hetmuloqot | Unsorted

Telegram-канал hetmuloqot - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

76956

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribe to a channel

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikda yangi davrni boshlab berdi.

—————

Официальный визит Президента Шавката Мирзиёева в Объединенные Арабские Эмираты положил
начало новой эпохе в сотрудничестве двух стран.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaning
Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur
qila olmaymiz.

Elektr energiyasidan foydalanar ekanmiz, bu ne’matni iste’molimizga yetib kelguniga qadar qanchalar mashaqqatli mehnat va mablag‘ sarf etilishini anglashimiz lozim.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan mazkur rolik har birimizni elektr energiyasidan tejamkorlik va oqilona foydalanishga undaydi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan о‘tgan yil mobaynida investitsiya dasturlari hamda qator loyihalar doirasida 189,0 mln dollar mablag‘lar о‘zlashtirildi

О‘tgan yil mobaynida iste’molchilarga 67,5 mlrd kVt⋅soat*.elektr energisi yetkazib berildi. Bu о‘tgan yilga nisbatan 105 foizga kо‘p.

Shu bilan bir qatorda zarur ehtiyojni qoplash maqsadida 142 ming dona temir-tayanch ustunlar hamda 152 220 dona travers ishlab chiqarildi.

Iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish sifatini yanada oshirish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning tizim tarkibidagi hududiy korxona va filiali tomonidan 0,4-110 kV taqsimlovchi tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya qilish dasturlari asosida 6800 kmga yaqin elektr uzatish tarmoqlari, 2624 dona transformator puktlari, 5 ta taqsimlash punkti, 179 kilometr 35-110 kV kuchlanishli tarmoqlar hamda 21 ta podstansiya yangidan qurildi hamda 100 ta podstansiya modernizatsiya qilindi.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

📢 14 yanvar, seshanba kuni AOKAda о‘tkazilishi rejalashtirilgan brifinglar:

⚫️Mavzu: Iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar

⚫️Vaqti: 15:00

⚫️Ishtirok etadi: Saodat Ibragimova, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqarma boshlig‘i

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

ENERGETIK YOSHLAR "MEN GʻOLIB" RESPUBLIKA MUSOBAQASIDA FAOL ISHTIROK ETISHDI

Kuni kecha Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligini nishonlashga bag‘ishlab poytaxtimizda о‘tkazilgan “Men g‘olib” respublika yugurish musobaqasida "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJda mehnat qilayotgan bir guruh yoshlar faol ishtirok etishdi.

Korxona yoshlari o‘tkazilgan musobaqada guruh hamda yakka tartibda ishtirok etib, 3 va 10 km masofalarni bosib o‘tishti.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KITOB TUMANDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH YO’LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan Kitob tumanidagi “Varganza 35/10 KV” nimstansiyasida navbatdagi rejali tamirlash ishlari olib borilmoqda.

Buning uchun filialning barcha zarur texnika va kuch-vositalar jalb etilgan. Joriy tamirlash jarayonlari davomida hududdagi “Varganza”, “Anorzor” “Bogʼibaland” va “Bashir” MFY aholisini barqaror elektr energiya bilan taminlash imkoniyati yaxshilanishiga erishiladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bо‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash tо‘g‘risidagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yо‘nalish bо‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar rо‘yxati va maqsadli kо‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yо‘nalishlarida 2025-yilga mо‘ljallangan keng kо‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, о‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini sо‘raydi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

27 MINGDAN ORTIQ AHOLINING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan Jalaquduq tumanining “G’ozichek” mahallasida joylashgan yer maydoniga quvvati 10 ming kVA hamda 6 ming kVA bo’lgan kuch transformatorlari o’rnatildi. Podstansiya ishga tushirilgandan so’ng 27 mingdan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi sifati yaxshilanishi ko’zda tutilgan.

