Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
Пода назарияси.
Ушбу атама кўпчиликка кўр-кўрона эргашишни ифодалаш учун қўлланилади.
Қўйларга ва одамга эътибор қаратинг! Одам қўйларни ўз ортидан эргаштириб ўзи доирадан чиқиб кетди. Қўйлар эса ҳали ҳам у одамни қидирмоқда ва бир-бирининг орқасидан югурмоқда. Бирорта қўй "Нега югуряпман ўзи?" деб ўйламаяпти. Аксар инсоният ҳам ҳудди шундай.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
❗️“Qalb eʼtikofi”
Eʼtikof soʻzi asli “tarqoq narsani jamlash” maʼnosini anglatadi.
Shundan munchoq sochilib ketmasligi uchun uni ipga terishni arab tilida “akafa” deydi.
Yana qochib ketmasligi uchun arqonga bogʻlangan hayvonni ham “maʼkuf” deyiladi. (Fath surasi 25-oyatidagi kabi)
Shundan olib bir kishi qattiq bogʻlangan eʼtiqodiga “akif” deyiladi.(Toha surasi 97-oyatdagi kabi)
Shariatda masjiddan chiqmay unga bogʻlanib oʻtirishni “eʼtikof” deyiladi.
Alloh taolo Ibrohim va Ismoil alayhissalamlarga aytdi:
“Mening uyimni tavof qiluvchi va eʼtikof oʻtiruvchi va ruku-sajda qiluvchilar uchun poklanglar”
(Baqara.125)
Lekin, eʼtikofdan maqsad qoʻyni qoʻraga qamagandek quruq jasadni masjidga qamash emas..
Asosiy maqsad “durni ipga tizgandek” “qalb va xayolni jamlash”dir.
Buning uchun avvalo odamlardan aloqani uzish kerak boʻladi.
Ming kishi bir masjidda gʻala-gʻovur qilib gap sotib oʻtirishi eʼtikof emas !
Shuning uchun Nabiy alayhissalam eʼtikof oʻtirishni istasalar oʻzlariga alohida chodir qilib odamlardan berkinib olar edilar.
Shuningdek yolgʻiz qolib telefon titkilab oʻtirish ham eʼtikof emas !
Eʼtikofni niyat qilgan kishi yo telefonini tashlab yoki internetsiz faqat zaruriy aloqaga yaraydigan telefon bilan kirishi lozim.
Shuningdek eʼtikof xotinlar, bola-chaqa bilan (hoh haqiqiy hoh telefonda) hangoma yoki janjal qilinadigan ibodat ham emas.
Nabiy alayhissalam eʼtikof oʻtirish uchun masjidga kirsalar bir tomonda Aishani yana bir tarafda Hafsani yana bir tarafda Zaynabni (roziyallohu anhunna) chodirlarini koʻrib dedilar : “Oʻzi yahshilikni istayapsizlarmi? (yoki faloncha qilgani uchun qilishnimi) deb eʼtikofdan chiqib ketdilar.
(Buxoriy rivoyati)
Shuningdek eʼtikof ”ahli ilmlar davrasida“ qilinishiga ham hech qanday asos yoʻq. Zero ahli ilmlar sultoni Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ham sahobalardan berkinib eʼtikof oʻtirar edilar, ular davrasida emas.
Imom Ahmad rohimahulloh aytadilar:
”Eʼtikof oʻtiruvchi hatto ilm taʼlim berish yoki qurʼon oʻqib berish uchun ham odamlarga aralashmasligi lozim. Unga afzali Robbisi bilan munojot, zikr va duo qilib xoli qolishdir“
(Madarijus-salikin)
Tobein Ato rohimahulloh aytadilar:
”Eʼtikof oʻtiruvchining misoli, buyuk bir zotga hojati boʻlib uning eshigining ostonasida yotib olgan, hojatimni bermaguningizcha ketmayman degan kishining misolidir. Eʼtikof oʻtiruvchi ham shu kabi “meni kechirmasang ketmayman” deb Allohning uyiga yotib olgan kishidir!
(Al-mabsut)
Agar masjidlarda eʼtikof oʻtirishda bu maqsadlar amalga oshmasa, unda faqat namoz vaqtlarida masjidda, namozdan keyin uyingda “qalb va xayol”ni ipga tiz!
Allohni rozi qilish uchun atrofingdagilardan Allohga qochib ularni norozi qil !
