🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi Facebook: http://surl.li/uuaepu Instagram: https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi Youtube: http://bit.ly/olimpdep
#Amir_Temur_tavalludining_689_yilligi
⚔️Bugun, 9-aprel – buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi!
🖌Adolat, birlik va ilm-fan taraqqiyotining ulug‘ namoyandasi bo‘lgan Amir Temur bobomizning boy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi uchun bebaho qadriyatdir.
💠“Kuch – birlikda!” shiorini hayotiy tamoyiliga aylantirgan Sohibqiron yoshlarni doimo ilm olishga, fidoyilik va vatanparvarlikka undagan. Ayniqsa, ilm-fan, madaniyat va adolatli boshqaruv uning davrida yuksak qadrlangan.
⚡️ Fan olimpiadalari markazi jamoasi buyuk ajdodimiz g‘oyalarini davom ettirgan holda, yosh avlodni ilmiy tafakkurga, xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishga yetaklashni maqsad qilgan.
#EGMO_2025
YEVROPA QIZLAR OLIMPIADASIDA ILK MAROTABA O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASI ISHTIROK ETADI
🇺🇿Yevropa qizlar olimpiadasi (EGMO) – bu matematika bo‘yicha xalqaro olimpiada.
✅Joriy yilda 11-17-aprel kunlari Kosova shahrida bo‘lib o‘tadi.
✔️ Quvonarlisi Terma jamoamiz a'zolari qizlar ham ushbu olimpiadada ishtirok etadi.
➡️Olimpiada haqida batafsil videolavhada ko‘rishingiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Biologiya
#Saralash_III
TERMA JAMOAGA NOMZODLAR SARALASHNING III BOSQICHI O‘TKAZILDI
⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan biologiya fanidan Terma jamoaga nomzodlarni aniqlash bo‘yicha saralashning III (yakuniy) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
💡 Saralash jarayonida ishtirokchilarning:
🇺🇿 Biologik masalalarni hal etishdagi ilmiy yondashuvlari,
🇺🇿Laboratoriya ishida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash,
🇺🇿Tajriba natijalarini tahlil qilish va ularni izohlashdagi mahorati baholandi.
❗️Ushbu saralashning yakuniy natijalariga ko’ra 6 nafar ishtirokchi saralab olindi.
📌Biologiya fani bo‘yicha Terma jamoamiz a'zolari bilan postda tanishishingiz mumkin.
📍Mazkur Terma jamoaning 6 nafar a'zolari Xalqaro ochiq biologiya olimpiadasida Vatanimiz sharafini himoya qilishadi
Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
✨✨✨✨
XALQARO EKSPERT ishtirokida kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlariga START BERILDI
⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan fizika fanidan iqtidorli o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash maqsadida xalqaro ekspert ishtirokida 6-14-aprel kunlari maxsus kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari boʻlib oʻtishi belgilandi.
✅ Ushbu mashg‘ulotlarga xorijiy ekspert sifatida Belarus davlat universiteti "Umumiy fizika" kafedrasi mudiri, dotsent Slabodanyuk Anatoliy Ivanovich taklif etilgan.
📌O‘quvchilar real hayotdagi hodisalarni fizik qonunlar asosida tahlil qilish, tezlik, kuch, energiya va impuls saqlanishi kabi tushunchalarni amaliy misollar bilan oʻzlashtirishmoqda.
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Robo_coding
#Agentlik_bosqichi
🤩 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Maktablarda sun’iy intellektni o‘qitishning ahamiyati. Yangi avlodni sun’iy intellekt boshqaradigan dunyoga tayyorlash" mavzusida taqdimot qildi.
#Robo_Coding
#Taqdirlash_marosimi
👍👍👍
“ROBO-CODING” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI GʻOLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BOSHLANDI!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
BARMOQ IZI BILAN ISHGA TUSHUVCHI QUYOSHDAN QUVVAT OLADIGAN ELEKTROMOBIL!
✅Shahzod Erkinov – "Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichi ishtirokchisi.
🟦 U "Robo-Coding" olimpiadasi doirasida tashkil etilgan ixtirolar koʻrgazmasida o‘zi yaratgan elektromobil bilan ishtirok etdi.
🔋 Mashina quyosh nuri va elektr toki bilan quvvatlanadi,
🔑 Barmoq izi orqali ishga tushadi – kalit yo‘qolsayam muammo emas!
🧠 To‘liq o‘zbek tilida dasturlashtirilgan,
🚀 Hozircha tezligi – 50 km/soat, lekin 100+ km/soatgacha oshirish mumkin!
➡️Ixtiro - hozirda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida muhandislik kasbi yanada ommalashayotganligidan dalolat beradi.
✔️Batafsil videolavhada ko‘rishingiz mumkin.
#elektromobil #ixtirochi #buxoro #yoshtexnolog
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Robo_coding
#Ishtirokchilar_fikri
👍👍👍
"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA!
🤖 Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichi qizg‘in davom etmoqda!
📢Olimpiada jarayonlari haqida ishtirokchilar qanday fikrda ?
Batafsil intervyuda koʻrishingiz mumkin.
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
👍👍👍
BIOLOGIYA FANIDAN YAKUNIY SARALASH BOSHLANDI!
⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan biologiya fani bo‘yicha Terma jamoaga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichiga START BERILDI!
🔴Ayni paytda biologiya fanidan Terma jamoaga nomzodlarni saralashning III bosqichi – 1-turi o‘tkazilmoqda.
Ma'lumot uchun:
➡️Ushbu saralashning yakuniy natijalariga ko’ra 6 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
✅ Jarayonlarni Fan olimpiadalari markazining rasmiy 📱 Facebook sahifasi orqali jonli kuzatishgiz mumkin.
💠 Eslatib o‘tamiz, Terma jamoaga nomzodlar saralashning III bosqich 2-turi ertaga, 6-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Robo_coding
📣📣📣📣📣
O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI O‘TKAZILADI
🤖 Joriy yilning 5-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichi bo‘lib o‘tadi.
✅Olimpiadada hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5–6-sinf va 9–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etadi.
🏆 Olimpiada :
➖Robototexnika,
➖Muhandislik,
➖Dasturlash yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi.
✨Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#IChO_2024
#Problems
Hurmatli kimyo ixlosmandlari va xalqaro olimpiada ishtirokchilari!
⚡️ Fan olimpiadalari markazi 2024-yilda Saudiya Arabistonining Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan 56-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2024) yozma ish topshiriqlarini e'tiboringizga havola etadi!
⚡️Olimpiada tashkilotchilari tomonidan maxsus tayyorlangan nazariy va amaliy masalalar to‘plami ishtirokchilarga olimpiada savollarining murakkabligi va turini oldindan tushunishga yordam beradi.
✅Shu bilan birga, kimyo fanidan ko‘nikmalaringizni oshiradi.
2024-yilgi Xalqaro Kimyo olimpiadasi yozma ish topshiriqlari bilan tanishish:
IChO - 2024 👈
Ma'lumot uchun Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO) birinchi marta 1968-yilda Chexoslovakiyada tashkil etilgan.
Dastlab olimpiadada faqat Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari ishtirok etgan bo‘lsa, keyinchalik u global darajada kengayib, bugungi kunda 80 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashadigan nufuzli musobaqaga aylandi.
📣📣📣📣📣
Xalqaro IT Olimpiadasi o‘tkaziladi
📢Toshkent shahridagi Amity universiteti tomonidan Fido Biznes bilan hamkorlikda Respublikamiz bo‘ylab 10-11-sinf o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida Xalqaro IT olimpiadasi tashkil etiladi.
Olimpiada 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi:
✅Test sinovi – IT asosiy tushunchalari bo‘yicha onlayn viktorina. (Eng yaxshi 20 ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi)
✅Kod yozish va xatolarni tuzatish sinovi – Python, C yoki C++ dasturlash tillarida vazifalar bajarish; (Eng yaxshi 10 ishtirokchi finalga yo‘l oladi)
✅Final bosqich – Taqdimot o‘tkazish.