Tafsilotlar “Sevimli ” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Toshkent shahri bo‘yicha bir nechta elektromobillarni zaryadlash stansiyalari bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu shahobchalarning qarzdorligi mavjud emas va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

Ushbu shahobchalardan boshqa elektromobillarni zaryadlash stansiyalari elektr ta’minoti korxonalari bilan shartnoma tuzgan ko‘ngilochar markazlar, savdo do‘konlari yoki boshqa ulgurji iste’molchilarning ichida joylashgan bo‘lib, subiste’molchi sifatida ushbu subyektlardan (ko‘ngilochar markazlar, savdo do‘konlari yoki boshqa ulgurji iste’molchilar) elektr bilan ta’minlanadi.

Ushbu subiste’molchilarning “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning “Energosavdo” filiali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomasi mavjud emas va elektr ta’minoti korxonalari tomonidan tarmoqdan ajratilmagan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

ENERGETIKLAR DOIMO XALQ XIZMATIDA

Urgut tumanidagi Dehqonobod elektr ta'minoti xodimlari noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan Omonqo‘ton, Qoratepa mahallaridagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan "Sevazsoy" fiderining 10 kV havo elektr uzatish tarmog'ida kuzatilgan nosozlikni bartaraf etish jarayoni.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

⚡️Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat.

—————

⚡️10
советов по экономии электроэнергии зимой.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#tahlil

Toshkentda bugungi kunda o‘chirilgan birorta ham quvvatlantirish stansiyasi yo‘q

Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida oʻrnatilgan, xususan, subabonent sifatida elektr tarmoqlariga ulangan va elektrdan qarzdorligi mavjud boʻlmagan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarining taʼminotdan uzib qoʻyilayotgani haqida asosli va asossiz maʼlumotlar paydo boʻlmoqda.

Aslida vaziyat qanday? Kimlar va nima uchun tarmoqdan uzilgan edi?

Biz ushbu lavhada ana shu savollarga batafsil javob berib oʻtamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#live
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
DOIMO XALQNING XIZMATIDAMIZ

Bugun Yangi yil bayrami bo’lishiga qaramasdan "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Andijon hududiy filiali tomonidan aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida viloyat bo‘yicha barcha hududlarda 68 ta tezkor chiqish brigadalari ish faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Het.uz | Facebook | Instagram | hetandijon">YouTube | Telegram

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan yuklama bilan ishlab kelayotgan elektr uzatish tarmoqlarini yukini yengillatish uchun yangi tarmoq qurish ishlari davom etmoqda.

Ayni vaqtda Andijon shahrining “Dalvarzin” MFY hududida “Baxt” podstansiyasidan chiquvchi “Jalavek” elektr uzatish tarmog’ini yukini yengillatish maqsadida qo’shimcha alohida 2,5 km uzunlikdagi 6 kV tarmoq qurish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tarmoq qurilishi natijasida Andijon shahrining “Dalvarzin”, “Cho’lpon 100 yilligi”, “Hursandlik”, “Nayzaqayrag’och” MFY hududlari hamda Oltinko’l tumanining “Qo’shtepa”, “Mustaqillik” MFY hududlarida joylashgan 10 mingdan ortiq aholi – xonadonlarining elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga erishiladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“ZIYO” MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR PUNKTINING QUVVATI OSHIRILDI

Poytaxt energetiklari tomonidan qish mavsumida iste`molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

Xususan, Olmazor tumanidagi “Ziyo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan transformator punkti yillar davomida iste’molchilarning sonini ortishi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘ta yuklama bilan ishlab kelayotgan edi.

Tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr tarmoqlarini yaxshilash maqsadida, mavjud ortiqcha yuklama bilan ishlab kelayotgan 250 kVA bo`lgan transformator quvvati 400 kVA bo’lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Energetika vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 16-yanvar kuni Energetika vazirligi binosida “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aksiyaning maqsadi og‘ir jarohatlar yoki saraton kasalligi bilan og‘rigan, murakkab operatsiyalardan so‘ng qon quyishga juda muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish kasalxonalar va tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi.

—————

В Министерстве энергетики
пройдет благотворительная акция «Я – донор»

16 января текущего года в здании Министерства энергетики запланировано проведение благотворительной акции «Я – донор».

Цель акции — поддержка пациентов с тяжелыми травмами или раком, которые после сложных операций остро нуждаются в переливании крови.

