Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
#ибрат
Онадан сўрадилар:— Қайси фарзандингизни кўпроқ яхши кўрасиз?
Шунда Она жавоб берди:
— Уйга келгунича кўчадагисини, соғайиб кетгунича беморини, катта бўлгунича кичигини ва ўлгунимча ҳаммасини !
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли
Тавба - Раҳмат эшикларининг калити!
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
6 нарса 6 нарсани ейди:1. Ёлғон - ризқни
2. Тавба - гуноҳни
3. Садақа- балони
4. Ғам - инсонни
5. Шароб-савобни
6. Зино - умрни
Хиёнат эса бахтни ейди...
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли
#Жума
Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», -
дейилган.Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!
🌾 @hikmatlar
Chiroyingiz o’zingizga havola, bizga iffatingizni ko’rsating…
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Vaqtni zoe qilish o'limdan ham yomonroqdir, Chunki vaqtni zoe qilish Allohdan, ohiratdan, dunyodan uzib qo'yadi, o'lim esa faqat dunyodan...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам «Сизларга дўзахга ҳаром бўлган кишини айтайми?»
деганларида, саҳобалар: «Ҳа, айтинг, эй Аллоҳнинг Расули»,
дейишди. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:«Қалби юмшоқ, одамларга яқин, ҳожатбарор киши»,
дедилар.
Ибн Ҳиббон ривояти.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли
Bir yigit manshu rasmni qoʻyib, shunday izoh qoldiripdi:
“Bularning ichida qaysi biri Allohga yaqinroq ekanini bilmaysiz! Ehtimol, ochiq kiyingani oʻranganidan Allohga yaqinroq boʻlishi mumkin”
Doktor Soʼid Ibrohim shu maqolaga quyidagicha javob berdi:
“Bu gapda toʻgʻri bilan notoʻgʻoini qorishtirilgan .. Iymon, bu - Eʼtiqod, soʻz va amaldir. Qurʼoni karimda birorta ham “Iymon keltirganlar..” -, deb aytilgan oyat yoʻq. Hammasida “Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlar” -, deyilgan. Amal esa, Alloh buyurgan ishlarga iltizomli boʻlish barobarida, manashu iltizomning amal qiluvchida asari koʻrinishi hamdir. Oʻranib yurish, iltizomli boʻlish turkumiga kiradi.
Aytaylik, ishga iltizomli boʻlishning koʻrinishlaridan biri; ishga kelmoq, vazifani oʻtamoqdir. Kimdir -” Men ishga bormayman, vazifamni qilmayman, lekin ishimni borib ishlayotkanlardan koʻproq yaxshi koʻraman“-, desa, maqbul gap boʻlmaydi, toʻgʻrimi? Islomning arkonlari amaliy koʻrinishdan iborat. Namoz, Roʻza, Zakot, Haj bularning hammasi qalbdagi iymonni taʼbiri. Shuning uchun iymon soʻz va amaldan iboratdir. Iymoniga dalolat qiladigan amalsiz iymon oqsoq iymon boʻladi.
Diniga amal qilmaydigan, iltizomsizlarning eng xatarli gapi; “Iymon qalbda boʻladi. Zohirda boʻlish shart emas” -, deb aytgan gaplaridir.
Maʼrifat sizda koʻproqmi yo Iblisdami? Savol gʻalati tuyulishi mumkin, lekin javob undan-da taajjubli.. Iblis iymon haqida bizdan koʻproq narsa biladi. Chunki, biz Allohni, farishtalarni, jannatni koʻrmay iymon keltiramiz. Iblis boʻlsa bularni koʻrgan, Alloh bilan gaplashgan. Iblisning Allohga qatʼiy iymoni bor. Borligini aniq biladi. Amalida buni isbotlamagani uchun, iymoni nafʼ bermadi. Shunday ekan,“Qaysi biri Allohga yaqinroq ekanini bilmaymiz” -, degan gapni qoʻyinglar. Osiylikni oshkora qilishlik, hech qachon Allohga yaqinlikni bildirmaydi. Aksincha, itoat Allohga yaqinlikni bildiradi. Qalbdagini bilmaymiz. Qalbdagini Allohning Oʻziga qoʻyib beramiz. Biz bandalar oʻlaroq, zohirga qarab muomala qilamiz. Bu gapni yozgan insonlar yaxshi narsani maqsad qilgan boʻlishi ham mumkin. Ularga uzr ham topilar. Lekin bu gap, Allohga osiy boʻlishni yumshatib, itoat qilishlikni arzimas qilib koʻrsatadi. Huddi “Iymonni iddao qilaver, amal qilmasang ham Allohga yaqin boʻlaverasan” -, deganday gap. Bu avvalo oʻzini, kegin odamlarni aldash boʻladi.
