hetmuloqot | Unsorted

Telegram-канал hetmuloqot - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

76956

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribe to a channel

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kо‘rish hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda

Xususan, Olmazor tumanida 35 kmdan ortiq kabellar almashtirildi hamda 170 ta eskirgan simyog‘och ustunlar yangi beton ustunlarga almashtirildi.

Bu haqida batafsil “О‘zbekiston 24” telkanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi
lavhasida.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Payariq tumanidagi To‘polos hamda Bobur mahallalarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 614 dona temir-beton ustunlari, 5 ta turli quvvatdagi transformator punkti o‘rnatish hamda 30 km. uzunlikda yopiq tipdagi zamonaviy SIP kabellari hamda 1600 metr yuqori kuchlanishli tarmoq tortish ishlari olib borilishi belgilangan.

Ayni kunda ushbu hududlarga temir-beton ustunlari olib borilib, qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Tez orada belgilangan ishlar yakunlanib, aholi xonadonlarida elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.

Bu haqda STV kanalining “Xabarlar” axborot dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Navbahor tumanida eskirgan yog'och ustunlari, havo elekt uzatish tarmoqlari yangilanmoqda

Tumanning birgina "Yangi hayot" mahallasiga 11.5 km havo elektr tarmog'i hamda qo'shimcha 4 dona transformator punkti o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Namangan viloyati, Norin tumani “Katta о‘lmas” mahallasidagi elektr energiyasidagi muammolar bartaraf etildi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

XALQOBODDA HAM ELEKTR UZATISH TARMOQLARI YANGILANADI

Xalqobod mahalla hududida birgina elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 4 ta transformator punkti hamda 496 dona temir-beton ustunlari o‘rnatilishi hamda 19,8 km uzunlikda SIP kabellari tortish ishlari olib borilishi belgilandi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

«QORASUV» PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI

Toshkent shahridagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy hodisalarni oldini olish maqsadida 110/35/10 KVli “Qorasuv” podstantsiyasidagi quvvati 16000 kVА boʼlgan kuch transformatorining quvvati 25000 kVA quvvatlisiga almashtirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sabab bugun, 20-iyun kuni soat 20:00 dan ertaga, 21-iyun kuni soat 05:00 ga qadar Mirzo Ulug'bek tumanining: «Qorasuv-6», «Avayxon», «Mevazor», «Oltintepa» MFYlari ayrim ko'chalarida hamda «Nobel farm» MCHJ binosida elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish jarayonini o‘z vaqtida xavfsiz olib borish va oʼrnatish choralari uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan 30 nafardan ortiq malakali mutaxassis hamda 5 dan ortiq maxsus transport vositasi jalb etiladi.

Mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

BELGILANGAN ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Andijon shahrining mahallalarini elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Andijon shahar elektr ta’minoti Eski shahar bo’limi ishchi-xodimlari tomonidan bir necha kundan buyon hududlarda qurilish, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

SHIKASTLANGAN SIMYOG‘OCHLAR O‘RNIGA BETON USTUNLARI O‘RNATILMOQDA

Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda Samarqand viloyati, xususan, Pastdarg‘om hamda Nurobod tumanlarida kuchli shamol va bo‘ron kuzatilishi natijasida ayrim elektr uzatish tarmoqlari shikastlandi.

"Hududiy elektr tarmoqlari AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan yaroqsiz holga kelib qolgan simyog‘ochlar o‘rniga temir-beton ustunlari yetkazib berilib, hozirda ularni kerakli manzillarga tushurish jarayoni ketmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Toshkent shahrida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sabab ettita tumandagi 12ta MFYning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 20-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Chilonzor tumanining: «Qozirobod» hamda «Ko'rkam» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;


Yangihayot tumanining: «Xo‘jauchqun» va «Viqor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Shayxontohur tumanining: «Chorsu» va «Beltepa» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumanining: «Nurliyo‘l» va «Zabardast» MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumanining: «Mirishkor» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumanining: «Mevazor» va «Zakovat» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Uchtepa tumanining: «Nishabariq» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Samarqand viloyatida kuchli shamol esishi natijasida soat 18:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Paxtachi va Qo‘shrabot tumanlaridagi jami 9000 ta xonadonning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hamda iste’molchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini ehtiyojdan ortig‘ini sotib olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida “О‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” dasturi lavhasida.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Namangan shahrida о‘tkazilayotgan 62-Хаlqaro Gullar festivalining tantanali yopilish marosimida “Tashkilotlar о‘rtasida eng yaxshi landshaft dizayni” uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan filiali avtomobil bilan taqdirlandi

Gullar festivali taqdirlash marosidan qisqa lavhalar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan filiali matbuot xizmati.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan viloyatda aholi murojaatlari asosida chekka tumanlarda elektr tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechim topmoqda.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#OAV_biz_haqimizda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiallari tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik kо‘rish, elektr tarmoqlarida belgilangan dastur asosida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishi yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Bu haqda 👉«O‘zbekiston bunyodkori» gazetasining 2023 yil 16 iyun kungi 49-soni orqali batafsil tanishish mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA  POYTAXTIMIZ QATOR TUMANLARIDAGI MFYLARNING AYRIM KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 23-iyun kuni quyidagi manzillarda ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Olmazor tumani: «Taraqqiyot», «Eski shahar», «Achaobod», «Namuna», «Qichqiriq», «G. Azamov», «Oltinsoy» va «Chimboy» MFYlarining ayrim ko'chalarida bugun soat 24:00 dan ertaga soat 07:00 gacha;

Bektemir tumani: «Iyk ota» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Qozirobod» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: «Muhandislar» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Sergeli tumani: «Jaloyir» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ
Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Toshkent shahar isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanida olib borilayotgan ishlar yuzasidan “О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy kо‘rsatuvida.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ KURASHISH ZARUR!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari O. Alimardonov, Yuridik boshqarma boshlig‘i J. Namozov, Farg‘ona viloyat Prokuraturasi bo‘lim prokurori U. Payziyev hamda jamiyat bosh direktori A. Saydaliyevlar boshchiligida “Farg`ona hududiy elektr tarmoqlari korxona” AJning katta majlislar zalida jamiyat rahbariyati, bo’lim, xizmat boshliqlari, jamiyat tasarrufidagi shahar-tuman elektr ta’minoti korxonalarining boshliqlari hamda o’rinbosarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZ QATOR TUMANLARIDAGI MFYLARNING AYRIM KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 22-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Olmazor tumani: «Paxta» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;

Yunusobod tumani: «Sandiq qo`rg`on» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug`bek tumani: «Gulsanam» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#no_comment

«QORASUV» PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILDI

Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan «Qorasuv-6», «Avayxon», «Mevazor» hamda «Oltintepa» MFYlari hududidagi iste'molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, 110/35/10 KVli “Qorasuv” podstantsiyasidagi quvvati 16000 kVА boʼlgan kuch transformatori quvvati 25000 kVA bo'lgan yuqori quvvatlisiga almashtirildi.

Ayni paytda, soha xodimlari tomonidan o'rnatilgan yangi 25000 kVA quvvatga ega yuqori kuch transfomatorni ishga tushirish, montaj ishlari olib borilmoda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Jarayon

Farg‘ona viloyati qishloq va mahallalarida infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar tizimli hal etilmoqda. Xususan, “Farg‘ona HETK” AJ tarkibiy korxonalari tomonidan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bо‘yicha qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Viloyat telekanalining “Farg‘ona 24” informatsion dasturi orqali namoyish etilgan lavhada Toshloq tuman elektr ta’minoti xodimlari mahalliy aholining barqaror elektr energiyasiga bо‘lgan talabini qondirish borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida sо‘z boradi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZ QATOR TUMANLARIDAGI MFYLARNING AYRIM KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 21-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yunusobod tumani: «Kulol» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: «X. Sulaymon» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Sergeli tumani: «Selmakon» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Mirobod tumani: «Fayzobod» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#no_comment