Регулярное проведение подобных мероприятий способствует адекватному обеспечению медицинских учреждений кровью.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

TAʼMINOTCHI MASʼULIYATNI, ISTEʼMOLCHI BURCHINI UNUTMASLIGI KERAK

Surxondaryo viloyati Denov shahar va SHо‘rchi tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat hududiy filiali “Energosavdo” bо‘limi xodimlari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida elektr ta’minoti bо‘yicha nazorat tadbiri о‘tkazildi.

Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati   barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan viloyatda elektr ta’minotida resurslarni tejash va “yashil” energiya manbalari ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar “О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan viloyatda o‘tgan yilda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyatning Denov tumanida aholiini bir necha yillardan beri qiynab kelayotgan muammolar ijobiy yechim topdi.

Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Bugungi kunda 30 ming kilometrga yaqin tarmoq hamda 10 200 ta transformator mukammal ta’mirlandi

Bu haqda AOKAda о‘tkazilgan brifingda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqarma boshlig‘i Saodat Ibragimova ma’lum qildi.

⏺️Hududlarda 6 470 dan ortiq xodimdan iborat 1 400 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigadalari navbatchiligi tashkil etildi hamda ularga 1 334 ta maxsus avto va texnikalar biriktirildi.

⏺️Bundan tashqari, 35-110 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining quvvatni oshirish maqsadida Xitoy xalq Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan jami 69 dona kuch transformatorlari olib kelindi hamda о‘rnatildi.

⏺️Olib borilgan ishlar natijasida, hududlardagi 200 ta podstansiyalarda 272 ta mavjud kuch transformatorlarini quvvat oshirilishi hisobiga ushbu podstansiyalarda yuklama meyorlashtiriladi va buning natijasida qо‘shimcha 2 662 MVA quvvat yaratilishiga erishildi.

Batafsil

Video

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Korrupsiya haqida xabar bering!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998781507561,

Telegram-bot: @HETanticor_bot ,

Call-markaz: 1154

Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

6 yanvar, dushanba kuni AOKAda о‘tkazilishi rejalashtirilgan brifinglar:


⚫️Mavzu: Iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar

⚫️Vaqti: 12:00

⚫️Ishtirok etadi: Saodat Ibragimova, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqarma boshlig‘i

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Poytaxt energetiklari tomonidan qish mavsumida iste`molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

Ayni vaqtda, Uchtepa tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan tumanning “Beshqayrag`och” MFY hududini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog'idagi eski о‘tkazgichlar о‘rniga yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan avariya holatiga kelib qolgan tayanchlarni soz holatga keltirish va boshqa zarur texnik tadbirlar ham olib borilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

O'Z ISHINING HAQIQIY FIDOIYLARI

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali xodimlari Yangi yil bayramida bayaramona kayfiyatda ish faoliyatlarini 24 soatlik navbatchilik asosida olib bordilar.

Tafsilotlar "Zo'r TV" telekanalining "Bu kun" informatsion dasturi lavhasida.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Rasman: Vazirlar Mahkamasining 894-son qarori talablari notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Qoidalarning 85-bandida maishiy isteʼmolchilar koʻzda tutilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi isteʼmoli 200 kilovattdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 soʻm emas, 540 soʻmdan toʻlanadi” mazmunida notoʻgʻri maʼlumot aylanmoqda.

Ayrim blogerlarning qaror mohiyatini toʻla anglab yetmay turib, notoʻgʻri maʼlumot tarqatishlari tufayli aholi orasida turli tushunmovchiliklar paydo boʻlmoqda.

Biz bloger va jurnalistlarni ijtimoiy masʼuliyatli boʻlishga, xayp ortidan quvib, oʻzlari tushunib yetmagan maʼlumotni tarqatishdan tiyilishga chaqiramiz.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi iste’moli 200 kilovatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 sо‘m emas, 540 sо‘mdan tо‘lanadi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qiladi.

Xabarda "Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yо‘l qо‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qо‘shimcha tо‘lov undiriladi." keltirilgan jumlani о‘zidayoq maishiy iste’molchilardan tashqari deb aniq ifoda etilgan.

Hukumatning tegishli qaroriga asosan bu tartib faqatgina yuridik shaxslar uchun amal qiladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar adminlari va egalaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni sо‘rab qolamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel