Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
Keksa Zeb Stump (Moris Jeraldning doʻsti):
- Hatto och boʻrilarning ham koʻnglini aynitadigan ishlar boʻlayapti dunyoda! Aftidan bu boshsiz chavandoz koʻp narsani bilsa kerak. Oʻzi oʻlik boʻlsa ham tiriklarni tinch qoʻymayapti!..
Mayn Ridning “Boshsiz chavandoz” asaridan
БИР ОНАНИНГ ДУОСИ!
“Яхшиликлардан бирортасини паст санаманг...”
Кекса бир аёл автобусга минди. Аммо ўтиришга бўш ўриндиқ топа олмади. Бир киши онахонга эҳтиром кўрсатиб, ўрнини бўшатиб берди. Аёл раҳмат айтиб, “Илоҳим, сенга ҳар йили ҳажга бориш насиб этсин”, дея уни дуо қилди.
Жой берган одам кейинчалик айтади: “Онахоннинг ўша дуосидан сўнг, тўққиз марта ҳаж қилдим''. Ўртаҳол, камбағал инсон бўлсам ҳам.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Эҳ
Севги ёш танламайди деб эмас, ўлим ёш танламайди деб яшаганимизда Аллоҳни кўпроқ таниган бўлармидик...
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
1950-1960 yillardagi Misrda ikki jins oʻrtasidagi munosabatlar, sevgi-muhabbat, oila va nikoh bilan bogʻliq muammolar hamda kechinmalarni Mustafo Mahmud maromida tahlil qilgan va real maktublarga teran javoblarni keltirgan. Oradan 70 yil oʻtib biz bu asarlarni qayta “jonlantirishga” muvaffaq boʻldik. Sababi, u odamlar olamdan oʻtib ketgan boʻlsa ham, muammolar hali hanuz yashab kelyapti. Qiziqmadim yoki oʻqimayman degani ham albatta oʻzi bilan bogʻliq muammoni topishiga guvoh ham boʻldik.
Inson yolgʼiz tugʼiladi. Yolgʼiz oʼladi. Yolgʼiz qariydi. Yolgʼiz kasal boʼladi. Yolgʼiz gʼam-alam chekadi. Tashvishlarni yolgʼiz koʼtaradi. Аllohga yolgʼiz oʼzi yoʼliqadi.
Bir-birimizga yoʼlni yengillatishdan boshqasiga yaramaymiz..
©Doctor Mustafo Mahmud
Hozirgi kunda yaxshi inson bo’lish uchun nima qilish kerak?
Taqvoda ijtimoiy tarmoqlarimizga yetib olishimiz…
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...Читать полностью…
Qishda kambag‘alning titrashidan boshqa hamma narsa go‘zal bo‘ladi.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Bizning jamiyatlarda sulh majlisi bor. Undan maqsad - “Zaifni oʻz haqqini talab qilmaslikka qanoʼatlantirish”dir.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Hammasi biz gumon qilganday boʻlib chiqmasligi mumkin...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
OGʻRIQ
Qancha kunlar qazo boʻldi,
Jonimizga jazo boʻldi.
Bizdan kimlar rizo boʻldi?
Egamizga nima deymiz?
Iymon azim daraxtdir xoʻb,
Yaprogʻidan mevasi koʻp,
Shoxlarini sindirdik xoʻp,
Egamizga nima deymiz?
Kapalakka qoʻl bermadik,
Chumoliga yoʻl bermadik,
Dil olmadik, dil bermadik,
Egamizga nima deymiz?
Uygʻongimiz kelmas sira,
Koʻzimizni bosgan shira,
Borgan sari koʻngil xira,
Egamizga nima deymiz?
Shayton buncha sohibjamol?!
Qonimizda topar kamol,
Hayotimiz – bitta savol:
Egamizga nima deymiz?
© Behzod Fazliddin
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
#ZikrKo‘p gapirganingiz sayin xatolaringiz ko‘payaveradi, faqat Allohning zikri unday emas. Ko‘p zikr qilganingiz sayin xatolaringiz o‘chirilaveradi....
© Shayx Ahmad Iso Ma’saroviy
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Ivan Goncharov "Oblomov" asarida hayotning ikki yuzini bir jumlaga sig‘dirishga harakat qilib, shunday deydi: "kimdir har kuni erta bilan ishga ketib, kech soat beshgacha ishlash majburiyatida bo‘lgani uchun g‘am cheksa, kimdir bunday baxtdan mahrumligi uchun xo‘rsinadi".
(Suratda: "Hamma narsa inson uchun, insonning baxtu saodati uchun" deb yozilgan ekan, qarang shior hanuz eskirmabdi...)
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
“Biz aqlning tanlovi koʻproq toʻgʻri boʻlishiga ishonsakda, bizga qalb tanlagan narsalardan voz kechish qiyinlik qiladi”.
Aql haqiqatni qalbdan koʻra aniqroq idrok qila oladi. Lekin shunga qaramay, qalb aqlga suyana olmaydi. Qalbni aqlga boʻysundirishning yagona yoʻli - aqlning qalb inkor eta olmaydigan, aksincha, qalb ham tasdiqlaydigan, kishini ham aqlan, ham qalban huzurga qovushtiruvchi mutlaq haqiqatga yoʻnalishidir.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Burgut baland daraxt shoxida viqor bilan oʻtirgandi.
Uni koʻrib qolgan kichkina quyoncha burgutdan soʻrabdi:
— Men ham sizga oʻxshab hech narsa qilmasdan dam olib oʻtirsam boʻladimi?
— Albatta, boʻladi, — debdi burgut.
Quyoncha daraxt tagiga yonboshlabdi. Birdan uning yonidan tulki oʻtib qolibdi va quyonchani tutib, yeb qoʻyibdi. Shunda burgut:
— Eh nodon quyon, hech narsa qilmasdan oʻtirish uchun judayam balandda boʻlish kerak, — degan ekan.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Тошкент Шахрида яшовчи Абдусобирова Мадинанинг фарзанди
Абдусобиров Абдуллоҳ 2019 йил 6 июлда туғилган. ДИАГНОЗ.. КОМПЕНСИРОВАННАЯ ГИДРОСЕФАЛИЯ СПАСТИЧЕСКАЯ ТЕТРАПЛЕГИЯ.ЗАДЕРЖКА ЕТАПОВ РАЗВИТЯ.СМФСS- 4 _ ур.
Мияда ортиқча суюқлик йиғилиши бу кассалик кўзига тасир қилмоқда кўзнинг ташхиси ATROFIYA нерв қуриши
2019 йил 4-Ноябрда бошида шунтлаш операцияси ўтқизилган Абдуллоҳ 5 ёшда йурмайди
ШУНТ МОСЛАМАСНИ АЛМАШТРИШ КЕРАК. АБДУЛЛОҲ УЧУН БЕФАРК БУЛМАНГ.
УЗКАРД 5614.6820.0289.3073
ХУМО. 9860.0801.0802.3476 УШБУ КАРТА ОНАСИ АБДУСОБИРОВА МАДИНАНИ НОМИДА
Сизлардан Абдуллоҳ юриб кетиши учун ўз тенгдошларини қаторига Мустақил хаётга қайтишга бефарқ булманг.ОПЕРЦИЯ ШУНТ МОСЛАМАСИ УЧУН, Ва КОЗИНИ ОПЕРАЦИЯСЯ 7000 $ КЕТАДИ.ХОЗИР ЙИГЛДИ 3400$
Онасининг Телфон рақами: +998958001753
Беминнат беғараз қилинган яхшиликни Роббимиз мукофатласин Роббимиз қалбларимизни улфат этсин.Фарзандим учун йордам колларингзни айаманг.🤲🤲🤲🤲🤲
Gʻiybat koʻrolmaslar tomonidan qilinadi,
Ahmoqlar buni tarqatadi,
Farosatsizlar esa bunga ishonishadi.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...Читать полностью…
Oshiqlik o‘zini aldash bilan boshlanadi va o‘zgani aldash bilan yakunlanadi.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Olgan ilmingiz odamlarni chalgʻitish, ularni mot qilish va lol qoldirishdan boshqasiga yaramasligidan panoh soʻrang. Ilm avvalo shaxs oʻzi amal qilishi va najot topishi uchun olinadi. Yolgʻon bilan rostni aralashtirib, haq bilan botilni, zahar bilan asalni qorishtirib ommaga yedirish uchun olinmaydi ilm. Umaro va hukkom istagan tomonga dinni burib berish uchun ham olinmaydi. Dinni salotin mayliga muvofiq talqinlab berish uchun ham olinmaydi ilm.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
#ОДОБ
Имом Аҳмад роҳимаҳуллоҳ ўзининг "Муснад"ида Абдурроҳман ибн Аби Қуррод розияллоҳу анҳудан ҳадис келтиради. У дейди:
"Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам таҳорат қилдилар. Кишилар у зотдан қолган сувни олиб баданларига сурта бошлашди. Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам сўрадилар:
- Сизларни бундай қилишга нима ундади?
Кишилар жааоб беришди:
- Аллоҳ ва Расулининг севгиси!
Шунда Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:
- Ким ўзини Аллоҳ ва Расули яхши кўришини истаса рост гапирсин, омонатга хиёнат қилмасин, қўшнисига яхшилик қилсин!".
Аллоҳнинг муҳаббати орзу билан топилмайди, аксинча амал билан топилади.
Ёлғон гапирманг. Ёлғон гуноҳ бўлишдан ташқари мурувватни ҳам ўлдиради.
Хиёнат қилманг. Хиёнат гуноҳ бўлишидан ташқари фожирлар хулқи ҳамдир.
Қўшнингизга ёмонлик қилманг. Қўшнини ранжитиш гуноҳ бўлишидан ташқари разилликдир.
Суюкли бўлишни истасангиз адабли бўлинг!
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
“Iblisga ilmsizligi zarar keltirmadi, odobsizligi zarar keltirdi”.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat moʻminning yoʻqotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
#ДОЛЗАРБ_МАВЗУ
АЁЛЛАРНИ ОГОҲЛАНТИРИБ ҚЎЙИНГЛАР..
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Buncha mum tishlaysan, uningni chiqar,
Qaragin, hurliging kiymoqda kafan.
Seni avraganlar, aldaganlar, yoʻq-
Sen gung boʻlib tugʻilmagansan.
Har nega koʻnikish qismatingmas, yoʻq,
Har nega koʻnikish, tushungin, xatar.
Tilingga koʻnikmay, jonsiz boʻlsa ham
Chinqirib yuborar hali kishanlar.
Najmiddin Ermatov
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Ибн Қудома роҳимаҳуллоҳдан сўрашибди:
- Бахтли инсон ким?
!
Ибн Қудома шундай дебди:
- Нафаси тўхтасада, ҳасанотлари тўхтамайдиган киши
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Ҳасан Басрий жанозадан сўнг сўради: "Агар маййитга қайта ҳаёт берилса, у нима қиларди"..?
Одамлар: "Тавба қиларди. Ҳаромдан қочиб, ибодатга киришарди".
Ҳасан Басрий: "У буни бой берди. Лекин сизда ҳали фурсат бор, қани боринглар, айтганларингизга ўзингиз амал қилинглар"!
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
Али розияллоҳу анҳу:
"Эй илм таҳсил қилаётганлар, олган илмингизга амал қилинглар. Олимни ҳақиқийси амали биландир", деб айтдилар.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
“Har zamonda ham zulmni chiroyli koʻrsatishga harakat qiladiganlar topiladi.”
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Bir faqir, boy badavlat xasis baxilni uyiga kelibdi.
-Sen saxovat qilayotganingni eshitdim. Men bir faqir insonman. Agar lozim topsang manga biror narsa ber, debdi.
Baxil aytibdi:
-men faqat ko‘zi ojiz ya’ni ko‘rlarga saxovat qilyapman deb faqirni o‘yidan uzoqlashtirmoqchi bo‘libdi.
Shunda faqir aytibdiki:
-men ham voqean ko‘r man. Agar ko‘r bo‘lmaganimda Allohning huzuri qolib sendek baxilni oldiga kelarmidim!
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Субҳааналлооҳ.
Олмахон узоқроқдан илонни кузатиб боради, илон терисини тўкишини кутади. Илон пўстини ташлагач уни инисига олиб боради ва болалари ёнига қўяди. Илон терисини ялайди ва шу сўлак билан болаларини ялайди.
Агар илон унинг уяси олдидан ўтса, ундаги илон терисининг ҳидини сезади ва тешик ичида бошқа илон бор деб ўйлайди. Шундай қилиб, олмахон ундан ўзини ҳимоя қилади...
Илоннинг кўриш қобилияти заиф бўлади ва ўлжасини фарқлаш учун ҳид ва тебранишларга таянади.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
#Жума
Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», -
дейилган.Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!
🌾 @hikmatlar
Bu rasm 2012-yil quyidagi izoh bilan Ispaniya matbuotida chop etilgan edi.
“Gardaniga sanchilgan qilichlardan qonga belangan xoʻkiz maydonda gox hujum qilib yugurgan, gox toʻxtab atrofga alang-jalang qarar ekan, birdan egasiga koʻzi tushdi. Unga tomon yugurdi, undan bu azobdan qutqarishi istadi...”
Lekin uni shuning uchun sotib yuborgan egasi ekanini bilmasdi.
Bu dunyoda insondan vahshiyroq mavjudot yoʻq!
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Қудуққа тош отган одам, уни сувга етиб борган товушини эшитишни кутади. Сизни ҳақорат қилган инсон ҳам, унга жавоб қайтаришингизни кутади. Сиз индаманг. Қудуқдек чуқур бўлинг. Ютасиз
!
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...