G‘oliblar quyidagi qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishadi:
🥇1-o‘rin sohibi — NOUTBUK,
🥈2-o‘rin sohibi — SMARTFON,
🥉3-o‘rin sohibi — AQLLI SOAT.
📌Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish 12-aprelga qadar davom etadi.
👉🏼 Ro'yxatdan o'tish
Mazkur olimpiadada ishtirok etish ixtiyoriy va bepul!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#OAV_biz_haqimizda
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi OAVlarda keng yoritildi.
O‘zbekiston 24 | Xorijiy tillar bo’yicha Asosiy olimpiadaning respublika bosqichi;
Sevimli TV | Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi;
My5 | Navoiy viloyatida Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi;
Sevimli TV | Aniq fanlar bo‘yicha Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi;
My5 | Surxondaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi;
O‘zbekiston 24 | Samarqand viloyatida Asosiy olimpiada o‘tkazildi;
Sevimli | Navoiyda bo‘lib o‘tgan asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi jarayonlari;
Yuz.uz | В Навои завершился республиканский этап основной предметной олимпиады
Ro‘yxat to‘ldiriladi...
Batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Hayit ayyomiga xos qaysi odatlar sizga ko‘proq yoqadi? Masalan, men uchun yaqinlarni yo‘qlash va ularning holidan xabar olish juda zavqli qadriyatga aylangan.
Shu sababdan, muborak ayyom bahonasida uzoq yillardan beri mehnat qilayotgan ustozlarimizni yo‘qladik.
Matematika faxriysi, qator darsliklar muallifi, ayni damda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida faoliyat yuritayotgan ustozimiz Mirfozil Mirzaahmedovning samimiy qiyofasi va hayotiy mulohazalari ruhiyatimni ko‘tardi.
Uzoq yillik pedagog, 20 yildan ko‘proq vaqt davomida maktab rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan Nargiza Karimova esa o‘zining irodasi va qat’iyati bilan meni hayron qoldirdi. Ustozimiz shu kunlarda og‘ir xastalik bilan kurashmoqdalar. Vazirlik ustozni hamisha moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Sizlar ham duolaringizda eslab qo‘yishingizni istardim.
Qanday yaxshi ustozlarimiz bor. Bir soha rivoji uchun butun umrini bag‘ishlaydi va shunchaki yo‘qlab qo‘ysangiz ham "ovora qildik", deb hijolat bo‘ladi. Men tizimdagi mana shunday faxriylarimiz bilan g‘ururlanaman. Bilaman, bunday ustozlar yurtimizda juda ko‘p. Imkonim bo‘lganida har biringizni yo‘qlardim.
Aziz oilam, muborak ayyom arafasida hurmatimni va tabrigimni qabul qiling! Keyingi yil shu kunlarga omonlikda yetkazsin!
@hilola_umarova
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Gʻoliblar
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi GʻOLIBLARI ANIQLANDI
➡️Xabaringiz bor, joriy yilning 28-29-mart kunlari Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📢Qizgʻin kechgan ushbu olimpiadada mutlaq gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:
7-sinf bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Arziyev Zarifjon - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 1-son IMI;
🥈2-o‘rin: Djamoldinov Mustafo - Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tuman IM;
🥉3-o‘rin: Samadova Sevinch - Toshkent shahar, Olmazor tuman ITMA Ibn sino nomidagi IMI.
8-sinf bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Masharipov Mehriddin - Xorazm viloyati, Qoshko‘pir tumani IM;
🥈2-o‘rin: Halimov Bekzod - Buxoro viloyati, Buxoro shahri 35-IDUM;
🥉3-o‘rin: Sarsenbayev Ali - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani 33-maktab.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#EGMO_2024
#Problems
EGMO 2024 olimpiada topshiriqlarini e’tiboringizga havola etamiz!
🌍 Gruziyada bo‘lib o‘tgan Yevropa qizlar matematika olimpiadasi – EGMO 2024 jahon miqyosidagi iqtidorli qizlarni bir sahnaga jamladi.
