hikmatlar | Unsorted

Telegram-канал hikmatlar - Hikmatlar Xazinasi 🍃

5225

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot

Subscribe to a channel

Hikmatlar Xazinasi 🍃

#ТАФАККУР

Бир кишидан сўрашди:
— Нега бирор бир кишининг хатосини муҳокама қилмайсан, гапирмайсан ҳам?
У жавоб берди:
Мен ўзимдан рози эмасману бошқалар билан қанчалик ишим бўлсин?!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Кийимга қараб қолоқ дейилмайди. Қолоқлик илмда бўлади.

Айман Ёғий


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Hazrati Yusuf alayhis salom barcha eshiklarni yopiqligini bilar edi. Shunga qaramay eshiklar tamon chopdi.
Chunki Alloh taolo u yopiq eshiklarni unga ochishiga ishonar edi.
Agar senga ham barcha eshiklar yopilsa chopishda davom et.
Chunki sening va Hazrati Yusuf alayhis salomning Robbi aynidir.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Tug‘ilish. O‘lim. O‘rtasida Umr. Qazoyi qadar bo‘lib O‘limning taxminiy muddati aniq bo‘lib qolsa, deylik doktor aytsaki Otangizning shuncha umri qoldi, deya… to o‘sha muddat kelguncha bu vaqtning kelishiga qarshi, uni kechiktirish uchun azobli mujodala berasiz. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, ana shu muddat - so‘nggi nafasgacha bo‘lgan mujodala eng og‘ir davr deb. Aslida unday emas. Hayot uchun kurash jarayoni muddatida chekilgan iztiroblar eng og‘iri emas. Eng og‘iri o‘sha mudhish kun kelgandan so‘ng, o‘lim sodir bo‘lgandan keyin boshlanadi. Eng yaqiningizning yo‘qligiga umrbod ko‘nikishga harakat qilib yashaysiz. Ming uning yo‘qligini anglang, his qiling aslo ko‘nikolmaysiz! Hech qachon bunga ko‘nikib yashab ketolmaysiz. Bu dunyo shunaqa. Bu dunyoning achchiq qonunlari shunaqa...

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Тонг ухлаб ётганларни кутиб турмайди.

🌾 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Инсон табассуми билан "Савия" сини, нимага кулгани билан "Тарбия" сини намоён қилади!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ОТА-ОНАГА ЯХШИЛИК ҚИЛИШ.

Ҳаёт ибн Шурайҳ раҳимаҳуллоҳ инсонларга дарс бераётган эди. Бирдан онаси бақириб қолди:
- Тур эй Ҳаёт! Товуқларга арпа бер..
Ҳаёт дарҳол туриб шогирдларини тарк қилиб товуқларга арпа берди.

Катта олим бўлсанг ҳам ота-она учун фарзандлигингча қолаверасан!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Киши аёлни севиши бу фитратдир лекин, уни ҳимоя қилиб, авайлаб ва бегона эркакларнинг назаридан сақлашлиги бу ҳақиқий эркакликдир.

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Қанийди қалб касалликларини билгувчи , даволовчи табиб бўлса...

Кўпчиликгимиз мухтожмиз...

Айман Ёғий

🌾
@Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Астағфируллаҳа роббии мин кулли занби ва атуубу илайҳи.
(Маъноси: Роббимдан барча гуноҳларим учун кечирим сўрайман ва Унга тавба қиламан).

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳ. Бугун Жума. Оилангизга гул ва ширинликлар совға қилинг.

🌾 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ramazon...

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Afsuski dinni ham dunyo uchun vosita qilib tashladik. Dindorlikni ham moddiy lazzatli atributlarga bogʻlab qoʻydik. Chiroyli hijobli ayol, koʻrkam uyda chiroyli joynamozda oʻtirib Qurʼon oʻqiyotgan boʻladi. Oʻziga toʻqligi va farovonligi koʻrinib qolayotgani tasodifiy emas, shunday koʻzlangan.

Duo qilish uchun ham albatta Umraga borib Kaʼbani ushlagan holda yuzda yigʻlamsirash va xushuʼ alomatlarini koʻrsatish kerak toki odamlarda naqadar Xudojoʻyligimiz haqida tasavvur hosil boʻlsin. Odamlar ham anoyi emas, yolgʻonligini biladi, joʻrttaga koʻngil uchun olqishlab qoʻyadida.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Сизнинг энг катта масъулиятингиз:

Фарзандларингизни иззат ва олижаноблик ҳамда ислом ғамида тарбия қилиб, уларни келажакдаги мақсадлари ислом ва мусулмонларга ёрдам бериш эканлигини ўргатишдир!

Ушбу буюк масъулиятингизни унутманг

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Senga muxolif boʻlgan kishiga sabr qil, garchi keskin va qoʻpol muomala qilsa ham. Chunki bir kun kelib, u haq ekanligingni anglab yetishi mumkin. Paygʻambarimiz sallallohu alayhi va sallam bilan birga gʻazotlarda qatnashgan va birga jang qilganlarning baʼzilari avval u zotni devona va sehrgar deb ayblagan edilar.

Shayx Abdulaziz Tarifiy hafizahulloh


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Oʻzini baxtsiz hisoblashni istagan kishiga bu yoʻlda hech narsa qarshilik qilolmaydi.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Солиҳа аёл мўмин учун ҳақиқий сокинлик ва хотиржамлик масканидир.

Аллоҳ таоло барча солиҳ йигитларга солиҳа қизлар насиб этсин.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Abbosiylar zamonida Adham ibn Asqalah degan juda mashhur oʻgʻri boʻlgan ekan. U oʻlganda oʻzining shogirdlariga quyidagi vasiyatini yozib qoldiribdi:
“Soʻzlarimga amal qillaring!
Yolgʻiz ayolni, oʻzingni qoʻshningni, oliyjanob kishi va kambagʻalni tunamalaring.
Agar bir uyga oʻgʻirlikka tushsalaring, uyni ship-shiydon qilmalaring, molning yarmini ollaring. Qolgan yarmi uy egalari yashashlari uchun qolsin. Aslo pastkashlardan boʻlmalaring!
Senlarning ustozing Ibn Asqalah”.

Ey Ibn Asqalah Alloh seni kechirsin. Sendan keying oʻgʻrilar senga va oʻgitlaringa xiyonat qildilar.

Oʻtmishdagi oʻgʻrilarda oz-moz boʻlsada xayrli qonun-qoidalar mavjud ekan-a!?


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Inson shaytonlari jin shaytonlaridan olgan darslariga koʻra, din xizmatidagi fidokor xodimlarni shuhratparastlik degan narsa bilan aldab, u muqaddas xizmatlaridan voz kechirishni istaydilar.

Insonlarning koʻpida shuhratga oʻchlik, shonu sharafga maftunlik deyilgan insonlarga riyokorona koʻrinishlik orzusi bor. Ommaning nazarida mavqeʼ sohibi boʻlishlikka intilish, ahli dunyoning har bir shaxsida ozmi-koʻpmi bordir. Hatto, baʼzilar oʻsha orzu uchun hayotini fido etar darajada shuhratga mubtalo boʻladi.

Oxirat ahli uchun bu hissiyot juda tahlikalidir. Ahli dunyo uchun ham koʻp zararlidir. Juda koʻp yomon axloqlarning ildizidir. Insonlarning eng nozik taraflaridan biri ham shudir. Yaʼni, bir insonni ushlab oʻziga boʻysundirishlik uchun aynan mana shu hissini erkalaydi. Oʻziga bogʻlab oladi. Mana shu yoʻl bilan u insonni magʻlub qiladi. Moʻminlar uchun eng tahlikali jihat ham mana shu hisdan din dushmanlarining foydalanish ehtimolidir. Tarixda, aynan mana his tufayli maʼnaviy tahlikaga tushib qolgan insonlar koʻpdir.

Ey birodarlar!
Ey Islomning muqaddas xizmatini yelkasiga olganlar!
Mana shunday shuhratparastlik jihatidan kelgan hiylakor din dushmanlarining, zalolat ahlining tashviqotchilariga, shaytonning shogirdlariga deng:

“Men uchun eng avval Allohning roziligi, Rahmonning iltifoti, Robbimning amallarimni qabul qilishi shunday bir maqom va obroʻdirki, barcha insonlarning menga yuzlanishlari, maqtovlari uning oldida bir zarra hukmidadir. Agar Rahmat menga yuzlangan ekan, yetarlidir. Insonlarning menga nisbatan hurmatlari, u Rahmatning yuzlanishining inʼikosi va soyasi boʻlsa maqbuldir. Yoʻqsa, bu maqom orzu qilinadigan bir narsa emasdir. Chunki, dunyo maqomi, odamlar orasidagi obroʻ qabrning eshigida soʻnadi. U tarafda besh tiyinlik foyda bermaydi”.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

#Жума

Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», - дейилган.

Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!

🌾 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ота-онага истиғфор айтишнинг фазилати

Киши жаннатдаги даражаси кўтарилганини кўриб, Булар менга қаердан келди? дейди.
Шунда унга:
"Фарзандингнинг сенга айтган истиғфори сабабли даражанг кўтарилди", дейилади.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Hazrati Yusuf alayhis salom barcha eshiklarni yopiqligini bilar edi. Shunga qaramay eshiklar tamon chopdi.
Chunki Alloh taolo u yopiq eshiklarni unga ochishiga ishonar edi.
Agar senga ham barcha eshiklar yopilsa chopishda davom et.
Chunki sening va Hazrati Yusuf alayhis salomning Robbi aynidir.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Суфён Саврий роҳимаҳуллоҳ айтдилар:

Яхши амалларни бажаришга шошилгин, шунда Аллоҳ сен билан гуноҳ-маъсият ўртасини тўсиб қўяди.

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Суфён Саврий роҳимаҳуллоҳ айтдилар:

Динингга тааллуқли ишларда Аллоҳдан қўрқадиганлар, тақводорлар билан маслаҳатлашиб, кенгашгин.

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ўзим улардан бўлмасамда, солиҳларни севаман!.🌹

Айман Ёғий

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Қайси соҳани мусулмон эгалламаса ўша соҳани мунофиқ ёки бошқаси эгаллайди. Кейин мусулмонларга қоладиган иш - кўз пирпиратиб томоша қилиб ўтириш.

Айман Ёғий

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Агар келажакда бир кун "кошки эди" деб қолишни истамасанг, уч нарсани тўғри танла.!
Рафиқангни, ишингни, дўстингни.

Юнус Эмро

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ҳаёт, Лайло билан гўзалдир.
Аммо Кўнгил, доимо Мавлони танлайди.
Лайло ташлаб кетиши мумкин.
Аммо на биз Мавлодан, на У биздан воз кечади...

Мавлоно Жалолиддин Румий

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…
Subscribe to a channel