🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi Facebook: http://surl.li/uuaepu Instagram: https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi Youtube: http://bit.ly/olimpdep
#BMO_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI BOLQON MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JO‘NAB KETDI
➡️Avvalroq, Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO) bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
💠Xalqaro olimpiada matematika fani bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
🔔Bugun mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan jami 6 nafardan iborat Terma jamoa Bosniya va Gersegovinaga jo‘nab ketdi.
⚡️Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi!
❗️Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Zamonamiz_qahramonlari
⚡️TERMA JAMOAMIZ A'ZOSI BILIMI BILAN AVTOMOBIL SOHIBIGA AYLANDI
"Ha, beshta masala yechib ham BYD yutib olsa bo‘lar ekan."
"Ilm - insonning hamrohi bo‘ladi doim."
#Standartlar_olimpiadasi
📢Xalqaro standartlar olimpiadasi – 2-bosqichiga tayyormisiz?
❗️Taxminiy savollar e’lon qilinmoqda!
📌Endi sizda olimpiadaga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati mavjud! Biz 2-bosqich uchun taxminiy nazariy va amaliy savollar ro‘yxatini taqdim etmoqdamiz!
STANDARTLAR — 2-bosqich 👈
🎯 Bu imkoniyat orqali siz:
✅Olimpiadadagi savollar formatini oldindan bilib olasiz;
✅O‘z bilimlaringizni chuqurroq mustahkamlaysiz;
✅Amaliy topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lasiz.
📝Taxminiy savollar ro‘yxati bilan tanishib chiqing va g‘alabaga bir qadam yaqinlashing!
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.
Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.
Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.
Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.
Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.
Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.
Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.
Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
@hilola_umarova
#Bizning_qahramonlar
⚡️Xalqaro robototexnika olimpiadasi gʻoliblari tantanali kutib olindi!
✔️Turkiyada boʻlib oʻtgan Xalqaro robototexnika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilarimiz bugun Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
📌Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, ustozlar, oila a’zolari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etib, gʻoliblarni samimiy tabrikladilar.
🇺🇿Terma jamoamiz olimpiadaning bir nechta yoʻnalishida sovrinli oʻrinlarni egallab, yurtimiz robototexnika bo‘yicha global maydondagi salohiyatini namoyon etdi.
🎉Ma’lumot uchun:
Terma jamoamiz a’zolari Italiyada boʻlib oʻtadigan Xalqaro robototexnika olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
Yutuqlaringiz bardavom boʻlsin!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Xushxabar
#Robotics_olympiad_2025
TERMA JAMOAMIZ A’ZOLARIDAN NAVBATDAGI GʻALABA!
📌Avvalroq xabar berganimizdek, Turkiyada Robototexnika xalqaro olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
⚡️Ushbu olimpiadada 20 ga yaqin mamlakatlarning iqtidorli oʻquvchilari bilan birga Terma jamoamiz a’zolari 2 yosh toifasi boʻyicha munosib ishtirok etib, 4 yoʻnalishda jami 11 ta medalni qoʻlga kiritdi:
🥇1-o‘rin:
• MBot Line Following: Zomin IMI, Farg‘ona PM
• Lego Sumo & FootBot: Namangan PM
• FootBot: Zomin IMI
🥈2-o‘rin:
• FootBot: Zomin IMI, Farg‘ona PM
• Lego Line Following & MBot Line: Namangan PM
• Lego Sumo: Farg‘ona PM
🥉3-o‘rin:
• Lego Sumo: Zomin IMI
Batafsil 👈
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#OAV_BIZ_haqimizda
Sevimli TV | Xalqaro olimpiada g'oliblari kutib olindi
✅ Batafsil Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturida koʻrishingiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Xushxabar
#Robotics_olympiad_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI ROBOTOTEXNIKA XALQARO OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETMOQDA
📌Ayni paytda Turkiyada robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha Robototexnika xalqaro olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
⚡️Ushbu xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun Fan olimpiadalari markazi tomonidan Terma jamoa a'zolari shakllantirildi.
💠Xalqaro olimpiadada 20 ga yaqin mamlakatlarning iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etmoqda.
🔔Mazkur xalqaro olimpiadaning ilk kunida Terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yoʻnalishlar kesimida 2 ta medalni qoʻlga kiritishdi.
🥇“MBot Line following” yoʻnalishi boʻyicha - oltin medal;
🥉“Lego Sumo” yoʻnalishi boʻyicha - bronza medal.
❗️Yakuniy bosqich bugun 19-aprel kuni boʻlib oʻtadi.
✅Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#OAV_BIZ_haqimizda
MY5 | Xalqaro olimpiada g'oliblari kutib olindi
✅ Batafsil My5 telekanalining “Hudud” informatsion dasturida koʻrishingiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
EGMO 2025: Ilk ishtirok - 3 ta MEDAL!
📍Kosovo Respublikasi
⚡️Ayni paytda Kosova Respublikasida EGMO - 2025 - Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
➡️Olimpiadada 55 ta davlatlardan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.
📢Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 4 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchi-qizlar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥈 1 ta kumush, 🥉 2 ta bronza — jami 3 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥈Dildora Mahkamova - Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi — kumush medal,
🥉Malika Xojamuratova - Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉Nastarin Kamolova - Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal.
❗️ Eslatma: O‘zbekiston Terma jamoasi 2025-yilda ushbu Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasida ilk marotaba ishtirok etdi.
🇺🇿Ilk marotaba erishilgan yutuqlar esa hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Olimpiadachi_kundaligi
#Foydali
FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN IJTIMOIY TARMOQLARDAGI
FOYDALI 7️⃣ PLATFORMALAR
❗️Fan olimpiadalariga tayyorlanish — bu sabr, mehnat va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqni talab qiladigan jarayon.
⚡️ Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi sizlarga ijtimoiy tarmoqlarda bepul va samarali tarzda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi platformalarni taqdim etadi!
1. Brilliant – www.brilliant.org
🔍Mantiqiy fikrlash, matematik model, fizik muammolar va algoritmlar ustida ishlash uchun eng yaxshi platformalardan biri.
2. Art of Problem Solving – www.artofproblemsolving.com (AoPS)
🔍AQSh va boshqa davlatlarda olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan.
3. Coursera – www.coursera.org
🧪Matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan chuqur darslar.
4. PhO - https://pho.rs/
🔍Fan olimpiadalari ishtirokchilari, ayniqsa fizika bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan xalqaro platforma.
5. Olympiads – https://olympiads.hbcse.tifr.res.in/
🔍Xalqaro va milliy olimpiadalar uchun rasmiy savollar, arxivlar va tayyorgarlik materiallari (IMO, IPhO, IChO, IBO, IOI).
6. ChemCollective – www.chemcollective.org
❄️Virtual laboratoriyalar, kimyoviy tahlillar va masalalar banki.
7. Royal Society of Chemistry – www.rsc.org/learn-chemistry
🔬Dars materiallari, tajriba videolari, testlar va laboratoriya topshiriqlari.
🔎“Olimpiadalar” bo‘limi ham mavjud!
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#APhO_2024
#Problems
APhO 2024 NAZARIY VA AMALIY TOPSHIRIQLARNI E'TIBORINGIZGA HAVOLA ETAMIZ
Hurmatli fizika ixlosmandlari!
✅Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2024-yilgi Osiyo Fizika Olimpiadasi (APhO) davomida ishtirokchilarga taqdim etilgan nazariy va amaliy topshiriqlar to‘plami e'lon qilinmoqda.
2024-yilgi Olimpiada 2 bosqichda o‘tkazilgan:
➡️Nazariy bosqich (Theory) – 3-4 ta murakkab fizika masalalarini yechish.
➡️Amaliy bosqich (Experimental) – laboratoriya sharoitida fizik tajribalarni bajarish va natijalarni tahlil qilish.
💠Quyida 2024-yilgi Osiyo Fizika Olimpiadasi nazariy va amaliy topshiriqlar bilan tanishishingiz mumkin:
Nazariy topshiriqlar 👈
Amaliy topshiriqlar 👈
BARCHA ISHTIROKCHILARGA OMAD YOR BO‘LSIN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
INTENSIV O‘QUV MASHG‘ULOTLARI ISHTIROKCHILARI GUBKIN UNIVERSITETI BILAN TANISHDI
✅Fan olimpiadalari markazi tomonidan geografiya fanidan tashkil etilgan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari doirasida ishtirokchilar bugun Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetida bo‘lishdi.
