hikoyalar | Unsorted

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Subscribe to a channel

Hikoyalar (G&M)

* * *
Bugun ishdan har kungidan ham vaqtliroq qaytdim. Uyda ham ancha-muncha ish yigʻilib qolibdi. Kir yuvdim, changlarni artdim, oshxonani va Layloning xonasini tartibga keltirdim (Laylo juda yaxshi sportchi lekin uy ishlariga noʻnoq. Hatto yotgan joyini ham yigʻmay uydan chiqib ketadi). Malika juda tartibli edi. Darsga kech qoladimi, yo boshqa joyga kech qoladimi farqi yoʻq - birinchi oʻrinda xonasini chiroyli qilib yigʻishtirib ketar edi. Bir onadan har xil bola tugʻilar ekan. Uy ishlarni tugatib boʻlib, ammamga bir telefon qilib qoʻysammikin deb oʻylab qoldim. Gaplashmaganimizga ham ancha boʻlibdi. Qoʻngʻiroq qildim. "Tuuuut... Tuuuut..." Uzoq signallardan soʻng va nihoyat ammam goʻshakni koʻtardilar.
- Ha, Nargiza eshitaman?
- Assalomu aleykum amma. Yaxshimisiz?
- Alhamdulillah... Oʻzlaringchi? Zerikmasdan oʻtiribsizlarmi?
- Yoʻq zerikmayapmiz. Hammasi joyida. Shu bir sizdan xabar olib qoʻyay degandim.
- Juda yaxshi qilibsan. Oʻzim ham senga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlib turgan edim. Oʻgʻillarim va nihoyat 13 yil deganda Germaniyadan kelishyapti.
- Voy zoʻrkuu!
- Ha... Xabaring bor, Katta oʻgʻlim Yorqinjon oʻsha yoqda uylanib bola-chaqali boʻlib ketgandi. Oilaviy kelishyaptikan. Endi shu yerda qolisharmish!
- Juda xursand boʻldim, amma!
- Ha... Oʻzim ham hayajonlanib yotibman. Kelinim bilan nevaralarimni koʻrgani borib turardim, yilda 2 marta. Oxiri oʻgʻlim telefon qildi. "Ona, shuncha ishlaganimiz yetar. Ona yurtimni sogʻindim. Oilaviy hammamiz bir uyda yashashni xohlayman" dedi. Kichkina oʻgʻlim Abdulloh ham magistraturani oʻsha yerda tamomlab endi qaytmoqchi.
- Qachon yetib kelisharkan?
- Ertaga abedga yaqin Toshkentga samalyot qoʻnarkan. Kechki shom paytlariga kelib qolishsa kerak.
- Ilohim eson - omon yetib kelishsin.
MaashaAllah! Juda yaxshi ish boʻldi. Endi ammam ham yolgʻiz yashamaydilar. Shu ikki oʻgʻlini oyoqqa turgʻazguncha ne-ne kunlarni koʻrmadi, ammam bechora. Hali Turkiyaga, hali Rossiyaga ishlagani ketardi. Mana endi farzandlari, nevaralari qurshovida mazza qilib yashaydilar.
* * *
Laylo musobaqaga ketdi. Ammamning oʻgʻillari tez-tez kelib mendan xabar olib turishibdi. Yorqinjon akamning ayoli juda yaxshi, shirinsoʻr, dilkash ekan. Ismi Luiza. Oʻzi oʻzbek, lekin koʻp chet davlatlarda yashagani uchun oʻzbekchani uncha yaxshi bilmaydi ( oʻzbekcha tushunarkanlar, gapirishga qiynalisharkan) asosan, oilaviy ingliz tilida gaplashisharkan. Allohga shukr, ingliz tilini uncha-muncha oʻrganib qoʻygan edim. Luiza opa bilan gaplashib ancha yaqin boʻlib qoldik. Uylariga ketayotganlarida yuzlarimdan oʻpib qoʻydi.
- Nargiza! Honey, see you soon!
- Bye, see You soon!
* * *
Bir kuni eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Borib ochdim. Qarshimda Muhammad aka turardi. Toʻgʻrisi hayron qoldim. Onasining qistovi bilan (men rad javobini berganimdan keyin) uylangan edi. Oʻshandan keyin uni umuman koʻrmagandim. Ochigʻi unutib ham yuborgandim. Shunga ham 3 yildan oshibdi! Anchagacha bir-birimizga qarab qoldik. Muhammad aka hijolatli iljaydi.
- Nargiz... Uzr. Nargizaxon yaxshimisiz?
- Yaxshi.
- Halegi... Munisa xolam oʻtib qolibdilar, Alloh rahmatiga olgan boʻlsin.
- Ilohim, aytganiz kelsin. Xoʻsh, shuni aytgani kelganmidiz?
- Yoʻq... Nima desam ekan. Nargiza, bilaman mendan xafasiz.
- Kim aytdi, sizdan xafaligimni? Sirayam xafa emasman.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Qilmish-qidirmish deb shunga aytishsa kerakda. Birovni haqqi bir kuni teshib chiqishi rost. Qilgan iflosliklariga yarasha jazosini olibdi.
     - Haa... Shunaqa. Dushmanlari koʻp ekan. Qotillarini haligacha topolishmabdi. Menimcha ular oʻzbeklar emas. Uni oʻldirib oʻzlarini davlatlariga qaytib ketishgan.
    - Boʻlishi mumkin. Nima boʻlganda ham bu dunyo bitta iflosdan tozalanibdi. Agar oʻlmaganida qanchadan qancha mazlumlarni pulini shilardi... Bu ham Allohimni oʻziga xos adolati, aka.
    - Ha toʻgʻri aytasan...
                       *   *   *
Kunlar oʻtaverdi. Hayot oʻsha oʻsha davom etardi. Men ishga borib qaytar, singillarim esa oʻqishiga, mashgʻulotiga borardi. Bir kuni uyimizga Yunusning onasi keldi. Quyuq soʻrashdik, hol-ahvolimizni, qiynalmayapmizmi yoʻqmi soʻradilar.
    - Har holatimizga shukr, xolajon.
    - Haa... Qizim, bu hayot. Siqilmanglar, xafa boʻlmanglar... Men hamisha yoningizdaman. Oʻgʻlim ham qoʻlidan kelganicha xabar olib turadi.
     - Rahmat xolajon... Borlaringga shukr.
     - Qizim... Sen bilan boshqa bir masalada gaplashgani kelgan edi koʻnglingga olmasang.
     - Yaxshilik boʻlsa nega koʻnglimga olay? Bemalol gapiravering.
    - Shu desang, oʻgʻlim Malikaxonga koʻngil qoʻygan ekan. Ilk koʻrgan kunidanoq yaxshi koʻrib qolgan ekan. Oʻgʻlim ayni uylanadigan yoshda, Malikaxon ham katta qiz boʻlib qolgan. Ikki yoshni toʻylarini qilsak degandim, qizim. Eshitdim Malikaxonni sovchilari juda koʻp ekan. Endi bu umr savdosi, bir-birlariga begona emaslar, ozmi-koʻpmi suhbatlashishgan, shunday boʻlsa ham bir yana uchrashib gaplashib koʻrishsin. Albatta Malikaxonning koʻngliga qaraladi. Nima deysan shunga qizim?
Yunus ilk marta singlimga tikilib qarab qolganidanoq sezgan edim shu narsani. Mana yuragim aldamagan ekan. Onasi kelib singlimni qoʻlini soʻrayapti. Juda xursandman. Yunus juda yaxshi yigit. Har qanday kunimizda yonimizda boʻldi. Doim yordam qoʻlini choʻzdi.
Koʻproq oʻylanib qoldim shekilli, Hadicha xola hijolat boʻldilar.
    - Bilaman qizim, sen hali turmush qurmagansan... Oʻgʻlim "Oyijon Malikaga sovchi boʻlib boring, koʻcha koʻyda yigitlar gap otyaptikan, bu menga yoqmayapti" deganida seni oʻylagandim. Opasi hali turmush qurmagan boʻlsa koʻngliga ogʻir botmasmikin degandim.
    - Yoʻq Xolajon, men judayam xursandman. Oʻzimning ham maqsadim avval singillarimni yaxshi joyga uzatish, ularni baxtini koʻrish. Oyijonim vasiyat qilib ketganlar "Singillaring senga omonat" deb. Avval singillarimni toʻyini qilaman. Turmushga chiqish qochmas.
Hadicha xolam yigʻlab yubordilar.
    - Ilohim, baxtingni bersin qizim. Singillaring uchun umringni sarflayapsan! Sendaqa goʻzal qalbli qizni oldin uchratmaganman. Alloh panohida saqlasin seni, qizim.
    - Rahmat... Ilohim. Yunusbek judayam yaxshi bola. Esli, odobli. Singlim bilan gaplashaychi maslahatlashaylik... Shunga qarab ish qilamiz. Sizga oʻzim xabar beraman.
    - Rahmat qizim. Ishon, oʻgʻlim Malikaxonni albatta baxtli qiladi.
    - Inshaalloh Xolajon, inshaalloh...
Mana singlimning baxti ochildi. Allohim oʻzingga shukr! Ilohim ikkalasini ham sevib-sevilib yashab yurganini koʻray. Singlim uyga kelsin... Albatta Yunus bilan uchrashishga koʻndiraman.

6-QISM TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰28.10.2024.         16:20

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

* * *
Hammasi asta yaxshi tomonga oʻzgara boshladi. Yunus bizning hovliga, bir esa uning kvartirasiga koʻchdik. Men tikuv sexiga ishga kirdim. Boshida oʻrganolmay ancha qiynaldim, lekin, keyin-keyin qoʻlim oʻrgandi. Uzogʻi 3-4 oy ichida binoyidek tikuvchiga aylandim. Maoshim ham yaxshigina edi. Malika institutga hujjat topshirdi. Imtixonda juda qattiq hayajonlandimi yo savollar qiyinchilik tugʻdirdimi, bilmadim. Oʻqishga kirolmadi. Xonasidan chiqmay bir necha kun qamalib oʻtirdi. Biz hammamiz unga manaviy madad berishga harakat qildik.
- Malika... Singlim oʻzingni qoʻlga ol. Mayli bu yil oʻtolmagan boʻlsang, yanagi yili albatta oʻtasan. Oʻzing aqlli qizsan-ku! Yigʻlamagin...
Uni bagʻrimga bosdim. Sochlarini siladim, anchagacha shu ahvolda oʻtirdik. Nihoyat singlim yigʻlashdan toʻxtadi.
- Opaa, oʻtishimga qattiq ishongandim. Mendan koʻra yaxshi oʻqimaydigan oʻrtoqlarim kirib ketishdi! Men qoldim, tushunyapsizmi?! Oʻshalar oʻtgan, nega men oʻtolmadim?
- Malika, bu omad. Ularni omadi kelgan. Bu seni yo meni qoʻlimizda emas. Oʻsha oʻrtogʻingni oʻqishga bu yil oʻtishi peshonasiga yozilgan ekan, mana oʻtdi. Senga ham Alloh peshonangga bitib qoʻygan taqdiri bor. Xudo xohlasa yanagi yili albatta oʻtasan!
- Rahmat opaa... Aytganiz kelsin. Bu yil yanayam qattiqroq oʻqiyman. Hech narsaga chalgʻimiman.
- Senga ishonaman, asalim.
Laylo olimpiadadan kumush medal bilan qaytdi. Qora belbogʻ sohibi boʻldi. Bu albatta barchamizni birdek quvontirdi. Gʻolibga davlat tomonidan mukofot puli berilar ekan. Layloga juda koʻp pul berishdi. 50 ming dollar! Ajabo! Berguvchi ham, olguvchi ham Alloh! Dadam aynan shuncha pulni qarzga olgandilar, biz ham anavi nomardga aynan shuncha pulni qoʻsh qoʻllab berib yuborgan edik. Alloh yarim yilda oʻzimizga qaytarib berdi! U pullari yarmini Yunusga olib borib berdik. Natariusga borib kvartirani meni nomimga oʻtkazib berdi. Lekin shunday quvonchli kunlarimiz, bir deganda qaygʻuga almashindi...
* * *
Havo nihoyatda sovuq. Oyimning eski jarohati qattiq ogʻriy boshladi. Ogʻriqdan tinimsiz ingrardilar.
- Oyijon! Koʻzizi oching, yummang koʻzingizni iltimos!
Oyim koʻzlarini bazoʻr ochdilar. Lablari qurib ketgan edi. Yalinchoq ovozda dedilar
- Suv... Suv... Tomogʻim qurib ketyapti...
Yugurib borib suv olib keldim. Oyimning ogʻizlariga tutdim. Oyimdan tinmay ter oqar edi. Peshonasini ushladim. Qoʻlim kuydi. Shart qoʻlimni tortib oldim. Oyimning badani yonar edi. Badanlari nihoyatda qizib ketibdi!
- Oyijon istimangiz baland-ku!? Hozir... Hozir! Tez yordamga qoʻngʻiroq qilaman!
Tez yordamga qoʻngʻiroq qildim. Uzogʻi 15 minuta boramiz deyishdi. Ular kelguncha oshxonadan iliq suv olib chiqib, oyimning badanlarini namlab chiqdim. Dori ichirdim. Yoʻq! Foydasi boʻlmadi. Oyim battar behalovat boʻla boshladilar!
- Qizim, jon qizim... Yonib ketyapman! Oʻlib qolsam kerak bolam...
Jon holatda baqirdim.
- Yoʻq!!! Oʻlmaysiz! Dadam tashlab ketdi, siz ham tashlab ketasizmi endi oyi!?
- Qizim... Toʻylaringni koʻrolmadim...
- Hali hammamizni oʻziz uzatasiz, oyijon.
- La ilaha illalloh, Muhammadur Rasulullah... La ilaha illalloh, Muhammadur Rasulullah... La ilaha illalloh, Muhammadur Rasulullah...
Oyim tinimsiz kalima qaytarardilar. Qoʻrqib ketdim.
- Oyi! Oyijon! Hozir tez yordamdagilar kelib qolishadi. Biroz chidang, koʻzingizni yummang!
Oyim kalima aytishdan toʻxtadilar. Menga asta qarab
- Jonim qizim... Seni judayam yaxshi koʻraman. Singillaring senga omonat...
- Unaqa demang...
- Nargiza... Suv olib kel, qizim. Ogʻzim qurib ketdi...
- Xoʻp hozir...
Suv olib keldim. Oyim bir qoʻllari pastga osilgan holda, koʻzlari ochiq yotardilar. Turgan joyimda qotib qoldim! Butun vujudim bilan baaqirim.
- Oyiiiiii!!!! Oyijonim!!! Bizni kimga tashlab ketdingiz, oyijooooon!!!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Aka, Nasim deganingiz qop-qora, novcha odammi? Yuzlarida bir ikki chandigʻi ham bor.
   - Ha, oʻsha.
   - Ha! Demak u iflos, dadamdan oʻzi bergan pulni oʻgʻirlagan, bir yil oʻtib qoʻlidagi hujjat va videoni roʻkach qilib bizdan yana shuncha pul talab qilgan ekanda!
   - Shunaqa... Ochigʻi uni ismi haqiqatdanam Nasimmi bilmayman. Kelishim bilan opamdan boʻlgan voqeani eshitib oʻsha boʻlsa kerak deb oʻylagandim oʻzim ham. Bugun ertalab melitsiyaga qidiruvga berib keldim. Ochigʻi uni qidirayotgan bitta biz emas ekanmiz. U uchiga chiqqan firibgar ekan. Oʻzbekistonga kelib shunaqa qingʻir yoʻllar bilan odamlardan pul undirgach chetga chiqib ketarkan! Hozir qidiruvda, Xudo xohlasa, yaqinda topib qolishadi.
Akamning gaplaridan ham hayron edim, ham jahlim chiqqandi. Inson shu darajada ham noinsof boʻladimi?! Kishining oʻzi toʻysa ham, koʻzi toʻymas deb shunga aytishsa kerakda! Alloh barchamizga insof bersin, yomonlar jazosini olsin, oʻsha ablah Nasim ham tez orada topilsin...

5-QISM TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰27.10.2024.          14:50

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Malika menga imlab qaradi. U shoshayotgan edi. Bugun ingliz tilidan qoʻshimcha darsi bor. Men ham gapni choʻzib oʻtirmay Yunusning iltimosini bajarishga oʻtdim.
- Xolajon, Yunusbek 15 sutkaga qamalib qoldilar. Uyimizda biroz koʻngilsizlik boʻlgandi bir yaramas kishi bilan. Oʻsha odam ustidan yozib beribdi.
- Haa...
Xola picha oʻylanib qoldi. Koʻzida yosh toʻplangandek boʻldi. Lekin oʻzini tezda qoʻlga olib bizga mayin tabassum bilan qaradi.
- Mayli Allohimni panohiga, qayerda boʻlmasin bolamni tan-u jonini sogʻ qilsin.
Bu ayoldagi ogʻir bosiqlik meni hayratda qoldirdi. Ajoyib oqila, vazmin ekanlar. Oʻrnilarida boshqasi boʻlganida "Oʻgʻlim senlarni deb shu ahvolga keldi!" Deb bizni uyidan haydab solgan boʻlardi.
- Mayli Xolajon biz turaylik... Meni darslarim bor edi.
Xola singlimga javob qildi.
- Asal qizim, biroz gaplashib oʻtirardik. Oʻzim zerikib ketgandim, sizlar kelib qoldilaring.
- Mayli biz turaylik, xola. Uyda, aytdimku, oyimning oʻzlari qolgan. Kichkina singlim karatega boradi. Bugun mashgʻuloti bor edi.
- Mayli boʻlmasam... Alloh tanlaringni sogʻ qilsin. Baxtli saodatli boʻlinglar.
Fotiha tortildi. Shuncha gaplashib xolaning ismlarini soʻramabmiz.
- Xolajon... Gap bilan boʻlib ismingizni ham soʻramabmiz.
- Ismim Hadicha.
Singlim mendan oldin gapni ilib ketdi.
- Meniki Malika, opamniki Nargiza, yana bitta singlimiz bor u Laylo. Oyimni ismlari Munisaxon.
Hadicha xola kulib yubordilar. Men ham kuldim. Singlim juda ajoyib qilib gapirgandiki... Beixtiyor kulib yuborasiz!
- Voy qaqajon qizee! Bilaman, oʻgʻlim aytgan.
* * *
Yunus qamoqda boʻlgani uchun uy almashish qoldirildi. Biz oʻzimizni hovlimizda qoldik. 3 ta amakimiz bor. Ikkitasi shu yerda. Kichkina 3-amakim Dadamning vafotidan bir necha hafta oldin Rossiyaga ketgandilar. Kecha qaytibdi. Uyda hammamiz oilaviy kino koʻrib oʻtirgan edik. Darvoza tarafdan "Kim bor?! Biz keldik!" Degan ovoz eshitildi. Laylo yugurib chiqdi. Ingichka ovozda "Kelinglar!" Dedi.
- Oyi! Amakimlar kelishibdi.
Kutib olish uchun oʻrnimizdan turdik. Salom alikdan soʻng hammamiz mehmonxonaga kirdik. Malika bilan Laylo ovqat tayyorlagani oshxonaga kirib ketishdi.
- Ha, jiyan! Bu bemaslahat uyni sotibsan... Amakilarim bor edi-yu meni, shular bilan maslahat qilay demabsan ham. Ammangga ham qoyilmasman! Seni bu fikringdan qaytarish oʻrniga oʻzi bosh qosh boʻpti.
Indamay turaverdim. Amakim oyimga qarab gapirib ketti.
- Sizchi, siz? Kennoyi. Qizizga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatsayiz boʻlmaydimi? "Qizim bu ota hovli. Bu hovlini faqat dadang koʻtarmagan, haqqimiz yoʻq sotishga" demadingizmi?! Oʻzi eskilar toʻgʻri aytishgan ekan "Otning oʻlimi - itning bayrami" deb. Akam oʻlib juda taltayib, oʻzboshimcha boʻlib ketdilaring!
- Ogʻzizga qarab gapiring amaki. Biz majbur boʻldik. Anavi iflos pulni ber deb tirab turib oldi. Shuncha pulni qayerdan olardik, ayting! Shu hovlidan boshqa nimamiz bor bizni?!
Oyim yigʻlab yubordilar. Oʻksinib oʻksinib gapirdilar.
- Dadasi rahmatli boʻlganlarida shu kunlar yoʻq edi! Bevaqt bizni tashlab ketdilar...
- Bevaqt tashlab ketganmish!
Amakim menga shunday oʻqrayib qaradilarki vajohatidan qoʻrqib ketdim.
- Akamni sen oʻldirding!
Bu gap yuragimga qanchalar ogʻir botganini bir oʻzim bilaman, Alloh biladi. Ikki koʻzimdan baravariga achchiq yosh chiqib ketdi.
- Unaqa demang, Murodjon! Akangiz baxtsiz hodisa tufayli oʻldilar. Qaysi qiz oʻz otasini oʻldiradi. Shaytonga hay bering, tuhmat qilmang.
- Tuhmat?! Qachon tuhmat qildim. Shu itarib yubormaganda akam oʻlmasdiku!
Amakimni gaplariga ortiq chidab turolmadim. Yigʻlagan koʻyi ichimdagini toʻkib soldim.
- Amaki, men bunaqa boʻlishini xohlamagandim. Alloh guvoh atay qilmadim. Uyga kelsak, bu uy toʻlaqonli dadamning nomlarida ekan. Dadamning vafotlaridan soʻng onamning nomiga oʻtkan. Demak uy faqat bizniki! Uni sotamizmi, sotmaymizmi bu bizni ishimiz. Agar dardingiz pul boʻlsa, sizlardan olgan qarzimizni olib qoʻyganman!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

*    *    *
Atrof yorishdi. Yangi kun, yangi hayot boshlandi. Singillarim nonushta qilishib maktabga ketishdi. Vaqt oqar daryo ekan... Bir pasta katta boʻlib koʻzga koʻrinib qolishdi. Malika bu yil bitiruvchi 11-sinf. Laylo esa 8-sinf boʻldi. Koʻz tegmasin, singillarim bir-biridan chiroyli, aqlli, mehnatkash. Koʻchadan tez-tez eshitib qolaman Malikaning oshiqlari juda koʻp emish... Mayli ilohim Alloh taolo baxtlarini bersin. Bu orada menga ham sovchilar kelishdi. Lekin men hammasini qaytardim. Koʻpchiligi oyimning nogironligini, boshimizda otamiz yoʻqligini, yana uyda erkak yoʻq ekan, akasimi, ukasimi boʻlganida ishonchli boʻlarmidi, bular yosh qizlar boʻlishsa qanday tarbiya topishgan Xudo biladi, qabilidagi gaplarni aytishibdi. Mayli, hammaga Xudo bor! Gʻiybat qilganga ham, tuhmat qilganga ham, igʻvochiga ham, yolgʻonchiga ham! Bir yigitdan juda koʻp keldi sovchi. Meni yaxshi koʻrishini aytgandi. Ismi Muhammad. Lekin men sovchilarini qaytarardim. Bir kun uyimizga keldi.
    - Nargiz, nega sovchilarimni qaytaryapsiz? Sizni yaxshi koʻraman, axir.
    - Muhammad aka, meni toʻgʻri tushuning, singillarim hali yosh, qolaversa onamni bu ahvolida tashlab ketolmayman. Menga juda oʻrganib qolganlar. Hozir turmushga chiqish niyatim yoʻq...
Unga shunday degandim. Mana hozir singillarimga sovchi kelishni boshladi. Oyim meni oʻylab qattiq siqilib qolardilar. "Jon bolam, baxtingga zomin boʻlyapman! Men yomon onaman! Seni baxtsiz qilyapman!" Deb gapirganlarida, ularga " Oyijon! Alloh hammani juft-juft qilib yaratgan. Nafaqat insonlarni, balki, hayvonlar,qushlar, hasharotlar, oʻsimliklarni ham hatto. Misol uchun Yerning jufti osmon, quyoshning jufti oy, Kunning jufti tun! Tanholik faqat Allohga xos. Mening ham peshonamga bitib qoʻyilgan juftim bor, albatta. Faqat hamma narsani vaqti soati boʻlganidek, turmush qurishimni ham oʻz vaqti soati bor.Havotir olmang. Hech ham bunaqa gaplarni gapirib oʻzizni ayblamang!" Der edim.
      Oradan ancha vaqt oʻtdi. Peshin boʻldi. Haligacha Yunusdan darak yoʻq edi. Axir bugun uylarimizni alishmoqchi edikku,nima boʻldikin?! Yunusga qoʻngʻiroq qildim. Uzoq-uzoq signallardan soʻng notanish ayolning ovozi eshitildi.
    - Aloo, kim kerak edi sizga?
    - Assalomu aleykum, Yunusbekni raqamlari shumi?
    - Ha, shu.
    - Ularga hovlimizni sotgan edim. Bugun natariusga borishimiz kerak edi. Haligacha kelmadi. Shunga havotir olib telefon qilayotgandim.
     - Voy qizim, bu sizmisiz? Oʻgʻlim siz haqizda aytgandi. Bugun soat 10 larda Nargiza opamnikiga borib kelaman deb endi chiqib ketayotganida melitsiyadan kelib olib ketishdi, bolamni! Haligacha uyga qaytmadi.
     - Melitsiyadan?
    - Haa kimdir oʻgʻlimni ustidan shikoyat qilibdi.
    - Haa, mayli Xolajon siqilmang... Kelib qolsa albatta xabar beraman.
    - Xoʻp, rahmat qizim...
Ifloseee! Anavi maraz Yunusni qamataman deb doʻq qilgan edi. Baribir shikoyat qilibdi daa. Ey Xudoyim, Yunusni mushkulini oʻzing oson qil...