Mana shu haqiqiy eʼtikofdir!
Alloh taolo aytadi :
“..uyinglarni qibla (masjid) qilinglar va namozni qoim qilinglar va moʻminlarga bashorat bering!”
(Yunus 87)
Оналар ҳалол йеб аҳлоқи гўзал бўлмоғи керак.
Оналардаги ёмон иллатлар болага сут орқали ўтиб кейинчалик боланинг балоғат даврида сезила бошлайди.
Имом Ғаззолий
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Onalar doim aldaydi!
"Yaxshiman, havotir olma", deb aldaydi...
"Pulim bor", deb aldaydi...
"Sen yegin, men to‘qman!" deb aldaydi...
"Og‘rimayapti, hozir o‘tib ketadi" deb aldaydi...
Eng alamlisi: "Bolalarim yaxshi!" deb aldaydi...
“Katta boʻlib angladimki, onamning qattiqqoʻlliklari muhabbat ekan, gʻazablari muhabbat ekan, jazolari muhabbat ekan, qaytariqlari muhabbat ekan.
Onamning muhabbatlarigina muhabbat ekan”.
"Эҳтимол, сизлар ёқтирмаган нарса (аслида) ўзларингиз учун яхши, ёқтирган нарсаларингиз эса (аслида) ёмондир. Аллоҳ билур, сизлар эса билмассизлар"
Бақара, 216.
@hikmatlar - Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Инсоний ахлоқнинг асл моҳиятини англаб етдим. Бу қимматбаҳо неъмат сукут сақламоқдир.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Bir chiroyli kiyingan yahudiy Maʼmunning majlisiga suqilib kirib borib, odamlar orasida oʻtirib oldi. Uni Maʼmun tanib qolib:
- Yahudiymisan? - dedi.
- Iltimos, meni fosh etib, sharmanda qilmang. (Qavmi uning musulmonlar majlislariga kelayotganidan xabar topib qolsa, unga ozor berardilar.)
- Agar musulmon boʻlsang, koʻp ehsonlar beraman va qavmingdan birontasini senga yaqinlasha olmaydigan qilib qoʻyaman.
- Dinim, ota-bobolarim dini mening Islomni qabul qilishimga yoʻl qoʻymaydi. Meni noqulay ahvolga solmang, hozircha oʻz holimga qoʻyib turing, oʻylab koʻray, ishonch hosil qilsam, oldingizga kelaman.
Shu bilan xalifa uni oʻz holiga qoʻydi. Bir yildan keyin esa musulmon boʻlib, yana majlis ichida paydo boʻldi. Maʼmun qarasa, u fiqh haqida ham, Qurʼon haqida ham juda yaxshi gaplarni gapiryapti. Hamma hayratda.
Majlis tugagach, Maʼmun uni chaqirib:
- Bizdan muhlat soʻragan oʻsha yahudiy senmisan? - deb soʻradi.
- Ha
- Islomni qabul qilishingga nima sabab boʻldi? Men taklif qilganimda rad etgan eding-ku?
- Men chiroyli yozaman. Tavrotning uch nusxasini koʻchirdim. Ayrim joylariga qoʻshib ham yubordim, ayrim joylarini olib ham tashladim. Uni mendan sotib olishdi. Hech qanday eʼtiroz bildirishmadi. Uch nusxa Injilni koʻchirdim. Unga ham xuddi shunday qildim. Cherkovga olib borgan edim, uni ham sotib olishdi. Hech qanday eʼtiroz bildirishmadi. Qurʼondan ham uch nusxa koʻchirib, xuddi shu ishni qilgandim. Uni tekshirishib, bir zumda qoʻshgan joyimni ham, olib tashlagan joyimni ham aniqlashdi. Keyin menga tahqir va nafrat nazari bilan qarashdi. Shundan bildimki, bu Kitob Saqlaguvchi tarafidan saqlanar ekan, unga oʻzgartirish kiritib boʻlmas ekan. Kitobingizdagi Yaratuvchining: “Biz zikrni nozil qildik va albatta, Biz uni saqlaguvchilarmiz”, degan oyatini esladim. Oldida ham, ortida ham, hech bir joyida notoʻgʻrisi boʻlmagan kitob mana shu Qurʼon ekaniga ishonch hosil qildim va shu narsa Islomni qabul qilishimga sabab boʻldi. Bas, guvohlik beramanki, Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir va Muhammad Allohning elchisidir. U kishiga Allohning rahmati va salomi boʻlsin.
Shayx Ali Tantoviyning "Odamlar nima deydi?" kitobidan.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Читать полностью…OGʻRIQ
⸺ Bolaligimda menga koʻp narsa berolishmagani uchun ota-onamdan norozi edim. Keyin ular olamdan oʻtib ketishdi. Sekinlik bilan barchasiga oʻzim erishdim.
⸺ Xush?
⸺ Bugun shu erishganlarimning hammasiga ota-onamni alishgim keladi...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
“Uimbldon” turnirining birinchi qora tanli chempioni Artur Esh (1943-1993) qon orqali yuqtirib olgan SPID kasali tufayli oʻlim toʻshagida yotar edi.
Chorasiz holda yotgan Arturga dunyoning toʻrt tomonidagi muxlislaridan tasalli maktublari yogʻilib kela boshladi.
Maktublardan birida shunday savol bor edi:
— Tangri nima uchun bunday yomon kasallik uchun seni tanladi?
Artur shunday javob berdi:
— Butun dunyoda 50 million bola tennis oʻynashni boshlaydi,
ulardan 5 millioni tennis oʻynashni oʻrganadi,
500 ming nafari professional tennischi boʻlib yetishadi,
50 ming nafari turli musobaqalarga qatnashadi,
5 ming nafari xalqaro turnirlarda ishtirok etadi
50 nafari Uimbldonga qadar yetib keladi,
4 tennischi yarim finalga chiqadi,
2 nafari esa, finalga chiqadi...
Qoʻlimda chempionlik kubogini koʻtarib turib Tangridan “NIMA UCHUN MEN?”, deb biror marta soʻramadim endi esa, xastalik berganda qanday qilib “NIMA UCHUN MEN?”, deb soʻray?!
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Oʻzingizni oʻqimagunizgacha savodsiz boʻlib qolaverasiz.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Kitoblar ro‘yxati uchun @TaskinKitob ga murojaat qiling!
Читать полностью…OLIMLAR
Bekudurat, avomdan oʻtib,
Ohlamaydi asl olimlar.
Amirlarni ziyorat etib,
Yoʻqlamaydi asl olimlar.
Uchrasa-da zulm qoʻshini,
Uchirmaydi zulm qushini.
Hattoinki zulm ishini
Oqlamaydi asl olimlar!
Koʻzi namlik tunu tongida,
Riyo uzoq yashar ongida –
Odamlarning koʻzi oʻngida
Yigʻlamaydi asl olimlar!
Inonchi bor soniy dunyoga,
Boqmas davri oniy dunyoga.
Umidini foniy dunyoga
Bogʻlamaydi asl olimlar!
Qalb ozoddir. Dardga mubtalo
Boʻlmagaydir. Yotdir har balo.
Mansab, markab, yana bir balo...
Xohlamaydi asl olimlar!
Dersiz, unda bu umr nechun,
Koʻring bunda zabardast kuchin --
Sizu bizni uygʻotmoq uchun
Uxlamaydi asl olimlar!!!
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
“Yoqtirish” bilan “sevish” orasida farq bor;
Agar bog‘da bir gulni yoqtirib qolsangiz, uni uzib olasiz, agar sevib qolsangiz, uni har kuni sug‘orib, parvarishlab turasiz.
Ayman Yog‘iy
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Читать полностью…Allohning muhabbatidan nasibangiz..Uning zikri qadar boladi 📿
Ibn Qoyyim rohimahulloh
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Nasib belgilab qoʻyilgandir.
Faqat banda nasibiga harom yoʻl bilan boradimi, halol yoʻl bilan boradimi, shunga qaror beradi.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Читать полностью…"Ro‘za ro‘zaga muhtoj"
Ro‘zador kishining iftor holatiga bir qaragin. Chanqagan, qorni och holatida suv va ovqatga qanday tashlanishiga qara..
Shomga azon aytgan vaqtda hech bir ish uni iftordan mashg‘ul qila olmasligiga qara..
Yirtqich qorni ochligida (charchagan bo'lsa-da) jon-jahdi bilan o'ljasiga o‘zini otishini qara..
O'ljasiga tikilar ekan hech bir narsa uni nigohini bura olmasligiga qara..
Agar kishining qalbi ibodatga ana shunday "och" bo‘lganida, hech bir ish uni ramazondan foydalanishdan to‘sa olmas edi.
Ramazondan foydalanish faqatgina (saharda qorin to‘ydirib) ro‘za tutish va (iftorda qorin to‘ydirib) taroveh o‘qib kelishgina emas.
Ramazondan foydalanish bu oydan gunohlardan poklanib chiqish demakdir.
Gunohlardan poklanish esa "qorni och" ovqatga tashlangandek ibodatga haris bo‘lish va "yirtqich" o'ljaga tashlangandek kishi nafsi bilan jangga tashlanishi orqali bo'ladi.
Aks holda kishining ro‘za va namozining o‘zi uni poklab qo‘ymaydi.
Umar roziyallohu anhu aytadilar:
"Kishining namozi va ro'zasiga qarab unga baho bermanglar. Lekin uning gapirganda rost gapirishi, o'ch olsa ham taqvo qilishi, omonatga rioya qilishiga qaranglar"
(Ibn Abud-dunyo rivoyati)
Temirni qizigan paytda urgan uni to'g'irlab shakl bera oladi. Ramazon nafs qizigan oydir. Uning ismi ham "romzo" (qizigan tosh) ma'nosidan olingan. Kim bu oyda "qizigan nafsini" kaltaklay olsa nafsiga shakl beribdi.
Aks holda (temirni urmay tandirga kiritib chiqaraverish unga shakl bermagani kabi) nafsi yonib "ramazon tandiriga" kirib chiqaverishi uni isloh qilmaydi
Nabiy alayhissalam aytdilar :
"Kim yolg‘on so‘z va unga amalni tark qilmasa, u taomi va ichimligini tark qilishiga Allohning hojati yo‘q"
(Buxoriy rivoyati)
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar:
Sahobalar ro‘za tutsalar masjidda o‘tirishar va aytishar edi:
"Kelinglar ro'zamizmi poklaylik!"
Ya'ni ro‘za bizni poklasin emas, biz ro‘zani (harom, makruh, lag'uv ishlardan) poklashimiz kerak ! Buning uchun eng qulay joy esa masjiddir.
Kishi masjid hurmatidan (agar hurmat qilsa) ro‘zasini pok saqlaydi.
Aks holda, uning ro‘zasi ro‘zaga muhtojdir!
Robiya adaviyya rohimahalloh aytadilar:
"Astag‘firulloh deganimda sodiqligim kamligidan astag‘firulloh deyman..!"
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Бир киши сафарга кетаётиб, йўлда Вабони учратиб қолибди.
— Қаерга кетаяпсан? — сўрабди вабо.
— Зиёратга. Сен-чи?
— Сенинг юртингга, беш минг кишини олиб кетишга, — дебди вабо.
Ҳар ким ўз йўлида кетибди. Йил ўтиб, улар яна ўша жойда кўришиб қолишибди.
— Сен алдадинг, — дебди зиёратчи вабога — Беш минг кишини олиб кетаман деб, юртимдан эллик беш минг одамни олиб кетибсан!
— Йўқ, — эътироз қилди вабо, — Мен ростдан ҳам беш минг кишини олиб кетдим. Қолгани қўрққанидан ўлди...
Устоз Шукрулло айтганлари каби: "Қўрқиб яшамоқнинг ўзи ҳам - ўлим"
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Ota-onaning duolarini “yaroqlilik muddati” boʻlmaydi. Ular bu hayotdan ketishsada, ularning duolarining barakoti butun umr davomida senga hamrohlik qilib yuradi.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Xalqimizning aksari, hatto xalqaro darajadagi koʻplab musulmonlar jamiyatda nochor ahvolda yoxud oʻrtadan past darajada kun kechiruvchi kishilarni o‘z nochorliklarida aybsitibgina qolmay, yetarli daromad ishlolmaganlari uchun ularni hech ikkilanmay dangasa deb atashgacha borishadi. Ular chirik ijtimoiy tuzilmalar va ochko‘z kapitalistik mafkurani diqqatdan qochirib, insonlarni shaxsiy muvaffaqiyatsizliklari, kamchiliklari, yutqiziqlari, hayotdagi qiyinchiliklari uchun aybdor hisoblashadi. Bundan tashqari, ular nochor kishilarga yordam bermaydilar, hatto ijtimoiy ta’minot uchun soliq mablag‘larini sarflashga qarshi ham chiqadilar. Bu qarash Qur’onda tasvirlangan kofirlarning fikrlash tarzidan sira farq qilmaydi:
Ularga: "Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar," deyilganida, kufr keltirganlar mo‘minlarga: "Alloh xohlasa, O‘zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?", derlar. (36:47)
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
“Hikmat moʻminning yoʻqotgan narsasidir, uni qayerdan topsa
olaveradi” degan hikmat bor.
Huddi shu narsa insoniyat tarixida juda koʻp manfaat keltirganini koʻrganmiz. Masalan turli sivilizatsiyalar bir-birlarining yutuqlarini — taraqqiyotgan sabab boʻlgan unsurlarini oʻzlashtirish orqali rivojlanganlar.
Misrdan bobilliklar, ulardan yunonlar, yunonlardan musulmonlar koʻp narsani oʻzlashtirganlar. Musulmonlar yutuqlarini esa butun olam oʻzlashtirib, taraqqiyotga yetishdi.
Oltin qoida shu — taraqqiyotga erishishingga yordam beradigan har qanday narsa senikidir.
Bugun korrupsiya haqida soʻzlamoqchiman. Aynan, jamiyatimizda urf boʻlgan, barchaning tinka madorini chiqargan, eng yuqori siyosatni ham tashvishlantirgan korrupsiya va firibgarlik haqida.
Davlat oʻz fuqarolarini korrupsionerlar va firibgarlardan himoya qilish uchun harakat qiladi. Buning uchun turli usullardan foydalanadi.
Masalan, musulmon oʻlkalarining qonunlarida qadimdan sudyalar insonlarning ishonchliligini reyting baholab borganlar. Yolgʻon gapirishi, firibga yoʻl qoʻyishi mumkin deb topilgan insonlar muhim ishlarga, jumladan guvohlikka jadb qilinmagan.
Odil, yaʼni adolatli va ishonchli, deb topilmagan kishilardan jamiyat omonda va uzoqda boʻlgan.
Oʻgʻri va talonchilarga kelsak, ularni boshqalardan ajratib turuvchi maxsus “tamgʻa”lari boʻlgan. Aytishlaricha, Ibn Sinoning oyogʻining barmoqlari kasallik tufayli kesilgan boʻlgan. Shuning uchun u odamlar uni oʻgʻri, muttahamligi uchun jazolangan deb oʻylamasligi uchun noturiusdan oʻzining odil ekanligi haqida shahodatnoma olib yurgan.
Vay bu nima demoqchi bu bilan, deb darrov fobiya qon bosimini koʻtarib yuborishidan avval aytaman: bizning davrimizda ham shunday profilaktik reytinglardan foydalaniladi.
Masalan, davlat bankirlar va kredit tashkilotlarining mablagʻlarini himoya qilish uchun kretit skoring joriy qilgan. Unga koʻra har bir kredit beruvchi tashkilot boʻlajak qarz oluvchining layoqatini koʻra oladi.
Ishonch ham shunday. Agar insonlarning halollik reytingi boʻlganida va har qanday tovlamachilik va firibgarlik uchun bu reyting kamaytirilganda, juda koʻp insonlarning muammolari oʻz-oʻzidan yechilgan boʻlar, jamiyatdagi korrupsion va firibgarlik bilan bogʻliq vaziyat ham yaxshilangan boʻlardi.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Гўё эслатармиш мазасин болни -
Мажнун изҳорида сохта нотиқлик.
Тинмай мақташади васфин висолни,
Мен эса қочаман, қўрқоқ ошиқлик...
Қўрқаман васлидан, бўлмайин деб хор,
Илтимос қиш ўтсин, ўтсин яна ёз,
Севгилим, Аллоҳим, кечиксин дийдор,
Ҳозир гуноҳим кўп, савобим ҳам оз.
©️Қахрамон Асланов
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Ahloqni rad etish dahriylikni o'zgacha ko'rinishidir...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
https://telegra.ph/Kuchingiz-etadimi-03-11-2
Читать полностью…Mashhur yozuvchi Markes tomonidan yozilgan juda qisqa va oʻziga tortuvchi hikoya:
Allohga duo qilaturib ko‘zingdan yosh oqsa, bilginki, bu duoying qabul bo‘lganligining belgisidir.
Ayman Yog‘iy
Robbingiz bilan uchrashuvga nimangiz bor?!
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...