Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
Nafsni eng yaxshi 4 narsa tarbiya qiladi: sukut, ochlik, yolgʻizlik, uyqusizlik.
Farididdin Attor
Агар сиздан Аллоҳнинг раҳмати ҳақида сўрашса шундай денг:
"У икки етимнинг хазинасини муҳофаза қилиш учун Мусо алайҳис салом ва Хизр алайҳис саломдек буюк бандаларини бошқа шаҳарга юборди!".
#Жума
Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», -
дейилган.Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!
🌾 @hikmatlar
Insonlarga qilayotgan yaxshiliklaring mashaqqati haqida gapirma. Yoʻqsa, bu ularda aybdorlik hissini paydo qiladi va shundoq ham sen orqali olayotgan halovatlari hamda sevinchlaridan bebaxra qiladi.
Himmatni balandroq qilaylik. Abdurahmon ibn Javziy: “Agar Alloh bir bandani yomon koʻrib qolsa, ulugʻ ishlarga qiziqishini olib qoʻyadi. Keyin u banda fazilatlar bilan emas, razilliklar bilan mashgʻul boʻlib yuradi”, degan ekan.
Sabablarni yuzaga chiqarishga urinmasdan duo qilib oʻtirish shariatni tushunmaslikdir.
Ixlosning eng oliy darajasi gunohni yashirishga harakat qilinganidek, ibodatni yashirishga intilishdir.
Shayx Abdulaziz Tarifiy hafizahulloh
Ҳазрат Баҳоуддин Нақшбанддан сўрашди:
-Насабингиз қаерга етиб боради?
-Инсон насаби билан ҳеч қаерга етиб боролмайди.
O'zi haqida gapirayotgan erkakka, boshqalar haqida gapirayotgan ayolga ishonma!
Adham Sharqoviy
Spartalik davlat arbobi, islohotchi, faylasuf, sarkarda Likurg Lakoniya(Sparta) liklarga, qochayotgan dushmanlarga quvib, yetib olishni taqiqlab, u shunday dedi: “Qochayotgan dushmanlarni oʻldirmang, shunda ular qolishdan koʻra yugurib qochish foydaliroq deb oʻylashadi.”
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...Читать полностью…
Duoning ijobat boʻlish shartlaridan biri, uni ijobat boʻlishiga ishonishingdir!
Ibn Umar roziyallohu anhumo “Taqvo - biron kimsadan o‘zingni yaxshi sanamaslikdir”
✍Bizga darveshning xirqasini kiydirib, bu din, deyishdi.
Buzuqlikka gʻarq etib, bu sanʼat, deyishdi.
Dinsizlikni oʻrgatib, ilm mana shu, deyishdi.
Tabaqalar kurashi bilan boʻlib tashlab, bu ijtimoiy adolat, deyishdi.
✍Oʻzidan boshqa hammani isloh etishga urinayotgan odam qalbaki isyonkordir.
✍Muammo - zoye qilgan yillaringizda emas. Balki umringizning qolganida ham, dunyoga ayni tushunchalaringiz bilan yuzlanmogʻingizdadir.
Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi" kitobidan.
Nimaga oʻlimdan bunchalar qoʻrqamiz bilasizmi?
Chunki hamma Jannatga loyiq emasligini biladi...
Mehmet Yildiz
Banda jannatga amali bilan kirishidan koʻra koʻproq balo-musibatlar tufayli kirishi mumkin. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: “Bandaga balo-musibatlar ketma-ket kelaverganidan u yer yuzida biron gunohi boʻlmagan holda yuradigan boʻlib qoladi”, dedilar.
Shayx Abdulaziz Tarifiy hafizahulloh
Одамларнинг ўз тижоратларига, саноатларига ва тананинг сиҳатига суянишларини кўрдим. Мен эса Аллоҳ таолога суяндим.
Руҳий тарбия 1-китоб
Aслида ким тўғри йўлда-ю, ким нотўғри йўлда эканини ҳеч ким билмайди, токи манзилга етмагунча.
Топтиқ Эмро
Amali ortga surgan kimsani nasabi oldinga sura olmaydi.
Abdulqodir Abdur Rahim ("E'tiqod durdonalari" kitobidan)
Shukrini ado etolmaydigan mol jamlashdan saqlan!
"Iymon va huzun" kitobidan.
https://telegra.ph/Ozorlarni-yuving-03-19
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Bani Isroil olimlari dinini ozgina pulga sotar edi. Bugun baʼzi olimlar dinini tekinga berib yuborayapti. Ular aslida oʻzlarining dinlarini sotishayapti, Allohning dinini emas!
Abdulaziz Torifiy
Muhammad ibn Ajlon rahimahulloh aytadi:
“Shayton uchun halim olimdan koʻra qiyinroq narsa yoʻq. Gapirsa, ilm bilan gapiradi. Sukut saqlasa, halimlik bilan sukut saqlaydi. Iblis: “Darhaqiqat, uning sukuti men uchun uning soʻzlashidan qiyinroqdir”, deydi.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...Читать полностью…
Hatto Iblisning ham oʻtmishi goʻzal boʻlgan. Menga hoziring haqida gapir.
Аллоҳим! Бизга ризқ этиб зикрингни, бойлик этиб яқинлигингни насиб эт..!
Абдулқодир Жийлоний қуддиса сирруҳу
“Hokim so‘zi vojib, amal qilmoq farz,
Sabr”,—deydi mulla tugagach azon.
Bir kunda besh mahal uyg‘otib olib,
Bir umr uxlashga undaydi hamon...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...Читать полностью…
Men duoning qabul boʻlmasligidan qoʻrqmayman, ichimda duo qilish istagi boʻlmasligidan qoʻrqaman. Chunki kishiga duo qilish istagi berilgan boʻlsa, qabuli bilan barobar berilgandir.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu
“Har bir fitnaning kelib chiqishi fikrni shariatdan, havoi nafsni esa aqldan ustun qoʻyish oqibatida boʻladi. Birinchisi, shubha fitnasini keltirib chiqaradi. Ikkinchisi esa shahvat fitnasini keltirib chiqaradi”.
Tilini boshqara olmaganlar, dinini qiyin muhofaza qiladilar.
Axir inson bir jumla bilan musulmon boʻladi, bu bir jumla bilan musulmonlikdan chiqishi mumkin, degani-ku!
Вақтларингизни беҳуда ўтказманг, саҳифангизни зикрла ҳидоят ва нурга тўлдиринг.
Аллоҳга энг суюкли сўзлар:
"Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи, субҳаналлоҳил ъадийм".
Тинглайдигани йўқлигидан емас, англайдигани йўқлигидан сукут сақлайди инсон...
Insonlardan baʼzilari ertangi kunga qora koʻzoynak taqib olgan umidsizlarning nazari bilan qaraydi. U mana shu qarashi bilan tushkun va umidsiz holida hayotga, tiriklarga, zamon va makonga nazar tashlaydi. Ertangi kunga boʻlgan ishonchini, gʻalabaga boʻlgan umidini qoʻldan chiqaradi. Hayotga tongga chiqmas bir tun deb qaraydi. Bu qarash vayronakor qarashdir. Bu insonning oʻzini oʻzi vayron qilishi, hayotni va atrofidagi jamiyatni vayron qilish demakdir.
Shayx Yusuf Qarzoviy rahimahulloh