"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
KORRUPSIYA – JAMIYAT VA TARAQQIYOT KUSHANDASI
Ma’lumki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati xodimlari ishtirokida hududlarda korrupsion holatlarga yo’l qо‘ymaslik borasida kengaytirilgan yig’ilishlar davom etmoqda.
Navbatdagi tadbir “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filialida bo’lib o’tdi.
Yig'ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i, viloyat prokuraturasi departamenti va Adliya boshqarmasi maʼsullari, Toshkent hududiy filiali rahbariyati hamda ishchi xodimlar ishtirok etishdi.
Kengaytirilgan yig’ilishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek xodimlari orasida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, manfatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Batafsil
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 23 apreldagi “Jizzax viloyati Zomin tumanida yer maydonlarini о‘zlashtirish va sug‘orish tizimini joriy qilish hamda Zomin turistik-rekreatsion zonasi hududida qо‘shimcha ichimlik suvi tizimini qurish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Qurilish-montaj direksiyasi” filiali muhandis va texnik xodimlari tomonidan yangi 110/10 kV “DNS-4” podstansiyasi hamda 110 kVli havo liniyasida qurilish-montaj ishlarini qisqa muddatlarda bajarilishi yuzasidan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Qashqadaryolik energetiklar tog‘ qiyaliklaridan o‘tgan elektr uzatish tarmoqlarini nazoratdan o‘tkazishdi
Havoning keskin sovib, qor yog‘ishi energetiklar oldiga dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Chunki qor yog‘ishi bilan elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan muzlama oqibatda og‘irlikni orttirib simning uzilishiga sabab bo‘ladi.
Shahrisabzning tog‘li hududlarida yoqqan qalin qor Gʻelon va Koʻl qishloqlarini taʼminlovchi Hisorak elektr havo liniyasini shikastlagan edi.
Ayni paytda nosozlik to‘liq bartaraf etilgan va taʼminot qayta tiklangan.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar tо‘g‘risida matbuot anjumani о‘tkazildi
Bugun, 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumani о‘tkazildi.
Jamiyat mutasaddilari ishtirok etgan anjumanda soha mutaxassislari, keng jamoatchilik va OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda sohaga raqamlashtirish jarayonlarini keng tatbiq etish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmon va qarori qabul qilingan bо‘lib, ularga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan jami 15 ta asosiy ustuvor loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
Batafsil
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Rahbar ayollar maktabi” maxsus malaka oshirish dasturining yangi mavsumi boshlandi
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Rahbar ayollar maktabi” dasturi yangi mavsumining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Prezident huzuridagi boshqaruv akademiyasining 4-mavsumiga о‘qishga qabul qilingan tinglovchilar ishtirokida tashkil etilgan dasturda Oliy Majlis a’zolari, Prezident Administratsiyasi vakillari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etdi.
Dasturning ushbu mavsumida davlat boshqaruvining turli sohalari va turli tizimlarda faoliyat olib borayotgan yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor 100 nafar xotin-qizlar saralab olindi.
Ushbu 4-mavsumda “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali direktor о‘rinbosari S.G‘ayipova tinglovchi sifatida qabul qilinib, faol ishtirok etmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Energetika sohasidagi о‘zgarishlar, joriy etilgan tariflar, oshayotgan narxlar, mavsumiy elektr muammosi va ularning yechimi haqida “Dasturxon TV” telekanalining “Huquqshunos oshxonasi” kо‘rsatuvida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma’lumotlarni qayta ishlash va dasturiy tizimlarni takomillashtirish departamenti direktor о‘rinbosari Diyorbek Nishonov ma’lumot berdi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Mahalla obod — yurt obod”
Sirdaryo viloyatida uch kun davom etgan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish, qurilish, ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari mazkur shior ostida olib borildi.
Ushbu hasharda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan poytaxt tumanlarida iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, Chilonzor tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan “Tirsakobod” mahallasida elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish hamda hududga qo`shimcha o`rnatilgan yangi transformator punktiga mavjud havo tarmoqlarini ulash va yuklamani teng taqsimlash ishlari olib borilmoqda.
Tez orada mazkur amaliy ishlar o’z yakuniga yetkazilib iste`molchilarning elektr energiyasi yanada yaxshilanishiga erishiladi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Sirdaryo viloyatida Respublika ishchi guruhi boshchiligida Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari, mahallalar yettiligi tomonidan о‘tkazilgan о‘rganishlar asosida keng miqiyosda ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Xususan, о‘rganishlar natijasida aholini past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi muammolar о‘z yechimini topdi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi aholini elektr energiyasi bilan bog‘iq bir necha yillik muammo ijobiy yechim topdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan fuqarolar murojaati asosida zarur transformator о‘rnatilib tarmoq tortish ishlari bajarildi.
Tafsilotlar “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi lavhasida.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
⚡️Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat.
—————
⚡️10 советов по экономии электроэнергии зимой.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Birozdan sо‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по обсуждению результативности проводимой работы и основных задач в сфере привлечения инвестиций и увеличения экспорта.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—————
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению энергоэффективности.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
ELEKTR ENERGIYASIDAGI YO‘QOTISHLARNI OLDINI OLISH MAQSADIDA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan respublikamiz bо‘ylab elektr energiyasini yetkazib berishda tarmoqlarda yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Namangan hududiy filiali tomonidan viloyatdagi elektr uzatish tarmoqlari va taqsimlash punktlarida muammoli deb baholangan hududlar tanlab olinib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Ayni paytda fililaning Mingbuloq tumani bо‘limi mutaxassislari tomonidan hudud kesimida elektr energiyasini yetkazib berishdagi yо‘qotishlar yuqori deb malakalangan tarmoqlar va transformatorlarda zarur choralar kо‘rilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filialida hududiy filial va korxonalarning dispetcher va muhandis-texnik xodimlari 72 soatlik o‘quv dasturi asosida malaka oshirmoqdalar.
О‘quv filialining tajribali ustoz va murabbiylari tinglovchilarga nazariy va amaliy ta’lim jarayonlarini uyg‘unlikda olib bormoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan 2024-yilda Sho'rchi tumanida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tafsilotlar Surxondaryo telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi lavhasida.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Qish mavsumida Qashqadaryo viloyati iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar.
Читать полностью…23 yanvar, payshanba kuni AOKAda о‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:
Matbuot anjumani
⚫️Mavzu: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar
⚫️Vaqti: 12:00
⚫️Ishtirok etadi: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati
Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jо‘natishingiz mumkin.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Ayni vaqtda noqulay ob-havo sharoitiga qarmasdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali ishchi-xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Bо‘stonliq tumanidi qurilayotgan 110/35/10 kV “Kurort” podstansiyasiga bir dona quvvati 10 000 kVA bо‘lgan transformatorni о‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Podstansiyani о‘z vaqtida foydalanishga topshirish maqsadida filialning 20 ga yaqin muhandis va texnik xodimlari hamda 10 ga yaqin zarur texnikasi tunu kun davomida faoliyat olib bormoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
XAVFSIZLIK TEXNIKASIGA RIOYA QILISH — DOIM E'TIBOR MARKAZIDA
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filialida o‘tkazilgan yig’ilishning asosiy mavzusi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish va baxtsiz hodisalarni oldini olish masalalariga qaratildi.
Yig'ilishda ekspluatatsiya ishlarini bajarishda “Oltin qoida”ga, ya'ni “Kuchlanishni o'chir!”, “Kuchlanish yo'qligini tekshir!” va “Yerga ulanishni o'rnat!” qoidalariga rioya etgan holda ishlarni tashkillashtirish har bir xodimning shiori bo'lishi kerak ekanligini ta'kidlanib, xavfsizlik texnikasiga oid topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Yig’ilish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ "Energosavdo" Navoiy hududiy bo‘linmasi, Qurilish-montaj dereksiyasi Navoiy hududiy bo‘linmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilib, kelishilgan reglamentga asosan ish tashkil etilib, barcha holatlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
22-yanvar, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing.
Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kuz-qish mavsumida avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 80 ta avariyani tezkor bartaraf qilish xizmatidagi 381 nafar muxandis texnik hodimlardan iborat brigadalar maxsus kiyim bilan taʼminlangan.
Shuningdek, 27 ta maxsus avtotransport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilib, aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida barcha birigadalar kerakli ehtiyot qismlar bilan shay holatga keltirilgan.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILYAPTI
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida ikkita mahallada past kuchlanishli elektr tarmoqlari yangilandi.
Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
TA’LIM MUASSASALARIDA HAM ELEKTR ENERGIYASI SIFATI YANADA YAXSHILANMOQDA
Samarqand viloyati, Nurobod tumanida ham aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, tumanning Olg‘a mahallasidagi 62-maktabda elektr ta’minotini yaxshilash uchun quvvati 63 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va 9 dona beton ustuni o‘rnatilib, 270 metr 10 kV, 150 metr 0,4 kV elektr uzatish tarmog‘i tortildi.
Shuningdek, mazkur mahalladagi 27-maktabda hamda Buloqboshi, Xalqobod, Saroy mahallaridagi bir qator
umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida
ham yangi transformator punkti, beton ustunlari o‘rnatilib, 10 va 0,4 kV elektr uzatish tarmog‘i tortildi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi bо‘yicha videoselektor yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное обсуждению результатов проделанной работы по широкому привлечению инвестиций и увеличению объемов экспорта, а также определению основных задач на перспективу.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Информация о мерах, реализованных со стороны АО "Региональные электрические сети" по обеспечению стабильной работы электросетей в осенне-зимний период 2024-2025 гг.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz