hikmatlar | Unsorted

Telegram-канал hikmatlar - Hikmatlar Xazinasi 🍃

5225

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot

Subscribe to a channel

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Севаман дейсану, этасан исён,
Бу ҳолинг ажойиб, бўламан ҳайрон.
Итоат қилгин-да, севсанг гар албат,
Севган суйганига этар итоат...

Робиатул Aдавийя

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Дуо қилиш учун ҳам илм керак!

ТИЛAНЧИНИНГ ГЎЗAЛ ДУОСИ

Аъробий бир одамдан тиланди ва у садақа берди. Шунда аъробий дуо қилди:

Мени ризққа ва сени ажрга йетаклаган, ҳамда мен туфайли сенга рахмат берган ва сен сабабли менга раҳм қилган Аллоҳга ҳамд бўлсин!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Marhamat so'rayman, yordam so'rayman,
Men ham o'shal bani Odam, so'rayman.
Miskinlar so'raydi och yupun qolsa,
Men Sendan, Xudoyim, har dam so'rayman.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

#Она
Одам ўлдириб қўйган киши Абдуллоҳ ибн Аббос розиёллоҳу анҳунинг ҳузурига келиб деди:
- Қотил тавба қилса бўладими?
Ибн Аббос розиёллоҳу анҳу деди:
- Онанг ҳаётми?
- Йўқ.
- Унда истиғфорни кўпайтир.
У киши кетганидан сўнг ибн Аббосдан шогирди Ато ибн Ясор сўради:
- Эй Расулуллоҳнинг амакиваччалари! Ундан онаси ҳақида сўраганингизни кўрдим?
Ибн Аббос розиёллоҳу анҳу дедилар:
- Онага қилинган яхшиликдан кўра Аллоҳга маҳбуброқ ишни билмайман
.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Musulmonlar Qur'onning g'oyasini tark qilganlar. Qo'llaridagi ilohiy rahbarning maqsadini o'ylamaydilar. Qur'onni anglashga harakat qilmaydilar. Musulmonlarning ko'pchiligi Qur'onni o'qish bilangina kifoyalanadilar. Tushunmasdan o'qilgan Qur'on bilan jannatga kirish hayolini quradilar. Bularning natijasida Qur'on, rahbar ekanligini qabul qilingan lekin ortidan tobe' bo'linmagan bir kitobga aylangan.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Йўлимизда риёзат йўқ!
Бу ерда фақатгина лутф бор,  эҳсон бор. Бу ерда фақатгина муҳаббат, фақатгина кўнгил овлаш, фақатгина ишқ, фақатгина ҳузур-ҳаловат бор...

Ҳазрати Мавлоно Жалолиддин Румий қуддиса сирруҳу


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

“Doim kimnidir ayblaydigan insonni uzoq yoʻl kutib turibdi.
Oʻzini ayblayotgan inson yoʻlning yarmida.
Hech kimni ayblamayotgan kishi esa manzilga yetgan”.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Aslida tarixiy voqealarni ertak kabi bolalarni uxlatish uchun emas, ularni uyg‘otish uchun aytiladi... Xalq orasida “Bir odam zolim bo‘lgani uchun ko‘p odamlar quldirlar. Zolimlardan nafratlanaylik!” degan gap-so‘zlar keng tarqalgan. Kam sonli odamlardagina bu qarashning aksi: “Bir odam aslida ko‘p odamlar qul bo‘lgani uchun zolimdir. Qullikdan hazar qilaylik”, degan fikr bo‘ladi. Haqiqat shundaki, zolim ham, qullar ham jaholatda o‘zaro sherikdirlar...

Jeyms Allen "Fikrlayotgan odam" kitobidan.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Insonning asl yuzini unga boshqa foydang tegmaganida ko‘rasan...

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Axloqning zaifligi iymonning zaifligidandir...

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Онага итоатда ибрат зотлар

Суфён ибн Уяйна айтадилар:
Бир киши сафардан қайтди. Уйда онаси намоз ўқир эди. Онасининг намоз ўқиётганини кўрган фарзанд ўтиришни истамай, тик туриб онасини кутди. Онаси буни сезди ва ўғли кўпроқ савобга эга бўлиши учун намозини узун қилди".

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Bobom der: “Bu zamon - ajab zamondir,
Bunda kimlar yayrar, kimga yomondir.
Yashashni qoʻyib tur, harobat yetmay,
Oʻlib olmoqliqning oʻzi armondir”.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Tilanchi bir aʼrobiydan sadaqa berishini talab qilibdi. “Mening beradigan hech vaqoyim yoʻq.Oʻzimdagi narsaga eng haqli inson oʻzimman”, deb aytibdi aʼrobiy. Shunda tilanchining jahli chiqib: “Oʻzlarida ehtiyoj boʻla turib ehson ixtiyor qiladigan insonlar qayerda qoldi-ya?” desa, aʼrobiy “Odamlardan qattiq turib sadaqa talab qilmaydigan muhtojlarning davrida qolgan!”, deb javob bergan ekan.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Sekin savoblarim yo‘lini yopib
Bamdodni yo‘qottim uyquni topib...😓

Jahannam qizigan unga men a'zo
Sababi Peshin ham bo‘libdi qazo...😓

Ovora bo‘libman quray deb qasr
Axamiyat bermay kelganda asr...😓

Dunyoda olay deb yaxshi bir maqom
Joynamoz eskirdi o‘tib ketib shom...😓

Foniy olamni deb qaribdi bu jon
Hatto o‘qimayin bir bora hufton... 😓

Dedilar uzrni o‘zingdan qidir
Bu paytda kechikib qolgandi vitr... 😓

Allohim bizlarni qilmaydi unut
Sajda qildim dami kelgach tahajjud... 🤲

Endi ko‘zim ochdim bo‘lganda bamdod
Peshinni ham o‘qiy boshladim obod... 😊

Shom-u asrda ham joynamozda men
Tor bo‘lgan dunyolar endi bo‘ldi keng... 🤗

Huftonning nurlari tunim yoritsin
Vitr har kun yo‘qlab meni qaritsin... 🤲

Bu dunyo maqsadin izladim bedil
So‘ng nafsimga dedim namozda egil... 🧎


*to‘ldirildi

🌾
@Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Гоҳида, кўп одамлар сизга ёрдам беришни хоҳлашади, аммо сизнинг хулқингиз туфайли улар бундай қилишолмайди.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Besh o‘nta davlatga borib kelib, dunyo ko‘rdim demang.
Otangiz o‘tgandan keyin bilasiz dunyo nima ekanligini...

Hasan Ali Toptash

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Erkin matbuot yaxshi ham yomon ham boʻlishi mumkin, erksiz matbuot faqat va faqat yomon boʻladi…

Kamyu

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Kitobli konkurs..📌

Bugun soat 20:30 da bir post joylaymiz

Ushbu post izohiga "Fadvah" so'zini yozib qoldirasizlar..

Faqat 1 marta yozishingiz mumkin. Shoshilib boshqa so'z yozib qo'ymang.

Hech qanday sharti yo'q. Faqat sahifamga ulangan bo'lishingiz kerak.

Himmatingizdan kelib chiqib kanalingiz va boshqalarga tarqatsangiz bo'ladi, bu meni hursand qiladi albatta.

Anaqqisa kim forward qilgani ko'rinib turadi.))

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Uyquning qoʻllaridan yulib olingan onlar boʻlmasidan, qullikka yoʻl olib boʻlmaydi. Maʼnaviy kamolot tunning qoʻllariga berilgandir.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Nafsi ammoradan qutilganlikning alomati, insonlarning maqtashiga ham, yomonlashiga ham eʼtibor qilmaslikdir.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

“Xorlik kiyimini yechib, hurriyat libosini kiyish oʻrtasida koʻplarning avratlari ochilib ketadi”.

Malkolm X _ "Fitrat" kitobidan.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

“Agar hamma narsa sen istagandek boʻlayotgan boʻlsa, baxtlisan. Agar sen istagandek boʻlmayotgan boʻlsa, baxtliroqsan. Chunki Allohning istagani boʻlayapti!”.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ма шаа Аллох

• Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга салавот айтишни унутманг!

🌾 @Hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Eng katta kitoblarni ham bitta kichik nuqta tugatadi.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

✍Qur’on adabiyot emas, hayotdir!
Unga tushuncha tarzida emas, mukammal hayot yoʻli sifatida qarash lozim!

✍Islom shunday bir an'anaki, uning xabari har bir kesilgan daraxtning o'rniga yangi ko'chat oʻtqazilishi kerakligini taʼkidlaydi.

✍Issiq hammaga birdek!
Sovuq har kimning kiyimiga ko‘ra...
UNUTMANG

Ali Izzatbekovichning "Sharaf" kitobidan.


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

СЕНИНГ АЁЛИНГ КИМНИНГДУР ЭРКА ҚИЗИ УНГА ОЗОР БЕРМАГИН!

Қиз фарзанд нозик шохча, ота эса унинг томиридир. Шохчага қўполлик қилиб, уни синдира кўрма, акс ҳолда томирга қаттиқ озор етади.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ibn Javziy aytadi:
"Bilginki, hayot bir maromda davom etavermaydi. Bir kambag‘al bo‘lsang, bir boy bo‘lasan. Bir aziz bo‘lsang, bir xor bo‘lasan. Shunday bo‘lgach, har qanday holatda yagona asosni mahkam tutgan odam baxtlidir. Yagona asos Allohdan taqvo qilmoqdir".

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

#Duo

Hammani kechirib uyquga yoting
!

Allohim men hammani  kechirdim...
Senham meni kechirgin ilohim
.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Har bir g‘alaba keyingi kurash uchun chaqiriqdir...

"Safar" kitobi


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

#Туя
#Мўъжизаси

Расмда она туя сув охурига ўтирганини кўрдим, сўнгра туриб тезда тўғри боласини эмизишга борди. Нега бунақа ҳаракат қилганига ҳайрон қолиб, бадавий туя боқувчидан сўрадим.
У: - “Она туя иссиқ кунларда боласини совуқ сут билан эмизиш учун сувли охурга ўтиради” - деб жавоб берди...

Аллоҳ таоло айтади:
“Улар назар солмасми: Туянинг қандай яратилганига?” (Ғошия сураси, 17-оят)

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…
Subscribe to a channel