✅Tashrif davomida o‘quvchilar geografiya fanining amaliy yo‘nalishlari, tabiiy resurslar bilan ishlash metodlari va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan muhit bilan yaqindan tanishishdi.
✅Universitet vakillari tomonidan taqdim etilgan ta’lim dasturlari, interaktiv laboratoriyalar, innovatsion o‘quv jihozlari va ilm-fan bilan bog‘liq loyihalar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
📢Bu tashrif o‘quvchilarning nafaqat bilimlarini mustahkamladi, balki ularning kelajakdagi kasb tanlovi va oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.
🌍Geografiya sohasini tanlagan yoshlar uchun bunday uchrashuvlar ilmga muhabbat va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu kabi ilmiy-amaliy safarlar davom etadi!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Xalqaro Standartlar Olimpiadasiga saralashning I bosqich g‘oliblari aniqlandi!
🇰🇷Har yili Koreya Respublikasining Seul shahrida o‘tkaziladigan nufuzli Xalqaro Standartlar Olimpiadasi bu yil 12–14-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
❗️Yurtimizdan ham yoshlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida saralashning 1-bosqichi o‘tkazildi.
✅13–18 yoshdagi jami 218 nafar o‘quvchilar “Standartlar nima uchun kerak?” mavzusida o‘zbek va ingliz tillarida esse yozib, ilk bosqichda qatnashishdi.
🖌Ularning ishlari Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga o‘tish huquqini qo‘lga kiritishdi.
I bosqich g‘oliblari bilan tanishish 👈
📢Endi esa navbat ikkinchi bosqichga!
📌Ma'lumot uchun:
Mazkur saralashning II bosqichi 30-aprel kuniga qadar bo‘lib o‘tadi!
BARCHA ISHTIROKCHILARGA OMAD YOR BO‘LSIN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#EGMO_2025
TERMA JAMOA A’ZOLARI YEVROPA QIZLAR MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📌Avvalroq, Yevropa qizlar matematika olimpiadasida ilk marotaba Terma jamoamiz a’zolari ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
💠Xalqaro olimpiada matematika fani bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchi-qizlari ishtirok etishi kutilmoqda.
🔔Bugun mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan jami 4 nafardan iborat terma jamoa Kosova Respublikasiga jo‘nab ketdi.
✅Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchi-qizlarimizga omad va zafarlar tilaydi!
❕Ma'lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
MUKOFOT HAQIQIY EGASIGA TOPSHIRILDI
"Doim menga: 'Oyi, sizga albatta avtomobil sovg‘a qilaman', deydi. Mana, so‘zining ustidan chiqdi…"
#ELO
#Intensiv_mashgʻulotlar
🟦🟦🟦
INTENSIV O‘QUV MASHG‘ULOTLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA!
⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan Xalqaro Ingliz tili Olimpiadasida (ELO) ishtirok etuvchi Terma jamoamiz a'zolari uchun intensiv o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
✔️ Dars mashg‘ulotlari yuqori malakali ekspertlar ishtirokida olib borilmoqda.
💠Batafsil videolavhada.
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#IOI_2024
#Problems
IOI 2024: OLIMPIADA TOPSHIRIQLARINI E'TIBORINGIZGA HAVOLA ETAMIZ!
🌍 IOI – Xalqaro Informatika Olimpiadasi bu — har yili dunyoning turli mamlakatlaridan eng zukko maktab o‘quvchilari ishtirok etadigan nufuzli informatika musobaqasi.
⚡️ Fan olimpiadalari markazi 2024-yilda Misrda bo‘lib o‘tgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) yozma ish topshiriqlarini e'tiboringizga havola etamiz!
📂Topshiriqlarga quyidagilar kiradi:
✅Dinamik dasturlash
✅ Graflar bilan ishlash
✅ Kombinatorika va optimallashtirish
✅ Hech kimga oson ko‘rinmaydigan mantiqiy jumboqlar!
2024-yilgi Xalqaro Informatika olimpiadasi yozma ish topshiriqlari bilan tanishish:
IOI 2024 👈
📢Eslatib o‘tamiz 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI-2026) O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Zamonamiz_qahramoni
“Xalqaro olimpiadadagi savollardan rohatlanaman — ular qiyin, lekin juda qiziq.”