Chin iymonning alomati; hoh namoz boʻlsin, hoh oʻranib yurish, Alloh buyurgan amallarga iltizomli boʻlishdir”.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Шодлик нима? Таърифлаб беринг!
-Ҳўп, унда ешит!
"Жаннатга киринглар, сизлар ва жуфтларингиз шод бўлурсизлар".
Зуҳруф сураси 70-оят.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
Bir qo'l bilan yaxshilik qilishning nima keragi bor, agar ikkinchi qo'l shu paytda zulm o'tkazib tursa.
Isay Kalashnikov ("Shafqatsiz asr" kitobidan)
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...Читать полностью…
#SHERIYATBU MALAK MENING ONAM
.
🎧ABROR MUHTOR ALIY
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
“ALLOH BU DINNI FOJIR KISHI BILAN HAM QUVVATLAYVERADI!”
“Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Xaybar gʻazotida qatnashdik. U zot Islomni (musulmonlikni) daʼvo qiladigan bir kishi haqida: “Bu (odam) doʻzax ahlidandir”, deb aytdilar. Jang boshlangach oʻsha odam (dushmanga qarshi) qattiq urushdi va jarohatlandi. Shunda (odamlar): “Siz “Albatta, u doʻzax ahlidan” deb aytgan odam bugun juda qattiq jang qildi va oʻldi”, deyishdi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Doʻzaxga (ketdi)”, dedilar. (Bu xabardan) baʼzi odamlar ikkilanib qolayozdi. Ular shunday holatda boʻlib turganlarida “U oʻlmagan, lekin qattiq jarohatlangan”, degan gap aytildi. Tun kirgach, u odam jarohati(ogʻrigʻi)ga sabr qila olmay oʻzini oʻldirdi. Nabiy sollallohu alayhi va sallamga bu haqida xabar berishganida “Allohu Akbar! (Alloh ulugʻdir!) Guvohlik bermanki, albatta, men Allohning bandasi va elchisiman”, dedilar. Keyin Bilolga odamlar orasida “Jannatga faqat musulmon jongina kiradi. Va darhaqiqat, Alloh bu dinni fojir (fosiq-gunohkor) kishi bilan ham qoʻllab-quvvatlayveradi”, deb eʼlon qilishni buyurdilar”.
Buxoriy (3062), Muslim (111/206).
_______
Hofiz Ibn Hajar Al-Asqaloniy hadisda aytilgan kishining ismini Quzmon Zofriy degan. Hadisni sharhlagan koʻpchilik olimlarga koʻra u munofiqlardan boʻlib, Xaybarda oʻz obroʻsi uchungina urushgan. Shuning uchun Rosululloh sollallohu alayhi va sallam uni doʻzax ahlidan deganlar. Hadis oxiridagi “Jannatga faqat musulmon jongina kiradi”, degan jumla ham shunga dalolat qilishini aytishgan. (“Fathul-Boriy”, Magʻoziy kitobi, “Xaybar gʻazoti” bobi, 4203-hadis sharhidan qisqartirib olindi).
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
“Janubiy musulmonlik boʻlgan Qohira va Saudiya geografiyasidagi musulmonlik, Gʻarb uchun taxlika boʻlishlikdan chiqdi. Lekin, Shimoliy musulmonlik boʻlgan Samarqan, Buxoro, Istambul geografiyasidagi, aql va qalbga suyangan, Xanafiy va Moturudiy boʻlgan musulmonlik esa Gʻarb uchun xali xamon taxlikalidir va kantrol ostiga olinishi kerakdir”
Arnold Djozef Toynbi (“Turkiyada va Yunonistonda Gʻarb masalasi” 1922 kitobidan)
Nasiba nima ekanini bilasizmi?
