega gʻalatisan?
Zilola dugonasiga achinib qaradi. Gulnoza shu 2-3 oy ichida ancha oʻzgargan, hayolchan boʻlib qolgan, fikri hayoli qoʻlidagi telefonda turar edi.
- Kecha telefon qilsam salom alik qildingda tez oʻchirib qoʻyding. Deyarli gaplashmayapmiz ham, tinchlikmi?
- Ha tinchlik...
Gulnozaning chiroyli lablari titradi.
- Bilanas-ku Hojiakbar akamning jahllari tez. Telefon qilib qolsalar band boʻlsam, qattik soʻkadilar. Shunda hech kim bilan gaplashmay qoʻydim.
Zilola hayratdan koʻzlarini katta ochdi.
- Nega senga halitdan hoʻjayinchilik qiladi, ering emas hali u seni! Haqqi yoʻq bunaqa qilishga.
Hojiakbar Gulnozani anchagina qoʻrqitib qoʻygan edi. Dugonasini oldida oʻzini tutib turolmadi, yigʻlab yubordi.
- Gulnoz... Asalim, nega yigʻlayapsan?
- Unashtiruvni qaytaray desam ortimda 2 ta ukam bor, Zilol. Oriyatim yoʻl qoʻymayapti. Dadam, onam qanday bosh koʻtarib yurishadi. Shu yigitni tanlagan oʻzim-ku...
- Boʻldi yigʻlama. Hammasi yaxshilikka, oʻrtoq. Hech narsa behikmat emas.
- Haa... Balki.
* * *
Hojiakbar bir yaxshi, mehribon boʻlib qolar, bir jahldor manyakka aylanar edi. Balki oilasidagi muhit shunaqa boʻlgani uchun bu bola ham shunday tramvalar bilan oʻsgandir. Yoshligida dadasi onasini koʻp bor kaltaklar, xoʻrlab urar edi. Bunga u necha bor oʻz koʻzi bilan guvoh boʻlib qolgan. Endi esa yoshlikdagi tarbiya oʻz kuchini koʻrsatyapti.
Gulnoza onasi va singlisi bilan boshlashib ichkari uy tomon kirib ketishdi. Ularning ortidan qiziga termulgancha Elmurod aka anchagacha oʻylanib qoldi. "Qizim hali bola-ku, turmushni eplay olarmikan? Uni ustiga eng yaxshi koʻrgan farzandim shu boʻlsa, nega buncha erga berishga shoshilmasam?! Nargiz haq! Endigina oʻqishga kirgan boʻlsa, hech yoʻq yana bir yil oʻqib olsin. Qolganiga Xudo Poshsho..." Dilidan oʻtkazdi Elmurod aka.
Elmurod aka doim qizining kelganini bayramdek nishonlaydi. Bugun ham qizi Gulnoza uchun oʻz qo'llari bilan kabob pishirdi. Kechqurun hammalari oilaviy oʻtirib ovqatlanishdi. Soʻng maroqli suhbat... Nargiza xola erining kechagi gaplarini qiziga qanday aytishni, ochigʻi gapni qayerdan boshlashni bilmas edi. Endigina ogʻiz juftlagan edi hamki, Elmurod aka chaqirib qoldi.
- Nargiz, onasi! Bir minutga qarab yuboring.
- Xoʻp hozir! Gulnoza men shunday dadangga qaray...
- Xoʻp aya, bemalol.
Nargiza xola nargi eri televizor koʻrib oʻtirgan xonaga kirdi.
- Labbay dadasi?
- Kel oʻtir...
Nargiza xola erining yoniga oʻtirdi.
- Menga qara tunov kuni kelgan sovchilarga ayt, qizimiz hali yosh, uchrashuvga chiqmaydi, degin. Ertangi uchrashuvni oʻzing bir narsalar deb bahona qilib qoldir xullas!
- Nega? Axir qizizni atayin shu uchun chaqirgandikku?
- Aytganimni qil, tamom. Gulnoza hali bola! Oilani eplolmaydi... Uni ustiga endi 1-kurs boʻlsa. Yana bir yil bagʻrimizda boʻlgani yaxshi.Nargiza xolaning koʻngli togʻdek koʻtarildi. Qalbini egallab turgan gʻashlik koʻlankasi birdan tarqab ketdi. Eriga quvonchdan porlagan koʻzlari bilan mamnun qaradi.
- Juda toʻgʻri oʻylabsiz, dadasi. Gulnoza hech yoʻq yana bir yil bagʻrimizda boʻlsin, shoshib nima qilamiz...
- Haa... Shoshilmaslik kerak. Umr savdosi axir bu.
Nargiza xola ering oldidan xursand qiyofada qaytdi. Qiziga sovchilar va uchrashuv haqida ogʻiz ochishni ham lozim topmadi. Gulnoza bilan bir mahalgacha suhbatlashib chiqishdi. Suhbat mavzusi asosan, oʻqish haqida boʻldi. Gulnoza onasiga sotib olgan kitobini koʻrsatdi. Nargiza xola qizining aqlliligidan, esli, tarbiyali boʻlib ulgʻayganidan behad suyundi. "Qizim hali hammadan baxtli boʻladi. Unga faqat va faqat kulish yarashadi. Ilohim Alloh qizimga baxtning eng shirinini nasib etsin. Nomardlardan saqlasin, mard, har doim qizimga suyanchiq boʼla oladigan umr yoʻldoshini yoʻliqtirsin!" koʻnglida duo qildi Nargiza xola.
* * *
Gulnoza Yakshanbani ham ota uyida oʻtkazdi. Onasiga uydagi yumushlarga qarashgan boʻldi, dars qildi, biroz badiiy kitob mutolaa qildi. Endi ertadan yana oʻqish, soʻng imtixonalar boshlanadi. Ilohim yaxshi natijalar bilan birinchi kursni yakunlashni nasib et...
2-QISM TUGADI.
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰3.11.2024. 23:53
@Hikoyalar
Sohta tuygʻular (Hikoya)
2 - QISM
Haftani boshidagi issiq havo birdan pastladi. Atrofga salqinlik yugurib, osmonni turli xil tusdagi bulutlar qopladi. Ba'zilari oppoq paxtaga oʻxshaydi, momiq, begʻubor. Ba'zilar yomgʻirdan xabar bergan misoli qovogʻini oʻyib olgan. Oʻqish tugashiga bir hafta qoldi. Oldinda imtixon. Qizlar yotoqxonasida tayyorgarliklar avjida. Bugun shanba. Gulnoza doimgidek oʻqishdan soʻng kutubxonaga borib biroz mutolaa qilmoqchi, keyin esa olgan stipendiyasiga u-bu narsa xarid qilish uchun "Karzinka"ga boradi. Harqalay uning bugungi rejasi shundan iborat edi.
- Qizlar men kecha juda zoʻr kitob koʻrib qoʻygandim. "Shukronalik moʻjizalari" degan. Stipendiyanga birinchi oʻrinda oʻsha kitobni sotib olaman.
- Ajoyib qizsizda, Gulnoza. Kitob oʻqiganlarni juda xurmat qilaman.
Gulnoza mamnun jilmaydi. Sekin joyiga oʻtirgancha sochlarini yoydi. Uning sochlari juda uzun, tun yarmi singari tim qora edi. Gulnoza taroqni olib ularni tarashga tushdi. Qiynaldi shekilli, qoʻlini bir-ikki silkitib oldi.
- Sochim juda koʻp, qiynalaman juda...
Komila yozayotgan kanspektini qoʻyib, Gulnozaning oldiga bordi va qoʻlidan taroqni yulqib oldi.
- Oʻzim tarab qoʻyaman!
- Voy sizni ovora qilamanmi? Dars qilib oʻtiribsiz-u, beravering oʻzim tarayman.
- Yoʻq - yoʻq. Hijolat boʻlmang, opa. Uyda singlimni ham sochi shunaqa uzun. Doim oʻzim tarab qoʻyardim. Qoʻrqmang ogʻritmayman.
- Rahmat asalim.
Gulnoza sochlarini chiroyli qilib turmakladi, dars boshlanishiga 20 minutcha vaqt bor edi. Birdan uning telefoni jiringlab qoldi.
- Voy ertalabda kim boʻldi ekan?
Gulnoza sumkasining ichidan shosha-pisha telefonini oldi.
- Ayam ekanlar... Aloo, Assalomu alaykum ayajonim, yaxshimisiz? Dadajonim yaxshilarmi?
- Va alaykum assalom goʻzalim. Rahmat hammamiz yaxshimiz. Bugun darsdan keyin toʻgʻri uyga kelgin, xoʻpmi?
- Voy nega tinchlikmi? Oʻziz oʻtgan hafta biryoʻla imtixonlaringni tugatib kelsang ham mayli degandingiz-ku?
- Haa... Tinchlik qizim. Shunchaki seni koʻrgimiz keldi.
- Xoʻp, aya boraman. Faqat oldin bir-ikki joyga oʻtaman, maylimi?
- Mayli, faqat ehtiyot boʻl.
- Xoʻp.
Telefon oʻchdi. Gulnoza oʻtgan hafta uyiga borib kelgan edi. "Nima gap ekan? Mayli tinchlik boʻlsin-da" hayolidan oʻtkazdi.
Lekin uni uyga qaytganda bir yangilik kutib turgandiki, buni oʻzi hali bilmasdi...
* * *
- Dadasi, qizimiz hali yoshku, endigina oʻqishi boshlangan boʻlsa, oʻqib olsin.
