fauzbekistan | Unsorted

Telegram-канал fauzbekistan - Uzbekistan Football Association

16065

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali • Instagram.com/UzbekistanFA • YouTube.com/UzbekistanFA • Facebook.com/UzbekistanFA • Twitter.com/UzbekistanFA - www.ufa.uz

Subscribe to a channel

Uzbekistan Football Association

📋 O’zbekiston U-14 va O‘zbekiston U-15 terma jamoalari Armanistonga jo‘nab ketdi

Jamoalarimiz 8–12-may kunlari Yerevan shahrida bo’lib o‘tadigan “UEFA Rivojlanish kubogi”da ishtirok etadi.

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar o’rtasida ilk bor futzal bo‘yicha “Talaba qizlar ligasi-2025’’ turniri tashkil etilmoqda.

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida musobaqani o‘tkazish bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya rahbarlari ishtirokida yig‘ilish va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘FA rahbariyati va O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda musobaqa nizomi, qoidalari, jamoalarni guruhlarga bo‘lish, hakamlik, musobaqa o‘tkaziladigan sport inshootlari va muddatlari yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvlar joriy yilning 12-may kuni start oladi va 31-mayga qadar davom etadi. Turnirda 32 ta jamoa 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok etadi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Uchrashuvdan fotogalereya

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

🔒Darvoza yopiq! Posbon — Yusupov🧤

#FWC2026 🌎

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Lars Hopp boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda #U14

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Odil Ahmedov FA U-16 jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etdi.

Ayder Kurbayev boshqaruvidagi jamoamiz mazkur bahsda 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.

🇺🇿 Oʻzbekiston U-15 6:1 Odil Ahmedov FA U-16

Jamoamizning gollariga Hasan O‘rolov (dubl), Ulug‘bek Xayrullayev, Doniyor O‘ktamov, Behruz Samatov va Abdulaziz Shukurovlar mualliflik qildi.

Boshlangʻich tarkib:
12. Aziz Berdiyev
2. Shehroj Odilov
3. Hojiakbar Zulfiqorov
4. Azizillo Erkinjonov (s)
7. Doniyor Oʻktamov
9. Emmanuel Emonkpaire
10. Roʻzimurod Roʻzimurodov
13. Hasan Oʻrolov
14. Abdulaziz Shukurov
17. Abubakir Mamatov
18. Yahyobek Nasrulloyev

Zaxira: Quvonchbek Hayitmurodov, Bunyod Tursunboyev, Yusufbek Mahmudjonov, Siddiq Tilloyev, Diyor Uskenboyev, Usmon Shuhratillayev, Fayz Ochilov, Shohjahon Mahammadjonov, Ulug‘bek Xayrullayev, Behruz Samatov, Kamoliddin Abduvaliyev, Begzod Shodmonov.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 “Roma” klubi Italiya A Seriyasi 35-turi doirasida “Fiorentina”ga qarshi oʻyin oʻtkazib, 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Mazkur oʻyinda #MilliyJamoa futbolchisi Eldor Shomurodov golli uzatma muallifiga aylandi.

⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋Saudiya Arabistoni 2026, 2027 va 2028-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Bu haqidagi qaror Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar tashkil etish qo‘mitasining Jidda shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilindi.

OFK saytida ma’lumot berilishicha, o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi mezbonligi uchun Saudiya Arabistonidan tashqari Xitoy va Iroq mamlakatlari ham da’vogarlik qilgan.

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlaridan fotogalereya #U17

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Ayder Kurbayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi

O‘smirlarimiz Toshkent viloyatida 3-may kunidan mashg‘ulotlarni boshlaydi. Oldinda turgan muhim musobaqa — FIFA U-17 Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, yosh futbolchilarning bor e’tiborini mashgʻulotlarga qaratishni ta‘minlash maqsadida yigʻin yopiq formatda tashkil etiladi. Mashg‘ulot jarayonlari OʻFA rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Ayder Kurbayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

"Women's U-16 UEFA Development tournament 2025"

🇨🇳 Xitoy 6:0 Oʻzbekiston🇺🇿

90+2'|Uchrashuv yakunlandi

Gollar : Jiang Jingxuan 46’, He Xinyi 54’, Ren Yunuo 58’, 68’, Pian Yiyi 64’, 83'

💳 Uzcard | ⚡️ @ayollar_futboli

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasining Xitoyga qarshi uchrashuv uchun boshlangʻich tarkibi

🎥 Uchrashuvni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin

👉
https://youtu.be/NjR6fTOb-eU

💳 Uzcard | ⚡️ @ayollar_futboli

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Ayder Kurbayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni boshladi

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlaridan fotogalereya #U17

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar futbol akademiyalarining U-13, U-14, U-15 va U-16 jamoalari ishtirokida “Akademiyalar birinchiligi” musobaqasiga start berildi.

Turnirda, shuningdek, professional futbol klublari qoshidagi akademiyalar jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa yil davomida uy-safar tizimida o‘tkaziladi.

1️⃣ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

#FullTime Uchrashuv yakunlandi. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi dastlabki bahsda mag‘lub bo‘ldi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:6 Xitoy Taypeyi 🇹🇼

Gollar: Feruza Turdiboyeva 3' — Su Hui-Chi 4', 24', Liu Chin-Ling 17', Chen Min-Huang 20', Liu Ven Ling 32', 34'

⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

🤝 #MatchDay Oʻyin kuni!

Bugun Xitoy mamlakatida ayollar futzali bo‘yicha Osiyo kubogi start oladi. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi turnirdagi ishtirokini Xitoy Taypeyiga qarshi bahs bilan boshlaydi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Xitoy Taypeyi 🇹🇼
🗓 6-may | 14:00
🏟 “Hohhot sport markazi”, Xitoy

📹 https://youtu.be/Ec1tuASEybk

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Lars Hopp boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda #U14

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

🇺🇿 O‘zbekistonda ilk bor qizlar o‘rtasida U-12 chempionati start oladi!

O‘zbekistonda ilk bor 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha chempionat yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu musobaqa FIFAning League Development Programme (Ligalarni rivojlantirish dasturi) doirasida tashkil etilib, yurtimizda ayollar futbolini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyihaning muhim bosqichidan biri hisoblanadi

Chempionatning asosiy maqsadlari:
• Kichik yoshdagi qizlar orasida futbolga qiziqishni oshirish;
• Yangi boshlayotgan futbolchi qizlar uchun doimiy o‘yin amaliyotini taqdim etish;
• Iqtidorli futbolchi qizlarni aniqlab, ularni akademiyalarga yo‘naltirish;
• Qizlar futboli bilan shug‘ullanayotgan murabbiylar va maktablarni qo‘llab-quvvatlash;
• Sog‘lom turmushni targ‘ib etish.

Chempionat mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Musobaqa 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun mo‘ljallangan formatda — kichikroq maydonlar, vaqt va soddalashtirilgan qoidalar asosida o‘tkaziladi.

Ushbu loyihaning yo‘lga qo‘yilishi nafaqat ayollar terma jamoalarining kelajakdagi yutuqlariga poydevor bo‘lishiga, balki yurtimizda xotin-qizlar sporti va ommaviy futbolning jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📹 Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan mashg‘ulotlar davom etmoqda #U17

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 OFK yangi musobaqalar tahliliga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan 2024–2025-yilgi mavsumdan start olgan klublar o‘rtasidagi yangi formatdagi musobaqalar tahliliga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda tashkilotga a’zo assotsiatsiyalar, milliy ligalar va ishtirokchi klublarning vakillari qatnashdi.

Seminar davomida ushbu mavsumdan joriy etilgan islohotlar, musobaqalar formati hamda reglamentdagi asosiy o‘zgarishlar muhokama qilindi. OFK Elit Chempionlar Ligasi, OFK Chempionlar Ligasi 2 va OFK Challenge Ligasi turnirlarining guruh bosqichi, pley-off strukturasiga oid tahlillar, statistik ma’lumotlar va xulosalar taqdim etildi.

Shuningdek, OFK vakillari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlardagi tomoshabinlar soni, media ko‘rsatkichlar, marketing strategiyalari va tijoriy samaradorlik bo‘yicha statistik hisobotlar taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilariga keyingi mavsum rejalari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir OFKning a’zo assotsiatsiyalar, ligalar va professional klublar bilan hamkorlikda ishlash, musobaqalarni tashkil etish va rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri sifatida baholanishi qayd etildi.

⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

🇺🇿#MilliyJamoa sardori Eldor Shomurodov “Roma”ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, mutasaddilar, hududiy futbol maktablari direktorlari, sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, murabbiylar va ota-onalar ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda bir qator muhim masalalar, jumladan, futbol maktablarida korrupsiya bilan kurashish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar, shuningdek, futbol maktablari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasining natijalari tahlil qilindi. Futbol maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida, o‘quvchilar sonini oshirish, selektsiya ishlari va futbol bilan shug‘ullanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni yagona elektron boshqaruv tizimi — ERP sport bazasiga kiritish, viloyat miqyosida o‘g‘il va qiz bolalarni futbolga jalb qilishga qaratilgan festival va mahorat darslarini tashkil etish, futzal va qizlar futboli bo‘yicha yangi guruhlar ochish, “Maktablarda futbol” dasturining amalga oshirilishi, murabbiylar va seleksionerlarni maktablarga biriktirish, turli musobaqalar va to‘garaklar o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, seleksioner-murabbiylar ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, futbol maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yangi qurilishlar va jihozlar bilan ta'minlash dasturini shakllantirish bo‘yicha rejalar tinglandi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining aprel oyidagi faoliyatidan o‘rin olgan bir qator muhim voqealar.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📸 Uchrashuvdan fotogalereya

💳 Uzcard | ⚡️ @ayollar_futboli

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent viloyati futbol akademiyasi U-16 jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etdi.

Ayder Kurbayev boshqaruvidagi jamoamiz mazkur bahsda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

🇺🇿 Oʻzbekiston U-15 3:2 Toshkent viloyati FA U-16

Jamoamizning gollariga Behruz Samatov va Diyor Uskenboyev (dubl) mualliflik qildi.

Boshlangʻich tarkib:
16. Quvonch Hayitmurodov
3. Hojiakbar Zulfiqorov
4. Azizillo Erkinjonov (s)
6. Siddiq Tilloyev
10. Roʻzimurod Roʻzimurodov
13. Hasan Oʻrolov
14. Abdulaziz Shukurov
15. Behruz Samatov
17. Abubakir Mamatov
18. Yahyobek Nasrulloyev
23. Shohjahon Mahamadjonov

Zaxira: Aziz Berdiyev, Bunyod Tursunboyev, Yusufbek Mahmudjonov, Shehroj Odilov, Bekzod Shodmonov, Diyor Uskenboyev, Usmon Shuhratillayev, Doniyor Oʻktamov, Fayzbek Ochilov, Ulugʻbek Xayrullayev.

💳 Uzcard |⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

⚡️O'yin kuni | Ayollar futboli

"Women's U-16 UEFA Development tournament 2025"


🇨🇳 Xitoy 🆚 Oʻzbekiston🇺🇿
🗓 30-aprel | 16:00 (Toshkent vaqti bilan)
🏟 ABFF Texnik Markazi

💳 Uzcard | ⚡️@ayollar_futboli

Читать полностью…

Uzbekistan Football Association

📋 Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi iyun oyida Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishidan xabaringiz bor. Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat yoshlar jamoamiz Fargʻonada Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar 5 va 8-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

🇺🇿 O‘zbekiston — Rossiya 🇷🇺
🗓 5, 8-iyun
🏟 Fargʻona viloyati

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan

Читать полностью…
Subscribe to a channel