Agar chunoli filning nasibasini yesa yorilib o‘ladi, agar fil chumolining nasibasini yesa ochdan o‘ladi...
Ikkisining nasibasini adashtirmagan Zot sizning qismatingiznida chalkashtirmaydi. Sizniki sizga keladi!
(Suratda qandli diabetiklar uchun shakarsiz cho‘pacho‘ps.)
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Qo‘rqoqlardan uzoqroq yuring. Chunki ular boyligi, maqomi, daromadi va hayoti uchun mudom qo‘rquv muhitida yashaydilar...
Aliye Izzetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Aytishlaricha maymun kula olarkanu lekin yig'lay olmas ekan. Tuya yig'lay olarkanu lekin kula olmas ekan..
Inson.. inson esa ham kularkan ham yig'larkan..
Bizni kulish va yig'lash ne'matini bergan Alloh Taologa hamdlar bo'lsin!
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Абу Умома розияллохуу анҳудан ривоят қилинади:
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Инсонларнинг Аллоҳ таолога энг яқини, уларга биринчи бўлиб салом берадиганларидир”. (Абу Довуд ривояти).
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...Читать полностью…
Jam’iki gunohlaringni samimiy tavba qilib yig‘laganingda ko‘zingdan oqqan bir tomchi yosh bilan o‘chirishga Qodirdir Alloh.
Shayton nega yig‘lamaydi?
Chunki uning ko‘z yoshlarini kibrining olovi quritgan. O‘sha uchun shaytonda ko‘z yoshi yo‘q.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Mujodala...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Аллоҳ хикмати билан бир эшикни ёпса, рахмати билан бошқасини очади.
Саъдий Шерозий
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
#тўй #исроф #орзу_ҳавас #ижтимоий_эҳтиёж #ижтимоий_ғоя
Халқимиз тўйларга ҳаддан ташқари кўп ресурс сарфлаши ҳақида юз йил олдин ҳам жон куйдириб жадидлар ёзишар эди. Энг забардаст ёзувчилар ҳам тўхтамай ёзишди. Ҳатто бунга қарши давлат дастурлари, жазо чоралари ишлаб чиқилиб, расман курашиб ҳам кўрилди. Ҳозир ҳам зиёлилар қайта-қайта танқид қилиб ёзишаяпти. (Медиада ва шартли "Оталар сўзи"да бу мавзу кўтарилавериб, тутаб кетди.)
Модомики, шунча уриниш ва танқидлардан кейин ҳам бу феномен мустаҳкам сақланиб қолаётган экан, хулоса битта.
Данғиллама тўй қилишнинг, ўн йил азоб билан, мисқоллаб йиғилган пулларга бир соатлик артист чақириб, йўқ қилишнинг, ўз ИЖТИМОИЙ ФУНКЦИЯСИ бор. (тўйдан кейинги исроф маросимларнинг ҳам)
Бунинг ўрнига, ўша функцияни бажара оладиган, ишончли муқобил нарса таклиф берилмагунча, бу жараён ТЎХ-ТА-МАЙ-ДИ.
Лекин кимгаям керак шу бош оғриқ?
- Тўйлар нима қўшимча функцияни бажараётганини аниқлаш учун ижтимоий тадқиқот керак. Ҳатто жавобни гўёки "шундоғам сезиб турган" бўлсак ҳам, икир-чикиригача ўрганиб чиқмаса, сифатли ечим чиқмайди.
- Унинг муқобил вариантларини топиб, энг оптималларини ишлаб чиқиш учун ҳам яхшигина изланиш керак.
- Ечимлар, халқ ҳаётига органик тадбиқ бўладими-йўқми, буни аниқлаш учун ўнлаб ижтимоий тажрибалар ўтказилиши ва ўнлаб гипотезалар текширилиши керак (кичикроқ кўламда).
- Ва бу бир марталик жараён эмас. ечимлар вақт ўтиши билан эскирса, жамият тезда яна эски ўзанга қайта бошлайди. Кичикроқ кўламда бўлсаям, доимий изланиш керак бўлади.
- Буларнинг ҳаммаси учун яхши социологлар ва ресурс керак (ресурс айнан маблағ бўлиши шарт эмас, қайсидир жонкуярларнинг вақти бўлиши ҳам мумкин).