4-QISM TUGADI

✍Usmonaliyeva Munira.
⏰25.10.2024.       12:03

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yunus menga, men esa unga qaradim.
- Shu odamdan qarz olganmidiz?
- Yoʻq... Dadam rahmatli olgan ekanlar.
Yunus kiraverishga qoʻyib qoʻygan soʻmkasini olib keldi.
- Pullarni olib keldim.
- Hayriyat! Tez berib shundan qutulaylik...
- Shoshmang... Shunday berib yuboraverasizmi?Qarindosh urugʻlaringiz yoʻqmi? Mahalladan uchastkavoy, yana 3-4 ta qoʻshnilarni chaqiring. Guvohlarni yonida berasiz. Boʻlmasa bu maraz yana sizni bezovta qilishi mumkin.
Ajab! Bu narsa hech hayolimga kelmagan edi. Ochigʻi uyni sotganimni faqat ammam bilardilar xolos. Qolganlarga amakilarim, togʻam va buvimlarga bu haqida aytmagan edim. Yunus haq! Pulni ovolib, tagʻin qoʻlidagi dalillarni ishga solgan holda sudga berib yana pul undurishi hech gap emas. Bunaqa odamlardan har narsani kutish mumkin.
Yunus aytgandek qildim. Avvalo ammamni chaqirdim.5-6 guvohlar oldida 30 ming dollarni boyagi kishiga topshirdim. Yunus telefoniga video qilib oldi. "Pullarni qabul qilib oldim" mazmunida tilxat ham yozdirib oldik. Alhamdulillah, qutuldim. Yelkamdan togʻ agʻdarilgandek boʻldi.
- Yunus, rahmat sizga. Meni katta bir balodan qutqardiz.
- Arzimaydi...
Yunus atrofga qarab biroz oʻylanib turdida, soʻng yuzimga qaradi.
- Yashaydigan joylaring bormi opa? Ochigʻi biz oyim bilan yaqinda koʻchib kelgandik qishloqdan. Qishloqda endi oʻzingiz bilasiz hovlida yashaydi odamlar. Bu yerdan 4 xonali kvartira sotib olgandim. Oyim siqilib qoldilar. Hovliga oʻrganib qolgan ekanlar. Menga "Oʻgʻlim... 4 devor orasida siqilib ketdim. Bu yerda qoʻshnichilik ham yoʻq ekan. Roʻpara qoʻshnimiz ham, bizdan bitta yuqoridagi qoʻshni ham oʻris. Gaplariga tushunmayman. Juda zerikyapman bolam. Iloji boʻlsa hovlida yashasak edi" deb qoldilar. Shunga hovli qidirib eʼlonlarni koʻrib oʻtirsam, sizni hovlingizga koʻzim tushib qoldi. Ishonsangiz, bizni qishloqdagi hovlimizga juda oʻxshash ekan. Suyunib ketdim. Oyimga koʻrsatsam ularga ham juda yoqdi.
- Haa... Hovli baribir yaxshida. Yoshi katta insonlar tor kvartirada qiynalishadi.
Yunus savoliga javob kutgandek menga tikilib qoldi.
- Hozircha yashashga joyimiz yoʻq. Bironta uy topishga harakat qilarmiz. Ochigʻi bu odamdan 50 ming dollar edi qarzimiz. 20 minggini qarindosh urugʻlarimizdan pul olib bergandik. Oyim qarzni yomon koʻradilar. Shunga avval qarindoshlarimizga oʻz pullarini bermoqchimiz. Ortganiga ijarada yasharmiz.
- Ijarada qiynalmislarmikin?
- Endi bu yogʻi Allohga tavakkal...
Yunus nimadir demoqchi boʻlardiyu lekin sira gapini chiqarolmasdi.
- Opaa... Xohlasangiz bir taklifim bor.
- Qanaqa taklif?
- Sizlar meni kvartiramda tursalaringchi, nima deysiz? Ijara puli olmayman. Uylarimizni alishamiz. Boshlangʻich 5 ming dollarni bersangiz, qolganini sekin sekin toʻlayverasizlar. Hech qanday foiz olmayman.
Bir tomondan Yunusning soʻzlaridan xursand boʻldim. Ochigʻi bu juda ajoyib taklif edi. Lekin men hali bu narsalarni uncha tushunmayman. Ammam va oyim bilan bir ogʻiz maslahatlashishim kerak albatta.
- Xursandman, rahmat. Biz uchun qaygʻuryapsiz. Bu masalani oilaviy maslahatlashib keyin bir qarorga kelamiz, maylimi?
- Albatta opa, bemalol oʻylab koʻring. Bitta farzandman oilada. U uy baribir bekor turardi. Beray desam aka-ukam yo opa-singlim yoʻq. Yaxshilab duo qilib qoʻysalaring bas. Ibodatlaringda men uchun ham Allohdan rahmat va marhamat soʻrashinglarni xohlayman xolos.
Yunus gapidan biroz toʻxtadi.
- Uni ustiga xolam ham bu ahvoldalar. Boshlaringda taʼminlab turadigan otangiz yo akangiz yoʻq. Mana bunaqa marazlar koʻp hozir. Shularni oʻylab shu qarorga keldim, opa.
- Baribir ham, Yunus, bilmay qoldim... Nima deyishni ham.
- Yaxshilab oʻylab koʻring. Ertaga rozi boʻlsangiz, uylarimizni almashib qoʻya qolardik. Havotir olmang har oy kevolib pul qani demayman. Qoʻlizga pul tushganida beraverasiz. Oyim doim mazlumlarga yordam qoʻlini choʻzsang, Alloh senga 1000 ni beradi. Ham koʻp beradi, ham barakali beradi deb oʻrgatganlar. Sizlar barchalaring ojizasizlar, baribir ham. Kecha oyimga shu qarorimni aytganimda juda xursand boʻldilar.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Allohimga yigʻlab duo qildim. Bizga oʻzing toʻgʻri yoʻlni koʻrsat, mushkulimizni oson qil! Rahmatingdan, marhamatingdan umidvorman!
     Miyamga bir fikr keldi. Tezda ammamga qoʻngʻiroq qildim.
    - Aloo, amma...
    - Ha, Nargiza?
    - Assalomu aleykum. Amma 3 kun ichida 30 ming topishim kerak. Hovlini sotmoqchiman. Bir amakilarimdan eshitgandim, hovlilaringni eng kam narxi 45 ming degandilar. Amma qimmatroq olaydigon haridor topish kerak.
     - Hovlini sotaman deysanmi? Keyin qayerda yashaysizlar? Qolaversa bu hovli juda qadrli-ku, hammamiz uchun ham...
    - Jon amma, boshqa yoʻl koʻrmayapman. Uyni iloji boricha qimmatroqqa sotib qolgan pulga ijaraga yashab turardik degandim.
    - Esingni yeb qoʻyibsan sen qiz. 3 kun ichida bunaqa haridorni qayerdan topamiz. Keyin ijarada turish osonmas.
    - Mayli amma nima boʻlsa peshonamizdan bu yogʻi. Men instagramga, telegramga e'lon beraman. Haridor chiqib qolar. Siz ham qidirsangiz yaxshi boʻlardi.
    - Haa... Asallarim sizlargayam jabr boʻldi. Mayli bu ham bir Allohni sinovi. Xoʻp harakat qilaman asalim.
    - Rahmat amma. Borizga shukr.
Internet orqali juda koʻp kanallarga e'lon berdim. Uyni sotmoqchiligimni eshitib singillarim bilan onam qaygʻuga botdilar. Lekin meni qoʻllab quvvatladilar.
     Ertasi kuni kechka yaqin bir yigit profilimga yozdi. Ismi Yunus. 98-yil edi. Uy unga maqul kelgani va uni ertaga kelib koʻrib ketishini aytdi. Men esa menga pul zarur ekanini tushuntirdim. Xullar ertaga Yunus keladigan boʻldi.
                     *   *   *
    - Hovlingiz juda chiroyli ekan. Anchagina katta ham fayzli...
    - Ha! Bu uyni dadam qancha mashaqqat bilan qurgandilar!
Yunus menga achinib qaragandan boʻldi.
    - Uyingiz juda yoqdi. 60 ming beraman, boʻladimi?
    - Ha boʻladi! Faqat ertaga bersangiz degandim iloji boʻlsa...
    - Nega buncha shoshilinch? Tinchlikmi?
    - Ha... Tinchlik...
    - Bemalol aytavering.
    - Biroz qarzimiz bor.
Yunus chuqur uh tortdi. Oʻychan nigoh bilan uyni kuzata turib choʻzib gapirdi.
     - Shunaqa deng...
     - Opa! Assalomu alaykum!
Qarasam singlim Malika ekan. Nega vaqtli keldi ekan soat endi 10 boʻldi hali darslari tugamagan edi.
     - Va alaykum assalom. Haa? Darsing vaqtli tugadimi?
     - Yoʻq... Uyda juda zarur daftarim qolib ketibdi. Bugun tekshiruv kelarkan maktabimizga shunga oʻqituvchim tez borib olib kel degandi.
Malika Yunusni endi koʻrdi shekilli, shoshib salom berdi.
    - Assalomu aleykum.
    - Va alaykum assalom!
Qarab tursam Yunus singlimdan xonasiga kirib, uydan to chiqib ketgunicha koʻzini uzmay qarab qoldi.
    - Singlim boʻladi!
    - Ha... Uzr chalgʻib qoldim. Xullas uyiz yoqdi. Ertaga pulni olib kelaman. Siz ham hujjatlarni tayyorlab qoʻyasiz.
   - Xoʻp kelishdik.
   - Unda men boraqolay.
Yunus ketdi. Xudoga shukr. Duolarim qabul boʻldi. Uyni juda tez sotdim. Endi ertaga anavi marazdan butkul qutulamiz...

3-QISM TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰24.10.2024.     00:09

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Boʻshliq

(Hikoya)

3-QISM

Nega oxirgi paytlar dadam juda oʻzgarib qolgan edi? Koʻp ichadigan odat chiqargandilar, juda qoʻpol, qoʻrs odamga aylanib qolgandilar. Hammasi kechinchalik ma'lum boʻldi. Yakshanba kuni edi. Hammamiz uyda. Koʻz tegmasin oyim ancha yaxshi boʻlib qoldilar. Ammam maxsus oʻrindiq olib keldilar ( Nogironlar aravachasi ekan. Eng zamonaviysi. Tugmalari bor ekan. Bemalol pultda boshqargandek boshqarilarkan. Ammamning oʻgʻillari Germaniyadan joʻnatishibdi) Oyimni endi hovlida, koʻchalarda aylantirgani olib chiqyapmiz. Ranglari ham ancha kirib, uncha muncha kulib qoldilar.
Dadamning vafot etganlariga mana 7 oy boʻldi. Bu vaqt mobaynida singillarim bilan perashka, somsa, mantilar pishirib sotdik. Doʻkonlarga shirinliklar tayyorlab tarqatdik. Xullas oʻzimizni oʻzimniz oz boʻlsada taminlashga harakat qildik. Ammam ( Men bilgan eng mehribon insonim) Alloh ulardan rozi boʻlsin. Doim bizga ham moddiy, ham manaviy yordam berib turdilar. Uy toʻlovlarini, svet va boshqa soliqlarni toʻlashimizga yordam berdilar.
Oyimni hovliga olib chiqib, oʻzim kir yuvayotgan edim eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Yugurib borib darvozani ochsam bir kishi turibdi (oldinlari bu odamni hech koʻrmagandim. Yuzi tirishlarga toʻla, qop qora, boʻyi ham juda uzun edi).
- Assalomu aleykum. Kechirasiz, sizga kim kerak edi?
- Akmalni uyi shumi?
Qoʻpol qilib soʻradi boyagi kishi.
- Haa, shu. Tinchlikmi?
- Akmalni chaqirvoring. Sizi kimi boʻlasiz?
- Qizlariman. Dadam...
U menga shunday xunuk koʻz bilan qaradiki, yuragimga gʻalati qoʻrquv tushdi.
- Qiziman deng... Oʻziyam bir qoshiq suv bilan yutib yuborgudek ekansiz...
- Oʻgʻzizga qarab gapiring. Nimalar deyapsiz?! Dadam vafot etganlar, yaqinda bir yil boʻladi. Sizga nima kerak oʻzi?
- Voy uzr bilmasdim. Oxirati obod boʻlsin.
U qoʻli bilan zoʻrgʻa (pisand qilmaganday!) fotiha qilgan boʻldi.
- Xullas, eshit meni. Dadang mendan katta miqdorda qarz olgan. Biznes qilaman deb. Men chet elga ketib qoldim. Bir yilda beraman degandi shunga keldim.
- Nima? Qanaqa qarz? Bizni xabarimiz yoʻq bundan.
- Xabaring yoʻq boʻlsa, mana endi bor. Menda hujjatlari ham turibdi. Telefonimga videoga ham olvognaman mendan pul olayotganini. Ishonmasang koʻr.
Notanish kishi telefonidan allaqanday video qoʻyib berdi. Unda dadam bu kishidan juda koʻp pul olayitgani tasvirlangan edi. Dadam allaqanday hujjatga qoʻl qoʻydilar. U yerda dadamdan tashqari yana 3-4 ta kishilar ham bor edi. Ustimdan muzdek suv quyilgandek boʻldi. Qoʻrqa-pisa soʻradim.
- Qancha olgandilar?
- 50 ming dollar.
- Qancha?! 50 ming?!
Quloqlarimga ishonmasdim. Shuncha pul! Dadam oʻzi qanaqa biznes qilmoqchi boʻlgan? Nega u pullarni biz hecham koʻrmaganmiz? Qayerga sarflaganlar? Dadam oʻzi nimaga aralashib qolganlar? Aqlim ishlamay qoldi. Miyamda mingta savol aylanar, ularning birontasiga javob topilmasdi.
- Menga qara, agar pullarni toʻlamasang, qoʻlimda dalillarim bor, sudga berib boʻlsa ham undirib olaman.
Koʻzimga birdan yosh quyilib keldi.
- Aka, biz bu pullarni umuman koʻrmaganmiz. Hozir oʻzi ahvolimiz yaxshi emas. Ozgina vaqt bering iltimos...
- Menga zudlik bilan pul kerak tushunyapsanmi, ey qiz. Bir necha kunni ichida chetga chiqib ketishim kerak. Bir yil muhlat bergandim dadangga, bir yil oʻtdi!
- Xoʻp hozir qayerdan topib beraman shuncha pulni? Uydagilar bilan, qarindoshlarimiz bilan maslahatlashaylik biroz vaqt bering.
- Yaxshi. Bir hafta muhlat. Pulni taxt qilib qoʻylaring! Yoʻqsa oʻzlaringga yomon boʻladi!
Notanish kishi ketdi. Meni butun tanamni ogʻir bir yuk bosib turgandek edi. Boshimda kuchli ogʻriq turdi. Sekin-sekin qadam bosib hovliga kirdim.Oyim ahvolimni koʻrib havotirga tushdilar.
- Nima boʻldi qizim? Nega homushsan? Tinchlikmi?
- Oyi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Nargizaaaa...
Oyimning unsiz ovozi eshitildi. Xonalariga kirdim.
- Kel yonimga oʻtir... Senga aytadigan gaplarim bor, qizim.
Yonlariga asta oʻtirdim.
- Qizim... Bu hayotda yashash osonmas ekan. Nafas olishni boshlagan kunimizdan biz hayot uchun kurashishni boshlaymiz. Aqlimizni taniganimizda bizga Allohdan turli sinovlar, imtihonlar kelib turarkan. Qachonki inson shu imtihonlardan oʻtsa, oʻshandagina asl baxtga erishadi. Asl baxt bu dunyoda emas bolam. Asl baxt - oxiratda boʻladi, inshaalloh. Biz oʻsha asl baxt yoʻlida halol rizqimizni terib, sinovlarga sabr etsak, albatta, Jannatning oltin darvozasiga yetamiz...
Oyim biroz nafaslarini rostladilar. Mayin tabassum qilib nozik barmoqlari bilan yuzlarimni siladi.
- Kechagidek esimda sendek chiroyli, orzulari limmo-lim qiz edim. Ayni yoshligimning bahori, bir yigitni uchratdim. Judayam samimiy, ochiqkoʻngil edi. Menimcha menga shunday tuyulgan. U bilan tez-tez uchrashib turardik. Uzoq-uzoq suhbatlashardik. Oxiri uni uyidagilar ham, mening uyimdagilar ham oʻrtamizdagi munosabatlardan xabar topishdi. Dadam rahmatli, boshida rossa qarshilik qildilar. Keyin esa rozi boʻldilar. Toʻyimiz boʻldi. Juda sodda odamlar boʻlganimizdan, hatto ularni tuzukroq surishtirib koʻrmabmiz ham. Boshida hammasi yaxshi edi. Keyin ularning ichki kirdikorlari ochila boshladi.
Oyim oʻrnilaridan qoʻzgʻalib oʻzlarini oʻnglamoqchi boʻlgandilar, darrov turib yostiqlarini toʻgʻirladim. Sovuq qotdilar shekilli, deb ustilarini adyol bilan yopib qoʻydim.
- Rahmat qizim. Yelkam juda ogʻrib ketgandi... Nima deb turodim?
- Toʻy boʻldi.
- Haaa... Toʻy boʻldi. Hammasi toʻydan keyin ochildi. Erimning onasi folbin ekan. Uyiga har xil odamlar kelardi. Qaynonam esa ularga hizmat koʻrsatar: fol ochar, issiq-sovuq qilar, hatto kimlarnidir kasal qiladigan, oʻldiradigan qilib sehrli tumorlar, qoʻgʻirchoqlar yasardi.
Hayratdan qotib qoldim.
- Oʻldiradigan?!
- Ha qizim. Odamlar shu darajada tubanlashib ketganki, bir birini shunaqa sehr qilib oʻldirishgacha borisharkan hatto. Men ham anchagacha oʻzimga kelolmay yurdim. Erimga juda koʻp aytdim. Onangiz bu ishlarini tashlasinlan, axir bu ulkan gunohku dedim. Qaynonam ikkalasi bir boʻlib meni doʻpposlashardi. Erim "Uningni chiqarma... Agar gʻing desang chavaqlab tashlayman" deb qoʻrqitardi. Sevib tekkan erim shunchalik zolim, johil ekanidan kuyardim, shart chiqib ketay desam qornimda 5 oylik homilam bor. Qaysi yuz bilan ota uyimga boraman. Axir oʻzimku shu odamga oʻlaman, sevaman deb tekkan. Ota-onamning raylariga qarshi chiqqan! Ham tugʻilajak farzandim hali tugʻilmasdan turib yetim boʻladimi derdim. Shu-shu oʻsha uyda tishimni-tishimga qoʻyib, Allohdan oʻzimga sabr, qaynonam bilan erimga esa tinmay ofiyat soʻrardim.
Oyim yigʻladilar. Lablari alamdan titrar, ovozi ham boʻgʻilib chiqardi.
- Qaynonam namoz oʻqiganimni koʻrsa, joynamoz ustida oʻtirganim koʻyi roʻmolimni boshimdan yulqib olib, oʻsha holatimda, joynamoz ustida meni urardi. Erim ishdan kelganida, xuddiki men katta bir ayb qilgandek, namoz oʻqiganimni, boshimga roʻmol oʻraganimni vahima qilib oʻgʻliga gapirardi. Erim ham xonaga olib kirib xumoridan chiqquncha meni savalardi.
Bir kuni qornimda juda kuchli ogʻriq turdi. Oʻzimi koʻtarolmadim, yerga yiqildim. Koʻzimni ochsam shifoxonada ekanman. Qornimni paypasladim homilam yoʻq edi! Qattiq baqirdim, jon holatda oʻzimni u yoqdan, bu yoqqa tashlardim. Hamshiralar yugurib oldimga kirishdi.
- Oʻzizni bosing Munisa, tinchlaning!
Ular menga qanaqadir ukol qilishdi. Asta koʻzlarim yumilib chuqur uyquga ketdim. Oʻzimga kelib bildimki bolam ichimda oʻlib qolgan ekan, bu ham yetmagandek yiringlab bachadonimga ham zarar yetkazgan. Ular bolaga qoʻshib, bachadonimni ham olib tashlashibdi! Endi farzand koʻrolmasligimni aytishganida, dunyolar koʻzimga tor koʻrinib ketdi. Oʻlgim kelardi, umuman hayotdan toʻygandek edim. Erim bilan qaynonam hamma aybni menga agʻdarishdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Boʻshliq

