hetmuloqot | Unsorted

Telegram-канал hetmuloqot - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

76956

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribe to a channel

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Live

Ayni vaqtda Termiz shahar  “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi hududida joylashgan 110/10/6 kVli “Sharq” podstansiyasidagi yuklamada ishlayotgan quvvati 10 000 kVA kuch transformatorini quvvati 20 000 kVA kuch transformatoriga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

DASTUR IJROSI – AMALDA

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Xorazm viloyatidagi mahallalarning elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 104,3 km havo elektr uzatish tarmog’i va 57 ta yangi transformator punktlaini o’rnatish, yuklamada ishlayotgan 2 ta podstansiyadagi transformatorlarni 25 000 kVA va 63 000 kVAli transformatorlarga almashtirish rejalashtirilgan.

Batafsil

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

23:10

"'Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq yangidan qurilgan 110/35/10 kVli "Yunusobod" podstansiyasida montaj ishlari bajarilmoqda.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Keyingi paytlarda Toshkent shahrida elektr tarmoqlarida rejaviy о‘chirishlar haqida deyarli har kuni e’lonlar berib borilmoqda. Sababi bitta,kelayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kо‘rish hamda kunning sovuq kunlarida aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida.

Iqtisodchi Otabek Bakirov bugun telegramdagi shaxsiy blogi orqali poytaxtdagi elektr energiyasidagi rejaviy о‘chirishlarni Toshkent shahri "ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani tufayli" degan yolg‘on vaj bilan о‘chirilayotganligini hamda bitta hududda bir nechta marta “svet” о‘chishi davriyligi tumanlar va mahallalar qirqimida atayin taqsimlangani haqida shaxsiy
fikr bildirdi.

Batafsil

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Elektr taʼminotida yirik hajmdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida koʻrilayotgan vaqtinchalik choralar keng koʻlamli muammolar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi

Maʼlumki, shu kunlarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar va transformator punktlarida joriy hamda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur taʼmirlash ishlari jarayonida ayrim hududlardagi elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratib turiladi va ana shu jarayonda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tarmoqlar orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Bundan tashqari, havo haroratining keskin isishi natijasida elektr qurilmalarining haddan tashqari qizishi hamda isteʼmolning ortishi energotizimda katta hajmdagi avariyaviy oʻchishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa elektr taʼminotini yaxshilash uchun muayyan vaqt (bir kun yoki undan koʻproq) talab etishi mumkin.

Asosan, ochiq quyoshda joylashgan elektr tarmoqlari bugungi anomal issiq sharoitida ularning ishlashi uchun moʻljallanmagan haroratgacha qiziydi. Bundan tashqari, ayniqsa, kunduz kunlari elektr uzatish tarmoqlarining nosoz holatga kelishiga elektr energiyasi isteʼmolining favqulodda oʻsishi ham taʼsir qilmoqda.

Oddiy aytganda, oʻzi oftobning tigʻi ostida tashqaridan qiziy boshlagan kabel yuklamaning ortishi, son-sanoqsiz konditsionerlar, muzlatkichlar, sovitqichlar, boylerlar va boshqa elektr texnika jihozlarining bir vaqtda tarmoqqa ulanishi tufayli ichidan ham qizib, asta-sekin tutay boshlaydi.

Ana shu vaziyatda energotizimda keng koʻlamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish maqsadida zarur choralar koʻradi.

Masalan, maʼlum koʻrsatkichlar kritik (ogʻir) darajaga yaqin boʻlgan hollarda, ayrim turarjoy binolari va sanoat obyektlari elektr taʼminotidan vaqtincha uzib turiladi.

Taʼkidlash kerakki, elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan. Ular yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etib borishmoqda.