Кўриниб турибдики, катта меҳнат. Арзийдими, деган савол пайдо бўлади. Лекин бунинг бонус эффекти бор: битта шунақа сифатли ижтимоий тадқиқот, бир нечта ёндош тадқиқотлар учун информацион база беради, хамиртуруш бўлади. Зийракроқ тадқиқотчилар, битта ечим топиш жараёнида, битта гипотезани текшириш жараёнида , албатта кутилмаган ёндош муаммоларга ҳам ечимлар кўради.
Шахсан ишончим комилки, охирида бу меҳнатни монетизация қилса ҳам бўлади. Чунки тадқиқот жамиятнинг каттагина қатламининг кўздан яширин мотивларини очиб беради. Бу инфо эса озми-кўпми пул туради.
п.с. бу битта муаммо атрофидаги гап-сўзларга мисол холос. Кўзимизга хунук ёки аҳмоқона кўринган нарсаларда савол бериб кўрайлик: "балки бу иррационал ҳодисанинг жудаям рационал пойдевори бордир?"
Ўзимизга савол бериб, унга жавоб қидириш машаққатидан кўра, "халқимиз исрофгар ва ноадекват", "одам бўлмаймиз", "юз йилдан бери шу аҳвол", "биздака нодон халқ йўқ", "тубанлашиб кетдик", "баттар бўлайлик", дейиш албатта анча осон ва хавфсиз.
Bobur Niyozov
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Musulmonlik namoz oʻqimoq, Qurʼon oʻqimoq, tasbeh oʻgirmoqdan iborat boʻlsa, Ayyub Al-Ansoriyning Istanbulda nima ishi bor edi?
Najmiddin Erbaqon
(Ayyub al-Ansoriy Istanbulni fatx etish yo'lida shaxid bo'lgan zotlardan biri, ya'ni islom shukr va sabrdan iborat emas agar shunday bo'lganida Ayyub Ansoriy Istanbulni fatx etish uchun qilich ko'tarib bormasdilar...)
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Файсал ибн кавкаб исмли даҳрий ушбу суратни қўйди ва "Аллоҳни яратганига қарши бандани яратгани" деб, киноя қилди.
Маҳмуд Ҳасанот исмли киши
"Аллоҳ яхшироғини яратди. Чунки, Мерседес ҳеч бўлмаганда эшакдек ўзидан кўпайиб, бизга Файсални туғиб беролмайди" деди)))...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Читать полностью…Ali roziyallohu anhu
Fotima onamiz haqlarida
shunday deganlar:
"Kun bo'yi ish bilan
mashg'ul bo'lib,
charchab uyga
qaytganimda
Fotimaning
yuziga boqsam,
butun g'am-anduhlarim,
toliqishim yo'q bo'lardi".
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
"Орқангда ким турганини билсанг, олдингдан ким чиқишининг аҳамияти йўқ".
М.Аҳмад
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Bir rus blogeri aytgan edi boshqa kurs sotadigan blogerga qarab:
“Orzularingizga yetishish uchun meni kurslarimni sotib oling, men esa sizni pullaringizga orzularimni ushaltiraman”😂
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Agar rizqlarimiz gunohlarimizga qarab taqsimlanganida edi, allaqachon ochlikdan oʻlib ketgan boʻlardik.
Bizlarni Oʻzing kechir, yo Rabb!
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Онаси, кеч қолманглар!
Онаси, эртароқ қайтинглар!
Онаси, қалинроқ либосинг борми?
Онаси, ўзингни эҳтиёт қил!
Онаси, яхшимисан?
Онаси, болалар қийнамадими?
Онаси, нима олиб борай?
—————
Дадалари, нонушта тайёр!
Дадалари, яхши бориб келинг!
Дадалари, кеч қолманг!
Дадалари, мана бу дазмолланганини ола қолинг!
Дадалари, кечқурунга нима пиширай?
Дадалари, поябзалингизни артиб берай!
Дадалари, болалар сизни сўрашяпти.
Булар аслида эр-хотиннинг бир-бирига муҳаббат изҳорларидир.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
#Жума
Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», -
дейилган.Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!
🌾 @hikmatlar