🇺🇿Ushbu nufuzli musobaqada 50 dan ortiq davlatdan 200 dan ziyod eng kuchli ishtirokchilar qatnashdi.
🧠 Har ikki kun davomida ishtirokchilarga 3 tadan, jami 6 ta murakkab va chuqur matematik masala taqdim etildi.
❗️Har bir topshiriq – mantiq, strategiya va matematik tafakkurning sinovidir.
📌Endi sizda ham imkoniyat bor – EGMO 2024 topshiriqlarini ko‘rib chiqib, xalqaro darajadagi olimpiada muhitini his eting:
EGMO - 2024 TOPSHIRIQLARI
✅Ushbu olimpiada topshiriqlarining video-yechimlari 13-aprel kuni e'lon qilinadi.
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
📣📣📣📣📣
📣 IQ-MATH olimpiadasida ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga!
📌Sizni bilim, iroda va mantiq sinovlari kutmoqda!
🧠 Matematik tafakkur, aniqlik va tezkor fikrlash — barchasi ushbu olimpiadada sinovdan o‘tadi.
📆 Ayni paytda Olimpiadaning 1-bosqichi boshlandi va 10-aprelgacha davom etadi!
‼️Eslatma: 1-bosqich savollari faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar uchun taqdim etilgan.
Shoshiling! ⏳
Vaqt cheklangan, ammo imkoniyat ulkan!
Onlayn testni topshirish uchun https://www.iq-math.uz/ saytiga o’ting!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Biologiya
#Saralash
👍👍👍
Terma jamoaga nomzodlarni saralashning III bosqich 2-turi oʻtkazilmoqda!
⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan biologiya fanidan Terma jamoaga nomzodlar saralashning III bosqich 1-turi bo‘lib o‘tganligi haqida xabar bergan edik.
🔴Mazkur saralash jarayonining
III bosqich 2-turi qizgʻin davom etmoqda.
✅ Jarayonlarni Fan olimpiadalari markazining rasmiy 📱 Facebook sahifasi orqali jonli kuzatishgiz mumkin.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Robo_coding
#Taqdirlash_marosimi
"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI GʻOLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI OʻTKAZILDI
🤖 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Robo-Coding” olimpiadasining agentlik bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
📍 Olimpiadada 56 nafar hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan 5–6-sinf va 9–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
🏆 Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar:
➖Robototexnika,
➖Muhandislik,
➖Dasturlash yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi.
🏆G‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Barcha ishtirokchilarga kelgusidagi loyihalarida omad va zafarlar tilaymiz!
Texnologik tafakkur – kelajak kaliti!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#Robo_Coding
#Gʻoliblar
“ROBO-CODING” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
🤖 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar aniqlandi.
5-8-sinflar bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Zomin tuman IMI jamoasi;
🥈2-o‘rin: Namangan shahridagi PM jamoasi;
🥉3-o‘rin: Fargʻona shahridagi PM jamoasi.
9-11-sinflar bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Namangan shahridagi PM jamoasi;
🥈2-o‘rin: Fargʻona shahridagi PM jamoasi;
🥉3-o‘rin: Buxoro shahridagi PM jamoasi.
👏Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
#No_comment
✅"Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichidan videolavha.
____________________________
Mazkur olimpiada 5-aprel kuni Fan olimpiadalari markazida o‘tkazildi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Saralash_III
#Laboratoriya
#1_tur
👍👍👍
BIOLOGIYA FANIDAN YAKUNIY SARALASH DOIRASIDA LABORATORIYA SINOVLARI OʻTKAZILMOQDA!
⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan biologiya fani bo‘yicha Terma jamoaga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichiga start berilganligi haqida xabar bergan edik!
🔴Ayni paytda biologiya fanidan Terma jamoaga nomzodlarni saralashning III bosqichi – 1-turi doirasida laboratoriya mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.