Nargiza xola eriga yalinchoq ovozda gapirdi.
- Tushunsangchi, Nargiz. Qiz bolani tengi chiqdimi, berish kerak. Uyda saqlab oʻtirgandan foyda yoʻq!
Elmirod aka hotirjam oʻtirgan koʻyi ayoliga muloyimlik bilan tushuntirishga oʻtdi.
- Juda yaxshi joylardan soʻrab kelishyapti. Men ham qizimni baxtli boʻlishini xohlayman. Bir yaxshi joydan soʻrashdi, yigit harbiy ekan, oilasi ham oʻziga toʻq. Toʻydan keyin qizing bilan Toshkentda yashashadi.
- Voy uzoqku, dadasi.
- Nima qipti uzoq boʻlsa? Qizing ham doim poytaxtni orzu qilganku?! Mana oʻzi xohlaganidek yigit. Yoshi ham, bu basti ham mos. Ismi Fuqat. Qizingdan bir yosh katta ekan.
Elmurod aka ayolini oʻylanib qolganini koʻrib, yana ovozini pastlatdi.
- Nargiz, xalqda bitta gap bor, "Tengi chiqsa, tekin ber". Bu bejizmas. Shu yigitni qizingga har tomonlama mos koʻryapman. Xullas, ertaga shanba qizinga ayt, darsdan keyin kelsin. Yigit bilan uchrashib koʻrsin. Shunga qarab keyin bir qarorga kelamiz.
Elmurod aka ayoliga shu gaplarni aytgach koʻchaga chiqib ketdi. Nargiza xola hovli chetidagi soʻrida oʻtirgancha oʻylanib qoldi. Qizi hali yosh, biroz erkaligi bor. Oilani eplay olarmikin? Oʻynab-kulib oʻqishini bitirib olsa yaxshi boʻlardi. Lekin bir tomondan dadasini gaplarida ham jon bor. Tengi chiqdimi, berish kerak...
Nargiza xolaning hayolida shu xil gaplar charx urib aylanar, Yaratganga duo qilib qizini baxt-u iqbolini soʻrardi.
1-QISM TUGADI
Usmonaliyeva Munira.
31.10.2024. 13:05
/channel/hikoyalar
Sohta tuygʻular
(Hayotiy hikoya)
1-QISM
Tinimsiz yogʻayotgan yomgʻirdan soʻng, bulutlar ortidan quyosh chiqqach, butun borliqni oʻzgacha goʻzallik qamrab oladi : atrofga yer isi taraladi, oftobning yoqimli nurladi olamni asta qizdiradi. Bunday manzarani koʻz bilan yoyinki quloq bilan his qilib boʻlmaydi, buni his qilish, bu goʻzallikni tafakkur etish uchun insonda ulkan qalb boʻlishi kerak. Insonlarning taqdirlari ham ob-havoga oʻxshaydi. Bazan sovuq, bazan issiq. Gohida yomgʻirli, shamolli, qorli hatto boʻronli! Lekin ob-havo qanday boʻlmasin, bir kunmas bir kun, albatta, quyosh chiqadi. Chiqadi-yu olamni nurga toʻldiradi. Taqdirlar ham shunday : ayriliqlar, yoʻqotishlar, koʻz yoshlar, azoblar va turli sinovlardan iborat boʻlishi mumkin, lekin, Alloh taolo oʻzining suygan bandasiga BAXT atalmish ajib bir ne'matini bermasdan qolmaydi. Bunga faqat ixlos bilan ishonish, yaxshi-yomon kunga sabr etmoq kerak.
Bugun dushanba. Ba'zi kishilarning e'tiroficha - Ogʻir kun. Balki bunga sabab yakshanbada olingan dam, dushanbaga ham oʻz taʼsirini oʻtkazganidir. Odamlar koʻpincha shu kuni ishga, oʻqishga kech qolishadi.
Qizlar yotoqxonasida bir yoshgina qiz derazadan ufqqa tikilgancha kofe ichyapti. Hali atrof yorishmadi. Quyosh ham endigina uyqudan uygʻongandek togʻlar orasidan sekin moʻraladi. Quyosh koʻksi yaralangandek qip-qizil boʻlib ketdi, goʻyo undan qon otilib chiqqandek osmonga qizgʻishlik nurlari sachradi. Atrof esa unga hamohang olovrang tusga kirdi.
- Voy Gulnoz... Uxlasang boʻlmaydimi, hali tong otishiga 1 soat bor-ku!
Deraza oldida turgan qiz - Gulnoza bamaylihotir nozik barmoqlarni bilan tutib turgan chashkadagi kofesini simirdi.
- Tong otdi! Qara Zilol, qanaqa chiroyli manzara...
- Qanaqa ekan?
Uyqusirab javob qildi dugonasi.
- Juda goʻzal... Qop qora tunni yotib chiqib Quyosh balqdi. Avval qip-qizil edi, keyin olovrang boʻldi...
- Yana birozdan keyin sap-sariq boʻladi.
Gulnoza dugonasiga kulib qaradi.
- Shuni aytamanda. Soat 6 boʻldi. Turaqol endi! Kechqurunda kiyimlarimizni tayyorlab qoʻyganimiz yaxshi boʻldi, endi bemalol choyimizni ichib darsga boramiz.
- Toʻgʻri aytasan. Choy damladingmi?
- Ha... Xohlasang kofe ham tayyorlab beraman. Sen yuz-koʻlingni yuvib chiq.
- Kofe boʻlsa yaxshi boʻlardi. Uyqum ochilarmidi? Mayli men ketdim... Yuzimni yuvib chiqay.
Gulnoza dugonasiga ham kofe tayyorladi. Choy ichish uchun shirinliklar bor. Daqiqalar bir-biri bilan quvlashmachoq o'ynayotgandek, bir pasta oʻtib ketib qoladi. Gulnoza tabiatan juda ozoda qiz. Tartibni yoqtiradi. Kiyimlari, darsliklari, oʻqiydigan kitoblarining barchasini tartib bilan taxlaydi. Uyqudan kechsa kechadi, lekin ertangi kungi kiyadigan kiyimlarini dazmollamasdan yotmaydi. Dugonasini ham doim shunga amal qilishga undaydi.
Ikki dugona choy ichib oʻtirishardi, birdan eshik ochilib qoʻshni xonadagi qiz kirib keldi.
- Qizlar dazmolinglar yoʻqmidi? Meniki buzilib qopti. Oq koʻylagim gʻijim ekan. Shunde darmollavole.
- 7 boʻlishiga 10 minut qoldi-ku! Shuni kecha qilib qoʻysez boʻlmasmidi?
- Qilmoqchiydim, erinib qoldim.
- "Eringan qiz - erga yolchimas"!
Zilolaning aytgan maqolidan qizlar kulib yuborishdi.
- Maqolda "shoshilgan qiz" edi-yu, Zilol, adashmasam?
* * *
Mana dadajonimning vafotlariga ham 10 yil boʻldi. 10 yil...! Ozmuncha vaqt emas. Shu vaqt mobaynida qanaqa kunlarni koʻrmadik. Men, oyim rahmatli va singillarim. Men hech vaqt erga tegishga shoshilmadim. Boʻlmasa qoʻlimni soʻraganlar juda koʻp edi. Oyimni vasiyatini bajaray dedim, singillarimni baxtini koʻray dedim, oyoqqa turay dedim, bir kasbning egasi boʻlay dedim, hayotga nimalargadur erishay, jamiyatda oʻz oʻrnimni topay dedim. Alhamdulillah... Alhamdulillah! Barcha maqsadlarimga erishdim. Toʻgʻri qiyin boʻldi. Odamlar gap so'z qildi. Shu kunlarga kelguncha kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishladim. Boʻsh boʻlib qoldimmi ilm oʻrgandim. Mana endi hotirjamman, sokinman. Eng asosiysi baxtliman!
Shaharning markazidagi hashamatli hovlimizning balkonida, kofe ichib oʻtiribman. Oʻtmishga qaytdim, yoshligimni esladim. Bu manzilga yetguncha bosib oʻtgan yoʻllarimni esladim.
- Onasi! Shu yerdamidiz? Umarxonimiz sizni sogʻinib qoldi-yu!
- Oʻzimni shirin oʻgʻlim!
2 yoshar oʻgʻlim quchogʻimga yugurib keldi.
- Dadayiz bilan mazza qilib aylanib keldilaringmi?
- Haa nimasini aytasiz, Nargiz oʻgʻlimiz rosa shoʻx boʻlgan. Qoʻlimdan chiqib yugurgancha ketvordi. Park boʻylab quvib yurdim bu shumtakani!
- Shunaqami?! Dadayizdan qochib ketdizmi?!
Oʻgʻlim jajjigina barmoqchasini labiga bosgancha kulimsirab turardi.Yuzlaridan oʻpdim.
- Dadasi...
- Labbay Jonim.
- Kechka u-bu joyda oʻtiraylik oilaviy.
- Mayli, bugun boʻshman. Qayerda desangiz oʻsha yerda oʻtiramiz.
TAMOM.
Muallifdan: Hikoyani oxirigacha oʻqigan barcha insonlardan Allohim rozi boʻlsin, koʻzlari dard koʻrmasin. Alloh albatta sabr qilganlarga eng goʻzal baxtni tortiq etadi. Nargizaning hayoti bunga yorqin misol.
Yangi hikoya boshladim biiznillah! Qoʻllab quvvatlab turasizlar degan umidim bor! U real hayotdan olingan ( oʻzimning eng yaqin, qadrdon opamning hayotini yozyapman, albatta, oʻzining roziligini olgan holda). Hatto ismlari ham oʻzgartirilmadi. Inshaalloh duo qilib tursalaring 2-3 kunda 1-qismini tashlayman. Alloh barchamizdan rozi boʻlsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh))
✍Usmonaliyeva Munira.
⏰1.11.2024 14:00
@Hikoyalar
Toʻy juda fayzli boʻldi. Mehmonlarga toʻkin dasturxon yozildi. Keyin hammamiz Ozarbayjonga uchdik. U yerni toʻyi nihoyatda boshqacha boʻlarkan. Qiyqiriq oʻyin - kulgu yarim kechasigacha davom etdi. Toʻy va boshqa urf-odatlarni (Ularning urf-odatlariga uncha tushunmadim. Hammajoyni oʻziga xos odatlari bor ekanda. Men bunaqa narsalarga qiziqmaganim uchun aralashmay qoʻya qoldim. Asosan Ammam bosh-qosh boʻldilar) oʻtqazib 15 kun deganda Oʻzbekistonga qaytdik. Ular ham xuddi biz oʻzbeklar kabi juda mehmondoʻst xalq ekan, bizni rossa mehmon qilishdi. Ammam ham oʻgʻli Abdullohga qiz qidirish bilan ovora, men ham oʻz tikuv seximga qaytdim. Ishlarim yaxshi, yomon emas. Kreditga zamonaviy tikuv mashinasi olib uyda ham tikuvchilikni mashq qilyapman. Orada (asosan uyda oʻtirgan holda) online dizaynerlik kursida ham oʻqidim. Har xil eskizlar chizishni mashq qildim. Oʻzim sekin-sekin koʻylaklar tikishni boshladim. Har xil dizaynerlik loyihalariga chizgan eskizlarimni yubordim. 3-4 martalab tasdiqlanmadi. Lekin aslo tushkunlikka tushmadim. Yana va yana oʻz ustimda ishlashni davom etdim. 2 yil umrim shu zaylda oqar suvdek oqib ketdi. Bu orada Malika oʻziga oʻxshagan shirin qizchani onasiga aylandi. Ismi ham jismiga mos - Shirina! Jiyanimni sogʻinib qolsam, oʻzim borib koʻrib kelaman. Laylo ham oʻtgan yili kelgan edi. Bir yil boʻldi hozir musobaqalar boshlangan payt emish shunga er-xotin tayyorgarliklardan ortiqshmayapti ekan.
- Qachon kelasizlar axir, Laylo? Bir yildan oshdi. Sogʻindim seni.
- Men ham sogʻindim opa. 1 oy qoldi. Shu Qatardagi turnir oʻtvosin, albatta boramiz.
- Xoʻp... Nimayam deyman, singlim. Omadinglarni bersin.
- Ilohim rahmat opam. Mayli keyin gaplashamiz, trenerim chaqiryapti.
- Xoʻp asalim. Telefonni qoʻyyapman
ЭСКИ ТЕЛЕФОН...
Бугун эски телефонини топиб олди, суратлар, видеотасвирлар ҳаммаси ажойиб хотираларни эслатди...
- Эҳ-ҳе... Юз элликта СМСим ҳам турибди экан-ку! - деди ўзидан-ўзи қувониб!
Аёли ёзган хабарлар бўлимига кирди:
"Памперс, қатиқ, салфетка"
"Уйда туз тугади",
"Бизни тезроқ олиб кетинг!"
"Нон, гўшт, гуруч, сабзи"
"Бугун пул опкелинг, эртага бозорга чиқаман Шахини оёғига олиш керак"
"Телефонни кўтаринг!"
"Телефон нега банд?!"...
Яна бир қанча шу маънодаги хатлар...
Бирдан кўзи онасининг рақамидан келган хабарга тушди.
Шошиб очди:
"Юлам, цйгв кедиь иссмқрох кмцмнмь кет".
Ичи музлаб қолди. Онасининг кўзи хира эди, шунинг учун ўхшаш харфларни ажрата олмай шундай деб ёзган бўлса керак.
Онаси безовта қилмай деб кўпинча телефон қилмасди, "рулдалигингда телефонда гаплашма" деб хавотир оларди.
Демак, ўшанда нимадир сабаб бўлган-ки, хабар ёзиб жўнатган. Ўзича хабардаги ҳарфларни "таржима" қилди:
"Болам уйга келиб иссиқроқ кийиниб кет".
"Эҳ... Онам-а..."
Умида АЗИЗ.
✅ Божхона қўмитаси боплади
✍️ Яқинда бемор болажонларни турли ташкилотларга экскурсия қилдириш ғоясини ёзгандик. Таклифлар кутганимиздан ҳам кўпроқ бўлди. Лекин улоқни биринчи бўлиб Божхона қўмитаси тортиб кетди.
🤝 Барака топкурлар 24 нафар бола ва 25 нафардан ортиқ оналар ҳамда волонтёрларни ўзлари транспорт ташкил қилиб олиб кетишди. Энг катта раҳбарлари болалар билан шахсан учрашди, соғлик тилаш билан бирга катта бўлганларида ишлаш истагини билдиришса, божхоначи бўлишга ёрдам беришларини маълум қилишди. Қизиғи, ҳар бир болага бир нафардан ходим бириктирибдилар. Айниқса операциядан чиққан болажонга алоҳида машина жўнатишгани, икки ходим авайлаб кўтариб айлантиргани жуда тўлқинлантирди.
👮🏻♀️Қўмита масъули, тадбирга бош бўлган қадрдон укамиз Ҳусан Тангриев меҳмонларни бир пиёла чойга таклиф қилиш билан бирга музейлар, ходимлар фаолияти билан таништирди.
🐶 Болажонларни айниқса кинологлар жуда хурсанд қилди. Махсус тайёрланган итлар нафақат кўргазмали чиқишлар кўрсатишди, балки болалар билан бирга ўйнаб, роса қувноқ кайфият улашишди. Жажжи болажонлар учун алоҳида кийимлар тиктириб қўйишганига эса шунчаки гап йўқ.
🤲 Соғ бўлишсин илоҳим, планлари доим юздан ошсин. Фахрланамиз!!!
Аброр Зоҳидов
Телеграм | Инстаграм
Аёлингизни севинг
Бир йигит донишманддан маслахат сўради:
- Биз турмуш қурганимизга бир неча йил бўлди... Аёлимдан совудим, олдинги хис-туйғум йўқ... Уни ортиқ севмайман... У хам шундай... Нима қилсам экан?
Донишманд жавоб берди:
- Аёлингизни севинг
Йигит хайрон бўлиб сўзини қайтарди:
- Тушинмадингиз чоғи... мени аёлимга ҳис-туйғум йўқ, деяпман...
Донишманд бош силкиб давом этди:
- Бу аёлингизни севиш учун яхши омил...
- Қандай севай, ҳис-туйғум бўмаса...- жиғибийрон бўлди йигит.
Донишманд жавоб айтди:
- Аёлингизни асранг, дардига шерик бўлинг, қадрланг, ғамхўрлик қилинг, фидойи бўлинг... чунки, эркак учун севиш ҳис-туйғу эмас, маъсулият демакдир...
- Men tayyorman!
- Unda ketdik. Onasi!
Ichkaridan Ra'noning kennoyisi Maftuna opa yugurib chiqdi.
- Labbay!
- Men singlim bilan Buxoroga ketyapman. Uzogʻi 2 kunda qaytamiz. Yaxshi oʻtiringlar.
- Xoʻp yaxshi boringlar!
Yoʻl uzoq. Qoʻqon qayerda-yu Buxoro qayerda! Shahar markaziga yetganda birdan Behzod akaning mashinasi tutay boshladi. Ra'no qoʻrqib ketdi. Mashinadan tushdi.
- Aka, nima boʻldi? Nega tutayapti bu?!
- Vaaaay! Matoridanmi bilme qoldim!
- Endi nima qilamiz?! Hali Qoʻqondan ham chiqmadik, qachon yetamiz bu turishda, aka!
- Yetamiz havotir olma! Hozir yaqin oʻrtada avtoservis koʻrgan edim. Oʻsha yerdan odam olib kelaman. Sen shu yerda kutib tur.
- Balki taksida ketarman, aka! Siz ham rossa ovora boʻlyapsiz.
- Yoʻq. Bir oʻzingni begona joyga aslo joʻnatmayman. Biroz kutib tur!
- Xoʻp.
Bekzod aka biroz vaqt oʻtib bir yigitni boshlab keldi. Bu Kamolxon edi.
- Mana mashinam... Koʻrib bering uka. Birdan tutab yurmay qoldi.
- Hozir koʻramiz...
Kamolxon mashinani obdon tekshirdi. Ba'zi joylarini toʻgʻirlagan boʻldi. Mashina ruliga oʻtirib oʻt oldirib koʻrdi. Mashina oʻtadi. Kamolxonning koʻzi Ra'noga tushdi. Bir qarashda yoqimtoy, chiroylikka bu qizdan Kamolxon koʻz uzolmay qoldi. Ra'no sochlari uzun edi. Ularni yoyib olgan, lekin egnidagi kiyimlari ochiq sochiq emas, did bilan kiyingan, oʻzini tutishi ham boshqalardan farq qilardi.(Kamolxon kelgach Ra'no yaqinroqdagi kafega kirib ketgandi va u yerdan akasi chaqirmagunicha chiqmagandi).
Oradan bir hafta oʻtdi. Kamolxon oʻsha kungi qizni yana qayta koʻrgisi kelar edi. Kamolxon yoshligidan boʻlajak ayoli oʻrangan hijobli boʻlishini orzu qilgan boʻlsada, bu qizni nimasidur uni oʻziga tortgan, yuragiga choʻgʻ solgan edi. Bir kuni Ra'noning akasi yana avtoservisga keldi. Kamolxon uni darrov tanidi.
- Assalomu alaykum. Uka mashinam yana pand beryapti.
- Va alaykum assalom. Assalomu alaykum aka. Oʻsha kuni yetvoldilaringmi?
- Haaa. Allohga shukr. Borib keldik. Singlimni bitta partreti mukofotga loyiq topildi.
- Ha yaxshida. Mashinangiz, aka, biroz eskirgan. Buni sizga oʻsha kuni ham aytgandim. Matorini ba'zi qismlarini yangilash kerak. Bizni ustaxonamizga tashlab ketsangiz, oʻzim chiroyli qilib taʼmirlab beraman.
- Zoʻr boʻlardi, ukajon!
- Alloh qodir qilganicha tuzatib risoladagidek qilib beraman, inshaalloh.
- Rahmat ukam!
* * *
Behzod aka bilan Kamolxon ancha apoq-chapoq boʻlib, doʻstlashib qolishdi. Bir kun Kamolxon ichidagini aytdi.
- Aka... Shu sizda bir gapim bor edi.
- Mayli, ukam bemalol.
- Notoʻgʻri tushunmasayiz, shu singlizni yoqtirib qolgan edim. Bir uchrashib gaplashib koʻrsam, keyin onamlarni sovchi qilib joʻnatardim.
Behzod aka mamnun boʻldi. Kamolxondek aqlli, esli yigit singlisiga juda mos deb oʻylardi. Kamolxon haqiqatda yaxshi bola, ichmaydi, chekmaydi, notoʻgʻri yoʻlda yurmaydi... Uchrashishlariga rozi boʻldi, oʻzi singlisini Kamolxonni oldiga olib keldi.
- Ra'noxon... Yaxshimisiz? Oʻqishlariz boʻlyaptimi?
- Alhamdulillah...
- Ochigʻi... Sizda koʻnglim bor. Behzod akamgayam aytdim, agar siz ham meni yoqtirsayiz onamni uyizga joʻnatardim. Meni niyatim jiddiy.
- Bilmadim, uyimdagilar nima desalar shu. Men ularni rayiga qarshi chiqolmayman.
Kamolxon 3 kun oʻtib sovchisini joʻnatdi. Ra'no roziligini bildiribdi. Shu bilan toʻy taraddudi boshlanib ketdi. Yangi kelin-kuyovlik paytlari juda yaxshi oʻtdi. Allohga shukrki Ra'no juda esli qiz chiqdi. Oʻqishini bitirib qoʻliga diplomini oldi. Kamolxonga bitta shiringina qiz farzand tugʻib berdi. Lekin hali hamon boshiga roʻmol oʻramas, uzun koʻylak kiymas edi. Kamolxon ayoliga zugʻm qilib majburan hijobga tiqib qoʻyadigan johillardan emas edi. U ayolini oʻzi xohlab, qalbi iymonga toʻlgach oʻranishini istardi. Biron marotaba ham Ra'noga "Boshingga roʻmol oʻra!" "Endi hijobga kir!" Yoki "Uzun koʻylak kiy!" Deb buyruq bermadi. Lekin shunday qilishini ich-ichidan xohlar, namozlarida Allohdan ayolining qalbiga iymon nurini joylab qoʻyishini soʻrardi.
Avval qalbingiz hijoblansin, soliham!
(Hikoya)
Muallifdan: "Sohta tuygʻular" qismli hikoyamni bir muddatga yozishdan toʻxtadim. Sababi shu hikoyani asl qahramoni Gulnoza opamni qattiq mazalari qattiq qochib, bir joyda yotibdilar ekan. Ular golos qilib aytib berardilar hayotlarini shunga qarab yozayotgan edim. Endi biroz sogʻayvolsam aytib beraman Munira, iltimos birozga toʻxtatib turing dedilar. Ungacha boshqa qisqa hikoyalar yozib turaman."
Kamolxon yoshligidan ilmga, dinga qiziqar edi. 11 yoshida Qurʼoni Karimni hatm qildi. 13 yoshidan boshlab 5 vaqt namozini qoldirmasdan oʻqir edi. Oilada yolgʻiz oʻgʻil boʻlgani uchun ota-onasi uni erta uylantirmoqchi edi. Maktabda uncha yaxshi oʻqimas, baholari boshqa bolalarga qaraganda pastroq boʻlgani uchun, dadasi uni mashina tuzatadigan ustaga shogirtlikka berdi. U yerda salkam 5 yil mashinasozlik ilmini oʻrgandi. Uncha-muncha mashinalarni bemalol tuzata olar, qoʻlidan anchagina ish kelib qolganida, ustozi "Boʻldi endi, bu yogʻiga oʻzingni ishingni boshlash vaqting keldi" deb chiroyli oq fotiha berdi. Kamolxonning dadasi hovlisining yarmini sotib oʻgʻliga shaharning markazidan avtoservis ochib berdi. Ishlari ancha yaxshi ketar, Kamolxonning el-yurt oldida hurmati borgan sari oshib borar edi.
Kunlari shu zaylda oʻtaverdi... Kuz keldi. Daraxtlarning zangori barglarini oltin boʻyoq qopladi. Kamolxonning ota-onasi uni uylantirish payiga tushib qolishdi. Lekin Kamolxon nimadandir choʻchir edi.
- Oʻgʻlim, Alhamdulillah, ishlaring mana ancha yaxshi. Bemalol bir oilani boshqara olasan. Topish-tutishing zoʻr, qoʻlingda 5-6 ta shogirdlaring bor. Endi yoshing ham 25 ga yaqinlashib qoldi, bolam. Uylanadigan yoshga yetding deb oʻylayman. Senga yaxshi bir oqila umr yoʻldosh, onangga kelin kerak...
- Bilaman dada... Albatta oʻylab koʻrib bir qarorga kelaman.
Gapga Kamolxonning onasi Margʻuba xola aralashdi.
- Ha, oʻgʻlim. Oʻylab koʻr. Men senga juda yaxshi qiz topib qoʻydim. Ilmli, oʻrangan!
Kamolxon "Oʻrangan" degan soʻzni eshitdi-yu qandaydir koʻnglini gʻashlik qopladi. Toʻgʻri Soliha qiz oʻranadi, hijoblanadi, oʻzini nomahramlarning nigohidan saqlaydi. Lekin hozirgi qizlarning koʻpchiligi erga tegish uchun, yo boʻlmasa moda uchun oʻranyapti (Albatta, hammasi ham emas!) Mana Kamolxonning sinfdoshi boʻlar edi, ismni Nilufar. Maktab payti gaplashmagan yigiti qolmagan hisob. Hatto bir vaqtning oʻzida 4 ta - 5 ta yigit bilan sevishar edi. 2 yil oldinmi koʻrganida oʻranibdi, uzun koʻylak kiyibdi. Kamolxon hayriyat Alloh iymonga chaqiribdi Nilufarni deb oʻylagandi. Koʻrishishdi, bir ikki ogʻiz suhbat... Yoʻq! Bu qiz oʻzgarmagan edi. Hali ham fe'li oʻsha, yengiltakligi bor.
- Nilufar nega oʻranib olding?
- Nega soʻrayapsan, Kamol?
- Shunchaki qiziqdimdq.Maktabda oʻrangan qizlarni ustidan kular eding, endi esa oʻzing oʻranganingga biroz gʻalati tuyuldi menga.
- Haaa... Turmushga chiqyapman. Boʻlajak erim oʻranishimni xohladi.
- Namozchi?
- Namoz oʻqishni bilmayman-ku?! Bunisini indamadi. Faqat oʻransam boʻldi ekan.
Kamolxon oʻsha suhbatni esladi. Unga tikilib turgan onasiga javob qildi.
- Xoʻp, yaxshi qiz boʻlsa uchrashib koʻraman onam.
* * *
- Assalomu alaykum, meni ismim Kamoliddin. Uydagilarim, koʻchadagilar Kamolxon deb chaqirishadi.
- Assalomu alaykum, meniki Nazira.
- Naziraxon... Men oilada yolgʻiz farzandman. Boʻlajak umr yoʻldoshim aqlli, ilmli boʻlishini xohlayman. Va yana iymonli boʻlsa deyman. Siz koʻrib turibman oʻrangan soliha qizga oʻxshaysiz. Maylimi sizga bir necha savollar bersam?
- Mayli...
Nargiza boshini quyi soldi. Kamolxonning qanday savollar berishi mumkinligini oʻylardi ichida.
- Iymon deganda nimani tushunasiz?
- Iymon bu... Iymon... Halegi... har bir insonni qalbida boʻlishi kerak. Har bir ishimiz... Yaxshi ishimiz iymonni bildiradi.
Kunlari shu zaylda oʻtar, qaynonasi qoʻlidan kelganicha Gulnoza bilan Hojiakbarning oʻrtasiga tushishga urinar, ikki yoshni oʻrtasida mehr-muhabbat uygʻotishni oʻrniga orasini buzishni xohlar edi. Hojiakbar toʻydan keyin Gulnozani haqiqatda sevib qoldi. Unga borgan sari bogʻlanib borar edi. Ba'zan uyga gul koʻtarib kelar, ba'zan shirinlik bilan Gulnozani xursand qilar edi. Lekin bu hol uzoqqa bormadi. Onasining toʻxtovsiz gij-gijlashlari oxiri ta'sirini koʻrsatdi. Tez-tez chakib olib Gulnozani uradigan odat chiqardi.
* * *
Bir kuni Gulnozaning qattiq koʻngli aynidi. U 3 haftalik homilador edi. Yogʻ hidiga chidolmay, ovqat ham qilolmadi. Kechka qaynonasi ishdan qaytsa, Gulnoza mazasi yoʻq holsiz oʻtirgan edi.
- Ha, kelinposhsha... Tinchlikmi nima boʻlyapti?
- Assalomu alaykum, ayajon. Yaxshi kevoldizmi? Mazam boʻlmayapti yogʻ hidiga koʻnglim ayniyapti.
- Ovqat qilmadizmi hali?
Gulnoza chiroyli qayrilma kipriklarini tez-tez pirpiratdi.
- Yoʻq qilolmadim.
- Tavba! Bitta siz homiladorsiz! Biz ham kelin boʻlib homilador holimizda ham ovqat qilganmiz, ham qaynona-qaynotamizni hizmatini qilganmiz. Hozirgi kelinlar nozik nihol!
Bir payt darvoza ochilib Hojiakbar kirib keldi. Kayfiyati yoʻq shekilli toʻngʻillaganicha onasiga yuzlandi.
- Nima boʻlyapti, onam?
- Mana bu xotinchangni qara! Mazasi yoʻqmish, ovqat qilsa koʻngli aynirkan! Bitta ovqat qilib qoʻymabdi. Men ishdan charchab kelib ovqat qilaymi endi?!
Hojiakbar itday quturdi. Jon jahdi bilan xotinini sudraganicha uyga olib kirib ketdi.
- Senmi hali onamga bahona qiladigan!? Bitta ovqat qip qoʻysang oʻlib qolasanmi?!
Hojiakbar Gulnozani ayamay urar, dod-voyiga, yalinishlariga quloq solmas edi.
- Jon Hojiakbar aka! Urmang! Urmang iltimos! Endi qilib qoʻyaman ovqatni!
- Endi qilasanmi?! Endi-ya?!
Hojiakbar doʻpposlashdan toʻxtamas edi. Gulnozaning boshi yorilib yuzlariga qon sizib oqdi. Qoʻllari, oyoqlari qaqshab ogʻriganicha Hojiakbarning mushtlaridan himoyalanishga kuchi qolmadi. Xushini yoʻqotib yerga yiqildi.
Qancha yotdi bilmaydi, koʻzini ochsa tong yorishib qolay degandi. Qoʻl oyoqlari zirqirab ogʻriganicha bazoʻr oʻrnidan turdi. Xonada yolgʻiz oʻzi edi. Hojiakbar koʻchaga chiqib ketibdi. Gulnoza oynadan oʻz aksiga qaradi. Yuzida qotib qolgan qon dogʻlarini salfetkada artdi. Artayotib xoʻrligi kelib oʻkrab yigʻlab yubordi. Shumi uning orzu qilgan hayoti?! Shumi u tanlagan er?! Guldek chiroyli, sutdek oppoq yuzlarini ayovsiz kaltaklar koʻkartiribdi. Qahvarang jodu koʻzlaridagi porlab turgan quvonch uchquni oʻchib, oʻrnini anglab boʻlmas gʻam koʻlankasi qoplabdi.
- Gulnozaaaa!
Qaynonasining ovozini eshitib Gulnozaning tishlari gʻirchillab ketdi.
- Shu ham ayolmi? Oʻgʻli shuncha urdi, bir marta ham holi nima boʻldiykin deb xabar ham olmadi...
- Gulnoza deyapman! Turdizmi?!
Gulnoza xohlamaygina javob qildi.
- Turdim! Hozir chiqaman.
Yuzini yaxshilab yuvib tozaladi. Koʻkargan joylarini makyaj qilib yopishga harakat qildi. Iloji boricha oʻzini tutib tashqariga chiqdi.
- Bugun uyga mehmonlar keladigan. Shunga harakatizni qiling. Yon tomondagi xonaga mehmonxonada turgan katta stolni opchiqib ustini chiroyli qilib tuzab qoʻying. Men ketyapman.
- Xoʻp boʻladi.
Mehmonxonadagi stol anchagina ogʻir edi. Uyda Gulnozadan boshqa hech kim yoʻq. Agar shu ishni qilib qoʻymasa yana qanonasining bobillashini eshitadi, kamiga eridan ham kaltak yeydi. Majbur stolni dast koʻtargancha qaynonasi aytgan uy tomon yurdi. Eshikdan ichkariga kirgandi hamki belida qorni aralash kuchli ogʻriq turdi.
Voy-voylaganicha yerga choʻkkalab qoʻldi. Hojiakbar koʻchadan qaytgan edi. Ichkaridan Gulnozaning ingragan ovozi eshitildi
Gulnoza bilan unashtirilganlariga ham yarim yildan oshdi. Bu vaqt mobaynida Gulnoza necha martalab (Shu bolani qiliqlaridan toʻyib ketganidan!) fotihani qaytarishga urindi. Har safar boʻldi fotihani qaytaraman deganida, Hojiakbar hamiliyonga oʻxshab tusini oʻzgartirib olar, Gulnozaga yana gullar, shirinliklar, sovgʻalar berar, shirin gapirar, kerak boʻlsa bemalol yalinar edi. Gulnoza esa, bu yigitni oʻzgarib odam boʻlib qolishidan umid qilardi, bir tomondan oilasini shaʼnini ham oʻylar, fotihani qaytarsam ukamga kim qizini beradi, singlimga ham bu tasir qiladi-ku deb oʻylar, yana ota-onasi, qarindosh urugʻlari "Sen oʻzing tanlagansan shu yigitni"deya yuziga solishlaridan qoʻrqar, aniqrogʻi uyalar edi. Kunlar shu zaylda oʻtaverdi. Toʻyga ham hech qancha vaqt qolmadi. Endi hamma toʻy tashvishlari bilan ovora boʻlib qoldi. Gulnoza Hojiakbarni toʻydam soʻng albatta oʻzgaradi deya qattiq ishondi. Lekin uning bu koʻrganlari, toʻydan keyingi koʻrgiliklarini oldida hech nima emas edi...
3-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰05.11.2024. 10:18
@Hikoyalar
- Yoʻq hech kim bilan uchrashishni xohlamayman.
- Nimaga?
Gulnoza javob bermadi.
- Turmushga chiqadigan paayting keldi, qizim. Dadang ham uchrashib koʻrsin deyaptilar. Yoki koʻnglingda u-bu kim bormi?
Gulnoza indamaygina yerga qaradi. Past ovozda dedi
- Yoʻq hech kim...
- Ha unda nega buncha qaysarlik qilyapsan? Uchrashib koʻr, yoqsamasa birov seni majburlarmidi?
- Oʻylab koʻraman.
Gulnoza shunday deganicha xonasiga kirib ketdi.
* * *
Hojiakbar Gulnozani oʻsha kuni bir koʻrishdayoq yoqtirib qolgan edi. Maktab payti bu qizga uncha e'tibor bermagan ekan. Maktabdan soʻng hamma oʻz yoʻliga yurib ketdi. Oʻqiyman degani institutga hujjat topshirdi, ishlayman degani ish izladi, hunar oʻrganaman degani yaxshi ustozga shogird tushdi. Gulnoza oʻqidi. Hojiakbar esa, dadasining shokolad fermasida ish boshladi. Biznesi rivojlanib ketdi. Topish tutishi yaxshi, boyni bolasi, tagida mashinasi, hashamatli uyi bor. Gulnozaning oilasi ham asli shunaqa oilalardan. Dadasi tajribali tish shifokori. Mashina, uy-joy bari havas qilsa arzigulik. Hojiakbar uyda oʻtirganicha shularni hayolidan oʻtqazdi. "Nima qilib boʻlsa ham shu qizni oʻzimniki qivolishim kerak. Yaxshi qiz, keyin juda chiroyli, shiringina qoʻgʻirchoqqa oʻxshaydi. Oilasi ham, oilamizga mos, ziyoli. Onam ishdan kelsalar, ogʻiz ochib koʻraman..."
Hojiakbarning onasi malakali pedagog, avval Gulnozalar oʻqigan maktabda oʻqituvchilik qilgan. Bu ayol Gulnozani ancha yaxshi tanir, ochigʻi bu qiz unga yoqardi ham. Hozir esa, institutda domlalik qiladi. Oxirgi parasini yakunlab uyga qaytdi. Uyda oʻgʻli uni kutib oʻtirar edi.
- Assalomu alaykum, onam! Yaxshi kevoldizmi?
- Rahmat oʻgʻlim, Va alaykum assalom.
Hojiakbar onasi chiqqunicha telefonida nimalarnidir koʻrib vaqt oʻtkazdi.
- Ona... Sizda gapim bor edi.
- Mayli gapir.
- Shu mahallamizda bir qiz borakan, uni siz juda yaxshi taniysiz...
- Xoʻp... Kim ekan u?
- Elmurod akaning qizi bor ku - Gulnoza. Shu qiz.
- Ha taniyman. Yaxshi qiz, yoqimtoy, chiroyli...
- Shunga uylanmoqchiman. Sovchi boʻlib borasizmi degandim.
Lola xola biroz oʻylanib qoldi. Bir hisobda oʻgʻlining qaroridan mamnun boʻldi. Chunki u maktabda ishlab yurgan payti bu qizni yoqtirar, uni boshqacha yaxshi koʻrar edi.
- Mayli oʻgʻlim... Boramiz.
Hojiakbar juda xursand boʻldi. Onasini maxkam quchoqlab oldi.
- Rahmat onam!
Hojiakbar Gulnozaga haqiqatda mos yigit edi. Boʻy basti kelishgan, oppoq, chiroyli yigit. Gulnoza ham xuddi shunday... Oʻziga xos chiroyi, husni bor. Lekin... Insonning baxti bunday narsalar bilan aslo oʻlchanmas ekan.
* * *
* * *
Oʻqishdan soʻng oʻzi xohlagan kitobini sotib oldi. "Shukronalik moʻjizalari"! Psixologik xarakterga boy bu asar Gulnozada oʻzgacha qiziqish uygʻotdi. Yana yuz uchun kasmetikalar va judayam yoqimtoy kattagina ayiqcha sotib oldi. Uning yoshi 20 dan oshgan boʻlsa-da, qalbi hali hamon bola edi. Uning yuragida shiringina bir qizaloq yashardiki, u mana shu qizaloqni shunaqa oʻyinchoylar va shirinliklar bilan tez-tez xursand qilib turishni yoqtiradi. Ba'zan uyda oʻzi yolgʻiz qolganida xonasidagi qoʻgʻirchoqlari bilan oʻynar, ertak kitoblar ham oʻqib turardi.
Gulnoza olgan narsalarini koʻtarganicha uyiga qarab yoʻl oldi. Mana oʻsha koʻcha... Keng, fayzli... Odamlari ham soddadil, kamtarin. Gulnoza mahallasining koʻchalaridan yurib borarkan qalbida allaqanday hislar uygʻona boshladi. Turmush qurib ketsa, bu yoʻllarni sogʻinmaydimi? Koʻchaning chet-chetlariga ekilgan manzarali daraxtlarni, oʻzi oʻynab katta boʻlgan koʻchaning gʻuborsiz changlarini qumsamasmikin?! Albatta, qumsaydi, albatta sogʻinadi!
Gulnoza oʻzining uyiga keldi. Ostonada biroz turdi. Sekin darvoza eshigini ochib uyiga qadam qoʻydi.
- Ayajon! Dadajon! Men keldim!
Elmurod aka hovli chetidagi gulzorda butash ishlari bilan band edi. Qizini koʻrib chehrasi yorishdi. Qizining guldek ochilib ketganini koʻrib yuragi allanechuk boʻlib ketdi.
- Assalomu alaykum Dadajonim! Mana erka qizingiz keldi!
Gulnoza boshini yonga sal egibroq qilib shiringina kuldi. Qoʻlidagi oʻyinchogʻini boʻyi bilan baravar koʻtardi.
- Qarang, qizingiz nima sotib oldi!
Elmurod aka qiziga tek tikilib qarab turardi. Dadasining indamaganini Gulnoza boshqacha tushundi. Oʻzini yigʻishtirdi, tabassum yugurgan lablarida jiddiylik aks etdi.
- Kecha stipendiya olgandim dada. Shunga u-bu narsalar harid qildim. Jahlingiz chiqdimi?
Elmurod akaning hayollari olovdan otilib chiqqan uchqun zarralari singari har tomonga tarqab ketdi. Qarasa, qizi Gulnoza unga havotir aralash nigohlarini qadab turibdi. Beixtiyor kulib yubordi. Koʻksini toʻldirib chuqur nafas oldi.
- Yoʻq qizim, barakalla! Juda chiroyli ekan. Yaxshi kevoldingmi, oʻqishlaring boʻlyaptimi?
- Haa... Boʻlyapti, dadajon.
Gulnoza bir narsa esiga tushgandek atrofga alangladi.
- Dada! Ayam bilan singlim qayerda?
- Shu yerda edi. Ichkarida ovozingni eshitmay qolishdi shekilli. Nargiz! Shirina! Chiqinglar, Gulnoza qizim keldi!
Ichkari xonadan Nargiza xola bilan Gulnozaning jajji singlisi Shirina chiqib kelishdi. Gulnoza avval onasi bilan quchoqlashib koʻrishdi, soʻng singlisiga yuzlandi.
- Asalim, qara men senga nimalar sotib oldim...
Gulnoza soʻmkasindan allanimalarni qidiray turib singlisiga koʻzlarini sirli qisib qo'ydi. Qidirganini topdi shekilli, tantanali ovozda e'lon qildi.
- Shirinliklar! Va yana mana bu oʻzingga oʻxshagan shiringina qoʻgʻirchoq!
Shirina xursand boʻlib opasining yuzlaridan oʻpib qoʻydi.
ҲАСРАТ ВА ШУКР
Ҳасрат буюмфуруш аёл қиёфасига кириб, эшикма-эшик юриб, буюм сотарди.Ҳар гал хонадонга кириб, уй бекаларига буюмларини кўз-кўз қиларкан, ҳасрат дастурхонини ҳам ёзиб юборарди:
- Шу ишни қилиб кун кўриб юрибман, эгачи. Замонни қаранг. Зўрники ё зари борники бўлиб қолди. Бир этак болаларим бор. Эрим касалманд. Чурвақаларим бир бурда нонга тўймаса... Ола қолинг, пули зора битта нонга етса. Танини беришим керак... тирикчилик-да энди, айланай...
Уй бекалари обидийда қилаётган сотувчига раҳм қилиб, у сотаётган пиёла, чойнак, лаган, коса ва шу кабиларни ўз нархидан неча баробар қиммат сотиб олишаётганини сезмай ҳам қолишарди. Яна камига сотувчини юпатиб, у-бу сўзларни айтиб, дилгирлик ҳам қилишарди. Айримлар эса унинг буюмларини сотиб олиб тағин нон, гуруч, бир бўлак гўшт, ярим шиша ёғ ҳам беришарди. Буюмфуруш қиёфасидаги Ҳасрат эса ичида улардан кулиб, ғолибона қадамлар билан уй остонасидан узоқлашарди.
Бир куни у жуда ҳам хароба кулба эшиги олдида тўхтаб қолди. Бу кунга қадар у бу каби деворлари нураган, сувоқлари кўчган, дарчасининг ранги ўчган уйга дуч келмаган эди.Ҳайрон бўлди-ю, аммо ички қизиқиш устун келиб, эшикни тақиллатди.Ҳаял ўтмай, дарчани ёши ўтинқираган бир аёл очди.
- Келинг, - деди у кутилмаган «меҳмонга».
Ҳасрат остонадан ўтди ва мезбонга хуржунидан идишларни бир-бир чиқариб, кўрсатаркан, ҳунарини ишга солди:
- Шулардан бирортасини олақолинг, эгачи, зора пулига нон олиб болаларга едирсам. Бечоралар уйда оч ўтиришибди.
- Жоним билан олардиму, аммо ортиқча чақам йўқ-да. Топганимизни фақат шу кунгагина етказамиз. Ўғилларим, барака топишсин: бири ҳаммол, иккинчиси мардикор. Мен уйда ўтириб уларнинг дуойи жонини қилиб ўтираман. Майли, шунисига ҳам шукр.
Ҳасратнинг сеҳри мана шу ерда сўнди. У туйқус буғга айланиб, тарала-тарала ҳавога сингиб кетди. Шукр она уни енгганди. Шундан сўнгҲасрат ортиқ ҳеч кимни безовта қилмай қўйди. Шундайку-я, унинг идишларини сотиб олган одамларнинг авлоди эса ҳамон ҳасрат қилиб юрганмиш.
- Bizga yarashoradi, gulim.
- Maqolni buzma.
Gulnoza eshik oldida turgan qizga dazmolini olib berdi.
- Mana oling. Ertalabda shoshilib qilgan dazmolizam uncha oʻxshamaydi, asalim. Bundan keyin erinmang. Reja bilan ish qisez oʻzizga foyda.
- Rahmat... Hozir olib chiqib beraman.
- Xoʻp, bemalol...
* * *
Gulnoza bu yil birinchi kursni tamomlayapti. Oʻqishga kirib olguncha ancha vaqt oʻquv kurslarida tayyorlandi. Birinchi yili ingliz tili fakultetiga topshirgandi. Oʻtolmadi. Oʻtgan yili yengni maxkam shimarib astoydil tayyorlandi. Andijon Davlat pedagogika universitetining ona tili va adabiyoti fakultetiga topshirdi. Alloh omadini berib oʻqishga shartnoma asosida kirdi. Bolaligidan bilimga chanqoq, qiziquvchan va isteʼdodli edi. Boʻsh vaqtlarida she'rlar, hikoyalar yozardi. Kitob oʻqishni, salqin havoda sayr qilishni, musiqa tinglashni yoqtiradi. Uning asosiy maqsadi dadasining ishonchini oqlash edi. Dadasi doim qizidan faxrlanib kelgan. Allohga shukrki maktabni a'lo baholarga tamomladi. Uncha-muncha yozgan mashqlari gazeta, jurnallarda bosildi. Mana institutni ham birinchi kursini yaxshi natijalar bilan tamomlayapti.
Bugun 3 para dars bor edi. Qizlar odatdagidek darslarni tugatib, universitetdan chiqishdi.
- Bugun vaqtli tugadi darsimiz. Balki biror joyda oʻtirarmiz.
- Haa toʻgʻri. Ozgina gaplashib oʻtirelik. Ovqatlanib ham olardik.
- Madina, siz ham biz bilan biroz oʻtiring.
Madina Gulnozaga mayin tabassum bilan qaradi.
- Xafa boʻlmang, Gulnoz, qizlar... Uyga tez borishim kerak.Qaynamlardan gap eshitib qolaman.
- Hali vaqtli-ku?!
- Baribiram... Tezroq bora qolay. Mayli qizlar yaxshi oʻtiringlar.
Madina ketgach, qizlar uning ortidan qarab qolishdi. Gulnoza achinib gapirgan boʻldi.
- Bechoraga qiyin. Oʻqishini oʻqisinmi? Qayna-qaynatasini hizmatini qilsinmi yo eriga qarasinmi?
- Ha shuning uchun uyidagilari ozgina tushunib sharoit qilib berishlari kerak-ku?!
- Besh qoʻl barobar emasda, Komila.
- Ha mayli... Uni qoʻyinglar. U-bu joyda oʻtiraylik, qayerda oʻtiramiz?
Qizlar oʻqishidan uncha uzoq boʻlmagan kafega kirib oʻtirishdi. Qizgʻin suhbat boshlandi.
- Oʻzichi vaqtli erga tegmaslik kerak!
- Ersirab qolganday, de.
- Yoʻq. U ma'noda emas. Qara, ham institutga kelasan, uyda seni bir dunyo kelinlik vazifalari kutib turgan boʻladi, keyin qaynangni, qaynotangni, agar boʻlsa qaynisinglingni qosh-qovogʻiga qaraysan, undan tashqari eringga ham vaqt ajratishing kerak, undan ortib keyin dars qilasan.
- Toʻgʻri.
Zilola oʻzining fikrida davom etdi.
- Misol uchun men oʻqishni tamomlab, qoʻlimga diplomimni olgach keyin oila qurishni oʻylamoqchiman.
- Yaxshi fikr. Dedi Komila. - Bemalol oʻqishingni yayrab oʻqib olasan. Er kutib turadi!
Qizlar baravariga kulib yuborishdi.
Gapga Sitora qoʻshildi.
- Lekin meni uyimdagilar yanagi yiliga uzatib yuborishmoqchi.
- Voy nega?
- Yigit dadamni yaqin oʻrtogʻini oʻgʻli. Oʻsha oʻrtogʻi yanagi yilga qilaylik ikkalamiz quda boʻlaylik debdi.
Sitoraning koʻzlariga yosh toʻlgandek boʻldi. Nim pushti, yupqa lablari titradi.
- Dadam uchrashuvga chiqasan deb qoʻymayaptilar... Negadir turmush qurgim kelmayapti. Hali yoshman, hech narsani bilmaymanku
Gulnoza Sitoraning qoʻllaridan ushladi.
- Asalim, xafa boʻlmang. Ota onangiz sizga yomon boʻlsin demaydiku. Ular ham sizni baxtli boʻlishizni xohlashadi.
Qizlar ham Gulnozaga qoʻshilishib dugonalariga dalda berishdi.
- Oʻziz qachon turmush qurmoqchisiz, Gulnoza? Ikkinchi kursdami, uchinchidami? Yo siz ham Zilolaga oʻxshab bitirib keyin tegasizmi?
Gulnoza bir qarashda sirli koʻrinadigan chiroyli koʻzlarini suzib qaradi. Sekin boshini egib past ovozga gapirdi.
- Qizlar, bilasizlarmi, ayni damda men nimani his qilyapman?
Qizlar baravariga soʻrashdi.
- Nimani?!
- Qornim ochganini!
Qizlar gurillab kulishdi. Gulnoza ham ularga qoʻshilishib kulardi.
- Rostan, qornim ochdi. Abed qilmagandim. U-bu narsa aytaylik...
70 дан ўтиб, 80 га яқинлашиб қолган бир дўстимдан ўзида қандай ўзгаришларни ҳис қилаётганини сўрадим.
У менга қуйидагиларни айтди:
1. Ота-онам, ака-ука, турмуш ўртоғим, фарзандларим ва дўстларимни сева-сева, энди ўзимни сева бошладим.
2. Дунё менинг елкамда эмаслигини англадим.
3. Мева-сабзавот сотувчилар билан савдолашишни тўхтатдим. Яна бир неча минг сўм мени синдирмайди, лекин бу пуллар камбағал деҳқонга қизининг ўқиши учун пул тўлашга ёрдам беради.
4. Мен официантга ҳам чойчақа қолдираман. Қўшимча пул унинг юзига табассум олиб келиши мумкин. Ахир унинг тирикчилики меникидан кўра қийинроқ.
5. Мен кекса одамларга битта воқеани неча марта такрорлагани ҳақида айтишни тўхтатдим. Хотира уларни умр йўлларидан қайта юриб, ўтмишни эслашга мажбур қилади.
6. Мен одамларнинг нотўғри гапирганини билсам ҳам, уларни тузатмасликни ўргандим. Ҳаммани мукаммал қилиш юки менинг зиммамда эмас. Дунё мукаммалликдан қимматроқдир.
7. Барчага сахийлик билан илтифот кўрсатаман. Яхши гаплар нафақат уларни эшитувчининг, балки менинг ҳам кўнглимни кўтаради.
8. Мен кўйлакдаги бурма ёки доғга эътибор бермасликни ўргандим. Шахсият ташқи кўринишдан кўра аниқроқ кўзга ташланади.
9. Мени қадрламайдиган одамлардан узоқлашишга ҳаракат қиламан. Улар менинг қадримни билишмайди, лекин мен биламан.
10. Каламушлар пойгасида кимдир мени қувиб ўтиш учун фитнага қўл урса, мен совуққонликни сақлайман. Чунки мен каламуш эмасман.
11. Мен ҳис-туйғуларимдан уялмасликни ўрганяпман. Ҳис-туйғуларим мени одам қилади.
12. Мен тушундимки, муносабатларни тўхтатгандан кўра, худбинликдан воз кечиш яхшироқдир. Менинг худбинлигим мени чеклайди, ундан воз кечсам мен ҳеч қачон ёлғиз қолмайман.
13. Мен ҳар кунни охирги кунимдек яшашни ўргандим. Ахир у чиндан ҳам охирги бўлиши мумкин.
14. Мени бахтли қиладиган ишни қиламан. Мен бахтим учун жавобгарман ва қарздорман. Бахт бу танловдир. Сиз хоҳлаган вақтда бахтли бўлишингиз мумкин, шунчаки бахтни танланг!
Энтони ХОПКИНС
* * *
Bugun moda koʻrgazmasi uchun yangi eskiz loyihalar qabuli boshlanganligi haqidagi eʼlonni oʻqib qoldim. Konkurs 2 hafta davom etarkan. Eng yaxshi eskiz loyihalari saralab olinib, gʻolibga juda koʻp imkoniyatlar yaratib berilarmish. Men ham bor mahoratimni ishga solib dinaynerlik eskizlarini chizishga kirishdim. Chizdim, oʻchirdim. Yana chizdim, yana oʻchirdim. Kechalari uxlamadim. Fikr-u hayolim shu loyiha bilan band boʻlib qoldi. Koʻz ochib yumguncha 1 hafta ham oʻtdi. Eng eng yaxshi chizmalarimni (oʻzim uchun shunday, albatta) olib konkurs boʻlayotgan Moda va dizaynerlik markaziga bordim.
- Assalomu aleykum, men eʼlon boʻyicha kelgan edim. Bir nechta eskizlar chizib keldim.
- Juda yaxshi.
Qabulxonada oʻtirgan chiroylikkina qiz qoʻlimdan eskizlarni olib birma-bir koʻrib chiqdi.
- Juda chiroyli. Qoʻlingiz gul ekan. Mukammal chizilgan. Buni albatta koʻrib chiqishadi.
Qiz eskizlarimni tepa qismiga raqam qoʻydi va menga qarab murojaat qildi.
- Ismi familiyangiz?
- Ahmedova Nargiza Akmalovna.
- Yaxshi. Tugʻilgan yilingiz va yashash joyingiz?
- 1995-yil 8-sentyabr. Yashash joyim Fargʻona shahar Navoiy koʻchasi 4-bino...
- Telefon raqamingizni tashlab ketasiz. Sizga oʻzimiz tez orada bogʻlanamiz.
- Rahmat.
Raqamimni berib, uyga qaytdim. Ichimda hayajon bor edi. Nima boʻlarkin?! Konkursda gʻolib boʻlarmikinman? Ey Xudoyim, rahmatingdan umidvorman. Omadimni bergin!
* * *
3 kun oʻtdi. Ishga odatdagidek ketayotgan edim. Telefonim jiringladi. Koʻtardim.
- Aloo, Assalomu alaykum. Siz Akmalovna Nargizamisiz?
- Haa, men.
- Tabriklayman! Siz konkursda gʻolib boʻldingiz. Chizgan eskizlarizni hammasi Modalar koʻrgazmasiga qoʻyiladigan boʻldi. Tez markazimizga yetib keling...