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan poytaxtimizdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash hamda modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ
Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#Jarayon

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiallari tomonidan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlarida belgilangan dastur asosida mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Jizzax viloyatida kuchli shamol esishi sababli soat 19:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlar xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Jizzax shahri, Forish, Arnasoy, Do‘stlik, Sh.Rashidov, Gʻallaorol va Paxtakor tumanlaridagi jami 12 250 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol esishi natijasida soat 17:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari o‘chirildi.

Buning natijasida:

Buxoro viloyatining Shofirkon, Peshku va Gʻijduvon tumanlaridagi jami 6000 ta iste’molchining;

Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlaridagi jami 23 560 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish bo‘lmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“MARKAZIY” PODSTANSIYASIDAGI TRANSFORMATOR TA’MIRLANDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali xodimlari tomonidan hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand shahrida joylashgan “Markaziy” podstansiyasidagi T-2 transformatorda mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ta’mirlash jarayonida transformatordagi nosoz holga kelgan uskunalarni almashtirish, moy sathini me’yor holatga keltirish va ta’mirlash ishlari bajarildi.
Soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan bu kabi amaliy ishlar iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

«SERGELI» PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILMOQDA

Poytaxt isteʼmolchilariga hamda tadbirkorlik sub'ektlariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, podstansiyalardagi qurilmalarini soz holatda ishlashini ta’minlash maqsadida, yuqori kuchlanishli podstansiyalarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilishi belgilangan.

Ayni vaqtda, Sergeli tumani hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 35/6 kVli «Sergeli» podstansiyasidagi mavjud 4000 kVAli kuch transformatorini 16000 kVA bo'lgan yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari o‘z yakuniga etkazlmoqda.

Mazkur jarayon murakkabligi hamda ma'lum vaqt olishini hisobga olgan holda tun yarmisiga qaramasdan istemolchilarga barqaror elektr energiyasi etkazib berish maqsadida energetiklarimiz belgilangan vazifalarni bajarishmoqda.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

OLIS HUDUDLARDA AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY ECHIM TOPMOQDA

Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning qiynayotgan muammolarini bartaraf etishga ko'maklashish bugun har bir soha xodimlari oldida turgan muhim vazifa sanaladi. Shu bois filiali mas’ul xodimlari tomonidan joylarda muntazam ravishda aholi murojaatlari o’rganilib, bartaraf etish choralari ko’rilmoqda.

Xususan, Nurota tumanining Sentob mahallasi “Sob” qishlog’i aholisi tomonidan yo’llangan murojaat o’rganilib, ijobiy echim topildi. Hududdagi eskirgan yog’och ustunlarni temir-beton tayanchlarga almashtirilib, quvvati 160 kVAli yangi transformator punkti o’rnatildi. Ayni damda 8 km ziyod zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Qonunchilikda yangiliklar: Endilikda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi o'zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o'z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin.

Bu tо‘g‘risida Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023 y.) bilan “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o'z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, elektr oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.

☑️ Bunda:

🔹 jismoniy va yuridik shaxslar o'z ehtiyojlari uchun o'rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o'z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi;

🔹 elektr energiyasini ishlab chikaruvchi o'zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o'z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin;

🔹 elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o'z elektr tarmoqlari mavjud bo'lmagan holatlarda “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ tarmog'idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to'lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.

🗓 Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to'lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga kadar:

🔸 “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o'rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o'z iste'molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat byudjetidan 1 000 sumdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orkali);

🔸 jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o'z extiyojlari uchun o'rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo'lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o'z iste'molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste'molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to'lab beriladi.

▶️ Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste'molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma'lumotlariga ko'ra tomonlar o'rtasida imzolangan ko'rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to'lovlarni amalga oshiradi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Читать полностью…
Subscribe to a channel