hikoyalar | Unsorted

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Subscribe to a channel

Hikoyalar (G&M)

Дунё юлдузи Шохруххондан олтинга тенг маслахат

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Kechgi poe’zdga chipta olib yo‘lga tushdim. Samarqand vokzaliga tushganimda vaqt yarim tundan og‘ib, tong otishiga ikki-uch soatlar qolgan edi. Vokzalning yonginasidagi bozorchani ko‘rib o‘ylanib qoldim. Bekzodjonni uyga olib borsam ota-onam nima deydi. Akalarim naq o‘ldirib qo‘ya qolar. Qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, mahalla — ko‘y degandek... Bir qarorga keldim: Bolani bozor devori yonida qoldiraman. Sal turib odamlar g‘imirlab qolishadi. Biror yaxshi inson chiqib olib ketar dedim-u o‘ylaganimni amalga oshirishga kirishdim. Bolani yo‘rgaklab, orasiga mana shu suratning ikkinchisini joyladim, — deya  Rohila opa rasmga turmilib yig‘lab yubordi. Sohibjonning ahvoli unikidan bir oz tuzuk edi, xolos.  — Bolani devor yoniga qo‘yib o‘zim nariroqda poylab turdim. Kimdir o‘sha tomonga yurdi. Bolani ko‘rib qo‘liga oldi. Keyin uni ko‘tarib chiroq nurlaridan o‘tdi-yu qorong‘ulikka singib ketdi. YUzini ko‘rolmadim. Lekin egnidagi kiyim militsiya formasi ekanligini payqadim. Domlangiz bilan toshkentga qaytganimizdan keyin u kishi mendan anchagacha xafa bo‘lib yurdi. Lekin g‘isht qolipdan ko‘chgan, o‘n joyimni o‘ymayin befoyda... Sohibjon boshqa tinglolmadi. Uning boshini o‘zining o‘y-xayollari chulg‘ab oldi. Rohila opaning o‘g‘lini boshqa ko‘rmagani, umrining oxirida loaqal bir marta diydorlashgisi kelayotgani haqida aytganlari umuman ahamiyatsizdek tuyuldi. U onasining «suratdagi chaqaloq sensan» deganidan tortib, qaynonasining «egnida militsiya formasi bor edi» degan so‘zlarini ko‘nglidagi shubha bilan bir kelmasligini chin dildan istardi. — Rohila opa tashlab ketgan go‘dak menman. Mening otam ofitser, demak men bu ayolning o‘g‘liman. Uning xayollari qat’iy hukm chiqardi. Butun olamga iztirobli boqdi ko‘zlari. Kuyovining ahvolini ko‘rgan qaynona aytganlarimdan kuchli ta’sirlandi deb choy quyib uzatdi. Sohibjon esa o‘rnidan turdi-da mashinasiga o‘tirib jo‘nab ketdi. Uydagi sandiqlarni titkilarkan nihoyat izlaganini topdi. Rasmga tikilib qo‘shni xonada gurunglashib o‘tirgan ota-onasidan so‘radi: — Oyi, dada suratdagi bolakay menman-a? — Ha, — dedi ular baravar. — Ha-da, kim ham bo‘lardi, — takrorladi otasi. Yigit ularni boshqa bezovta qilmadi. Tun. Hammalari uyquga yotarkan, ota-onasining suhbati bexos qulog‘iga chalindi. Onasi zorlandi: — Dadasi, necha marta aytdim zormanda suratni yo‘qotaylik deb. Ana, o‘g‘lim nimanidir sezgan... Bir umr ota-onasi kelib olib ketishidan cho‘chib yashadim. — Qo‘y, onasi, hech narsa bo‘lgani yo‘q-ku. Uni hech kim olib ketmaydi. SHunchaki so‘radi-da. Sohibjonni biz katta qildik. Voyaga etkazdik. U bizning o‘g‘limiz, birovga berib qo‘ymaymiz. O‘sha tunni yaxshi eslayman. Vokzal yonidagi bozorcha oldidan topgandim uni. Kimlardir boladan bezor bo‘lganda, biz tirnoqqa zor edik. Uni hech kimga bermaymiz, hech kimga, — har so‘zini dona-dona qilib gapirardi SHerzod aka xotiniga. Endi Sohibjonda hech qanday shubha qolmadi. SHerzod To‘raev va Latofat opa uni asrab olgan ota-onasi, SHuhrat Solihov hamda Rohila opalar tuqqan ammo voz kechgan ota-onasi ekanligiga u amin bo‘ldi. Sohibjon hozir bu narsalar haqida o‘ylamasdi. Uning qalbini bundan ming chandon ortiqroq g‘am kemirardi. — Nahot Nigina menga singil... Nahot o‘z singlim bilan... Bu savol bir necha kunda uni ado qilayozdi. Kimdan qanday qilib, nimani so‘rashni bilmadi. Biroq o‘sha kundan boshlab Sohibjon hech kimga churq etmasdan Fransiyaga hujjat to‘g‘rilay boshladi. Va tez muddatda oilasi bilan jo‘nab ketdi. Uning bu ishiga hamma hayron edi. Erining uyiga qo‘ng‘iroq qilishga ham ruxsat bermagani Niginani qattiq ranjitdi. Sohibjon ayoliga yaqinlashmay qo‘ydi. Alamini ishdan oldi. So‘ng miyasiga kelgan fikrni amalga oshirishga kirishdi. U taqdiri haqida kitob yoza boshladi. Azob va iztiroblarga, javobsiz savollarga to‘lib bir necha oy o‘tdi. YOzganlari «Xazonlarda qolgan kunlarim» nomi bilan nashrdan chiqdi. Sohibjon kitobga o‘zining hayotini tushirdi. O‘sha xazonli tunda tashlab ketilganidan tortib, bugungi kunigacha yozdi. Yigit kitobning ilk nusxasiga uch oylik Bekzodning suratini solib ota-onasi, qaynota-qaynonasiga yubordi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