Quloqlarimga ishonmasdim. Koʻzimdan yosh quyilib ketdi. Bu quvonch yoshlari albatta. Yigʻladim, rossa, rossa yigʻladim. Keyin oʻzimga kelib kiyinib Moda va dizaynerlik markaziga bordim. Menga mukofot puli berishdi va doimiy ish taklif qilishdi, oylik maoshi ham yaxshigina edi. Albatta rozi boʻldim. Berlinga, Londonga va hatto Parijga bordim, har bir moda koʻrgazmasida meni chizgan eskizlarim ham qoʻllanilar edi. Ishlarim yurishib, ish yuzasidan Toshkentga koʻchishimga toʻgʻri keldi. Yangi qurilgan zamonaviy uylardan 4 xonali kvartira sotib oldim. Poytaxtda yashash osonmas ekan. Bu yerga koʻnikib olgunimcha biroz qiynaldim. Hamkasblarim yordamida "NARGIZ ATELYE" degan dizaynerlik uyi ochdim. Alloh Omad degan neʼmatini menga in'om etgan edi. Shu yili Allohni izni bilan Hijobga kirdim. Uzun koʻylak kiydim. Faqat bomdod namozinigina oʻqirdim. Alhamdulillah namozlarimni ham toʻla toʻkis qilib oldim. Boʻsh vaqtlarimda Qurʼon kurslariga qatnashishni boshladim. Bi'iznillah, hammasiga ulgurardim. Ham ishga, ham ibodatga, ham uydagi yumushlarga. Lekin hali ham oʻzimga mos turmush oʻrtoqni uchratganimcha yoʻq edi...
Bir kuni mashina sotib olish uchun avtosalonga bordim. Ishimdan ortkizim yigʻib qoʻygan pulim bor edi.
- Assalomu alaykum, xizmat singlim?
Avtosalon sotuvchisi menga xushmuomalalik bilan mulozamat qilardi.
- Assalomu alaykum. Menga mashina kerak edi.
- Xoʻp, qanaqasidan xohlaysiz. Bizda mana yangi chiqqan avtomobillar bor, BWD, Trekker bor, Gentra bor xohlagan rangizni tanlaysiz... yana Nexia 3 bor.
- Bilmasam endi. Pulimga yarashasini koʻrsatarsiz.
Sotuvchi yigitga pulimni koʻrsatdim.
- Juda yaxshi bu pulga bemalol Gentra olsangiz boʻladi. Gentra juda yaxshi mashina. Xohlasangiz luklilari ham bor.
- Mayli koʻrsatingchi...
Oppoq Gentra oldim. Mashina haydashni oʻrgangunimcha ancha vaqt ketgan edi. Pravani ham 3 marta imtixondan yiqilib 4-sida olganman. Lekin bu avtamat ekan boshqarishga juda oson.
Oʻsha avtosalondagi yigit bilan tanishib oldik. Ismi Azizbek. Yoshi men bilan teng ekan. Avval oʻzaro faqat doʻstona suhbatlashardik, keyin-keyin bir-birimizga ancha oʻrganib qoldik.
Boʻshliq (Hikoya)
8 - QISM. FINAL
Alloh barcha narsaga qodir zot. Ketma ket kelgan yoʻqotishlar, qiyinchiliklardan soʻng va nihoyat bizning hayotimizda ham Quyoshli, nurli kunlar boshlandi. Odamlarni gap-soʻzlari, qilgan gʻiybatlari unutildi. Laylo Argentinadan oltin medal bilan qaytdi. 2 karra qora belbogʻ sohibi boʻldi. Uni bir necha bor televideniyada koʻrsatishdi. Oʻsha musobaqada bir musobaqadosh ozarbayjonlik yigit bilan tanishib qolibdi. Uyga kelgan qoʻlidan telefon tushmay qoldi. Pana - panada mendan bekitiqcha kim bilandir gaplashardi. Oxiri bilib oldim.
- Kim bilan gaplashib yuribsan? Necha kundan beri kuzataman, oʻzingdamassan. Tinchlikmi?
- Haa opa, tinchlik. Bir doʻstim bilan...
- Qanaqa doʻst ekan u, pinhona gaplashaydigan?
- Opaaa... Bir yaxshi inson. U ham karatechi. Bir nechta musobaqalarda gʻolib boʻlgan ekan. Biz Argentinaga tanishib qoldik.
- Oʻzbekmi?
- Yoʻq turk ekan. Lekin Ozarbayjonda yashasharkan.
- Haa...
- Opa...
Laylo menga uyalgan koʻyi qaradi.
- Nima?
- U meni yoqtirib qopti. Uylanmoqchiligini aytdi.
- Voy! Sen Ozarbayjon tilini ham, turk tilini ham bilmaysanku, qanaqa qilib gaplashyapsizlar?
- Rus tilini bilamanku, opa. U ham ruscha gapirarkan asosan. Oʻzbekchani ham oʻrganyapti, uncha-muncha soʻzlarni biladi, tushunadi.
- Ozarbayjonga ketib qolasanmi?
- Opaa...
Laylo boʻynimdan quchdi.
- Siz Yoʻq desangiz, yoʻq. Shunchaki yaxshi yigit.
- Unda koʻngling bormi?
Laylo yuzini mendan yashirib oldi. Past ovozda zoʻrgʻa gapirdi.
- Borga oʻxshaydi... U bilan gaplashsam koʻnglim yorishadi.
- Unda niyati rostdanam jiddiy boʻlsa, ayt, sovchisini joʻnatsin. Sen qayerda boʻlmagin, men uchun baxtli boʻlsang shuni oʻzi kifoya. Sogʻinganingda kelib turarsan, a?!
Laylo yosh toʻla koʻzlari bilan kuldi.
- Rahmat opa... Albatta... Inshaalloh.
- Inshaalloh...
* * *
Ozarbayjonlik yigitning ismi Marat ekan. Kelishgan, boʻylari baland, xushsurat yigit. Kelganida ruscha gapirdi. Ochigʻi uncha gaplariga tushunmadim (Tushunmagan jiylarimni Laylo tarjima qilib tushuntirib turdi. Rus tilini chala-chulpa qilib oʻrgangandim. Asosan vaqtim ingliz tiliga ketgan) Keyingi kelishida onasi va opasini ham olib keldi. Toʻgʻrisi juda samimiy insonlar ekan. Darrov unashtirdik. Toʻy maslahatlari boshlandi. Men ham ammam, togʻam, amakilarimni chaqirdim. Toʻy avval Oʻzbekistonda keyin Ozarbayjonda boʻladigan boʻldi.
* * *
Allohimga ming shukr singlim qarshimda kelinlik libosida turibdi. Koʻzlari baxtdan porlaydi. Rosa yigʻladim. Layloyimni yuzlaridan, koʻzlaridan oʻpdim. U ham yigʻladi.
- Yigʻlama, jinni qiz, makiyajing oʻchib ketadi.
- Mayli!
- Ilohim baxtli boʻl asal singlim. Doim duolarimdasan.
- Opajon... Sizni yolgʻizlatib ketyapman, kechiring...
- Iyy nega kechirim soʻraysan, ayb ish qildingmi, yoʻq. Shunchaki baxtli boʻlding xolos. Bundan nega xafa boʻlishim kerak. Uni ustiga yogʻizmasman. Ammam bor, Malika bor...
Kunlar shu zaylda oʻtaverdi. Ammamning kichkina oʻgʻli, mendan 2 yosh katta, tez-tez kelib turardi. Undan tashqari Yunus ham bazan oʻzi kelib xabar olib ketardi. Padezdegi qoʻshnilar ularni tanishmaganligi uchun meni yomonotliq qilib gap tarqatib yuborishdi. Bir kun koʻchadan uyga qaytayotsam qoʻshni xotinlarni gapi qulogʻimga chalindi
- Qareng Holidaxon, anavi qoʻshnimiz bor edi-ku Nargiza degan qiz, singlisi bilan turishadi?
- Haa? Nima boʻpti?
- Oʻsha qiz uyida qoʻshmachilik bilan shugʻullanarkan?
- Voy astagʻfirulloh. Shunaqa shaytonlardan oʻzing saqla!
- Ha, ilohim! Uyiga har kuni har xil mashinalar kelib ketadi. Yosh yosh yigitlar tushib, paket soʻmkalarda bir dunyo narsa koʻtarib kirib ketishadi. Menimcha yo bilar singlisi bilan shunaqa yomon ishlar qilishsa kerak.
Chidab turolmadim. Toʻgʻri oʻsha xotinlarni oldiga bordim.
- Tuhmat qilgani uyalmisizmi, xola? Oʻzizni ham qizlariz bor. Ular akalarim boʻladi. Ammamni oʻgʻillari. Biz singlim bilan gʻirt yetimmiz, ota-onalarimiz oʻtib ketishgan shunga holimizdan habar olgani tez-tez kelib turishadi.
Qoʻshni xotinlar bir-birlariga istehzoli qarab olishdi.
- Ha uzr unda, Nargizaxon. Biz notoʻgʻri tushunibmizda unda.
- Xudodan qoʻrqinglar ozgina...
Yuzimni ters burib uyga qarab yurdim. Zinalardan chiqyapman-nu koʻzim jiqqa yoshga toʻldi. Odamlar buncha yomon boʻlmasa! Erga tegmagan yoki yolgʻiz ayollarni tab tortmay ustidan magʻzava agʻdarib yuborishadi. Alloh barchaga insof bersin...
7-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰30.10.2024. 00:37