(Hikoya)

2-QISM

Singillarim hali yosh. Maktabi bor, oʻqishi bor. Dadam erta-yu kech ishdalar. Oyimga men qaraydigan boʻldim. Oddiygina yostiqlarini toʻgʻirlab qoʻysam ham meni "Jonim qizim, seni ham koʻp ovora qilyapman. Ilohim gʻam koʻrma, Alloh doim yoʻllaringni yorugʻ qilsin" deya duolar qilardilar. Ikkala oyoqlaridan ham ayrilgan oyim bazan qattiq-qattiq yigʻlar, alamdan, qaygʻudan yuzlari ancha soʻlgʻin, koʻzlaridan esa ma'no yoʻqolgandek edi. Bazan xonalariga kirib qolsam shiftga tikilganlaricha bir narsalarni pichirlab yotardilar. Koʻzlarining chetidan sizib chiqqan yoshlari yaqqol bilinar edi. Bir kuni ovqat tayyorlab oyimga yedirib tursam birdan koʻzlarimga qattiq tikildilar.
- Nargiza jon qizim, yaxshiyam borsan... Meni deb oʻqishing qolib ketdi. Qanchadan qancha orzularing bor edi. Hammasini barbod qildim. Kechir meni qizim...
Oyim yigʻlab yubordilar. Men ham yigʻladim.
- Nega unday deysiz oyijon? Men uchun birinchi oʻrinda siz turasiz. Begona demasdan menga, singillarimga mehr berdiz. Chiroyli tarbiya qildiz. Sizga qancha qilsam ham oz, sizni judayam yaxshi koʻraman...
- Orzularingchi? Senga har safar qarasam boshinga balo boʻlgandekman.Shunday tuyuladi menga.
- Yoʻq, baloni gapirmang oyijon. Hali hammasi yaxshi boʻladi. Oʻqirman ham, jurnalist ham boʻlarman. Muhimi siz yonimda boʻlsangiz bas.
Titroq qoʻllarim bilan oyimning koʻz yoshlarini artib qoʻydim.
- Uyda oʻqiyapman havotir olmang. U bu narsa ham yozib turibman.
- Qizim, Alloh sendan rozi boʻlsin!
* * *
Dadamning ishlari birdan orqaga keta boshladi. Yurish turishida halovati yoʻq. Doim asabiy. Bizga ham, hatto bir joyda yotib qolgan oyimga ham baqirib alamini olar edi. Bir kuni gʻirt mast ahvolda uyga keldilar. Oyimga oʻzim yozgan yangi maqolamni oʻqib berayotgan edim. Uyni aroq hidi tutib ketdi. Dadam oyogʻida zoʻrgʻa turardi.
- Haa! Oʻtiripsanlarmi yallo qilib?! Sen tekinxoʻrlarni deb hech kosam oqarmayaptiyu!
Oʻrnimdan turib dadamni xonalariga olib kirmoqchi boʻlgandim meni siltab tashladilar. Mast ahvolda oyimga zarar berib qoʻymasinlar deyam yana dadamni qoʻllarini ushladim.
- Dada! Yuring xonangizga olib borib qoʻyay.
- Qoch! Qoʻyvor! Mana bu kasalvand xotindan toʻydim!
Dadam oyimni mushtlab urib ketdilar. Jon holatda ularga yopishdim. Ichkari xonadan Malika bilan Laylo yugurib chiqishdi. Ular ham dadamni oyimdan ajratishga urinishdi. Dadam toʻxtamasdan oyimni doʻpposlardi. Oxiri bor kuchimiz bilan dadam itarib yubordik. Dadam gandiraklab eshikka urildi, birdan eshik ochilib ketib dadam zinaga yiqildilar. Boshlarini changallagancha dod deb baqirardilar. Men, singillarim va oyim qoʻrquvdan qotib qolgan edik. Dadam baqirishdan toʻxtadilar. Sekin qoʻrqa-pisa eshikdan moʻraladim. Dadamning boshi qonga belanib yotardi.
- Dada! Dada... Turing dada!
Dadam nafas olmayotgan edi. Birdan qilib qoʻygan ishimni tushundim. Jon holatda, telbalarcha baqira boshladim.
- Dadaaaa! Dadajooooon! Dada koʻzizi oching! Dada! Dada!
Singillarim ham menga qoʻshilib dadamni siltab baqirib yigʻlashar edi. Oyimning "Shoʻrim qursin! Shu odam oʻlguncha, mengina oʻlsam boʻlmasmidi!" Deb yigʻlaganlari eshitilib turardi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ammamlarnikida 3-4 kun emas, naqt 1 oy qolib ketdik. Uyimni, dadajonimni rossa sogʻingan edim. Ammam yolgʻiz yashardilar. Birinchi turmushidan ham, ikkinchisidan ham ajrashganlar, ikki nafar oʻgʻil farzandlari bor. Ular hozirda Germaniyada oʻqishadi. Biz ammamning chiroyli, hashamdor hovlisida bemalol yashadik. Nihoyat ammam "Sizlarni uylaringga olib borib qoʻyaman asallarim. Bir necha oyga Turkiyaga borib kelishim kerak" deb qoldilar.
Jonajon uyimizga keldik. Dadam hovlini oʻrtasidagi gulzorimizni sugʻoraayotgan ekanlar. Yugurib borib boʻyniga osildik.
- Dadajooooon! Sizni sogʻindik!
Tavba! Dadam juda oʻzgarib ketibdilar. Sochlarini boshqacha turmaklaganlar, kiyimlari ham top toza, tekis qilib dazmollangan. Uyimiz ham ancha oʻzgarib qopti.
- Mana ukam... Bollaringni opkeldim. Bular seni juda sogʻinib qolishdi. Ham ish yuzasidan chetga chiqib kelishim kerak. Mayli yaxshi oʻtiringlar.
- Oʻtiring opa, bir piyola choy ichamiz.
- Yoʻq ketishim kerak. Hafa boʻlma. Yanagi safar ichamiz choyni.
Ammam ketdilar. Dadam ularni kuzatib uyga qaytdi. Birdan ichkari eshik ochilib ichidan bir notanish ayol chiqdi. Egniga atlas koʻylak kiygan, sochlari chiroyli turmaklangan, yangi kelinlarga oʻxshedi. Bizni koʻrdiyu turgan joyida qotib qoldi.
- Ha, aytgancha Munisaxon... Bular meni qizlarim. Sizga aytgandimku 3 ta qizim bor, hozircha opam bilan turishibdi deb.
"Munisaxon" anchagacha bizga qarab qoldi. Keyin sekin zinadan tushib yonimizga keldi. Mayingina tabassum qildi.
- Voy asallarim... Buncha shirin ekan qizlariz, Akmal aka!
- Endi bular sizni ham qizlariz boʻladi. Ularni oʻz farzandizdek qabul qilib, mehr bersez xursand boʻlardim, Munisaxon!
"Munisaxon" yuzlarimizdan oʻpdi. Dadamga qarab quvnoq ohangda gapirdi.
- Albatta dadasi! Bular mening ham qizlarim!
Toʻgʻrisi "dadasi" deganiga rossa gʻashim keldi. Singillarim hali kichkina, ular uncha tushunishmaydi. Lekin men qandedir bu ayolni xohlamas edim. Qovogʻimni solib oldim. "Munisaxon" bizlarni qoʻyib oshxonaga kirib ketdi. Dadam avzoyimni koʻrib yonimga keldilar, boshimni silab asta gapirdilar.
- Nargiza, qizim bu opang endi biz bilan yashaydi. Buyogʻiga Munisaxonni "oyijon" deb chaqirasizlar xoʻpmi? Tushun, qizim onang uzoqlarga ketgan endi qaytib kelmaydi. U yuqorida Allohni yonida yashayapti.
Dadamning koʻzlari yoshlandi. Koʻzlarining chetidan chiqqan achchiq yoshlarini tezgina artib oldilar.
- Men onangni Nilufarimni unutolmayman, qizim. Lekin majburman senga, singillaringa ona kerak. Ayol tarbiyasi kerak. Sizlarga qarab uyda qolsam, ishim qop ketyapti axir pul topib kelishim kerakku qizim, toʻgʻrimi?
Dadam kuyunib gapirardilar. Rahmim keldi, oʻzimni qilgan ishimdan uyaldim.
- Meni kechiring dadajon...
Dadam meni va singillarimni maxkam bagʻriga bosdilar.
- Dadasi! Ovqatim pishib qolibdi. Suzaveraymi?
- Ha, albatta. Mazza qilib ovqatlanamiza?!
Singillarim bilan baravariga baqirdik. "Haa!"
Kunlarimiz shu zaylda oʻtib bordi. Munisa oyim men oʻylagandek yomon emas ekan. Mehribon, juda ochiq koʻngil. Ertalab singillarimni bogʻchaga tayyorlaydi, keyin meni maktabga joʻnatadi. Dadam ham xursand. Lekin... Lekin nimadir yetishmayotgandek tuyulaverardi menga.
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Эрининг иккинчи аёли борлигини билиб қолди ва сабр қилди.

Ибн Жавзий роҳимаҳуллоҳ ўзларининг "Сифатус софва" деган китобларида қуйидаги қиссани келтирадилар.

Бағдодда кийимлар билан савдо қиладиган бой бир савдогар бор эди. Бир куни дўконига ёшроқ аёл келди, савдогар билан савдолашиб турганда юзи очилиб қолди. Савдогар кўрган заҳоти ҳайратга тушди: “Валлоҳи, лол қолдим!” – деди.

Ёш аёл айтди:

“Ўзи мен бирор нарса харид қилмоқчи эмасдим. Анчадан бери бир киши қалбимни ўртайди, унга хотин бўлишни хоҳлайман. Лекин айтишга ҳаё қилиб юрибман”.

“Мен айтишим мумкин унга, ким экан у?” – деди савдогар.

Ёш аёл: “У – сизсиз!” – деди.

Савдогар:

“Мен уйланганман, хотиним амакимнинг қизи бўлади. Бир фарзандим ҳам бор”.

Ёш аёл айтди:

“Менинг уйим ва молу мулким бор, ҳафтада икки бор келиб турсангиз, етади”.

Савдогар рози бўлиб, унга уйланди. Ҳафтада икки кун унинг уйида қоладиган бўлди.

Хотинига: “Баъзи дўстларим илтимос қилди, ўшанинг уйида тонг оттирдик”, деб юрди.

Савдогар хотини сиқилмасин, деб яна бир аёлга уйланганини айтмаган эди. Ойлар ўтиб савдогарнинг хотини эридан шубҳалана бошлади. Жорияни ишга солди. Эри дўконга кетар экан, ортидан яширинча эрини кузатишни, қаерга борса, изидан боришга буюрди. Жория бекаси айтгандек қилди. Савдогар кун қайтгач, ёш аёлининг уйига борди. Жория уни кузатиб келди ва савдогар кириб кетган уйни кўрди.

Ўша уйнинг қўшнисидан “Бу уй кимнинг уйи?” – деб сўради. Ёш бир аёлнинг уйи, у яқин ойлар ичида бир савдогарга турмушга чиққани ҳақидаги жавобни олди. Жория келиб, барча кўрган ва эшитганини бекаси айтиб берди. Бекаси жориядан буларни ҳеч кимга айтмаслигини тайинлади. Ўзи ҳам ўзини ҳеч нарсадан хабари йўқдек тутди. Шу ҳолда бир йил ўтиб савдогар вафот этиб қолди ва ўзидан саккиз минг динор мерос қолдирди.

Савдогарнинг хотини илмли аёл эди. Мерос тақсимини биларди, шунга кўра еттиминг динорни ўғлига, минг динорни эса иккига бўлди ва бир қисмини ўзига олди. Иккинчи қисмини халтага солиб жорияга берди ва айтдики: “Буни ўша уйга олиб бор ва унга: “Хожам вафот этди, қолдирган меросидан сизнинг улушингизни бекам бериб юборди деб буни ташлаб кел!”

Жория борди ва ёш аёлнинг уйига кириб, бекаси айтгандек қилди. Ёш аёл йиғлади... Ва айтдики: “Бекангизга мендан салом айтинг ва яна шуни айтингки савдогар мени талоқ қилиб кетганди. Бу меросни олишга менинг ҳаққим йўқ, буни бекангизга қайтариб беринг” – деди. Жория беш юз динор солинган халта билан бекасининг уйига қайтди.

Азиз ўқувчи!

Билмадим бу икки аёлнинг қай бирининг иши ажиброқ. Биринчининг зукколиги, эрига бўлган ҳурмати, тақвоси, мусибатда турганда ҳам адолатга кўра иш қилишими ёки иккинчисининг мероснинг саккиздан бирига ҳақли бўла туриб, уни олмаганими? Чунки савдогар уни талоқ қилмаган эди. У халтадаги динор уники эди. Аммо у ҳам биринчининг олийжаноблигидан қолишмайдиган бир жўмардлик қилган эди.

Араб тилидан Абдулатиф қори Атаханов таржимаси

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Qahramon...

/channel/hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир киши дўстига уйида жанжал чиқмай, аёли билан йиллаб гўзал умр кечирганини сўзлаб беряпти.

Мен ишдан келарканман, агар кайфиятим яхши бўлса эшикни икки марта, агар жаҳлим чиқиб турган бўлса уч марта тақиллатардим.
Агар уч марта тақиллатсам, аёлим кулиб кутиб олар, менга кундагидан бошқачароқ меҳрибон, эътиборли бўлар эди.
Аёлимни жаҳли чиққанини эса, ишдан келганимда эшикни очибла, мени кутмай ичкарига кириб кетишидан сезардим.
У куни мен унга янаям меҳрибонроқ бўлардим.

Дўсти гапини бўлди ва сўради:

Агар сен эшикни уч марта тақиллатсангу, ҳотинингни ҳам жаҳли чиқиб турган, сени кутмай ичкарига кириб кетсачи?
У ҳолда ташқарига чиқиб қайтадан, икки марта тақиллатардим.

Бир-бирини тушуниб яшашга нима етсин.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Boʻshliq

(Hikoya)

7-QISM

Singlim bugun Yunus bilan uchrashuvga ketdi. Bir-birlarini koʻrishgan, bir necha bor suhbatlashishgan boʻlsa ham yana bir uchrashib bafurja gaplashib olishlarini maqul koʻrdim. Bu umr savdosi axir! Oʻylab, yaxshilab fikrlab keyin qaror qabul qilish kerak...
Birdan eshikning ochilgan ovozi eshitildi.
- Opa!
Malika ekan. Ovozidan xursandga oʻxshaydi.
- Assalomu aleykum opajon!
- Va alaykum assalom. Xoʻsh... Uchrashuv qanday boʻldi. Qoʻlingda gullar... Shirinliklar. Menimcha taassurotlar yaxshi.
- Ha... Yunus akam rossa yaxshilar. Meni sevishini aytdi, opa. Ochigʻi anchadan beri ularni yoqtirardim. Bilsam u ham meni...
- Boʻldi-boʻldi tushunarli! Demak bu yogʻi toʻy ekanda!
- Xudo xohlasa...
Singlim uyalganidan qip-qizarib ketdi.
- Opaa...
- Ha?
- Xafa boʻlmaysizmi? Sizdan oldin turmush qurishga ochigʻi hijolat boʻlyapman.
- Yana shu gapmi Malika? Axir aytdimku, xafa boʻlmayman. Men uchun sen bilan Laylo birinchi oʻrinda turadi deb. Senlarni baxtingni koʻrsam bu dunyoda mendan baxtli inson boʻlmaydi. Mening ham tengim chiqib qolar...
- Opajonim!
Malika meni bagʻriga bosdi. Yuzlarimdan oʻpib qoʻydi.
- Sizni yaxshi koʻraman...
- Men ham asalim... Yunus bilan sevib-sevilib yashagin... Shirindan-shirin farzandlaring boʻlsin.
* * *
Dunyoning ishlari qiziq ekan. Ota hovlimizga singlim kelin boʻlib tushdi. Alhamdulillah, shirin hayot kechiryapti. Yunus uni yer-u koʻkka ishonmaydi. Hadicha xolam ham Malikani kelini emas qizidek koʻryapti. Toʻydagi barcha harakatlarni Yunusni oʻzi koʻtardi. Mebel, parda, gilamlarni ham oʻzi qildi. Mard yigit ekan. "Menga faqat Malika kerak. Kelin tomondan bitta gugurt ham olmayman" deb oyoq tirab turib oldi. Toʻy juda fayzli boʻldi.
Endi uyda men va Laylo qoldik. Laylo deyarli uyda boʻlmaydi. Karate boʻyicha yangi musobaqaga tayyorlanyapti. 10 kundan keyin uchib ketishadi Argentinaga. Shuning uchun qattiq rejimda tayyorgarlik koʻryapti. U ketsa, naq bir oy uyda oʻzim qolaman. Mayli muhimi singlim yuqori choʻqqilarni zabt etyapti. Yurtimiz faxriga aylanyapti. Bundan ortiq baxt bormi men uchun?! Shu singlimni ham yaxshi joyga uzatsam, ishonchli qoʻllarga topshirsam, onamga bergan vadamni bajarardim. Keyin hotirjam yashardim. Lekin Laylo Malikadaqa emas. Diydasi qattiq, juda juda kam gap. Uncha munchaga ichidagini bildirmaydi. Ichimdagini top deydiganlardan. Nima xohlashini hech qachon topolmaysiz. Juda sirli, juda jiddiy... Shu Laylo bilan ochilib kulishib gaplashganimizni eslolmayman ham hatto. Xarakteri ogʻir. Mayli ishqilib oʻziga munosib umr yoʻldosh uchrasin

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Singillarim uyda emas edi. Biroz vaqtdan keyin kelishdi. Men oyimning qoʻllarini yuzimga bosgancha yigʻlardim.
- Opaa nega yigʻlayapsiz?
- Oyimga nima boʻldi, opa?!
Ularga yosh toʻla koʻzlarim bilan qaradim. Hammasini tushunishdi. Dod deb yigʻlashga tushishdi.
Anchagacha singillarim bilan yigʻlab oʻtirdik. Ovozimiz chiqmay qolguncha yigʻladik. Eshik jiringladi. Tez yordamdagilar kelishdi. Lekin ular kech qolgan edi. Oyim endi bu dunyoda yoʻq...
Oyim men bilgan eng mehribon insonim edilar. Oʻzimning onam vafot etganlaridan keyin, biz uch nafar yetim qizchalarni boshini siladilar. Bular yetim deb urib soʻkmadilar. Doim koʻnglimizga qaradilar. Umrlarini oxirigacha bizni duo qildilar. Oyimsiz uyimiz huvillab qoldi. Ba'zan singillarim uyda yoʻq payti onam yotgan xonaga kirardimda oʻsha yerda toʻyib-toʻyib yigʻlardim. Kiygan kiyimlarni, boshlaridagi roʻmollarni hidlab, onamning iforini tuyishga harakat qilardim. Yunus va uning oyisi oyimning barcha marakalariga kelishdi. Biz bilan yelkama-yelka turib ogʻir kunimizda madad berib turishdi. Ammam, amakilarim ham bizni yolgʻizlatishmadi. Ayniqsa ammam hamisha yonimizda boʻldilar. Amakilarim bilan oxirgi marta gaplashganimizda achchiq qilib uydan chiqib ketgandilar, oʻsha hovli mojarosi sabab. Hozir qilgan ishlaridan afsusda ekanliklarini aytdilar. Yuragimda kichik bir boʻshliq bor-ki, men uni hecham toʻldirolmayapman. Bu boʻshliq oʻsha ilk ayriliqni his qilgan kunim - Mushukcham oʻlgan kuni paydo boʻlgan. Toʻgʻri koʻpchilik oʻylashi mumkin oddiy mushukku deya, lekin inson bir narsani qadrlasa u oddiy bir buyum boʻlsa ham, yoʻqotib qoʻygan mahal joni ogʻriydi. Undan keyin oʻz onamni yoʻqotdim, soʻng dadamni yoʻqotdim... Mana endi oyijonimni...
* * *
Oyimning vafotiga ham 3 oy boʻlib qoldi. Bir kuni Javohir akam keldilar. Juda muhim gaplari bor shekilli, koʻzlari bejo edi.
- Qalaysan Nargiz? Xafa boʻlmay oʻtiribsizlarmi?
- Yaxshimiz aka...
- Haa... Senga bir gap aytishim kerak.
- Qanday gap?
- Anavi maraz bor edi-ku, Nasim degani?
- Topilibdimi?!
- Haa... Faqat... Uni chavaqlab ketishibdi. Afgʻoniston chegarasidan burdalangan jasadini topishibdi. Meni idoraga chaqirishdi. Bu oʻshami deb soʻrashdi. Ishonsang, avvaliga taniyolmadim. Qoʻl-oyoqlari tanasidan kesib tashlangan... Badanlariga pichoq bilan juda koʻp jarohat yetkazishgan ekan. Yuzi... Yuzi shunaqangi ediki... Qoʻrqib ketdim. Lekin tanidim. Oʻsha kishi deb tasdiqlab keldim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Boʻshliq

(Hikoya)

6-QISM

Yunusni onasidan xabar olgani bir necha marta uyiga bordik. Hadicha xola bizni har safar ochiq chehra bilan kutib olardilar. Bir safar ularni ham uyimizga olib kelishimizga toʻgʻri keldi. Oyim bilan tanishishni xohladilar. Bir pasda bir-birlari bilan iliq suhbat qurishib ancha yaqin boʻp qolishdi.
- Munisaxon, siz bilan tanishganimdan juda xursand boʻldim. Juda ochiqkoʻngil ayol ekansiz. Qizlariz ham sizga oʻxshaydi, esli, tarbiyali. Uch qizni tugʻib shunchalik chiroyli mehr berib tarbiyalash har kimni ham qoʻlidan kelmaydi.
Oyim menga, keyin singillarimga kulib qaradilar.
- Alhamdulillah. Allohim menga shunday shirin, mehribon qizlarni berdi. Lekin men tuqqan onalari emasman, bu meni ikkinchi turmushim edi.
- MaashaAllah! Baribir ham asosiy tarbiyani sizdan olishgan.
- Bular mening butun borliqlarim!
Oyimning gaplaridan Hadicha xola taʼsirlanib kettilar. Yana ancha suhbat qurishdi. Soʻng Hadicha xola oʻrnidan turdi.
- Mayli Munisaxon yaxshi qoling. Men yana kelaman. Endi uyga borishim kerak.
- Yana biroz oʻtirsangiz boʻlardi. Birga ovqatlanardik, qizlarimni qoʻli juda shirin.
- Ishonaman. Inshaalloh boshqa safar bemalol boʻlib birga-birga oʻtirib ovqatlanamiz.
Hadicha xola ketdilar. Ularni kuzatib xonamga kirib ketayotsam oyim meni yonlariga chaqirdilar.
- Kel qizim, biroz gaplashaylik.
- Labbay oyijon...
- Kecha uyga sovchilar kelishgandi seni soʻrab. Juda yaxshi joydan ekan. Yigit ham yaxshi, oʻqimishli emish...
- Oyi... Kelishgandik-ku bu mavzuga qaytmaymiz deb?! Hozir turmushga chiqadigan vaziyatda emasmiz. Uni ustiga meni hali koʻzlab qoʻygan rejalarim, maqsadlarim bor. Erga tegish niyatim yoʻq.
- Axir yoshing oʻtib ketyapti qizim. 25 ga kirding.
- Qari qiz boʻlib qolasan demoqchimisiz?
- Yoʻq qizim... Tushunsangchi, yana biroz shunday yuraversang keyin xotin qoʻyganlardan, bolasi borlardan hatto katta yoshli erkaklarda kelishni boshlaydi. Men ham senlarni baxtingni koʻrishni xohlayman, qizim.
- Baxtli boʻlamiz hammamiz. Inshaalloh, qalbimizda Allohga boʻlgan ishonchimiz bor ekan, ishoning hali hammadan koʻra baxtliroq, hammadan koʻra omadliroq boʻlamiz.
Oyimning koʻzlariga qaradim. Menga achingandek qarab turardilar.
- Oyijon... Hozir fikri hayolim anavi oʻgʻrida. Tezroq topilsaydi. Yunusning ham qamoqdan chiqishiga 3 kun qoldi. Eson omon yangi uyimizga koʻchvolelik. Singlim oʻqishga oʻtsin. Laylo olimpiadaga tayyorlanyapti. Ilohim gʻolib boʻlsin, uyga yorugʻ yuz bilan gʻalaba bilan qaytsin!
- Ilohim qizim, aytganing kelsin.
- Turmushga chiqish qochmaydi, oyi. Siz buni oʻylamang. Undan koʻra duo qiling, sizni duolariz bizning eng qimmatli boyligimiz, oyijon!
Onam yoshli koʻzlari bilan menga jilmayib qaradilar. Yuzlarimdan asta silab qoʻydilar...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tez-tez yurgancha narigi xonadan 5 ming dollar olib chiqdim. Stol ustiga qoʻydim.
- Mana pullaringiz! Endi ketishingiz mumkin.
Amakilarim bir-birlariga ma'noli qilib qarab olishdi.
- Mayli jiyan! Salomat boʻlinglar.
Ikkala katta amakilarim pullarni olib ensalarini qotirgancha chiqib ketishdi. Kichkina amakim qoldilar. Ochigʻi kelganlaridan beri oʻzlarini oʻngʻaysiz sezardilar. Shuncha paytdan beri bir ogʻiz ham gapirmadilar. Amakilarim chiqib ketishgach, sekin soʻz ochdilar.
- Yaxshimisan Nargiza? Sizchi kennoyi? Qiynalmasdan oʻtiribsizlarmi? Akamlardan xafa boʻlmanglar. Ular shunaqa. Akam rahmatli bilan ham tez-tez urushib qolishardi. Dadam tirikliklarida uy-joy talashaverishganlaridan oxiri shu hovlini akamga hadya qilib yuborgandilar. Har birimizga uy olib berganlar. Meni bilasiz koʻproq Rossiyada yuraman. U yoqda uyim, xotin bola-chaqam bor.
Javohir akam ( bu amakim hali juda yosh. Men tugʻilganimda 9 yosh boʻlgan ekanlar. Shunga kichkinaligimdan ularni aka deb oʻrganib qolganmiz) biroz gapdan toʻxtab oldilariga qoʻyilgan choyni bir-ikki hoʻplab ichdilar.
- Eshitdim, juda katta qarz toʻlabsizlar. Ochigʻi akam katta biznes qilaman deganlarida, qarshilik qilgandim. "Nima qilasiz, aka, bir yaxshi ishiz bor. Davlat xodimisiz. Biznes nega kerak?" Degandim. Lekin akam unamadilar. "Qizlarim kotta boʻlishyapti, ularni oʻqitishim, chiroyli toʻy qilib uzatishim kerak. Kennoyingga ham protez boʻlsa ham oyoqlar qoʻydirmoqchiman. Bir oʻzimnibg oylik maoshim nimayam boʻlardi" degandilar.
Hayron qoldim. Dadamning buncha qarz olganidan Javohir akam xabardor ekanda!
- Siz bilarmidingiz?!
- Haa...bilardim. Keyin kredit olaman dedilar. Yoʻq aka, kreditni foizi bor. Toʻlash osonmas dedim. Soʻrab surishtirib Nasim degan yigitdan 50 ming dollar qarz oldik. Bilsak u iflos, nomard kishi ekan. Biz bilan ulfat boʻlib olib, akamga juda koʻp aroq ichirardi. Men akajon unaqa koʻp ichmang, qizlarizga yomon taʼsir qiladi desam, xoʻp uka, endi ichmayman,derdilar, lekin baribir ichishda davom etdilar.
Javohir akam chuqur uh tortdilar. Bir menga, bir oyimga, bir singillarimga qaradilar. Afsus bilan gaplarini davom ettirdilar.
- Bir kuni Nasim bizni ziyofatga chaqirdi. Men ziyofatni yarmida chiqib kevordim. Chunki rosa charchagandim. Dam olmasam boʻlmasdi. Ertansiga abedlarda akam telefon qildilar. "Javohir! Ukajon! Pullarim yoʻq! Oʻgʻirlab ketishibdi!" Dedilar. Kim olgan boʻlishi mumkin deb oʻylardim. Nasimga telefon qildim. Ablah oʻchirib qoʻygan ekan! Uni hech qayerdan topolmadik! U ablah akamga bergan 50 mingdan tashqari, akamning oʻzi anchadan beri yigʻib yurgan 30 ming dollar pulini ham olib chetga chiqib ketgan ekan. Akam allaqachon biznes hamkorlar bilan kelishib qoʻygandilar. Hammasi barbod boʻldi. Akam juda katta pulga tushib qoldilar. Shunga siqilib koʻp ichadigan odat chiqardilar.
Javohir akam yigʻlab yubordilar.
- Rossiyaga ketishimdan oldin. Akam bilan oxirgi marta gaplashganimizda "Siqilmang aka, u ablahni albatta topaman. Ishlab sizga koʻp pul joʻnataman. Hali hammasi iziga tushadi. Faqat ichmang, iltimos" degandim.
Oyim ham yigʻlardilar. Men va singillarim ham yigʻladik.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Boʻshliq

(Hikoya)

5-QISM

Yunus 15 sutkaga qamaldi. Undan xabar olgani Malika ikkalamiz melitsiya idorasiga bordik. Kutmagandi shekilli, bizni koʻrib xursand boʻldi.
- Opa, yaxshimisizlar? Kelishuvimiz ham qolib ketti.
- Hechqisi yoʻq, Yunus. Biz yaxshimiz. Bizni kechiring, shu ahvolga tushishizga biz sababchimiz.
- Unaqa demang, opa. Yigitchilikda boʻlib turadi. Oʻzingiz yolgʻiz keldingizmi?
- Yoʻq singlim Malika ham kelgandi. Oʻzingiz kirib chiqavering deb tashqarida qoldi.
- Haa...
- Bunaqa joylarni yoqtirmaydi.
- Ha, muhimi yaxshi bo'lsalaring boʻldida. Opa, agar malol kelmasa iltimosim bor edi...
- Bemalol aytavering qanaqa iltimos.
- Aytgandim-ku oyim qishloqda yashardilar, meni bu yerda ishlarim ancha yurishib ketgach, shu yerga oyimni ham olib kelgandim. Hali hech qancha boʻlmadi. Bu yerlarni bilmaydilar. Mendan havotir olyotgandirlar. Iloji boʻlsa uyimga borib yaxshi ekanligimni aytib qoʻysanglar, koʻngillari hotirjam boʻlsin.
- Albatta, ukam. Bugunoq boramiz.
Yunus uy manzilini bergach, idoradan chiqib singlim bilan Yunusning uyiga bordik. 2-qavatda turishar ekan. Umuman olganda chiroyli joyda joylashgan ekan, soʻlim, sokin... Odam ham uncha gavjum emas. 2-qavat 21-xonadon qoʼngʻirogʻini chaldim. Ichkaridan "Labbay! Hozir!" Degan tanish ovoz eshitildi.
- Assalomu aleykum, Xolajon yaxshimisiz?
- Va aleykum assalom. Qizlarim kelilar!
Yunusning onasi juda samimiy, yuzidan nur yogʻilib turadigan xushbichimgina ayol ekan.
- Xolajon men Nargizaman. Oʻgʻlizga uyimni sotgan edim-ku? Bu singlim Malika!
- Voy qizlarim, sizmidingiz?! Qani ostonada turmanglar, kiringlar ichkariga!
Yunusning onasiga qoʻshilib ichkariga kirdik. Bejirimgina xonadon ekan. Fayzli, juda ozoda. Yunusning onasi xushmuomalalik bilan bizni mehmonxonaga olib kirdi. "Ovora boʻlmang!" Deyishimizga qaramay dasturxon tuzadi. Singlim ikkalamiz qoʻshilishib qarashib yubormoqchi edik, koʻnmadi.
- Qizlarim, sizlar menikida mehmonsizlar. Urinmanglar, bemalol oʻz uylaringdagidek his qilib oʻtiringlar.
- Hech narsaga ovora boʻlmang,xolajon. Biz tezda ketamiz. Uyda oyimiz yolgʻiz qolganlar.
Xola biz haqimizda hammasini oʻgʻlidan eshitgan shekilli, chuqur uh tortdi.
- Oyilaring salomatmilar? Ancha yaxshi boʻlib qoldilarmi?
- Shukr, ancha yaxshilar.
- Bechoraga qiyin, bu ham bir sinovda bolajonlarim.
- Ha albatta...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Onangiz juda yaxshi ayol ekanlar!
Koʻzlarimga yosh keldi. Dunyoda yaxshi odamlar ham koʻp. Agar shundaylar boʻlmaganda, yer yuziga allaqachon Qiyomat kelgan boʻlardi. Chunki Alloh taolo Qiyomat faqat zolimlar ustida qoyim boʻladi degan ilohiy kitobimizda.
- Bu yaxshiliklaringni unutmayman hech qachon, Yunus. Sizdan ham onangizdan ham Alloh rozi boʻlsin.
- Yoʻgʻe opa, shunchaki, savob uchun deb biling yetadi.
* * *
Yunus ketganidan keyin ammam bilan suhbatlashdik.
- Ammajon bu yigit juda yaxshi taklif aytyapti. Ijarada har oy ijarachi kelib pulni ber deb tirab turadi. Bunda boshlangʻich toʻlovini bersak qolganini sekin pul topganimizda toʻlarkanmiz. Uyni puli toʻliq toʻlanishi bilan uy bizni nomimizga oʻtarkan.
- Haa... Rostdanam juda yaxshi taklif. Yaxshi yigit ekan. Yosh boʻlsa ham aqlli, salohiyatli... Nargiza men senga bergan pullarimni qaytarib olmayman jiyan. U sizlarga. Amakilaring bilan togʻangni oilasi bola-chaqalari bor. Ularga pulini qaytarishing kerak. Menikini uyni puliga qoʻsh. Boshlangʻich toʻlovi 5 mingmidi? Sen 10 ming ber. Shunda qolganini toʻlashinglar yengilroq boʻladi.
Ammam biram mehribonki, koʻnglim boʻshab ketdi. Ammamni quchoqlab yigʻlab yubordim.
- Rahmat ammajon! Sizdan Alloh rozi boʻlsin!
- Jinni qiz! Boʻldi yigʻlama, koʻz yoshlaringni art. Jigar jigarga qarzga pul berganini qayerda koʻrgansan?! Men bu pulni qarz deb bermaganman. Chin koʻngildan berganman.
Oyim, singillarim va men juda xursand boʻldik. Oyim yigʻlagancha avval Yunusni, keyin ammamni duo qildilar.
Ammam ketgach anchagacha hovlida oʻylanib oʻtirdim. Dunyoning ishlari qiziq. Bugun uysiz qolib, bugunni oʻzida uyga erishdik. Allohimni moʻjizasi shu boʻlsa kerak! Omad bilan oʻynashib boʻlmaydi, deyishadi. Kechqurun qashshoq holda uyquga yotgan kishi, ertalab boy badavlat odamga aylanishi hech gap emas. Bir gazetada oʻqigan edim. Bir boyvachcha kishining farroshi boʻlardi. Uyi yoʻq edi. Haligi boy odamning hovlisidagi kichkinagina kabinkada kun kechirardi. Boy kishining qizi adashib olmoslar solingan xaltachani chiqindi qutisiga tashlab yuboradi. Haligi farrosh uylarni changini yaxshi aytmagani uchun uydan haydashadi. Buni qarangki oʻsha farrosh tunini chiqindixonada oʻtkazishiga toʻgʻri keladi. Va ertalab koʻzi olmoslar solingan xaltachaga tushadi. Bir kechada millionerga aylanadi! Bu Allohning inʼomi! Alloh bizga ham shunday in'om berdimikin?! Bilmadim. Eng xayrlisini, eng toʻgʻrisini albatta, bilguvchi faqat Robbimizdir! Nima boʻlsa ham Unga shukr aytishdan toʻxtamaymiz.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Boʻshliq

(Hikoya)

4-QISM

Tong otdi. Kechasi bilan maydalab yogʻgan yomgʻir biroz shashtidan qaytgandek bir bir tomchilarini tashlayapti. Yerning yoqimli ifori atrofni tutib ketdi. Yomgʻir insonlarning dardlarini tushunadigandek tuyuladi menga. Sababi kishilar qattiq xafa boʻlsalar yoki koʻngillari ogʻrisa koʻz oldi qorongʻulashadi, yolgʻiz qolgisi keladi, to oʻziga kelib olmagunicha koʻzidan yoshlarini oqizadi. Yomgʻir ham xuddi shunaqa. U kelgan mahal atrof qorongʻulashadi, koʻcha koʻyda odamlar deyarli boʻlmaydi, dunyoda goʻyo faqat yomgʻir va tabiat suhbat qurishgandek boʻladi. Soʻng tomchilar... Tomchilar... Va yana tomchilar...
Bugun Yunus pul olib kelsa Inshaalloh qarzimizdan qutulsak bas. Qolganini peshonamizdan koʻraveramiz. Alloh bor-ku, bizni yolgʻiz tashlab qoʻymaydi! Odamlar bejiz aytishmas ekan, qarz yomon narsa deb. Darhaqiqat qarz odamni halovatidan ayirar ekan. Mana necha kundirki uyqu nimaligini bilganim yoʻq. Fikri hayolim oʻsha pullarda. Dadamning bu qilgan ishiga sira tushunolmayapman. Oʻylaganim sari fikrlarim har tomonga tarqab ketyapti.
- Kim bor?!
Voy Xudoyim, ertalabdan kepti! Yugurib darvozani ochdim.
- 3 kun oʻtdi, oyim qiz. Meni pullarim qani?
- Uyni sotganman. Hozir pulni bergani kelishi kerak edi.
- Seni yolgʻonlaring qachon tugaydi oʻzi?! Sabr kosam toʻlib boʻldi!
U meni bilagimdan maxkam qisib darvozadan ichkariga itarib yubordi. Oʻzi ham uyga kirdi. Ogʻzimni kafti bilan berkitib qoʻllarimni qattiq qayirar edi. Jonim yomon ogʻridi. Nazarimda qoʻlim qarsillab ketgandek tuyuldi. Jon holatda ogʻzimni yopib turgan kaftini tishladim. Dodlab baqirdi.
- Qanjiq!
Bir tarsaki tushurdi menga. Yuzim lovullab ketdi. Shu payt, kirganini sezmay qolibman, Yunus paydo boʻlib, boyagi kishini yelkasidan ushlab oʻziga tortdi. Yuziga, boshiga va yelkalariga tinmay mushtlab ura boshladi.
- Sen marazni kuching bir ojizaga yetdimi! Kimni qanjiq deyapsan?!
Yunus uni tinimsiz urar, boyagi kishi esa unga hecham bas kelolmasdi. Men qoʻrqib chinqirib yubordim. Ichkaridan Malika yugurib chiqdi. Singlim ikkalamiz Yunusning qoʻliga yopishdik.
- Qoʻying, Yunus. U bunga arzimaydi.
Yunus ancha hovuridan tushdi. Boyagi kishi esa yerda yuz-koʻzi momotaloq boʻlib ketgan, labining bir cheti yorilib qontalash boʻlib ketgan holda yotardi. Bir ikki yoʻtalib oʻrnidan turdi. Boʻralatib soʻkindi.
- Hali meni kimligimni bilmabsan, umringni qamoqda chiritaman! Meni urdiya! Menga hatto otam ham, onam ham qoʻl koʻtarmagan! Sen kim boʻpsan!
- Oʻpkangni bos! Oʻzing emasmi yoshgina qizga kuchingni koʻrsatgan.
- Ustingdan arz qilaman, qarab tur. Seni masalangni avval hal qilaman, keyin uchib ketaman horijga!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Nega yigʻlayapsan? Qoʻrqitma meni bolam!
- Dadam allakimdan katta qarz olgan ekanlar! Shuni soʻrab kelishdi. Juda katta pul oyi! 50 ming dollar emish! Hujjatlari ham bor ekan! Endi nima qilamiz?!
Oyim hayratdan qotib qoldilar.
- Voy shoʻrim! Shuncha pul-aa?!
- Oyi, nega biz behabarmiz? Hayronman. Hech narsani tushunmayapman.
Oyim ikkalamiz anchagacha oʻzimizga kelolmadik. Keyin barcha qarindoshlarimizga telefon qilib uyga chaqirtirdik. Bir maslahat chiqib qolar deya...
* * *
Hamma yigʻildi. Amakilarim, ammam, buvim va togʻam. Vaziyatni iloji boricha tushuntirishga harakat qildim. Hammamiz hayron edik. Shuncha pul qayerga ketadi?! Lekin baribir u pullar olingan, endi esa toʻlash kerak. Hamma qoʻlidan kelganicha, imkon darajasida pul berdi. Buvim va togʻam 3 ming dollar, amakilarim 5 ming dollar, ammam ham 5 ming dollar berdi. Oyim barcha tillalarini sotib kel deb berdilar, men va singillarim ziraklarimizni qoʻshdik, oʻzimning onamdan qolgan tilla uzuk bor edi, oʻshani ham sotdik. Jamisi boʻlib 20 ming dollar yigʻildi! Qolgan 30 mingni qayerdan topamiz?! Yuragim siqildi. Bir pasda bir hafta ham oʻtdi.
Eshik jiringladi. Oʻsha notanish kishining ovozi keldi.
- Kim bor? Chiqsanglar-chi?!
- Assalomu aleykum.
- Va aleykum... Pul tayyormi?
- Haa... Faqat...
- Nima faqat?!
- 20 ming topoldik, xolos. Qolganini yana biroz muhlat bersangiz toʻlaymiz.
- 20 ming?! Men 50 ming degandimku!
- Aka... Bor bisotimizni sotib shuncha yigʻdik. Tushuning bundan ortiq hozir topib berolmaymiz.
- Hechamda! Pulni topasan! Boʻlmasa...
U yana menga xunuk qaradi.
- Eshitishimcha yana 2 ta singling bor ekan. Onang nogiron emish...
- Xoʻsh... Nima demoqchisiz?
- Xohlasang yaxshi bir taklifim bor. Men va 2-3 ta ogʻaynilarimga hizmat qilasan singillaring bilan birgalikda...
Koʻzimdan oʻt chaqnab ketgandek boʻldi. Juda qattiq jahlim chiqdi. Koʻziga tik qaradim
- Qanaqa hizmat?!
- Iyeee, qanaqa boʻlardi, jonidan! Bizni xursand qilasizlarda! Shunda balki qolgan qarzlaringdan kechib yuborarman, nima deysan?!
U shunaqangi jirkanch koʻrindiki, tariflab berolmayman. Xunush ishshayganicha menga qarab turardi.
- Hoziroq daf boʻl uyimizdan, eshitdingmi? Men va singillarim ikki dunyoda ham, ming qiynalib qolgan taqdirimizda ham bu koʻchadan oʻtmaymiz. Nafas olyapmizmi demak rizqimizni Alloh berib turadi. Qarzga kelsak 3 kundan keyin kelasan. Pulingni tayyorlab qoʻyaman. Olib ketasanda qaytib bu yerda qorangniyam koʻrsatmaysan!
Notanish kishi gaplarimga hayron boʻlib qoldi.
- Mayli-mayli, oʻzing bilasan. Lekin yaxshi taklif bergandim. Oʻylab koʻr yana...
- Oʻylab boʻldim!
- Shuncha pulni qayoqdan topasan 3 kunda?
- Bu yogʻi bilan ishing boʻlmasin!
Eshikni qarsillatib yopib qoʻydim. Unga 3 kunda pul qiberaman dedimuu lekin, qayerdan topaman, boshim qotgan edi. Mayli harom yoʻlga kirmadim-ku, Allohim oʻzi bir yoʻlga boshlar!
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bitta bolaniyam eplab tugʻolmadi, uni ustiga bepushtga aylandi! Menga bunaqa kelin kerakmas! Nodir! Hoziroq javobini ber! Ajrashasan!
Erimga qaradim. U menga xuddi dushmaniga qaragandek oʻqrayib turardi.
     - Javobini berdim, oyi. Ertagayoq ajrimga ariza berib kelaman.
Tamom. Bitdi. Ne ne umidlar bilan qurgan oilam parchalandi. Sevgan insonim mendan yuz oʻgirdi. Shifoxonadan chiqib toʻgʻri ota uyimga bordim. Dadam rahmatli, meni boshimni silab uzoq yigʻladilar.
    - Qizim... Boshinga shuncha ish tushibdi. Nega kelmading, bolam?
    - Qoʻrqdim dadajon... Meni quvib solasiz deb oʻyladim. Axir siz erimga butkul qarshi ediz-ku! Qaysi yuz bilan oldizga kelardim, dada?!
     - Qaysi ota oʻz farzandini quvib soladi, bolam? Ayb oʻzimda ham bor tez-tez holingdan xabar olib turmadim. Ayb menda bolam...
     - Unaqa demang dada... Bu Allohimni menga yozgan qismati. Nolisak shirk keltirgan boʻlamiz. Ham erim koʻchaga chiqarmay qoʻygandi, darvozadan bir hatlab chiqsang oyogʻingni urib sindiraman! Deb qoʻrqitardi...
Ota uyimda 3 yil yashadim. Orada ishga kirdim. Oʻzimni ancha oʻnglab olgandim.
Oyim yoshli koʻzlari bilan menga qaradilar, yuzlari biroz yorishganday boʻldi.
    - Bir kuni ishdan uyga qaytsam oyim boshqacha kutib oldilar meni. Yonlariga oʻtqazib dedilar.
     - Qizim, Munisam... Senga bitta yaxshi joydan sovchilar keldi. Yigit juda yaxshi ekan. Yoshi sendan biroz kattaroq. 13 yosh katta. 3 nafar shirin qizchalari borakan. Ayoli bevaqt vafot etibdi. Shunga nima deysan?
     - Bilmadim oyi... Hayronman. Erkak zotidan koʻnglim qolgan. Ochigʻi turmushga chiqqim yoʻq...
    - Unday dema qizim. Yovuzlik faqat Allohga xos. Ertadan keyin dadang bilan men oʻtib ketsak, axir bizni ham senga bogʻlab bermaganku bolam, farzanding boʻlmasa bir oʻzing qolib ketasan qizim. Ayol kishiga suyanchiq, dardkash kerak. Jon bolam yaxshilab oʻylab koʻr. Besh qoʻl barobar emasku, dunyoda yaxshi erkaklar ham koʻp.
Shu-shu dadangizga turmushga chiqdim. Juda yaxshi, mehribon inson ekanlar. Sizlarni koʻrdim. Onalik baxtini his qildim. Sizlarga bor mehrimni berdim. Bolam yoʻq edi. Uch nafar qizning onasiga aylandim.Allohga shukr dadangiz va sizlar bilan juda shirin, baxtli kunlarim koʻp boʻldi.
    Oyim mendan koʻzlarini uzib shiftga qarab oldilar.
     - Nargiza... Sizlarni yaxshi koʻraman, qizim... Shu kunlarda dadam rahmatli juda koʻp tushlarimga kiryaptilar. Onda sonda dadangizni ham koʻraman. Ikkalalari birga osmonda uchib yurishadi tushlarimda.
Oyimning boʻgʻziga nimadir tiqilgandek 3-4 marta yoʻtalib qoʻydilar.
     - Men ham ketib qolsam kerak, qizim.
Qoʻrqib ketti. Oyimni maxkam quchoqlab oldim.
    - Unaqa gaplarni gapirmang. Bizga hali juda koʻp keraksiz, oyijon.
    - Qizim bir narsani hech qachon yodingdan chiqarma, aldamchi his tuygʻularga berilma. Yetti oʻlchab bir kes. Men qilgan xatoni takrorlama. Oʻzingga yaxshi umr yoʻldosh tanla. Shirin soʻzlariga uchma, iymoniga boq, taqvosiga qara. Solihiga oʻzingni baxshida et.
Ikki yuzim qizarib ketdi. Bunaqa gaplarni endi eshitayotganimgadir balki, uyalib ketdim.
    - Uyalma qizim. Endi yosh bola emassan. Boʻyi yetgan qizsan. Gaplarimni yodingdan chiqarmagin.
    - Xoʻp oyijon...
Oyimning hayoti bir-bir koʻz oldimdan oʻtdi. Bechora... Ketma-ket sinov, ketma-ket azob... Eng qiyin imtihon, Hayot imtihoni deyishganlari haqiqatdan rost gap!

2-QISM TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰22.10.2024.       11:58

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ovozimizni eshitib qoʻni-qoʻshnidan chiqishdi. Uyimizda yigʻi sigʻi avjiga chiqdi. Biz 3 nafar yosh qizlar, nima qilish kerakligini umuman bilmasdik. Oyim esa oʻzlari yarim jon boʻlib yotibdilar. Kimdir ammamga telefon qildi. Kimdir melitsiyaga. Tong payti uyimiz juda gavjum boʻlib ketdi. Melitsiya hodimlar kelib dadamni ancha tekshirdilar. Soʻng oyimning oldilariga kirib ketishdi. Men ham ortlaridan kirdim.
- Fuqoro Usmonova Munisaxon sizmi?
- Ha, men...
- Aytingchi... Eringizga nima boʻldi. Qanday qilib bu holat sodir boʻldi?
Oyim koʻzyoshlarini bazoʻr artdilar.
- Biz qizlarim bilan oʻtirgan edik. Birdan dadasi keldilar, gʻirt mast edilar. Oʻzlarini bilmasdilar. Janjal qilib meni doʻpposlay boshladi keyin qizlarim dadalarini mendan ajratishga urinishdi. Xonasiga olib kirib qoʻyishmoqchi edi. Ularning kuchlari yetmadi. Keyin birdan qattiqroq itarib yubordim men. Qizlarim ham dadalarini menga qattiq jarohat berib qoʻymasin deya bilmay itarib yuborishdi. Eshik ochilib ketdi. Zinaga yiqilib...
Oyim buyogʻini aytolmadilar. Oʻksinib oʻksinib yigʻladilar. Men ham eshik oldida turgancha yigʻlardim.
- Iltimos, qizlarimda ayb yoʻq. Bu baxtsiz hodisa boʻldi.
- Ha... Mayli yigʻlamang opa... Qizlaringiz hali voyaga yetmagan ekan. Sizning ham ahvolingiz yaxshi emas.
- Iltimos qilaman... Jinoiy ish ochmanglar. Qizlar dadalarini nihoyatda yaxshi koʻrishardi. Oxirgi payt ishlari orqaga ketib koʻp ichadigan odat chiqargandilar. Qizlarimda umuman ayb yoʻq iltimos qilaman jinoiy ish ochmanglar...
- Xoʻp opa... Siqilmang. Eringiz oʻzi ichib kelgan. Gandiraklab yiqilib boshi qattiq lat yegan deb yozamiz. Tashvishlanman.
- Rahmat...
* * *
Dadamning barcha marakalari oʻtdi. Ammam hammasiga oʻzlari bosh-qosh boʻldilar. Uyimiz goʻyo zimistonga aylandi. Dadamni sogʻindim. Ularsiz uy huvillab qolarkan.
- Nargiza!
- Labbay, amma... Endi men ketishim kerak asalim. Onangga yaxshi qaranglar. Yordam kerak boʻlsa bemalol qoʻngʻiroq qilgin xoʻpmi? Oʻzim ham tez-tez kelib turaman.
- Rahmat ammajon... Bizni sirayam yolgʻizlatib qoʻymadiz.
Ammam meni bagʻriga bosdilar.
- Albatta hecham yolgʻizlatmayman. Axir sizlar yakka-yu yolgʻiz ukajonimdan qolgan yodgorsizlar.
Ammam ketdilar. Singillarim ham maktabiga bora boshlashdi. Men esa doimgidek oyimning yonlarida qoldim. Endi bu yogʻiga biz uchun qiyinchilik kunlar boshlangan edi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Vaqtlar oʻtdi, bitiruvchi sinf boʻldim. Bir haftadan keyin "Soʻnggi qoʻngʻiroq". Kotta hayotga qadam qoʻyaman. Orzularim judayam koʻp. Jurnalist boʻlmoqchiman. Koʻp maqolalar yozib tumanimiz gazetasiga joʻnatardim. Ularni juda koʻpi bosilib chiqqan. Oyijonim ( Munisa opani yaxshi koʻrib qoldim. Ular haqiqatda mehribon ayol ekanlar. Ertaklardagi yovuz oʻgay onalardaqa emas. Bizga ham doʻst, ham opa, ham ona boʻlishga qattiq harakat qildilar) har bir yozgan maqolamni koʻzlarida yosh bilan oʻqirdilar. "Barakalla! Oʻzimning asal qizim. Bundanam katta yutuqlarga erishgin ilohim" deya duo qiladilar.
     Maktabda imtihonga tayyorgarliklar qilinyapti. Darslardan soʻng xohlovchilar uchun qoʻshimcha mashgʻulotlar bor. Bugun eng sevgan fanim adabiyotdan qoʻshimcha darsga qoldim. Lekin negadur uyga vaxliroq borgim kelar, koʻnglim nimadandir gʻash edi. Va nihoyat mashgʻulot tugab uyga qaytdim. Qiziq... Uyda hech kim yoʻq edi. Baland ovozda oyimni chaqirdim.
     - Oyijon! Oyiiiiii! Qayerdasiz?!
Hech kim javob bermadi. Singillarim ham allaqachon maktabdan kelishi kerak edi.
     - Malika! Laylo! Malikaaaaa!
Yana hech kim javob bermadi. Qoʻshnimiz Saida xola ovozimni eshitdilar shekilli darvozadan yugurib kirdilar.
     - Voy Nargiza qizim keldingmi?!
Uning yuzi juda havotirli koʻrinar edi.
    - Jon bolam uyingdegilar hammasi markaziy shifoxonaga ketishdi!
    - Nima?! Shifoxonaga?! Nima boʻldi oʻzi Xolajon?
    - Oying magazinga chiqib ketgandi. Katta yoʻlni boshiga. Qaytayotganda qandedur bitta alkash urib yuboribdi. Oying bechorani ahvoli juda ogʻir ekan!
Badanimdan muzdek ter chiqib ketdi. Koʻz oldim qorongʻulashdi. Oʻzimni yoʻqotib qoʼydim. "Qanaqasiga axir?" "Boʻlishi mumkinmas!" Yigʻladim. Koʻzim jiqqa yoshga toʻldi. Saida xolaning "hay-hay"lashiga ham qaramasdan yugurib hovlidan chiqib ketdim. Kasalxonaga yetib borgunimcha yuragim taka-puka boʻldi.
      Operatsiya xonasining oldida dadam va singillarim xomush turishardi. Yonlariga bordim. Dadam kelganimni sezmdilar ham! Qattiq qaygʻuga botgandilar. Sal turib eshik ochildi. Oppoq xalat kiygan nozikkina ayol oldimizga keldi. Yuzidan xavotirli koʻrinar, dadamga nima deyishini bilmay ikkilanardi. Dadam tutoqib ketdilar.
    - Doktor! Ayting, ayolim yaxshimi?!
    - Aka... Ayolingiz juda qattiq jarohat olgan oyogʻidan. Suyaklari maydalanib ketibdi, tiklashning iloji yoʻq, son qismidan majaqlangan. Shunga ikkala oyogʻini ham kesib tashlashimiz kerak. Boʻlmasa u yiringlab butun tanasiga oʻtib ketishi mumkin. Bu esa juda xavfli.
Dadam ham biz ham shokka tushib qoldik. Dadamning koʻzlari kotta kotta ochilganicha hech oʻziga kelolmasdi.
     - Bu nima deganingiz?! Nega?! Qaysi gunohi uchun?! Qaysi gunohimiz uchun?!
     - Unaqa demang aka. Allohga shirk keltirmang. Allohning irodasi shu ekanda. Oʻzingizni qoʻlga oling.
Dadam vajohat bilan baqirdi.
     - Men u iflosni sogʻ qoʻymayman. Meni guldek ayolimni shu koʻyga solgan marazni umrini doʻzaxga aylantiraman!!!
Doktor ayol dadamga achinib qaradi.
     - Albatta jazosini oladi. Jazosini qonun beradi.
     - Olmaganiga ham qoʻymayman!
Dadam yigʻladilar. Men dadamning yigʻlaganlarini juda koʻp koʻrganman. Lekin bu safargisi anchayin alamli edi...
                     
1-QISM TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰20.10.2024     1:40

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Boʻshliq

1-QISM

(Hikoya)

Shaharning markazida, eng oldi yangi qurilgan binoning balkonidan atrofni jimgina kuzatyapman. Shahar gavjum. Mashinalarning signal tovushlari, u yoqdan bu yoqqa shoshilib oʻtayotgan kishilarning, bolalar maydonchasida qiyqirishib oʻynab yotgan jajjigina kichkintoylarning shovqini hammayoqni tutib ketgan. Lekin mening qulogʻimga bularning birontasi ham kirmas, hayollarim olis-olislarga uchib ketgan edi.
10 yil... Ozmuncha vaqt emas albatta. Mana hayotimning eng goʻzal kunlariga ham yetib keldim. Bu manzilga yetguncha qancha dovonlardan oʻtdim, qancha qiyinchiliklarga sabr qildim, ne ne yoʻqotishlarni koʻrmadim ba'ri avvalosi Allohimga, keyin oʻzimga ayon. Oʻtmishim yodimga tushdi. Bolalik yillarim, juda kichkinaligimda bir mushukcham boʻlardi. Oppoq, nihoyatda yoqimtoy edi. Uyqudan uygʻonishim bilan uni ahtarardim. Bir kecha... Qop qorongʻu tun... Hamma uyquda. Gʻalati ovozlar eshitildi. Qoʻrqib uygʻonib ketdim. Ovozlar anchagacha kelib turdi. Soʻng hammayoq yana suv quygandek jimib qoldi. Tong otdi. Ertalab chiqib qarasam mening sevimli mushukcham hovlini oʻrtasida qonga belanib yotar edi. Boshi tanasidan uzib tashlangan... Oppoq yunglari qip qizil qon! Dod deb yigʻladim. Meni hech kim na onam, na dadam, na amakilarim ovuta olishmadi. Men hayotimdagi ilk yoʻqotishni oʻshanda koʻrdim. Ilk bor koʻnglim ogʻridi...
Oʻzi tabiatan juda koʻngilchan qizman. Salga yigʻlab yuboraman. Rasm chizishni, tabiat bilan ruhan suhbatlashishni yoqtiraman. Ikkinchi sinf paytim onam vafot etdilar... Men ikkinchi bor ayriliq tamini totdim. Lekin bunisi juda achchiq boʻldi. Men va mening 2 nafar singlim ona mehriga toʻymay yetim boʻlib qoldik. Oʻrtancha singlim 5 yosh, kichkina singlim 2 yarim yosh edi. Onamni tuproqqa qoʻygach dadam bechora uyda bizga qarab qolib ketdilar. Ertalabda hovlilarni tozalardilar, kirlarimizni yuvar, ovqat pishirardi. Kichkina Singlim onamni qumsab koʻp xarxasha qilib yigʻlardi. Dadam uni koʻtarganicha "Ona qizim meni... Asal qizim meni" deb erkalab qoʻshib aytib ovutishga harakat qilardilar. Kunlar shu zaylda oʻtib bordi...
Bir kun uyimizga ammam keldilar. Men maktabdan endigina kelib singillarim bilan hovlida oʻynayotgan edik. Ammam yonimizga keldilar
- Assalomu aleykum, ammajon!
Singillarim bilan ammamni boʻyniga osildik. Ammam hammamizni birma-bir yuzimizdam oʻpib quchoqladilar.
- Nargiza, dadang uydami?
- Ha amma, uyda edilar.
Ammam ichkari uy tomon kirib ketdilar. Biz oʻyinimizni oʻynashda davom etdik. Ichkaridan dadamning asabiy ovozi baralla eshitilib ketdi.
- Qoʻysangizchi opa! Men Nilufarni unutolmayman. Qanday qilib boshqasiga... Yoʻq! Keragi yoʻq!
- Menga qara uka! 3 ta qizing bor ularga ona kerak! Tushunyapsanmi?! Kichkinang Laylo aya ayalab tinme xarshasha qilsa, ishga ham borolmayapsan, bularni kelajagini oʻyla! Ertadan keyin bularingni uzatishing kerak. Ona tarbiyasi kerak qizlaringga!
Ovozlar pasaydi, endi ammam pichirlab nimadirlarni gapirar, dadamdan esa biron sado chiqmasdi. Bir payt ammam chaqirib qoldilar.
- Nargiza!
Yugurib bordim. Dadam bilan ammam haliyam pichiirlashib gaplashishardi.
- Labbay ammajon...
- Singillaring qani?
- Hovlida oʻynab yurishibdi.
- Ha yaxshi. Tez kiyinib chiqinglar. Men bilan ketasizlar. Sizlarni opketgani keldim.
Qarasam Dadam boshlarini egib oʻtiribdilar. Qoʻrqib ketdim. Bizni ammamga bir umrga berib yuboryaptilarmikan deb oʻyladim. Serrayib turaverganimga ammamning jahli chiqib ketdi.
- Nima qilib turibsan?! Bor kiyin dedim! 3-4 kunda qaytarib olib kelib qoʻyaman.
Koʻnglim joyiga tushdi! Demak mehmonga ammamlarnikiga boramiz ekan. Xursand boʻlib xonadan chiqib ketdim. Orqadan ammamning ovozi eshitilib turardi.
- Sen ukam hecham oʻylanmagin, hammasini pishitib qoʻyganman. Uchrashib koʻr. Keyin bir qarorga kelarsan.
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

​​#Ҳикоя

Кексалик ҳаловатини истайсизми?

Ўғил уй қуриш тарадудида юрибди. Ҳар куни ҳисоблайди-чамалайди, янги ҳовлининг қаерига нима қуришни мўлжаллайди, хоналар сонини чамалайди. Ҳар куни кўчага-чиқиб кирганда, ота-онаси яшайдиган хона деразаси олдига бориб улар билан салом-алик қилади. Буни қарангки, ўғил ҳар куни ўша хона олдидан кам деганда беш-олти маротаба ўтса-да, дераза ойналаридан бири сингани, шабадани тўсиш учун ойнасиз ромга ёстиқ тиқиб қўйилганини “кўрмайди”...



Тўй бошлаганидан бери аёлнинг ороми йўқ. Ҳар куни эрига алланималарнинг рўйхатини тутқазади-да, гап орасида “Қиз узатиш осонми?!” деб қўяди. Тилла тақинчоқлару чинни идишларни бир неча маротаба алмаштирди “модадан қолган” эмиш. Парда, мебеллар, келин-куёв сарполарини хориждан олиб келди. Она бир четда мунғайибгина ўтирибди. Тўнғич неварасининг ҳам тўйи кўнглига сиғмаётгани шундоқ юз-кўзидан сезилиб турибди. Набираси ¬ ўғлининг ўғли оғир касалликка чалинган, операцияси учун катта миқдорда пул керак экан. Ўғли боши қотиб унча пулни қаердан топишни ўйлаб эзиляпти. Боласи фарзандининг дардида эзилаётган онанинг кўнглига тўй сиғсинми? “Қизим, шунча пулни бугун урф бўлиб эртага эскирадиган матоҳларга сарфлагунча, укангга бер, ўғлини даволатсин, савобидан ҳам сен, ҳам фарзандларинг баҳраманд бўлади” деган ифодани онасининг кўзидан ўқиёлмаётган аёл эса дабдаба васвасига ғарқ бўлган...



Беш нафар фарзанди бор. Беш болани тарбиялаб, ўқитиб элга қўшдилар. Орзу-ҳавасли тўйлар қилиб уйлантирдилар, узатдилар. Уйлар қуриб, бешик тўйлар қилиб фарзандлари олдидаги қарзларини уздилар. “Болалардан тинчидик, Худога шукур”, деганларида қарашса, етмишни қоралаб қўйишибди. Энди тўй-маъракаларда кекса отахон-онахон дея уларни тўрга ўтирғизиб эъзозлашади. Муборак ҳаж зиёратига бораётганлар маҳалланинг ёши улуғ, пиру бадавлат кексалари дея улардан фотиҳа олишади. Шундай кезларда отанинг ҳам, онанинг ҳам кўнглида “Қанийди, бизга ҳам шундай улуғ ибодатга бориш насиб этса” деган хўрсиниқ аралаш илинж уйғонади. Болалар эса омонат дунё ҳаваслари ва тирикчилик ташвишларининг асирига айланган, ота-онасининг кекса қалбидан кечаётган орзулардан бехабар...

Мулоҳазаларимиз кўзгусидаги қиёфалар аксини танияпсизми, юртдошим? Улар мен, сиз, ҳаммамиз. Баъзан узоқдаги ота-онамизга бирровгина қўнғироқ қилиб қўйишга вақт топмайдиган, “иши кўп”, “бош қашишга вақти йўқ” одамлар...

Эрта бир кун сизу биз ҳам қариймиз. Ота-онамиз ва ён-атрофдаги кексаларга меҳр-мурувват кўрсатиш билан фарзандларимизга ибрат бўлайлик. Бугунги амалларимиз пиру бадавлатлик ва кексалик ҳузур-ҳаловатимизнинг тамал тошларига айлансин.

Умида АЗИЗ

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
✅ Расмий ва манфаатли каналга аъзо бўлинг:
👉
@ZAYDIBNSOBIT01

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир куни тулки бўридан сўради:
— Эй бўри! Менга ҳаётда қандай яшашни ўргатгин, — деган эди, бўри:
— Боргинда, мана бу тепаликдан сакра, — деди.
— Ахир оёғим синади-ку.
— Ташвишланма! Ўзим сени ушлаб оламан, — деди.

Тулки бўри айтганига ишониб сакраган эди, бўри унга ёрдам бермади. Тулки:
— Нимага мени ушлаб олмадинг? — деган эди, шунда бўри:
— Мана шу ҳаёт ҳақидаги биринчи дарс бўлиб, ҳаммага ҳам ишонавермагин, — деб жавоб берди.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

"Кўпчилик одамлар пул одамни ўзгартириб юборади дейишади, лекин аслида ундай эмас..."

Билл Гейтсдан жуда кучли сўзлар!

Читать полностью…
Subscribe to a channel