“Olimpiada — bu doimiy o‘sishni, tinimsiz mehnatni talab qiladigan yo‘l.”
#ICT4Girls_2025
ICT4Girls olimpiadasining gʻoliblari aniqlandi!
⚡️Bugun Toshkentdagi School 21 kampusida o‘tkazilgan ICT4Girls olimpiadasining Respublika bosqichida 43 nafar qiz IT bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
📌Maxsus platformada C++ va Python tillarida masalalar yechgan ishtirokchilardan 12 nafar qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar:
🥇1-o‘rin
• Oysha Mirzatillayeva (Toshkent)
• Solixa Dagarova (Samarqand)
• Mushtariy Xusnidinova (Namangan)
• Malika Xojamuratova (Qoraqalpog‘iston)
🥈2-o‘rin
• Rayxona Sanakulova (Navoiy)
• Durdona Akramova (Jizzax)
• Jasmina Tarmasheva (Samarqand)
• Bekzodaxon Sultonmurodova (Namangan)
🥉3-o‘rin
• Go‘zal Nurilloyeva (Buxoro)
• Yulduzxon Adusamatova (Toshkent)
• Diyora Babadjanova (Toshkent)
• Durdona To‘xtaqo‘ziyeva (Farg‘ona)
Batafsil 👈
🎉IT olamida o‘z o‘rnini topayotgan jasoratli qizlarimizni tabriklaymiz!
📌Ma’lumot uchun: gʻoliblikni qoʻlga kiritgan qizlar Yevropa qizlar Informatika olimpiadasiga ishtirok etish uchun Terma jamoaga saralash jarayonlarida qatnashadi.
Yutuqlaringiz bardavom boʻlsin!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Geografiya
#Yakuniy_bosqich
TERMA JAMOAGA NOMZODLAR SARALASHNING NAVBATDAGI BOSQICHI O‘TKAZILDI
✅Xabaringiz bor, Xalqaro geografiya olimpiadasida (IGO) ishtirok etuvchi Terma jamoani shakllantirish yuzasidan saralash jarayoniga start berildi.
✅ Bugun geografiya fanidan navbatdagi saralashning sinovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilib, 42 nafar o‘quvchilar qatnashdi.
Saralash 2 turda oʻtkazildi:
➖ Nazariy sinovlar (multimedia test sinovlari),
➖ Amaliy sinovlar (Dala ishi).
Ma'lumot uchun:
➡️Terma jamoaga 4 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
⚡️Tez orada natijalar e'lon qilinadi.
❗️Saralash jarayonlari davom etadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#OAV_BIZ_haqimizda
O‘zbekiston TV | Iqtidorli o‘quvchi yoshlar maskani
💠Batafsil O‘zbekiston telekanalining "Yonma-yon" ko‘rsatuvida ko‘rsatuvida ko‘rishingiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#EGMO_2025
"Qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling!"
©️Shavkat Mirziyoyev
#Bizning_qahramonlar
⚡️XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI!
✅Kosova Respublikasida bo‘lib o‘tgan Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, faxrli g‘alabani qo‘lga kiritgan o‘quvchi qizlarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
📢Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori T. Shermatov, ustozlar, o‘quvchilar, keng jamoatchilik, OAV vakillari, mas’ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, g‘oliblarni qizg‘in tabrikladilar.
🥇Ma’lumot uchun, terma jamoamiz ushbu olimpiadada 3 ta medalni qo‘lga kiritdi — bu yurtimiz ta’lim sohasida yana bir yutuqdir.
📌E’tiborga molik jihat: O‘zbekiston terma jamoasi bu nufuzli musobaqada birinchi marotaba ishtirok etib, ilk ishtirokidayoq yuksak natijaga erishdi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
✨✨✨✨
Xalqaro IT Olimpiadasi ishtirokchilari diqqatiga!
📢Toshkent shahridagi Amity universiteti tomonidan Fido Biznes bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Xalqaro IT olimpiadasi ENDILIKDA ishtirokchilarining talab va istaklariga binoan 2 xil (online va offline) formatda tashkil etiladi.
1️⃣Olimpiadaning 1-bosqichi 17-aprel kuni - online tarzda
2️⃣Final bosqichi Amity universitetida 19-aprel kuni robocontest.uz platformasida - offline shaklda
✅Olimpiada shartlari bo‘yicha ushbu havolada tanishing!
G‘oliblarni quyidagi qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda:
🥇1-o‘rin sohibi — NOUTBUK,
🥈2-o‘rin sohibi — SMARTFON,
🥉3-o‘rin sohibi — AQLLI SOAT.
Ushbu olimpiada O‘zbekiston bo‘ylab 10-11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, IT bo‘yicha bilimlaringizni, dasturlash ko‘nikmalaringizni va taqdimot mahoratingizni sinovdan o‘tkazadi!
#Robototexnika
🟦🟦🟦
INTENSIV O‘QUV MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA
🤖Fan olimpiadalari markazi tomonidan tashkil etilgan robototexnika sohasidagi kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari ajoyib tempda davom etmoqda!
✔️ Dars mashg‘ulotlari yuqori malakali ekspertlar ishtirokida olib borilmoqda.
💠Batafsil videolavhada.
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#EGMO_2024 #Matematika
EGMO 2024 – yozma ish topshiriqlariga VIDEO-YECHIMLAR!
📍Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2024-yilda Gruziyada o‘tgan Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasining 6 ta murakkab masalasi uchun video-yechimlar e’lon qilinmoqda!
🧠Har bir topshiriq – mantiq, strategiya va tafakkur sinovi.
🎬Endi siz ham bu muhitni his qilib, xalqaro darajadagi masalalarni qanday yechishni ko‘rishingiz mumkin.
EGMO 2024 TOPSHIRIQLARI VA VIDEO YECHIMLAR 👈
✨ Ilm yo‘lida dadil qadam tashlang — Barcha imkoniyatlar siz uchun!
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
INTENSIV O‘QUV MASHG‘ULOTLARI ISHTIROKCHILARI OLIY TA'LIM MUHITI BILAN TANISHDI
✅Fan olimpiadalari markazi tomonidan matematika fanidan tashkil etilgan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari doirasida ishtirokchilar bugun Toshkent Amaliy fanlar universitetida bo‘lishdi.
💠Tashrif davomida o‘quvchilar nafaqat o‘z bilimlarini mustahkamlashdi, balki zamonaviy oliy ta’lim muassasasining ichki muhiti, imkoniyatlari va innovatsion yondashuvlari bilan yaqindan tanishishdi.
👨🏫 Universitet vakillari tomonidan taqdim etilgan ta’lim dasturlari, laboratoriyalar, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🔹 Bu tashrif o‘quvchilar uchun nafaqat o‘quv mashg‘ulotlarining bir qismi, balki ularning kelajakdagi kasb tanlovi, oliy ta’lim muassasasini anglab yetishida ham muhim qadam bo‘ldi.
🌟 Ilm yo‘lini tanlagan yoshlar uchun bunday tashriflar katta motivatsiya va amaliy ko‘nikmalar manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Bu kabi uchrashuvlar davom etadi!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Geografiya
📢INTENSIV O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA!
⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan Xalqaro Geografiya Olimpiadasiga tayyorlash maqsadida kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔎Mashg‘ulotlar davomida:
✅Xalqaro olimpiada talablari asosida chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar berish,
✅Global muammolar, tabiat zonalari, iqlim o‘zgarishlari va kartografiya bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalar shakllantirilsh,
✅Top geografik savollar, testlar va keyslar ustida ishlash
✅Olimpiada formatida sinovlar o‘tkazish rejalashtirilgan
✔️ Dars mashg‘ulotlari yuqori malakali ekspertlar ishtirokida olib borilmoqda.
📌 Mashg‘ulotlar belgilangan reja asosida tashkil etiladi va ularning natijalari asosida Terma jamoa shakllantiriladi.
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#Xalqaro_ekspert_fikri
💠 Belarus davlat universiteti "Umumiy fizika" kafedrasi mudiri, dotsent Anatoliy Slabodanyukning intensiv o‘quv mashg‘ulotlari haqida fikri.
✅Eslatib o‘tamiz mashg‘ulotlar 14-aprelga qadar davom etadi.
📌Batafsil videolavhada.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE