Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
"Юзим гўзаллиги сақланиб қолсин"-десангиз.
Уни бужмайтирманг.😄
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...Читать полностью…
Ўлсанг ошинга келиб гурунчи тирик бўлиб қолибди дейдиган одамлар учун яшама!
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
#Ибрат
Бир киши Ҳасан Басрий ҳазратларининг олдиларига келиб: “Фалончи сенинг ҳақингда фалондай пистондай номаъқул гапларни гапирди”, дебди.
- Қачон?
- Бугун.
- Қаерда?
- Уйида
- Унинг уйида нима қилаётган эдинг?
- Зиёфатга борувдим.
- Зиёфатда нима единг?
Ҳалиги киши саккиз хил таомнинг номини санади. Шундай Ҳасан Басрий ҳазратлари:
- Уша одамнинг саккиз хил таоми қорнингга сиғдию, бир оғиз сўзи сиғмадими? Тур, кет бу ердан! - дедилар ва ғийбатчини даргоҳларидан қувиб чиқардилар.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
#Биласизми?
Ар-Роҳман” сурасидаги “فَبِأَيِّ آَلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ”ояти ўттиз бир марта такрорланган.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
-Allohni koʻrdingmi?
-Нa, juda ham koʻp.
-Qachon?
-Xatomni berkitganida, rizq berganida, meni asraganida...
Biz tark qilganlarimizni Gʻarbliklar kashf qilib, oʻzlarini bor qildilar.
Biz esa Gʻarbliklarning tark qilganlarini taqlid qilib, oʻzimizni yoʻq boʻlishning eshigiga sudradik.
Qabrdagi bandaning holi neʼmatlanish yo azobda, hibsda yo hurlikda koʻkrakdagi qalbga oʻxshaydi. Agar qabringdagi holingni bilmoqchi boʻlsang, koʻksingda qalbingga boq!
Ibn Qoyyim rohimahulloh
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar:
Soʻz faqat amal bilan toʻgʻri boʻladi. Soʻz va amal esa faqat niyat bilan toʻgʻri boʻladi. Soʻz, amal va niyat boʻlsa faqat sunnatga ergashish bilan toʻgʻri boʻladi.
Ushbu ummatning yaxshilari Oxiratlari dunyolaridan mashg'ul qilmagan va dunyolari Oxiratlaridan mashg'ul qilmaganlaridir...
- O'g'lim buzuq ayolga ilakishib qolibdi. Yashshamagurga yaxshi bir qiz topib uylantirsam, zora quyulib qolsa...
- Shu o'g'lim akalariga o'xshamadi, o'ta tanbal. Biror ishning boshini tutay demaydi. Uylantirsam, ro'zg'orni qanday eplaydi, hayronman!
Ha-ya, epchil-chaqqongina, qo'lida hunari bor qizlardan taniganingiz bo'lsa, tavsiya etvoring...
- Katta o'g'limning fe'li xunuk, sal narsaga lovullab, jahllanib, urishib ketadi. Bunga og'ir-vazmin, sermulohaza, yaxshi tarbiya ko'rgan qizni oberishim kerak...
- Shu desangiz, kichik o'g'lim bizdan yashirincha ichib-chekadigan odat chiqargan. Kechqurunlari allamahalgacha ko'cha kezadi, shu paytgacha qayerda eding degan odam naq baloga qoladi! Halol-haromni farqlaydigan, ibodatli, muslima qiz bo'lsa, shunga obersam. Xotini aqlli bo'lsa, yomon yo'ldan qaytarib oladi-da...
O'z tuqqanini tarbiya etolmagan onalarning bedavo o'g'il uchun «davo vositasi» bu.
Bir onaning o'z bolasi rohatini o'ylab boshqa onaning bolasini azobga duchor etishi mana shunday «tadbir»lardan boshlanadi; ayolning ayolga zulmi mana shunday fikrlardan boshlanadi; oilalarning parokandaligi mana shunday «yaxshi niyyat»lardan boshlanadi.
«Bunaqa o'g'illaringiz xotin emas, psixolog yo psixiatrda seans olsin; ichuvchi-chekuvchi o'g'lingizni yetaklab sovchilikka emas, narkologga boring;
bu o'g'illaringizga avvalo odam bo'lish ilmini o'qiting, keyin nikohlarini o'qitasiz, muhtaramalar», - deydigan kimsa yo'q.
Kelin ertaklardagi sehrgar parimi ediki, tayoqchasini bir silkitib, maxluqni shahzodaga aylantirib qo'ysa!
Va umuman, o'z o'g'liga tarbiya bera olmagan, demakki onalik burchini, vazifasini bajara bilmagan ayol boshqa bir oilaning oqila qiziga qaynonalik qilishga qanchalik haqli?
Hulkar BakayevaЧитать полностью…
Albatta qalbni ochiladigan va yopiladigan vaqti boʻladi, qalb ochilgan vaqtda uni nafllarga buyuring, yopiladigan vaqtda esa farzlar bilan kifoyalaning.
Haqiqiy ilm (Allohdan) qoʻrqishni olib keladi, haqiqiy zohidlik rohatni olib keladi, haqiqiy maʼrifat (Allohga) qaytishni olib keladi.
Avval aqllilarga hasad qilib, men undan oʻzib ketishim kerak deb koʻp kitob oʻqigan boʻlishsa, hozir aqlsizlar oson yoʻl topishdi. “Aqllilarni ustidan kulsam, oʻzim xam kitob oʻqishimga hojat qolmaydi”.
Xudbinlik - bu kishilarning ingrashini eshitmaslik uchun quloqqa tiqiladigan paxta.
©Genrik Senkevich
Bu zamin bu xilqat ajib borliqdir
Bu borliq gul san'at bir zargarlikdir
Bari go'zalliklar aslida bilsam
Seni ko'rmoqlikka tayyorgarlikdir...
Xayrulla Hamidov
Islomga xizmat qilmoqchiman, ummatning ahvolini ko‘rib yuragim yonib ketyapti, deb turib, keyin din uchun xizmat qilish maqsadida o‘zining ustida ishlamasa, o‘zini qurish uchun kunidan muayyan bir vaqtni ajratmasa, u odam gapining qiymati yo‘q, quruq safsatachi, bir battol xolos.
Sulton al-Umayriy
Ungacha chidayver, bovurim,
Simobday yutilsa havolar.
Ungacha yagʻrindan yagʻirin
Tulporlar olarda davolab.
Ungacha, kuyuklim, suyukling
Ayozda koʻz yoshi muzlasa,
Chidayver, chidaysan bu yukning
Ipini bahorlar uzmasa.
Ungacha qushlarning ortidan
Daraxtlar uchadi ollanib.
Qaqshagan daryolar yurtida
Ogʻochday qolarsan zorlanib.
Otang ham chidagan, siqilma,
Egatga esh bilib boshini.
Ostonang boshiga tigʻ ilma,
Oʻgʻriga yedirgin oshingni.
Baxtiday yorilib tovoni
Orzusi kuluk bu onalar
Ungacha chidatib dunyoni
Tugʻadi sendayin bolalar.
Chidayver gʻurbatda mehnatdan
Non topgan hech kimsa oʻlmas-a?
Bu chidoq qon surar, albatta,
Bolang ham chidaydi oʻlmasa.
Chidovga oʻrgatgin barchani
Gʻoyibdan kelguvchi kungacha.
Chidayver, ming yillik archaning
Umri ham tugaydi ungacha.
Qimsating quyadi quloqqa:
“Hislat bu, emasdur illating!”
Chidash-la borursan uzoqqa,
Ungacha bormaydi millating...
Ungacha chidayver, bovurim.
Najmiddin.E
Bizlarni oʻlim bilan davolagani uchun Allohga shukr qilishimiz kerak. Boʻlmasa barchamiz hirs saratoniga chalingan boʻlar edik.
🎙┠Зоҳиджон қори«Ар-Роҳман» сураси
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Koshki qizlarimizga iffatingni saqla, odobli boʻl deb aytganimiz qadar oʻgʻillarimizga ham aytsak edi, hammasi yanada yaxshi boʻlar edi.
Aqchasi bor bozordan,
Amali bor mozordan qoʻrqmas...
- Rasmda nega dadangni qo'llarini chizmading?
- Onamni boshqa urmasinlar dedim, ustoz.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Фузайл ибн Иёз раҳимаҳуллоҳ ўғилларининг тарози палласини енги билан тозалаётганини кўриб сўрадилар: "Нега бундай қиляпсан?".
Ўғиллари: "Мусулмонларга йўл чангини ўлчаб қўймаслик учун", дея жавоб қилди.
Фузайл йиғладилар ва шундай дедилар: "Бу ишинг эй ўғлим, менинг наздимда икки ҳаж ва йигирма умрадан афзалдир!".
© "Буюклар уммати" китобидан
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
➀ Inson boʻlish aslo kech emas,
Ayamasang bas shirin joning.
Har kun erta sen uygʻongan tong –
Yangi hayot boshlash imkoning…
➁ Ey birodar, chehrangga boqsam,
Yuragimni kuydiradi choʻgʻ.
Axir, nega buncha qashshoqsan –
Puldan boshqa biror narsang yoʻq…
➂ Ololmaysan – gar soʻramasang,
Harakat qil – koʻraverasan.
Agar olgʻa qadam qoʻymasang,
Oʻz joyingda turaverasan...
➃ Bilmaganga oʻrgat bilganing,
Bilganlardan oʻrgan, dil ochgin.
Bilishini bilmasa – uygʻot,
Bilmasligin bilmasa... qochgin.
©Karim Bahriyev
#МуҳаббатБир киши айтади:
«Бобом вафот этдилар. Бувим бобомнинг кўйлагидан жойнамоз тикиб, намозларининг савобидан бобомга ҳам етиб туриши учун 30 йил ўшанинг устида намоз ўқидилар».
Севги-муҳаббат дегани шундай бўлади!
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
#ИБРАТЭри аёлини хафа қилиб, йиғлатди. Аёл қараса, эри қизини эркалатиб, у билан ўйнашяпти.
-Бирор киши қизингизни йиғлатса рози бўласизми? сўради аёли.
-Йўқ, албатта. У мени қизим.
Аёл кўз ёш тўккан ҳолда: "Мени ҳам яхши кўрадиган отам бор", деди.😔😔😔
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Oʻrta asrlardagi islom fikriy anʻanalarining serjiloligi va boyligi bilan solishtirganda zamonaviy islom tafakkurining qashshoqligi meni zamonaviy islom qarshisida turgan muammolarni hal etish qadimgi va intellektual jihatdan qatʻiy islom anʻanalarini qayta tiklashda yotadi, deb oʻylashga undayveradi.
Adam Uzko‘sa "Safar"
Islom shunday bir an'anaki, uning xabari har bir kesilgan daraxtning o'rniga yangi ko'chat oʻtqazilishi kerakligini taʼkidlaydi.
Aliya Izzatbekovich "Sharaf"
Oʻlmni eslab tavba qilib turing, Biling-ki oʻlim sizni eslasa tavbaga vaqt bermaydi.
"Qanchalik mag'rur, oqil va go'zal bo'lmang, o'lim sizlarni dala sichqonlari qatorida yer yuzidan supurib tashlayajak, sizlarning avlodlaringiz, tarixingiz, daholaringizning abadiyati esa qora buyug‘da halok bo'lajak yoki yer shariga qo'shilib kulga aylanajak".
Anton Chexov.