Ma'lumot uchun:
➡️ Saralashning 1-turi boʻyicha nazariy mashgʻulotlar bugun, kunning birinchi qismida oʻtkazilgan edi.
💠 Eslatib o‘tamiz, Terma jamoaga nomzodlar saralashning III bosqich 2-turi ertaga, 6-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Robo_coding
#Agentlik_bosqichi
👍👍👍
"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI BOSHLANDI
🤖 Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining agentlik bosqichiga START BERILDI.
✅Olimpiadada hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5–6-sinf va 9–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etadi.
🏆 Olimpiada :
➖Robototexnika,
➖Muhandislik,
➖Dasturlash yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi.
✨Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
📣📣📣📣📣
Aziz kuzatuvchilar!
✅Fan olimpiadalari markazi tomonidan tizim faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqish hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni yanada manfaatli tartibda yuritish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda!
So'rovnomada ishtirok etish 👈
💠Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etib, barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni tanlashingizni so'raymiz.
P.S. So’rovnomada ishtirokingiz muhim ahamiyatga ega.
#Soʻrovnoma
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Biologiya
#Intensiv_mashgʻulotlar
BIOLOGIYA FANIDAN KUCHAYTIRILGAN OʻQUV MASHGʻULOTLARI BOSHLANDI!
⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan biologiya fani bo‘yicha Terma jamoaga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi doirasida intensiv oʻquv mashgʻulotlariga START BERILDI!
🔴Saralash davomida ishtirokchilarga amaliy va nazariy mashgʻulotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar intensiv mashgʻulotlar davomida:
✅ Bioinformatikaning asosiy tarmoqlari,
✅ Laboratoriyada mikroskopik tahlillar oʻtkazish,
✅DNK, oqsillar hamda genetika kabi muhim mavzular oʻrgatilmoqda.
Ma'lumot uchun:
➡️Ushbu saralashning yakuniy natijalariga ko’ra 6 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
💠 Eslatib o‘tamiz, Terma jamoaga nomzodlar saralashning III (yakuniy) bosqich 1-turi 5-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
📢”Sirius” ta’lim markazida BEPUL o‘qish imkoniyati
⚡️Ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma tayyorlandi!
🌐Xalqaro olimpiadalarga tayyorlash boʻyicha yetakchi oʻrinda turuvchi Rossiyaning “Sirius” ta’lim markazida bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun ariza topshirish jarayoni bo‘yicha maxsus video-qo‘llanma tayyorlandi.
✅Video-qoʻllanma Fan olimpiadalari markazining rasmiy
📺YouTube platformasiga joylandi.
📌Video orqali siz quyidagilarni bilib olasiz:
✅Ariza topshirish bosqichlari,
✅Kerakli hujjatlar ro‘yxati,
✅To‘ldirishda e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar.
Video-qoʻllanmani tomosha qilish 👈
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
‼️‼️‼️
"Sirius" ta’lim dasturida ishtirok etish istagida bo‘lganlar diqqatiga!
❗️"Sirius" ta’lim markaziga ariza topshirish hamda dastur jarayoni bo‘yicha maxsus video-qo‘llanma tayyorlandi.
Batafsil videolavhada.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Tabriknoma
Aziz yurtdoshlar!
✨ Fan olimpiadalari markazi barchani ezgulik va mehr-muruvvat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!
🌙Bu muborak kunlar qalblarimizni nurafshon qilib, oilalarimizga tinchlik, baraka va baxt olib kelsin.
🏆Yaxshilik qilishga, ilm olishga va kelajak avlodlar kamoloti yo‘lida fidokorlik bilan xizmat qilishga undasin.
Ramazon Hayiti muborak boʻlsin!
#RamazonHayiti #HayitMuborak
Bizni kuzating:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o’tdi
⚡️Qoraqalpog’iston Respublikasida Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Jarayonlar 2 tur asosida tarzida tashkil etildi:
➡️Yozma ish topshiriqlari,
➡️Test sinovi.
Bunda, hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 84 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari kuch sinashishdi.
🎁Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ilm yo‘lida zafarlar tilaymiz! ✨
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube