O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizga jinsiy harakatlar sodir etgani va bu bo‘yicha dalillar borligi aytib chiqildi. Viloyat hokimligi bu ma’lumotni “ig‘vogarona va shaxs sha’niga tajovuz” deya rad etdi. “Asossiz ma’lumot tarqatganlar ustidan organlarga murojaat qilindi”.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/11/shuhrat-abdurahmonov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yakshanba kuni soat 03:03 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namangan viloyatlari hududida ham sezildi (2−3 ball).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/11/earthquake/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda shrot, sheluxa, omuxta yem, bug‘doy, makkajo‘xori silosi, somon va beda 2024-yil oktabr oyidan beri 1,5−2 barobarga oshgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi qayd etishicha, ushbu omillar so‘nggi haftalarda go‘sht narxi oshishiga ta’sir qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/10/meat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yil kuzda Sergeli tumanida BYD haydovchisi yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan edi. Sud unga nisbatan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/10/case/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Birodarlar qabristoni” memorial majmuasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Toshkent shahri, shuningdek, xorijiy mamlakatlar aholisi jam bo‘ldi. “Gazeta.uz” muxbiri Orifjon Hoshimov voqea joyidan fotoreportaj tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/memorial-and-honors/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi Qizil maydonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Kelganlar birgalikda Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/president/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Suluguni sirniklari, qiymali grenkalar, menemen, lavashdan tayyorlangan tezpishar pirojkalar va boshqa nonushta retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/zira/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Amerikalik kardinal Robert Prevo yangi Rim papasi bo‘ldi. U o‘ziga Lev XIV nomini tanladi. U tarixda 267-papa va AQShdan bo‘lgan birinchi papaga aylandi. Lev XIV nutqini tinchlik haqida gapirishdan boshladi. Uning qarashlari oldingi papa Fransisknikiga yaqin ekani ta’kidlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/leo-xiv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Changan avtomobillarining rasmiy savdosi boshlandi
Kompaniya faqat 31-maygacha barcha mijozlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etadi.
UNI K xaridorlariga:
— to‘liq tonirovka uchun ruxsatnoma;
— 3 ta bepul TO va boshqalar.
CS55 Plus xaridorlariga:
— antiradar;
— orqa oynalar tonirovkasi;
— 2 ta bepul TO va boshqalar.
Aksiya Changan Auto Distribution MChJning barcha rasmiy dilerlik markazlarida amal qiladi.
Telefon: ( +998) 71-208-88-55.
Sayt: www.changan.uz
Reklama huquqlari asosida.
8-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🛡 “Vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak”. Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.
🌊 Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘og‘i o‘pirilib, suv toshib chiqdi.
☢️ Jizzaxda kichik quvvatli atom stansiyasini joylashtirish sxemasi tasdiqlandi.
💊 O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish milliy rejasi ishlab chiqilmoqda.
🛬 Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi havo jangi tarixdagi eng yiriklaridan biriga aylandi — CNN.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Biznesmen va Microsoft asoschisi Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha shaxsiy boyliklarini o‘zining Gates Foundation xayriya jamg‘armasiga o‘tkazishga va’da berdi. “O‘lganimdan keyin odamlar men haqimda ko‘p gapiradi, lekin qat’iy qaror qildimki, „u boy o‘lgan“ ular orasida bo‘lmaydi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/bill-gates/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (9-11-may)
Beshta yangi film premyerasi, ochiq osmon ostidagi kino namoyishlari, teatr tomoshalari, uchta yirik festival, Jahongir Otajonov va Ozoda Nursaidova konsertlari, ko‘rgazmalar, yarmarkalar hamda uch kunlik dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/05/08/9-11-may
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bir guruh ekspertlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSST vakillari 2025−2035-yillarga mo‘ljallangan saratonga qarshi kurash milliy strategiyasining dastlabki versiyasini kelishib oldi. U erta tashxis qo‘yish, qulay davolanish va aholi ishonchini oshirishga qaratilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/oncology-strategy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoqilg‘i shoxobchasida solyarka saqlash sig‘imida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 fuqaro vafot etdi, 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/incident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent davlat texnika oliygohi negizida yangi Tashkent Tech universiteti tashkil etiladi. “Biz zamonaviy mehnat bozorining eng yuqori talablariga javob beradigan muhandislar yetishib chiqadigan ekotizimni shakllantiramiz, — dedi prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/tashkent-tech/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yonilg‘i shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi. Keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan yana bir fuqaro ham vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumlar shoxobcha rahbari, operatori va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/11/zapravka/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Badiiy adabiyot majburlab emas, sogʻinib oʻqish degani”
“Gazeta.uz”ning kitobxonlik targʻibotiga qaratilgan “Kutubxona” loyihasining navbatdagi mehmoni — taʼlim masalalari boʻyicha ekspert, sobiq “Kamolot” harakati raisi Bahodir Gʻaniyev.
“Hokimlarni ishga olishda ularning kitob oʻqishi, dunyoqarashining kengligi inobatga olinmaydi. Topshiriqni qanchalik bajara olishiga qaraladi. Shu sababli hokimlar ichida vazirlarga nisbatan kitobxonlari ancha kamroq”, — deydi u.
Video — https://youtu.be/z2zRe3GsRA0?si=8FfRzXF-M6VG7vqJ
Matn — https://www.gazeta.uz/uz/2025/04/26/kutubxona-bahodir-ganiyev/
2025-yil 1-iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi. Dastur doirasida 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/10/dastur/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda transport vositasida qoida buzilgani uchun jarima ballarini qo‘llash tizimi 1-iyundan ishga tushadi. Hozircha ballar faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha hisoblanadi. 12 oy davomida qoida buzmagan haydovchilar rag‘batlantiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/10/jarima-ballari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kit Starmer savdo bitimini tuzdi. Bu Tramp butun dunyo uchun bojlar oshirilishini e’lon qilganidan keyingi ilk kelishuvdir. “Aql bovar qilmaydigan” deb atalgan bitim bojlarni kamaytirish va soliqlarni bekor qilishni nazarda tutishi taxmin qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/us-britain/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqandda uch qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi, oqibatda bino qulab tushdi. Olti kishining jasadi topilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/samarkand/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida qanot yozgan qushlar ko‘rinishidagi “Xotira nuri” yodgorligi ham o‘zbekistonlik faxriylar tarixini o‘z ichiga olgan xuddi shu nomdagi yangi kitobga havola, ham avlodlararo uzviy bog‘liqlik ramzidir. “Gazeta.uz” haykaltarosh va konsepsiya muallifi Marina Borodina bilan suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/light-of-memory/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jizzax viloyatidagi Nurota tog‘ tizmasida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik makonlar aniqlandi. Topilgan manzillar dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish davriga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va mamlakatdagi eng qadimiy inson faoliyatini o‘rganishda muhim manbaga aylanishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/new-findings/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzbekistan Airways Hindiston va Pokiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyat tufayli Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga parvoz yo‘nalishlarini o‘zgartirdi. Sayohat vaqti 1,5 soat yoki undan ortiqqa ko‘payadi. 8−9-maydagi Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reys bekor qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/09/uzairways/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zbekgidroenergo” Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘og‘i o‘pirilib, suv toshishi oqibatida 100 ga yaqin xonadon ko‘rgan zararlar to‘liq qoplanishini ma’lum qildi. Kanaldagi texnogen holat 9-may kuni bartaraf etiladi va odatiy ish rejimi tiklanadi, dedi tashkilot.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/compensation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi va Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan faxriylarga minnatdorlik bildirdi. “IJU el-yurtimiz boshiga solgan og‘ir musibatlar hech qachon unutilmaydi. Bu — zamon va makon chegarasini bilmaydigan chinakam mardlik solnomasi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/may-9/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib bordi. Uni RF prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari va Hukumat raisi birinchi o‘rinbosari kutib oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/arrival/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Paynet korporativ boshqaruvning shaffofligi, barqarorligi va samaradorligini oshirish maqsadida fintex va strategik yetakchilik sohasidagi xalqaro ekspertlardan iborat Kuzatuv kengashini tuzadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/paynet/
Boysun tog‘larida bir necha tup Zarafshon archalari kesib tashlangani aks etgan tasvirlar tarqaldi. Unda archalar tag qismidan kesib tashlanib, aholiga sotilayotgani haqida gap boradi. Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblab chiqdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/boysun-daraxt/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Coca-Cola kompaniyasi o‘zining 139 yilligini — mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy va ekologik tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirayotgan brendning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/08/coca-cola/