hetmuloqot | Unsorted

Telegram-канал hetmuloqot - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

76956

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribe to a channel

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Как установить солнечные панели в частном доме? Какие льготы в этой связи можно получить?

Подробно об этом можно узнать из ролика, подготовленного АО "Региональные электрические сети".

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

FUQAROLAR MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA

Namangan viloyati Tо‘raqо‘rg‘on tumani “Shovon” mahalla aholisining murojaati asosida hududda past kuchlanishli elektr tarmoqlari yangilandi.

Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Metan zapravkalar faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

Mart oyining dastlabki kunlarida mamlakatimizda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz isteʼmolining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab boʻldi. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Oʻtgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.

Ertaga, 6-mart kuni soat 09:00 dan eʼtiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Energetika vazirligi Axborot xizmati.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: Toshkent shahrining elektr va gaz ta‘minoti tizimida energiya tejamkorlik hamda samaradorlik borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart”,

- dedi Prezident.

Shu maqsadda maktab direktorlari “Tarbiya” fani doirasida о‘g‘il-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirib borishi kerakligi ta’kidlandi.

Rektorlar esa talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash tizimini yо‘lga qо‘yishi zarur.

Umuman, “korrupsiya – kelajakka tahdid” degan g‘oya asosida Yangi О‘zbekiston yoshlari qalbidan joy oladigan tizim yaratilsa, ayni muddao bо‘lishi ta’kidlandi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ XODIMI “MО‘TABAR AYOL” KО‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

Ushbu mukofot О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab о‘tkazilgan tantanali marosimda topshirildi.

Ancha yillardan buyon turli sohalarda faoliyat yuritayotgan va jamoat ishlarida faol, qolaversa o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan ayollar ushbu mukofot bilan taqdirlanishdi.

Quvonarlisi, mana shunday yuksak e’tirof etilgan mo‘tabar ayollar orasida “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Qashqadaryo hududiy filialining Mahsus bo‘lim yetakchi muhandisi Fayziyeva Olga Burxanovna ham bor.

O.Fayziyeva kо‘p yillardan buyon “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda samarali faoliyat kо‘rsatib, yoshlar tarbiyasiga, ularning yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishiga qо‘shayotgan katta hissasi uchun ushbu mukofotga munosib kо‘rildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

NAVOIY VILOYATIDA QUYOSH PANELLARINI O'RNATISH OMMALASHMOQDA

Ayni paytda viloyat boyicha 818 ta ijtimoyi soha obektlari va davlat idoralariga 25.2 MVt quyosh panellari, 341 ming litr geliokollektorlar, 1200 ta tadbirkorlarning bino va inshootlarida qariyib 25 MVt, aholi xonadonlarining 2187 tasiga 7 MVt quyosh panellari va 16 ming litr geliokollektorlar o’rnatilgan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Tok-shou: “Quyoshli xonadon”: Ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikka doir dastur.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari mamlakatimizda "Quyoshli xonadon” dastur asosida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berishdi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda aholidan noqonuniy ravishda katta miqdorda pul yechib olingan! Balansingizni tekshirib ko‘ring pullar qaytariladi!” mazmunidagi xabar tarqaldi.

Xabarda “Raqobat qo‘mitasi rasman xatolikni tan oldi. 2024 yilda 200 mingta xonadon egalaridan elektr energiyasi va suv uchun noqonuniy ravishda 50 milliard so‘m undirilgan. Kompaniyalar bu mablag‘ni qaytarishga majbur: ya’ni, balansingiz avtomatik ravishda to‘ldirilishi kerak.” mazmunidagi ma’lumot keltirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalida “200 MINGDAN ORTIQ ISTЕ’MOLCHILARGA 50 mlrd SO‘MGA YAQIN MABLAG‘ QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI” sarlavha ostida e’lon qilingan xabar asosida yuqoridagi xabar turli ijtimoiy tarmoq adminlari orqali tarqatildi.

Ammo, tarqalgan xabarlar asosiy manbaadan farqli ravishda noto‘g‘ri talqin qilindi va e’lon qilindi.

Xususan, Qo‘mita xabarida umumiy ravishda 200 mingdan ortiq iste’molchilarga 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlanganligi hamda elektr energiyasi iste’molchilariga 5 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilganligi va ijrosi ta’minlangani alohida ta’kidlab o‘tilgan. Ya’ni 50 mlrd so‘m faqat elektr energiyasi va suv uchun emasligi Axborot xizmati tomonidan alohida ko‘rsatilib o‘tilgan.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq adminlaridan bunday axborotlarni tarqatishda asosiy manbada ko‘rsatilgan mazmunga alohida e’tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz.

Xabarda keltirilgan elektr energiyasi iste’molchilariga 5 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqida batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Maxsus reportaj: Energetika sohasining muhim masalalari Toshkent davlat texnika universiteti olimlarining “Munozara” klubida muhokama qilindi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HUDUDLARDA REYD TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo’linmasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi o’tkazilgan nazorat tadbiri Andijon tumani “Sultonobod” MFY hududida bo’lib o’tdi.

Ushbu hududda yashovchi bir nechta aholi xonadonlari tekshirilganda, foydalanib kelayotgan elektr hisoblagichlarga tashqi ta’sir ko’rsatilganli hamda “HET billing” dasturida mavjud bo’lmagan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan holatlar aniqlandi. Mazkur holatlar bo’yicha dalolatnomalar tuzilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Hozirda hududlarda kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Mahalla” telekanalining “Minbar” tok shousining navbatdagi sonida ““Quyoshli xonadon” dasturi: Ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlik” mavzusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari mazkur dastur asosida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berishdi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobini yuritish bo'limi xodimlarining ikkinchi guruhi uchun malaka oshirish darslari yakunlandi

18-21 fevral kunlari tashkil qilingan o‘quv darslarida "HET" AJ Energosavdo filialining Navoiy bo'linmasi, Andijon bo'linmasi va "Buxoro HETK" AJ lardan jami 55 nafar Qayta tiklanuvchi energiya manbalari xisobini yuritish bo'limi xodimlari qatnashishdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Energosavdo filiali tomonidan tashkil qilingan ushbu darslar xodimlarning bilim saviyasini yanada oshirish va ijtimoiy sohalarda, iqtisodiyot tarmoqlarida hamda aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

O‘quv darslari yakunida xodimlar dars-jarayonlari bo‘yicha baholanib, sertifikatlar topshirildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi"AJ jamoasi milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi “Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenjini davom ettirmoqda!

Har bir milliy libos – bu tarix, an’ana va madaniyatning mujassami. Libosimizga qarab, bizning kim ekanligimizni anglash mumkin.

Bugun esa energetik xodimlarimiz ham o‘z milliy qiyofasi bilan iftixor bilan namoyon bo‘lmoqda! 

Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting! 

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

No comment: Namangan viloyatida energiya tejamkorlik va samaradorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

—————

Но коммент: Работы, проводимые в Наманганской области по энергосбережению и повышению энергоэффективности.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Iste’molchilar qanday qilib о‘z xonadonlariga quyosh panellarini о‘rnatishlari mumkin? Bu borada qanday imtiyozlar bor?

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan mazkur rolikda bu haqida batafsil bilish mumkin.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Bugun muhtaram Prezidentimiz raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgandi.

Shu munosabat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

Yugʼilishda filial direktori E. Mamasoliyev Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish xususida to‘xtalib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish hamda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamichiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlariga qaramay, ayrim “nopok” xodimlarning korrupsiyaga qo‘l urayotganligi tanqid qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, uni oldini olishga doir chora-tadbirlar, bu illatni sodir etilishiga imkon beruvchi “tuynuk”larni yo‘qotish va korrupsiya holatiga javobgarlikning muqarrarligi ta’kidlandi.


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ XORAZM HUDUDIY FILALI TEZKOR CHIQISH BRIGADALARIGA YANGI AVTOMOBILLAR TOPSHIRILDI

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filalida tuman shahar elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalariga elektr energiyasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida filialning davlat shartnomaviy xizmatlaridan olingan foyda hisobidan maxsus asbob uskunalari bilan jihozlangan 20 ta “Damas” rusumli avtomobillar xodimlarga topshirildi.

Yangi avtomobillar yordamida tezkor chiqish brigadalar avariyaviy uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etib, iste’molchilarga uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlashda muhim rol oynaydi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Prezidentimiz jamoatchilik vakillari va nodavlat tashkilotlariga murojaat qildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak.

Shu bois, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bо‘lish uchun yanada kо‘proq sharoit yaratib, bunga keng jamoatchilikni jalb qilishimiz zarur. Avvalo, nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish lozim. Bu – eng tо‘g‘ri yо‘l”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Parlament nodavlat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yо‘lga qо‘yib, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Masalan, Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha konvensiya talablarini monitoring qilishga nodavlat tashkilotlar jalb qilinsa, katta samara berishiga ishonch bildirildi.

Ushbu maqsadlar uchun yangi loyihalarni qо‘llab-quvvatlashga har yili 10 milliard sо‘mdan
ajratib boriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Har bir vazir va hokimga bu yil barcha xizmatlar bо‘yicha davlat idoralari va aholi о‘rtasidagi munosabatlarni tuman kesimida baholaydigan tizim yaratish topshirildi.

Kо‘rsatilgan servis sifatiga aholini о‘zi baho beradi, eng yomon deb topilgan idora rahbarlari bо‘yicha xulosa qilinadi.

Shuningdek, fuqarolar suv, gaz, elektrga ulanish, subsidiya, pensiya va moddiy yordam olish kabi masalalarda idorama-idora yurmasdan, onlayn javob oladigan tizim bо‘lishi kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt asosida aholining savollariga qо‘l telefoni orqali sodda javob beradigan onlayn platformani ishga tushirish topshirildi.

Shu bilan birga, sohalarni nazorat qilib, tartibga solishga mas’ul 14 ta inspeksiya bor, ular juda katta vakolat va kuchga ega. Ushbu idoralar xodimlari ham korrupsiyaga qо‘l urayotgani tashvishli ekani ta’kidlandi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Axborot 24 | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filialida kasaba uyushmalari saylovi bо‘lib о‘tdi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

DANG‘ARADA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGAN UDDABURON ISTE’MOLCHI ANIQLANDI

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni oldini olish maqsadida muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Dang‘ara tumanida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Chinobod” mahallasida yashovchi fuqaro S.Nga qarashli chinni buyumlarga ishlov berish korxonasining elektr ta’minoti ko’zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, korxona elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari to’g’ridan to’g’ri ulangan holda o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 269,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.

Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan mutaxasislar tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, elektr energiyasi yetkazib berilishi to’xtatildi.

Hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Maxsus reportaj: “Quyoshli xonadon” — aholi davlatga elektr energiya sotib daromadli bo‘lmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani “Otchopor” mahallasi hududida elektr tayanch ustunda avariyaviy holat vujudga kelgani tо‘g‘risida xabar tarqaldi.

Ayni paytda Yunusobod tumani elektr ta’minoti bо‘limining tezkor brigadasi hududda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Yuzaga kelgan holat tez orada bartaraf etilib, elektr ta’minotidan uzilgan hududlar qayta tarmoqqa ulanadi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Studiya 24 tok-shou: “Quyoshli xonadon”: Ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikka doir dastur.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari mamlakatimizda "Quyoshli xonadon” dastur asosida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berishdi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KORRUPSION HOLATLARGA YO’L QО‘YMASLIK, JAMIYAT RIVOJINI KAFOLATLAYDI

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Namangan hududiy filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi tomonidan filial tarkibidagi xizmatlar, bo'limlar va shahar, tuman elektr ta’minoti xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Energosavdo filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i, viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, IJQK departamenti va IIB boshqarmasi maʼsullari hamda filiali rahbariyati va ishchi-xodimlar ishtirok etgan tadbirda bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi va soha xodimlari ogohlikka chaqirildi.


Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Milliy libos - millat ko’zgusi!

Milliy matolarimiz o‘zining turfaligi, go‘zalligi, qadimiyligi va betakrorligi bilan necha asrlardan beri dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Milliylik har bir xalq ma’naviy boyligining ajralmas qismi. Shu bois so‘nggi yillarda ana shu qadriyatlar zanjirini davom ettirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni”etib belgilangan. Shu munosabat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari bugun o'z ish joylariga milliy liboslarda kelishdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASIGA NOQONUNIY ULANISH HOLATLARI BO'YICHA REYD TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA

Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorati xizmati hamda mutaxassislar tomonidan hududlarda muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, “Buxoro HETK” AJ Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbirda shahar hududida faoliyat olib borayotgan “K.D.A” MCHJga qarashli klinika elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, tijorat maqsadida tarmoqqa o’zboshimchalik bilan ulanib, 558 mln so’mlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda mazkur holat boyicha to’plangan hujjatlar MCHJ mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASIGA NOQONUNIY ULANISH HOLATLARI BO'YICHA REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan Sirdaryo tumanida o'tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlarida  chigit qayta ishlash zavodi "Domaj Tek" MCHJ da hisoblagichdan tashqari elektr tarmog'iga ulanib, elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlangan.


Hozirda ushbu ish yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu holat yuzasidan to'plangan xujjatlar qonuniy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

MILLIY LIBOSLAR – MILLIY QADRIYATLARIMIZ TIMSOLI!

"Milliy libos-ma'naviyat ko‘zgusi" nomli milliylik targ'ibotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Surxondaryo hududiy filiali xodimlari milliy liboslarda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…
Subscribe to a channel