XAZONLARDA QOLGAN KUNLARIM
Latofat bilan SHerzodning turmush qurganlariga o‘n yildan oshdi. Biroq farzand ko‘rishmadi. Hayotdan nolishmaydi. Hamma narsalari bor. Lekin bolaning o‘rni boshqa. Ular xudodan erta-yu kech farzand tilashadi. Xonadon sohibi SHerzod ichki ishlar xodimi, kapitan. Uning ko‘p vaqti ko‘chada — ishda o‘tadi. Latofat uy bekasi — uzzu-kun erini kutishdan o‘zga iloji yo‘q. Har doimgidek SHerzod ishda navbatchi bo‘lib qoldi. Tun yarmidan oqqanda, mayor ofitserlar o‘tirgan xona eshigidan boshini tiqib dedi: — Kapitan To‘raev, uchastka nozirlari bilan atrofni ko‘zdan kechirib chiqinglar-da, keyin uyga ketaveringlar. SHerzod o‘rnidan turdi. Komandirining To‘raev degani, ayniqsa oldiga kapitan deb qo‘shib qo‘ygani unga moydek yoqib tushdi. Ikki serjant bilan hovliga chiqdi. — Sizlarga javob, — dedi SHerzod To‘raev. — O‘rtoq kapitan, biz... — Buyruq muhokama qilinmasin, — qat’iy talab qo‘ydi kapitan. Nozirlar ketdi. SHerzodning bir o‘zi sukunat hukmronligi poyoniga etayotgan tun bag‘rida tevarakka ziyrak boqib, bozorcha oldiga keldi. YOn-verini ko‘zdan kechirdi. O‘zidan sal nariroqda, bozor devorlari tubida oppoq tugunga nigohi tushdi. Faqat e’tiborini tortgani shu bo‘ldiki, mato qimirlardi. Kapitan yaqinroq borib qaradi. «Mushukning yoki itning bolasidir-da» o‘yladi To‘raev. Vaholanki, bunday bo‘lmadi. Yo‘rgakda taxminan ikki, uch oylik bo‘lib qolgan chaqaloq yotardi. SHerzod bir muddat kalovlanib turib qoldi, so‘ng bolani qo‘liga oldi. Uzoq o‘ylagandan keyin «bolakayni uyga olib ketish kerak» degan xulosaga keldi. Uning shu mahalda boshqa chorasi ham, yana o‘ylashga hafsalasi ham yo‘q edi. Latofat hali uyqudan turmagan edi. Darvoza qo‘ng‘irog‘ining tovushi uni bir oz cho‘chitib, vahimaga soldi. Quvlik bilan boquvchi ko‘zlarini ishqalab ostonada paydo bo‘lib, samimiyat ila so‘radi: — Kim u? — Menman, — dedi SHerzod hayajonli ohangda. — Eshikni och! Yo‘rgakdagi bolani ko‘rgan juvon yoqa ushladi. — Kim bu? — dedi beixtiyor. Eri bir necha soniya jim bo‘lib qoldi. — Bozor devori yonidan topdim. — Oradagi soniyalik sukut o‘tib gapida davom etdi. — Kimlardir tirnoqqa zor-u kimlardir bezor... — YAratganga shukr, ohlarimiz etib bordi, bizga ham farzand ato qildi, — dedi Latofat ko‘z yoshlarini yashirolmay. Yo‘rgakning ichidan bolaning shu kunlarda olingan surati chiqdi. Orqa tomonida «Bekzodjon uch oylik» degan yozuvi bor edi. Er — xotin gapni bir joyga qo‘yib, agar bolaning ota — onasi topilmasa o‘zlari asrab olishga qaror qildi. SHerzod To‘raev o‘ylagan ish amalga oshadigan bo‘ldi. CHaqaloqning biror qarindoshi da’vo bilan chiqmadi. Ular bolani o‘z shariflariga o‘tkazib ismini «Sohibjon» deb o‘zgartirishdi hamda SHerzodning xizmat safari bois tez fursatda boshqa tumanga ko‘chib ketishdi. Vaqt o‘tishi bilan Sohibjon ulg‘ayib borar, esini tanib tili chiqqandan buyon rassomchilikka qiziqardi. O‘zi ham rasmlar chizib, turli bolalar ko‘rik tanlovlarida ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Maktab quchog‘idan uchirma bo‘lgan tengdoshlari kabi Sohibjon ham xujjatlarini oliy o‘quv yurtiga topshirib talaba bo‘ldi. Talabalikning ilk bosqichini samarali yakunladi. U betinim o‘qidi, izlandi, o‘z ustida ishladi. Universitetda SHuhrat Solihov degan ko‘pchilikka ma’lum va mashhur domla bor edi. SHu domla shogirdlari orasida rassomlikka bo‘lgan iste’dodi uchun Sohibjonni boshqacha xushlardi. Yigitcha ham bu e’tiborni sezib va bilib yurardi. Odatiy o‘qish kunlarining birida guruh sardori: — Sohibjon, sizni SHuhrat domla chaqirayapti, — dedi. U eshikdan chiqib uzun yo‘lka bo‘ylab yurarkan, SHuhrat Solihovday domla nega chaqirganligiga hech aqli etmadi. Ohista eshik qoqdi. «Kiring» dedi ichkaridan kelgan ovoz. Keyin ohista o‘tirishga undadi. — O‘qishlaringiz yaxshimi? — Rahmat. — Sizni chizgan suratlaringizni ko‘rdim. Menga yoqdi. SHu bois shogirdim bo‘lsangiz deb chaqirtirgandim. Yigit ustozini jimgina tingladi. Uning besas o‘tirganini ko‘rib domla so‘radi: — Qaerda turibsiz? — Ijarada. — Sohibjon sizga bir taklifim bor. Keling, biznikiga ko‘chib o‘ting.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bugun ayamga ajoyib surpriz tayyorladim, Malika!
Ko'zlari quvnab so'z boshladi Akmaljon. Xotini Malika esa mayin jilmaydi.
- Bugun ayamni tug'ilgan kunlari edi-ya?! Telefon qiib tabriklab qo'ydingizmi?
- Yo'q, atay qilmadim. Kechki payt hammamiz boramiz kotta bayram qilamiz. Axir onajonim 60 yoshni qarshilayaptilar! Qaynay sovg'a tayyorladiz deb so'ramaysanmi, hoy?
- Qanday sovg'a ekan?
Akmaljon tantanali e'lon qilgandek mag'rur ovozda gapirdi:
- Hajga yo'llanma! Onamni insha'Allah ertaga kechki payt Hajga jo'nataman!
- Voy! Juda yaxshi o'ylabsiz, dadasi. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Xursand bo'ladigan bo'ldilar. Lekin...
- Nima lekin?
Havotirli qaradi Akmaljon.
- Bir og'iz ertalab telefon qilib tabriklab qo'ymabsizdaa. Ayam kutib o'tirgan bo'lsalarchi?! Tag'in ko'ngillari og'rimagan bo'lsin deyman-da.
- Yo'g'e, mendan xafa bo'lmaslar. Hali o'zlari qo'ng'iroq qilgandilar. Atayin tabriklamabman. Surpriz bo'lsin degandimda. Bandman deb telefonni qo'yib qo'yganidim. Mayli qo'yaverchi hali borsak xafaliklariyam ketadi, quvonadilar rosa ko'rasan.
- Maylikuyaa, baribir odamni yoshi o'tganidan keyin ko'ngli shishadek noziklashib ketarkan. Salga darz ketishi mumkun-da, dadasi. Baribir kutib o'tirishgan bo'lsaya. Haliyam kechmas telefon qilib tabriklab qo'ying, keyin kechki payt desayiz kechki payt borib tabriklayveramizda.
"Ayolim haq. Balki rostan kutib o'tirgandirlar" o'yladi Akmaljon.
- Yo'q yaxshisi hozir boramiz, nima deding. Yo'llanmani beramiz. Ularni tezroq xursand qilamiz insha'Allah. Keyin o'zim qo'lbola qilib kabob pishiraman. Kechka barcha qarindoshlarni chaqirib kotta ziyofar qilamiz.
- Juda yaxshi fikr.
Mamnun jilmaydi Malika.
- Yo'ldan oq lolalar olamiz. Onam shunaqasini yoqtiradilar.
- Xo'p albatta. Unda biz bolalar bilan kiyinib chiqaylik.
- Haa shunday qil, tezlash. Yo'lga tushamiz.
Malika kiyingani kirib ketayotib ortiga buruldi:
- Dadasi, peshin namozini o'qib olaylikmi avval?
Akmaljon biroz o'ylanib turdi-da dadil javob berdi.
- Yo'q o'sha yerda - ayamnikida o'qirmiz. Hali peshinni chiqib ketishiga ancha vaqt bor-ku.
* * *
- Onajonim! Biz keldik!
- Ayajon! Nevaralariz sizni rossa sog'inishdi-da!
- Onam! Sizga ajoyib sovg'a op keldim! Chiqmaysizmi?!
- Menimcha dam olyaptilar shekilli yo namoz o'qiyaptilarmikin?
Akmaljon "Bilmasam" degandek yelkasini qisdi.
- Yurchi, uyga kiraylik.
Akmaljon ichkari eshikni ochib uyga kirib ketdi. Birozdan so'ng... O'kirib yig'lagan ovozi eshitildi. Malika yugurib borib eshik ostonasida qotib qoldi.
- Onajonimmmm! Meni Mehribonim! Meni tashlab kettizmi onam?! Ulgurmadim! Ulgurolmadim-ku onajon?! Sizni hoji qilmoqchi edim onam! Ulgurmadim-ku!
Akmaljon joynamoz ustida onasining jonsiz tanasini quchoqlagan ko'yi ho'ngrab yig'lardi.
- Sizga surpriz qilmoqchi edim onam. Nega ertalab kelmadim?! Nega kelib sizni suyuntirmadim?! Quvonch yoshlarizni ko'rolmadim. Nega vaqtliroq kelmadim?! Nega?! Onam nega meni tashlab kettiz?
Malika boshidagi ro'molini yechaman deganida qo'lida yo'llanma borligini ko'rdi. Unga uzoq termuldi. Ko'zlaridagi yoshlar haj yo'llanmasi ustiga oqdi.
- Armon bo'p qoldi bizga ayajon... Armon bo'p qoldi...
Ohista pichirladi Malika.

TAMOM.

✍ Usmonaliyeva Munira
02.06.2024. ⏰14:14
@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bilasizmi, men oilada kenja farzandman. 4 ta opam, 1 ta akam bor. Men tug'ilishimga yaqin onam qattiq betob bo'lgan ekanlar. Unga agar bolani oldirsang yashab ketishing mumkin deyishganida, "yo'q, men o'z jonimdan bo'lgan bolamni o'ldirmiman" deb hech ko'nmagan ekanlar. Men tug'ilibman-u onam vafot etibdilar...
Mehri qattiq yig'lab yubordi.
- Har safar bahor kelganida men o'zimdan nafratlanaman. Qani endi shu kuni tug'ilmasaydim deyman. Onamni o'limida o'zimni ayblayman!
- Unaqa gaplarni gapirma! Allohga shirk keltirma, Mehri! Allohimni taqdiri shu ekan-da, bunda sening zarracha aybing yo'q. O'zingni ayblamagin, xo'pmi? Opalaring senga onadek-ku, to'g'rimi? Qolaversa sen menga judayam keraksan!
Mehri Akbarning yelkasiga boshini qo'yganicha ufqqa qarab uzoq o'tirib qoldi...
* * *
- Onajonim!
- Akmaljon, bolam. Maktabdan yaxshi kevoldingmi o'g'lim? Qorning ham ochdir aa? Hozir sen kiyimlaringni almashtirib chiqqin, men ovqat suzib turaman.
Akmaljon bir qo'li bilan orqasiga nimanidur yashirib olganicha onasiga kulib qarardi.
- Haa, Akmaljon nega turibsan?! Bor, kiyimlaringni almashtir...
- Onajonim! Mehribonim! Tug'ilgan kuniz bilan!
Akmaljon shunday deb ortiga yashirgan oppoq lolalarni oldi. Ular shu qadar oppoq, shu qadar chiroyli edi-ki hech unutilmaydi endi, Mehrining qalbida bir umrga muhrlanib qoladi...
Mana o'sha kunlar ham oqar suvdek o'tib ketti. Lekin... Bir savol Mehrixon ayaning yuragini siqadi. Nahot bolam o'zgargan bo'lsa, vaqt ham peshinga borib qoldi, u esa kelmadi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🏆“Ота, менга кубокни олиб келинг” – қизининг сўнгги истагини шараф билан бажарган футболчи ота

⚽️Куни кеча Германия-Дания ўйини бўлиб ўтди ва унда немислар ишончли ғалаба қозонишди. Бу икки терма жамоа узоқ 1992 йилда Европа чемпионати финалида учрашишган ва унда Дания чемпион бўлганди. Бу ютуқнинг ўзига хос ва ниҳоятда таъсирли бир жиҳати бор эди.

🎗Тасодифларга тўла ўша чемпионатда аслида Дания умуман иштирок этмаслиги керак эди. Саралашдан ўта олмай, бутсаларни отиб юборган жамоа тарқалиб ҳам кетганди. Аммо қатнашиши керак бўлган Югославияда уруш бошланиб кетади ва бу жамоа мусобақалардан четлаштирилади.

🏝Унинг ўрнига дарҳол Дания термаси йиғилади. Жамоа футболчилари рўйхатида Ким Вильфорт ҳам бор эди. У турнирга боришни рад этади – чунки жондан азиз қизалоғи Лин қон раки касаллигига чалинган, жон олиб жон бераётган пайтлари эди. Қиз оғриқлардан, умидсизликдан азоб чекаётган бир пайтда ота уни ташлаб кетишни хаёлига ҳам келтира олмасди.

🚑 Бироқ қиз отасига шундай дейди: “Ота, мусобақада қатнашинг ва ғолиб бўлиб, кубокни менга олиб келинг!”. Атрофдагилар бу мутлақ ушалмас орзу эканлиги, қизнинг соғайиши каби сароблигини ҳис қилиб, аччиқ-аччиқ йиғлашади.

❤️‍🩹 Вильфорт бу қизи Линнинг сўнгги истаги эканлигини ҳис қилади ва чемпионатга отланади. У дастлабки икки ўйинни жуда яхши ўтказади. Учинчиси олдидан уйидан қўнғироқ бўлади ва қизининг аҳволи оғирлашгани ҳақида хабар келади. Дарҳол ортга қайтган ота қизининг олдига етиб келади ва руҳини кўтаради. Иккиси Даниянинг Франция устидан эришган шонли ғалабасини бирга томоша қилишади. Шундан кейин қизи, оиласи ва бу воқеадан хабар топган бутун мамлакат Кимдан чемпионатга қайтишни ўтиниб сўрайди.
Вильфорт ярим финалга етиб боради, Голландия дарвозасига тўп киритади ва яна қизи ёнига қайтади. Кўзларида сўнгги шуълалар чақнаётган қизалоқ кубокни кутаётган эди. Юм-юм йиғлаган ота қалбини фарзанди ёнида қолдириб, вужуди билан финалга етиб боради.

🥇Финалдаги рақиб анойилардан эмасди, Германия деса нафақат Европа, балки бутун дунёнинг оёғи титрарди. Икки йил олдинги жаҳон чемпионлари Еврони ҳам қўлга киритишга астойдил бел боғлашган, тасодифий чиқиб қолган Дания улар учун писта пўчоқдек парча-парча бўлиб кетиши керак эди.
Лекин бу ўйинда умид ўйнади, орият ва мўъжизага ишонч майдонга тушди. Кўзда ёш билан тўп сурган Ким Вильфорт яна тўп киритди ва Дания Германия устидан 2:0 ҳисобида ғалаба қозониб, ўз эртагини ёзди.

❣️Кубокни олиши билан уйига қараб шошган ота уни қизига топширди. Қизалоқ Лин жони азобдалигига қарамай шодликдан сармаст бўлди. Кўп ўтмай унинг жони узилди. Дафн маросимида Дания терма жамоаси саф тортди, бутун мамлакат иродали қизалоқни сўнгги йўлга кузатиб қўйди.

🤲 Айтингчи, Сиз ҳануз мўъжизаларга ишонмайсизми?

Аброр Зоҳидов

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti

She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlarini ko’rib, ularning moddiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshlanishiga 2 ta qizni tanlab olib, ularning 1 yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman.

1-iyuldan 1-ivgustgacha @Mehrnozbot manziliga arizangizni yuborishingiz mumkin.

Tanlab olingan 2 ta talaba qizdan tashqari boshqa iqtidorli
opa-singillarimiz bilan ijodiy hamkorlik qilish, shu sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishni ham xolis niyat qilyapmiz.

Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashing, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun bu muhim.

@mehrnoz_abbos

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Акс-садо

— Дадаси, мен бозорга чиқиб келай, уйда нон қолмабди.
— Майли, борақол!
У эшик ортидан ёпилганини эшитибоқ таниш рақамларни терди:
— Жоним, роса соғинтириб юбордингиз-ку! Яхшимисиз?.. Ҳа-а-а, хотинимми, бозорга кетди, бемалол гапираверинг... Шу пайт эшик қўнғироғи жиринглади.
— Эээ, кимдир келди, хотиним қайтган кўринади. Майли, яна гаплашамиз.
Гўшакни қўяркан энсаси қотди: «Нега бунча дарров қайтди, бундоқ бозор айланмайдими?»
Остонада қўлида катта сумка, кўзида ёш билан синглиси турарди:
— Тинчликми? − сўради у.
— Ака, куёвингизнинг иккинчи оиласи бор экан...

Дилрабо Жумаева

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Покистонлик (1999 йилда вафот қилган) шоир ва ёзувчи Мирзо Адиб "Мисбоҳ" деган китобида қуйидагиларни ёзади:
1960 йиллари Деҳлига ишлагани бордим. Кунлардан бирида автобусдан тушиб, чўнтагимни қарасам кимдир мени тунаб кетибди. Ўшанда чўнтагимда 9 рупия ва конвертда меҳрибон онамга ёзган мактубим бор эди, унда: "ишдан ҳайдалдим, бу ой одатда юборадиган 50 рупияни юборолмайман...", деб ёзгандим. Хатни кейинроқ қўлимга рупиялар тушса юбораман деган умидда уч кундан бери чўнтагимга солиб юрган эдим. Мендан ўғирланган 9 рупия арзимас пул бўлганига қарамай, ишдан қувилган, пули ўғирланган одамга 9000 рупияга тенг эди.
Бир неча кундан кейин онамдан хат келди. Мен ҳар доим юборадиган пулни сўраб ёзган бўлсалар керак дея қалбимга хавотир оралади. Лекин хатни ўқиб ҳайратга тушдим. Унда онам менга раҳматлар айтиб ва ҳаққимга дуолар қилиб шундай дебди: "Менга юборган 50 рупия ҳаволанг етиб келди. Болажоним, сен жуда ажойиб инсонсанда, ишингдан ҳайдашларига қарамай маблағни ҳечам кечиктирмай вақтида юборибсан. Сенга омад ва кенг ризқ сўраб ҳаққингга дуо қиламан".
Онамга бу маблағни ким юборди экан, деб бир неча кун ҳайратда юрдим. Кунлар ўтиб қўлимга хунук дастхат билан ёзилган яна бир мактуб келиб тушди. Унда мактуб эгаси шундай ёзарди: "Манзилингни конвертингдан олдим. 9 рупиянгга олдин жамғариб қўйган 41 рупиямни қўшиб онагга, хатингдаги манзилга юбордим. Очиғини айтсам онам ва онанг ҳақида ўйладим. Онанг оч-наҳор қолиб сени ва онангни гуноҳига қолмайин дедим. Сенга саломларим бўлсин. Мен сени автобусда тунаб кетган ўғриман, мени кечир".

Баъзан ҳақиқатдан йироқ соҳта шиорларни кўтариб олганлардан кўра анча шарафлироқ ўғриларни учратиб қоламиз!!!

© Арабчадан Муҳаммад Али Муҳаммад Юсуф таржимаси.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- чет элга саёхатга бормасдан ўша харажатларни камбағалларга бер.
- Хажга ёки умрага боришни ўрнига камбағалга бер, мухтожга бер.
- қиммат иномарка минмасдан оддий мошина мин, ортган пулини камбағал мухтожларга бер.

Бу каби чақириқларга, нафақат оддий чақириқ, балки нафратга тўла чақириқларга жавоб ёзгим келди.

Биринчидан хақиқий мухтож билан боқимандаликка ўрганиб қолганларни ажратиб олайлик.

Хақиқий мухтож, оилада боқувчи бўлган отанинг ўлими сабаб бир нечта ёш болалари билан қолган оила.

Хақиқий мухтож, оила бошлиғи оғир дард билан ётиб қолиб оиладаги болалари ёш, аёли ишлашга болаларнинг тарбия ва тасарруфидан бўшай олмаган оила.

Энди эса боқимандалар ҳақида:

Ўзи ишга ярайди, аммо "иш бўлмаяпти ёрдам беринглар деб ўзи ёки кўпинча аёли томонидан мурожаат бўлади ва бир - икки бор унга маблағдан ёки рўзғордан ёрдам берилади. Қарасаки ўзидан бечорани "ёқиб" олса одамлар эҳсон бераяпти, демак ишламай еб ётса бўлади.

Агар уларга бериш тўхтаб қолса дод - вой солиб портал билан қўрқитади, баъзан шу йўл билан ўз мақсадига эришадиям ва оқибатда боқиманда бўлади қўяди.

Ўғил фарзандларини яхши ўқитиш ёки бирор хунарга шогирдга бериш ҳаёлини кўчасигаям келмайди.

Бойлар бир умр бундай боқимандаларни боқишга масъулдай деб билади.

Энди бойларга келсак:

Биринчидан бой бўлиш учун тиним билмай меҳнат қилишади, ўша боқиманда мазза қилиб ухлаб ётганда бойлар бизнесларини ривожлантириш учун ё йўлда кетаётган, ёки хонасида ўтириб бизнес режаларини устида ишлаётган бўлишади.

Бойлар ўз топган бойликларидан етим боқаётган, отаси бемор оилаларга кафиллик қилганларини ва қилаётганларини кўп гувоҳи бўлганман, хатто ўзлари етимларни уйлари яроқсиз бўлса уй қуриб беришади, аммо қилган ишларини ҳамма ёққа жар солишмайди.

Ибодатларини вақтида қилишади, закотларини вақтида беришади ва бу вазифаларини бажариб бўлиб ўзлари ва оилалари билан дам олишга чет элларга ёки Хаж ва умрага боришга юз фоиз хаққи бор деб ўйлайман.

"вой дод қийналдим" дея дод солаётган боқимандаларга иш кўрсатсангиз энсасини қотириб "мен иш сўрамаяпман, менга пулдан ёрдам бер" дейишади.

Ўзим ҳам 21 ёшимдан бошлаб савдогарликни бошлаганман, бомдод намозидан кейин ишга чиқиб кетардим, қуёш чиққанда Шахрихондан молларни мошинамга юклаб Наманганга етиб келардим ва молларни бозордаги шогирдларга бериб яна Шахрихонга йўл олардим, шу алфозда бир кунда тўрт - беш марта қатнардим.

Бу ҳаракатларимни кўрган баъзи дўстларим "ҳаётга бир марта келасан, нима азоб шунча югуриб елиш" дейишарди, ўзлари эса дадаларидан пул сўраб ялло қилиб юришарди.

Баъзан қарз сўрашар, берсам қайтаришмас, аксинча "бунча зиқна бўлмасанг, санда пул кўпку" дея хафа ҳам бўлишарди, шуларни кўплари ҳозирда ҳам ўшандай дангаса бўлиб "бирлари икки бўлмай" ҳаётдан нолиб юришади.

Ёшликда вақтларини зое қилмай хунар ўрганганлари ҳозирда шу хунарлари ортидан бой бўлиб мазза қилиб яшашмоқда.

Мен бу пост орқали харомдан пул топиб бой бўлиб яшаётганларни эмас, балки ҳалол йўл билан пул топиб бой бўлиб ва бойликларини закотини бериб ҳалол яшаётганлар хақида ёздим.

Мен бу пост орқали хақиқий мухтож бўлиб ўз диндошларидан ёрдам сўраётганларни эмас, балки боқимандалик касалига дучор бўлиб, ишламай еб ётишга мойил бўлиб қолиб доимо бойлар гўёки буларга қарздордек тармоққа чиқволиб "бойлар ундай, бойлар бундай, бойлар саёҳатларини интернетга қўймасин" дея маломат қилаётганларга қарата ёздим.

Булар диванда ётволиб маломат қилаётган вақтда ўша бойлар қайсидир мамлакатда ёки қайсидир шаҳарда ўз бизнесларини давомийлиги учун югуриб елиб ҳаракатда юришибди.

Қисқаси, "ишлаган тишлайди, ишламаган кишнайди" деган мақол тўппа тўғри.

Халол меҳнати билан бой бўлдими, маломат қилманг, у ўз меҳнатини рохатини кўришга хаққи бор.(асосийси, у харомга сарф қилмаса бўлди).

Саломат бўлинглар.

Мухаммад Икром

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ota ...

/channel/hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ҲАР КИМ ЎЗ ИШИНИ ҚИЛИШИ КЕРАК!

Бир неча йил олдин Туркияда бир даҳрийсифат одам масжид имомига сўз қотибди: «Бошқа халқлар Ойга учиб, ер бойликларидан қандай фойдаланишни қойиллатиб, тараққиётга эришмоқда. Сизлар бўлса ҳалиям беш маҳал масжидга қатнаб, рўза тутиб, ўралашиб юрибсизлар».
Имом домла унга сокингина шундай дебди:
- Неча ёшга кирдингиз?
- 65 га
- Намоз ўқийсизми?
- Йўқ, шу пайтгача ўқимадим, бундан кейин ҳам ўқимасам керак.
- Ойга чиқдингизми ёки бирор кашфиёт қилдингизми?
- Йўқ, нимайди?
- Биз намозу рўза билан банд бўлиб Ойга уча олмаган бўлсак, сиз нима қилиб ерда қолиб кетдингиз?
- Ҳа, энди...
- Бизку намоз ўқиб, рўза тутиб ҳеч йўқ ўзимизни, оиламизни тарбия қилдик, фарзандларимизни жамиятга яхшилик қиладиган кишилар этиб етиштирдик. Сиз ўзингиз нимани қойиллатдингиз? Биз қозоннинг бир тарафини кўтариб турибмиз, нариги томонини сиз кўтаришингиз керак эди. Ўзингиз кўтармаган тараф тушиб кетиб қолса, нега бизни маломат қиласиз? Ҳар ким ўз ишини қилиши керак-да, биродар!

Аслида поклик, ибодат ҳаётда энг муҳим иш ва бу, айримлар ўйлагандек, ҳаётдаги бошқа юмушларга, тарақққиётга ҳеч қандай халал бермайди, аксинча, ёрдам беради, ундиради. Аммо ибодатдан йироқ кишиларга шайтон ўз ишларини ҳаспўслашга турли баҳоналар топиб берганидан улар ҳар хил мантиқсиз гаплар айтиб туришади.
Муаммо покланишда ҳам эмас, ибодат қилишда ҳам эмас, балки ундан бошқа керакли ишларни бепарво ташлаб қўйишдадир. Аллоҳнинг ибодатга оид буйруғига амал қилиш билан бирга, сабабият қонуниятига ҳам риоя этиш даркор.
Яна бир гап. Баъзилар шу тозаланишни ўргатаверасизлар энсани қотириб, унинг ўрнига катта масалаларни гапириш керак, дейди. Тўғри, жиддий масалаларни ҳам муҳокама қилиш даркор, бироқ ундай мавзуларга ҳамманинг ҳам эҳтиёжи, қобилияти бўлмайди, аммо тозаланишга ҳамма муҳтож ва у ҳамманинг қўлидан келади. Мана бу жиҳатни ҳам унутмаслик керак.

Хуллас, ҳар нарсага динни, диндорни айбдор қилишга уруниш даҳрийча ва нохолис ёндашув. Ҳар бир ишнинг ўз сабабини жорий қилиш, ҳар ким ўз ишини қилиши керак. Ўз вазифасини бажармаганлар айбни бошқага юкламай, ўз бурчларини адо этишлари лозим. Ана шунда ҳамма нарса маромига келади.

Устоз Hasan Al-Muqriy ҳафизаҳуллоҳ

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бугун кўрилган энг таъсирли видео роликлардан бири 🥺

Сиз опа-сингилларингиздан оҳирги марта қачон хабар олдингиз?

Ака-укаларга юбориб қўямиз

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бирни кўриб фикр қил, мингни кўриб шукур қил!

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

SHerzod aka bilan Latofat opa tushunmadi. Biroq domla bilan Rohila opa hangu-mang edi. Kitobni olgan kundan domlaning ayoli to‘shakka mixlandi. SHuhrat aka kuyovi bilan qiziga telegramma jo‘natdi. Ular etib kelishganida Rohila opa so‘nggi nafaslarini olayotgandi. Ayol Sohibjonni yoniga chorladi, nafasi bo‘g‘ziga tiqilib bazo‘r pichirladi: — Meni kechir o‘g‘lim! Onasini so‘nggi yo‘lga kuzatarkan, Sohibjon kuyunib yig‘ladi. Bu kuyunchaklikni hamma o‘zicha mushohada qildi, o‘zicha tushundi. Qabr boshidan qaytganlarida domla Sohibjonga uydagi sandiqdan pul olib chiqishni buyurdi. Yigit sandiqni ochdi. Bir chetida turgan qutichani ko‘rdi. Qo‘liga olib qopqog‘ini ko‘tardi. Qutichaning ichida uyum xatlar bor edi. Endi qutichaning og‘zini yopishga shaylangan edi, bir maktubning ustidagi yozuv e’tiborini tortdi. Aftidan u yaqindagina kelgandi. Xatni ochib o‘qidi: —... 01 — sonli «Mehribonlik uyi» ma’muriyatidan... SHuhrat Solihovga. Yigit qaynotasining «mehribonlik uyi» bilan qanday bog‘liqligi borligiga qiziqib nomaga ko‘z yugirtirdi: —... Sizlar sharifingizga rasmiylashtirib, farzandlikka olgan Nigina Solihovaga yaxshi tarbiya berganlaringiz uchun tashakkur bildiramiz...

Shavkat Odiljon

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Birga yashaymiz, birga ishlaymiz. Uyda iymanadigan hech kim yo‘q. Kelinoyingiz va yolg‘iz qizim bor. Sohibjonning so‘z aytishga tili lol edi. SHuhrat Solihov talabasidan javob bo‘lavermagach sukut alomati rizo deb tushundi. — YUklaringizga mashina yuboraymi? — Yo‘q. O‘zim... — Unda kechqurun sizni uyda kutaman. — Albatta. — Xayr. Kun shomga yaqinlashganda amallab domlaning uyini topdi. Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Darvozani domlaning xotini Rohila opa ochib, samimiy kutib oldi. Qizi ham bog‘oyat maftunkor, xuddi arman qizlaridek ko‘zlari quvlik bilan boquvchi, yanoqlari serjilo bo‘lib — ismi Nigina edi. Sohibjon to‘rtinchi bosqichda davlat imtihonlari o‘tayotgan mahal SHuhrat Solihovning sa’i-harakatlari bilan grant asosida Sohibjon Fransiyaga bir oylik malaka oshiruvchi o‘qishga jo‘natildi. Yigit o‘zga yurt havosidan bahra olarkan vatanini, ota-onasini ayniqsa Niginani benihoya sog‘indi. YUrtiga qaytadigan kuni hammaga sovg‘a oldi. Niginaga esa alohida eng yaxshi, eng qimmatbahosini... Aeroportdan to‘g‘ri SHuhrat Solihovning uyiga kelgan yigit ertasi kuni Samarqandga ota-onasining bag‘riga shoshildi. Oilaviy suhbat asnosida yigit onasiga Niginada ko‘ngli borligini e’tirof etdi. Onasi Sohibjonga dedi: — Nigina domlangni yolg‘iz qizi bo‘lsa, uzoqqa qiz bermas-ov. — Oyi, siz borib ko‘ring. Bilaman, Niginaning ham menda ko‘ngli bor. SHunday qilib sovchilik ko‘ngildagidek o‘tib, har ikki tomon kelishib to‘y qilindi. SHuhrat Solihov kuyoviga mashina sovg‘a qildi. So‘ng Sohibjonning topgan-tutganlariga dadasi hamda qaynotasi ko‘maklashib uy olib berdi. Oradan o‘tayotgan fursat oilani baxt daraxtiga maxkamroq va mustahkamroq bog‘ladi. Nigina o‘g‘il ko‘rdi. Vaqt to‘fondek uchadi. Ana shu to‘fon Rohila opani dardga chalintirib ketdi. Tez-tez sog‘ligi yomonlashadigan bo‘ldi. Odatiy kunlarning birida Sohibjon ishdan qaytarkan, rafiqasi qo‘ng‘iroq qilib onasining holidan xabar olib kelishini so‘radi. U ashinasini qaynotasining hovlisi tomon burdi. Manzilga etib kelganida darvoza qiya ochiq edi. Ichkari odimlarkan uyning peshayvonida qaynonasining uxlab yotganiga ko‘zi tushdi. Oldiga borib o‘tirdi. Picha vaqt o‘tib odam nafasidan uyg‘ongan ayol shoshib o‘rnidan turdi. Lahzalik shoshilish vaqtida qo‘lida quchoqlab uyquga ketgan surat pastga tushib ketganini sezmadi. Hol-ahvol so‘ralib, Sohibjon erdagi rasmni qo‘liga olib dedi: — Hali kelsam qo‘lingizda ekan. Pastga tushib ketdi. Qaynonasiga uzatishdan oldin suratga ko‘z yugirtirdi. Qo‘lidagi rasm uyidagi surat bilan bir xil edi. Ortidagi yozuv ham o‘sha — «Bekzodjon uch oylik». Keyin qaynonasini so‘roqqa tutdi: — Bu kimning yoshligi? — O‘g‘lim, dardmanligimning davosi shu suratda! Sohibjonning yuragi muzlab ketdi. Axir onasi Latofat opa rasmni ko‘rsatib «O‘g‘lim bu sensan» demaganmidi! «Nega Bekzod deb yozilgan» deb so‘raganida «Dadangga ko‘proq Sohibjon ismi yoqardi, shuning uchun o‘zgartirganmiz» degandi-ku. Yigit uzoq xayol surdi, keyin mayingina shivirladi: — Tushunmadim. Bu suratning sizga nima aloqasi bor? — O‘g‘lim, oradan shuncha yillar o‘tdi. Boshimizdan o‘tgan voqealarni hech kimga aytmadik. Nigina ham bilmaydi. Sabr bilan eshitsangiz sizga ko‘nglimni yoray. Zora engil tortsam! Sohibjon «eshitaman» degandek bosh chayqadi. — Domlangiz bilan institutda birga o‘qirdik. Bir-birimizni yoqtirardik. U kishiga juda ishonardim. Ana shunday kuchli ishonch bilan ba’zida u kishining ijara uyida tunab qolardim. Kunlarning birida homilador ekanligimni bilib qoldim. Men to‘y qilamiz dedim. Uyiga qo‘ng‘iroq qilgan ekan otasi «Bu yil uylantira olmaymiz» debdi. Bu gapdan keyin SHuhrat aka boshqa ijara uy topdi. Birga yashay boshladik. Kursdoshlarimiz ham sezmadi. Ko‘zim yorishiga yaqin qolgan oylarda darslarga qatnamadim. Farzandimiz tug‘ildi — Bekzodjon. U uch oylik bo‘lganda rahmatli qaynotam qo‘ng‘iroq qilib «O‘sha samarqandlik qizga uylanasanmi» debdi. To‘y kuniga ikki kun qolganda bolani nima qilishni o‘ylab qoldik. SHuhrat aka «Mehribonlik uyi»ga topshiramiz, to‘ydan keyin kelib qaytarib olamiz dedi. Men ahmoq ko‘nmadim. Uyga olib ketaman, oyimga beraman deb turib oldim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Qanday tarbiya berayapmiz?

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Havo anchayin sovuq. Qish zahri hali ketmagan. Xuddiki bu joylardan ketishni xohlamagandek atrofda izg'irin shabboda esib yuribdi. Mehrixon ayani sovuq oldimi yoki ertalabdan buyon bir nuqtaga - ko'sha eshikka tikilgani uchunmi ko'zi milt-milt yumila boshladi...

" - Qizim, qizalog'im Mehri!
- Voy! Siz kimsiz?
- Men onangman qizim, tanimadingmi?
- Yo'q men sizni faqat suratlarda ko'rganman. Hech qachon tushlarimga kirmagandiz...
- O'zimni go'zal qizim. Tavallud kuning muborak bo'lsin!
- Qo'ying... Tabriklamang! Sizni o'limizga men aybdorman.
- Unaqa emas qizim. Allohimni taqdiri bu. Sen tug'ilsang, tug'ulmasang Alloh baribir peshonamga bitgan kuni jonimni olardi. Qolaversa men bundan xafa emasman. Sababi sendek ajoyib qizni dunyoga keltirdim.
Mehrixon aya yig'lab yubordi. Lablari muttasil titrar, gapirishga bir so'z topolmas edi.
- Qizim... Senga Hojilik libosi rossa yarashibdi. MaashaAllah. Qilgan Haj amalingni Alloh dargohida qabul qilsin!
- Qanaqa hojilik?! Men hali Hajga bormadim, aya. Yoshim ham 60 ga bordi. Alloh nasib qilishini tinmay duolarimda so'rayman...
- Yo'q Mehri. Hajga borib keldingku. O'zim ko'rdimku seni! Ana ustingda ham hojiar kiyadigan libos. Judayam yarashibdi senga. Libosingdan nur taralyapti go'yo!
Mehrixon aya qarasa haqiqatdan ham ustida oppoq ko'ylak. Undan yorqin, porloq nur taralib turardi. Shosha pisha onasiga qaradi.
- Aya, qayoqqa ketyapsiz?
- Men endi ketishim kerak. Haj amalingni Allohim qabul qilsin qizim..."

"Allooooohu Akbar Alloooohu Akbar!" Mehrixon aya azon ovozidan cho'chib uyg'onib ketdi. Peshin vaqti bo'ldi. "Tavba, ajib bir tush ko'ribman. Alloh xayrli qilsin" o'ziga o'zi pichirladi. Mehrixon aya obdastaga iliq suv qildi. Yuragi qattiq sanchdi. Yiqilib ketib zina yoniga o'tirib qoldi. Anchagacha yurak og'rig'i bosilmadi. Bazor o'rnidan turib taxoratxonaga yo'l oldi...
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Mehri

(Hikoya)

Ajoyib joylar. Tog' havosi toza, musaffo. Atrofdan yoqimli ifor taraladi. Bahor havosi. Yoshlik, navqironlik havosi. Bugun go'zal faslning ilk kuni - 1-mart! Televizorda boshlovchi tinmey bahorni alqab maqtamoqda : "... Bahor fasllar kelinchagidir. Mana qishni ortda qoldirib yurtimizga go'zal fasl bo'lmish bahor ham kirib keldi..."
Bejirimgina, ozodagina hovlida o'rik daraxti ostidagi supachada yoshi oltmishlarga borib qolgan kampir boshini sarak-sarak qilganicha bir nuqtaga tikiladi... Nimalarnidir o'ylaydi... Nimadur bo'lishi kutayotgandek go'yo. Bu Mehrixon aya! Mehrixon aya oxiri ko'zlarini chirt yumib oldi. Chuqur xo'rsinib qo'ydi. Qo'liga so'tka telefonini oldida ekranini yuziga yaqinlashtirdi. Ko'zlari xira tortib qolganidanmi sinchiklab qaradi, qaltiroq bosgan barmoqlari bilan telefon tugmalarini bosdi. Allakimni raqamini qidirayotgan bo'lsa kerak asabiy bosh chayqadi. Va nihoyat qidirayotganini topdi shekilli mamnun jilmaydi. Telefon uzoq gudok chaldi... "Tuuuut... Tuuuut..."
- Alyooo, o'g'lim...
- Alo, Assalamu alaykum aya! Hozir band edim-da, majlisdaman! Keyinroq o'zim tel qilaman, xo'pmi? Zerikmay o'tiring...
Telefon o'chdi. Mehrixon ayaning ko'zidan achchiq yosh sizdi. Qalbida allaqanday g'alayon ko'tarildi. Nahotki, yakka-yu yolg'iz o'g'li, bir donagina jigarbandi shunchalar o'zgarib ketgan bo'lsa?! "Onajonim!" Deb eshikdan kirib keldigan o'sha kichkina Akmaljon, Mehrixon ayaning Akmaljoni, borini bergani undan bir og'iz shirin so'zini ayasa! Axir bugun ayaning tug'ilgan kuni edi-ku! 1-mart! Bahorning ilk kuni. Mehrixon aya ertalabdan beri o'g'lini kutadi. Ko'zlarini eshikdan uzmadi. O'g'lim keladi, meni tabriklaydi deya o'ylagan edi. Yo'q-yo'q! Mehrixon ayaga sovg'a-salom kerakmas, u o'g'lidan hech narsa kutgani yo'q. Kutayotgani ozgina mehr, bir og'iz shirin so'z...
Mehrixon aya yosh eridan beva qoldi. O'sha paytlar Akmaljon hali emizikli go'dak edi. Bir amallab farzandini katta qildi. O'zini o'qqa-cho'qqa urdi. Maktabda farroshlik, restoranlarda idish-tovoq yuvuvchilik qildi. Kamiga bo'sh paytlari mardikorlik qilib odamlarni uyida ham ishlagan paytlari bo'ldi. Unga juda ko'pchilik og'iz soldi. "O'g'limni turtkilashlariga chidolmayman. Qolgan umrimni shu bolam Akmaljonimni iqboliga bag'ishlamoqchiman."deb boshqa turmush qurmadi. Ham bir tomondan u erini juda qattiq sevar edi. O'zini boshqa erkak bilan tasavvur qilolmasdi. O'z-o'zidan Mehrixon ayaning ko'z o'ngidan butun bir hayoti o'tib ketgandek bo'ldi. Bolaligi, yoshligi, sevgiga limmolim, lekin juda qisqa bo'lgan turmushi, undan keyingi ko'rgan qiyinchiliklari...
* * *
- Mehri! Jonim! Shoshmasangchi?!
- Baribir yetolmaysiz!
Mehri qiyqirganicha uzumzor tomonga yugurdi. Oxiri charchadi shekilli hansiraganiga uzum zangiga suyanib qoldi. Bu yil hosil ancha mo'l bo'ldi. Uzumlar g'arq pishgan. Toklarni ostiga osilganicha "Meni ol, meni ol " deb chorlayotganday... Baquvvat qo'llar kelib Mehrining belidan maxkam quchib oldi. Mehri seskanib ketdi. Shosha-pisha u qo'llarini olib tashlashga harakat qildi.
- Akbar aka! Teginmang... Kimdir ko'rib qolmasin tag'in...
- Nima bo'pti? Axir, unashtirilganmiz-ku, bir oy ichida to'yimiz bo'lsa, o'zi shundoq ham meniki bo'lasan...
Akbar Mehrining qo'llarini maxkam qisdi, yuzini Mehrining yuziga yaqinlashtirdi.
- Eee, qoching! Xiralik qilmang dedim.
- Xo'p-xo'p, mana qochdim.
Akbar asta jilmaydi. Sekin gap boshladi.
- Mehri, tug'ilgan kuning qachon?
- Nega so'rayapsiz?
- Shunchaki, bilmaskanmanda. Bilib olsam yaxshida, gulim. Senga o'sha kuni gullar olib beraman. Xo'sh qalay?
- Bahorning ilk kuni. 1-martda tug'ilganman.
Mehri birdan xomush tortdi. Ko'zlari yoshlandi. Akbar buni ko'rib hayron bo'ldi.
- Mehri, nima bo'ldi? Bu hafa bo'laydigan narsamas-ku. Nimaga yig'layapsan, tushunmadim?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

СИЗГА РАҲМИМ КЕЛЯПТИ...

Ризқдаги тангликдан шикоят қиламиз. Қанча одамлар нафас олишдаги тангликдан қийналадилар.

Тўполончи бўлса ҳам болаларимиз бор. Қанча одамлар фарзандсизликдан қийналадилар.

Тез-тез дори ичиб турадиган бўлсалар ҳам дуогўйимиз ота-онамиз борлар. Қанча одамлар ота-онасининг ҳидига, поябзалининг чангига зор.

Тез асабийлашиб, бақирадиган бўлса ҳам эрингиз бор. Қанча аёллар оила бекаси бўлиш орзусида, қўли калта, фақир бўлса ҳам, романтикани билмаса ҳам бошида эри бўлишини истайди.

Сариёғ, қаймоқ, творог, банан, мураббо емасак, турли шарбатлар ичмасак ҳам, нон соладиган идишимизда устини бироз пўпанак босган, қотган бўлса ҳам нонимиз бор. Қанча инсонлар бир бурда нонга зор.

Ижарада ўтирган бўлсак ҳам уйимиз бор. Қанча-қанча ижара тўлашга ҳам қурби етмайдиган, уйсизликдан сарсон бўлаётган юртдошларимиз бор.

Бир киши Муҳаммад ибн Восеъ раҳимаҳуллоҳнинг оёғига чиққан ярани кўриб, «Сизга раҳмим келяпти» деганида, у киши «Мен эса худди шу яранинг кўзимдан чиқмаганига шукр қиляпман» деган эканлар.

Биттаси фақирлигидан шикоят қилиб, бойларга ишора қилиб «Аллоҳ таоло бу бандаларига бойлик, мол улашаётганда биз қаерда бўлган эканмиз?» деди. Шунда оғайниси уни шифохонага олиб бориб, беморларга ишора қилиб: «Аллоҳ таоло бу бандаларига беморлик улашаётганда биз қаерда бўлган эканмиз?» деган экан.

Аллоҳ таоло миллиардлаб бандалари орасидан сизу бизни танлаб, Иймон, Ислом неъматини ато қилди, Ўзигагина ибодат қилиш, Пайғамбари соллаллоҳу алайҳи васалламга эргашиш бахтини ато этди. Қанчадан қанча кимсалар бу неъматдан маҳрум ҳолда, залолатда юрибди.

Аллоҳ таоло ҳаммамизни Ўзининг ҳидоятидан айирмасин ва хотимамизни чиройли қилсин!

Нозимжон Ҳошимжон

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Елкадош

—Юр, салқинроқ жойда ўтирамиз
—Темур ака, қорним очди
Йигит бир лаҳза сукут сақлади, сўнг аёлининг дўппайиб қолган қорнига қараб
—Нон ейсанми? —деди
—Бир бошгина узум ҳам олинг, иложи бўлса.
Темур битта буханка нонни кўтариб келаркан узоқдан уни кўриб ҳафсаласи пир бўлган аёлининг кўзига қарамасликка тиришди.
—Узум тополмадим.
Эри ёлғон гапира олмайди, аммо нима қилсин жувон ҳам биттагина ёпган нон билан узум олиб келишига умид қилганди-да.
Қишлоғида узумлар ғарқ пишган ҳозир. Онаси ҳар саҳар тандирда нон ёпарди...
Тамилланинг буханка егиси келмади. Шундоқ бўлсада эри ушатган нондан бир бўлагини оғзига солди.
—Иссиққина экан... Бироздан сўнг эса ҳомиладорлигида пайдо бўлган касали-жиғилдони қайнай бошлади.
Ўша куни йўлкирага пули қолмаган ёш оила уйга пиёда қайтдилар.
—Юриш —соғлиғим учун фойдали, деди аёл...

Йиллар йилларни қувиб ўтди. Улғайдилар. Пойтахтга мослашиб, яшаб, сингиб кетдилар. Бу йиллар ҳаёт учун кураш йиллари бўлди.
Энди Темурнинг ошиғи олчи. Ўзи ҳам салобатли одамга айланди. Аёли ҳам ўқиди, изланди. Ҳозир хусусий шифохона эгаси.
Темур машинасига ўтирар экан узоқдан келаётган Сулувни кўриб, кўрмасликка олди. Тезроқ жўнаб қолиш пайига тушди. Бу қизнинг ниятини билиб юрибди. Ўзига бефарқ эмаслигини ҳам сезади.
Ўтган куни фаррош аёл хонанинг чангларини артган бўлиб гап бошлаб қолди
—Темуржон, Сулув айтяпди. Яхшироқ йигитлар бўлса, иккинчи хотин бўлиб ҳам эрга тегардим деб. Ўртоқларингиз орасида шунақалари йўқми?
Йигит доим ўзига оро бериб, атрофида гирдикапалак бўлиб юрадиган ҳисобчи аёлни бир лаҳза ўзиники деб тасаввур қилиб, юраги ҳапқириб кетди.
—Билмасам, опа, —деди фаррош аёлга қарамай. Кейин ўзини ишга шўнғигандек қилиб кўрсатишга тиришди.

Эрталаб аёли аввал уни ишга кузатади, сўнг ўзи машинасига ўтиради. Бугун ҳам иккиси нонушта қилдилар. Таътил бўлгани учун болаларни уйғотишни истамадилар.
—Узум енг, чиллаки пишибди , кеча бозордан олгандим. -деди аёл нон ушатаркан қоп-қора узум солинган ликопчани хаёл суриб ўтирган эрининг олдига сураркан
Эркакнинг хаёллари тумандек тарқаб кетди. Хотиралар олисга етаклади. "Бир бошгина узум ола келинг..."
Ишхонасига келганида фаррош аёл унга яна Сулувни эслатди
—Опа, сизни тушундим, мен аёлимни яхши кўраман. Оғир кунларимда елкадош бўлган, садоқатли дўстимга нисбатан бундай хиёнат қилолмайман. Илтимос, менга бошқа бу мавзуда оғиз очманг,— деди.
Фаррош аёл униинг шаъмасини осон илғаб, чиройли рад этган бошлиқдан уялиб кетди. Сулувга ваъда берганди. "Тузоққа тушмайдиган эркак бўларканми?!" -деганди. Дунёда ҳали ҳам мард эркаклар бор экан деган хулосага келди у.

Темур Сулувнинг таъқибидан қутулди. Эрта ўтиб индинига эса уни бош бухгалтер олдида қилпиллаётганини кўриб яна аёлини ва унинг доим такрорлайдиган гапларини эслади.
— Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, Темур ака, ўйламанг, сиқилманг, мен ёнингиздаман!

Феруза Салходжаева

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ҳаётда сизни хафа қилувчилар кўпайса, демак кечиришни унутибсиз. Кечирувчан, раҳмдил бўлинг, шунда хафа қилувчилар камайганини кўрасиз. Йиққан молу давлатингиз қўлдан кетдими, демак қалб бойлиги тўплашни унутибсиз. Энди қалб бойлигига эришиш йўлида сабр йиғиш вақти келди.

Бошингиз қарздан чиқмай қолдими, демак шукурни унутибсиз ёки Яратганнинг амрига хилоф иш қилибсиз.…

Атрофингизда сиздан хафа булувчилар кўпайса, билинг, дилозор ва такаббур бўлиб қолибсиз. Ақл-ҳушингизни йиғиб олинг, кибр-ҳавони йиғиштириб, дилларга меҳр улашинг, ана шундагина ҳаётингиз ўзгаради.

Фарзандингиз қайсарлик, ўзбошимчалик қила бошласа, билинг, ўзингиз шундайсиз. Ўзингизни ўнгланг, чунки фарзанд ота-она учун кўзгудир.

Лавозимингиз ошдими, билинг, атрофингизда лаганбардорлар кўпайди. Эътиборли бўлинг, бундай ёлғон "дўст"ларни чин дўстларингиз билан алмаштириб қўйманг!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Barchangizga kirib kelgan Qurbon Hayiti bayrami muborak bo’lsin!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ЎЗГАРУВЧАНЛИК
Юсуф алайҳис саломнинг акалари ўз манфаатлари учун укалари Бинямин керак бўлганида оталари ҳузурига Мисрдан қайтиб бориб: "Эй ота! Бизга (дон) ўлчаб бериш ман қилинди. Биз билан укамизни юборинг, ўлчаб оламиз. Биз уни албатта муҳофаза қиламиз!", дейишди.

Эътибор беринг, ишлари тушганида "укамиз" дейишмоқда.
Ишлари битгач: "Эй ота! Ўғлингиз ўғирлик қилди!", дейишган эди.
Яъни, бу сафар "укамиз" дейишмади.

Тавба! Инсонларнинг манфаати тугаса гапи ҳам нақадар тез ўзгаради!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ғурра-ғурра сўз йиғдим
Бошим ерга тега кўп.
Сал машҳурман шекилли,
Бугун менга эга кўп.

Бировларнинг наздида
Шоир нархи арзондек.
Қўйиб берсанг, устингдан
Пул сочади хазондек.

Улар қайда эдилар
Мен бошлаган кезимда.
Боламга нон тополмай
Йиғлаганим эсимда.

© Муҳаммад Юсуф

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ўғри хурсанд бўлди
Учинчи ёки тўртинчи синфда ўқирдим. Дадам менга ўша пайти жуда урф бўлган велосепид олиб бердилар. Ҳали ҳайдашни билмасам-да, азбаройи қувонганимдан оёқларим велосипед занжирларига ўралашиб қонаб кетса ҳам тинмас эдим. Чарчоқдан донг қотиб ухлаб қолсам ҳам яна азонлаб великка чопардим. Хуллас, қувончимнинг адоғи йўқ эди. Аммо бу шодлик узоққа чўзилмади.
Кунларнинг бирида ҳовлига чиқсам, велосипед йўқ. Ҳаммани оёққа турғиздим. Фойдаси йўқ — велосепид ўғирланган эди. Кимдан гумон қилишни билмаймиз. Мен эса шундай қадрдон овунчоғимга тўйиб улгурмай уни йўқотиб қўйганимга жудаям ачиндим. Шу боис бошқасини олиб беринг, деб дадамга тихирлик қила бошладим. Лекин дадам эртага, индинга деб “тойчоқ” олиб келишни орқага суравердилар. Бир куни бу масала оила даврасида “кун тартиби”га қўйилди.
— Ўша велосипед ўғирлангани яхши бўлди, — дедилар дадам ҳаммамизни ҳайрон қолдириб. — Ўйлаб кўрсам, гузарда фақат сенда бор экан. Миниб кўчага чиқиб кетганингда ортингдан тенгдошларинг ҳавас билан қараб қолишади. Аниқки, улар ҳам ота-оналарига бориб хархаша қилишади. Арзон бўлса, қўшнилар ҳам болаларига олиб беришарди. Лекин кўп болали бўлгани учун битта вилосепиднинг пули айрим оилаларга оғирлик қилади. Кўча-куйда қўшнилар билан кўришишдан хижолат бўлиб юрган эдим, яхши бўлди йўқолгани. Ким ўғирлаган бўлсаям отасига раҳмат.
Ана бўлмаса!? Мен дадамдан умид қилиб ўтирсаму у киши муттаҳам бир ўғрига раҳмат, деб ўтирибдилар. Хафа бўлиб кетдим.
Вақт — ҳакам, дейдилар. Орадан олти-етти ой ўтиб ҳаммаси унут бўлиб кетди. Аммо қўшнимизникида тўй бўлди-ю, ўғри ким эканлиги маълум бўлди. Бир қишлоқдошимизнинг ўғли тўй айни қизиган пайтда ҳаммани ҳайрон қолдириб: “Эшон бобо, мени кечиринг, велосипедни мен ўғирлаган эдим, ўшандан бери бутун баданимдан яра-чақа аримай қолди", деб дадамнинг ёнларига келди.
Жуда хунук манзара юзага келди. Ҳамма дадамга қараб турибди. Дадам тўйниям, ўғриниям кўнглини бузгилари келмади, шекилли:
— Ўша велосипеднинг йўқолганига мингдан минг розиман. Бирор кунингга яраган бўлса, янада яхши. Ҳечам оғринганим йўқ. Бола-чақанг билан ҳузур қилиб минавер, дедилар.
Бу гапдан сўнг ҳамма қарсак чалиб юборди. Боягина ҳамма жойим яра, деб қилмишидан пушаймон бўлиб бош эгган йигит эса энди умуман бунақа иш қилмайман, деб эл-юртга сўз берди.
Яқинда қишлоққа бордим. Болаликда велосепидимни ўғирлаган одам дадамни эслай туриб ана шу воқеани эсимга солди ва буни албатта ёзинг, деб менга тайинлади.
Ўғрининг айтганини бажариб тўғри иш қилдим, шекилли...

© Максуд Жонихонов

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Zamonaviy "loxotron".

Tasavvur qiling, men o'z suratim tushirilgan tanga ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydim. Uni odamlar orasida muomalaga kiritish uchun 2 ta asosiy to'siqdan o'tishim kerak.

Avvalo, men bosib chiqargan tanga odamlarning aksar qismida bo'lishi hamda, shu tanga orqali o'zaro mahsulot almashinuv jarayonini yo'lga qo'yishim kerak.

Bularni amalga oshirish uchun, avvalo odamlar orasida mening tangam o'ta ishonchli ekanligi borasida gap tarqataman (blokchayn, kriptovalyuta va h.k.) va 1-bosqichda tangalarimni hammaga bepulga tarqatib chiqaman. Odamlar ko'proq olsin uchun "Vaqti kelganda buning 1 birligiga falon dollar beriladi" motivatsiyasini qo'shib qo'yaman.

Endi shunchaki vaqt o'tishini va odamlar orasida iloji boricha ko'proq tarqalishini kutib o'tiraman. Ma'lum vaqt o'tgach, 2-bosqichga o'tishni boshlayman.

O'zimga yaqin jo'ralarimga tayinlab, bir muddat davomida men chiqargan tangalarimni ayrim odamlardan 1 birlikka 10 barobar miqdorida sottirib oldiraman. Qolgan ishni tangani sotib daromad qilgan odamlarning o'zlari davom ettirishadi.

Ularning ishonchiga kirgan men "Ahmadboy", o'zim chiqargan tangalarni yanada tezlik bilan odamlar orasida yoyishni boshlayman. Lekin endi tep-tekinga emas, ozroq 1-2 so'mga.

Ma'lum vaqt keladi, mening pulim o'zining pik nuqtasiga yetadi va almashuv kursi pufakchasi yorilay deb qoladi. Ana endi men bozorda tala-tala bo'layotgan o'z "axlat"imni borini xaqiqiy pulga sotaman va men ham birdan yo'q bo'lib qolaman. Bu sxemaning jabrini pullarimning oxirgi xaridorlari ko'rishadi. Zamonaviy piramidaning yangi ko'rinishi.

P.S. Sichqonshunos olim bo'lib ketayotgan do'stim, sen xozirda shunchaki telefon ekraniga tiqillatib "pul" topayotgandirsan. Mayli, keyinchalik sen o'ylagandek $ ham ishlab topib olarsan.

Lekin, kun davomida mana shu tiqillatishingga sarf qilgan vaqtingga ham bir nazar solib qo'y. Xali, hayotlikda o'tkazgan har bir oning uchun javob bermaguningcha qadaming siljimaydigan vaqt oldinda turibdi. Qanday javob berasan?

Salafi-solihlarimizdan "Bizga bu dunyo haqida so'zlab bering" deb so'rashgan ekan. "Nimasi haqida so'zlay, qilgan yaxshi amaling uchun-da hisob so'ralasan, yomoni haqida aytmasa ham bo'ladi" deb javob berishgan ekan.

#Facebookdan

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Badr

  • Makka fath bo'lish arafasida edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu yurishga qo'shin tayyorlashni qat'iy amr qilgan edilar. Shu bilan birga, bu tayyorgarchilikni sir tutishni qattiq tayinlagan ham edilar.

• Barcha ish rejadagiday ketayotgan edi. Makkalik sahobalar vatanlari tuprog'ini ko'zga surishga mushtoq bo'lishsa, madinalik sahobalar Hudaybiyada umra qilishdan to'silganliklari uchun qayta umra qilish ishqida yonishardi. Makkada azon tovushi "Allohu akbar" nidosi barcha ovozlardan yuksalishi orzusi qalblarni o'rtar edi.
 
• Ammo bir ish bo'ldi. To'satdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali, Zubayr va Miqdod roziyallohu anhumni "Ravzatu xox" degan joyga zudlik bilan yetib borishlarini, bir ayol maktub olib ketayotganini, uni tutib olib kelishlarini buyurdilar.
    Uchala sahobiy ayolning izidan tushdi. Unga yetib olib, maktubni berishni so'radi. Ammo ayol bermadi. Sahobalar uning kiyimlarini yechib tekshirish bilan qo'rqitiganida maktubni sochlari orasidan chiqarib berdi.

• Keyin xatni olib kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga topshirishdi. Uni Xotib ibn Abu Balta'a roziyallohu anhu bitgan bo'lib, Makkaga musulmonlar fath qilish uchun borayotgani xabari yozilgan ekan.
    Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning uzrini qabul etdilar. Ammo
qat'iyati bilan tanilgan Umar roziyallohu anhu shiddat ila qilichini yalang'ochlab: "Izn bering, Allohning Rasuli, bu munofiqning kallasini olay!" dedilar.
    Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Yo'q, ey Umar! - dedilar. U Badrda ishtirok etgan. Qayerdan bilasan, Alloh taolo Badr ahliga boqib: "Xohlagan ishingizni qiling. Men sizni mag'firat qildim" degan bo'lsa-chi?!"

"Badrda ishtirok etgan!"

• Birodar! Agar insonlardan xatolik o'tsa, ularning yaxshi tomonini eslay olasizmi? Yoki ilk xato qilishi bilan barcha fazilatlarini unutib, ular bilan o'tgan shirin lahzalarini yoddan chiqarasizmi?

  • Har bir insonning hayotida "badrda ishtirok etish" bor. Nega endi ana shu "badr" ila anavi xatolarni yopmaymiz? Aksincha, xatolari ila "badr"ini yo'q qilish harakatida bo'lamiz. Nega insonlardan doimo farishta bo'lishlarini talab qilamiz? Axir, eng chopqir ot ham toyiladi-ku! Har qanday qadam ham sirpanadi-ku! Har qanday mohir mergan ham xato qiladi-ku!

  • Ayolingiz bolalarni tarbiyalab, pishirib-kuydirib, ularga dars qildirib, har kuni "badr"da ishtirok etadi. Nega endi birgina xatosi tufayli uning xizmatlarini yo'qqa chiqarasiz?!
    Eringiz sizni deb, farzandlarini deb, kecha-yu kunduz yuguradi, mashaqqat chekadi. Bu zahmatlar uning uchun "badr"dir. Nega endi uning birgina xatosi uchun "sizdan nima ko'rdim?" deysiz? Uning "badr"larini hisobga olmaysiz?!

• Xizmatchi bir xato qilsa, mudir nega endi uning oldingi barcha xizmatlarini yo'qqa chiqarib unutishi kerak?!
    Yoki mudirning birgina tergashi sabab nega xizmatchi uning oldingi yuzlab go'zal muomalalarini yo'qqa chiqarsin?!

• Ota-ona nega farzandining birgina xatosi sabab uning bir umrlik xizmatimi unutishi lozim?!
    Nega farzand unga bir umr yaxshilik sog'ingan ota-onasining birgina insoniy zaifligi sabab yaxshiliklarini yoddan chiqarsin?!

— Hammaning o'ziga yarasha "badr"i bor. Uni e'tirof qiling!
    Birgina ko'rinish tufayli butun boshli manzarani barbod qilmang!

Adham Sharqoviy- Nabaviy Tarbiya

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ОЛИСДАГИ  ҚАЛАМҚОШ

Ногоҳ кўрдим кўзингизда ёш,
Маржон - маржон сизиб оқарди.
Олисдаги, зумрад - қаламқош,
Кўзларингиз менга ёқарди!..

Ғам босибди елкаларингиз,
Қайда қолди эркалигингиз,
Машаққатми? Бекалигингиз,
Кўзларингиз менга ёқарди!..

Турмуш сизни эзибди бироз,
Қадарга-ку, йўқдир эътироз,
Эй ожиза, эй мунис, эъзоз,
Кўзларингиз менга ёқарди!..

Юришингиз бошқача эди,
Кулишингиз бошқача эди.
У, нигоҳни нималар еди?
Кўзларингиз менга ёқарди!..

Муҳаббатни ифода қилган,
Ҳар қарашда юрагим тилган,
У кўзингиз, севгимиз билган,
Кўзларингиз менга ёқарди!..

Сиз илгари, йиғламасдингиз,
Йиғлаб, кўксим тиғламасдингиз,
Ҳаёт ғамин, илғамасдингиз,
Кўзларингиз менга ёқарди!..

Орамиздан ўтди неча йил,
Сочга қаранг сочлар - оқарди.
Бардам бўлинг, яшангиз дадил,
Кўзларингиз менга ёқарди!..

© Абдувоҳид Сувонов
2023-2024
/channel/Adabiyot_olami

Читать полностью…
Subscribe to a channel