hikoyalar | Unsorted

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Subscribe to a channel

Hikoyalar (G&M)

🌸🕊️:
So'qmoqlar

3-QISM

   Sud uzoqqa cho'zilmadi. Erining bir masuma ayolga tuzoq qo'yganini va undan hayvoniy nafsini qondirmoqchi bo'lganini bilgan Lobar opa sudga bergan shikoyat arizasini qaytarib oldi. "Nega endi qilig'ilikni meni erim qiladi-yu, jabrini bir beva ayol tortishi kerak. Axir unda ayb yo'q-ku. O'zini sha'nini, nomusini himoya qilmoqchi bo'lgan-da! Men ham uning o'rnida bo'lganimda shunday qilardim-ku. Mayli! Bu Allohimning erimga bergan jazosi. Zinokorga berilgan oliy jazo bu! Men Allohning taqdiridan, adolatidan mingdan ming roziman" - Lobar opa shularni qalbidan o'tqazdi. Joynamoz ustida yig'laganicha Allohdan erining gunohini kechirishini, sog'ayib ketishini so'radi. Ming yomon bo'lsa ham, hiyonatkor bo'lsa ham "Shu bollarimning otasi-ku" deya uning haqqiga kechalari uxlamasdan duo qildi.
   Ayol qalbi juda nozik bo'ladi. Toshdek qotib ketgan bo'lsa ham, ozgina mehr-muhabbat iliqligidan mumdek erib ketishga qodir. Ayol qalbi shunday yaralganki, uni million-million bo'laklarga bo'lib, parchalab tashlashsa ham, Allohning qudrati bilan, o'sha qalbga alohida tortiq qilgan mo'jizasi bilan yana qayta bus-butun holiga tiklana oladi. Xuddi-ki, afsonalarda Qaqnus qushi yonib kulga aylanib, kulidan yana qayta paydo bo'lganidek... Faqat bunga vaqt kerak, Allohga tavakkul, matonat kerak...
   Endi Lobar opa ham to'shakka mixlanib qolgan eriga g'amxo'rlik qilishga majbur! Ha, majbur! Shuncha yil bir yostiqqa bosh qo'ygan umr yo'ldoshini tashlab ketolmaydi. Bunga ko'zi qiymaydi.
   Zahrodan barcha ayblar olib tashlandi. Hech qanday jazo berishmadi. Jarima ham to'lamadi. Lobar opa bu qizda hech qanday shikoyatim ham, talabim ham yo'q dedi. Zahro Suddan chiqib to'g'ri melisaxonaga bordi. Uning maqsadi Shahboz bilan ko'rishib unga o'zining minnatdorchiligini bildirib qo'ymoqchi edi.
   - Kechirasiz...
   - Assalamu alaykum, xizmat opa?
   - Menga Shahboz Islomov kerak edi. Uni qamab qo'yishgan deb eshitgan edim.

- Haa bir necha kun shu yerda bo'ldi. Jinoyat qidiruv bo'limiga yolg'on ko'rsatma bergani uchun jarimaga tortildi.Jarima to'lagach ozod qilindi. Bir haftacha bo'lib qoldi.
   - Mobodo menga shu yigitni manzilini topib berolmaysizmi? U meni himoya qilaman deb shu ko'yga tushdi. Minnatdorchilik bildirmoqchi edim.
   - Mayli topib beraman. Siz, opa o'tirib turing. Men hozir...
Qabulxona navbatchisi Zahroga bir parcha qog'ozni tutqazdi. Unda Shahbozning uy manzili yozilgan edi.
                    *  *  *
Zahro o'zining uyidan unchalik ham uzoq bo'lmagan, nihoyatda obod mahallaga kirdi. Ko'chada bolalar qiy-chuv qilib o'ynashar, har yer-har yerda qo'shni xotinlar bir narsalarni gurunglashish bilan ovora edilar. Zahro ularning oldidan o'tib ketar ekan qo'shni xotinlar bir-birlariga ma'noli qarab olishdi. Mahallasidan o'tayotgan bu notanish, uning ustiga juda ko'zga yaqin, chiroylikkina bir qizning hali u uyni nomeriga, hali bu uyni nomeriga qarab o'tib ketayotgani bu yerning g'iybatchi xotinlariga yaxshigina mavzu bo'ldi. Zahro nihoyat Shahbozning uyini topdi. Uy o'rtacha kattalikda, juda hashamdor ham emas, oddiygina lekin, fayzli ko'rinardi. Zahro eshik qo'ng'irog'ini bosdi. Ichkaridan "Labbay, kim u?" Degan yoshgina qizning ovozi eshitildi.
   - Assalamu alaykum, kechirasiz taniyolmadim. Kim kerak edi sizga?
   - Va alaykum assalom. Shahbozbekning uylari shumi?
Qiz Zahroga boshdan oyoq bir nazar tashlab oldi. "Shu" degandek boshini qimirlatib qo'ydi.
   - Siz kimlari bo'lasiz?
   - Singillariman. Ismim Aziza.
   - Ha, yaxshi. Meniki Zahro. Akangiz uydamilar? Chaqirib berolmaysizmi?
   - Uydalar. Hozir chaqirib chiqaman.
Darvoza eshigi ochilib uy ichkarisidan chamasi 23-24 yoshlar oralig'idagi yosh, chiroylikkina yigitcha chiqib keldi. Zahro hayratdan qotib qoldi! "Voy! Juda yosh ekan-ku! Menimcha odamgarchilik yuzasidan menga yordam bergan. Gul jo'natayotgan odam boshqa bo'lsa kerak"- ichida o'yladi Zahro.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Mark Tven yoshligida bo‘lib o‘tgan voqeani shunday hikoya qiladi: “Yoshligimda juda kambag‘al edik. Men juda nimjon va kuchsiz edim. Ustozimiz tozalikka qattiq e’tibor berar edi. Kim siyohdonidan siyoh to‘kib qo‘ysa, unga ikki jazodan birini qo‘llar edi. Biri urish bo‘lsa, ikkinchisi bir dollar jarima edi. Men siyohdonni juda ehtiyot qilar edim. Chunki otam qo‘li kalta bo‘lgani sababli oshiqcha dollar bera olmaganidek, men ham ustoz kaltagiga dosh bera olmas edim. Lekin men qo‘rqqan narsa sodir bo‘ldi. Siyoh partaga to‘kilib ketdi. Ustoz menga o‘qrayib qaradi. Ertaga meni nima kutib turganini bildirib boshim bilan ustozga ishora qildim. Kechqurun otamga bo‘lgan voqeani aytib berdim. Otamning ko‘ngli yumshab ketdi va ustoz kaltagidan qutilib qolish uchun bir dollar berdi. Ertasiga dollarni berishga ko‘zim qiymay, ustoz kaltagiga bir amallab chidadim. Peshona terim bilan ishlab topgan birinchi dollarimga shu tarzda erishganman”.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

"Kim ekan u?! Bir begona uchun nega bunchalik kuyunyapti? Nahotki, meni deb yosh, begunoh yigit qamalib ketsa. Axir bu kecha men yordam so'rab chaqirgan yigit-ku! Yordam beraman deb boshi baloga qoldi-ya! Lekin bir-birimizga begona bo'lsak, nega bunday qildiykin? Yoki... Yoki... Menga gullar jo'natayotgan o'shamikin? Kecha unga umuman e'tibor bermabman ham, nahotki o'sha bo'lsa?!"
Zahro ikkala kafti bilan yuzini to'sib qattiq yig'lab yubordi.
- Opa, nega yig'layapsiz?
- Nega yig'lamayin, Rayhon?! Endi nima qilaman?! Meni deb bir bechorani boshi baloga qoldi.
Rayhon Zahroning yoniga o'tirdi. Yuzlaridan, sochlaridan siladi. Zahro uning bo'ynidan qattiq quchib oldi.
- Yig'lamang opajon. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Duo qilaylik. Allohimni O'ziga oson.
Zahro Rayhonni quchoqlaganicha uzoq yig'ladi.
- Mayli opa endi men ketishim kerak. Ayam havotir oladilar.
Zahro uni eshikka kuzatib qo'yib, yana qayta joyiga o'tirdi. Bu notanish yigitga nisbatan qalbida mehr uyg'ondi. Qo'llarini duoga ochib pichirlab duo qildi: "Allohim, uni O'zing panohingda asra. Mard yigit ekan. Yosh joni zavolda qolmasin. Tan-u jonini sog' qil. Yana diydor ko'rishishni nasib et..."
* * *
- Shahboz Islomov, shundaymi?
- Xuddi shunday.
- Xo'sh, bir boshidan gapirib beringchi. Voqea o'zi qanday sodir bo'ldi?
- Meni kecha boshim qattiq og'ridi. Shifoxonaga ko'ringani chiqqan edim.
Tergovchi barmog'i bilan stolga 3 martta chertdi.
- Xo'sh, keyinchi?
- Keyin yuqori qavatdan g'alati ovozlarni eshitdim. Ayol kishining baqirgani eshitildi. Yugurib 2-qavatga chiqdim. Bosh vrachning eshigiga stol tirab qo'yilgan ekan. Uni olib tashlab eshikni ochdim.
- Xo'p, keyin...?
- Keyin ichkarida o'sha doktor bir ayolga shilqimlik qilayotgan ekan. Ayolni undan ajratib tashqariga chiqarib yubordim. So'ng jahl ustida avval choynak bilan, keyin shisha grafin bilan urdim. Zudlik bilan shifokor chaqirtirdim.
- Shahboz, sizni bunday hatti harakat qilishga nima majbur qildi? Ya'ni aytmoqchimanki, ayolni chiqarib yuboribsiz, nega o'sha joyda to'xtab qo'ya qolmadiz? Boshiga urishizga aynan nima sabab bo'ldi?
- Bilasizmi o'rtoq tergovchi, biz musulmonmiz, avvalosi, erkakmiz. O'zini erkakman deb yurgan bir shahvatparast hayvon, pokiza bir ayolga tuzoq qo'yib, uni zo'rlamoqchi bo'lgani, ochig'i qonimni qaynatib yubordi.
Shahboz gapdan biroz to'xtab tin oldi-da, so'ng yana davom etdi.
- Men bunaqa qabih kimsani shunday qo'yib qo'yolmasdim. Agar o'sha ayolni o'rnida sizning opangiz, singlingizmi yo qizingiz bo'lsa, nima qilardingiz? Balki qonun oldida aybdordirman, lekin vijdonim oldida zarracha aybim yo'q. Men har bir hamiyatli erkak qilishi kerak bo'lgan ishni qildim.
Tergovchi Shahbozga qarab turar, bamoqlarini stol ustiga bir-bir chertib qo'yar, chamasi shu holatda hayollari allaqayoqlarda daydib yurgandek, miyasidagi to'zg'igan fikrlarini bir joyga yig'ishga urinayotgandek ko'rinar edi.
- O'rtoq tergovchi, meni nima qilasizlar, qamaysizlarmi?
Tergovchi sekin, lekin dona-dona qilib javob berdi.
- Operatsiya natijalariga qaraymiz. Shunga qarab hukm chiqariladi. Lekin ungacha shu yerda qolishizga to'g'ri keladi.
* * *
Zahro kuni bo'yi o'sha sirli yigitni o'yladi. Namoz o'qib haqqiga duo qildi. "Hatto yuzini ham eslolmayapman. O'sha kecha o'z dardim bilan bo'lib, e'tibor berib qaramabman ham..." Eshik qo'ng'irog'i jiringladi. "Abdulloh keldi!" - o'yladi Zahro. Borib eshikni ochdi.
- Siz Zahro Olimovamisiz?
Zahroning yuzi dokadek oqarib ketdi. Sahroda chanqab tamshanib qolgan odamdek, lablarini qimtib bazo'r gapirdi:
- Haa, men...
- Biz Jinoyat qidiruv bo'limidanmiz. Biz bilan ketishizga to'g'ri keladi. Sizni ustizdan jinoyi ish ochilgan.
- Qanday?
- Aziz Nosirov ishi bo'yicha. Sizni so'roq qilishimiz kerak. Qarshilik ko'rsatsangiz o'zingizga zarar bo'ladi.
- Xo'p. Faqat... Hozir o'g'limni maktabdan keladigan payti bo'lib qoldi. Hali kichkina. Qo'shnimizga xabar berib chiqay.
- Mayli, faqat tezroq.
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

So'qmoqlar

2-QISM

Abdullohni maktabga ketganiga ham 2 soatdan oshdi. Zahro hamon joyidan qimir etmay o'tirar, ko'zlari bir nuqtaga tikilganicha o'y o'ylardi: "Mana 4 yildirki o'zimni aravamni o'zim tortib kelaman. Hali u shifoxonada, hali bu shifoxonada sarsonman. Shu vaqtgacha 5 ta joyda ishlabmanu hech narsa orttirolganim yo'q..." Birdan eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Zahro o'rnidan turib eshikni ochdi. Ochdi-yu hayratdanmi yo quvonib ketganidanmi ko'zlari porlab ketti.
- Rayhon?!
- Surpriz!
- Bu yerda yashashimni qayerdan bildiz? Ochig'i, sizni ko'rib juda xursand bo'ldim.
- Assalamu alaykum opajon.
- Va alaykum assalom.
Rayhon ajoyib bir quvlik bilan ko'zini qisdi.
- Mana buni eshigiz tagidan topvoldim. Sizga shekilli...
Uning qo'llarida bejirim savatchaga chiroyli qilib terilgan oq-pushti gullardan iborat buket turar edi.
- Ostonada turmay ichkariga kiring, asalim.
Guldastada oq varoqcha bor edi. Zahro uni olib o'qidi.Yuragi allaqanday tez-tez urib ketdi... "Zahro, sizni yaxshi ko'raman"
- Bugun ayam aytib qoldilar,- gap boshladi Rayhon, - Zahro opangdan bir xabar olib qo'ysang bo'lardi. Kecha tushimga kiribdi, deydilar. Qiynalib qolmadimikin, bilib kel deb jo'natdilar. Sizga ko'pdan ko'p duo-i salomlar yo'lladilar.
- Rahmat, salomat bo'lishsin. Xolam ajoyiblar-da!
- Nima bo'ldi? Ko'zlariz qizarib ketibdi, tinchlikmi?
- Haa, tinchlik go'zalim. Kecha yaxshi uxlamadim, balki shungadir.
- Yig'laganga o'xshaysiz. Ovoziz ham g'alati...
- Qo'yavering meni. O'zizdan gapiring bugun maktab edi shekilligu nega bormadiz?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Men odam o'ldirib qo'ydim. Men qotilman. U meni...
Zahro baqirib yig'lab yubordi. Yigit hammasini tushundi. Doktorni bilagiga qo'lini qo'ydi.
- U hali tirik. Siz qo'rqmang. Men o'zim buni hal qilaman. Yuring tashqariga chiqaylik.
Yigit Zahroni mehribonlik bilan tashqariga olib chiqdi. Zahroni ko'zi dugonasi Nilufarga tushdi. U skameykada bamaylihotir telefon titib o'tirar edi.
- Nilufar! Qayerda eding?! Men senga eshik ortida tur degandimku! Nega yo'q bo'lib qolding?!
- Erim tel qilib qoldi, Zahro. Tashqariga chaqirdi. Bugun safarga ketadi, bilasan shunga men bilan xayrlashgani kelgan ekan. Nima bo'ldi rangingda rang yo'q? Tuzukmisan?
- Bu ertagingni boshqasiga aytasan. Sen meni sotding. Sotqinsan!
Zahro yosh to'la ko'zlarini artdi. Tez-tez yurib kasalxona darvozasi tomon chiqib ketti. Qancha yurdi bilmaydi. Lekin ko'nglida go'yo bir vulqon otildi. Ishonchi sindi. Yuzini yuvgan yoshlari ko'zidan emas, qalbidan, sof beg'ubor yuragidan to'kilayotgandek...
Yo'lini mashina to'sdi. Ichidan boyagi yigit tushdi.
- Hammasini hal qildim. Unga shifokor chaqirdim. Shunchaki xushidan ketibdi. Yuzini bazi joylari kuyibdi. Bir ikki kunda o'ziga kelsa kerak.
Zahro bu notanish yigitga allaqandan iliqliq bilan qaradi. Xasta ovozda "Rahmat" dedi.
- Yuring uyingizgacha olib borib qo'yaman. Vaqt ham allamahal bo'ldi. Qorong'uda bir o'zingiz yurishiz yaxshi emas.
Zahro "O'zim ketaman" deyishiga qaramay, yigit uni mashinaga chiqardi. Zahro orqa o'rindiqda boshini derazaga qo'yganicha yig'lab borardi. Yigit onda-sonda unga qarab qo'yar, lekin bir og'iz ham gapirmasdi.
Ha! Bu o'sha yigit. Zahroni ko'rgan on yaxshi ko'rib qolgan. Oylab uni kuzatgan. Kunda, kunora sovg'a-yu gullar jo'natgan... Zahroni qattiq qizg'onganidan u tungi smenada paytida poyloqchiliq qilgani kelar edi. Zahroga ko'z quloq bo'lish uchun albatta. Bugun ham Zahroni smendaligini bilardi. Shu uchun kasalxonaga undan xabardor bo'lib turish uchun kelgan edi. Lekin hozir Zahro bu yigitning kimligi haqida o'ylaydigan ahvolda emas. Nomusi va dugonasining qilgan ishini o'ylar. O'ylagani sayin tirqirab ko'zlaridan yosh chiqar, dilidagi og'rig'i hech bosilmasdi.
- Mana uyizgayam yetib keldik. Yig'lamang iltimos. Hammasi yaxshilikka. Bu ham bir Allohning sinovida.
- Katta rahmat sizga. Sizdan Alloh rozi bo'lsin.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Iflos! - dedi Zahro. Ich ichidan chuqur xo'rsindi. " Nahotki, odamlar shu darajada tubanlashib ketgan. Men Nilufarni dugonam degandim. Unga ishongandim. Dushmanni ishini qildi. O'z dugonasini sotdi-yaa! Eng yaqinim deganim, aslida qo'ynimda saqlagan ilon ekan. Suvilon!"

KECHAGI KUN

- Abdulloh o'glim! Bugun ishdan kech qaytaman. Yarim smenam bor. Uzog'i 10. 11 larda kelaman. Ungacha qo'shni xolangnikida o'tirib turasan xo'pmi? Men tayinlab qo'ydim. Hali xolangni o'zi chiqib seni olib kirib ketadi.
- Xo'p oyijon. Havotir olmang. Aytganingizni qilaman.
Zahroning ko'zlari quvonchdan porladi. Mana o'g'li ham 8 yosh bo'ldi. Kotta yigit bo'lib qoldi. Onasining himoyachisi, suyanchig'i bo'ladi, Xudo xohlasa.
* * *
- Voy boo! Sirli oshig'imizdan Zahroxonimga yana gullar kelibdi-ku, a?!
Nilufarning sho'x ovozi Zahroni ishidan boshini ko'tarishiga majbur qildi.
- Juda chiroyli gullar ekan, Zahro! Oooh! Buni hidini qara. Kim jo'natyapti, bila oldingmi?
Zahro boshini "Yo'q" ma'nosida chayqadi. Nilufar guldastani tomosha qilayotib, pushtirang qog'ozchaga ko'zi tushdi
- Voy! Zahro, qara xatiyam borakan.
"Hech xat qoldirmasdi-ku" - o'yladi Zahro. Keyin beparvogina qilib:
- Bo'lsa bordir. Men ko'rganim yo'q, dedi.
- Qani o'qiylikchi...
Nilufar 4 buklangan maktubni ochdi. Ovozini chiqarib o'qidi:
- "Zahroxon, sizni ilk bor ko'rgan kunimdan buyon halovatim yo'q" Uhh!
Nilufar shu qadar ajoyib ovozda qah-qah urib kuldiki, Zahro o'zidan o'zi hijolat bo'lib ketti. Ikki yanog'i lovullab yonayotgan cho'g'dek qizardi.
- Pochchamiz rosa romantik ekanmi, Zahro?!
Zahro yuzini o'girdi
- Eeee...
- Ha nima, yoqmaydimi?
- Qo'ysangchi Nilufar. Men senga 18 yasharli qizchamidim yigit kishi "Sevaman" "Oromim yo'q" desa, 7-osmonga uchadigan. 29 yoshdaman. Oila ko'rgan ayolman. Kap-katta o'g'lim bor.
- Mana shunaqa noz qilaversang, toq o'tib ketasan. Qachongacha qiynalib yashamoqchisan? O'zingga yana bir imkon ber. Sen umringni bag'ishlaganlaring seni qadrlashdimi? Yo'q! Boshingga itni kunini solishmadimi?
"Nilufar haq. - o'yladi Zahro, qachongacha yolg'izlikda umrimni o'tqazaman. Qachongacha kechalari yostiqni quchoqab yig'layman. Mening ham baxtli bo'lishga haqqim bor! Bu yigit anchadan beri menga turli sovg'alar, gullar jo'natadi. Goh ishxonaga, goh eshigimni tagiga... Lekin o'zini hech ko'rsatmaydi, kimligini bildirmaydi. Men uni hatto ismini ham bilmayman. U esa men haqimda juda ko'p narsalarni bilarkan. Ochig'i hozir shu tobda uni judayam ko'rgim kelyapti..."
- Nimaga kulyapsan, Zahro?
- Aa?! Qachon kulibman?
- Mana, hozirgina tirjayding-ku. Ayt! Nimani o'ylading?
- Hech narsani o'ylamadim. Qo'y shu gaplarni kel ishimizni qilaylik. Seni qancha bemorlaring qoldi?
- 4 tasiga sistem ulab chiqdim. 8- va 9-palatadegi kasallarga antibyotik qilib chiqishim kerak soat 10 larda.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ТУЙҒУ

   Шайх Али Тантовий раҳимаҳуллоҳ айтадилар:
"Қизимни озроқ ловия ва гуручни бир мис патнисга солиб устига бақлажон, бодринг ва бир-иккита ўрик ташлаб чиқиб кетаётганини кўрдим. Ундан:
- Кимга элтаяпсан?- деб сўрадим.
У:
- Қоровулга, бувим айтдилар, деди.
Мен:
- Буёққа кел, дедим. Қизим келди. Унга:
- Бир-иккита ликопча олиб кел. Ҳар бир таомни алоҳида ликобчага сол. Патнисни тартибга сол. Бир қадаҳда сув, қошиқ ва санчқи қўй, дедим.
  У айтганимдай қилиб патнисни қоровулга бериб келди. Қайтишда менинг олдимга келиб сўради:
- Нега менга ундай қилишни буюрдингиз?
Мен дедим:
- Чунки таом бериш мол билан садақа қилишдир. Тартиб эса эҳтиром туйғуси билан садақа қилишдир. Биринчиси қоринни тўлдирса, иккинчиси қалбни тўлдиради.
  Биринчисидан қоровул ўзини биздан ортган таомга муҳтож тиланчидай ҳис қилади. Иккинчисидан эса ўзини яқин дўст, азиз меҳмонимиздек ҳис қилади. Шу иккинчиси Аллоҳнинг наздида ҳам, фақирнинг наздида ҳам буюкроғидир.
  Шунинг учун яхшилигингизни олийжаноблик ва муҳаббатга ўранг, сарфлаш ва хорлашга эмас.

Абдулқодир Полвонов

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

(Бўлган воқеа)

Уларнинг ҳар иккиси ҳам бадавлат , обрўли, мансабдор оилада улғайди. Узоқроқ қариндош ҳам эдилар. Оталари маъқул кўриб унаштирилдилар. Йигит биринчи учрашувдаёқ бу гўзал қизнинг сал эркароқ эканлигини сезган бўлсада, отасининг юзидан ўтолмади. Қиз эса оғир-вазмин , қарашлари ақлли йигитнинг секин оҳангда гапиришига маҳлиё бўлиб қолди.
Турмуш қурдилар. Фарзандли бўлдилар. Гўзал, манман, мақтанчоқ келинга омад кулиб бир йилдаёқ алоҳида бўлиб чиқдилар. Турмуш ўртоғи ота-онасига қаттиқ муҳаббатли эканлигини, уларнинг олдига тез-тез бориб келаётганини кўрган келинчак , негадир эрини қайнона -қайнотасидан ҳам қизғона бошлади. Ўзи табиатан худбинроқ бўлгани учун яқинларини у қадар соғинмас эди. Бир куни қовурма чучвара егиси келиб, пиширди. Қизариб пишган чучвараларни тоғорага солаётганда эри ҳам кириб келди.

– Шундан бир ҳовучгина беринг, ойимга олиб борай? - ялинчоқ оҳангда сўради йигит.
– Бунча ойимлайверасиз? Онангиз рўзғоримиз бўлак бўлганида иккита пиёла бердими? Ҳаммасини менинг онам қилиб берди, қўлимдаги човлигача!.. Унинг чакаги ўчай демасди...
Бахтиёр индамади.
Дилдор «бопладим», деб ўйлади ўзича... Бир пайт қараса эри кийиниб, қўлига ишга борадиган портфелини кўтариб олибди.
– Уй сиз ва қизимга. Мен онамни ҳақорат қиладиган аёл билан яшолмайман. У эшикни одатдагидек секин ёпиб чиқиб кетди... Кетди...

Аввалига Дилдор унга овозини ҳам кўтариб гапирмаган эрини негадир ялиниб келади деб ўйлади. Ёзувчи отаси унга доим “Тинч оққан дарёнинг туби ғалвали бўлади”, дер эди. “Рост экан, Бахтиёр акам жим юрганлари билан юрак-юракдан норози бўлган эканлар-да,» - деб ўйлай бошлади у.

Катталар аралашди, лекин уларни ҳеч ким яраштира олмади.
– Эринг уйланибди, фалон лавозимга кўтарилибди, - деди аммаси. Дилдорнинг кўзидан
дувиллаб ёш оқди... Унга собиқ турмуш ўртоғининг мансаби ҳам, лавозими ҳам қизиқ эмас эди... Унга доим нигоҳларида муҳаббат ҳадя этиб турувчи Бахтиёрнинг ўзи керак эди...

У келин бўлиб тушган оиласига меҳр қўйиши, барчани бирдек яхши кўриши лозимлигини жуда кеч тушунди, холос...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

​Сарф

Турмушга чиққанида йигирма бир ёшда эди.  Турмуш ўртоғи дангаса бўлиб кўринди кўзига. Кетма-кет туғилган болалари энди атак-чечак қилиб юришни бошлаши билан боғчага бериб юборди. Бир ёшида, бир ёшу икки ойлигида.. Кўзини чирт юмди. Энди иккитагина тиши чиққан боласини чириллатиб тарбиячи опага ташларкан ўзи ҳам ишга боргунча йиғлаб борди.
Жон-жаҳди билан ишлади.
—Сен зўрсан!-деди эри тайёр мардикор топилганига хурсанд бўлиб.

Аёл югурди, елди, ҳамиша икки сменда ишлади. Тўртта ўғилни оёққа қўйди. Уйни ҳам эплади, кўчани ҳам. Ҳамма таътилда тоғма тоғ, дачама дача, санаторий, курорт қилиб юрса, у болаларини ёнига олиб ғишт қуйди...
Йиллар тез ўтиб кетди. Ўғиллар йигит бўлди, ёнига кирди. Ҳамма орзуларига эришди.

Атрофдагилар шунча ишни аёлнинг ёлғиз ўзи бажарганини сезмади ҳам. У ҳаммага турмуш ўртоғини меҳнаткаш қилиб кўрсата олди. Ҳаммманинг унга ҳаваси келди, , аммо...
Аёл дугоналаридан, тенгқурларидан  эрта қариди, авваллари икки одам учун ишлаган одам энди яримта одамнинг ишини бажаргани мадори қолмади... Ёши улғайганда билдики, аёл киши кучини ҳам сарфлашни билиши керак экан. Ер юзида ҳамма нарса йўқлик қаърига чўмгани каби куч ҳам тугаб қоларкан.
У эса куч-қувватини эрта тугатиб қўйганди...

Феруза Салходжаева

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

* * *
Zarifaning oy kuni yaqinlashib qoldi. Kundan kunga ahvoli ogʻirlashar, kechalari uxlamay chiqardi. Murod Zarifani koʻz qorachigʻidek avaylab unga deyarli ogʻir ishlarni qildirmadi. Ishdan keliboq ayolidan xabar olar, uyda biror ogʻirroq ish boʻlsa oʻzi bajarar edi. Haqiqiy sevgi mana shu boʻlsa kerak! Er-xotin bir-birlariga mehribon, ogʻir kunda ham, quvonchli kunda ham doim birga, barcha muammolarni hamjihatlikda yechishyapti, kelajak rejalarini tuzishiyapti. Chaqaloqqa deb oʻyinchoqlar, har xil koʻzni quvnatadigan kiyimlar olib qoʻyishdi.
- Agar qiz boʻlsa ismini Zilola qoʻyamiz, agar oʻgʻil boʻlsa Muhammad!
Zarifa uyalib yerga qaradi.
- Chiroyli ismlar tanlabsiz.
Murodning koʻngli yorishdi. Ayoli juda oqila. Oilasi bekamikoʻst. Faqat ayoli endi 18 ga kirdi. Hali yosh. Juda qiynalyapti... Mayli yaxshilikka boʻlsin.
* * *
Mana Murod Zarifani tugʻruqxonaga olib kelganiga ham 6 soatdan oshdi. Hali ham hech qanday xabar yoʻq. Koʻp qon yoʻqotdi. Ishqilib eson omon bagʻriga bosib olsinda! Shifoxonada odam nihoyatda koʻp. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning "ingaa-ingaaa!"si har tarafdan eshitilib turibdi. Murodni hayajon bosdi "Mana hozir mening ham bolamni ovozi eshitiladi!". Yana 2 soat vaqt oʻtdi. Murod oʻtirolmay qoldi. Zal boʻylab u yoqdan bu yoqqa asabiy borib-kelib yurdi. Birdan operatsiya xonasi eshigi ochilib ichidan vrach ayol chiqdi. Murod yugurib vrachning oldiga bordi.
- Doktor, ayolim, bolam yaxshimi?
Doktor lablarini tishladi... Nima deyarini bilmay uzoq jim boʻlib qoldi
- Gapirsangizchi?!
- Ukam... Bardam boʻling. Allohni irodasi ekan. Biz qoʻlimizdan kelganini qildik. Bola orqasi bilan kelib qoldi. Ayoliz ham juda koʻp qon yoʻqotdi. Ikkalasini ham saqlab qololmadik. Operatsiya vaqti halok boʻlishdi...
Murod turgan joyida oʻkrab yigʻlab yubordi.Oyoq-qoʻlidan mador ketdi. Boshini changallagan koʻyi tinimsiz yigʻlardi.
- Yo, Alloh! Allohim! Nega?! Nega axir?!
Doktor Murodning yelkasini silab qoʻydi. Uning koʻzlaridan ham yosh sizib chiqqan, ham ayolini, ham bolasini yoʻqotgan bu baxti qaro yigitga achinib qarardi.
- Ukam... Kuchli boʻling. Allohni irodasi ekan. Qoʻlimizdan nima kelardi. Hali yosh ekansiz...
- Yoʻq! yoʻq! Menga Zarifamdan boshqasi kerakmas!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bilaman.
Guli mayin tabassum qilganicha dugonasiga qaradi...
* * *
"Qalbim chechagi! Sevgilim, yagonam Zarifa! Sizni anchadan buyon yoqtiraman.Allohim ko'nglimga sizning ishqingizni soldi. Bu albatta behikmat emas. Men sizni shunchaki sevgilim emas, balki bir umrlik yo'ldoshim bo'lishingizni Allohimdan so'rab erta-yu kech duo qilaman. Sizni juda sog'inyapman. insha'Allah armiyadan qaytay uydagilarimni uyingizga jo'natanan. Ungacha o'zingizni ehtiyot qiling xo'pmi? Sizni jondan yaxshi ko'radigan Murod"
Zarifa pochtadan kelgan bu maktubni qayta-qayta o'qidi. Ko'zlaridan quvonch yoshlari oqardi. Qalbi esa yangi tuxumdan chiqqan musicha bolasidek muttasil tipirchilaydi. Mana Murodni armiyadagi hizmati ham yakunlab qoldi. Endi kelsa... Buyog'i Xudo xohlasa to'y!
* * *
- Hoooy Zarifa! Qayoqdasan qizim?
Manzura opaning tag'in mazasi qochdi. Chap biqinini changallagancha inqillab qizini chaqirardi.
- Zarifaaaaa! Qayerdasan?!
Zarifa xonasidan o'qdek otilib chiqdi.
- Nima qildi ayajon?!
Zarifa qo'rqib ketdi. Rangida rang qolmadi. Onasini opichlagancha uyga olib kirdi. Manzura opa hanuzgacha inqillab nafas olar, og'riqdan ko'zlari yoshlangan, peshonasidan ter oqardi.
- Ayajon, meni qo'rqitmang...
Zarifa onasining yuzlarini, peshonasini sochiq bilan artib qo'ydi. Bir piyola muzdek suv ichirdi. Manzura opa biroz o'ziga kelgandek bo'ldi. Qiziga mayin nigoh tashladi.
- Jonim bolam, seni ham qo'rqitvordima... Alloh umringni ziyoda qilsin.
- Nima bo'ldi yana, aya? Biqiningiz og'riyaptimi? Balki doktorga olib borarman yo shu yerga chaqiraylikmi?
- Yo'q-yo'q bolam, shart emas. O'tib ketdi...
Manzura opa chuqur-chuqur nafas oldi. U o'zining kasalini juda yaxshi biladi. Davolanishi kerak aslida, lekin... Yo'qchilik qursin! 4 ta bolani bir o'zi katta qildi, yemay yedirdi, kiymay kiydirdi. Mana endi rohatini ko'raydigan paytlari kelyapti. Katta farzandi shu - Zarifa, qolganlari 3 o'g'il. Ular hali kichkina, maktabda o'qishadi. Shukr. Bolalarini shu yoshigacha gard yuqtirmay kotta qildi. Albatta bunda ukalarining hissasi ham katta bo'ldi. Ukalari "Jiyanlarim otasiz qoldi. Lekin ularni tog'dek tog'alari bor. Hech kimga kam qildirib qo'ymaymiz! Opajon siz tashvishlanmang"deyishdi. Bu gapdan Manzura opaning ko'ngli shu qadar ko'tarildiki, tariflashga til ojiz qoladi. Bir mushtipar, beva ayolning qalbini, faqatgina o'ziga o'xshagan qalbli ayol tushuna oladi. Endi esa bu dard. Endi ukalaridan hadeb yordam so'rashga yuzi chidamaydi. Axir ularning ham xotini, bola-chaqasi bor. Baraka topishsin Manzura opani shuncha qo'llashdi. Endi bas... Endi bu yog'iga o'zi harakat qilishi kerak. Hech kimga ortiqcha og'irligi tushishini xohlamaydi.
- Ayajon...
Zarifaning ovozi Manzura opaning hayollarini har tarafga to'zg'itib tashladi. "Nima gap?"degandek qiziga qarab qoldi.
Zarifa uyalar, yerga qaragancha anchagacha gapirolmadi.
- Nima bo'ldi, qizim? Gapirsangchi...
- Ayajon... Halegi... Bugun uyga mehmonlar kelishmoqchi edi...
Manzura opa ajablandi. Ukalari yaqindagina kelib ketishobdi-ku, tag'in qanaqa mehmon kelarkin.
- Qanaqa mehmonlar?
Zarifa haligacha yerdan ko'zini uzmas. Onasiga qanday qilib uni so'rab Murodning uyidagilari kelishini aytishni bilmas edi.
- Mehmondaqa mehmonda aya! Kelishsa bilarsiz...
Zarifa turib xonasiga yugurib kirib ketdi. Qizining bu qiziq holadi Manzura opani g'alati qilib o'ylantirib qo'ydi. Zarifa endigina maktabni tamomladi, 17 yosh. Hali yosh-ku! Hali o'qishi kerak, hayotda o'z o'rnini topishi kerak. Nahotki sovchilar kelsa?! Manzura opa anchagacha o'tirgan joyida o'tirib qoldi. Bir-ikki qo'shnilari, uzoqroq qarindoshlari Manzura opaga " Manzuraxon qizingiz ko'z tegmasiz bir chiroyli bo'ptiyaa! Ko'rgan odamning ko'zi quvnaydi. Shiringina, qo'l-oyog'i chaqqon. Qachon to'y qilmoqchisiz endi?"deb aytishganida, Manzura opa "Hali qizim yosh. Hech bo'lmasa 20 ga kirsin. Keyin o'ylab ko'ramiz" degandi. Endi o'z qizi uyga sovchilar keladi deb turibdi. Bu nima degani? Berib yuboravering, o'zimni tanishimdan kelyapti demoqchimi bu?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ҲАЁТИЙ САБОҚ...

Мен Низомий номли Тошкент давлат педагогика институтида ўқиб юрган кезларим. Тахминан 1995 йиллар. Тарих фанлари доктори, профессор Абдуғофир Набиев деган домла бўлардилар. Мен уларнинг кафедраларига бориб, суҳбатларини тинглашни яхши кўрардим.

Навбатдаги сафар борганимда ёдимдан кўтарилмайдиган бир воқеа содир бўлди. Домла менга даб-дурустдан: “Беҳзоджон, бугун бир ҳаётий сабоқни ўз кўзингиз билан кўришни истайсизми?”, - деб сўраб қолдилар. Мен албатта рози бўлдим.

Биз домла билан ректорат томонга йўл олдик. Устоз қўлларида янги китоб ҳолида нашрдан чиқаришга тайёр ҳолда турган қўлёзмаларни ушлаб олганлар. Менимча ноширлик ишлари бўйича проректорнинг олдига киришдан аввал домла “Мана мени айтди дерсиз, барибир “ЙЎҚ” деган жавоб бўлади” деб огоҳлантириб қўйдилар. Проректорнинг олдига кирдик. Салом-аликдан сўнг домла китоб қўлёзмасини проректорнинг столига қўйдилар-да: “Шуни китоб қилиб чиқариб беришга ёрдам берсангиз”, - дея илтимос қилдилар. Шунда проректор шунақанги чиройли баҳоналарни рўкач қилиб ташлади ва энг сўнггида ундан ҳам чиройлироқ қилиб рад жавобини берди. Хуллас, домла ўз китобларини ўзлари чоп этадиган бўлдилар...

Проректорнинг олдидан чиққанимиздан сўнг Абдуғофир Набиев домла менга қараб:
“Нега унинг олдига кирдим, биласизми?” – деб сўрадилар.
“Китобни чоп этишга ёрдам беришлари учун”, - дея жавоб бердим.
Шунда домла елкамга қоқиб қўйдилар.

“Бугун бир ҳаётий сабоқни ўз кўзингиз билан кўрдингиз. Ҳаётда ҳар-хил одамлар бўлади. Ўтган йили бир китоб чиқаргандим. Шунда бу проректор ҳамманинг олдида “Домла, нега овора бўлиб бошқа нашриётларга пул тўлаб, китоб чиқариб юрибсиз? Менга бир оғиз айтсангиз, институтдан пул ўтказиб бериб, текинга чиқартириб берардим”, - деди. Мен унинг характерини яхши биламанку, бировга яхшилик қиладиган инсон эмас. Ишинг битганидан кейин “Менга айтмайсизми, ўзим битказиб берардим”, - деб ҳамманинг олдида ўзини ҳотамтойдек кўрсатади. Шунинг учун бу сафар ҳам ўтган йилгидагидек бўлмаслиги учун аввало унинг олдидан ўтдим. Рад жавобини олдим. Энди китобни чиқарсам ҳам менга индай олмайди. Ваҳоланки, китобим кейинги ҳафта босмадан чиқаяпти, пулини ҳам тўлаб бўлганман...

Домланинг бу ҳаётий сабоқлари бир умр ёдимдан чиқмайди...

БЕҲЗОД ҲОЖИМАТОВ.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ҳақиқий умр...

Ривоят қилинишича, бир сайёх жуда кўп юртларга борган экан. Бир шаҳарга борар, у ердаги диққатга сазовор жойларни кўрар, сўнг бошқасига бориб айланарди. Бир куни сафари давомида олис қишлоққа борибди ва умрида кўрмаган нарсага гувоҳ бўлибди.
  Қишлоқ аҳолиси кабрдаги лавҳаларга ўлган одамнинг исми ва умрини ёзиб қўйишган экан. Лекин сайëҳни даҳшатга солган нарса шу эдики, қабрлар катта, ўлганлар ёши эса жуда қисқа вақтни кўрсатар эди. У кабристонга фақат гўдаклар кўмилган, деган ўйга борибди.
  Биринчи қабрдаги ёзувни ўқибди, унда шундай ёзилган экан:
– Бу Суод исмли одамнинг кабри, у 1 йилу 3 кун яшаган.
  Иккинчи қабрдаги ёзувни кўриб ҳайратдан ёқа ушлабди:
– Ушбу кабрда Жасур исмли одам ётибди, у 2 йилу 1 ҳафта яшаган.
  Бир кабрдан бошкаси томон борган сари ажабланиши ортаверибди. Қабристон қоровулига:
– Мен шунча йил дунё кездим ва ҳеч ҳам бундай ғалати ҳолатга гувоҳ бўлмадим, – дебди.
  Кабристон коровули табассум қилиб:
– Меҳмон, ҳойнаҳой, сиз кабрдаги инсонлар умри жуда ҳам қисқа эканидан ҳайратланаётгандирсиз? – дебди сайёҳга.
– Ха, -деб жавоб берибди сайёх хаёл сурганча.
– Биз фақат ҳаётимизнинг бахтли кунларини, ўзгаларга ёрдам бериш, яхшилик килиш билан ўтган қисмини ҳисоблаймиз, холос. Масалан, Суод деган инсон 50 йил умр кўрган, лекин фақат 1 йилу 3 кунини фароғатда, ўзгаларга ёрдам беришда ўтказган. Қолганини чиқариб ташлаганмиз, – дебди.
– Шунда сайёҳ қабристон қоровулига ғамгин оҳангда шундай дебди:
– Агар мен сизларнинг қишлоғингизда ўлиб қолсам қабримга:
– Бу одам сайёҳлик қилиб умрини ўтказган ва онасининг қорнидан тушиши билан ўлган, – деб ёзиб қўйинглар, – дебди.

 

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ким тарқатса, барака топсин!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

SUV trendchilari uchun do’stim Mansurbekdan tuhfa!

Xulosa o’zingizdan.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ko'r.

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Zahroni kichkinagina xonaga olib kirishdi. Undagi qo'rquv oyoqlaridan madorini olib ularni uvushtirar, qo'llari titrar edi. Asabiylikdan tez-tez ikkala kaftini bir-biriga ishqalar, ahyon-ahyonda atrofga alanglab qarab qo'yar edi.
   - Xo'sh, Zahroxon gapiring.
   - Nimani?
   - Nimani bo'lardi, voqea o'zi qanday bo'lganini-da! Shahboz Islomov barcha aybni o'z bo'yniga olyapti. Siz bunga nima deysiz? Aziz Nosirovni haqiqatdan ham Shahboz Islomov urdimi?
"Demak ismi Shahboz ekan-da" - o'yladi Zahro. Zahro hozir ikki olov ichida yonayotgandek edi.Bir tomonda vijdoni, ikkinchi tomonda o'g'lini o'ylardi. "Men qamalsam o'g'lim qayerda qoladi. Bu yigit tayyor aybni bo'yniga olib turibdi. Men qilmadim desammikin?" Lekin uni o'rniga boshqasi qamalib ketsa, bir umrlik vijdon azobini totishiga to'g'ri kelar edi.
   - Javob bering, yaxshisi hammasini bir boshidan gapirib berganingiz ma'qul.
Yo'q!!! Zahro xudbinlik qilolmaydi! O'zini shirin jonini o'ylab bir begunoh yigitni o'tga otolmaydi. Bu uning qo'lidan kelmaydi! "Agar qamalib ketsam, o'g'limni Rayhonga beraman. Men chiqqunimcha unga g'amxo'rlik qiladi o'z ukasidek ko'rib..."
   - Aslida glavrach Aziz Nosirovni men urdim.
Zahro bo'lgan voqeani dugonasi Nilufarni qo'ygan tuzog'ini-yu, o'sha yigit - Shahbozni derazadan baqirib chaqirganigacha hamma-hammasini oqizmay-tomizmay tergovchiga so'zlab berdi. Tergovchi uzoq o'yladi. Xonaning u boshidan bu boshiga yurib kela boshladi.
   - Men o'z nomusimni himoya qilmoqchi bo'ldim. Qattiq qo'rquvda edim.
Zahro tergovchiga yosh to'la ko'zlari bilan javdirab qaradi.
   - Aziz Nosirovning ahvoli og'irmi?
   - Ha. Operatsiya yaxshi o'tibdi-yu lekin hamon o'ziga kelgani yo'q. Shifokorlar bir umrga shol bo'lib qolishi mumkin, deyishdi.
   - Shol?! Yani qo'l-oyog'i ishlamaydimi?
   - Xuddi shunday.
Zahro yuzini to'sib xo'ngrab yig'lab yubordi.
   - Endi nima bo'ladi?!
   - Havotir olmang. Yaxshi advakat yollaysiz. Siz bu ishni qasddan qilmagansizku. Uning o'zi ham yetarlicha aybdor. Sizga tuzoq qo'yib nomusingizni bulg'amoqchi bo'lgan. Sudlashishdan boshqa choringiz yo'q.
Tergovchi Zahroga achinib qaradi. Ro'molcha olib Zahroga tutqazdi.
   - Yig'lamang, oling ko'z yoshingizni artib oling. Ishonamanki, unaqa katta jazo berishmaydi. Yosh bolangiz borligi va yolg'iz ayol ekanligingiz, albatta, inobatga olinadi. Moddiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
   - Moddiy javobgarlik?!
   - Ha, davlatga jarima to'laysiz.
   - Qancha?
   - Bilmadim, buni sud hal qiladi.
Zahroning ko'zlari tinib ketti. O'zi bir burda nonga amallab pul topsa, boshini silaydigan onasi o'lib ketgan bo'lsa, dadasi 2-oilasi bilan, qarindosh-urug'lardan hech qanday najot yo'q. Shuncha pulni qanday to'lar ekan. Zahro shularni o'ylar, ko'rlaridagi yoshlar muttasil quyulib kelaverar edi.
    - Siz hozir uyingizga ketishingiz mumkin. Yosh bolangiz bor ekan. Unga qarang. Lekin 24 soat kuzatuvda bo'lasiz. Suddan chaqiruv xati borgach, kelaverasiz.
   - Xo'p rahmat.
Zahro melitsiyadan uyiga qaytarkan, yuragi qattiq sanchib og'ridi.


2-QISM TUGADI

✍Usmonaliyeva Munira

29.02.2024

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Spravkam bor. Gripp edim.Dushanbadan boraman.
- Haa, o'zizni ehtiyot qilingda bekor sovuqda ko'chaga chiqibsiz.
- Ancha yaxshiman bugun. Birinchi shifoxonaga borgan edim, ishga kelmadi deyishdi. Keyinmanzilizni o'sha yerdagilardan oldim. To'g'ri kelaverdim. Nega ishga bormadiz opa?
Zahro biroz o'ylanib turdida so'ng javob berdi:
- Men u yerda ortiq ishlolmasam kerak endi. Boshqa ish topaman.
Rayhon Zahroga biroz tikilib turgach keyin sekin gap boshladi.
- Shifoxonada duv-duv gap...
Zahri "yalt" etib Rayhonga qaradi. Uning birgina shu nigohida ham qo'rquv, ham hayajon, ham tariflab bo'lmaydigan qandaydur bir his jamlangandek edi.
- Glavrachni urib ranimatsiya bop qilib qo'yibsizku. Boshi qattiq jarohatlanibdi.Bugun tush paytiga operatsiya qilishadikan.
"Operatsiya! Ey Allohim! Endi nima qildim?! Xudo ko'rsatmasin o'lib qolsa, qamalib ketamanku?!" Zahroni asabiylik va qo'rquv egallab oldi.
- Nega urgan ediz?
- Aaa?
- Glavrachni nega urdiz, deyman? Opa hayoliz qayerda?
Zahroning tili gapga hech aylanmas, go'yo gapirishni unutib qo'ygandek. Lablari titrab bazo'r javob berdi:
- U meni... Meni... Halegi, teginmoqchi bo'lgan edi...
Rayhon ham xuddi shu narsani tahmin qilgan bo'lsa kerak Zahroning javobidan uncha hayratlanmadi.
- O'sha doktorni yaqinlari sizni sudga berishmoqchi bo'lishibdikan bir yigit sizni himoya qilibdi. Hamma aybni o'z bo'yniga olibdi.
- Qanaqa yigit? Hayron bo'lib so'radi Zahro.
- Bilmasam, yosh kelishgangina yigit deyishdi. Uni hech kim tanimas ekan."Bu vrach Zahroxonga shilqimlik qilayotganida men ko'rib qoldim. Qizni tashqariga chiqarib jahl ustida uni urdim. Zahroxonda hech qanday ayb yo'q. Hammasini men qildim" debdi.
Zahroning ko'zlari hayrardan katta-katta ochilib ketdi. Eshitganlariga qulog'i ishonmas. Hammasi ro'yodek tuyular edi.
- Keyin-chi, keyin nima bo'ldi?
- Keyin jinoyat qidiruv bo'limidagilar tergov qilgani olib ketishibdi.
Zahroning ranggi quv o'chib ketti.Anglab bo'lmas darajada o'zligini yo'qotdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Zahro 3-qavatdagi o'sha jimittekkina kvartirasiga kirarkan boshi gir-gir aylanar, muttasil ko'ngli aynirdi. Xonasiga arang kirib o'zini devanga otdi.Yostiq Zahroning ko'z yoshlaridan jiqqa ho'l bo'ldi. "Bugungi voqea qani endi tush bo'lsa. Ishqilib o'lib qolmadimikin? Agar o'lsa... Men qamalamanku! O'g'lim nima bo'ladi? Yo'q-yo'q o'lmagandir. Boyagi yigit ahvolini yaxshi dediku. Endi ishga bormayman. Ertadan boshqa ish topmasam bo'lmaydi. Yo bu yerlardan bosh olib ketsammikin? Lekin qayerga boraman? Dadamnikigami?! Anavi chayonni turtkilashlariyu, qovoq-tumshug'ini ko'rishgami? Yo'q! Endi ota uyim menga begona. Ortiq u yerga sig'mayman" Zahroning ko'zlari yoshdan to'xtamas, qandaydir butun tanasi zirqirab og'rirdi.
Birdan eshikning ochilgani eshitildi. Keyin qadam tovushlar... 
    - Men chiqdim, oyiii
Abdullohning ovozini eshitib hotirjam bo'ldi. Iloji boricha yig'laganini bildirmaslik uchun tetik ovozda gapirdi:
    - Yaxshi o'g'lim. Endi yotib uxlay qol. Ertaga vaqtli turishimiz kerak.


1-QISM TUGADI

✍Usmonaliyeva Munira.
      26.02.2024.

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Anavi glavrachimiz Aziz Nosirov emasmi?
- Iyaa, shom payti ketgandi-ku, nega qaytib keldikan?
- Haa, biror narsanini unutgandir. Yo chala qolgan ishi bordir. Mayli, parvo qilma Zahro.
Bashang kiyingan yoshi 40 larga borib qolgan Aziz Nosirov qizlarga "Hormanglar endi?" Deb o'tib ketdiyuu ozgina yurib ortiga qaytdi.
- Nilufarxon, sizga beradigan topshiriqlarim boridi. Men bilan yuring, iltimos.
Nilufar uning ortidan bordi va ko'p o'tmay qaytib keldi.
- Haa nega chaqiribdi, Nilu? Tinchlikmikan?
- Ha tinchlik. Menga bir ikkita hujjatlarni berdi. Qog'ozbozlik... Ha aytgancha, dugonayizga ayting yarim soatdan keyin xonamga kirsin, dedi.
Zahroning ko'zlari hayratdan katta ochildi. Dugonasiga savol nazari bilan qaradi:
- Nega endi?
- Bilmasam. Sen yangisanku, sinov muddatidasan hali. Menimcha alohida topshirib bermoqchi senga.
Zahroning ko'ngli g'ashlandi. "Ha menda ham gapi bor ekan. Nega Nilufar bilan birga chaqirmadi? Ikkalamizni alohida-alohida chaqiryapti?" Oradan yarim soat o'tdi.
- Zahro kirasanmi doktorni oldilariga. Tag'in jahli chiqmasin deymanda.
- Nimagadur ko'nglim g'ash, Nilu. Kel birga kiraylik.
- Senda alohida gapi bordirda o'zingni chaqirdi-ku, men ham kirib olsam qanday bo'ladi?
- Unda men bilan borasan. Eshikni orqasida turib turasan, xo'p? Qandedur ichimda qo'rquv bor.
- Xo'p eshikni orqasida poylab turaman, havotir olma, go'zalim.
Birgalashib yuqori qavatga glavrach Aziz Nosirovning xonasiga borishdi.
- Mayli kirib chiqaver. Men shu yerda bo'laman.
Zahro eshikni asta taqillatdi. Ichkaridan "Kiravering" degan ovoz chiqqach, eshiq dastasini buradi.
- Aziz Nosirov, chaqirtirgan ekansiz?
- Ha, ha. Kelavering Zahroxon.
Doktorning ko'zlarida sovuq o't chaqnadi. Zahroga boshdan oyoq qaradi. Salmoqlab gap boshladi.
- Kelganizgayam 15 kuncha bo'libdi. Habaringiz bor, siz 1 oylik sinov muddatidasiz.
Aziz Nosirov piyolasiga sharillatib choy quydi. Simirib-simirib ichdi. Zahroning oyoq-qo'li qaltirydi. Yuragi ham behalovat urayotgandek... Aziz Nosirov asta qizning ortiga o'tdi. Uning shaxvatdan yongan ko'zlari Zahroga xunuk, juda xunuk nazar bilan qaradi.
- Shifoxonamizga sizdek talantli kadrlar doim kerak...
U shu gapni gapirdi-yu Zahroning belidan maxkam quchoqlab o'ziga tortdi. Bo'ynidan, yuzlaridan tinmay o'pa boshladi. Zahro bor kuchi bilan doktorni ko'kragidan itarib yubordi.
- Iflos! Isqirt! Tegma menga, tegmaaaa!
Zahro eshik tomon yugurdi. Qancha urinmasin uni ocha olmadi. Eshik ortidan tambalangan edi. Bor ovozi bilan baqirishga tushdi.
- Nilufar! Nilufar qayerdasan! Niluuu och eshikni, och deyman!!!
Doktor hayvonsifat bir tovush bilan xo-xolab kuldi.
- Baqir, baqir, baqiraver ovozingni baribir hech kim eshitmaydi!
U Zahroni bilagidan ushlab o'ziga tortdi.
- Unaqa qilmang iltimos, axir onaman. Bolam bor!
Zahro qattiq yig'lab yubordi. Shunda uning ko'zi stol ustidagi choynakka tushdi. Bir amallab doktorning quchog'idan otilib chiqdiyuu choynakni olib uning boshiga urdi. Choynak chil-chil bo'lib sindi. Ichidegi qaynoq choy Aziz Nosirovning yuziga, ko'ksiga to'kildi. Jon achchig'ida baqirdi:
- Qanjiq! Nimangga nozlanasan?!
Zahro endi o'rnidan turmoqchi bo'lgan Aziz Nosirovni stoldagi shisha grafin bilan urdi. Hammayoqqa qon sachrab ketti. Zahro eshik oldiga keldi. Eshik hamon berk. Uni rosa urdi, itardi. Yo'q, eshik ochilmadi. So'ng deraza oldiga kelib uni ochdi. Atrof zim ziyo hech bir zog' ko'rinmaydi. Birdan uzoqda bir yigitning sharpasiga ko'zi tushdi. Bor ovozi bilan baqirdi:
- Yordam beriiiiiiiing!!! Qutqaring!!! Iltimooooos!
Yigit Zahroni ovozini eshitdi-yu kasalxona ichkarisiga qarab yugurdi. Eshikka stol tirab qo'yilgan edi. Uni olib tashlab eshikni ochdi. Ichkarida Zahro yum-yum yig'lar, Aziz Nosirov esa qonga belanib yotardi.
- Nima bo'ldi?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

So'qmoqlar

"Real voqea asosida. Men uchun qadrli bo'lgan yaqin insonimning hayot yo'li motivlari asosida yozildi. Qaharamonlarning ismlari o'zgartirilgan" (m.f)



Zahro bugun har kungidan-da ancha kech uyg'ondi. Boshida qattiq og'riq bilan bazo'r o'rnidan turdi. Kechagi voqea uni karaxt qilib, qalbidagi o'sha eski yarasini yana qayta yangilagandek... Sekin oynani oldiga keldi. O'zini uzoq, juda uzoq tomosha qildi. Shumi Zahro?! Qani uni o't chaqnab turgan olov ko'zlari?! Endi uning ko'zlarida shijoat, zavq, yoshlik olovi emas, ketma-ket kelgan azoblarning ko'lankasi bor. Kecha tuni bo'yi o'ksinib-o'ksinib yig'lab chiqqan ko'zlari qizaribdi. Qiziq, o'zidan o'zi oynadagi aksiga qarab jilmaydi. Kulish unga yarashmay qolibdi. Lablar kuladi-yu ko'zlar bir joyda qotib qolgandek, go'yo hech narsani his qilmayotgandek, ma'nosiz Zahroga boqib turgandek...
- Oyi, qornim ochdi. Maktabga kech qolaman.
O'g'lining yalinchoq ovozi Zahroning hayollarini har tomonga tarqatib yubordi. O'g'liga qaramay, hamon o'z aksiga boqqancha javob berdi:
- Hozir Abdulloh. Kiyinib chiqavergin, men nonushtangni tayyorlab qo'yaman.
* * *
- Oyi...
- Haa, o'g'lim?
- Menga veloseped olib bering. Maktabdegi hamma o'rtoqlarimda bor.
Zahroni yuragi siqildi. O'zi zo'rg'a kunlarini o'tkazayotgan bo'lishsa. Ustiga ustak kecha ishidan ham bo'shab oldi.
- Ozgina sabr qil, bolam. Hozir ishlarim yaxshi emas. Mana ko'rasan, Xudo xohlasa, o'rtoqlaringnikidanam zo'r veloseped olib beraman.
- Xo'p oyijon. Lekin... Darsdan keyin hammasi veligini olib chiqadi. Poyga o'ynashadi. Menga uchgani berishmaydi.
Abdulloh homush tortdi. Uni bu holatda ko'rgani sayin Zayroning yurak-bag'ri eziladi.
- O'g'lim, olib beraman dedim-ku. Mayli, tezroq choyingni ich. Maktabga kechikyapsan. Ustozingdan gap eshitib yurma tag'in.
Zahro qo'lidagi qaynoq qahvani asta simirib icharkan ko'z oldiga o'tgan hayoti gavdalandi. Odatda oldiga aniq maqsad bilan ketayotgan odam ortiga qaramaydi. Chunki bunga fursati bo'lmaydi. Shoshiladi, tezroq maqsadlariga erishish ilinjida yuguradi, ko'ziga hech narsa ko'rinmaydi. To'satdan yo'lidan chiqqan kichik bir toshga qoqinadi-yu, biroz tin oladi. Noiloj ortiga qaraydi. Qaraydi-yu o'zining bosib o'tgan yo'lini ko'radi. Hozir Zahro ham xuddi shu holatda... Bolaligi-ku ikki o't orasida o'tdi. Ota-onasi ajrashishganidan keyin hali u uyda, hali bu uyda, xuddiki, bir sig'indidek yashadi. Keyin esa onasining vafoti. Dadasining uyida o'gay onasidan ko'rgan zug'mlari. Erga tekkach "Mana mening ham yelkamga shamol tegdi, endi baxtli yashayman, turmush o'rtog'im bilan sevib-sevilib umr o'tkazaman" deganida, eri tuzalmas dardga chalinib yotib qoldi. 5 yil! 5 yil umrini xasta eriga bag'ishladi. Tagiga tuvak tutdi. Chaqaloq go'dakni parvarishlagandek erini parvarish qildi. Bir kun sog'ayib ketishiga ishondi. Lekin... O'lim haq! Eri bu dunyodan ketdi-yu, Zahroning boshiga ulkan tog' quladi. Erining ota-onasi insofi yo'q odamlar ekan. "Shu qiz umrini kasalvand o'g'limga sarfladi. Og'ir kunida tashlab ketmadi" deb boshlarida ko'tarish o'rniga 4 yashar o'g'li Abdulloh bilan birga Zahroni itni haydagandek ko'chaga quvib soldi...
- Oyi! Telefoniz jiringlayapti.
Zahro qo'lidagi finjonni stolga qo'ydi. Telefonida NILUFAR degan yozuvni ko'rdi-yu, yuzi nafratdan qiyshayib ketti.
- Iymonsiz! Isqirt qo'shmachi... Sengayam Allohni atab qo'ygan jazosi bordir. Ming la'nat senga! Ming la'nat.
Abdulloh esankirab qoldi. Ko'zlarini katta-katta ochganicha oyisiga qaradi.
- Oyiiii kimga gapiryapsiz?
- Hech kimga, o'zim shinchaki... Choyingni ichib bo'lgan bo'lsang ketaqol o'g'lim. Maktabda yaxshi o'qigin, xo'p!
- Xo'p oyijon! Bugun ko'p "5" olaman.
Abdulloh shunday deb oyisining yuzidan o'pib xayrlashdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Синов ва ечим.

Эрталабда иккинчи даражали йўлдан чиққан жигули мошинаси асосий даражали йўлда кетаётан иномарка мошинани "биқинига" қарсиллатиб солди.

Жигули эгаси шошиб мошинадан тушдида ўзини айбдорлигини ҳис қилиб иномарка эгасини олдига келиб:

- "ака узр, айб менда, таниш устангиз бўлса мошинани олиб борайлик, тузаттириб бераман", деди.

Иномарка эгаси эса пинагини бузмай табассум билан:

- " биродар, махзун бўлманг, ўзизга ҳеч нарса қилабдику, агар маст холатда мошина бошқарган бўлганизда сиздан зарарни ундириб олардим, ибодатдаги йигитга ўхшаяпсиз, темир топиладиган нарса" деди.

Жигули эгаси шок холатдан чиқмаган, ранги оқариб титраган холда:

- "ака, гаи чақирмай қўяверинг, ўзимиз келишиб оламиз" деб такрорларди.

- хужжатингиз чатоқми?

- хужжатлар жойида, аммо "қоғозбозликлар" ортиқча овворагарчиликлар бўлмаса яхши бўларди дейманда.

- хужжатлар жойида бўлса яхши, ахир мошинангизни олд қисми пачоқ бўлди, гаи келса кўриб, устахонага олиб боришга ва тузатишга маълумотнома ёзиб беради.

Хуллас гаи келди, холатни ўрганди ва иномарка эгасига қараб:

- "ака, нима қиласизлар, келиша олмаган бўлсаларинг иш судга чиқади, суд сизларни "келиштириб" айбдордан хаққингизни ундириб беради, унгача иккови мошина ҳам жарима майдонида сақланади" деди.

"Жарима майдони" деган сўзни эшитган жигули эгаси баттар шокка тушди ва:

- "жон акалар, қизимни турмушга чиқазаяпман, яқинда тўй, тўйниям белгилаб қўйгандим, акани мошиналарини ремонтини қилдириб бераман, фақат жарима, жарима майдони ва суд деманглар" дея ёлбора бошлади.

Иномарка эгаси йигитга қарадида:

- "тўй қачон ука" деди.

Жигули эгаси югурлаб мошинасидан бир даста хатни олиб келиб акага кўрсатди:

- "мана ака, фалон куни тўй, шуни ташвишлари билан бўлиб шунақа бўлиб қолдида" дея "кечиринглар" дегандек қараб турарди.

- "шу хатдан биттасини менга беринг бўлади, сиз бориб мошинангизни таъмирлатиб, тўйни харакатини қилаверинг, мен мошинамни ўзим тузаттириб оламан"

Иномарка эгасининг гапини эшитган атрофдаги томошабинлар бир - бирларига қараб "ия, шунақасиям бўларканми" деб паст овозда гапиришар, жигули эгаси ҳам қулоқларига ишонмагандай, "ростданми ака, ҳазиллашмаяпсизми?" дея бир гапни такрорларди холос.

Гаи ходими ҳам бу ечимдан кўнгли тўлди шекилли:

- "майли, сиз шунчалик одамгарчилик қилдингиз, мен ҳам жаримага тортмайман, фақат кейин муаммо чиқмаса бўлди" деди.

- "бизни лафзимиз жонимизданда қимматроқ, хотиржам бўлинг, аммо тўйга насиб қилса албатта борамиз, Аллоҳ фарзандларингизни никоҳларини хайрли қилсин.

Аллоҳ сиз ва бизни молимиз билан синади, синовлардан омонликда Ўзига хамд айтиб ўтишлик насиб қилсин".

Аканинг гапларини атрофдагилар маъқуллаб дуо қилар эканлар, бир четда воқеани эшитиб шошиб келган жигули эгасини 10 ёшлар атрофидаги ўғли отасини қучоқлаганича турар, яна четроқда эса боланинг онаси қўлларини дуога очиб нималарнидир пичирлаб дуо қиларди.

Томоша тугади, ҳар ким ўз кундалик ишлари билан машғул бўлиш учун тарқади.

Иномарка эгаси ҳам "алхамдулиллах, Роббим меҳрибонсан, бундан ёмони ҳам бўлиши мумкин эдику" дея қўлидаги тўйхатни чўнтагига солдида мошинасини устахона томонга хайдаб кетди.

Воқени кузатиб туриб "машааллоҳ, Аллоҳдан келган синовни уришмай, жанжал қилмай ҳам ечим топилса бўларкану, динимиз гўзал, мусулмонлик бахт, алхамдулиллах " деб мен ҳам ортга қайтдим.

Мухаммад Икром дан

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

#УЯТИ_БОРЛАР_ЎЛИБ_КЕТГАН

Айтишларича Усмонийлар халифалиги даврида Шом юртлари оммавий ҳаммомлар билан таниқли эди. Ҳаммомда иссиқ сув, совун ва бошқа хушбўйликлар бўлгани учун кўплаб одамлар оммавий ҳаммомларда ювинишган.

Кунларнинг бирида катта бир ҳаммомга ўт кетди. Ичкаридаги одамлар ярим-яланғоч ҳолида жонсарак бўлиб ташқарига қочишди. Баъзи одамлар эса кийимсиз ҳолатда ташқарига чиқишдан уялиб ичкарида қолишди ва аланга ичида куйиб ҳалок бўлишди.
Кейин шаҳарда «Бу ёнғинда кимлар ўлди?», — деган саволга бир киши: «Уяти борлар ўлди!», — деб жавоб берди.

Шу одамнинг гапи тарқаб масал бўлиб қолди. Ҳозир ҳам Шомда бу гап машҳур: «Уяти борлар ўлиб кетган!»

Икром Шариф таржимаси

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda

📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

*   *   *
Murod aka oʻsha mash'um kundan buyon telbanamo boʻlib qoldi. Boshida hech kimga bir ogʻiz ham gapirmadi. Erta sahar turib mahalla koʻchalarini kezar, to kechqurungacha uyiga qaytmasdi. Bora-bora duquqlanib gapiraydigan boʻldi. Yuzi doim kulib turadi, lekin qalbi...
   - Tur! Qo-qo-qoplon! Bu-bugun Z-z-zari-zarifamni tugʻilgan k-k-kuni! Ta-tabriklab kelamiz.
Qoplon eganising soʻzini ikki qilmasdan dik etib oʻrnidan turdi. Yoʻl boshlab koʻchaga chiqib, Murod akaning chiqishini poylab turdi. Murod aka toʻyida kiygan oʻsha havorang kostyumini kiyibdi, qoʻlida oppoq atirgullar. Qoplonga qarab izoh bergan boʻldi.
   - G-g-gulim... Shunaqasini yo-o-qtirardi.
Birgalashib Zarifa yotgan qabristonga yoʻl olishdi. Murod aka qabr boshida anchagacha turib qoldi. Zarifaga nimadurlar dedi. Qoʻlidagi gulni qabrga qoʻyarkan, undagi mayin tuproqlari qoʻllari bilan siladi. Qabrni silagan barmoqlarini koʻzlariga surtdi. Chidolmadi. Piqqillab yigʻlab yubordi...
   - Gulim... Seni judayam sogʻindim!

TAMOM.

✍ Usmonaliyeva Munira.
05.08.2024.                    ⏰22:30

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Manzura opa kuni bo'yi qizini o'yladi. Sovchilar kelib ketishganiga ham ancha bo'lib qoldi. Murodjon juda yaxshi yigit. Barcha orzu qiladigan kuyov! Oy desa oydek, kun desa kundek. Ham aqlli, ishbilarmon. Lekin... Zarifa hali bola-ku! Og'zidan ona suti ketmagan go'dak! Hech narsani bilmaydi. Hayotni past balantini ko'rmagan bo'lsa, na bir hunari bor, na bir qo'lida ishi. O'qishga-ku umuman qiziqmaydi. Dadasi rahmatli juda aqlli, o'qimishli kishi edi. Markaziy shifoxonada vrach bo'lib ishlardi. Manzura opa ham bir vaqtlar maktabda kutubxonachilik qilgan. Tog'alari ham tadbirkor odamlar. Bu qiz kimga o'xshadi ekan?!
Manzura opaning yuragi siqildi. Har xil o'y hayollar uni bo'g'ar, qizining taqdiridan tashvishlanardi. Qizini u yigitda ko'ngli bor, Murod ham Zarifaga befarqmas, ham u ayni uylanadigan yoshda 26 ga kiradi bu yili. Ular to'yni tezlatishmoqchi, Manzura opa esa hali tayyor emas. Qizim yosh deyishsa ham sira unashmadi. Qo'yarda qo'ymay non sindirib ketishdi! Manzura opa chuqur xo'rsindi. "Mayli Alloh o'zi bir yo'lga boshlar..."
* * *
- Gulim...
Murad mayin tabassum qilgani ko'yi Zarifaga qaradi.
- Assalomu alaykum.
Manzura uyalib yerga qaradi. Yuzlari qizargan, o'zini qo'ygani joy topa olmas edi.
- Va alaykum assalom. Yaxshimisiz?
- Shukr, alhamdulilloh.
Murad va Zarifa anchagacha ko'm-ko'k maysalar o'sib yotgan yo'lakda sayr qilib yurishdi. Ikkisi ham bir so'z deyishmas, bir-birlaridan qandaydur tortinishardi. Mana! Xudo xohlasa 3 kundan keyin ularning to'yi. Shod-xurramlikda, hamisha baxtli hayotda birgalikda kun kechirish asosiy maqsadlari. Kelajakda bu ikkovining qanchadan qancha orzulari bor, qanchadan qancha umidlari bor. Bu uzun yo'lda bir birlariga suyanchiq, yelkadosh bo'lishlari, yaxshi-yomon kunlarda doim hamjihatlikda yashashlari lozim.
- Zarifa... Siz mening qalbimda avaylab asragan gulimsiz, sizni quvonchiz mening ham quvonchim, sizning dardingiz mening ham dardim. Alloh guvoh hech kimni sizni sevganchalik sevmadim. Siz hali juda yoshsiz, tushunaman. Havotirlanmang, o'zim sizga hamma ishlarizda yordamlashib turaman.
Zarifa astoydil xursand bo'ldi. Murodga ma'noli qaradi. Shiringina kuldi.
- Rahmat, Murod aka! Alloh sizdan rozi bo'lsin.
* * *
Bir kunlik baka-bang bilan to'y ham o'tdi-ketdi. Hamma mamnun, kelin-kuyov bir-birlariga juda mos, ham aqli, ham qalbi, ham husni...
Murod va Zarifaning eng shirin damlari keldi. Ular bu kunni ozmuncha kutishdimi? Endi bundan buyog'i faqat va faqat baxtli kunlar...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Gulim...

(Hikoya)

Mahalla ko'chalarida yosh-yosh bolachalarning qiy-chuvi. Osmonda tinmay qushlar chirqillaydi, qo'shni Murod akaning iti o'tgan piyoda bormi, mashina bormi ketidan akillaganicha ko'chani boshiga tutadi.
- Hey, Murod shu itingni bir kun yo otib tashlayman yoki qopga solib uzoqroqqa tashlab kelaman.
Murod aka kuladi. Boshini dam quyi, dam yuqori ko'targanicha duduqlangan ko'yi javob beradi.
- M..m..meni Qoplonim... Qay...qayerda b..bo'lsayam meni topadi! O..o..ovora bo'lasizlar!
Odamlar Murod akani ermak qilib kulishadi. Mana 10 yildan oshdi, u yarim telba holida yashaydi. Oldin tuppa-tuzuk yigit edi. Ravon gapirardi, qilichdek kiyinib, eng xushbo'y atirlarni sepib ko'chaga chiqardi. Qancha-qancha qizlar unga oshiq bo'lgandi. Endichi? Endi unga hech kim qiyo boqmaydi. Ust-u boshi doim kir, g'ijim. Sochi, aft-angori pala-partish. Shoirlar aytadigan darveshlardan ham battar ahvolga tushib qolgan. Ko'cha-ko'yda o'zi yoqtirgan qo'shiqlarni, she'rlarni aytib yuradi. Qoplon esa uning doimiy yo'ldoshiga aylangan.
- Eh go'zallar, go'zallar
Sizga aytay g'azallar.
Meni o'rtar alamlar...
Eh go'zallar, go'zallar...
Murod aka keng dala tomon yo'l olarkan, qo'shiq hirgoye qilar, daraxtlarga, ariqdagi maysalarga, osmondagi qushlarga ajablangandek qarab qo'yar edi. U bir o'rik daraxti oldiga kelib to'xtadi. Uning baquvvat tanasini siladi, barglariga barmoqlari bilan teginib qo'ydi.
- S...sen... Sen ham m..m..mendek yolg'izmisan? Qa...qaa..qaragin barglaring t...to'kilishni boshlabdi.
Bir to'p bolalar qo'llariga mayda tosh olib Murod akaga qarab otishdi.
- Esini yegan amaki! Esini yegan amaki!
Murod aka ularga mushtini ko'tardi. Po'pisa qilgandek "Heyt!"deb qo'ydi. Bolalar baqirib-chaqirganlaricha Murod akadan uzoqlashib ketishdi. Murod aka anchagacha xomush tortdi. O'zining yaralangan, qontalash bo'lib yotgan yuragi battar achishdi. Ko'zidan yosh oqmaydi. Yuzi doim kulib turadi. Lekin qalbi... Qalbi yig'laydi.
* * *
Zarifa uyqudan shiringina uyg'ondi. Qalbi yoshlik, muhabbat zavqi bilan limmo-lim to'lgan. Ko'ksidagi yuragi baxtdan o'zini yo'qotgandek, o'zini qo'yarga joy topolmayotgandek tinmay tipirchilamoqda. O'rnidan turdi, yuvinib tarandi. Shkafni ochdi. Hali u ko'ylagini olib ko'radi, hali bu ko'ylagini... O'ziga, ko'ngliga yoqqanini ular orasidan topolmaydi.
- Tuk-tuk!
Zarifa bu ovoz egasi kimligini biladi. Shuning uchun qayrilmaygina javob qildi.
- Kel Guli! Kiraver, men shu yerda.
Ikki dugona xuddi bir yil ko'rishmagan qadrdonlardek quchoqlashib ko'rishdilar.
- Haa, namuncha hammayoqqa kiyimlaringni yoyib tashlabsan? Tinchlikmi?
- Tinchlik.
Zarifa bir ko'zini qisganicha, quvlik bilan kulib qo'ydi.
- Tinchlikka o'xshamayaptida... Besaramjonsan judayam.
- Xmm, shundayroq.
- Aytaqolsangchi?! Yomon paysalga soldingda!
- Murod aka bilan uchrashuvimiz bor!
Zarifa bu gapni shunaqangi erkalanib aytdiki, o'zidan o'zi uyalib ikki yuzi qip-qizarib ketdi.
- Oooo, tabriklayman!
Zarifa oynakka qaradi. U yoq bu yog'ini aylanib tomosha qildi. Yuzlarini, sochlarini ko'rdi. Sochini yechib qayta turmakladi. Yoqmadi shekilli yana yechib tashladi.
- Ufff! O'zimdan sira ko'nglim to'lmayapti Guli. Murod akaga yoqishni judayam xohlayapman.
- Seni o'zi uchrashuvga taklif qildimi?
- Haa, ko'chaga jiyanchamni o'ynatgani olib chiqqandim. U ham yo'l bo'yida turgan ekan... Bilasanmi uni ko'rdim-u, yuragim qinidan chiqib ketay dedi. Yonidan o'tib ketayotgandik salom berib to'xtatdi. Ertaga ko'rishaylik dedi. Guli... Ishonsang shunaqa ajib holatga tushdim.
- Unda unga yoqarkansanda! Bilasanku o'zing ham, Murod akani orqasidan yugurmagan qiz yo'q hisobi. Shunaqa kelishgan, mulohazali yigit har qanday qizni orzusi.
- Haa balki... Bilmadim, lekin men uni... O'zing ham bilasanku anchadan beri yoqtiraman.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

​​ҲАММА ЎҚИШИ ШАРТ. ЯПОН КАМПИРИ!

Ассалому алайкум хурматли ўқирманлар. Бугун умуман бошқа мавзу ҳақида ёзмоқчи эдим. Аммо, эшигимизни тақиллатган кампир режаларни ўзгартириб юборди.

Эрталаб шунақа ширин ухлаб ётибман. Яна ярим соатгина ухлай деган буюк мақсад бор мияда. Болалар хўроздан олдин уйғониб олган. Катта ўғлимиз уйни бошига кўтариб, шўхлик қилаябди. Нақд 7 маҳаллага эшитилади. Буёғдан яқинда туғилган чақалоғимиз ҳам нотани баландидан олиб, йиғлашни бошлади. Буёқда, онасини "Болам, бўлди қил, даданг ухлаябди. Ҳозир, қўшнилар ҳам чиқишади" дейиши, анави иккита болани овозидан ҳам баланд-да)) Хуллас, болали одамга КЎЗОЧКИЧ (Будильник)ни ҳам кераги йўқ😁

Шу пайт, эшик жиринглади. Энди турмасам, бўлмайди деб ўрнимдан туриб, эшикни туйнугидан мўраладим. Қарасам, бир Япон кампир турибди. Болаларни шовқини учун, эътироз билдириб, жанжал қилгани келди-ёв, эрталабдан кайфиятни ҳам расво қилдиларинг деб, эшикни очдим.

-"Оҳаёу, акачан умаретано?"( Хайрли тонг, чақалоқли бўлдиларингми?) деди.

-Ҳа, яқинда чақалоқли бўлган эдик. Болани бақириб йиғлагани уйқунгизни бузиб юборди шекилли. Минг бор узр десам, "Йўқ, аксинча, болани овозидан мазза қилаябман. Ҳар куни балконга чиқиб оламан чақалоқларингни овози эшитиш учун" деса бўладими. Нима дейишимни билмай қолдим.

Япон кампир яна гап бошлади. "Мен, сизлардан 3 та олдиндаги фалон рақамдаги уйда ёлғиз яшайман. Неччи кундан бери чақалоқни овозини эшитиб, кўргим келади. Лекин, кира олмадим. Бугун эрталабдан овозини эшитиб, тўғри келавердим деди.
Мен ҳам, "Киринг, киринг" деб уйга таклиф қилдим. Японларда унча-бунчага бировни уйига кириш йўқлиги учун, минг ҳижолатда кирди. Болани ўйнатди, кўтарди. Озгина гаплашдик.

Айтишича, 83 ёшда эканлар. Фарзандлари анча олдин уйдан чиқиб кетган экан. Иккита фарзанди ҳам оила қурмабди. 1 йилда бир, 2 йилда бир келса, келади, бўлмаса шу ҳам йўқ дейди. Мени энг таъсирлантирган гапи: "Бу домда деярли ҳамма қариялар, худди қариялар уйига ўхшайди. Ҳозиргилар туғмай ҳам қўйди. Шунинг учун, бу домда, ҳамма чақалоқларни яхши кўради, майлими ҳар замонда чақалоқларингни кўриб турсам дейди. Мен ҳам, кўриб турсам эмас, бизни олдимизга кўчиб келсангиз ҳам майли дедим. Кулиб-кулиб чиқиб кетди))

Кампир чиқиб кетди-ю, юрагим бўм-бўш бўлиб қолди. Ичимда нимадир музлаб қолди.

Хулоса ўрнида, постни аям ҳам ўқийдилар. АЯЖОН сизни жуда яхши кўраман! Сиз ҳам постни ўқишингиз биланоқ, онангизга яхши кўришингизни айтиб қўйинг ва қариганларида фарзанд меҳрига, чақалоқ меҳрига зориқтирманг. Қарияларни қадрлайдиган, болани яхши кўрадиган халқимдан айланай. Ҳали келажакда, шу ТУҒАРМАНЛИГИМИЗ бизни қутқариб қолади-ёв.

ТУҒАРМАНЛИГИМИЗГА етадигани йўқ деганлар, ЁҚТИРМАни шундай босингки, телефонни экрани синиб кетсин)

/channel/BahodirIskandarov

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Siz alisharmidingiz ?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ma'lumot uchun hozir suvni ustidan pufurib, video, rasmga olish trent bo'lgan.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир йигит бувасига арзи ҳол қилди:
– Ҳаёт зиддиятларга тўла. Сизнинг эса доим кайфиятингиз чоғ. Хафа бўлганингизни, бировдан ранжиганингизни кўрмайман. Сизга ўхшашга шунча ҳаракат қилсам ҳам, уддасидан чиқолмаяпман.
Оқсоқол бир зум ўйланиб, деди:
– Келишиб олайлик, ҳар сафар кимдандир ё нимадандир норози бўлганингда менга битта тош олиб келасан.
– Қанақа тош?
– Фарқи йўқ. Хоҳишингга қараб кўтариб келавер.
Йигит бувам шунақа қилиб ўзини овутаркан-да, деб ўйлади-ю, унинг гапини икки қилгиси келмади. У ёки бу вазиятдан дили хира тортганда шартни бажарди.
Кунлардан бирида қария набирасини чақириб, хона бурчагида турган оғзи боғлиқ қопга ишора қилди:
– Анавини кўтар-чи.
Йигит қопни елкасига ортмоқлади. Ўзиям оғиргина экан, букчайиб қолди.
– Қаерга олиб бориш керак? – сўради зўрға нафас олиб.
– Ҳеч қаерга, ўзинг билан олиб юрасан. Ўтирсанг ҳам, турсанг ҳам зинҳор елкангдан қўйма.
Йигит қариянинг гапини тушунмай бир муддат каловланиб турди-да, кейин қопни елкасидан ташлаб юборди. Ичини очиб қараса, ўша ўзи йиғиб келган катта-кичик, қинғир-қийшиқ тошлар.
– Шуям ҳазил бўлдими, бува! Бу зилдай матоҳни кўтариб юришнинг кимга кераги бор?! – деди йигит ранжиган оҳангда.
Қария меҳр билан набирасининг елкасини силади.
– Тўғри айтасан, болам, бу юкнинг ҳеч кимга кераги йўқ. Ранж-аламга тўла кўнгилнинг ҳам ана шу қопдан фарқи бўлмайди. Хотирада сақланиб қолган дилхиралик фойдасиз юк мисоли, кишини эзиб ташлайди, қаддини букади, бора-бора қалбини ғуборга тўлдиради. Уни орқага ташлаб яхши қилдинг.

Юлдуз ЎТКИРХОН қизи

Читать полностью…
Subscribe to a channel