hikmatlar | Unsorted

Telegram-канал hikmatlar - Hikmatlar Xazinasi 🍃

5225

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot

Subscribe to a channel

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ayollar mardikor bozori bor millatning "Ayollar kuni" ni nishonlashga haqqi yo‘q!

Shayx Ali Tantoviyning "Ey qizim" kitobidan.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Машҳур блогер аёлга қиммат жойнамоз ҳадия қилишибди. Уни очиб, реклама қилаётганини кўриб қолдим. Ҳар бир гапларини орасида: “ваав, очен красавица” , “балшой Спасибо” деб, гапиряпти.

Шу ўринда Қозоқбой Йўдошнинг бир гапи ёдимга тушди: “Биз бир замон ўзбек тилини босқинчилардан ҳимоя қилишга урунган эдик, ўз давримизда. Бугун шундай бир даврга етиб келдик-ки, ўзбек тилини ўзбеклардан ҳимоя қиладиган бўлдик” .

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Kattalarning burchi - yomgʻirday yogʻib,
Bosib qoʻymoqlikdir changu tuproqni…


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Гўзал сўзлар гўзал амалларга айланмаса ҳеч қандай қийматга эга эмас.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Киши ўзи билан Аллоҳ ўртасидаги алоқасини яхшиласа, Аллоҳ ҳам бандалари ва унинг ўртасидаги алоқасини яхшилайди.

Али ибн Абу Толиб розияллоҳу анҳу


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

– Дада, Рамазон келди, уйимизни безамадик-ку?!


– Қизим, бу ой асосан қалбни безаш ва уни поклаш керак!


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Odobning ilm bilan birgaligi ruhning jism bilan birgaligi kabidir. Agar ilm hamroh boʻlmas ekan, odobdan manfaat boʻlmaydi. Odob ilm bilan qoim boʻladi va mustahkamligi toʻliq boʻladi.

Alloma, muhaqqiq, shayx Muhammad Avvoma.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Хат ёзса, бармоғи ҳаяжонланган.
Гўзал ошиқларни йўқотди дунё...

🌾 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ёмон одатлардан қутилишнинг энг самарали усули бу унга туртки бўладиган сигналлар билан камроқ тўқнаш келишдир.


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Derlarki: "Berganning moli ziyoda bo‘lur.
Men deyman: "Molim ko‘paysin deya bermoq, bermoqlikmi, yo olmoqqa tayyorgarlik?!


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

“Ozodlik sari tashlangan har bir qadam qimmatga tushadi. Lekin sizlarga aytar gapim: Taslim boʻlish bahosi esa oʻta qimmatdir!”

Yahyo Sinvar


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Vaziyatlar oʻzgarib turishi - Yaratganning bandalar orasida qoʻygan qonuni. Bugun xoin sanalgan, ertaga qahramon boʻlib chiqishi, tarixda ham, bugun ham mushohada qilingan holat. Ushbu oyati karimada Alloh taolo “Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib tururmiz” -, deydi. Buning ajib bir hikmati bor ekan. Agar, Yaratgan istasa, soatlar ichida vaziyatni bir agʻdarib, yana joyiga qoʻyib qoʻyar ekan. Hikmati esa - odamlarni ajratib olish boʻlarkan.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

"Мақтаниш эмас-у...." деб бошланадиган гапнинг ҳаммаси — мақтаниш!

"Ғийбат қилиш эмас-у.." деб бошланадиганлар гаплар одатда ғийбат бўлади.

"Хафа бўлманг-у..." деб бошланган гап эса хафа қиладиган гап бўлади...

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

“Insonning obroʻsi uning Allohga boʻlgan itoati va ibodatidadir, dunyo boyligida emas.”

Hasan al-Basriy rahimahulloh


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Агар ҳар ким бир мартада нишонга ураверса, бундай ғалабани на фойдаси ва на роҳати бўларди.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Таҳажжуд нима дегани?

— Таҳажжудми... инсон муҳаббат куйида юрганида туннинг ярмида уйғониб кетиб севгилисини соғиниб, ишққа ўзини буткул топширади. Таҳажжуд ҳам шундай, яъни ширин уйқудан уйғониб, Аллоҳга чинакам таслимиятни ҳис этиш демакдир... Роббингнинг Севгисига бурканмоқ учун ғафлатни тарк этмоқдир таҳажжуд..

Фарз намоз билан таҳажжуднинг орасида қандай фарқ борлигини биласизми?
– Фарз намозга инсон (азон айтиб) чақиради
Таҳажжудга эса инсониятнинг Робби чақиради.
– Фарз намознинг азонини ҳамма эшитади. Таҳажжудга чақириқни эса баъзилар эшитади, холос.
– Фарз намозни кўпчилик ўқийди.

Таҳажжудни хослар ўқийди.
– Фарз намозга «Намозга келинглар!» деб чақирилади. Таҳажжудга эа «Сўровчи борми, сўраганини бераман» деб чақирилади.

Тун жуда қисқа. Сен уни уйқунг билан янаям қисқартириб юборма. Ярим тунда ўқилган икки ракат намоз дунё ва ундаги ҳамма нарсадан яхшироқ

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Nima uchun Ramazon oyi ruhoniyat oyiga aylanish o’rniga dabdaba oyiga aylanib ketmoqda? Men katta olim yoki da’vatchi emasman. Lekin, nima uchun onam butun Ramazon oyi davomida televizorni devor tomon qaratinganini hozirda tushunib yetmoqdaman.

Doktor Mustafo Mahmud.


Zamon o’zgarmoqda, hozirgi yillarimizda televizorlar o’rnini smart gadjetlar egallab ham ulg’urgan. Masalan, uyimizda adashmasam yaqinda 10 yilda televizor yoqilmagan bo’lsa kerak. Ammo bu maqdanadigan narsa yoki o’zimni lag’udan butunlay to’sdim degani emas, chunki mendan uning muqobili telefon va kompyuter bor.

Demak, doktor Mustafodek etuk olim farzandlar tarbiyalash uchun, yoki, o’zimiz u kishidek bo’lishimiz uchun bu Muborak va Sharif oyning daqiq vaqtlariga qadar lag’udan tiyilishimiz va zimmamizdagi yaqinlarimizni ham bunga chaqirishimiz biz uchun eng to’g’ri va zarur yo’l ekanligini o’ylab ko’rishimiz kerak.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Agar tahajjudning bir lahzasini Nuh umri va Sulaymon mulki barobariga sotsam ham, ziyon qilgan boʻlardim.

Ibn Javziy rohimahulloh


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Chekkagir qalamkashlarga


“Mendan ijod qolar”, deydi u shoir,
Sheʼr sotib, jimgina yeydi u shoir.
Talabgor saflarga aralashmasa,
Ulugʻlar ulugʻlab, alqarmish rosa!
Ishi yoʻq ulusning faryodi bilan,
U zot kurasharmish ijodi bilan!
Bir yon gar birlik deb tirilar xalqing,
Bir yon zahar yutib qirilar xalqing.
Necha begunohlar chirir qamoqda,
Sheʼringdan yuz burib, qizlar yonmoqda.
Qoʻqonda yigitlar haq soʻzni aytib,
Uzoqqa ketdilar... kelmaslar qaytib.
Vujud oʻtkinchidir, dunyosi - turgʻun,
Zuryod buzilmoqda, pushtingda - qirgʻin!
Ey shoir, xonasher, maydonbagʻirim,
“Mendan ijod qolar” degan raqibim.
Nahotki, quyondan farqing boʻlmasa,
Ijod kimga qolur, xalqing qolmasa?!

MIRZO KENJABEK


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ramazon oyida yosh bolalarni roʻza tutishga qiziqtirish vositalari:

Ilgari Shom ahlining shunday odati bor edi: ular yosh bolalariga roʻza tutishni oʻrgatar ekan, uni “minora zinasi” deb nomlashar edi. Demak, yosh bola avval bomdoddan peshingacha roʻza tutadi. Soʻng peshindan asrgacha roʻza tutadi.
Keyin asrdan to quyosh botib, kattalar bilan ogʻiz ochgunicha roʻza tutadi. Birinchi roʻza tutgan kuni bu bola uchun maxsus iftorlik dasturxoni yoziladi. Dasturxonga turli-tuman taomlar, ichimliklar va har xil shirinliklar hamda meva-chevalar qoʻyiladi. Bola oʻrtada turadi. Ahli uni oʻrab olib, maqtab, olqishlaydilar. Allohga hamd aytishni oʻrgatadilar.
Unga Alloh huzurida qanday ajrlar borligini tushuntiradilar. To iftor boʻlganini bildiruvchi azon aytilgunicha shunday qiladilar. Mazkur dasturxon yosh bolalarning roʻzaga boʻlgan muhabbatini oshirishda omil boʻladigan eng muhim vositalardan biridir.

Shayx Ali Tantoviy


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Саҳл ибн Саъддан ривоят қилинади: 

“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: 
"Жаннатда Раййон деган эшик бор, ундан рўзадорлар киради. Рўзадорларнинг охири киргач, у эшик беркитилади, сўнг ундан бошқа ҳеч ким кирмайди"
 (Бухорий ва Муслим ривояти).

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

“Аллоҳумма иннака афуввун, туҳиббул афва, фаъфу ъанний”

Маъноси: Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв қилишни севасан, мени афв қилиб кечиргин.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Haddini bilgan hurmatini yo'qotmaydi.

© Ikrom Sharif

🌾
@Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Уйларга уларнинг дарвозасига қараб баҳо берманг.
Бу дарвозалар ортида олтин руҳиятли инсонлар бор!

Айман Ёғий


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

O'z qadrini saqlashning asosiy qonuni:
Agar dushmaning pastkash bo'lsa, u bilan jang qilma!

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Adashgandan yoʻl soʻramaslar...

Buncha katta ketmasang, Haqiqat,
baribir, sotilasan-ku!

Behzod Fazliddin


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Asl gʻavvos boʻlsang, durni koʻrgaysan,
Sof boʻlsang, ketar chogʻ hurni koʻrgaysan.
Hamma yoq zulmat, deb shikoyat qilma,
Oʻzingda nur boʻlsa, nurni koʻrgaysan...

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

#Жума

Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», - дейилган.

Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!

🌾 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Инсон ўлиш учун туғилган. Шунинг учун ҳар ёмғирдан кейинги тупроқ исини яхши кўради.

Айман Ёғий


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…
Subscribe to a channel