Isteʼmolchilardan tarmoqda keng koʻlamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, keyinchalik vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga toʻgʻri keladigan bunday zaruriy choralar bugun oʻta muhim ekanligini tushunishlarini va qoʻllab-quvvatlashlarini soʻraymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#OAV_biz_haqimizda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan mahallalar infratuzilmasini yahshilash, elektr tarmoqlarida belgilangan dastur asosida mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Bu haqda 👉«O‘zbekiston bunyodkori» gazetasining 2023 yil 18 iyul kungi 58-soni orqali batafsil tanishish mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filialida yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarga bagishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Batafsil 👉
uza.uz

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

MAHALLALARDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346-sonli Farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yil oxiriga qadar 387,1 km havo elektr uzatish tarmoqlari va 98 ta transformator punktlarini yangidan qurish va rekonstruksiyalash ishlarini bajarish nazarda tutilgan.

Mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilashga xizmat qiluvchi mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Nukus shahriga 18 ta transformator punktlari yuborildi.

Batafsil

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Qoraqalpog‘iston hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Tezkor_chiqish_brigadalari

Xabaringiz bor, kecha Xorazm viloyatida kuchli shamol esishi oqibatida ayrim hududlarda daraxtlar va xonadon tom qismlarining qulashi oqibatida elektr tarmoqlariga shikast yetib, energiya ta’minotida uzilishlar sodir bo'ldi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun tezkor chiqish brigadalari hamda maxsus texnikalar jalb etilib, yuzaga kelgan nosozliklarni bataraf etish choralari kо‘rildi.

Ayni paytda Gurlan, Shovot, Urganch, Bog'ot, Yangibozor, Qo'shko'pir, Yangiariq va Xonqa tumanlarida tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan nosozliklarni ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Dastur_asosida

YANGI TRANSFORMATOR PUNKTLARI BELGILANGAN HUDUDLARGA YETKAZILMOQDA

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Namangan viloyatidagi 167 ta mahallada elektr tarmoqlari va transformator punktlari qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda turli kuchlanishdagi transformator punktlari belgilangan hududlarga yetkazib berilmoqda. Jumladan, dastur doirasida Chortoq tumani “Qoramurt” mahallasida qо‘shimcha quvvati 400 kVA bо‘lgan transformator punktini о‘rnatish jarayonlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Namangan hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

FARG‘ONAGA DOVON OSHIB YANGI TRANSFORMATORLAR YETIB KELDI

Farg‘ona viloyatiga navbatdagi 21 dona yangi zamonaviy transformator punkti olib kelindi. Bu bilan yana 21 ta mahallaning elektr ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.

"Farg'ona HETK" AJ tomonidan viloyat bo‘yicha jami 59 ta hududda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari boshlanganini qayd etish joiz.

Batafsil

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Siradaryo viloyati hududlarida elektr energiya barqarorligiga erishish, yangi tarmoqlar qurish orqali elektr energiyasi sifatini yaxshilashga qaratilgan samarali ishlar olib borilmoqda.

Bu borada Guliston tumanida tashkil etilgan ish jarayoni haqidagi lavha "Sirdaryo MTRK" telekanalining "Diyor yangiliklari" axborot dasturi orqali efirga uzatildi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 15-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Uchtepa tumani: «Zargarlik» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг Ўзбекистон Республикаси сайланган Президентининг лавозимига киришишига бағишланган қўшма мажлиси бошланди. Тантанали маросимни "O`zbekiston 24" телеканалида ва қуйидаги ҳаволалар орқали жонли эфирда томоша қилинг:

Youtube

Facebook

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Davlatimiz rahbarining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan Xo’jaobod tumanida joylashgan “Xidirsha” va “Yuksalish” MFY hududlarining elektr energiyasi sifatini yanada yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bu haqida Sevimli telekanali "Zamon" informatsion dasturi lavhasi orqali tanishishingiz mumkin

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Namangan: Elektr quvvati yetkazishda uzluksizlik ta’minlanadi

О‘zbekiston ijtimoiy qadryatlari yangicha ma’no kasb etdi. Endi inson va uning manfaati birlamchi darajada deb konstitusiyaviy meyor bilan belgilab qо‘yildi. Uning nechog‘lik hayotga joriy etilayotganini Namangan viloyati misolida, masalan, elektr tarmoqlari faoliyati yо‘nalishida ham kо‘rish mumkin.

Batafsil 👉
uza.uz

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

00:00

Yunusobod tumani Usta Shirin dahasida yuklama ortishi natijasida kabel tarmog‘ida vujudga kelgan avariyaviy hodisa bartaraf etilmoqda.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 20-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Olmazor tumani: «Sag'bon», «G'ani A'zamov», «Chimboy», «Guzarboshi», «Namuna» hamda «Oltinsoy» MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko'chalarida soat 04:00 dan 12:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Lutfiy» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Mamlakat Jо‘rayeva: Biz Prezidentdan rozimiz! (+video)

–Prezidentning bitta chiroyli gaplari bor, xalq bizdan rozi bо‘lsa, yaratgan ham rozi bо‘ladi, degan. Haqiqatdan ham xalq Prezidentdan rozi. Tanu-jonlari sog‘, umrlari uzoq bо‘lishini tilaymiz, –deydi Kosonsoy tumanining Uzun qishlog‘idan bо‘lgan Mamlakat Jо‘rayeva.

https://youtu.be/ffwGayfYf14

https://uza.uz/posts/503223

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

«Quyoshli xonadon» dasturi afzalligi hamda samaradorligi Navoiy viloyati misolida.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali dastur afzalliklari va elektr energiyasi iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanali "Maxsus reportaj" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur
lavha orqali tanishishingiz mumkin.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Poytaxtliklar_diqqatiga

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 19-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Yakkasaroy tumani: «A.Qahhor» MFYning qisman hududlaridagi ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Lutfiy» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Bosma_nashrlarda

Fargʻona tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, mavjud elektr qurilmalari hamda elektr uzatish tarmoqlarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borilayotir. Bu borada belgilangan reja-jadvalga asosan tumanning har bir mahallasida amaliy ishlar
davom etmoqda.

– Belgilangan ishlarga qoʻshimcha ravishda mutaxassislarimiz tomonidan tuman hududidagi 96 dona transformator punktlarini, uzunligi 185 kilometr boʻlgan elektr uzatish tarmoqlarini joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishi koʻzda tutilmoqda, – deydi Fargʻona tumani elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi Shavkatjon Homidjonov.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Yangiariq" mahallasi hududida yashovchi aholi vakillarini elektr energiya ta'minotini yaxshilash maqsadida, 25 dona yangi temir-beton tayanch ustunlari o'rnatilishi rejalashtirilgan bo'lib, ayni vaqtda 18 dona temir-beton ustunlari o'rnatilib, ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bu haqida Sevimli telekanali "Zamon" informatsion dasturi lavhasi orqali tanishishingiz mumkin

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Poytaxtliklar_diqqatiga

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 18-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Uchtepa tumani: «Oq masjid» va «Xurshid» MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: «Rakatboshi» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Bahor» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi

“Davlat hisobidan yuridik yordam kо‘rsatish tо‘g‘risida”gi Qonun (О‘RQ–848-son, 16.06.2023 y.) Prezident tomonidan
imzolandi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «2-charx Kamolon» MFYning Muqumiy ko'chasi hududidagi 1270-sonli transformator punktidan ta'minlanuvchi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1 kmdan ortiq bo'lgan 6 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.

Batafsil

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ
Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 17-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Olmazor tumani: «Beruniy» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug'bek tumani: «Turon» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#jarayon

Navoiy shahrining Oltin vodiy mahallasida yashovchi aholi xonadonlarini elektr energiyasi sifatini yaxshilash borasida hozirda shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan belgilangan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida hududga 2,06 km yangi kabel tarmog’i tortish, umumiy quvvati 630 kVАli 2 dona transformator punktining quvvatini oshirish ishlari rejalashtirilgan bo'lib, ayni vaqtda yangi kabel tarmog’ini qurish uchun transheya qazish ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ
Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HUDUDLARDA ISH JOYLARI NAZORATDAN O’TKAZILDI

Quva tuman elektr ta’minotida mehnat qilayotgan xodimlarni ish jarayonida navbatdan tashqari yo’riqnomadan o’tkazish ishlari olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan xodimlarga xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, ish jarayonida hushyorlikni bir daqiqaga bo‘lsa ham yoddan chiqarmaslik borasida tavsiyalar berib o‘tildi.

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 14-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Olmazor tumani:
«Namuna» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Bahor» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Xayrobod» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.